Научная статья на тему 'SADRIDDIN AYNIY ASARLARIDA JUFT SO‘ZLAR KOMPONENTLARI MA‘NO-MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI'

SADRIDDIN AYNIY ASARLARIDA JUFT SO‘ZLAR KOMPONENTLARI MA‘NO-MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
297
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
birikish / teng bog„lanish / sema / uyushiqlik / soddalanish / connection / equivalence / sema / coherence / simplification.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raxshona Muslixiddinova, N. J. Yarashova

Juft so„zlar ma‟no-munosabatiga ko„ra o„zaro guruhlarga bo„linadi. Maqolada Sadriddin Ayniyning asarlaridagi juft so„zlar faol qo„llangan kontestlari o„zaro sinonim, antonim, ma‟nosi yaqin va ba‟zan butun-qism munosabati yuzasidan tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Pairs of words are divided into groups according to their meaning. The article analyzes the active use of pairs of words in Sadriddin Aini's works in terms of synonyms, antonyms, close meanings and sometimes whole-part relations.

Текст научной работы на тему «SADRIDDIN AYNIY ASARLARIDA JUFT SO‘ZLAR KOMPONENTLARI MA‘NO-MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-63-68

SADRIDDIN AYNIY ASARLARIDA JUFT SO'ZLAR KOMPONENTLARI MA'NO-MUNOSABATIGA KO'RA TURLARI

Raxshona Muslixiddinova

NavDPI O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi

N. J. Yarashova

Ilmiy rahbar, f.f.f.d. PhD

ANNOTATSIYA

Juft so'zlar ma'no-munosabatiga ko'ra o'zaro guruhlarga bo'linadi. Maqolada Sadriddin Ayniyning asarlaridagi juft so'zlar faol qo'llangan kontestlari o'zaro sinonim, antonim, ma'nosi yaqin va ba'zan butun-qism munosabati yuzasidan tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: birikish, teng bog'lanish, sema, uyushiqlik, soddalanish.

ABSTRACT

Pairs of words are divided into groups according to their meaning. The article analyzes the active use of pairs of words in Sadriddin Aini's works in terms of synonyms, antonyms, close meanings and sometimes whole-part relations.

Keywords: connection, equivalence, sema, coherence, simplification.

KIRISH

Juft so'z ma'no jihatidan o'zaro biron darajaga bog'langan ikki boshqa-boshqa so'zning grammatik jihatdan teng munosabatda birikishi bilan har biri o'z ma'nosi va urg'usini saqlagan holda bir umumiylikga ega bo'lgan butunlik hosil qilishi bilan paydo bo'ladi.

Juft so'zlar hosil bo'lishi uchun avvalo ikki so'z sxemasi qandaydir jihatdan[ ma'nodoshlik, antonimlik va h.k] bog'liq bo'lishi kerak.

Ba'zi manbalarga ko'ra, juft so'zlarning o'rganilishi yangi so'zlar hosil bo'lishi tarkibiga ham kirib ketadi. Juft so'z tarkibiy jihatdan o'z so'z turkimi doirasida hosil bo'ladi.

Har qanday so'z ham juftlikni hosil qilib keta olmaydi. Juftlik hosil bo'lishu uchun so'zlar uyushiq bo'la olishi, balki uyadosh ham bo'lishi lozim. Shu jumladan, ularning tarkibi ma'no-munosabatiga ko'ra o'z ichida turlarga bo'linadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-63-68

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Juft so'zlarning o'rganilishi keng qamrovli ishdir. Xususan, shakl jihatdan juft so'zni takroriy so'z bilan adashtirish hollari ham bor, qo'shma so'zga yaqin degan qarashlar ham mavjud. Ammo, N.Abdurahmonov takroriy so'zlar bilan juft so'zlarning farqi haqida yozib: «Takror so'zlar aslida tilda yo'q. Ular tilning lug'at tarkibiga kirmaydi, shuning uchun ham lug'atlarda ko'rsatilmaydi. Takror so'zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning irodasi asosida, improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana yo'q bo'lib ketadi», - deydi.

A.Hojiyev "O'zbek tilida qo'shma, juft va takroriy so'zlar" asarida juft so'zlar tenglik munosabatida bo'ladi , ikki so'zning teng bog'lanishiga asoslangan brikmalardan kelib chiqadi degan tog'ri qarashni beradi.

Tilshunoslikda juft so'zlar bo'laklarining ma'no-munosabatiga ko'ra semantik jihatdan qismlari sinonim, qismlari ma'nosi yaqin va antonim bo'lgan, shuningdek butun qism munosabatidagi juft so'zlarga bo'linadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sadriddin Ayniy asarlarida kelgan juft so'zlarni tahlilga tortar ekanmiz, avvalo unda o'zaro ma'nosi yaqin bo'lgan qismlardan iborat juft otlar ko'pligini ta'kidlash lozim.

Qismlari ma'nodosh juft otlar:

Bir jumla bilan ifodalash mumkin bo'lgan maqsad-muddaoni ikki sahifada qofiyadosh jumlalarga o'ra yoza oluvchi kishi yaxshi munshi va yaxshi maktub yozuvchi kishi hisoblanar edi. [1,66.]

Hozirgi o'zbek tilida qo'llanuvchi juft so'zlarning ko'rsatishicha, uyushiq holda qo'llana oladigan sinonimlardangina juft so'z hosil bo'lishi mumkin.

Qismlarining ma'nosi bir-biriga yaqin bo'lgan juft otlar:

Biz aka-ukalar, har birimiz oshqovoq pulidan bir sidra ust-bosh qilib oldik. [123]

Bahorda qo'y-qo'zi sotib olib, ularni boqish bilan band bo'ldim.[1-25.]

Ota-ona bir-biriga antonim bo'lishi mumkin degan ilmiy asoslanmagan qarashlar ham bo'lgan. Ammo bir oila uyasiga kiruvchi so'zlar bir-biriga qarama-qarshi bo'lmaydi. Bir-biriga yaqin ma'noni bildiradi. Bunday atalishlar bizga tilimizning ilk qurilish davrlaridan beri bor.

Katta qardosh va kichik qardoshning ikkalasini ham " barodar" deydilar. Turkiylar esa o'zining kattasini "og'a" va kichigini "ini" deydilar, qizning kattasini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-63-68

"egachi" va kichigini "singil" deydilar.

Uning ota-onasi va hovli-joyi bo 'lmay, pochchasinikida yashar edi.[1-59.] Yo'Idoshlar mening ho 'l bo 'lgan ko'rpa-yostig'imni siqib aravaga tashladilar. [2-135]

Non, mayiz, turli holvalar, domla uchun choy-non oldilar hamda domlaga naqd pul berdilar. [2-22.]

Qozinin uy-ro'zgor xarajati ishlarini olib boruvchi Qorishojon degan kishi bizning oldimizda turar, so 'zlarimizga quloq solar edi. [1-68.]

Akam sotilgan eshak puliga biroz oziq-ovqat va yoqilg'i sotib olib qo'ydi.[1-

28.]

...Faqat XIX asrning oxirlaridan boshlab ommaning tiliga mayl-e'tibor kuchayib, poyezdiyada sodda, ommabop til vujudga keldi. [1-65.]

Bunday kishilardan jamiyatning sirini ehtiyotkorlik bilan saqlab qolish uchun qattiq chora-tadbirlar ko 'rilgan edi. [1-76.]

Haqiqatan ham uning yo'g'on gavdasi ustidagi kiyim-bosh tutamlab bog 'langan to 'la qatorning og 'ziga o'xshar edi. [2-70.]

U har qadamda kavush-mahsisi loyga botar, oyog'ini ko'targanida kavush botqoqda qolardi., [2-177.]

Mehnatkash dehqon har oy boshida naqd pul topolmaydi, - dedi Hamrohrafiq, - dehqonning qo 'liga pul har yil yig'im-terimdan keyin kiradi. [2-89.]

Bu non ushoqlari ustida janjal-to'polon bo'lib turganda, domla taraf turmadi, uning orqasida devorga suyab qo'yilgan uzun-qisqa bir necha tayoq turar edi. [3191.]

Endi Ahmadning dod-faryodiga hech chidab turib bo 'lmas edi. [3-200.] Qismlari o'zaro zid ma'noli bo'lgan juft otlar:

Lekin do'st-dushman orqa-oldingda To 'ramurodni Hamrohrafiq o 'ldirgan deb gap tarqatdilar. [2-87.]

Butun-qism munosabatidagi juft otlar:

Siz mullasiz, shoir va fozilsiz, sizning gazeta o'qishingizni gap-so'z qilishadi. [1-80.]

..Bu tuyaning oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizg'ishroq bo 'lib, oy-u kuni to 'lgan semiz, tullagan keksa bo 'g'oz hayvonningxuddi o'zi bo 'lib qolar edi. [2-5.]

«Yopulni undirib beringyoki qarzdorning mol-mulkini sotib bunga to 'lating», deb qozi kalonga o'z ijrochisiniyuborgan. [2-128.]

Maktab ichi chang-tuproq va xas-xashak bilan to 'ldi. [3-196.]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-63-68

Uyadosh bo'lgan barcha so'zlar ham juftlikni hosil qilolmaydi. Ularda ichki va tashqi bog'liqlik, tilda o'xshashlik bo'lishi lozim.

Yuqoridagi misollarda ikki va bir bo'ginli hamda ikki bo'ginli yoki bir bo'ginli so'zlar juftlik qatorini hosil qilganini guvohi bo'lish mumkin.

Bir bo'ginli juft otlar: choy-non, gap-so'z, oy-kun, mol-mulk;

Ikki bo'ginli juft otlar: aka-uka, oziq-ovqat, chora-tadbir, yig'im-terim,ko'rpa-yostiq;

Bir va ikki bo'g'inli juft otlar: qo'y-qo'zi, hovli-joy, mayl-e'tibor, uy-ro'zgor, dod-faryod, kiyim-bosh, do'st-dushman, xas-xashak.

Ko'rinib turibdiki, qisqa bo'ginli so'zlar odatda juftlikni tashkil eta olar ekan. Ammo, 2 ikki va uch bo'ginli juft otlar ham bor: "janjal-to'palon, xayr-sadaqa"

Sifatlarda esa ma'no munosabatiga ko'ra butun-qism munosabatidagi turi yo'q. Axir sifatlar nomni emas belgini bildiradi.

Qismlari sinonim bo'lgan juft sifatlar:

Sen Arbob Ro 'zi akamning yetimlari - To 'ramurod bilan Bahovuddingami, boshqa joygami bording, ikki kundan keyin sen sog'-salomat kelding, ammo undan darak bo 'lmadi. [2-87.]

Ma'nosi o'zaro yaqin bo'lgan juft sifatlar:

Men Galaosiyoga qarashli Bo 'lmaxo 'ron qishloqlik, yer-suvli, uy-joyli dehqonman. [2-65.]

Lekin taqdir meni soqol-mo'ylovsiz - ko 'sa yaratgan - Arbob «bola» deganday noib eshon ham «bola» deyayotirlar. [2-94.]

«Bu shum rost-yolg'on gaplarni gapirib, ko'nglimni qora qilib qo'yar», deb o'yladi. [2-171.]

Qismlari antonim bo'lgan juft sifatlar:

Bilmadim, rostmi-yolg'onmi bir va'da berishdi, biroq hali qutlashga erta. [181.]

Bu bilan senga bo 'lgan pul - tappa-taxt olti yuz tanga bo 'ladi, shuncha zi yofatlar qilgan va o'lik-tirigingni bajaradigan o'z qishlog'ingning oqsoqoli Arbob Hamidga qirq tanga bermaysanmi? [2-83.]

Siz kabi shahar kishisi ham qishloq bilan ko 'p oldi-berdi qila olmaydi, chunki qishloq past-balandini bilmaydi. [2-100.]

Xalfa, katta-kichik bolalarni ikkiga bo'lib, maktabxonaning ikki tomoniga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-63-68

o'tqazdi. [3-195.]

XULOSA

Juft so'zlar soddalanish hodisasiga uchraydi. Shuningdek bu konversiya hodisasiga ham yaqindir. Masalan yuqorida ko'rilgan juft otlarni tahlil qiladigan bo'lsak, "past-baland" juft so'zi "hayot" "yo'l-yo'riq" ma'nosida asosan qo'llaniladi, "gap-so'z" esa g'iybat ma'nosini beradi.

Tilshunos olimlar har tomonlama tadqiq etgan juft so'zlarni Sadridin Ayniy asarlarida deyarli barcha turini uchrashini ko'rish mumkin. Asarlarda juft so'zlarining komponentlari ma'no munosabatiga ko'ra faol qo'llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Soddalanish hodisasi bo'lgani bilan, juft-so'z beradigan uslubiy ma'noni to'la qoplay olmaydi. Zero,tilda har bir omil zarur bo'lgani uchun ham mavjuddir.

REFERENCES

1. Sadriddin Ayniy. Qisqacha tarjimayi holim. Toshkent. O'zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent. 1960.

2. Sadriddin Ayniy Sudxo'rning o'limi. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2016.

3. Sadriddin Ayniy. Eski maktab. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2020.

4. Razzoqova Mamlakat. Ona tili darslarida qo'shma, juft va takroriy so'zlarni o'rgatish. Bitiruv malakaviy ish. Nukus-2021. 5-bet.

5. Abdurahmonov N. Hozirgi zamon o'zbek tilida juft so'zlar sostavi masalasi. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining asarlari: Samarkand, 1963, 50-bet.

6. A.Hojiyev. Toshkent. Ozbek tilida qo'shma, juft va takroriy so'zlar. 1963. 45.

7. Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug'atayn. Toshkent. Tafakkur. 2014. 24-bet.

8. YARASHOVA N. J. THE LIGHTS OF JEWELS OF TURKIC LANGUAGE IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №. 9. - С. 659-661.

9. Jumaevna Y. N. Occupation of the child's personal mental status in dialogual speech //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 5. - С. 405-408.

10. Jumaevna N. Y. DEVELOPMENT OF LINGUOCREATIVE ABILITIES IN CHILDREN'S SPEECH //Modern Journal of Social Sciences and Humanities. -2022. - Т. 3. - С. 5-8.

11. Jumayevna Y. N. Linguo culture logical features of metaphors in children's

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-63-68

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

literature (On the example of khudayberdi tokhtabayev's creative work) //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2019. - Т. 9. - №. 4. - С. 139-145.

12. Ярашова Н. Ж. ПРОЯВЛЕНИЕ ИНТОНАЦИИ У ДЕТЕЙ ПОСРЕДСТВОМ ОБРАЩЕНИЯ //Традиции и новации в профессиональной подготовке и деятельности педагога. - 2019. - С. 128-130.

13. Jumaevna N. Y. METAPHOR IN CHILDREN'S PROSE AS A LINGUOCULTUROLOGICAL PHENOMENON //Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 18-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.