Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(9), September, 2023
XVIII ASR BOSHLARIDA VODIYDAGI SIYOSIY JARAYONLAR
Ermatova Mushtariy Abdulla qizi,
Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi Yetakchi arxivchisi E-pochta: mushtariyermatova3 @gmail .com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola Qo'qon xonligining tashkil topishi vaqtida vodiyda yuzaga kelgan siyosiy jarayonni bayon qilishga bag'ishlangan. XVIII asr boshlarida Buxoroda o'zbek urug'larining hokimiyat tepasiga kelishi, siyosiy vaziyatning o 'zgarishi natijasida farg 'onada yangi hokimiyat paydo bo 'ldi. Qo 'qon xonligiga asos solinishi borasida olimlarning orasida turli xil fikrlari mavjud bo 'lib, har biriga alohida xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar: Siyosiy inqiroz, teokratiya, Chodak xo'jalari, biy, so'fiy, otaliq, ming urug 'i, syuzeren, atribut, qonuniylashtirish.
АННОТАЦИЯ
Данная статья посвящена описанию политического процесса, происходившего в долине в период образования Кокандского ханства. В результате прихода к власти в Бухаре в начале XVIII века узбекских кланов, в результате изменения политической ситуации, в Фергане появилась новая власть. Среди ученых существуют разные мнения об основании Кокандского ханства, каждое из которых имеет свои выводы.
Ключевые слова: Политический кризис, теократия, Чодак Ходжы, бий, суфий, патриархат, тысячный род, сюзерен, атрибут, легализация.
ABSTRACT
This article is dedicated to the description of the political process that occurred in the valley during the establishment of the Khoqand Khanate. As a result of Uzbek clans coming to power in Bukhara at the beginning of the 18th century, as a result of the change in the political situation, a new authority appeared in the Ferghana. There are different opinions among scholars about the founding of the Khoqand Khanate, each of which has its own conclusions.
Key words: Political crisis, theocracy, Chadak khojos, Sufi, patriarchy, thousand clan, suzerain, attribute, legalization.
KIRISH
XVIII asr birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirdi. Turli hukmdorlar orasida doimo mavjud qarama-qarshiliklarning
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
chuqurlashib borishi, o'zbek urug'larining siyosiy hayotda faollashishi natijasida xonliklarda juda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Siyosiy inqiroz iqtisodiy hayotdagi parokandalikka olib keldi. Natijada bu davrda markaziy hokimiyatning salohiyati susayib, hukmron sulolalarning mavqei pasayib ketdi. Bu jarayonning qonuniy davomi sifatida hokimiyat tepasida turgan sulolalar o'rniga o'zbek urug'lari vakillari keldilar. Jumladan, Buxoroda ashtarxoniylar mang'itlarga, Xivada shayboniylar qo'ng'irotlarga siyosiy hayot maydonini bo'shatib berdi.
Qo'qon xonligining tashkil topishi ham bu davrda kechgan murakkab siyosiy jarayonlarning hosilasi edi. Bu o'rinda shuni alohida qayd qilish kerakki, XVIII asr boshida Buxoro xonligida yuzaga kelgan chigal siyosiy vaziyat Subhonqulixon (1680-1702) vafotidan so'ng taxtga o'tirgan Ubaydullaxon (1702-1711) hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Markaziy hokimiyatdagi parokandalik oqibatida davlatni idora etishda sustkashlikka yo'l qo'yildi, o'zaro ichki urushlar, urug'lararo qarama-qarshiliklar kuchayib, markaz bilan mahalliy boshqaruv tizimi o'rtasida aloqa uzildi. Natijada mamlakat bir necha mustaqil ma'muriy birliklarga ajralib ketdi1.
Farg'ona vodiysining Buxorodan ajralib chiqishiga XVII asr o'rtalarida Buxoro ashtarxoniylar (1603-1747) hokimyatining tanazulli sabab bo'ldi. Biroq bu tanazzul nafaqat Buxoro, balki butun Movaronnahrga ta'sir qildi.
Buxoro hokimiyati Farg'ona vodiysidan chiqib ketishi bilan siyosiy hokimiyat bir qancha turkiy qabilalar va markazi Chodakda joylashgan teokratik xo'jalar tarmog'i qo'lida mahalliylashtirildi. Bu qabilalarning boshqaruvida chingiziylardan qolgan ko'chmanchi boshqaruvdan islomiy-diniy tuzumga o'tganliklari bilan xarakterlanadi va shu jihat bilan keyingi paydo bo'lgan mingl ar hokimyati bilan farq qilmasdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XVIII asr boshlarida Farg'ona vodiysining g'arbiy chegarasida minglar o'z hokimyatiga asos solishdan oldin, mustaqil o'ziga xos mulk O'ratepa paydo bo'lib, u aslida Buxorodan ajralib, qo'shni mulklarga da'vogarlik qilgan, bu esa Buxoro ashtarxoniylarining qattiq g'azabini keltirib chiqargan. Biroz vaqtdan keyin Farg'ona shimolida Chadak xo'jalari 2 hokimiyat tepasiga keldilar. Ularning mulklari Namangan viloyatining shimoliy va shimoli-g'arbiy qismlarini (Koson, Asht, Chodak)
1 История Узбекистана (XVI - первая половина XIX века). - Т.: Наука, Т. III. 1993. - С. 149-157.
2 Chodak xo'jalari - Qo'qon va Buxoro xonligi tarixiga doir manbalarda Chodak xo'jalariga tegishli biror ma'lumot uchramaydi. Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodak qishlog'i tarixiga oid tadqiqotlarda ham bu masala ochiq qolgan (O'lmas Bahromzoda. Chodak (qishloq tarixidan lavhalar). - Namangan, 2000. - B.22). Ba'zi manbalarda ular naqshbandiya tariqati namoyandasi Mavlono Lutfulloh xo'ja Chodakiy, ayrimlarida esa Maxdumi A'zam Kosoniy avlodlari deyiladi (Vohidov SH. XIX - XX asr boshlarida Qo'qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi. Tarix fan. dokt... diss. - Toshkent, 1999. - B.16). Chodak xo'jalari Buxoro xonligining so'nggi yillaridagi siyosiy, iqtisodiy inqirozi tufayli Shimoliy Farg'onada (Chodak, Koson, Asht) mustaqil davlat tashkil qilganlar.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
egallagan. Xo'jalarning hokimiyatni egallab olishlari uchun xuddi shunday pretsedentlar Qashqarda, keyinroq (XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida) Toshkentda ham sodir bo'lgan.
Biroq Farg'ona hududida Qo'qon xonligida oldin mustaqil hokimyat borligi, ya'ni yuz hamda xo'jalarning hokimiyatini "teokratik" deb ta'riflash mutlaqo to'g'ri emas, chunki bu va boshqa shunga o'xshash o'ziga xos siyosiy tuzilmalarda uning shakli ham, davlat institutlarining (ayniqsa, soliq institutlari) faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari ham haligacha ma'lum emas. Agarda ular mustaqil siyosiy tuzilmani tashkil etganda Shohruxbiy ularni bo'ysundirishi bilanoq mamlakat xonlikka aylanardi 3 . Boshqa tomondan olib qaraganda, mustaqil xonlikning asosiy atributlaridan biri bo'lgan iqtisodiy jihatdan o'z tangalariga ham ega bo'l magan va yana bir jihati vodiydagi u yoki bu hududni o'z nazoratiga olgan xo'jalarning hech biri, ma'lum bo'lishicha, "xon", "sulton" kabi "dunyoviy" unvonlarni o'zlashtirmagan.
Xo'jalarning hokimyat tepasiga kelib qolishi borasida turli xil qarashlarni ko'rib chiqsak, Markaziy Osiyo hududida naqshbandiya, so'fiylik ta'limotlari XV asrdan, ya'ni temuriylar davridan boshlab siyosiy maydonda faol ishtirok eta boshlagan4.
Yaqin Sharqdagi Qashg'arda esa siyosiy hokimiyat o'n yillar davomida Is'hoq Xo'ja5 va Ofoq Xo'ja6 tomonidan asos solingan Naqshbandiya xo'jalarining ikki raqib avlodi qo'lida edi. Ularning ikkalasi ham Samarqandda yashagan, sayyid yoki Muhammad payg'ambar avlodlaridan bo'lgan mashhur naqshbandiy so'fiy Ahmad Kosoniy (1461-1542), "Eng buyuk ustozi" Maxdumi A'zam7 nomi bilan mashhur bo'lgan.
3 Бейсембиев Т.К. «Тарихи Шахрухий»как исторический источник. «НАУКА» Кахахский ССР АЛМА-АТА -1987.-С.17-21
4 Bakhtiyar Babajanov, "La naqshbandiyya sousles premiers Sheybanides," Cahiers d'Asie centrale 3-4 (1997): -Pp. 69-90
5 Xoja Is'hoq Vali - Maxdumi A'zamning kichik o'g'li, Kosonsoyda tug'ilgan. Samarqand va Buxoro madrasalarida ta'lim olgan. Yorkend xoni Abdukarimxon (1570 - 1592) davrida Sharqiy Turkistonga kelib, o'z diniy-tasavvufiy g'oyalarini tarqatgan. 1599yilda 69 yoshida Samarqandda vafot etgan (Hoji Nurhoji. Yorkend xonligining qisqachatarixi. - Urumchi, 1993. - B.250 - 257). Qabri Dahbedda joylashgan.
5Ofoqxo'ja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston - 1695, Qo'qon qishloq, Qashqar viloyati) - islom va tasavvuf ilmining yirik targ'ibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga o'tirgan xo'jalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Maxdumi A'zamning avlodi. Ofoqxo'janing ismi Hidoyatulloh bo'lib,u xalq orasida hurmat belgisi bo'lgan Ofoqxo'ja («Ofoq» - «Yorug' dunyo» yoki Yorug'lik10siyosiy kurash tusini olgan. Bunga Ofoqxo'janing 1678 yildaJung'or xoni Galdan Boshoktu (1651 - 1697) yordamida Yorkend taxtini egallagani sabab bo'lgan.
6 Ofoqxo'ja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston - 1695, Qo'qon qishloq, Qashqar viloyati) - islom va tasavvuf ilmining yirik targ'ibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga o'tirgan xo'jalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Maxdumi A'zamning avlodi. Ofoqxo'janing ismi Hidoyatulloh bo'lib,u xalq orasida hurmat belgisi bo'lgan Ofoqxo'ja («Ofoq» - «Yorug' dunyo» yoki Yorug'lik10siyosiy kurash tusini olgan. Bunga Ofoqxo'janing 1678 yildaJung'or xoni Galdan Boshoktu (1651 - 1697) yordamida Yorkend taxtini egallagani sabab bo'lgan.
7 XVI asr boshlarida Farg'ona vodiysining Kosonsoy kentida tug'ilgan, Maxdumi A'zam nomi bilan mashhur bo'lgan Shayx Sayyid Ahmad Xo'jagon Kosoniy (1461 - 1542) o'zdavrining tasavvufiy olimlari - Muhammad Qozi, Xoja Ahror Validan naqshbandiylikg'oyalarini o'rgangan. U tasavvuf va uning nazariy-amaliy muammolari haqida 30 danortiq asar yozib qoldirgan. Uning tasavvufiy g'oyalari Buxoro xonligi va Yorkend xonligiaholisi orasida tarqalgan.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
XVI asr oxirida Qoshg'arda xo'jalar Chingizxon avlodlari bo'lmish ko'chmanchi Chig'atoylardan hokimiyatni tortib ola boshladilar. Natijada ularning ta'siri kuchayib, XVII asr oxiriga kelib xo'jalar cho'l an'analariga asoslangan uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lgan qonuniylik tushunchalarini islom qonunlari va amaliyotining naqshbandiy talqinlariga rioya qilishga asoslangan teokratik tushunchalar bilan samarali almashtirdilar. 1678-yilda jung'ar mo'g'ullarini birlashtirgan buddaviy hukmdor Galdanxon (1676—1697) Qoshg'ar ustiga yurish qilib, chig'atoylar ustidan g'alaba qozonadi. Jung'orlarga qarashli Oltishaharni egallab, boshqaruvga afaqiyya (Afoq Xo'janing izdoshlari, shuningdek, Oqtog'lik8 yoki "Oq tog'" xo'jalari deb ham ataladi) boshliqlarini tayinladi.
Bu vaqtda Markaziy Osiyoda ham shunday vaziyat hukm surar edi. Qoshg'arda xo'jalar Galdaxon yordamida hokimyat tepasiga kelgan bo'lsa, vodiy xo'jalari esa Buxorodagi siyosiy vaziyatdan foydalanmoqchi bo'lgan. Xo'jalar XVII asrning oxirlarida Buxorodagi parokandalik ortidan bir qancha dastlabki muvaffaqiyatlarga erishdilar ham, biroq XVIII asrning birinchi o'n yilligida Minglar ularning say harakatlarini barbod qildi.
Qo'qonshunos olim Sh.Qo'ldoshev Chodak xo'jalarni vodiyda mustaqil hokimatga kelishini quyidagicha bayon etadi. ular Muxammad (s.a.v.) yoki uning to'rt xalifasi avlodi bo'lgani uchun Movarounnahr hukmdorlari tomonidan e'zozlanib, turli boj-xirojlardan ozod qilingan ekan. Ammo XVIII asr boshlarida Buxaro xonligida yuz bergan siyosiy va iqtisodiy inqiroz tufayli Buxoro xoni Ubaydullaxon ibn Subhonqulixon (1702-1711y.y.) ulardan soliq olishga buyruq beradi. Chodak xo'jalari esa soliq to'lamaslik uchun xon buyrug'iga qarshi isyon ko'targanlar. Markaziy hokimiyatning zaiflashib qolganidan foydalanib, unga bo'ysunishni xohlamaganlar va Shimoliy Farg'ona vodiysida mustaqil boshqaruvni yuzaga keltirganlar.
Uning faoliyati natijasida Farg'ona va Sharqiy Turkistonda tasavvufning naqshbandiylik tariqatiga asoslangan ta'limot keng tarqalgan. Temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur, shayboniylardan Iskandarxon, Yorkendxonligihukmdorlaridan Abdurashidxon kabilar Maxdumi A'zamni o'zlariga pir bilib, katta ixlos qo'yganlar.
8 «Oqtog'liklar» Sharqiy Turkistonning Qashqar, Kuchor, Oqsuv va Kurla shaharlari atrofida ko'proq yashashgan bo'lsa, «qoratog'liklar» Yorkend, Qoziliq, Xo'tan kabi shaharlar atrofida joylashishgan. Zayniddin Sadr Qashqariyning yozishicha, bu ikki guruhning kurashi Ofoqxo'ja davriga kelib avjiga chiqqan. Bir guruh Sharqiy Turkistonning jung'orlarhukmronligidan ozodligi uchun kurash olib borgan bo'lsa, ikkinchi guruh o'lka jung'orlar davlatining vassali bo'lib qolishi kerak deb bilgan. Ushbu ikki guruh o'rtasidagi o'zaro kurashga hatto jung'orlar, qirg'izlar, qozoqlar, Pomir tojiklari, badaxshonliklar, tibetliklar, xitoyliklar ham jalb qilingan. Qoratog'liklarni asosan Pomir tojiklari va badaxshonliklar qo'llab-quvvatlashgan bo'lsa, oqtog'liklarga Uchturfon aholisi, Tyan-Shan qirg'izlari yordam berishgan.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
Hozirda tarixchilarimiz tomonidan Qo'qon xonligining asoschilari deb e'tirof etilayotgan o'zbeklarning ming urug'i vakillari aslida Chodak xo'jalaridan hokimiyatni tortib olganlar9.
Biroq Chodak xo'jalari o'z hududlarini mustaqil mulk sifatida idora etmaganliklari haqida ma'lumotlarga egamiz. Bundan tashqari ularning zarb ettirgan tangalariga va hokimyatni bildiruvchi atributlarga ega emasligini ham ko'rishimiz mumkin.
Ba'zi manbalarda Chamashbiy Qo'qon minglarining ajdodi deb ataladi, uni qalmoq amiri Tag'ayquli tarbiyalagan. Buxoro xonligidan (o'sha paytda Farg'onaga tegishli bo'lgan) nisbiy mustaqillikka erishgan birinchi o'ziga xos hukmdorlardan biri Shohruxbiy (1709-1722) ekanligi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan10.
Ming qabilasining boshlig'i Shohruxbiyni (I709—1722) xonlikka asos solgan hukmdor ekanligi haqida asoslar yo'q. Biroq, yilnomachilar uning hokimiyat tepasiga kelishi bilan bog'liq voqealarning boy og'zaki tarixining bir nechta turli xil versiyalarini saqlab qolishgan.
Xo'qandlik tarixchi Haydarbek Bobobekov 'Tarix-i Turkiston" manbasiga tayanib, koalitsiyani Targ'ova, Jonkat, Pilaxon, Tufantip, Partak, Tepaqo'rg'on, Qaynar va boshqa shahardan tashkil topgan vakillar sifatida belgilaydi. Ittifoq bo'yicha aniq ma'lumotlar yo'q, biroq ma'lumotlarga ko'ra, mazkur kengash Shohrux boshchiligida Chodakka qarshi isyon ko'tarish va xo'jalardan siyosiy hokimiyatni talab qilish uchun birlashishga qaror qilgan11. Quyida Niyoziyning "Tarix-i Shohruxiy" asariga asosan og'zaki an'analar orqali bizgacha yetib kelgan bir qancha turli hikoyalarning to'g'ridan-to'g'ri va birlashtirilgan xulosasi keltirilgan.
Unga ko'ra o'zbek urug'lari birlashib, Chamashbiyning avlodi bo'lmish Shohruxbiyni o'zlariga sardor etib saylashni kelishadi. Xo'jalardan esa hokimyatni tortib olish yo'llarini izlab ko'radi. Natijada ularga qarshi hiyla nayrang qo'llaydi. Xo'jalarga quda-andachilik taklifini berib, o'zaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadini bildiradi. Mazkur taklif Chodak xo'jalariga ham manzur keladi. Natijada to'y kuni kuyov va bir qancha ortidan kelgan xo'jalar alohida chodirlarga joylshtirilib, alohida izzat-ikrom ko'rsatiladi. Kuyov chodirga kirishi bilanoq maxsus signal berilib, yoppasiga barcha xo'jalar tor mor keltirildi. Shu tariqa xo'jalar egallab turgan barcha hududlar Shohruxbiy qo'liga o'tadi.
Eng qadimgi va realistik hikoyani (Qo'qonning ilk tarixi bilan bog'liq holda) Hakimxon To'ra taqdim etadi, u Ming sulolasining ( hukmdorlar sifatida) haqiqiy
9 Т.Кулдошев, Ш.Кулдошевю Поп тyмани тарихи.-Т.: " Sharq" Нашриёт-матба Аксиядорлик компанияси Бош тахриряти.-2020 й. -Б. 54
10 Наливкинъ В. Краткая история Кокандскаво ханства. -Казанъ. I886. -С. 54-55
11Мyлла Олим Мах^м хожи. Тарихи туркистон. I Нашрга тайёрловчилар Т.Алимардонов, Н. Аб^лхаким. -Карши: Насаф, I992. -Б. 8-II
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
asoschisi Shohruxning o'g'li Abdurahimxon(1722-1734y.y.) deb hisoblaydi. Bu bayonot ma'lum darajada muallifning hokimiyatga bo'lgan nuqtai nazarini aks ettiradi, chunki bu hukmdor Temuriylar (Keneges) xonadonidan kelib chiqishi bahsli bo'lmagan Oychuchukoyimni o'z nikohiga olgan. Bu esa hokimiyatga da'vo qilish uchun asos bo'lib, qonuniylashtirish vositasi bo'lib xizmat qilgan.
Ko'rinib turibdiki, Qo'qon xonligining paydo bo'lish davri haqidagi bahslarda bu masalani poytaxtning paydo bo'lishi, so'ngra o'z tangalarining paydo bo'lish davri, ya'ni, hokimning o'ziga xos tangalar paydo bo'lishi nuqtai nazaridan baholash to'g'riroq bo'ladi.
Poytaxt masalasiga kelsak, uning ko'rinishi zikr etilgan Shohruxbiy "Ikkinchi"12 nomi bilan bog'liq. Qo'qonning birinchi tangasi esa Norbo'tabiy davrida 1776-77 yillarga zarb qilingan. Biroq mazkur tangalar o'zining qisqa yozuvlari, sifati, vazni va boshqa ko'rsatkichlari bo'yicha Buxoro yoki Xorazm tangalariga o'xshamasdi, to'g'rirog'i, ulardan pastroq bo'lgan. Ular zarb etgan tangalarda hukmdorning ismi ko'rsatilmagan13.
Sultonlik Ashurbiy o'g'li Shohruxdan boshlangan. Shu vaqtga qadar Qo'qon shahri bo'lmagan. Chodak Farg'ona vodiysida hokimiyat markaziga aylangan va bu hududdagi ko'plab xo'jaliklar uning siyosiy pozitsiyasini qo'llab -quvvatlaganlar14.
O'zbek urug'lari tomonidan Shohruxbiyni o'zlariga sardor qilib tayinlashda uning ajdodi Chamashbiy (tarixiy manbalarda Chamash so'fiy, Jamash biy va Shoh Mast biy deb ham tilga olingan) alohida o'ringa ega.
Chamashbiy XVI asrning mo'tabar naqshbandiy so'fiy Lutfalloh Chustiyning muridi (shogirdi) bo'lgan deb ishonilgan. T.Beysembiyev Chustiy "Chamashga uning avlodlari hukmdor bo'lishi haqida xushxabar bergan" degan an'anani takrorlaydi15. Shu bilan birga, bu rivoyatda tarixiy Chamashbiy orqali afsonaviy "Oltin Beshik" va u orqali Boburgacha bo'lgan Shohruxiylar nasl-nasabi davom etadi. Shohruxning Chodak ustidan g'alaba qozonishi va xo'jalarning yo'q qilinishi, aniqrog'i, bostirilishi juda muhim voqea sifatida ko'rsatiladi. Agar voqea haqiqatan ham ushbu og'zaki an'ana orqali sodir bo'lgan bo'lsa, u bir turkiy siyosiy guruhning yokida qabilaning minglarning xarizmasini bildiradi.
Tanqidiy nuqtai nazar bu hikoya bilan bog'liq bir qator muammolarni ochib beradi. Masalan, Shohrux Chodak xo'jalarini mag'lub etgan o'zbek qabilalari
12 Shohruxbiy "ikkinchi deb atalishning sababi Minglar sulolasidan undan oldin ham Shohruxbiy bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Shohmastbiy( Chamashbiy nomi bilN Mashhur bo'lgan) minglar hukmdorining o'g'li.
13Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио-Ташкент. 2010. -С. 101
14 Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия.Токио-Ташкент. 2010. С. 108
15Бейсембиев Т.К. «Тарихи Шахрухий» как исторический источник. «НАУКА» Казахский ССР АЛМА-АТА -1987.-С.-14
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
ittifoqiga boshchilik qilgan bo'lsa-da, tarixiy dalillar shuni ko'rsatadiki, so'fiylar u tashkil etgan xonlik tarixi davomida vodiyda nihoyatda kuchli bo'lib qolgan. Hatto ular 1826 yilda Qashg'ar shaharni egallab, bir necha oy davomida o'z hukmronligini o'rnatgan16.
Solnomachilarning ushbu voqeaga munosabati bo'yicha yana ikkita muammoli jihat e'tiborni talab qiladi. Birinchidan, Ming Shohruxni xon qilib ko'targan degan da'vo, shubhasiz, keyingi davrning ixtirosidir. Ikkinchidan esa Shohruxbiy Chingiziylardan bo'lmagan va ba'zi olimlar ta'kidlaganidan farqli o'laroq, ular hech qachon soxta Chingiziylar nasl-nasabini to'qib, qonuniylikka da'vo qilishga intilmaganlar. To'g'rirog'i, XVIII asr boshlarida Shohrux Farg'ona vodiysida obro'-e'tiborga ega bo'lgan bir qancha o'zbek qabila biylaridan biri sifatida maydonga chiqdi.
B.M.Babajanov bu borada o'zining fikrlarini keltirib o'tadi. Shohruxbiy "ikkinchi"ning paydo bo'lishiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatganligini qayd etadi, shu jumladan, Farg'ona syuzerinlari 17 (o'sha paytga qadar rasmiy bo'lgan) mintaqadagi umumiy siyosiy vaziyatni qayd etish lozim. Buxoro ashtarxoniylari hokimyati juda zaiflashib, Balx, Samarqand va boshqalar allaqachon uzoqlashgan edi. Bundan tashqari, Minglarning (vodiyning markazida) muvaffaqiyatli o'rnashib borishi, boshqa qabilalardan son jihatdan ustunligi qolganlarga imkon bermadi. Faqat o'zini saqlab qolish uchun kurashda omon qolish, balki yarim mustaqil mulklarga qo'shni bo'lgan yerlarni ham bosib olish uchun (Chodak, Chust, Xo'jandning bir qismi va boshqalar) harakat qilganlar. Hokimiyat uchun kurash nafaqat boshqa qabilalar bilan, balki Minglarning o'zida, aniqrog'i biylar hukmron urug'ida ham kechgan. Masalan, Shohruxbiy "II" taxtga chiqishidan avval otasi bilan amakisi o'rtasida hokimiyat uchun to'qnashuv bo'lgan. Ushbu oilaviy nizolar natijasida yosh Shohruxbiy taxtga o'tirdi. Afsonaviy an'anaga ko'ra, Ming oilasida podshohlik instituti (chaqaloq xonning majburiy taxtga o'tirishi bilan) allaqachon shakllangan18.
Ammo Laura Nyubi yaqinda o'rganib chiqqan va yana bir bor tasdiqlagan, Shohruxning nevarasi Olimxon uning nasl-nasabidan birinchi bo'lib xon unvoniga da'vo qilgani va u buni o'z vaqtida amalga oshirganini inkor qilishga hozircha asos yo'q. Mavjud ma'lumotlarga asoslanib, Shohrux Farg'ona vodiysining markaziy va g'arbiy qismlarining bir qismini o'z nazoratini muvaffaqiyatli kengaytirgan, degan xulosaga kelish o'rinlidir. Biroq, asos solgan mamalakat hududlari va uning hokimlari ega bo'lgan muxtoriyat darajasi haqida manbalarda gapirilmaydi.
16 Scott C.Levi .Khoqand the rise and fall of. University of Pittsburgh Press. 2017 years. -P.16
17 Syuzeren (fransuzcha suzerain qadimgi fransuzcha suserain) — hokimiyati kichik feodallarning o'ziga vassal bo'ysunishiga asoslangan yirik feodal hukmdorning bir turi
18 Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. - Казань: 1886.-С.50-51
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(9), September, 2023
Qo'qon tarixida Min sulolasining haqiqiy asoschisi haqidagi savol ochiqligicha qolmoqda. Shunga qaramay, keltirilgan ma'lumotlarning umumiyligi shuni aytishga imkon beradiki, aynan Shohruxbiy Qo'qon merosining haqiqiy asoschisi bo'lgan va Minglar hokimiyatini qonuniylashtirish yo'lida ilk qadamlarni qo'ygan. Garchi u hali "xon" unvoniga ega bo'lmagan bo'lsa ham. Biroq suveren mulkni to'la huquqli xonlikka aylantirishning boshlanishi Norbo'tabiy (1776/77-1799) hukmronligi deb hisoblanishi kerak. Norbo'tabiy bu harakatni tangalarni mustaqil zarb qilish bil an belgilagan; biroq u (hujjatlardan ko'rinib turibdiki) "otaliq", "biy" unvonlari bilan kifoyalanib, o'z nomiga "xon" unvoni yoki uning "sulton" sinonimini qo'shishga jur'at eta olmadi. Ochig'i, o'sha paytda mintaqadagi yangi sulola vakillari o'z hokimiyatlarini qandaydir qonuniylashtirish haqida hali o'ylamagan edilar. Yokida bunga hech qanday zarurat sezishmagan.
Minglarning hokimyat egallashida avvalo qabilarning hududda mustahkam joylashib olishi, ularning soni qolgan qabilalardan ustun ekanligi va bundan tashqari Shohruxbiyning xarizmasini ham ko'rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Наливкин В. Краткая история Кокандского ханства. - Казань: 1886.- 201 с.
2. Бейсембиев Т.К. «Тарихи Шахрухий» как исторический источник. «НАУКА» Казахский ССР АЛМА-АТА -1987. - 197 с.
3. Scott Levi. Khoqand the rise and fall of. University of Pittsburgh Press. 2017 years. -258 p.
4. Бабаджанов Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио-Ташкент. 2010.- 108 с.
5. Мулла Олим Махдум хожи. Тарихи Туркистон. / Нашрга тайёрловчилар Т.Алимардонов, Н. Абдулхдким. - Карши: Насаф, 1992. - 148 б.
6. Bakhtiyar Babajanov, "La naqshbandiyya sousles premiers Sheybanides," Cahiers d'Asie centrale 3-4 (1997): - 198 p.
7. Т.Кулдошев, Ш.Кулдошевю Поп тумани тарихи.-Т.: "Sharq" Нашриёт-матба Аксиядорлик компанияси Бош тахриряти.-2020 й. -270 б.