Научная статья на тему 'KAVKAZ XALQLARINING XIX ASRDA RUS BOSQINIGA QARSHI OLIB BORGAN KURASHI'

KAVKAZ XALQLARINING XIX ASRDA RUS BOSQINIGA QARSHI OLIB BORGAN KURASHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
278
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
M.S. Vorontsov / A.P.Yermolov / A.I. Chernishev / Muridiylik harakati / Gamzatbek / G'ozi-Muhammad / D.A. Milyutin / I.F. Paskevich.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umida Hamdam Qizi Nasimova

Bu maqolada XIX asr davomida Rossiyaning Kavkaz hududini egallashga bo‘lgan urunishi va mahalliy aholining bu holatga qarshiligi to‘g‘risida . Kavkazda yashaydigan xalqlarning juda ko‘pligi sababli bu qarshilik harakati Rossiyaning Kavkazga amalga oshirayotgan harbiy harakatlarini to‘xtata olmagan. Lekin Shunday bo‘lsa-da, Kavkaz xalqlarining qarshilik harakatlari Rossiyaga jiddiy zarar keltirgan. Qarshilikni asosan Shimoliy Kavkaz xalqlari ko‘rsatgan. Shimoliy Kavkaz xalqlaridan bo‘lgan chechen, avar, lezgin va boshqa xalqlarning Rossiya siyosatiga qarshi harakatlari asosan XIX asr boshlarida boshlangan. Bunda yuzaga kelgan ―Muridiylik‖ harakati, Shomil boshchiligida muridlar nazorati ostidagi Checheniston va Tog'li Dog'iston viloyatlarining barcha aholini harbiy harakatlarga safarbar qilish jarayoni bayon etilgan. Shuningdek Shimoliy Kavkazda yuz bergan bu norozilik harakatlariga qarshi Rossiya imperiyasining olib borgan siyosati norozilik harakatlarni bostirishga jalb qilingan rus harbiylarining faoliyati va munosabati haqida ma‘lumotlar yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAVKAZ XALQLARINING XIX ASRDA RUS BOSQINIGA QARSHI OLIB BORGAN KURASHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

KAVKAZ XALQLARINING XIX ASRDA RUS BOSQINIGA QARSHI OLIB

BORGAN KURASHI

Umida Hamdam qizi Nasimova

Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich magistranti E-mail: nasimovaumida@mail .ru

ANNOTATSIYA

Bu maqolada XIX asr davomida Rossiyaning Kavkaz hududini egallashga bo'lgan urunishi va mahalliy aholining bu holatga qarshiligi to'g'risida . Kavkazda yashaydigan xalqlarning juda ko'pligi sababli bu qarshilik harakati Rossiyaning Kavkazga amalga oshirayotgan harbiy harakatlarini to'xtata olmagan. Lekin Shunday bo'lsa-da, Kavkaz xalqlarining qarshilik harakatlari Rossiyaga jiddiy zarar keltirgan. Qarshilikni asosan Shimoliy Kavkaz xalqlari ko'rsatgan. Shimoliy Kavkaz xalqlaridan bo'lgan chechen, avar, lezgin va boshqa xalqlarning Rossiya siyosatiga qarshi harakatlari asosan XIX asr boshlarida boshlangan. Bunda yuzaga kelgan "Muridiylik" harakati, Shomil boshchiligida muridlar nazorati ostidagi Checheniston va Tog'li Dog'iston viloyatlarining barcha aholini harbiy harakatlarga safarbar qilish jarayoni bayon etilgan. Shuningdek Shimoliy Kavkazda yuz bergan bu norozilik harakatlariga qarshi Rossiya imperiyasining olib borgan siyosati norozilik harakatlarni bostirishga jalb qilingan rus harbiylarining faoliyati va munosabati haqida ma'lumotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: M.S. Vorontsov, A.P.Yermolov, A.I. Chernishev, Muridiylik harakati, Gamzatbek, G'ozi-Muhammad, D.A. Milyutin, I.F. Paskevich.

KIRISH

Rossiyaning Kavkaz hududiga asta-sekinlik bilan kirib kelishi mahalliy aholining qarshiligiga uchragan. Kavkazda yashaydigan xalqlarning juda ko'pligi sababli bu qarshilik harakati Rossiya Kavkazga qarshi olib borayotgan kurashlari davomida ko'p qarshiliklarga duch keldilar. Oqibatda Kavkaz xalqlarining qarshilik harakatlari Rossiyaga jiddiy zarar keltirgan. Qarshilik harakatlarida faollik ko'rsatgan Shimoliy Kavkaz xalqlaridan bo'lgan chechen, avar, lezgin va boshqa xalqlarning Rossiya siyosatiga qarshi harakatlari asosan XIX asr boshlaridan kuchayib bordi. G'ozi Muhammad boshchiligida ilgari surilgan Shariat me'yorlari va milliy va madaniy tafovutlarsiz (tamoyilga ko'ra - bir Olloh, bir Imom, bir xalq) islom

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

teokratik davlatini shakllantirish maqsadida yuzaga kelgan muridiylik harakati ushbu harakatlarning Rossiyaga va muridiylikka qarshi chiqqan aholi qatlamiga nisbatan olib borgan kurashlari mavzuning dolzarbligini oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

XVIII asr ikkinchi yarmidan XIX asr o'rtalariga qadar Rossiyaning Kavkazni egallashga nisbatan harakatlarining nihoyatda kengayganini ko'rish mumkin. Rossiyaning Kavkazga nisbatan olib borgan siyosati va uning natijalari bo'yicha ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bu borada M.Beliyev, V.Dagayev, V.A.Runov, A.S .Kulikov, V.Gutakov, V.Potto , N.E.Pokrovskiy ,A.K.Kazimbek kabi mutaxassislarning faoliyatlari ahamiyatlidir.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Rossiyaning Kavkaz hududiga asta-sekinlik bilan kirib kelishi mahalliy aholining qarshiligiga ham uchragan. Kavkazda yashaydigan xalqlarning juda ko'pligi sababli bu qarshilik harakati Rossiyaning Kavkazga amalga oshirayotgan harbiy harakatlarini to'xtata olmagan. Lekin Shunday bo'lsa-da, Kavkaz xalqlarining qarshilik harakatlari Rossiyaga jiddiy zarar keltirgan. Qarshilikni asosan Shimoliy Kavkaz xalqlari ko'rsatgan. Shimoliy Kavkaz xalqlaridan bo'lgan chechen, avar, lezgin va boshqa xalqlarning Rossiya siyosatiga qarshi harakatlari asosan XIX asr boshlaridan boshlangan.

1819-1820-yillarda chechenlar va avarlar Rossiya ta'sirida bo'lgan Groznayaga hujum qilishdi, ammo mag'lubiyatga uchradilar. Rus generali Yermolov Dog'istonda Vnepnaya va Burnaya qal'alariga asos solib, Rossiyaga qarshi chiqqan mahalliy xonlarni mag'lub etdi. Ularning mol-mulki Rossiya bilan ittifoqchi hukmdorlar qo'liga o'tgan. 1821-1822-yillarda daryo sohilida rus istehkomlarining qurilishi natijasida Malka Kabardada qo'zg'olon ko'tarildi. Yermolov qo'zg'olonchi knyazlarga ko'plab yerlarni berish orqali uni bostirdi.

1823 yilda Yaragi qishlog'idan bo'lgan o'z mafkurasi Muhammad chaqirig'i bilan nafaqat Rossiyaga, balki muridlarni qo'llab-quvvatlamagan barchaga ham muqaddas urush e'lon qilinishini takidlab milliy ozodlik harakatlari boshlandi. Muridlarning Rossiyaga qurolli qarshilik ko'rsatish jarayonida ko'zlangan asosiy maqsad Shimoliy Kavkaz xalqlarini ozod qilish emas, balki o'z g'oyalarini zo'rlik bilan tarqatish yo'li orqali mintaqadagi barcha hokimiyatni tortib olishga intilayotgan islom teokratik elitasiga butun xalqni bo'ysundirish edi. Shariat

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

me'yorlari va milliy va madaniy tafovutlarsiz (tamoyilga ko'ra - bir Olloh, bir Imom, bir xalq) islom teokratik davlatini shakllantirish maqsad qilingan edi. Bu rejalarni amalga oshirishga qarshilik qiladigan yagona kuchni muridlar Rossiya deb hisoblashgan. Ular Rossiyaga qarshi milliy ozodlik kurashi ruhida harakatni boshlab o'z maqsadlariga ham erishishga harakat qilishgan.

Muridlarning qurolli faoliyatini "Dog'iston va Chechenistonning imomi" deb e'lon qilingan G'ozi-Muhammad boshqargan (ko'pincha uni Qozi-mulla deb ham atashgan). 1829-yilda u Dog'iston aholisining muhim qismini ruslarga qarshi harakatlarni boshlashga muvaffaq bo'ldi.1

G'ozi Muhammad faoliyatiga baho berishda u ham xuddi avvalgi Shayx Mansur singari tog'liliklarni birlashtirishda eng samarali omil - islom dinidan foydalanganligi, mintaqaning o'ziga xosligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xususiyatlariga e'tibor qaratganini ko'rish mumkin. Shu bilan birga, G'ozi -Muhammad Rossiyani unga qarshi kurashga tog'li xalqlarning hammasini yoki ko'pchiligini birlashtirmasdan va jalb qilmasdan turib, ochiq to'qnashuvda mag'lub etish mumkin emasligini tushundi. Binobarin, uning dastlabki harbiy-siyosiy harakatlari bevosita Rossiyaga qarshi emas, balki Rossiyaga qarshi qurolli qo'zg'olonning eng muhim mafkuraviy omili sifatida tog'liklar o'rtasida shariat me'yorlarini keng va ko'pincha zo'rlik bilan tarqatishga qaratilgan edi. Aynan shu tarzda harbiy kuch bilan Avar va Mextuli xonliklarida, Andi va Gumbet jamiyatlarida va Dog'istonning boshqa bir qator hududiy tuzilmalarida shariatning tarqalishi davom etdi.

Muridiylar harakati rahbariyati faoliyatining yana bir muhim jihati bosib olinishi yoki bosib olinishi kerak bo'lgan davlatda kuchli siyosiy hokimiyatga erishish istagi edi. Bir qator sabablarga ko'ra, dastlabki harakatlar mintaqadagi eng rivojlangan va nufuzli Avar xonligida boshlandi. Bunga sabab sifatida uning hukmdorlari boshchiligidagi aholisining bir qismi Rossiyaga sodiqlik qasamyod qilgan, ikkinchi qismi esa shariat me'yorlarini qabul qilgani bilan qo 'l keldi. Bu yerda G'ozi-Muhammad Rossiyaga sodiq feodallarga qarshi qatag'onlarni boshlagan. Bu harakatlar aynan Avar xonligida boshlanishining yana bir sababi G'ozi-Muhammad (shuningdek, keyingi imomlar - Gamzatbek va Shomil) millatiga ko'ra avar bo'lganligi bilan ham izohlangan.

1 Захарова Л. Г. Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д. А. Воспоминания. 1856—1860 / Под ред. Л. Г. Захаровой. — М., 2004. -С28.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

1830-yil may oyida 8000 nafar muridlar otryadi bilan G'ozi-Muhammad Avar xonligi poytaxti Xunzax qishlog'ini egallash uchun qilgan birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Xunzax mudofaasiga Xansha Paku-bike boshchilik qildi. G'ozi Muhammad boshchiligidagi muridlar undan mag'lub bo'ldilar. Natijada bu mag'lubiyatdan so'ng G'ozi Muhammadning obro'si ancha tushib ketadi. Shu bois, Xunzaxning muvaffaqiyatsiz qamal qilinishidan so'ng darhol imomdan va u targ'ib qilgan g'oyalardan hafsalasi pir bo'lgan muridlarning aksariyati harakatni tark etgan.

Shunday qilib, dastlabki bosqichda muridlar harakati hali yetarlicha muhim harbiy-siyosiy kuch sifatida yetilmaganligi yaqqol ko'rinib qoldi. Rus general A.P.Yermolov quyidagi jumla bilan qo'zg'alonga ta'rif bergan. Uning so'zlariga ko'ra, "kam vositalar bilan yomon oqibatlarning oldini olindi". A.P. Yermolov bu harakatga yetarlicha baho bermadi. Natijada Kavkazdagi harbiy ma'muriyat bilan Rossiyaga ochiq urush e'lon qilgan diniy harakat faoliyatini cheklashda eng qulay vaqtni qo'ldan boy berdi. Buning sabablaridan biri A.P.Yermolovning o'rniga kelgan dala marshal I.F.Paskevichning g'oyat qat'iyatsizligi va javobgarlikdan qo'rqishini ham ko'rishimiz mumkin. Buning oqibatida Rossiyaning Shimoliy Kavkazda

л

hukmronlikni to'liq o'z qo'liga olinishi ancha vaqtga cho'zilib ketdi.

1830-yilda Xunzax voqealaridan keyin Rossiya harbiy vaziri A.I.Chernishev Nikolay I ga Dog'istondagi vaziyat haqida hisobot berdi. Hisobot natijalariga ko'ra, imperator harbiy bo'limga va shaxsan I.F. Paskevich va G'ozi-Muhammad harakati to'g'risida maxfiy topshiriq berdi. Nikolay I ning fikricha, muridlar harakatini bostirish tog'liklarni bosib olishning umumiy rejasiga kiritilishi kerak edi. Shu bilan birga, Rossiya imperatori Shimoliy Kavkazda keng ko'lamli jazo choralarining qo'llanilishi mahalliy aholining umumiy noroziligiga olib kelishi, buning natijasida esa G'ozi-Muhammad harakatining kuchayishiga olib kelishi mumkinligini tushundi. Shuning uchun u o'zining maxfiy buyrug'i bilan I.F.Paskevichga tog'liklarga Rossiya hukumati ularga hozirgi va kelajakda to'liq diniy bag'rikenglik va e'tiqod erkinligini kafolatlashini, shuningdek, "barcha manfaat va afzalliklarini inobatga olishini e'lon qilishni topshirdi ". Boshqacha qilib aytganda, Nikolay I Shimoliy Kavkaz xalqiga o'zining asosiy siyosiy tamoyilini yetkazdi, unga ko'ra u nafaqat "o'z hokimiyatiga

2 Салчинкина А. Р. Отдельный Кавказский корпус в Кавказской войне 1817—1864 гг.: Европейская армия и неевропейские методы войны // Наука, образование, общество: Тенденции и перспективы: Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической конференции: в 3 частях. — М.: АР-Консалт, 2014. — Т. 3. — С. 66—70. — ISBN 978-5-9905725-9-1.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

qarshi isyon ko'targanlarni qattiq va muqarrar ravishda jazolanishi, o'z navbatida Rossiya fuqoroligiga o'tsa har qanday erkinlik berilishini kafolatlashini bildirdi".

Bunday yondashuv muridlik harakatga jiddiy zarba berdi va uning a'zolarining chiqib ketishini yanada kuchaytirdi, chunki bir muncha vaqt tog'liklarning Rossiyaga qarshi keyingi qurolli kurash zarurligiga ishonchi susaygan edi. Faqat u tug'ilgan Gimri qishlog'i aholisi Qozi-mulla bilan qolgan, boshqa jamiyatlarning vakillari esa imomni tark etishgan. Ko'p o'tmay, Gimri xalqining yordami ham imom uchun muammoli bo'lib qoldi. Baron G.V.Rozenning otryadi to'g'ridan-to'g'ri Gimriga yuborilganligi sababli, qo'zg'olonchi mahalliy aholiga qarshi qatag'on boshlandi. G.V. Rozen qo'shinlarini harakatlari natijasida Gimri qishlog'ining qarshilik harakati bostirildi. Shunday qilib, G.V. Rozen qo'zg'olonning birinchi bosqichini bostirdi. Bu haqda Sankt-Peterburgga xabar berib, o'z otryadi Vladikavkaz viloyatiga qaytgan. Uning bu harakati keyingi voqealarning rivojlanishi qo'mondonligining navbatdagi strategik xatosi ekanligini ko'rsatdi. Chunki u harakatga qarshi urush e'lon qilgan bo'lsa-da, qo'zg'olonni to'liq bostirish va kelajakda uning qaytadan boshlanishini oldini olish uchun hech qanday qat'iy choralar ko'rmadi.

General G.V. Rozen vakili bo'lgan rus harbiy qo'mondonligi shu tariqa hayratlanarli darajada ishonchlilik ko'rsatdi va muridlarning o'sha paytda juda keng tarqalgan taktikasiga-kamtarlikning ikkiyuzlamachi ko'rinishiga noto'g'ri munosabatda bo'ldi. Bosh shtab kapitani D.A. Milyutin "bu yerda tog'liklar urushdan xalos bo'lish uchun haddan tashqari ishlatadigan hiyla-nayrang vositalaridan boshqa hech narsa yo'q edi» degan jumlalarni keltirgan.4

Shunday qilib, Xunzax yaqinidagi mag'lubiyatdan keyin ikki oydan kamroq vaqt o'tgach, imom yana harbiy kuchga ega bo'la boshladi.1831-yilda Dog'istonda birinchi muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Bu g'alaba natijasida Tarki shahri qo'lga kiritilib, u poytaxtga aylantirildi. Keyinchalik G'ozi Muhammad Stormi va Vnepnaya qal'alarini qamal qildi. Biroz vaqtdan keyin imom qo'shinlari Darbandni egalladi. Buning oqibatida harbiy harakatlar Chechenistonda, Groznaya qal'asi va Vladikavkazning chekkasida ham avj oldi. Shunday qilib, Shimoliy-Sharqiy

3 Салчинкина А. Р. Отдельный Кавказский корпус в Кавказской войне 1817—1864 гг.: Европейская армия и неевропейские методы войны // Наука, образование, общество: Тенденции и перспективы: Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической конференции: в 3 частях. — М.: АР-Консалт, 2014. — Т. 3. — С. 66—70. — ISBN 978-5-9905725-9-1.

4 Захарова Л. Г. Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д. А. Воспоминания. 1856—1860 / Под ред. Л. Г. Захаровой. — М., 2004. -C.32.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

Kavkazning muhim hududi (Checheniston va Dog'istonning bir qismi) G'ozi-Muhammad hukmronligi ostiga o'tdi.

G'ozi Muhammad boshchiligidagi qo'shinlarning muvaffaqiyatli harakatlari Rossiya harbiy-siyosiy rahbariyatining noto'g'ri strategiya tanlaganini ko'rsatdi. Rus qo'shinlari G'ozi Muhammad boshchiligidagi harakatni butunlay bostirmaganligi, harakat a'zolarini taqib qilmaganligi ularning katta xatosi ekanligi yaqqol namoyon bo'ldi.

1831-yildaning oxiriga kelganda G'ozi-Muhammad faol harbiy-siyosiy faoliyatining natijasida deyarli butun Shimoliy Dog'iston va Shimoliy-G'arbiy Kavkaz egallangan edi. Rossiya bu harakat faoliyatining xavfliligini anglab yetdi va qo'zg'olonni bostirish uchun radikal choralar ko'rishga harakat qildi. Shu maqsadda o'sha paytda Kavkaz korpusining bosh qo'mondoni bo'lgan general G.V.Rozen yana Checheniston va Dog'istonga yurish boshladi. Ruslarning harbiy sohadagi ustunligi G'ozi-Muhammad boshchiligidagi harakatni chekinishiga olio keldi. G'ozi Muhammad qo'shinlari tog'larga chekindi va u yerda tug'ilgan Gimri qishlog'i hududida bo'lgan yirik jangda u mag'lubiyatga uchrab, o'zi jangda halok bo'ldi. Bu jangda G'ozi Muhammadning eng yaqin safdoshi Shomil ham og'ir yaralangan. Shunday qilib, muridlar va muntazam rus qo'shinlari o'rtasidagi yirik jang, harakatining ommaviy xarakterga ega bo'lishiga qaramay mag'lubiyatga uchradi. Bu mag'lubiyat muridlar harakati hali zaifligi, uning tartibsiz harakati qarshilik ko'rsatishga qodir emasligini ko'rsatdi.

Gimri qishlog'i hududidagi mag'lubiyat muridizmga qattiq zarba berdi. Keyingi ikki yil mintaqada nisbatan barqarorlik bilan ajralib turdi. Bu orada yangi imom etib Gamzatbek e'lon qilindi. U mahalliy jamoalarga murojaat qilib, "Kim harakatda ishtirok etsa, ular ko'p o'lja va shon-shuhratga ega bo'lishini va'da qildi". Gamzatbek ham aslida G'ozi-Muhammad faoliyatini davom ettirdi. Gamzatbek ham o'zining faoliyatini Xunzaxdan boshladi. U ham o'zidan oldingi harakat yetakchisi kabi ish tutib Avar xonligida o'z hokimiyatni o'rnatishga harakat qilgan.

Gamzatbek 1834-yilda 10 minglik qo'shin bilan Xunzaxga yaqinlashib, qal'a ahligi ta'slim bo'lish talablarini qo'ydi5. Qo'yilgan bu talabda aholini ruslarga qarshi harakatda ishtirok etishi lozimligi ham inobatga olingan edi. Xunzax aholisi shariatning tarqalishiga rozi ekanligini, lekin Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etmaligini bayon qilishdi.

5 Захарова Л. Г. Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д. А. Воспоминания. 1856—1860 / Под ред. Л. Г. Захаровой. — М., 2004. -C.49.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

Xunzax himoyachilari bu jangda oxir-oqibat mag'lubiyatga uchradi. Xunzaxni imom qo'shinlari tomonidan egallanishiga Rossiyaning Kavkazdagi korpusi bu holatga jiddiy e'tibor qaratmadi . Bu Rossiyaning Kavkazdagi siyosati katta mag'lubiyatga uchraganini bildirar edi.

Bu Rossiya qo'mondonligi uchun katta xato hisob bo'lib, mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatning keyingi inqirozli rivojlanishini oldindan belgilab berdi. Dog'istonning bu qismida Rossiyaning so'nggi tayanchi bo'lgan strategik ittifoqchining yo'qolishi rus qo'shinlarining pozitsiyalarini sezilarli darajada zaiflashtirdi.

XULOSA

Aytish mumkinki, Kavkazdagi qurolli qarama-qarshilikning birinchi davri Rossiya harbiy qo'mondonligining Kavkazdagi strategik noto'g'ri hisob-kitoblari va taktik xatolarining butun majmuasi bilan tavsiflanadi. Bunga ko'ra Rossiyaga qarshi qurolli qo'zg'olonning dastlabki belgilarining paydo bo'lishi xavfi, qo'zg'olonchilarni birlashtirishning eng muhim mafkuraviy omili sifatida muridizmning roli ortib bordi. Boshqacha qilib aytganda, XIX asrning 30-yillarning boshlarida Rossiyaning Kavkazdagi harbiy qo'mondonligi o'z qo'llari bilan dushman yaratganligi, buning natijasida vujudga kelgan qurolli qarshilik harakatlari keyingi chorak asrda bostirildi.

REFERENCES

1.Снытко В. А., Собисевич А. В. Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы — Кавказ // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35

2. Откупщиков Ю. В. Очерки по этимологии. — СПб.: Изд. С.-Петербургского университета, 2001. — 479 с. — С. 310.

3.Фасмер М., Кавказ // Этимологический словарь русского языка: В 4-х т.

4.Снытко В. А., Собисевич А. В. Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы — Кавказ // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35 № 2. С. 94.

5.Ююкин М. А., О происхождении названия Кавказ // Индоевропейское языкознание и классическая филология-XVI (материалы чтений, посвященных памяти профессора И. М. Тронского, 18-20 июня 2012 г.). — СПб.: Наука, 2012. — С. 894-895.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-133-140

6.Никонов В. А. Рец. на кн.: М. С. Боднарский. Словарь географических названий. М., 1954 // География в школе. № 3, 1955. — C. 89.

7.Снытко В. А., Собисевич А. В. Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы — Кавказ // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35, № 2. С. 98.

8.Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.-C.25.

9.Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 -C.15.

10.В. А. Рунов, А. С. Куликов. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.9.

11.Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2 // Вестник Европы, №21, 2007, -С. 19-20.

12.Захарова Л. Г. Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д. А. Воспоминания. 1856—1860 / Под ред. Л. Г. Захаровой. — М., 2004. -C.28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.