Научная статья на тему 'QO‘QON XONLIGIDA MUSIQA MADANIYATINING SHAKLLANISHI'

QO‘QON XONLIGIDA MUSIQA MADANIYATINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
285
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
YUNESKO / sharq / saqil / hafif / ramal / xazaj / du-yak / ufar / foxtiy / turk / muxammas / avsat / chorzarb / zarbul-futh / durafshon / samoiy / chanbar / miatayn ritm / o‘lchov bahrlari / doyra-nog‘ora / usullar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasimjon Xoljo‘rayevich Madaminov

Ushbu maqola Qo‘qon xonligida musiqa madaniyatining shakllanishi va tadqiqotlar olib borgan musiqashunos ustozlar risolalaridagi ma’lumotlarga va xalq musiqa ijrochiligidagi amaliyotda sinalgan uslublarga, xulosalarga tayanib umumiy va kerakli fikrlarni qisqa va lo‘nda bayon etishga harakat qilganmiz. Ushbu maqom yo‘llarining 12 maqom tarkibi bilan bog‘liqligi va tarixiy nazariy jixatlarini qisman ko‘rib chiqilgan, tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘QON XONLIGIDA MUSIQA MADANIYATINING SHAKLLANISHI»

QO'QON XONLIGIDA MUSIQA MADANIYATINING SHAKLLANISHI

Nasimjon Xoljo'rayevich Madaminov

Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqola Qo'qon xonligida musiqa madaniyatining shakllanishi va tadqiqotlar olib borgan musiqashunos ustozlar risolalaridagi ma'lumotlarga va xalq musiqa ijrochiligidagi amaliyotda sinalgan uslublarga, xulosalarga tayanib umumiy va kerakli fikrlarni qisqa va lo'nda bayon etishga harakat qilganmiz. Ushbu maqom yo'llarining 12 maqom tarkibi bilan bog'liqligi va tarixiy nazariy jixatlarini qisman ko'rib chiqilgan, tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: YUNESKO, sharq, saqil, hafif, ramal, xazaj, du-yak, ufar, foxtiy, turk, muxammas, avsat, chorzarb, zarbul-futh, durafshon, samoiy, chanbar, miatayn ritm, o'lchov bahrlari, doyra-nog'ora, usullar

THE FORMATION OF MUSIC CULTURE IN THE KOQAN KHANTY

Nasimjon Kholjorayevich Madaminov

Kokand SPI

Abstract: In this article, we have tried to briefly and concisely state the general and necessary points based on the information in the treatises of the musicologists who conducted research on the formation of music culture in the Kokan Khanate and the methods and conclusions tested in the practice of folk music performance. The connection of these status paths with the composition of 12 statuses and historical theoretical aspects were partially considered and analyzed.

Keywords: UNESCO, Sharq, Saqil, Hafif, Ramal, Khazaj, Du-Yak, Ufar, Fakhti, Turk, Mukhammas, Avsat, Chorzarb, Zarbul-Fut, Durafshon, Samoi, Chanbar, Miatayn rhythm, Measurements, circle, methods

Ajdodlarimiz tomonidan meros bo'lib kelayotgan milliy musiqamiz an'analarini o'rganish va ularni butunjahon tamadduni taraqqiyotiga xizmat qildirishdek, tarixiy vazifani tabdil etganligi xalqimizning istiqlol yillaridagi madaniyat va san'at sohasida erishgan ulkan ma'anaviy ozuqa bo'ldi.

Jahon musiqa merosining ulkan sarchashmasi hisoblangan Shashmaqomning YuNESKO tomondan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi" deb e'tirof etilishi katta tarixiy voqea. Ota-bobolarimizdan qolgan mo'tabar musiqiy merosni nafaqat asrab-avaylash, balki kelasi avlodlarga tortiq qilish ham bugungi vazifamizdir.

Bobokalonlarimiz tarafidan qadimgi davrlardan beri bizgacha saqlanib kelingan

ITFVE^^Hl 47 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

mumtoz musiqiy obidalar, ularning hayot tarzlaridagi o'ziga xos an'analari zamonlar o'tishi bilan shu makonda kamol topgan ilm ahlining musiqiy izlanishlarida sayqal topib, tobora ilmiyroq bir tusga tegishli yozma manbalarga muhrlanib, ma'anaviy boyligimizga aylangan. Ushbu mulkni tadqiq qilib, amaliyotga tadbiq etish va ularning semantikasini ochib berish kabi muhim vazifa, ayni paytda, biz uchun kechiktirib bo'lmaydigan ishlardan biridir.

Maqomlar Sharq xalqlari musiqa ma'daniyatida uzoq o'tmish tarixga ega bo'lib, ular xalqlarning o'ziga hos musiqalari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan. Uzoq ma'daniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgandir. Aynan Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarini ilmiy tomonlama o'rganadigan bo'lsak so'zimizning isbotini ko'rish mumkin.

Farg'ona - Toshkent maqom yo'llarining asl maskani temuriyzoda Umarshayx Mirzo (1456-1494) hukimronligi ostida boshqargan Axsi davlatining saroy madaniyati bo'lgan ekan. Temuriy shahzoda Zaxiriddin Muhammad Boburning advor (maqom) musiqa ilmida mahsus risola bitganini manbaalarda ko'rishimiz mumkin. Ammo XVI asrda yuz bergan siyosiy ijtimoiy jarayonlar natijasida Axsi davlatining qulashi, keyinchalik esa bu zaminda yuz bergan mudxish zilzila tasirida (1620) musiqachilar vodiy shaharlari va Toshkent hududlariga tarqab ketganlar. Musiqachilar o'z faoliyatini maqom namunalarini ziyolilar mushoiraxonlik majlislarida, savdo rastalarida, turli- tuman xalq sayillarida, ommaviy bayram va marosimlarda davom ettirishgan.

"Shu tariqa saroy madaniyatidagi barqaror udumlardan "uzilgan" bu mumtoz maqomlar vaziyat taqozosi bilan kichik turkum (ikki- uch qisimli) yoki alohida bir qisimli ko'rinishlarda namoyon bo'la boshlagan. Shuningdek, cholg'u ijrochiligining "ochiq" maydonidagi dorbozlar o'yini, to'y marosimlari va tomoshalarga mo'ljallangan yangi shakli tarzida maxsus "sunray yo'llari"(Surnay Iroqi, Surnay Dugohi, Surnay Ushshog'i va b.) ham yuzaga kelgan edi."1

Shu asnoda xalq madaniy hayoti bilan uzviy bog'liqlikda maqomlarning xalqchil sifati ham tobora ortgan. Demak Axsi saroyi madaniyati butkil yo'q bo'lib ketmadi. Zahiriddin Muhammad Bobur to Hidiston zaminida asos solgan Buyuk Boburiylar sulolasi (1526-1858) saroy madaniyatida, so'ng bir yarim asr o'tgach Qo'qon xonligi (1709-1876) saroyida ijod davom ettirilgan. Aynan shu saroy maskanlarida maqomlarning yirik hajmli (asosan 5 qismli) turkumlari yuzaga kela boshlagan bo'lsa ajab emas. Degan fikrlarni Oqilxon Ibrohimov "Farg'ona -Toshkent maqom yo'llari" xususida yozgan maqolasida to'liq yoritib o'tilgan.

Markaziy Osiyoda bir necha yillar davomida davlatlar orasida o'zaro nizolar, urushlar tufayli Movoraunnaxr davlatining rivojiga o'z tasirini ko'rsatib xalq qashshoqlashib, shahar harobaga aylanib bordi. XIV asrda Temuriylar avlodlari

1 Oqilxon Ibrohimov "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" xususida., O'z DSMI Xabarlar 2022/3(22) [fciyfl^^B 48 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

orasidagi nizolar davlatni parchalanishga olib keldi. Movoraunnaxr qoloq davlatlar safiga kirdi. Ko'chmanchi o'zbeklar bir necha asrlar davomida o'z madaniyatlarini tiklab, qoloq madaniyatlarini yuksaltirishga intilib XIX asrga borib ko'zga tashlanadigan madaniyat va san'atga erishdilar.

XVI-XIX asrlar davomida davom etgan nizolar ilm, fan, madaniyatga o'z tasirini ko'rsatgan bo'lsa ham Xorazm mustaqil xonlik bo'lib Xiva xonligini barpo etadi. XVII asrda esa Qo'qon xonligi Farg'ona vodiysidagi viloyatlarda o'z hukumronligini boshlaydi. Bu davrlarda Buxoro xonligi ham rivoj topdi. Bularning hammasi ilm, fan, madaniyatga o'z tasirini ko'rsatib, xonlik va o'lkalar orasida o'ziga hos musiqiy yo'nalishlar paydo bo'la boshladi. Xalq marosim, tantana va bayramlarida mazharaboz, dorboz, qo'g'irchoq o'yinchilari va sozandalarning ishtiroklari avj ola boshladi. Ular xalq dardini kuylab, ularga dalda berayotgandek, turli qiyinchiliklarni unittirib, ovutayotgandek edi go'yo.

XVI asr boshlarida shoirlar va sozandalarning bir bo'lagi Buxoroda va qolgan bo'lagi Xorazm xonliklarida joylashgan. Adabiyot va san'at ikki tilda o'zbek va tojik tilida shakllana bordi.

Markaziy Osiyonong xar qaysi viloyatlarida mahalliy sharoitlariga ko'ra o'z musiqiy uslublari va yo'nalishlari paydo bo'lishni boshlaydi. Buxoroda katta hajmdagi "xalq qo'shiqlar", bular maqom yo'nalishiga yaqinroq, Farg'ona -Toshkentda esa "Katta ashula", Buxoro va Xorazmda "Shashmaqom" turkumlari rivoj topgan edi.

XVIII asrda Farg'ona vodiysida darveshlar avlodi xukmronlik davrida darveshlar musiqalari rivojlanib, ammo odiy xalq darveshlar yani qalandarlar musiqalarini ijro etmaganlar, faqat darveshlar tomonidan ijro etilgan. Xalq mehnat turmush sharoitlarini e'zozlaydigan qo'shiqlarni dildan ijro etganlar.

"Muhammad Umarxon (1809-1822y) va uning o'g'li Muhammad Alixon (Madalixon) (1822-1842y) davrlarida Qo'qon shoir va Sozandalarining dovrug'i keng tarqala boshladi. Muhammad Umarxon yetuk davlat arbobi va zamonasining eng ilg'or vakillaridan bo'lib, uning Amiriy taxallusida yozgan devoni keng e'tibor topgan. Shoirning umr yo'ldoshi Nodira taxallusi bilan ijod yetgan Mohlarbegim ham o'zbek she'riyatining yirik namoyondasidir. Amiriy va Nodira - Sharqning eng mumtoz shoirlari qatoridan o'rin oladi. Ular o'zbek va tojik tillaridagi g'azallarini Fargona-Toshkent vohalari, balki Buxoro, Xorazm hofizlari orasida ham keng tarqalgan. Umarxon va Nodiralarning farzandi Madalixon ham ilmu ma'rifatga, nafis san'atlarga ko'ngil qo'yganganligi ma'lum.

XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Qo'qonda Fazliy Namangoniy boshchiligida saroy shoirlari faoliyat ko'rsatgan . Shu bilan bir qatorda musiqaga ham katta e'tibor berilgan, iqtidorli sozanda va bastakorlar xizmatga jalb etilgan. Eng muhimi, saroy muhitida mumtoz she'riyat hamda musiqa uyg'unligida maqom yo'llarining ilmiy -

ITFVE^^Hl 49 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

amaliy asoslari ishlab chiqilgan. Shu jarayonning boshida turgan sozandalarning nomlari ham tarihda saqlanib qolgan. Agar Buxoro Shashmaqomining xotiramiz ilg'aydigan hujjatli tarixi Ota Jaloldan, Xorazm maqomlarini Niyozjon Xo'jadan boshlanadi desak, Farg'ona - Toshkent yo'llarini G'ulom Zafariy tuzgan shajarasi Xudoyberdi Ustozdan sarhisob qilinishini e'tirof etish zarur"2

"Yana bir qiziq tomoni shundaki, turli hujjatlarning dalolat berishicha, maqom ilmini Xudoyberdi Ustoz Xorazmlik Niyozjon Xo'ja maktabida ta'lim olgan. Bu dalil Xorazm va Qo'qon manbalarida aks ettirilgan. "Xorazm musiqiy tarixchasi" da Xudoyberdi Ustoz Niyozjon Xo'ja shogirdlaridan ta'lim olgan atoqli maqomshunoslar qatorida tilga olinadi. M.Rahmonovning "O'zbek teatri tarixi" kitobi, asrimiz boshida yashagan Farg'onalik sanatkorlarning esdaliklari hamda G'ulom Zafariy shajarasiga ko'ra, Xudoyberdi Ustoz Farg'ona maqomlarining mavjud tartibini tuzganligi va u 18 yil Urganchda maqom o'rganganligi qayd etiladi. XVIII asrgacha Ko'hna Urganch Xorazmning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo'lib kelgan." 3

Hukmdorlari Bobur avlodidan bo'lgan Qo'qon xonligi saroyida ham "Axsi maqomlari" ni qayta tiklash uchun xarakatlar qilingan. Qo'qon xonligi saroyida maqom va katta ashula san'atining yetuk vakillaridan yuqorida ko'rsatib o'tilgan ustozlar Ashurali Maxram, Rustam hofiz, Boymat hofiz, Muhammad mehtar va Zebo parilar xizmat qilgani bizga ma'lim.

Yuqoridagi fikrlarimizni umumlashtirsak Xudoyberdi Ustoz Qo'qon xonligi saroyida sozandalarning boshlig'i bo'lgan. Shogirdi Ashurali dastlab saroyda, turli nizolar tasirida saroydan badarg'a qilinganidan keyin esa erkin faoliyat yuritgan. Demak usha paytlarda ham Farg'ona maqomchiligida xam saroy va undan tashqaridagi ikki xil an'ana rivojlanib borgan.

XIX asr o'rtalarida Xudayorxon zamonida "Elda sho'xlik ko'payib dini islomga putr yeta boshladi" degan turli vajlar oqibatida saroy muxitida bazimlar man etilib, maqom ustozlari o'limga maxkum etila boshladi va maqqomdon ustozlar markazdan chetroq (Marg'ilon, Isfara, Xo'jand, Toshkent va boshqa ) joylarga chiqib ketishga majbur bo'lishgan. Shu asnoda saroy o'zining madaniyatining qulashiga olib keldi. Natijada maqom san'atining asosan diniy tarafga qaratilishi zikr marosimlarda qo'llanishi yoki katta ashula sifatida keng rivojlanishiga olib keldi va maqomlarning dunyoviy san'at sifatida rivojlanishiga to'sqinlik qildi. O'z navbatida Farg'ona -Toshkent maqomlari Shashmaqom va Xorazm maqomlari singari dunyoviy maqom yo'llari turkumi emas, balki alohida ashula va cholg'u yo'llari tarziga kelib qolgan, degan hulosaga kelishimiz mumkin. Farg'ona - Toshkent maqomlari uslubiy yahlitlikka ega. Asarlar klassik toifadagi yuksak nufuzli badiiy asarlardir. Shuni

2 Matyaqubov O. "Maqomot"

3 Matyaqubov O. "Maqomot"

[fciyfl^^B 50 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

aytish joizki, Farg'ona - Toshkent atamasi umumlashtirib olingan. Dastlab Farg'ona hamda Toshkent maktabiga hos asarlar ajratilgan. Hususan "Bayot", "Dugoh", "Chorgoh", "Ushshoq", "Ajam", "Miskin", "Nasrulloyi" Farg'ona yo'llari, "Munojot", "Girya", "Cho'li Iroq", "Ko'cha bog'i" esa Toshkent yo'llariga ajratishgan.

Yuqorida ko'rsatilgan asarlarning shaklan bir biriga o'xshash jihatlari mavjud. Ammo Shashmaqom xa Xorazm maqomlari singari ma'lum lad asosida umumlashib, usul tarafidan ajratilib, tarkibiy qismlari mustaqil nomlar bilan belgilanmagan. Mazkur uslub o'zining ochiq tizim ekani bilan xarakterlanadi va manashu jihati bilan qolgan uslublardan farq qiladi.

Maqomlarimizni betakror jozibasi, falsafiy kuylari va ohangrabo to'lqinlarini bizgacha yetib kelishida, o'tmish ustoz - sozanda va hofizlarning yuksak ijrochilik mahoratlarini ko'rish mumkin. Xususan: Ota Jalol, Ota G'iyos, Domla Halim Ibodov, Matyusuf Xarratov, Hoji Abdulaziz Rasulov, Hojixon Boltayev, Risqi Rajabiy, Yunus Rajabiy, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Sodiqov, Muxtorjon Murtozayev kabi bir qator maqom bilimdonlari, ijodlari bilan musiqa xazinasiga ulkan meros qoldirgan bastakorlarni nomlarini hurmat bilan tilga olinib kelinadi.

Ushbu ustozlar darhaqiqat hayotida yaratgan o'ziga xos ijro uslublari, talqinlari va asarlari bilan kelajak avlod uchun ibratdirlar. Ularning musiqa ijrochilik san'atida yaratgan shaxsiy ijro uslublari esa ushbu san'atning muntazam rivoj topayotganidan darakdir. Buni biz o'ziga xos ijodiy yondashuvni ansambllar tomonidan jamoaviy uslubda ijro qilingan asarlarda ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, ustoz Yunus Rajabiyning 1959-yilda O'zbekiston radiosi qoshida tuzgan ilk "Maqomchilar ansambli"ni xizmatlari beqiyosdir. Ushbu ansambl jamoasi tomonidan ijro etilib qoldirgan nodir asarlar merosga aylanib bo'ldi. Ulardan keng foydalanib, takrorlanmas ohanglarni tinglash mumkin.

Yunus Rajabiy maqomlarni notaga olish jarayonida, ko'plab sadoqatli shogirdlari o'zlarining beminnat yordamini ayamadilar. Ayniqsa Farg'ona-Toshkent mumtoz musiqasining bilimdonlari, moxir xonanda va sozandalar Jo'raxon Sultonov, Muxtorjon Murtazoyev, To'xtasin Jalilrov, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz san'atkorlarning Yunus Rajabiy bilan bo'lgan ijodiy va do'stona munosabatlari o'stozlar tomonidan ko'p e'tirof etib kelinadi. Ana shunday hamkor shogirdlaridan biri sozanda Muxtorjon Murtozaevning xizmatlari ham beqiyosdir. O'z davrining ustoz san'atkori bo'lgan Muxtorjon Murtozaev, Yunus Rajabiy xonadonida 13 yil birga yashab, "Shashmaqom" ni notaga olishda ustozga o'zining bilimlaridan kelib chiqib ko'plab taklif va fikirlari bilan o'rtoqlashgan. Tabiatan o'z ishiga pishiq va milliy musiqamizning o'ziga xos jihatlarini qadrlagan ustoz Muxtorjon Murtazoev voha an'analarini yaxshi idroklaganlardan biri bo'lganlar. Voha san'atkorlarining an'analariga ko'ra, Farg'ona vodiysi cholg'u yo'llari va ashula yo'llarini munosib

ITÏy^^^BI 51 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'zlashtirishga erishgan. Ustozlarning an'analarini o'rgangan. Eng muhimi bu an'analarni yosh avlodga yetkazishda jonbozlik ko'rsatishga muyassar bo'lganliklarini e'tirof etishimiz lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Matyoqubov O. Shashmaqom ilmi // Shashmaqom saboqlari (ma'ruza va maqolalarning uchinchi to'plami) -Toshkent: 2007. -B. 15-27.

2. Matyoqubov O. Maqomot. -Toshkent: Musiqa, 2004. - 400 b.

3. Rajabiy Yu. Musiqa merosimizga bir nazar. Toshkent: 1978.- B. 8

52

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.