Научная статья на тему 'TOG’LI QORABOG’ KECHA VA BUGUN'

TOG’LI QORABOG’ KECHA VA BUGUN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
236
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Togʼ ustidagi Qorabog’ va Ravonli Qorabog’ / tarix.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Axror Asrol Ogli Eshpolatov

Ushbu maqolada bugungi kunning eng muhim voqeasi, OzarbayjonArmaniston to‘qnashuvlari, Tog‘li Qorabog‘, uning tarixi, urushning sabablari va bu urushdan olinadigan xulosa haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG’LI QORABOG’ KECHA VA BUGUN»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

TOG'LI QORABOG' KECHA VA BUGUN

Axror Asrol o'g'li Eshpo'latov

Samarqand Davlat Universiteti Tarix fakulteti ikkinchi bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunning eng muhim voqeasi, Ozarbayjon-Armaniston to'qnashuvlari, Tog'li Qorabog', uning tarixi, urushning sabablari va bu urushdan olinadigan xulosa haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Tog' ustidagi Qorabog' va Ravonli Qorabog', tarix.

KIRISH

Bugungi kunning eng muhim voqeasi - Tog'li Qorabog' atrofidagi Ozarbayjon-Armaniston to'qnashuvlari hisoblanadi. Keling, avval, Tog'li Qorabog'ning tarixiga biroz nazar tashlasak. XVI - XVII asr o'rtasida "beglarbek"xonlik (tumani) Sefevid imperiyasining tarkibiga kirgan edi. Bu davrda ravonliklar hamda to'g etaklari - musulmon xonliklarga qaragan bo'lsada, tog'lar ustidagi hududlar arman "melikstva"lar tarkibiga kirar edi. XVIII asr o'rtasi - XIX asr boshlarida shu yerlarda Qorabog' xonlik bo'lgan bo'lsa, 1805-yildan boshlab u Rossiya imperiyasi tarkibida, Sovet davrda esa Ozarbayjon Respublika tarkibida bo'lgan. Hozirgi kunlarda ham, bu hudud rasmiy Ozarbayjon tarkibiga kiradi, ammo 1990 yillardan buyon hududning ko'p qismi To'g ustidagi - Qorabog' Respublikasining nazoratida.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Qorabog' - kichik Kavkaz tog'larning zanjiridan to Kura va Araks daryolarning qo'shilishigacha hududni qamrab oladi. U 2 qismga: Tog' ustidagi Qorabog' va Ravonli Qorabog'ga bo'lingan. Bu hududni asosan har xil Kavkaz xalqlar egallaganlar.1

Qorabog' nomi Ozarbayjon tilidagi „qora" va „bog'" so'zlaridan tashkil topgan. Bu nomni VII asr manbalaridayoq uchratish mumkin. Ozarbayjon tilida (shuningdek, boshqa turkiy tillarda ham) „qora"ning rangdan boshqa „zich", „qalin", „katta", „tund" va o'zga ma'nolari ham bor. Shu jihatdan "Qorabog' " termini "katta

1 Караулов Н. А. Сведения арабских писателей X и XI веков по Р. Хр. о Кавказе, Армении и Адербейджане.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

bog' ", "zich bog' ", "qalin bog' ", "safoli bog' " va boshqa ma'nolarni ham anglatadi, Qorabog' qadimiy tarixga ega yashash maskanlaridan biridir. Ushbu hududdagi Ozix mag'orasi eng qadimiy insonlarning yashash maskani ekani aniqlangan. Bu yashash maskani Ozarbayjonning, shu jumladan Qorabog'ning Oraliq dengiz havzasi va Sharqiy Afrika bilan birgalikda insonlarning ilk go'shalaridan biri bo'lganligidan dalolat beradi.

1968 yilda Ozix mag'orasining osho'l qatlamidan Ozix odami — ozixantrop deb nomlangan odamning chanoq suyagi topilgan. Ozix odamning 350 — 400 ming yillar avval yashab o'tganligi taxmin etiladi. Eneolit (mil. av. VI — IV mingyilliklar), bronza va ilk temir davrlarida (mil. av. IV mingyillikning oxiri — I mingyillikning boshlari) Qorabog' hayotida ulkan o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bronza davrining oxiri va ilk temir davri (mil. av. XIII — VII asrlar) Xo'jali — Kadabek madaniyati nomini olgan. Xo'jalik va madaniy hayotning vujudga kelishi bilan birgalikda etnik — siyosiy jarayonlar ham davom etgan. Ozarbayjonning janubida qudratli Manna davlati (mil. av. IX-VI asrlar) maydonga chiqqan. Aleksandr Makedonskiy (mil. av. 356-323) Ahamoniylar davlatini qulatganidan so'ng Ozarbayjonning shimolida siyosiy jarayonlar yangi bosqichga qadam qo'ydi. Uning vafot etishi bilan imperiyasi ham parchalanib ketgach, Ozarbayjonning janubida Atropatepa, shimolida esa Albaniya davlati vujudga keldi. Mil.av. IV asrda va undan keyin Atropatepa Ozarbayjonning shimolida ham o'z hududlariga ega bo'ldi va ushbu davrda Qorabog' hududini o'z ichiga olgan yerlarning bir hissasi ushbu Ozarbayjon davlatiga tobe edi. Atrotepa bilan ayni paytda vujudga kelgan Albaniya davlati taxminan mil. av. IV — mil. VIII asrlardayoq mavjud bo'lib, 1200 yilga yaqin davr mobaynida Ozarbayjon tarixida katta rol o'ynadi.

Albaniya o'z chegaralarini kengaytira borib, butun Qorabog' hududini egalladi va ushbu viloyatni o'z trkibida saqlab qolish uchun mislsiz kurashlar olib borib, ba'zi bir istisnolarni hisobga olmaganda, bunga muvaffaq ham bo'ldi. Qorabog' tarixiy — etnografik viloyat sifatida dastlab Kavkaz Albaniyasi tarkibiga kirdi.

Qorabog' tarixidagi asosiy o'zgarishlar VII asrda Arab xalifaligining ishg'olchiligi va buning natijasida Albaniya davlatining qulashi natijasida sodir bo'ldi. Arab ishg'olchiligiga qadar Qorabog'ning tarixiy aholisi etnik jihatdan bitta ildizdan, ya'ni Ozarbayjon-Albaniya ildizidan tarkib topgan holda, ushbu davrda Arab xalifaligining Ozarbayjonga nisbatan olib brogan siyosati natijasida viloyatning tog'li qismida armanilar diniy ustunligining ta'minlanishi, vaqtlar o'tib, etnik sohada o'z ta'sirini ko'rsatdi: Albaniyaning tarixiy Arsax viloyati aholisi avvaliga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

grigorianlashtirila, keyin esa armanilashtirila boshlandi. Arab xalifaligi parchalanib ketgach, Albaniyaning ushbu hududida Sunik va Arsax-Xochin knyazliklari barpo etildi.

XII asrning oxirlariga kelib Sunik podshohligi mahv etildi, bu yerdagi hokim sulola 1166 yildan knyaz Grigor va Smbatning vafot etishi bilan o'z hokimiyatini boy berdi. XII asrning oxiri — XIII asr boshlarida Arsax hududida tashkil topgan Xochin knyazligi, tarixchi olim I.A.Orbelining ta'biri bilan aytganda, „qadimiy Albaniyaning bir hissasi" edi. Shunday qilib, mutlaqo tabiiyki, Arab xalifaligi tugatilgach, uning hududida vujudga kelgan yerli davlatlar orasida hech qanday Armani davlati mavjud bo'lmagan. Mo'g'ullarning ikkinchi yurishi va Ozarbayjonning ishg'ol etilishi natijasida (1231-1239) Qorabog' boshqa Ozarbayjon yerlari kabi Oliy mo'g'ul xokonligining (1239-1256), keyin esa Hulokular (Elxoniylar) davlati (1256-1357) tarkibida edi. Qorabog'ning ushbu davr tarixi haqidagi ma'lumotlar ancha keng bo'lib, bir qadar yaxshi o'rganilgan. Ushbu davrda „Qora" va "bog' " so'z birikmasi endilikda — "Qorabog'", ya'ni konkret jug'rofiy hududga nisbatan qo'llana boshlagan. XV asrda Qorabog' Ozarbayjon Qoraquyunli (1410-1467) va Oqquyunli (1468-1501) davlatining tarkibida edi. Lekin Qoraquyunlilar davrida Qorabog'ning keyingi tarixiga o'z ta'sirini ko'rsatgan bir hodisa sodir bo'ldi. XV asrda o'tgan alban hokimi Hasan Jalolning avlodi (Jaloyiriylar) Qoraquyunli Jahon shohdan „malik" unvonini oldi. Keyinchalik Jaloyiriylar avlodining mulki besh alban feodal knyazliklari — maliklariga (Guliston, Chilabo'rd, Xochin, Varanda, Tizoq) parchalanib ketdi.

Ozarbayjon Safaviylar davlatining vujudga kelishi bilan (1501) butun Ozarbayjon tuproqlarining markazlashtirilishi boshlandi. XVI asrning o'rtalarida Ozarbayjon tuproqlarining yaxlit davlat holida markazlashuvi yakun topdi. Natijada Ozarbayjon Safaviylar davlati mintaqaning Usmonli imperiyasidan keyingi ikkinchi eng qudratli davlatiga aylandi. Shundoq ekan, o'sha davrda armanilarning hech qanday etnik-siyosiy ustunligi haqida gap ham bo'lishi mumkin emas edi. Aksincha, ushbu davrda Ozarbayjonning etnik va siyosiy chegaralari yanada aniq — tiniq shakl oldi. Safaviylar Ozarbayjonda 4 ta beklarbeklik yaratdilarki, ulardan biri ham Qorabog' yoki Ganja beklarbekligi edi. Safaviy davlatining zaiflashuvidan so'ng Ozarbayjon tuproqlari Eron, Rossiya va Usmonli davlatlari o'rtasida jang maydoniga aylandi.

Safaviylarning oxirgi hukmdori III Abbosni ag'darib hokimiyat tepasiga kelgan Nodirshoh Afshar (1736-1747) o'zini qonuniy hukmdor sifatida tanishdan bosh

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

tortgan Ganja — Qorabog' beklarbekligining turk-musulmon aholisiga qarshi og'ir jazo choralarini amalga oshirdiki, bu omil ham Qorabog'dagi alban maliklarining mavqeini kuchaytirdi va ularning separatizmiga turtki berdi. Nodirshoh vafot etishi bilan uning davlati ham parchalanib ketdi, Ozarbayjonda mahalliy davlatlar — xonliklar vujudga keldi. Boshqacha aytganda, Ozarbayjon xonliklar timsolida o'zining davlat mustaqilligini qayta barpo etdi. Avvalgi Ganja-Qorabog' viloyati hududida ikkita Ozarbayjon xonligi — Ganja va Qorabog' xonliklari vujudga keldi. Qorabog' xonligining asoschisi Ozarbayjonning ajoyib davlat arboblaridan biri Panohalixon Javonshir edi. Panohxon kuchaygani sayin parokandalik tarafdorlari bo'lgan feodallarning — maliklarning buzg'unchilik faoliyati ham kuchaya bordi. Harbiy — siyosiy nuqtai nazardan buning oldini olmoq zarur edi. Shunday qilinmasa, xonlikning hududiy — ma'muriy yaxlitligi yo'qqa chiqishi mumkin edi. Panohalixonning vorisi Ibrohimxon bilan separatchi maliklar o'rtasidagi nizolarga 1783 yildan boshlab Rossiya davlati ham aralashgani yetib keldi. Janubiy Kavkazni ishg'ol etishga uringan Rossiya bu yerda — Ozarbayjon hududida mazkur maliklarning yordami bilan „xristian davlati", yanada to'g'rirogi, o'ziga tayanch yaratishga urinmoqda edi.

XVIII asrning oxirlari — XIX asrning boshlarida Rossiyaning Janubiy Kavkazda, shu jumladan, Ozarbayjonda isholchilik faoliyati kuchaydi, 1801 yilda u Gruziya imperiyaga qo'shib olindi, Ozarbayjonning Jor-Bolokan jamoati (1803) va Ganja xonligi (1804) ishg'ol etildi. Ibrohimxon ana shunday bir vaziyatda Rossiya qo'shinlari qo'mondoni R.D.Sisianov bilan (1802-1806) Kurakchoyda bitim tuzdi. Kurakchoy bitimiga asosan Qorabog' xonligi aynan musulmon — Ozarbayjon tuprog'i sifatida Rossiyaga qo'shib olindi. Safaviylar davlati Qorabog' tarixiy — etnografik viloyat hududini o'z ichiga olgan, markazi Ganja shahri bo'lgan Qorabog' beklarbekligini vujudga keltirdi. Ko'rinib turibdiki, alohida — alohida davrlarda Ozarbayjonning davlat va ma'muriy viloyat chegaralari o'zgarsa-da, o'ziga xos moddiy, xo'jalik va ma'naviy madaniyati bilan xarakterlanadigan Qorabog' yaxlit bir etnografik viloyat sifatida o'z rivojini muntazam suratda davom ettirdi.

XVII asrning oxiridan XVIII asrning o'rtalariga qadar Ozarbayjonning feodal davlatlarga — xonliklarga bo'linib ketishi natijasida Qorabog' beklarbekligi hududida Qorabog' xonligi va Ganja xonligi vujudga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan mustaqil Qorabog' feodal davlatining o'z mustaqilligini saqlab qolish uchun amalga oshirgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy chora-tadbirlari Qorabog' tarixiy-etnografik viloyati sotsial — iqtisodiy hayotining har taraflama

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

yuksalishiga, taraqiyotiga sabab bo'ldi. Xonlik janubi — sharqdan Kur-Oraz daryolarining qo'shilish nuqtalaridan tortib, janubdan Oraz daryosi, g'arbdan Qorabog' tog'lari deb nomlangan Ko'shbek, Solvorti va O'rikli tog'lari bo'ylab Ko'kcha ko'liga qadar cho'zilib ketgan, shimoldan esa Ko'ron — Kur sohillari bilan chegaralangan edi.

Qorabog' 17 tumanga: Sisyon, Temirchi — Aslonli, Kunoro, Barkushod, Bohobyurt, Kabirli, Tolish, Javonshir, Xochin, Chilaburd, Xirdapora Dizax, O'tizikki, Yigirmato'rt, Qorachorli, Varand, Dizax va Ochanturk tumanlariga bo'lingan edi. O'n ikki tuman aholisi, bir necha kentni istisno qilganda, mutlaq ozarbayjonliklardan iborat edi. Dizax, Varand, Chilaburd, Xochin, Tolish malikligi Xamsa deb atalardi. Ular aholisining bir qismi nasroniylardan iborat edi.

XIX asrda armanilarning Qoraboqqa ko'chirilishi, Armanilarning ilk dafa Janubiy Kavkazga ko'chirilishi mil. av. II asrning oxirlariga to'g'ri keladi. Ular mintaqaga ko'chib kelishlari bilanoq yerli davlatlarga va xalqlarga qarshi tajovuzkor faoliyatlarini boshlab yubordilar. Rim imperiyasining mil.av. 66-yilda II Tigranni tor-mor etishi bilan uydirma bo'lmish „Buyuk Armaniston" afsonasi puchga chiqdi va ular Rimning vassaliga aylandilar. Ushbu vaziyat IV asrga qadar davom etdi. Shunday ekan, armanilarning o'zlari muvaqqat ishg'ol etgan Albaniyaning tarixiy tuproqlarini Armanistonning tarkibiy qismi sifatida qalamga olishlari hech qanday ilmiy-tarixiy haqiqatga molik emas. Holbuki, armanilardan farqli o'laroq, Ozarbayjon — Albaniya davlati mustaqil siyosat yuritishda davom etar va Qorabog'ning tarixiy viloyatlari uning tarkibiga kirar edi.

NATIJALAR

IX asr boshlarida arman knyaz Saxl Smbatyan( Saxl ibn Sunnat al-Armani), boshchiligida tog' ustidagi Qorabog' hududiningsida Xachen nomli arman feodal xonlik tashkil etgan edi. IX asr oxirida mazkur tuman yangitdan tiklangan Armaniston Podsholigi tarkibiga kirardi. Xachen xonligi XVI asrgacha bo'lgan edi va arman milliy davlat tuzumining oxirgi qo'lgan namuna sifatida tarixga kirgan. XIII asrdan boshlab ushbu yerda Saxl Smbatyan avlodning namoyondalari Gasan-Djalalyanlar hamda Dopyanlar dinastiyalar boshqarardilar. XII-XIII asrlarda arman aholi yashayotgan Tog'-ustidagi Qorabog' hududiningsini - arman madaniyatning markaziga aylandi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

MUHOKAMA

Shoxruxni Qorabog'da qishni o'tkazish to'g'risida XV asrning arman tarixchi Foma Mesopesi ham yozgan edi. Mongol bosqinchilikdan so'ng, Ravonli Qorabog'da turk ko'chmanchi qabilalar yashagan ekan. Natijasida ravonli Qorabog'ning aholi musulmonlashtirigan va turklashtirilgan edi. Qorabog'ning tog' ostidagi qismida esa Xachen xonligi o'z kuchini yo'qotmagan edi. Keyinchalik esa bu xonlik 5ta (Xachen, Dizak,Varanda Djraberd va Gyulistan) arman xonliklarga parchalandi. Bu 5ta xonliklar XVIII asrning oxiri qadar o'zlarining Xamsa meliklar xonlar tomonidan boshqargan edi. Xams - arman milliy-davlatchilikning tuzilishining oxirgi markaziga

л

aylangan edi. "Qorabog' - Araksning chap qirg'og'i hamda Kuraning o'ng qirg'og'i o'rtasida, Mugan daladan yuqoriroqda, to'glarda joylashgan mamlakatdir. Bu mamlakatning asosiy yashovchilar - armanlar, avloddan avlodga o'tadigan 5ta o'zlarining meliklar yoki honlar bilan boshqarardilar.

XULOSA

Yaqin kunlarda ma'lum bir kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan urush hammaning e'tiborini birdek tortdi va bu ko'p ko'ngilsizliklarga sabab bo'ldi.

Bu urushdan xulosa qiladigan bo'lsak, bir vaqtlar qarindosh urug'chilik qilib kelgan bu ikki mamlakat arzimagan narsa sababli bu urush ko'p davlatlar e'tiborini tortdi. Qolaversa, o'sib kelayotgan yosh avlod ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bir so'z bilan aytganda, kecha bir-birlariga kulib qarayotgan bu ikki davlat kelishmovchiligidan albatta, biz, to'g'ri xulosa chiqarmog'imiz va ular qilgan xatoni kelajakda takrorklamasligimiz darkor.

Bugungi kunda qaysidir ma'noda bu urush yakunlangan bo'lsada, ammo ichki g'arazliklar hali ham so'ngani yo'q.

REFERENCES

1. Караулов Н. А. Сведения арабских писателей X и XI веков по Р. Хр. о Кавказе, Армении и Адербейджане.

2. Hewsen, Robert H. Armenia: A Historical Atlas. Chicago, IL: University of Chicago Press, 2001, p. 33, карта 19 (территория Нагорного Карабаха показана в составе Армянского царства Ервандидов (IV-II вв. до н. э.))

2 Hewsen, Robert H. «The Kingdom of Arc'ax» in Medieval Armenian Culture (University of Pennsylvania Armenian Texts and Studies). Thomas J. Samuelian and Michael E. Stone (eds.) Chico, California: Scholars Press, 1984, pp. 52-53

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-52-58

3. Hewsen, Robert H. «The Kingdom of Arc'ax» in Medieval Armenian Culture (University of Pennsylvania Armenian Texts and Studies). Thomas J. Samuelian and Michael E. Stone (eds.) Chico, California: Scholars Press, 1984, pp. 52-53

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.