Научная статья на тему 'XALQ TABOBATIDA TABIBLARNING O’RNI. XALQ TABIBLARI ICHIDA O’ZIGA XOS IXTISOSLASHTIRISH'

XALQ TABOBATIDA TABIBLARNING O’RNI. XALQ TABIBLARI ICHIDA O’ZIGA XOS IXTISOSLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
972
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tabib / Bayoniy / “Shajarayi Xorazmshohiy” / toleychi / bog’lovchi / siniqchi / cho’p’chi / enaga / tepguvchi / isbandchi / giyohlar. / doctor / Bayoniy / “Shajarayi Khorezmshahiy” / fortune teller / binder / breaker / chopstick / nurse / kicker / weaver / herbs.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jumaniyаzova, Firuza Jumanazarovna-

Ushbu maqolada xorazm o’zbeklarining turmush tarzida tabiblarning o’rni va ularning ish faoliyatida o’ziga xos ixtisoslashtirish xolatlari to’g’risidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DOCTORS IN FOLK MEDICINE. SPECIFIC SPECIALIZATION IN TRADITIONAL DOCTORS

This article analyzes the information about the role of doctors in the lifestyle of Khorezm Uzbeks and the specifics of their specialization in their work.

Текст научной работы на тему «XALQ TABOBATIDA TABIBLARNING O’RNI. XALQ TABIBLARI ICHIDA O’ZIGA XOS IXTISOSLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XALQ TABOBATIDA TABIBLARNING O'RNI. XALQ TABIBLARI ICHIDA O'ZIGA XOS IXTISOSLASHTIRISH

Jumaniyazova Firuza Jumanazarovna-

Xorazm Ma'mun akademiyasi stajor tadqiqodchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xorazm o 'zbeklarining turmush tarzida tabiblarning o 'rni va ularning ish faoliyatida o'ziga xos ixtisoslashtirish xolatlari to'g'risidagi ma 'lumotlar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: tabib, Bayoniy, "Shajarayi Xorazmshohiy", toleychi, bog'lovchi, siniqchi, cho 'p 'chi, enaga, tepguvchi, isbandchi, giyohlar.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется информация о роли врачей в образе жизни хорезмских узбеков и специфика их специализации в работе.

Ключевые слова: врач, Байоний, «Шаджарай Хорезмшахы», гадалка, папка, ломик, палочка для еды, медсестра, кикер, ткачиха, травы.

ABSTRACT

This article analyzes the information about the role of doctors in the lifestyle of Khorezm Uzbeks and the specifics of their specialization in their work.

Keywords: doctor, Bayoniy, "Shajarayi Khorezmshahiy", fortune teller, binder, breaker, chopstick, nurse, kicker, weaver, herbs.

KIRISH

Manbalardan bizga ma'lumki qadimgi davrdan to xozirgi kungacha xalq tabobatida tabiblar alohida o'rin tutgan. Tabiblar turli xil dorivor giyohlar yordamida kasallar dardiga davo izlashgan. Aynan, XVII asr oxirlaridan to XX asr boshlarigacha tibbiyotga oid maxsus asarlar bo'lmasada, "Devoni Bayoniy", "Shajarayi Xorazmshohiy" ("Xorazmshohlar shajarasi"), "Xorazm tarixi" [1] nomli she'riy va nasriy asarlarida xalq tabobatiga oid ayrim fikrlarni uchratamiz.

MUHOKAMA NATIJALAR

Bayoniy o'zining asarlarida shirin so'z bemorlarni davolashi haqida aytib o'tgan. U "Shajarayi Xorazmshohiy" asarining boshida "...Bu jahoni napoydorda yodgor qo'ymoq yaxshidur va so'zdan baqoliroq va yaxshiroq yodgor yo'qdur". Bundan shuni anglash joizki, so'z bemorga yarim shifo deganidir.

Bu fikrni Bayoniy Munisning quyidagi she'ri bilan tasdiqlaydi:

Oriental Renaissance: Innovative, R

educational, natural and social sciences ( )

Scientific Journal Impact Factor

Amorat ila xotiring qilma shod, Tanosul bahosiga ham e'timod. Bori oqibat mun'adamdur bori, Agar so'ngra bo'lsin, vagar ilgari. Erur so'z oningdek mushayid bino Ki, yiqmas asosini seli fano.

Bayoniydan tashqari Komil Xorazmiyning asarlarida ham bemorni yaxshi so'z, muomala va musiqa orqali davolash haqida bir qancha ma'lumot va dalillar keltirilgan.

Bayoniy bir qancha asarlarni tarjima qilar ekan (Mavlono Darvesh Ahmadning "Hoyiful axbor" (1901), Abu Ja'far Muhammad bin Jarir at-Tabariyning "Tarixi Tabariy" (1902-03), Ali Muhammad al-Xiraviyning "Shayboniynoma" (1915), Abdulhaq Dehlaviyning "Maorijun Nubuvva", Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro") ular asosida Xiva shoirlari she'rlari ham kiritilgan "Haft shuaro" devonini tuzadi.

Bayoniyning asarlarida faktik materiallarining ko'pligi va voqealarni izchil bayon qilinishi bilan qimmatliroqdir" [2].

Bayoniydan tashqari o'z davrida tibbiyot bilan yana bir qancha shoir va mutaffakkirlar qiziqgan. Ular orasida Axmad Donish va Komil Xorazmiyni alohida ta'kidlash zarur. Ularning asarlarida xalq tabobatining turli xil shakillari o'z ifodasini topgan. Ular yozgan ma'lumotlardan axoli balki xonlik shifoxonalarida qo'llanma sifatida ishlatilgan.

O'zbekistonda XIX asrning oxirida kasalxonalar, dorixonalar va sog'liqni saqlash tizimining boshqa ob'yektlari kamaya boshlagan, tabiblar soni kamayib ketgan. Har bir shaharda madrasada ta'lim olgan uch-to'rtdan ortiq tabiblar ishlardi. Davolash usullari ham eskirib qolgan usullar edi. Bu usullar zamonaviy Yevropada foydalanilib kelingan davolash usullaridan ancha orqada qolgan edi. Shunday bo'lsa-da, bu tabiblar soni yetarli darajada emasdi. Shahar va qishloq xalqi faqatgina xalq tabobatidan foydalanishgan. Xalq tabobati - bu shunday davo yo'liki, bunda xalqning o'zi kasallikni davolash maqsadida o'zi bilgan usulni qo'llaydi. Bu usul ancha oddiy, lekin har doim ham foydali bo'lmagan. Xalq tabobatida qo'llaniladigan asosiy vositalari quyidagilar: shifobaxsh o'tlar, minerallar, hayvonlarning ba'zi bir a'zolari. Bunday vositalardan tabiblar maz, poroshok, damlamalar tayyorlanganlar. O'sha paytlarda bunday tayyorlangan dorilar «turkana dori» ya'ni «uy dorisi» deb atalgan.

Scientific Journal Impact Factor

Xalq tabobati kasallikni yo'qotishga qaratilgan. Bu davrda tabiblar nazariy bilimga ega bo'lmagan va kasallikni sababi hamda uning kechishi jarayoni bilan qiziqishmagan. Ular ba'zi kasalliklarning belgilarini aniqlashgan (yara, qorinda og'rik, tomoqda og'riq, va b.) va ularni mumkin bo'lgan yo'llar bilan davolashgan.

Kasallik belgilari orqali tabiblar quyidagi kasalliklarni aniqlashgan: qizamiq, bosqi, tepki, angina (miyakak), noma (el) difteriya (bo'g'ma), stomatit (og'iz og'rig'i), dispepsiya (chillashir), malyariya (bezgak), flegmona (xo'ppoz), furunkul (chipqon), lishay (temiratki), ekzema (go'sht yara), drakunkulez (rishta), pendinskaya yazva (yomon jaroxat) va boshqalar [3].

Belgilariga qarab ba'zi ichki kasalliklar va jarrohlik kasalliklarini ham aniqlashgan: gastrit (me'da kasalligi), o'pka yallig'lanishi (zotiljam), grija (churra), gemorroy (bovosil) va boshqalar. Bunday kasalliklarni davolashda quyidagi usullardan foydalanishgan. Ulardan bir nechtasini keltirib o'tamiz: qorin og'rig'I uchun opiy, reven, anor po'stining damlamasi, achchiq choy, yengil ovqat davo sifatida ishlatilgan. Nafas yo'li kasalliklari uchun esa lavlagi sharbati, dushitsa damlamasi va asaldan foydalanishgan; bezgak xastaligini davolashda esa anor po'stining damlamasi ishlatilgan.

Yana bir qancha kasalliklarning davosi xaqida gapirib o'tamiz. Masalan: chipqon chiqqan joyga qo'y yog'i so'rkab yara pishib yorilgunga qadar bog'lab qo'yishgan. Odamlarda toza va iflos yaralar haqida tushuncha bo'lgan. Yangi kesilgan va teshilgan yaralarga kul sepishgan. Kul birinchidan qonni to'xtatgan, ikkinchidan steril bo'lganligi sababli yarani yiringlamasdan bitishida yordam bergan.

Xonlik davrida xalq tabiblari ichida o'ziga xos ixtisoslashtirish bo'lgan. Masalan: uqalovchilar, teri bilan shug'ullanuvchilar, qon oluvchilar, rishtani davolovchilar, tish doktorlari va boshqalar. Shuni aytib o'tish kerakki, xalq tabiblari bir necha asrlik orttirilgan tajribaga asoslanib, sog'liqni asrash va kasalliklarni oldini olish maqsadida bir qator gigiyenik qoidalarni ishlab chiqishgan.

Ular orasida asosiy rol hammomga qaratilgan. Hammomda cho'milish sog'liqni saqlash va kuchaytirishda kerakli yo'l deb hisoblangan[4]. Gigenik qoidalardan yana biri ovqatlanishdan oldin va ovqatlangandan keyin, badanni sochli qismlarini tozalash, tishlarni tozalash va qo'l yuvishdir. Bu ba'zibir kasalliklarni oldini olgan. Bu kasalliklar zamonaviy tibbiyotda femoz va parafemoz deb nomlanadi.

Shaharlarda yaroqsiz oziq-ovqatlar natijasida kelib chiqadigan kasalliklar tarqalmasligiga katta e'tibor berilgan. Buning uchun shahar idorasi tarkibidagi

Scientific Journal Impact Factor

xodimlar bozorlardagi sotiladigan oziq-ovqatlarni, ayniqsa go'sht va nonni yaroqliligini tekrganlar.

Albatta gigenik qoidalarni bajarish qassoblardan ham talab qilingan. Ulardan quyidagi qoidalarni bajarish qat'iy talab qilingan: so'yishga faqat sog'lom va tetik mollarni olish, so'yilgan molni obdon tozalash, limfa bezlarini topib olib tashlash, qon va boshqa olib tashlangan joylarni chuqur qazib, u yerga tashlash. Professional qassoblarni asosiy qoidasi, molni so'yishdan oldin, bo'yniga chuqur pichok tortib, hamma qonini chiqarib tashlash bo'lgan. Agar mol shu tarzda so'yilmagan bo'lsa, u yeyishga yaroqsiz sanalgan, molni so'ygan qassob esa gunohkor (harom) deb hisoblangan.

Bunday gigenik qoidalar nonvoylardan ham talab qilinib, ularga nonni kunjut bilan yopish talabi qo'yilgan. Ovqatlanadigan joylarning egalari ovqatlarni o'ta sifatli mahsulotlardan tayyorlashlari shart edi. Shirinliklar sotuvchilari esa mahsulotlarini chivinlardan asrashlari kerak bo'lgan.

Xorazm o'zbeklariga eski vaqtlardan mahsulotlarni konservalash ma'lum bo'lgan. Ular mevalardan: uzum, o'rik, olma, nok, shaftoli, anjir, gilos, qovun va boshqalarni qurita olishgan. Deyarli hamma mevalardan murabbo qilishgan. Axoli qovurilgan go'shtni, qazini juda yaxshi saqlashgan. Uzoq yo'lga sayohatchilar va jangchilar o'zlari bilan yuqori koloriyali talqon, qovurilgan guruch va shakar olishgan, bu holatda u issiq va sovuq havoda uzoq vaqt saqlangan. Ifloslangan suv kasallik o'chog'i bo'lishi mumkinligi sababli ariq va boshqa suvlarni ifloslash, axlat tashlash taqiqlangan va gunoh sanalgan.

Xonlik davrida yuqumli kasalliklarni profilaktikasiga katta ahamiyat berilgan. Mohovlar uchun alohida qishloqlar tashkil etilgan. Asrlar davomida ishlab chiqilgan o'liklarni ko'mish qoidalari, ular bilan keyinchalik aloqa bo'lmasligi uchun ishlab chiqilgan.

O'likni yuvish uchun maxsus guruh -yuvgichlar bo'lgan va bu jarayon tugamaguncha, xonaga hech kimni kirishi mumkin bo'lmagan. O'lik oq mato bilan to'liq o'rab chiqilgan, tanasining hech qanday ochiq joyi qolmagan. O'likni yuvilgan suv chuqur qazib, o'sha yerga ko'milgan. O'likni kiyimlari yuviqchilarga berib yuborilgan, kiyim tekkan buyumlar esa yuvib tozalangan. Agar kimdir o'likni tashish yoki boshqa shunga o'xshash ishda yordam bergan bo'lsa, biron buyumga tegishdan oldin qo'llarini yaxshilab yuvishi kerak bo'lgan. O'lim bo'lgan oila uyida uch kungacha ovqat pishirilmagan, oila a'zolariga qo'shnilar ovqat pishirib olib chiqishgan. Shahar yoki qishloqqa uning tashqarisida o'lgan odamning jasadini olib

Scientific Journal Impact Factor

kirish taqiqlangan. Xalq orasidagi bu qat'iy gigiyenik qoidalar, o'rta asrlarda Yevropada sodir bo'lgani kabi epidemiyalarni oldini olishda qo'l kelgan.

Bemorlarni davolashda tabiblardan tashqari diniy kishilar - eshonlar, mullalar, otinlar ("Qur'on"ni o'qiydigan ayollar) ham shug'ullanishgan. Diniy kishilar bemorlarni "Qur'on"ning suralarini, ba'zi duolarni o'qish orqali davolashgan. Duolarni o'qish paytida bemor qurbonlik uchun so'yilgan molni terisiga o'ralgan holda bo'lgan. Molni qoni bemorni tanasiga surkalgan. Qurbonlikning ma'nosi bemor o'limini hayvon o'limi bilan almashtirish bo'lgan.

Eshonlar, mullalar davolashda "Ezib ichki" (xatni ichish) nomli usuldan ham foydalanishgan. Mulla duoni idish ichiga tush bilan yozgan, bemor esa bu idishga suv solib, duoni chayib ichishi kerak bo'lgan. Teri kasalliklarida esa bu duolar terini zararlangan joyiga yozilgan. Bundan boshqa ham bar qancha davolash usullari bo'lgan. Otin oyilar bu usullarni ayollarda qo'llagan. Masalan, ayollar va bolalar yomon ko'z ta'sirida kasal bo'ladi deb hisoblanganda.

Diniy ilm ahllarida "Kinna solish" va "suflash" kabi metodlar ham bo'lgan. Birinchisi qorin og'rishida, bosh og'rishida ishlatilgan, bunda kinnachi idish olib, uni mato bilan yopgan va zararlangan a'zo ustida ushlab turgan va duo o'qigan. "Suflash" bo'lsa bu yengil kasalliklarda ishlatilgan bo'lib, unda non bo'lagi ishlatilgan.

"Parixonlar" ham alohida guruhni tashkil etgan bo'lib, ular qirq kunlik ro'za tutish orqali ruhlar bilan gaplasha olishi va bemorlar uchun rahm so'rashi kuchlarga ishonganligi sababli tumorlar, ko'zmunchoqlardan foydalanishgan.

Xonlik davrida xivada Gadoyniyoz ismli sartarosh bo'lib, u Muhammad Rahimxon Soniyning xizmatida bo'lgan[5]. Soch-soqol olayotgan vaqtda dildan suhbat orasida uqalash, boshni sipalash, siqish, bo'yinni tovlash. quloqlarni shaqillatish kabi usullar bilan bir qatorda ayrim o'smalar, sizlaq (frunkul), bod, toshmalarni ham tekislab ketgan. Ammo shaddod o'g'li Avaz O'tarning hurriyatparvar ijodi oqibatida, Asfandiyor davrida saroydan chetlatilgan. Bugungi kunda O'tar boboning Kalta minor yaqinidagi uy-muzeyida ayrim tibbiy asbob-uskunalar ham qo'yilgan.

Xiva xoni Muhammad Rahimning saroy tabibi Ahmad Tabibiy ham tibbiyotga oid bir necha asar yozib qoldirdi.

XX asrning boshlarigacha Xivadagi kichik ambulatoriya[6]dan tashqari boshqa davolash muassasalari bo'lmaganligidan bemorlar besavod va johil sohta tabiblarga, folbinlarga, mulla yoki eshonlarga va boshqalarga umid bilan murojaat qilganlar. Ular esa bemorlarning qo'liga qarab turar, natijada kambag'al bemor ham

Scientific Journal Impact Factor

pulidan, ham sog'ligidan ayrilgan. Bemor chorasiz hollarda yuqoridagi savodsiz "tabib" va aldamchilarga murojaat qilishardi.

Xalq tabiblari ichida quyidagicha ixtisoslashtirish mavjud bo'lgan. Masalan: Tabiblar - ichki kasalliklarni bemordan faqat so'rash bilan aniqlab, o'zi giyohlardan tayyorlagan dorilar va parhez bilan davo topganlar.

"Siniqchi" - qo'l yoki oyoq suyaklari singanda, bo'g'imlardan chiqqanda tovuq tuxumini xom holda surtib, qamish yoki tayoq bilan suyak va bo'g'imini o'z joyiga solib, tortib bog'lab qo'ygan[7].

"Cho'pchi" - ko'z, quloq, tomoq bo'shlig'idan (ko'pchilik hollarda bolalarda) tushib, kirib yoki tiqilib qolgan narsalarni olgan.

Enaga momoning homilador xotinlarni tug'ish paytida ko'maklashib turishi tug'diruvchi doya sifatida ko'p hollarda nafi teggan.

Tepguvchi - quloq oldi, jag' osti bezlari kasallanib shishgan vaqtda oyog'i bilan shu joyini sekingina tepib, ko'ngil beradigan egizak bolalar tuqqan ayollardan chiqqan.

Isbandchi - qumloq va qir joylarda o'sadigan isiriq nomli o'simlik shohchalariga tuz, garmdori, ko'ngilga gumonli narsalardan, kiyimlardan zarralar, bo'lakchalar qo'shib, o'tni tutatish beruvchi yo'l bilan uydan, bemor tanasidan yomon ruhni, kasallikni jinni quvadigan bo'lgan.

Bog'lovchi - qora yigiruv ipini bog'lam qilib bemorning bo'yniga, oyog'iga qo'liga ta'qib, ya'ni bog'lab kasallikni paydo qilguvchi qo'rinmas "kuchni" bemor tanasidan quvguvchi edi. Bog'lovchining bu usulini ko'pincha bezgak bilan og'rigan bemorlarga ishlatilgan.

Toleychi - baxtni, kasalliklarni kitobga qarab topishga harakat qilgan.

Baqachi - odam qornida qurbaqa paydo bo'lib, oshqozon ishini buzadi degan maqsadda bemorga go'sht parchasini yuttirib, baqani tortib oladi. Gipnoz sharoitida alahsab yotgan bemor buni rostmi deb o'ylagan.

"Sartarosh" - bemor tanasini ozgina kesib qon chiqarish yo'li bilan bemorning kasalligini xaydagan.

Folbin - asab kasalliklarida "jin quvish", "kinna chiqarish" kabi usullar hamda qo'liga qarab kasalliklarning sababini aytadigan, ba'zida esa ko'za, tos va suv ishlatib, nog'ora o'yini bilan bemorga psixologik ta'sir ko'rsatadigan kishi bo'lgan.

Mulla duoxonlar - bemorlarni "alvasti bosti", "jin urdi", "jin qoqdi" deb, ilohiy kuch bilan ta'sir qilish usulida duo yozib berish bilan kasallikni quvmoqchi bo'ladiganlar yoki yomonlikdan saqlashga jazm qilguvchilar edi[8].

Eshon - "Qur'on"dan suralar o'qib ta'sir o'tkazishga uringan.

Scientific Journal Impact Factor

Yuqorida qayd qilingan soxta davolovchilar aksariyat holatlarda bemorlarning dardlarini og'irlashtirib, tashvish orttirganlar. Bulardan tashqari shu davrlarda bemorlar kasalliklardan qutulish, davolanish maqsadida avliyo — go'ristonlarda yotganlar, quduqlardan "oliy suv" ichganlar. Masjid va xonaqohlarda turganlar. Havoning jazirama issiq kunlarida qum etaklarida, o'zining ahvoliga to'g'ri kelsa ham, kelmasa ham issiq qumga va tuz konlarida tuzga ko'milganlar. Naf tegish tegmasligini bilmasdan ko'p muolajalarni "tabiblar" ko'rsatmasi bilan bajarganlar. Soxta tabiblar xalqning savodsizligi, malakali shifokorlar va tibbiy muassasalar bo'lmaganligi sababli zuluk kabi kun ko'rganlar.

Shu vaqtda yirik shaharlardagi madrasa va bozorlarda qobiliyatli tabiblar bemorlarni o'z kulbasida qabul qilganlar, o'zlari tayyorlagan va sinalgan dori vositalari bilan shifo berishga harakat qilganlar. Ularning ayrimlari tibbiy qo'lyozmalarning qadrini bilgan va ulardan foydalanganlar ham. O'ta qobiliyatli va nomi chiqqan tabiblar Xivaga xon saroyiga chaqirilgan yoki xizmatidan badavlat odamlar foydalangan. Asksariyat fuqarolar deyarli tibbiy xizmatni olishga imkon topmaganlar. Nochorlikda odamlar umrini yolg'iz yaratgandan iltijo qilib, salomatlik va kasallik orasida o'tkazganlar. Mazkur holat XIX-asrning ikkinchi yarmigacha saqlanib turgan.

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin. Xar bir davda har bir xalqning tabiblari bo'lib, ular kasalni davolash usuliga qarab: siniqchi, cho'pchi, tepguvchi, isbandchi va shu kabi turli nomlar bilan atalishgan. Bunday tabiblar kasallikni belgilariga qarab aniqlashgan va turli xil dorivor giyohlar yordamida surtiladigan, ichiladigan dorilarni tayyorlashgan. Bunday davolash usullari qadimgi davrdan to xozirgi kungacha etib kelgan.

REFERENCES

1. Абдуллаев О.Б. Хоразмлик тарихчи олимлар. - Урганч: УрДУ, 2007. - Б 49.

2. Йулдошев М. Хива давлат хужжатлари. 2 жилд. - Тошкент: Уздавнашр, 1960; Муниров К. Мунис, Огахий ва Баёнийнинг тарихий асарлари. — Тошкент. 1960;

3. Путевые заметки майора Бланкеннагелья о Хиве. Поездка сего из Оренбурга в Хиву 1793-1794 гг. Коммент. проф. В.В. Григорьева // ВИРГО. - Ч. 22. Под ред. В.П. Безбородова. — СПб., 1858

4. Умид Бекмухаммад. Хоразм тарихидан сахифалар. — Тошкент: Янги аср авлоди, 2009.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

5. Махмудов М., Шерипов У. Хива хонлиги тарихи. — Урганч: УрДУ, 2013.

6. М. Гойибов, Ш. Жуманиёзов "Хива тиббиёти" - Тошкент: Истиклол нури, 2013.

7. Dala ma'lumotlari: Urganch tumanidan Yaqubova Xajibibi. 2021 yil 15 iyul.

8. Dala ma'lumotlari: Yangiariq tumanidan Sa'dullaeva Natasha. 2021 yil 18 iyul.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.