Научная статья на тему 'QO‘QON XONLIGI QUROLSOZLIGI TARIXIDAN'

QO‘QON XONLIGI QUROLSOZLIGI TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1671
157
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qo„qon / Buxoro / Rossiya / zambarak / miltiq / qal‟a / Mallaxon / Aliquli / qilich / kamon.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. Yu. Esonov, M. Q. Nabiyev

Maqolada Qo‟qon xonligida ishlab chiqarilgan qurol-yarog‟lar, ularning turlari, xonlik qo‟shinlarining ta‟minoti, harbiy mansabdorlarning faoliyati, shuningdek xonlikdagi harbiy qal‟alar va ulardagi qo‟shin tarkibi haqida ma‟lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘QON XONLIGI QUROLSOZLIGI TARIXIDAN»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107

QO'QON XONLIGI QUROLSOZLIGI TARIXIDAN

Z. Yu. Esonov

QDPI katta o'qituvchisi

M. Q. Nabiyev

QDPI IV-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Qo'qon xonligida ishlab chiqarilgan qurol-yarog'lar, ularning turlari, xonlik qo'shinlarining ta'minoti, harbiy mansabdorlarning faoliyati, shuningdek xonlikdagi harbiy qal'alar va ulardagi qo'shin tarkibi haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: Qo'qon, Buxoro, Rossiya, zambarak, miltiq, qal'a, Mallaxon, Aliquli, qilich, kamon.

АННОТАЦИЯ

В данной статье приведены сведения об оружии, производимом в Кокандском ханстве, его видах, снабжении войск ханства, деятельности военных, а также военных крепостях в ханства и их войсках.

Ключевые слова: Коканд, Бухара, Россия, Маллахон, Аликули, пушка, винтовка, крепость, лук, меч.

ABSTRACT

This article provides information about the weapons produced in the Kokand Khanate, their types, the supply of Khanate troops, the activities of military positions, as well as military fortresses in the Khanate and their troops.

Keywords: Kokand, Bukhara, Russia, Mallakhon, Aliquli, cannon, rifle, fortress, sword, bow.

XVIII-XIX asrlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o'rin tutgan davlatlardan biri Qo'qon xonligi bo'lib hisoblanadi. Chunonchi, XIX asrning o'rtalariga kelib xonlikning hududi benihoya kengayadi, aholisi nufuzi ortadi, qo'shni va burmuncha uzoq hududlardagi davlatlar bilan aloqalari kengayadi. Ushbu davlatni barqaror saqlab turish, ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish, kezi kelganda davlat hududni kengaytirish uchun asosiy omillardan biri harbiy qo'shin bo'ilb

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107

hisoblangan. Davlat uchun muntazam qo'shinni tashkil etish, uni zamonaviy qurollar bilan ta'minlash ustuvor vazifalardan sanalib, qo'shin Buxoro amirligi va Xiva xonliklari harbiy kuchlaridan keskin farq qilmasada, ayni „aytda, o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turgan.

O'rta Osiyo xonliklarining jumladan, Qo'qon xonligida ham qo'shin ta'minoti, qurollanishi samaradorligi davlat xukmdorining sohaga nechog'lik etibor berishiga ko'' jihatdan bog'liq bo'lgan. Shu o'rinda aytish kerakki, xonlikning ba'zi xukmdorlari har doim ham bu ishga munosib e'tibor berishmagan. Shunga qaramasdan bu sohani rivojlanishiga davlatda ma'lum e'tibor doim saqlangan. Xonlik harbiy qala'alarning soni, zambaraklar va miltiqlarning soni, sifati bo'yicha Buxoro va Xiva davlatlari harbiy salohiyatidan orqada bo'lmagan.

Harbiy harakatlarda artilleriya muhim qurol turi bo'lib, xonlik qo'shinlarining asosiy zarbdor kuchidan biri hisoblangan. To''rezlik, ya'ni to'' quyish kasbi ancha murakkab sanalgan. Artilleriya-fransuz tilida tayyorlamoq, shaylamoq degan ma'nolarni bildirib, O'rta Osiyo xonliklarida, jumladan Qo'qon xonligida ham to'' quyish bu davrda yo'lga qo'yilgan edi. To'' quyish ustaxonalari xonlikdagi Qo'qon, Toshkent, Marg'ilon, Andijon kabi yirik shaharlarida mavjud edi. Xususan, Qo'qon xonligi arxivi hujjatlarida to'' quyish ustaxonasi, bu yerdagi ustalar va ularning ta'minoti masalasiga oid alohida bo'lim borligi fikrimizni tasdiqlaydi. 1860 yilgi ma'lumotlar Qo'qonda fransuz va ingliz mutaxasislari to'' quyganligi to'g'risida ma'lumot beradi [1:130].

Shuningdek, Qo'qon shahrida Xudoyorxon davrida „orox kukini ishlab chiqaradigan maxsus korxona ishlab turgan. Ma'lumotlar „orox kukini Marg'ilon shahri, Andijonning Chaykent qishlog'ida, bekliklar markazida ham ishlab chiqarilganligini ko'rsatadi. Jumladan, Qo'qon ustaxonasida Sulton Saidxon (18631865) davrida 70 ta to'' tayyorlanganligi ma'lum. Bu davr to''lari vazifasiga ko'ra ikki xil: qal'a to''i va dala to''i kabi turlarga bo'lingan. Qal'a to''ining hajmi va kalibri katta bo'lib, u asosan shahar va qal'alarni dushmandan himoya qilishda qo'llanilgan. Bunday katta to''larni "Jazoyil" ( ba'zi manbalarga ko'ra "Jaloyir") deb ham ataganlar. Masalan, Qo'qon xonligi xukmdori Mallaxon(1858-1862) davrida quyilgan to''lardan biri "Said Muhammad Mallaxon Bahodirning maxsus katta to''idir. Unda "hijriy 1276-yil" so'zlari bilan yozilgan bo'lib, uzoqqa otishga mo'ljallangan, to'ning uzinligi 280 sm, ichki aylanmasi diametri 18 sm, og'irligi esa 1385 kgni tashkil etgan. Bunday zambaraklar maxsus g'ildirakli moslamalarda olib yurilgan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107

Dala to''lari esa burmuncha engil bo'lib, ochiq maydondagi janglarda va asosan shaharlarni zabt etishda ishlatilgan, ular "Shohmali", "Yazali" va boshqa nomlar bilan nomlangan. Bundan tashqari xonlikda "Xitoycha" nomini olgan kichik to''lar ham mavjud bo'lgan. Zambaraklar asosan, temir, mis, cho'yandan quyilar edi. To'' quyish uchun mis Sharqiy Turkiston va Rossiyadan keltirilardi. Xonlik qo'shinlarining artilleriyasiga Jomador Afg'on degan shaxs qo'mondonlik qilgan. Qo'qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olingach, qo'shin ixtiyoridagi barcha to''lar o'lja olinib, „eterburgga yuborilgan. Mis to''lar „eterburg zarbxonasida eritilib, tanga quyish uchun ishlatilganligi manbalarda qayd etilgan.

Muhim qurol turlaridan yana biri miltiq bo'lib, bu davrda Qo'qonda va Andijonda yevro'a uslubidagi miltiq korxonasi qurilgan, unda miltiq va boshqa o'tochar qurollar ta'mirlangan [2:207]. Jumladan, xonlik ustaxonalarida Sulton Saidxon (1863-1865) davrida qo'shini uchun 10 mingga yaqin miltiq tayyorlanganligi ma'lum.

Xonlik qo'shinlaridagi asosiy qurollardan yana biri bu kamon hisoblangan. Bu davrda kamonning iki xili turi xususan, oddiy kamon va murakkab kamon turlari bo'lgan. Oddiy kamon yarim doira shaklida, murakkab kamon esa yoyilgan qo'shqanot shaklida tayyorlangan. Bunday kamonning o'qi 300-450 metrdagi nishongacha yetgan. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, Qo'qon xonligida miltiq ishlab ishlab chiqarish yo'lga qo'yilan bo'lsa-da, barcha askarlarni bunday qurol bilan to'liq ta'minlash imkoni bo'lmagan. Qo'shindagi 3-4 kishiga bitta miltiq to'g'ri kelar, qolgan askarlar esa shu davrda ham kamon bilan qurollangan edi. Shuningdek, kamon xonlikda s'ort va ov quroli sifatida ham ishlatilgan. Shaharda kamon ishlab chiqaruvchi alohida mahallalar bo'lgan. Qo'qon yaqinidagi Yay'an mavzesining O'qchi qishlog'ida hunarmandlar bozor va qo'shin uchun o'q ishlab chiqarganlar. Manbalarga ko'ra Qo'qon xoni Muhammad Alixon ham mohir mergan bo'lganligi ma'lum.

Qo'shindagi yana bir asosiy qurollardan biri qilich hisoblangan. Qilich -sanchish yoki cho'ish yo'li bilan dushmanga shikast yetkazadigan qurol hisoblangan. VI-VII asrlarda Sharq mamlatlarida tig'i bir tomonlama, egri qilich yasash urfga kirgan. Uning uzinligi 80-90 sm, eni 3-3,5 sm bo'lib, qinda saqlangan. Sharq davlatlarida Damashq va, Isfaxon „o'latidan ishlangan qilich shuhrat qozongan. O'rta Osiyoda esa Samarqand, Axsikent, Ustrushona qilichlari sifati yuqori sanalgan. O'z davrida Qo'qon qilichlari ham mashxur bo'lgan. Qo'qon shahrida Qilichsozlar mahallasi mavud bo'lib, Xoda bozori yaqinida joylashtirilgan. Qo'qon qilichining

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107

uzunligi 84 santimetr, kengligi 3,5-4 santimetrni tashkil qilgan [3:191-200].

Davlatning harbiy jihatdan ustun mavqe egallashida uning harbiy tizimi taraqqiy etgan bo'lishi, harbiy qal'alarni zamon talabi asosida bunyod etilganligi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Qo'qon xonligi o'z mudofaa tizimiga ega bo'lib, shahar va qal'alar mustahkam devorlar bilan o'ralgan, unda doim qo'shin bo'linmalari va harbiy qurollar saqlangan. Harbiy qal'alar davlatning chegara hududlari bo'ylab joylashtirilgan bo'lib, hududlar xavfsizligini ta'minlagan. Qo'qon xonligining chegeralarida joylashgan qal'a va istehkomlarining hokimi qal'abon yoki kutvol - bo'lib, shu hududlarning harbiy-ma'muriy, xiroj va boj olish ishlariga javobgar bo'lgan. Harbiy maqsadga ko'ra, qal'abon vazifasiga dodxohdan qushbegigacha bo'lgan shaxslar tayinlangan. [4:317]. Poytaxt Qo'qon shahri ham mustahkam devor bilan o'ralgan bo'lib, 6000 kishilik qo'shin va 30 tagacha zambarak saqlangan. Xonlikdagi ikkinchi bir muhim shahar Toshkentda 2000 kishilik garnizon va 20 ta zambarak, shuningdek Turkiston shahrida 600 kishilik qo'shin va 2-4 tagacha zambarak, Yangiqo'rg'on qal'asida 60 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Qirovchi qal'asida 400 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Shoydon qal'asida 50 ta askar va 1-3 tagacha zambarak, Chinozda 100 ta askar va 1-3 tagacha zambarak, Chimkentda 250 ta askar va 2-4 tagacha zambarak, Suzoq qal'asida 60 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Jo'lak qal'asida 50 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Avliyoota qal'asida 600 kishi va 2-4 tagacha zambarak, Marki qal'asida 400 kishi va 1-3 tagacha zambarak, Isfarada 200 kishi va 1-3 tagacha zambarak, 'ish'ak qal'asida 800 kishi va 1-3 tagacha zambarak mavjud bo'lgan. Xonlik shahar va qal'alaridagi garnizon 11 620 kishini va zambaraklar soni 60-90 tani tashkil etgan (1853-yildagi ma'lumotlar asosida). Xonlikda muntazam qo'shin soni 1863-1864-yillarga kelganda 40 ming kishiga yetkaziladi. O'sha davr manbalarida yozilishicha, Aliquli Amirlashkarning buyrug'i bilan bir kunda Qo'qon yoki Xo'jandda o'n-o'n ikki ming kishilik qo'shin yig'ilishi mumkin edi [5:65-69]. Bunday hajmdagi qurol-aslaha va askarlarni mavjudligi o'rganilayotgan davrda Qo'qon xonligi mudofaa tizimi yetarli darajada katta salohiyatga ega bo'lganligidan darak beradi.

Davlatning mudofaa qudrati uning harbiy amaldorlari tarkibi, ularning faoliyat doirasi xususiyatlariga ham bog'liq bo'lgan. [6:6-21]. Chunonchi, Qo'qon xonligida quyidagi harbiy mansablar mavjud bo'lgan: mingboshi - u odatda vazirlik vazifasini birga olib borgan. Sheralixon va Xudoyorxon davrida mingboshi bosh qo'mondon hisoblangan. Keyin 'onsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o'nboshi, to''chiboshi, zambarakchi va qorovulbegi. Har bir kishi harbiy xizmatga kirishida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107

hukumat tomonidan ot va ot abzali bilan ta'minlangan, safarga chiqishdan oldin esa yuzboshi 2 tilla, ellikboshi 1,5 tilla, oddiy askar 1 tilla haq olgan. Qo„shinni odatdagidek ta'minlash 1851 yildagi ma'lumotga ko'ra quyidagicha bo'lgani: bir yilda yuzboshi 147 so„m, ellikboshi 95 so„m, o„nboshi 65 so„m, oddiy askar 43 so„m kumush tanga miqdorida „ul yoki don hisobida haq olgan.

Qo„qon xonligida harbiy unvonlardan tashqari harbiy mansablar ham mavjud bo„lib, ular davlat ro'yhatidagi o„rinlar bilan belgilangan va davlat hisobidan oylik maosh bilan ta'minlangan. Qo„qonda yashagan sarboz va to„„chilar faqat alohida noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo„lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o„z qismiga harakatdagi qo„shinning hamma sarbozlarni qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan Amirlashkarga to'shirgan. Xon harbiy yurishlar „aytida viloyat hokimlar va noiblariga, qal'a boshliqlariga qo„shinni ma'lum hududga yig„ish haqida farmon bergan. „onsodboshilar o„zlariga yuzboshi, yasovulboshi va boshqa lavozimdagi harbiylarni yordamchi qilib, yig„ilgan qo„shinga boshchilik qilishgan. Qal'alardan tashilgan har bir zambarakka 6 tadan ot qo„shilgan, bundan tashqari yana zaxirada 25 tadan ot doimo shay holda saqlangan. Qurollar uchun zaryadlar(o„qqa yoki qurol og„ziga joylangan „ortlovchi modda) va miltiq uchun o„q(„atron) lar alohida maxsus sandiqlarda tashilgan [7 :42-44].

Xulosa qilib aytganda, Qo'qon xonligi XIX asr o'rtalariga kelganda siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalar bilan birga harbiy jihatdan ham burmuncha taraqqiy etgan. Bunda ayniqsa xukmdorlardan Mallaxon, Sulton Saidxon davrlarida sohaga yaxshi etibor qaratilishi muhim ro'l o'ynagan. Mutaxasis-harbiylarni jalb qilinib zamonaviy to'' va miltiqlar ishlab chiqarilgan. Davlatning chegara qal'alari bunday qurol -aslahalar bilan ta'minlangan. Qo'shin zarur maosh va ozuqa ta'minotiga ega bo'lgan. Garchi xonlikda harbiy soha har doim ham yuksak darajada taraqqiy etmagan bo'lsada, lekin xalqimizning harbiy salohiyat borasidagi ko'' asrlik an'analari rivojlanishda davom etgan.

REFERENCES

1.Tursunov B. Qo'qon xonligida harbiy ish va qo'shin: holati, boshqaruvi, an'analari (XIX asrning 70 yillarigacha). - T. 2006.

2. Nabiyev R. N. Iz istoriy Kokandskogo xanstva. - T: Fan, 1973.

3.Muhammad Yahyoxon Ho„qandiy - Ho„qandi Latif Hunarmandchiligi. - T: G„afur G„ulom, 2021.

4. Eshov B. O'zbek davlatchiligi va boshqaruvi tarixi. - T.: 2012.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107

5.Ilhomov Z. A. - Amirlashkar tarixi. - Toshkent: 2013.

6. Vohidov SH., Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruvi tarixidan. -T:Yangi asr avlodi, 2006.

7.Haydarbek Bobobekov. Qo'qon Tarixi. - T: Fan, 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.