Научная статья на тему 'TURKISTON VILOYATIDA HARBIY-MA’MURIY HOKIMIYAT BOSHQARUVINING VUJUDGA KELISHI'

TURKISTON VILOYATIDA HARBIY-MA’MURIY HOKIMIYAT BOSHQARUVINING VUJUDGA KELISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Saidova Ch.D., To‘Xtabekov K.A.

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasi O’rta Osiyoga bosqinchilik yurishlarini yakuniga yetqazdi. Bosib olingan hududlarga nisbatan yangi munosabatlarni huquqiy rasmiylashtirish chet o’lka boshqaruv tizimiga ko’ra ish olib boradigan hokimiyat asoslarini yaratish yo’li bilan amalga oshirildi. Rossiya imperiyasi XIX asrning 60-yillari Toshkent bosib olinganidan keyin Markaziy Osiyoning bosib olingan yerlarida boshqaruvni tashkil etishga dastlabki yillarda egallangan hududlarda ma’muriy boshqaruv xususida yagonga xulosaga ega emas edi. Zero, Rossiya imperiyasi harbiy hukmron doiralarining qisqa vaqt davomida erishgan muvofaqiyatlari ma’lum darajada sarosima va jo‘nbo‘shga solibgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTON VILOYATIDA HARBIY-MA’MURIY HOKIMIYAT BOSHQARUVINING VUJUDGA KELISHI»

TURKISTON VILOYATIDA HARBIY-MA'MURIY HOKIMIYAT BOSHQARUVINING VUJUDGA KELISHI

Saidova Ch.D.

magistr,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti.

Ilmiy rahbar: To'xtabekov K.A.

t.f.n., dotsent.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174942

XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoga bosqinchilik yurishlarini yakuniga yetqazdi. Bosib olingan hududlarga nisbatan yangi munosabatlarni huquqiy rasmiylashtirish chet o'lka boshqaruv tizimiga ko'ra ish olib boradigan hokimiyat asoslarini yaratish yo'li bilan amalga oshirildi.

Rossiya imperiyasi XIX asrning 60-yillari Toshkent bosib olinganidan keyin Markaziy Osiyoning bosib olingan yerlarida boshqaruvni tashkil etishga dastlabki yillarda egallangan hududlarda ma'muriy boshqaruv xususida yagonga xulosaga ega emas edi. Zero, Rossiya imperiyasi harbiy hukmron doiralarining qisqa vaqt davomida erishgan muvofaqiyatlari ma'lum darajada sarosima va jo'nbo'shga solibgan. Ularning yangi bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil etish bilan bog'liq tayyor ishlab chiqilgan loyihalari yo'q edi. Albatta, Rossiya imperiyasi mustamlaka o'lkalarni boshqarishda katta tajribaga ega bo'lib, ular Turkiston o'lkasida boshqaruvni tashkil etish borasida o'ta ehtiyotkorlik bilan yondoshdilar. 1858 yilda Harbiy vazirlik vakili V.I.Vasilchikovning Orenburg korpusi komandiriga yozgan maktubida ta'kidlaganidek, "... bu o'lkadagi barcha ishlar shu vaqtgacha mutlaqo tizimsiz va hukumat hamda hukmdorlar intilishi lozim bo'lgan maqsadlar aniqlanmasdan olib borilgan. Buning natijasida ko'rib turganimizdek, kim ularni bajarilishi lozimligiga qarab, bir buyruqlar o'rniga to'satdan boshqasi beriladi"[1, 2.].

Hatto, 1865-yilgacha egallangan hududlarga alohida hokimyat shakllantirish yoki imperiya tarkibiga olish ham aniq belgilanmagan edi. XIX asrning 60-yillari boshlarida markazi Toshkent bo'lgan "Alohida Qirg'iz cho'li general-gubernatorligi" tashkil qilish haqida takliflar bo'lib, amalda hukumat tomonidan qo'llab quvvatlanmangan. Shunday sharoida ma'muriy birlik tuzish harbiylar qo'liga o'tishi natijasida, birinchi hujjat Yangi Qo'qon liniyasi qo'mondoni M.G.Chernyayev boshchiligida ishlab chiqildi. Rossiya imperiyasi tasarrufiga o'tgan "chet o'lka"da boshqaruvni tashkil etishga oid birinchi hujjat 1865-yilda yangi Qo'qon chizig'i qo'mondoni M.G. Chernyayev rahbarligida N.A.Seversev tomonidan ishlab chiqilgan [2, 3 C.] va "Turkiston chegara viloyati haqidagi Nizom

loyihasi" ko'rinishida Peterburgga taqdim etilgan [3, 31 C.] Turkistondan alohida harbiy okrug tashkil etish taklif etilgan bu loyiha graf Gayden boshchiligidagi alohida komissiya tomonidan ko'rib chiqilgan [4, 3 C.].

Rossiya imperiyasining Osiyo qismi va Orenburg o'lkasini ajratish va uning tuzilishi haqidagi masala 1865-yilning 25-yanvarida Tashqi ishlar vaziri D.A.Milyutin, Ichki ishlar vaziri P.A.Valuyev, Sharqiy va G'arbiy Sibir general-gubernatorlari N.N.Muravyev-Amurskiy hamda A.P.Bezak, A. Verigin, A.Timashev, V.Butnov, stats-sekretar Ye. Kovalevskiy, M. Korsakov, Osiyo departamenti direktori P. Stremouxov ishtirokidagi alohida qo'mita yig'ilishida ko'rib chiqilgan va unda alohida Turkiston viloyatini tuzish haqidagi qaror qabul qilingan [5, 3 C.]. 1865 yilning 12 fevralida Harbiy vazirning Turkiston viloyatini tashkil etish, yangi viloyatga alohida harbiy gubernator tayinlash, unga bu yerdagi barcha qo'shin qo'mondonligini yuklash, Turkiston harbiy gubernatori harbiy jihatdan Orenburg qo'shinlari qo'mondoniga, fuqarolik boshqaruvi jihatdan Orenburg general-gubernatoriga bo'ysundirilishi haqidagi buyrug'i e'lon qilinadi [6, 59 C.].

M.G. Chernyayev tomonidan taklif etilgan va qayta ishlangan loyiha 1865 yilning 6 avgustida Aleksandr II ushbu loyiha asosida tayyorlangan "Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat nizom"ga imzo chekadi. Ushbu qonunchilik hujjatida hokimiyatni tashkillashtirish tizimi Kavkazorti hududidagi singari "harbiy-xalq boshqaruvi" deb yuritildi va birinchi harbiy gubernator etib M.G.Chernyayev tayinlandi. Turkiston viloyati hududi esa Orol dengizidan Issiqko'lgacha bo'lgan O'rta Osiyo xonliklari bilan chegaradosh hududlarni o'z ichiga olgan. Dastlab viloyat uch bo'limga: o'ng qanot, markaz, va chap qanotga bo'lingan. O'ng qanotga Aralsk,va Perovsk; markazga Turkiston va Chimkent hududlari; chap qanotga Avliyoota, Marke, Pishpak shaharlari kirgan. Keyinchalik esa 1865-yil Toshkent bosib olingandan so'ng Toshkent viloyati; 1866-yildagi Buxoro amiri bilan bo'lgan jangdagi g'alabadan so'ng Turkiston viloyati tarkibiga Erjar va Zomin bo'limlari, O'ratepa va Jizzax kirgan.

Boshqaruv tizimi esa o'z navbatida "mahalliy ma'muriyat"ni o'z ichiga olib, hukmronlik qilish siyosati deyarli an'anaviy tizimni o'zgartirmay faqat uni markaz hohishlariga bo'y sundirilgan holda amalga oshirildi. Xonliklar davrida bo'lgani kabi shaharlarning tub aholisi yashaydigan mahallalarni oqsoqollar boishqarar edi. Bosh oqsoqolga mahalla tomonidan saylanuvchi shahar tumanlari oqsoqollari bo'ysunardilar. Politsiya vazifasini-bozordagi savdo va jamoat osoyishtaligini nazorat qilish; raislar bajarardilar. Soliq yig'imlariga mas'ul shaxs esa zakotchi bo'lgan.

Turkiston viloyatining ko'chmanchi aholisi urug'lar, bo'limlar va guruhlarga bo'linar edi. Urug'larni urug'boshilar - manaplar, sultonlar va kata biylar; bo'limlarni - biylar; guruhlarni esa to'g'ochlar boshqarar edilar. Sulton, manap, biy unvonlari asosan otadan bolaga meros bo'lib o'tardi. Shunga qaramay ular mahalliy aholi boshqaruvchisi, ya'ni chor harbiy amaldorlarining tasdig'idan o'tishlari lozim edi[7, 33 Б.].

Xulosa qiladigan bo'lsak:

Birinchidan, Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va unda harbiy-xalq boshqaruvining qaror topishi imperiyaning harbiy-siyosiy vazifalaridan kelib chiqqan bo'lib, aynan shu jihat o'lka hukumatining boshqaruv xususiyatini belgilab bergan;

Ikkinchidan Rossiya imperiyasi hukumati egallangan yerlarni boshqarish borasida tayyor loyihaga ega bo'lmagan holda, tashabbusni mahalliy boshqaruvga asoslangan imperiya harbiy ma'murlari qo'liga topshirganligini, ularning taklif va mulohazalari bu boradagi davlat siyosatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etganligini ko'rsatadi;

Uchinchidan, ma'lumvaqt aholini bosqinchilik siyosati va boshqaruviga ko'niktirish, kelib chiqadigan qo'zg'alonlarni oldini olish, o'z siyosiy manfaatlarini "yangi madaniyat olib kelish" bahonasi ostida yashirishga intilish zo'r berib harakat qilindiki, baribir o'zbek xalqini tomomila bo'y sundirolmadi. Uning o'z erki uchun qilgan qo'zg'alon harakatlaridan qaytara olmadi.

Adabiyotlar:

1. Уз МА, И.715-жамгарма, 1-руйхат, 20-йигма жилд.

2. Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.19: 1865 год. Ч 1. -Ташкент: тип. Шт. Туркест. воен. окр., 1914.

3. Абдурахимова Н., Эргашев Ф. Туркистонда чор мустамлака тизими. -Тошкент: Академия, 2002.

4. Туркестанский край. Сборник материалов для истории завоевания Туркестанского края. Собрал полк. А.Г. Серебренников. Т.19: 1865 год. Ч 1. -Ташкент: тип. Шт. Туркест. воен. окр., 1914.

5. Qodirova L.B. A.G.Serebrennikov fondi- Rossiya imperiyasining Turkistondgi boshqaruv siyosatini yorituvchi manba//International journal of philosophical studies and social sciences.2022.№1/5

6. Valiyeva N.A. Turkistonda mustamlaka boshqaruv tizimining maqsadi va xususiyatlari //International scientific journal "Interpretation and researches".2023.№8/2

7. Xoliqova R.E. Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. -T.: 2017.

8. Ismoilova J. XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Toshkentning "Yangi shahar" qismi tarixi. - T.: Fan va Texnologiya, 2004.

9. Usarov, U. A. (2019). Some considerations on the pecularities of Russian empire's politics in Turkestan. ISJ Theoretical & Applied Science, 12(80), 513-515.

10. Usarov, U. A. (2022). HISTORICAL ANALYSIS OF THE POLICY OF THE RUSSIAN EMPIRE ON LAND AND WATER RELATIONS IN TURKESTAN (Example of researches during the years of independence of Uzbekistan). American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(05), 29-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.