Scientific Journal Impact Factor
О
AMIR NASRULLOXON AMALGA OSHIRGAN HARBIY
ISLOHOTLAR
Mamatqobulov To'lqin Eshqulovich,
Toshkent viloyati, Qibray tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix o'qituvchisi.
Buxoro amirligi davridagi harbiy holatlarning biryoqlama ekanigi uning doimiy qoloqligidan darakdir. Hokiyatga amir Nasrulloxonning kelishi bilan bo 'lgan o'zgarishlar harbiy islohotlarda darhol sezildi. Muntazam armiyaning tashkil etilishi bilan tahqi chegarasi mustahkamlandi. Bu davrda harbiy quvvat yetarli darajada oshib boordi.
Kalit so'zlar: Buxoro amirligi, amirlik tashqi diplomatiyasi, harbiy islohat, qo'shin tuzilishi, navkar, qora cherik, piyoda sarbozlar, to'pchiboshi, muntazam armiya.
The one-sidedness of the military situation during the Bukhara Emirate is a sign of its constant backwardness. The changes that took place with the coming to power of Amir Nasrullah were immediately felt in the military reforms. With the formation of a regular army, the frontier of the takhi was strengthened. During this period the military power increased considerably.
Keywords: Bukhara Emirate, Emirate's foreign diplomacy, military reform, army structure, navkar, black cherik, infantry, artillery, regular army.
Односторонность военной ситуации во время Бухарского эмирата свидетельствует о его постоянной отсталости. Изменения, произошедшие с приходом к власти Амира Насруллы, сразу же сказались в военной реформе. С формированием регулярной армии граница тахи была усилена. В этот период военная мощь значительно возросла.
Ключевые слова: Бухарский Эмират, внешняя дипломатия Эмирата, военная реформа, армейская структура, навкар, черный черик, пехота, артиллерия, регулярная армия.
Amirlik tashkil topgan vaqtda o'zining muntazam qo'shiniga ega emas edi. Amirlikda mavjud bo'lgan oz sonli harbiylarning asosiy vazifasi amir va uning
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
a'yonlarini qo'riqlash hamda shahar osoyishtaligini ta'minlash ishlari bilan xarakterlanar edi.
Urush vaqtlarida amir buyrug'i bilan xalq lashkarlari to'planib, harbiy harakatlariga jalb etilar edi. Amir Shohmurod hukmronligi davrida qo'shin ikki qanotdan iborat bo'lgan. So'l qanotda: mang'it, kenegas, keroit, do'rmon, qo'nig'irot, qiyot, qirg'iz, xitoy, qipchoq, turkman, arlot, qalmoq, uyg'ur o'g'lonlardan tuzilgan dastalar tashkil etgan.
Chap qanotda: qatag'on, saroy, yabg'u, baxrin, jaloir,yuz, ming, naymon, qarluq, berkut, fulodchi, qirq, olchin, mojar, chinboy, bedoyil, bog'lon, iloji, tugut va shogirdpesha guruhlari joylashgan [7:24-26.].
Ta'kidlash joizki, sarbozlikka qabul qilinayotgan yuqorida aytib o'tilgan urug'-aymoqlardan qaysi biriga tegishliligiga qarab mazkur guruhgagina qabul qilinib, ular aralashtirib yuborilmagan. Mang'itlar sulolasi hukmronligida amir Haydar hukmronligi davriga (1800-1826) kelib dastlabki tub o'zgarishlar ro'y berib, ya'ni ma'lum ma'noda muntazam armiya tashkil etildi, deyishga asos bor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Amirlikning doimiy armiyasining tashkil etishga sabablardan biri bu Rossiyadan 1826-yilda Negri missiyasiga hamroxlik qilib kuzatib kelgan rus askarlari va kazaklarining Buxoroga kelishidir, degan taxmin bor. Aslida amir Haydar davrida muntazam armiya tashkil etishga to'la erishilmadi. Chunki merosxo'rlar o'rtasida hokimiyat uchun o'zaro kurashlar, ichki nizolar, buysunmas amaldorlarni jilovlash bu ish yo'lida katta to'sqinlik qildi.Amir Haydar o'z doimiy armiyasini Qarshida tuzishga xarakat qildi, chunki bu yerdagi harbiy garnizon eng kuchli edi. U tashkil etgan qo'shinda zobit va harbiy boshliqlar sarkarda maqomiga ega bo'lib, davlat xazinasidan maosh olar edilar. Oylik maoshlar qisman pul, qolgan qismi esa natural tarzda to'lanar edi. Panjsad boshi o'zining belgisiga - bayrog'iga ega edi.
Amir Haydar mamlakat harbiy kuchlarini ikki qismga - muntazam qo'shin -"navkariya" va nomuntazam qo'shin - "qora cherik"ka bo'ldi. Buxoro amirining "lashkar", "cherik", "qo'shin"deb nomlangan harbiy kuchlarining nomuntazam qismi ("qora-cherik") oliy hukmdorning amriga binoan harbiy harakatlar davrida tinch aholidan to'plangan. Odatda, amir jarchilari boshlangan harbiy yurishlar haqidagi xabarlarni bozorlarda e'lon qilganlar. Aynan shu yerda, shahar hayotining markazi bo'lmish bozorlarda "qora-cherik" ro'yxati osib qo'yilgan. Harbiy harakatlar davomida, shuningdek, amirlikdagi harbiy qal'alarni himoyalashda "qora-
cherik"dan unumli foydalanganlar [8:7-8.].
131
Scientific Journal Impact Factor
0
XIX asr 30-yillariga oid ma'lumotlarga ko'ra, Buxoro amirligida 19000 askar bo'lgan. Navkarlarning juda oz qismida pilta miltiq bo'lgan, ko'pchiligi esa nayzalar va qilichlar bilan qurollangan edi. Ba'zi navkarlar sovut kiyganlar, charmdan yoki temirdan ishlangan qalqonlari ham bo'lgan. Qo'shinga Buxoro viloyatidan 12 ming askar, Samarqanddan - 2500, Qarshidan - 2500, Maymanadan -1000, Qorako'ldan -1000 ta askar yetkazib berilgan.
Amirlik artilleriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir necha to'plardan tashkil etilgan bo'lib, ularning uch-to'rttasi lafet (temir suyanchiq) ga ega edi.
Buxoro amirligi qo'shinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda bo'lmagan. Har qaysi urug' va hudud mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib yoki amirlikdagi nufuziga qarab qo'shin soni belgilangan. Bundan tashqari, qo'shin tarkibida turli davlatlar fuqarolari hisoblangan harbiy asirlar, qullar va boshqa toifa vakillari ham mavjud edi [9:15-19.].
Amir Haydarning muntazam qo'shin tuzish borasidagi harakatlarini Buxoro amiri Nasrulloh (1827-1860) davom ettirdi.
Amir Nasrulloh ma'muriy va siyosiy sohalarda islohotlar o'tkazishdan tashqari harbiy islohotlar qilishga ham katta e'tibor qaratdi. Bu hukmdorning sa'y-harakatlari bilan piyoda askarlardan iborat sarbozlar va to'pchilarning muntazam qo'shini tuzildi.
2000 kishiga yaqin bo'lgan otryad kalta qizil kiygan va nayzali miltiq, qilich, to'pponcha bilan qurollangan. Sarbozlarni dehqonlar, hunarmandlar va asirlar orasidan tanlab olishgan. Ularga har kuni harbiy bilim berilgan. Sarbozlar shahar chetidagi maxsus joylarda o'z oilalari bilan yashaganlarva xizmatdanbo'sh vaqtlarida xo'jalik ishlari bilan shug'ullanganlar[12:9].
Yozma manbalarda qayd etilishicha, bu o'tkazilgan harbiy islohotr 1837-yilda amalga oshirilgan edi. Buning natijasida Buxoro mamlakati qo'shinining jangovar holati yaxshilandi. XIX asr o'rtalaridagi ma'lumotlarning ko'rsatishicha, dastlab muntazam qo'shin asosini, Buxoro amirligidagi asirlar tashkil etgan edi. Voqealar guvohlarining yozishicha, 1837-yildayoq, 1000 dan ortiq asirlardan 800 kishi muntazam piyoda askarlik - sarbozlikka, 250 dan ortiq kishi esa artilleriya qo'shinlari to'pchilar safiga qabul qilingan edi. 800 kishidan iborat bo'lgan muntazam piyoda askarlar qo'shini 50 ta sarbozlar bo'luklari (jami 40 000 sarboz) ga bo'lingan.
Amir Nasrullohdavrida qo'shin tuzilishi quyidagicha ko'rinish olgan edi:
Scientific Journal Impact Factor
0
Harbiy asirlardan iborat 80 kishilik guruh, 700 kishilik harbiy bo'linma, ular 7 dastaga bo'linib boshida ellik boshi, bu guruh ham o'nliklarga bo'linib, dahboshi boshqargan va yuzboshiga yordamchi harbiy mansabdor hisoblangan.
Ta'kidlash joizki, amir Nasrulloh mang'it amirlari ichida birinchi bor piyoda sarbozlar tarkibidan to'pchilardan iborat doimiy harbiy bo'linmaga asos solgan.
Amirlikda to'plar bundan ham oldin bo'lishiga qaramasdan ulardan alohida guruh, O'g'lon va Talipoch darvozalari oldida to'pchilarning kazarmalari barpo etilganligini aytib o'tadilar. Shu tariqa, Buxoro atrofida "Sarbozxona"nomi ostida mashxur bo'lgan, 800 uydan iborat harbiylarning muntazam yashash manzillari shakllangan.
Amir Nasrulloh tashkil etgan to'pchilar tarkibida 14 nog'arachi, 14 naychilardan iborat musiqachilar guruhi mavjud bo'lib. har bir yuzlikda ikkita turk na'munasidagi barabanchi, 4 ta surnaychi, 6 ta trubachi faoliyat ko'rsatgan. Bundan tashqari, rus harbiy asirlaridan tatar Ismoil va rus Trofim murabbiyligida piyoda sarbozlardan tashkil etilgan harbiy musiqachilar guruhi bolobomchilar ham bo'lgan [14, 6-194]..
Xorijdan harbiy mutaxassislar jalb etilib, ulardan zamonaviy qurol-yarog'lar tayyorlash va foydalanish sirlari o'rganildi. Masalan, 1834-yili Erondan kelgan Abdusamad Tabriziy yevropacha usuldagi nizomiy askarlarga tartib bergan va 1837-yili maxsus to'pchilar qo'shinini tuzgan. Buxoroda to'p va zambaraklar quyish uchun alohida to'pxona qurilgan. Ikki yuz kishidan iborat ingliz rusumidagi maxsus askariy guruh tuzilib, unga eroniy qullar kiritilgan. Ushbu guruh Amir Nasrullohning o'ziga xos maxsus gvardiya otryadi bo'lib, unga Abdusamad Tabriziy boshchilik qilgan. Abdusamad Tabriziy bu davrda Amir Nasrullohning harbiy maslahatchisi va noibi lavozimida faoliyat ko'rsatgan. Amir oldida va saroy ayonlari o'rtasida uning nufuzi ancha baland bo'lgan. Shuningdek, xorijdan yana Shohruxxon ibn Ibrohimxon nomli to'pchiboshi va boshqa harbiy mutaxassislar olib kelingan. Buxoro davlatining harbiy qo'shinida qizil kurtka, oq shalvar va qalpoqdan iborat maxsus harbiy kiyim joriy etildi. Muntazam piyoda armiyaning soni 40 000 sarbozdan iborat bo'lgan. Keyinchalik sarbozlarning har biri nayzali miltiq, qilich va to'pponcha bilan qurollantirildi. Ba'zi manbalarda bu sarbozlarning miqdori 2500 nafar deb ko'rsatiladi. Amir sarbozlariga eron, turk zobitlaridan tashqari ayrim rus ofisterlari ham ta'lim bergan. Ayrim tarixchilarning fikricha, harbiy sohada islohotlar o'tkazilishidan oldin, ya'ni 1830-1832-yillarda Buxoroda 20 000 kishilik otliq qo'shin, 400 kishilik piyoda qo'shin bo'lib, ularning ixtiyorida 41 ta artilleriya to'pi bo'lgan. Bundan tashqari, bu paytda amirlikning turli hududlarida 50 000 kishilik
Scientific Journal Impact Factor
О
otliq qo'shin (ulardan 10 000 kishi Balxda va Amudaryodan janubdagi hududlarda) ham mavjud edi. Manbalarda keltirilishicha, bu qo'shin eljari (hozirgi milistiya) shaklidagi qo'shin turi bo'lib, u mamlakat ichidagi ichki xavfsizlikni ta'minlagan[5:3-10.].
Garchi erkin sarbozlar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab doimiy qo'shin ko'rinishini olgan bo'lsada, tinchlik vaqtlarida ular shahar tozaligini saqlash, obodonchilik va xatto dehqonchilik ishlari bilan ham mashg'ul bo'lishgan. Bunday sarbozlar harbiy mashq va jang vaqtlaridagina harbiy kiyim hamda qurol-yarog' bilan ta'minlangan.
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, Buxoro amirligi davrida harbiy islohotlar bo'lgan talab va ehtiyoj amirning shaxsiy dunyqarashidan kelib shakllantrilgan. Amir Nasrulloxonning olib borgan ilohotlarigina ma'lum muddat amirlik harbiy salohiyatini oshirib berdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ruslarning amirlikka bosqini davrida ham qo'shin Amir Nasrulloxon tomonidan olib kelingan qurollar bilan janga kirganligini ko'rishimiz mumkin. Amir Nasrulloxon o'z davridagi eng muqobil armiyani yarata olgan. U Eron, Rossiya Imperiyasi va Turkiya armiyalaridan andoza olgan edi. Afufski, bu amirdan so'ng qurollanish sohasiga deyarli e'tibor berilmadi. Juda ko'plab xatoliklarning asosi aslida armiyani Nasrulloxondan keyin modernizatsiya qilinmaganligidadir. Agar keyngi amirlar ham harbiy ilohotlarni davlat siyosati darajasiga olib chiqqanida va qo'shni davlatlar bilan yaxshi qo'hnichilik aloqlarini o'rnatganlarida Markaziy Osiyo ruslar bosqiniga duchor bo'lmagan bo'lar edi. To'g'ri, Amir Nasrulloxon eng optimal amir edi deb ayta olmaymiz, junday bo'lsada u qanchadir holatda harkat qila oldi. Amir Nasrulloh tomonidan Buxoro amirligida o'tkazilgan turli islohotlar natijasida davlatning iqtisodiy va harbiy qudrati birmuncha yuksaldi. Ma'muriy sohadagi islohotlar oqibatida davlat boshqaruviga xalqning turli tabaqalari orasidan chiqqan kishilar kelib qo'shildi. Ayniqsa, harbiy sohadagi islohotlar ancha samarali kechdi. Aynan harbiy islohotlarning natijasi keyinchalik Rossiya imperiyasining tajovuzi va hujumiga qarshi kurashda Buxoro amirligi uchta o'zbek davlati o'rtasida nisbatan eng keskin va qattiq qarshilik ko'rsatishiga olib keldi. Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi kurashda Buxoro amirligi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham, mamlakat hududlarining muayyan qismi saqlab qolindi.
REFERENCES
1. Бёрнс Александр. Путешествие в Бухару... в 1831, 1832 и 1833 годах. В трёх
частях. Част третя. -M.: Университет, 1849.
134
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
о
2. Bobobekov H. Qo'qon tarixi. - T.: Fan, 1996
3. Boboev H, VohidovSh. va boshqalar. Siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi/ -T.: TDYuI, 2003
4. Вяаткин В. Л. Каршинский округ организатсия в нем войска и события в период (1800-1803). - Т., 1928.
5. Герман Вамбери. История Бухара или Грансоксании с древнейших времен до настоящего. В двух томах. Том второй. - Санкт-Петербург, 1873.
6. Исмоилова Б. Бухарский эмират при эмире Хайдаре. -Худжанд. 2000.
7. Камолова О.М. Урта Осиё халкдари хдрбий тарихидан// Мудофаа Вазирлигидаги илмий конференсия материллари. -Т., 2004.
8. Миролим Бухорий. Фащномайи Султоний. /ТошДШИ кошидаги Абу Райхрн Беруний номидаги Шарк кулёзмалари маркази фонди; 1828-ракамли кулёзма.
9. Мирза Абдулазим Сами. Тарих-и салотин-и мангитийа (история мангитских государей). [Изд. Текста, перевод и примеч. Л. М. Епифановой.] - М., 1962.
10. Шодиев Ж.М. Бухоро амирлигининг ташкил топиши ва давлат тузуми. Юридик ф. номзоди ...дис. - Т., 2008.