Научная статья на тему 'XVIII-XIX ASR XORIJIY (RUS VA VENGER) MANBALARIDA XORZAM SHAHARLARINING TARIXIY-ETNOGRAFIK TAVSIFI'

XVIII-XIX ASR XORIJIY (RUS VA VENGER) MANBALARIDA XORZAM SHAHARLARINING TARIXIY-ETNOGRAFIK TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
244
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gladishev va Muravin / YuNESKO / Xiva / Qo‘ng‘irot / Xo‘jayli / Qipchoq / Gurlan / Ambar / Chag‘atoy / Shovot / Uyg‘ur / Kat / Xazrati pahlavon Mahmud / topograf G.N.Zelenin / Vamberi / Gladishev and Muravin / UNESCO / Khiva / Kungrad / Khojayli / Kipchak / Gurlan / Ambar / Chagatai / Shavat / Uyghur / Kat / Hazrati Pahlavon Mahmud / topographer GN Zelenin / Vamberi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Baxtiyorova, Oltinoy

Mazkur maqolada Xorazm vohasi xususan, Xiva xonligi XVIII-XIX asrlardagi shaharlar hayoti, aholi yashash tarzi, turmushi haqida xorij sayyohlarining, olimlarining asarlaridagi tarixiy-etnografik ma’lumotlar kengroq yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL AND ETHNOGRAPHICAL DESCRIPTION OF KHORZAM CITIES IN XVIII-XIX CENTURY FOREIGN (RUSSIAN AND HUNGARIAN) SOURCES

This article covers the historical and ethnographic information in the works of foreign tourists and scientists about the life of the cities of the Khorezm oasis, in particular, the Khiva khanate in the XVIII-XIX centuries, the way of life of the population.

Текст научной работы на тему «XVIII-XIX ASR XORIJIY (RUS VA VENGER) MANBALARIDA XORZAM SHAHARLARINING TARIXIY-ETNOGRAFIK TAVSIFI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XVIII-XIX ASR XORIJIY (RUS VA VENGER) MANBALARIDA

XORZAM SHAHARLARINING TARIXIY-ETNOGRAFIK TAVSIFI

Baxtiyorova Oltinoy

Urganch Davlat universiteti Tarix yo'nalishi tadqiqotchisi.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Xorazm vohasi xususan, Xiva xonligi XVIII-XIX asrlardagi shaharlar hayoti, aholi yashash tarzi, turmushi haqida xorij sayyohlarining, olimlarining asarlaridagi tarixiy-etnografik ma 'lumotlar kengroq yoritildi.

Kalit so'zlar: Gladishev va Muravin, YuNESKO, Xiva, Qo'ng'irot, Xojayli, Qipchoq, Gurlan, Ambar, Chag'atoy, Shovot, Uyg'ur, Kat, Xazrati Pahlavon Mahmud, topograf G.N.Zelenin, Vamberi

ABSTRACT

This article covers the historical and ethnographic information in the works of foreign tourists and scientists about the life of the cities of the Khorezm oasis, in particular, the Khiva khanate in the XVIII-XIX centuries, the way of life of the population.

Keywords: Gladishev and Muravin, UNESCO, Khiva, Kungrad, Khojayli, Kipchak, Gurlan, Ambar, Chagatai, Shavat, Uyghur, Kat, Hazrati Pahlavon Mahmud, topographer GN Zelenin, Vamberi

АННОТАЦИЯ

В статье представлены историко-этнографические сведения в трудах иностранных туристов и ученых о жизни городов Хорезмского оазиса, в частности, Хивинского ханства в XVIII-XIX веках, образе жизни населения.

Ключевые слова: Гладышев и Муравин, ЮНЕСКО, Хива, Кунград, Ходжайли, Кипчак, Гурлан, Амбар, Чагатай, Шават, Уйгурский, Кат, Хазрати Пахлавон Махмуд, топограф Г.Н. Зеленин, Вамбери

KIRISH

Xorazm nihoyatda qadimiy o'lka va bu yerda yuzlab qal'a-shaharlarning xarobalari joylashgan. Ularning ko'pchiligi yer ostida, ba'zilari cheksiz qum barxanlari tagida qolib ketgan. Qisman saqlanib qolganlari esa uzoq tarixdan guvohlik berib himoyasiz holatda, tabiatning jamiki sinovlariga bardosh berib turibdi. Xiva, Xazarasp, Ko'hna Urganch qal'alari esa bugun ham g'oyatda go'zal va Xorazmning iftixoriga aylangan. Nafaqat Xorazmning, yoki respublikamizning, balki dunyoning e'tirofiga sazovor bo'lgan. Albatta, YuNESKO ro'yxatidan ham joy olgan.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Xorazmning betakror shaharlari mahalliy, yunon-rim, xitoy, eron, arab, ingliz va rus sayyohlari, xarbiylari, lashkarboshilari, vrachlari, rassomlari tomonidan tilgan olingan, ta'riflangan. Vohaning qal'a shaharlariga eng so'nggi to'liqroq ta'riflami XVIII-XIX asrlarda bu hududga tashrif buyurgan rus mualliflarining asarlaridan topamiz. Zero, davlat topshiriqlari bilan Xorazm yerlariga tashrif buyurgan bu mualliflar o'zlariga berilgan vazifalarni mukammal ado etish uchun borgan hududlarini sinchkovlik bilan o'rganganlar va eng kichik narsalarni ham e'tibordan chetda qoldirmaganlar. Ayniqsa, Xorazm shaharlari va aholisining etnografiyasi, etnik tarixi masalalari, ularning asarlarida asosiy o'rinni egallagan. Albatta, mualliflar o'z zamonasi, o'z sivilizatsiyasi, o'zining diniy-ma'naviy dunyoqarashi nuqtai-nazaridan tahlil va talqin qilganlar. Biz ushbu maqolada qator rus mualliflarining Xorazm shaharlari va aholisining etnografiyasi haqidagi fikrlarini keltiramiz va siz bilan bo'lishamiz, tahlil qilamiz, xulosalar chiqaramiz, nimalar o'zg ardi-yu, nimalar o'zgarishsiz qolganligini guvohi bo'lamiz. Blankennagel, Muravev, Vamberi, Notkin, Zelenin, Nazimov kabi xorijiy mualliflarning ishlaridan parchalar keltiramiz va bu orqali XVIII-XIX asrlardagi Xiva xonligida mavjud shaharlarning etnografiyasini ko'z oldimizda namoyon qilamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1740-41 yillarda Xivada bo'lgan rus xarbiylari Gladishev va Muravinlar Xiva tasarrufidagi 8 ta shaharni eslatib o'tishadi. "Bu shaharlarning xar biri 5-6sajen balandlikdagi paxsa devorlar bilan o'ralgan, ularning atrofi to'la qazilgan kanallar, yana loydan qurilgan kulbalar va o'tovlar joylashgan"- deya yozadi mualliflar. Axolining tarkibi haqida gapirganda ular uzbeklarni- zadogon va davlat xizmatchilari, sartlarni-savdogar va donishmand kishilar ekanligini,ular har doim o'zi bilan xanjar olib yurishlarini ta'kidlab o'tadi.Bosh kiyimlarida ipaksimon parlar bo'lib fors uslubida tikilgan va rangdor bo'lgan. Turli xil toshlar bilan bezatilgan.

1793-94 yillarda Xiva xonligida bo'lgan yana bir rus mayori Blankennagel o'zining xotiralarida Xorazm shaharlari haqida quyidagicha ma'lumot beradi. "Amudryoning quyilish joyidan yuqoriga qarab shaharlar birin-ketin quyidagi tartibda joylashgan: Qo'ng'irot, Xo'jayli, Qipchoq, Gurlan, Ambar, Chag'atoy, Shovot, Uyg'ur, Kat, Urganch, Xiva, Xonqa, Xozarasp, Pitnak" U shaharlarning katta qismi paxsa devor bilan o'ralganligini aytar ekan, bu paxsa devorlar juda zaif qurilganligi va uning mudofaa uchun xech qanday ahamiyati yo'qligini aytadi. Bunday qal'alarni atigi 12 funtlik 3-4ta pushka bilan bir kunda vayron qilish mumkin, aholi esa o'zida bor qurollar bilan bir kungina himoyalana oladi, ammo ish

bungacha yetib bormaydi, zero, atrofda ular bilan qiziqadigan kuchli davlatning o'zi

355

Scientific Journal Impact Factor

O

yo'q, deydi. Albatta, o'sha davrlarda Xivada xech qanday artileriya bo'lmagan. O'rta Osiyo shahar-qal'alarining hammasi ham loydan qilingan paxsa devorlar bilan o'ralgan. Bu holat barcha hududlarda normal hisoblanardi. Blankennagel Xiva devorlaridan ko'ra qum barxanlari xonlikka yaxshi himoya qalqoni bo'la olishligini ta'kidlaydi. Ammo, bu davrning xar qanday masalalarida rivojlangan imperiyalar va rivojlanmagan feodal davlatlarni taqqoslab bo'lmaydi. Muallif qo'shin tarkibiga e'tibor qaratar ekan, ularning turkmanlar, qoraqalpoqlar, o'zbeklar va sartlardan iborat ekanligini aytadi. Bu yerda eng mohir jangchilar yovmutlar, ulardan keyin qoraqalpoqlar, so'ngra o'zbeklar va eng kuchsizi sartlar, deyiladi.

Sartlar bu yerning eng qadimiy egalar bo'lishiga qaramasdan ko'p miqdorda soliq to'laydilar, Irtish bo'ylaridan kelgan o'zbeklar esa bu yerning egalariga aylangan, deb yozadi Blankennagel.

Xiva xonligida bo'lgan N.N. Muravev Xivani etnografik jihatdan ta'riflar ekan shunday yozadi "Xonlikning yerlari ajoyib manzarani tashkil qiladi. Hamma yoqda ko'm-ko'k dalalar, serhosil g'allazorlar, ariqlarning bo'ylarida tokzor va mevali bog'lar yashnab turgan, bu yerlarning egalari mo'lchilikda yashaydi. Undiriladigan don-dunning miqdori xonlikning ehtiyojidan ancha ortadi. G'allani qo'shni bo'lgan ko'chmanchi qabilalar, bolqon, mang'ishloq xalqlari, qozoq va turkmanlarning bir qism ulgurji sotib oladi. Xivaliklar yerlarida g'alla hosili juda yaxshi bo'ladi va ko'p qismi bozorga chiqarib sotiladi". Muallif Xonlikdagi shaharlarni sanab o'tar ekan, ularni o'zbeklar va sartlar yashaydigan punktlarga ajratib ko'rsatadi.

Aynan Xiva shahri poytaxt sifatida ko'pgina rus sayyohlarini qiziqtirgan. Ularning ko'pchiligi shaharning xaritasini tuzish uchun uni qadamma-qadam aylanib chiqqan va shaharga ta'rif berganlar. Ulardan biri injener Nazimov bo'lib 1740 yilda Xiva shahrini tasvirlash bilan shug'ullanadi va xaritasini chizadi. Uning xaritasidan biz shaharning kirish darvozasi Toshhovli saroyining janubiy-g'arbiy atrofida bo'lganligi bilamiz.

Eng batafsil va qiziqarli ma'lumotlarni 1863 yilda Xivaga tashrif buyurgan Vamberining asaridan olamiz. Vamberi Xivani juda qadimiy fors uslubidagi shahar ekanligini ta'kidlaydi. Muallif shaharning etnografik qiyofasini tasvirlar ekan, bu yerdagi eng qadimiy bino -bu Xazrati pahlavon Mahmud maqbarasi ekanligini (400 yillik tarixga ega) ta'kidlaydi. Aholi bu yerga xar kuni qur'on suralarini eshitish uchun talpinadilar, deb yozadi muallif. Ikkinchi asosiy ob'ekt bu Juma masjidi bo'lib, xon u yerda xar juma kuni namoz o'qigan va xutba o'qiladigan joy bo'lgan. Shuningdek, Xan masjidi, Shalikar, Otamurod qushbegi va Qorayog'iz masjidlari shaxarning asosiy ob'ektlari bo'lgan. Muallif xonlikda bo'lar ekan bu yerda

Scientific Journal Impact Factor

O

Buxoroga nisbatan ta'lim dargohlari ya'ni madrasalar kamligini ko'rsatib o'tadi. Madaminxon madrasasi fors uslubida qurilganligi va unda 136ta hujra borligi uni qiziqtiradi. Vamberi butun shaharni ta'riflar ekan, ko'chalar, xon mulozimlarining uylari, kambag'allarning yashash tarzi, talabalarning dars mashg'ulotlari, sarbozlarning, soqchilarning vazifalari, sug'orish shahobchalari va inshoatlari ham nazardan qolmagan. Sayohatchi Xiva, Urganch va Ko'hna Urganch xonlikning ishlab chiqarish markazi ekanligini alohida ta'kidlab o'tadi. Muallif 32 ta aholi yashaydigan punktlarni sanaydi va ularni shahar va qishloqlarga ajratadi. Vamberining nazaridan dehqonchilik ishlari ham chetda qolmaydi. U shahar va qishloqlarni ta'riflar ekan, Gurlanning sholisi, Xazaraspning olmasi, Xivaning anori nihoyatda mashhur ekanligini va ularni jahon bozorida o'z bahosi borligini aytib o'tadi. O'sha paytlarda Xiva shahrida tikilgan choponlar Eron, Hirot va Astrobodda juda qimmat baholangan. Asarda Urganch choponi alohida ta'riflanadi, unga ko'ra ikki xil rangli yo'l-yo'l Urganch choponi sherst va ipakdan, ba'zan ikkalasining aralashmasidan tikilgan. Shaharlar haqida gapirar ekan Vamberi xonlikning katta shaharlarida xaftada 1-2 marta bozor bo'lishligini, aholi bozorlarga juda chiroyli kiyimlarda borishligini, oddiy narsalar uchun ham bozorga borilishini aytadi. Xiva xonligini aholisining etnik tarkibi ham muallifning nazaridan chetda qolmagan. U xonlikda yashaydigan 32 qabilani sanab o'tadi. Garchi ularning tashqi ko'rinishi, fizik tuzilishi turlicha bo'lsada, o'zlari turli xil nomlar bilan aytilsada, hammasi o'zini bitta xalqqa yoki qabilaga, aynan bir urug'g'a tegishlimiz va o'zbekmiz deya faxrlanadilar -deydi Vamberi. Muallif Xiva shahri aholisining antropologik qiyofasini ham tasvirlaydi. Uning ta'kidlashicha Xiva uzbeklarida eroniy aralashma qiyofasi ko'proq va ular agar soqoli bo'lmasa tatarlarga juda o'xshaganlar. Xiva o'zbeklarining xarakterini ta'riflar ekan: "Ular toza qalb soddadilligi bilan maqtovga loyiqdirlar, ammo, atrofdagi ko'chmanchilar singari yovvoyi tabiatli.

Shunday bo'lishiga qaramasdan bu aholida boshqa sharq xalqlarinikiga o'xshamagan noziklik va ziyraklik mavjud. Ular usmonli turklar kabi yana nimadir qila oladigan xalqdir"-deydi.

Xorazm shaharlari Vamberida quydagicha beriladi; Xazarasp-Polvon ota kanali bo'yidagi mustahkam qal'a-shahar, bir qancha savdo rastalari bor. Aholisi o'zbek va sartlardan iborat. Xonka- kichik joy bir necha o'nta savdo rastasi bor. Urgench-Xivadan 31 km uzoqlikda . Xonlikning eng asosiy shaharlaridan biri. U qachonlardagi to'rtburchakli loy devor bilan o'ralgan. Devorning uzunligi 225 sajen kengligi 200 bo'lgan va Vamberi davrida uning qoldiqlarigina saqlanib qolgan xalos. Shaharda 300ga yaqin loy uylar bo'lib tartibsiz xolatda joylashgan. Shaharda jami 15

Scientific Journal Impact Factor

0

machit va 300 ta savdo rastasi mavjud bo'lib, jami aholisi 2 ming kishi. Bu yerda Xivaning badavlat savdogarlari yashagan va ular faqat savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug'ullangan. Boshqa hududdagilar bu yerga faqat biron narsa sotib olish uchun kelishgan. Kitay- bu yerda faqat xonning chordoqi bir nechta xususiy uylar joylashgan. Xo'jayli- mustahkamlanmagan shahar, 180ta uy 150ta savdo rastasi tartibsiz va tarqoq holda joylashgan. Qo'ngirot- atrofi bog' bilan o'ralgan xonning uyi,shaxar xokimi va 2 ta yordamchisining uyi, 7ta machit 315 ta savdo rastasi, devorlar bilan o'ralgan bir nechta xususiy uylar joylashgan. Hamma shaxarlar, uylar va rastalar bir xil uslubda, loydan qurilgan. Faqat badavlat kishilarning uylari yer maydonining kattaligi va ba'zi bir naqshlari bilan ajralib turadi. Toshdan qurilgan uylar deyarli yo'q. Qurilish materiallari faqat somon loy, terakdan ishlangan o'ralar, qamish, shoh-shabbalardan iborat bo'lgan.

1842 yilda Xivaga yana bir rus sayyohi topograf G.N.Zelenin rus diplomatlari bilan birga tashrif buyuradi va shaharning xaritasini chizadi. Uning chizgan xaritasi bo'yicha shaxarning ko'rinishi noksimon bo'lgan va unda 17 ta masjid 22 ta mahalla, 260 ta savdo rastasi joylashgan. 1873 yilda Lyusilin, 1905 yilda Rodionov va 1910 yillarda V.Lobachevskiylar ham Xiva shahri ko'rinishini tasvirlaganlar.

1922 yilda Matkarim naqqosh Xiva shahrining XX asrdagi ko'rinishini tasvirlaydi. U Ichon qal'adagi 4 ta darvoza, Deshon qal'adagi 10 ta darvoza nomlarini, 52 ta madrasa va 79 ta masjid, madaniy va diniy vaqflarga ajratilgan yerlar, ko'chalar , ma'muriy binolar, bozorlar, karvonsaroylar, ariq va hovuzlar ko'rsatib o'tgan.Uning ktasviricha shaharda hovuzlar ko'p bo'lgan. Shuning uchun u eng katta 10 tasini sanab o'tgan. Xovuzlar shaharni ichimlik suvi bilan ta'minlagan. Uning atrofida muzxonalar qurilgan ( Polvon, Bozor, Biy-to'ra, Bol, Chilla avliyo va boshqalar). Shahar ichida ko'l ham mavjud bo'lgan. Hatto xonadonlar soni ham uning nazaridan chetda qolmagan. O'sha paytlarda Deshon qal'ada 4044 ta, Ichon qal'ada 908 ta xonadon bo'lgan.

Rus mualliflari Xiva xonligi shaharlarining hayotini ta'riflar ekanlar, ularda umumiy xulosalar mavjud bo'lgan. O'sha paytlarda Xivada islom dini Buxoroga qaraganda kamroq rivojlangan. Bu holatni rus mualliflari Xivada forsiy tildagi adabiyotlarning ko'pligi, tildagi eroniy xususiyatlar, urf-odatlardagi islomdan oldingi marosimlar jiddiy bajarilishi, musiqa, qo'shiq va raqsga bo'lgan ishtiyoqning balandligi bilan ifodalaydilar. Biroq ta'limda islom dini o'rganishdan boshqasi yengiltaklik hisoblangan. Hatto, Mirab Mirxondning asarini 20 yildan beri sabr-toqat bilan tarjima qilayotgani va uni aytishga ham istihola qilishini ko'rsatib o'tadilar. Xivaliklar otchopar yoki ko'pkari musobaqalarini tashkil qilganliklari (bayramlarda

Scientific Journal Impact Factor

0

va nikoh to'yida) haqida ham rus mualliflari yozib qoldirganlar. Masalan, Vamberining yozishicha xar bir to'y 9,19,29siz o'tmagan. Ya'ni ko'pkari musobaqasida erishilgan g'alaba uchun 9 ta qo'y, 19 ta echki yoki 29 ta boshqa hayvon mukofotga olingan.

Garchi sayohatchilar turli davrlarda kelgan bo'lsalarda ularning asarlarida Xonlik aholisining tasviri yaxshi berilgan. Aytaylik, oila va nikoh munosabatlari, qalim masalalari, ijtimoiy tabaqalar, to'y va aza marosimlari tahlil qilingan. Dehqonchilikda ekiladigan ekinlar, chorva turlari, hunarmandchilik masalalari xam keng yoritilgan.

Biz ularning asarlari orqali xonlikda otlarning 3ta nasli : qirg'iz, qorabayir va arg'umoqlar bo'lganligini bilib olamiz. Qirg'iz oti kuchsiz, tarbiyalanmagan va faqat dala ishlarida foydalanilgan. Qorabayir esa qirg'iz oti va arg'umoqning chatishuvidan tug'ilgan. U kalta oyoqli, keng yag'rinli, kuchli va tez chopar ot. Arg'umoqlar esa toza turkman otlaridir va ular aslzodalikning qandaydir belgisi bo'lib, Xiva zadogonlarida bo'ladi xalos va juda qimmat turadi. Qiziqarlisi xonlikda otlarni ko'paytirishga e'tibor qaratilmagan va faqat turkmanlardan sotib olingan. Ammo, eshak va tuyalar juda ko'p bo'lgan va otga ehtiyoj kamroq bo'lmagan. Mualliflar Xiva aholisining katta qismi o'troq bo'lishiga qaramasdan transport vositasi sifatida faqat aravadan foydalanishlarini aytib o'tadilar.

Qiziqarli ma'lumot Xiva tibbiyoti haqida yozilgan. 1872 yilda Turkiston bo'ylab vabo tarqaladi ammo, o'sha davrda Xivada bo'lgan rus mualliflarining yozishicha bu xonlikda boshqa joylarga qaraganda vabo kam tarqalgan. Rus soldatlari deyarli kasallanmagan. Buni mualliflar Xivaning iqlimi bilan bog'laydilar. Ularning ma'lumotlariga qaraganida bu joyning xavosi toza, odamlari deyarli kasallanmaydi, shunday bo'lsada kamroq umr ko'radilar. Sababini esa turmush tarzini noto'g'ri tashkil etilganligi deb ko'rsatadilar.

Xulosa qilib aytganda, Xiva xonligi shahar-qal'alarining va aholisining etnografiyasi rus mualliflarining asarlarida ko'proq o'rganish mumkin. Zero, xar qanday chet el mualliflari biz uchun odatiy holatga aylangan va biz ilg'amaydigan narsalarga e'tibor qaratidalar. Zero, biz uchun kundalik hisoblangan ayrim masalalar ular uchun g'ayritabiiydir. Eng muhimi biz ularning asarlari orqali o'zimizni tahlil qila olamiz.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

REFERENCES

1. Поездка из Орска в Хиву и обратно совершенная в 1740-1741 годах Гладышевым и Муравьиным.СПб.Типография Министерство внутренных дел.1851.стр21

2. Замечание майора Бланкеннагелявпоследствие поездки его из Оренбурга в Хиву в 1793-94 годах.Изданы с объяснением В.В.Григорьевым. СанктПетербург. В типографии Морского минстерство. 1858.(из №3 Вестника Императорского Русского Географического общество в 1858) -стр.5

3. Муравьев Н.Н. Путешествие в Туркмению и Хиву.Москва.1822.стр 86

4. Ноткин И.И. Динамика городостраительного развития Хивы// «Архитектура и строительство Узбекистана». 1983. №10. стр.1 0-11

5. Вамбери А. Путешествие по Средней Азии.Москва. Восточная литература.2003. стр 155

6. Вамбери А. Путешествие по Средней Азии.Москва. Восточная литература.2003. стр 161

7. Наши соседы в Средней Азии.Хива и Туркмения. С-Петербург.Типография "Общественная польза".1873.стр125-127

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.