Научная статья на тему 'XIVA XONLIGIDAGI MANSAB VA UNVONLAR'

XIVA XONLIGIDAGI MANSAB VA UNVONLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5285
478
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm vohasi / Xiva xonligi / mansab / unvon / Kengash / inoq / otaliq / biy / qo’shbegi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ibragimov Alisher Bazarbayevich, Musayev Ravshan Mansurovich, Marimov Muzaffar Erkinovich

Ushbu maqolada Xorazm vohasi hududida joylashgan, qadimgi davrlarda o’zbek davlatchiligi rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan Xiva xonligidagi mansab va unvonlar haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIVA XONLIGIDAGI MANSAB VA UNVONLAR»

JffiTALQINVA *<il]

\-/TADQIQOTLAR No3 2022

ilmiy-uslubiy jumaU

YTVA \n\i ir:iHAr:i \I\\<s\l? va TTTWOIVT AR

XIVA XONLIGIDAGI MANSAB VA UNVONLAR

#

>

moi

Ibragimov Alisher Bazarbayevich Musayev Ravshan Mansurovich Marimov Muzaffar Erkinovich

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 18-son maktab

Im

tarix fani o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7240893

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm vohasi hududida joylashgan, qadimgi davrlarda o'zbek davlatchiligi rivojlanishiga juda katta hissa qo'shgan Xiva xonligidagi mansab va unvonlar haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: Xorazm vohasi, Xiva xonligi, mansab, unvon, Kengash, inoq, otaliq, biy, qo'shbegi.

>>

Xorazm vohasi qadimgi davrlardan o'zbek davlatchiligi shakllanishida va

&

w-

rivojlanishida alohida o'ringa ega hududlardan biri hisoblanadi. Shu sababli Xorazm vohasi, xususan, Xiva xonligi davri tarixni o'rganish bugungi kunda ham O'zbekiston tarixining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, Xiva xonligidagi mansab va unvonlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak, ma'lumki, XVII asrda Xivada

w-1 J>

muayyan bir sulola hukmdor emas edi. Chingiziylar sulolasiga mansub ba'zi shaxslar Xivaga chaqirilib xonlik taxtiga ko'tarilgan bo'lsa-da, amalda hokimiyat qo'ng'irot sulolasidan bo'lgan inoq qo'lida bo'lgan. 1804 yildan boshlab faqat Qo'ng'irotla r

sulolasi vakillari Xivada xon bo'lganlar.

Xiva xonligida unvon va mansablarni saroy, harbiy va diniy unvon hamda va amallarga bo'lish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha (Sh. Vohidov) bu tasnif sof

tio^nriir KA'IIK oclirlo vnnliV rloxrnrlo mnoinron nmrAn T ro moncoKlnr OAKolnr

nazariy bo'lib, aslida xonlik davrida muayyan unvon va mansablar sohalar bo'yicha

*

berilmagan. O'sha vaqtda amaldor va unvon egasi ko'pincha xonga nisbatan shaxsiy sadoqati, qavmi yaqinligidan bir mansabdan boshqa mansabga o'tib, unvonlar sohibiga aylangan. Xonlikda eng oliy unvon xon bo'lib, u ma'muriy, siyosiy va harbiy vakolatlarga ega bo'lgan.

Xiva xonligi davlat tizimida Buxoro amirligi va Qo'qon xonligidan farqli

o'laroq, xon huzurida Oliy Kengash amal qilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, bu Oliy

Kengashni Muhammad Rahimxon I "o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun ilgari

inoq va otaliqlar boshliq bo'lgan urug' oqsoqollari kengashi o'rniga ta'sis etgan edi.

Bu Oliy Kengashga turli da'vo va jinoiy ishlarni ko'rish va qaror chiqarish huquqini

berdi." Bu Kengashning vakolati chegaralangan bo'lib, maslahat beruvchi organg a . , , . . , , . ......

o'xshar, uning a'zolari eng yuqori mansab va unvondagi amaldorlar bo'lgan. Kengash majlisida boshqa amaldorlarga qaraganda qo'proq inoq, shayx ul-islom,

•"^lÄr8'- gj y j

JffiTALQINVA M.^;

\-#TADOIQOTLAR No, 2022

№3 2022

ilmlyuslublyjumali l"-,J

miiif-iwuuif juman

1 ]JML J s

devonbegi va yasuvulboshi hal etuvchi ovozga ega bo'lganlar. Kengash majlislari

_ _

masalaning muhimligiga qarab, xon tomonidan chaqirilar edi. Oliy Kengash oqsoqollardan, ya'ni, ma'lum mansab va unvon egalaridan, chunonchi, naqib, shayx

' ' 0 ' ' ul-islom, mutavvalli, mirob, qozi, farmonchi, darg'a, shig'ovul, dasturxonchi, arbob,

bm j

miroxo'r kabilardan iborat edi. Shuningdek, xonning qarindosh urug'laridan bo'lgan beklar, otaliq, inoq va biylar ham bu kengashga kirganlar.

Bu tor doiradagi Kengash garchi davlat tashkiloti sifatida rasmiylashtirilmagan

>M,

*

bo'lsa-da, uning qarori xonning qaroridek ko'rsatilsa-da, amalda yuqori qonun chiqaruvchi ma'muriy va sud hokimiyati edi. Kengash xonlikning ichki ishlariga doir hamma masalalar bo'yicha qaror qabul qilar va xonlikning boshqa davlatlar bilan bo'lgan tashqi munosabalariga doir muammolarni hal etar edi. Garchi Kengash davlatning turli-tuman ichki va tashqi ishlarini muhokama qila olsa-da, muhokama qilingan masalalar bo'yicha qaror chiqarish avvalo xonning xohish - irodasiga bog'liq bo'lgan.

v^ n finfATriHom TimrAtilai* Aro ri i ri n an rr VnHnn i-nrvn cxr\-t I Innlnn itiAnlor on rv

Xon saroyidagi unvonlar orasida eng kattasi inoq edi. Odatda inoqlar eng

>

*

qudratli o'zbek urug'laridan tayinlangan hamda hamda ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo'lgan. Inoqlar yirik amaldor, ya'ni urug' boshlig'i hisoblangan. Abulg'ozixon tantanali marosimlarda o'tirish uchun inoqlarga o'z yonidan to'rtta joy

ajratgan. Inoqlar biy, sulton, mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar bek martabasiga tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma'muriy mansab egalariga aylanadilar. Quyida Xiva xonligidagi ayrim unvon va mansablar haqida to'liq ma'limot berib o'tmoqchimiz:

Otaliq - urug' oqsoqoli. Inoq boshliq to'pa (guruh) ga birlashgan urug' boshlig'i. Xonning eng yaqin maslahatchilaridan biri bo'lgan. Otaliq qilich va pichoq taqib yurgan.

Biy - saroy unvoni. Inoq va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va urug'ning boshlig'i hisoblanib, ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi turkiy xalqlarning, jumladan o'zbeklarning urug' oqsoqollariga beriladigan unvon edi. XVII-XIX asrlarda biylar yirik o'zbek qabila va urug'lariga boshchilik qilib, faqat markaziy hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan.

Amir ul-umaro - Amirlarning amiri, Xiva xonligida XIX asrning o'rtalarida

J-jt

ta'sis etilgan. Sayid Muhammadxon bu unvonni birinchi marta o'zining akasi Sayid Mahmud to'raga bergan edi. Muhammad Amin inoq hukmronligi davrida amir ul-umaro uning akasi Fozilbiy edi. O'shandan keyin amir ul-umaro unvoni hech kimga berilmagan.

Qo'shbegi - Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri bo'lib, moliya va soliq yig'ish ishlarini bajargan. Qo'shbegining maxsus devoni hamda unga tobe etuvchi amaldorlari bo'lgan.

>q ] i )> >

u>,* ^ «KQs

TALQIN VA

TADQIQOTLAR No3 2022

UmlyKHublyjumali

) >

Mehtar - katta, ulug' degan ma'noni beradi. Mehtar saroy xizmatkorlarining boshlig'i vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va xon urug'iga mansub a'yonlardan tayinlangan. Mehtarning ham o'z devoni bo'lib, yer solig'i "solg'ut" to'plash ham uning xizmatiga kirgan.

Beklarbegi - Qoraqalpoq va ko'chmanchi xalqlarning oqsoqollariga beriladigan faxriy unvon. Beklarbegining vazifasi ularning o'z urug'laridan yig'iladigan xarajatlarning to'g'riligini tekshirib turish va ularni to'la ravishda xazinaga topshirish

i ] > '

ustidan nazorat qilishdan iborat bo'lgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda xonning qarindosh-urug'laridan tayinlangan.

Bek - XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol o'ynaganlar. Bek - xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga ^j^v^ beriladigan faxriy unvondir.

Parvonachi - xon saroyidagi oliy vazirlardan biri. Parvonachi saroyning ichki va tashqi ishlarida ham faol qatnashishi mumkin bo'lgan. U arzu-shikoyatlarni xonning huzuriga olib kirib, javobini qaytargan. Shuningdek, parvonachi xonning formonlarini saroy a'yonlariga yetkazib turgan.

Eshikoqosi - saroy darvozalarini qo'riqlash ishlarini boshqargan. Oybolta uning mansab alomati bo'lgan. Hukmdor saroyda bo'lgan vaqtda eshikoqosi uni qo'riqlash

pr 1 I - w

bilan shug'ullangan. Eshikoqosi arzgo'ylarning nima xususda kelganlarini surishtirib,

ularni saroydagi tegishli amaldorlar tomoniga jo'natar edi. Faqat juda muhim xabarlar bilan kelgan kishilargina xon huzuriga kiritilgan. Saroyda darvoza ortida turadigan qorovullar va maxsus darvoza qo'riqchilaridan tashqari xonni qo'riqlaydigan tunqator

m?

yoki tunotarlar, ya'ni, kechasi bilan xonni qo'riqlab chiqadigan xizmatchilar ham bo'lgan.

Mahram - ishonchli xizmatkor, sidqidildan xizmat qiluvchi saroy ichkarisidagi xodim ma'nolarini anglatadi. Mahramlar xonga yaqin kishilar hisoblangan. Davlat boshqaruvida ular bevosita xonning maslahatchilari bo'lishgan. Mahramlar xonning oromxonasiga kirish huquqiga ega bo'lganlar.

Xiva xoni saroyida yana quyidagi unvon, mansab va vazifalar mavjud bo'lgan: oftobachi, buxchabardor, soatbardor, kitobdor, mo'zabardor (xon poyabzalini beruvchi), sharbatdor, mahram boshi (yuqori lavozim hisoblangan), to'shakchi, karnaychi, surnaychi, jarchi, oshmehtar (xon va saroy oshxonasi boshlig'i), sorbon (tuyachilar), kamon xalfa (ovchi, qushchi), merganlar, sayis (ot boquvchi), ko'mirchi, kuchanchi (egar-jabduqchi), tamakisoz, loykash, kulol, xodimchi, ro'molchi, selobchi

(jom ushlab turuvchi), poyaki (chilimchi), aravachi, noschi, qilichkor (qilich va

тъ

>í>

shamshir yasovchi), oshpaz, tovoqchi, darakchi (otchopar), jirchi (ashulachi), Ш yo'nuvchi (duradgor), devon (mirzaX mushrif (ozuqa yig'uvchi), bojbon (zakotchi) va boshq. Ularning barchasi saroy xazinasidan maosh olganliklari haqida ma'lumotlar bor. Saroydagi umumiy tartibni arbob nazorat qilgan.

> ¿j 1Й*

! Js * ¡J

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubiy jumali

№3 2022

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, XVI - XX asrning boshlarida mavjud bo'lgan Xiva xonligi - O'zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o'z o'rniga ega bo'lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o'ziga xos tomonlari o'rganishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi O'zbekiston tarixining ajralmas qismidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bohodir Eshov, «O'zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi», Toshkent-

2012.

2. Xorazm safari kundaliklari. - Toshkent. Yangi asr avlodi, 2009.

3. O'zbekiston tarixi. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: DONISHMAND ZIYO,

2020.

Ы*

ы>

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

! >5>

Ы )>

] >4>

Ы >

ой:

m

ш>

! >1 l3>-

m>

ы p ] >i> Ы >

i >j>

+H >

л w> -

Ы*

4. www.ziyo.uz

5. www.shosh.uz

-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—

176

jW^ У

q ж**

ЩУ>

l>3»=

lM>

С J

з*н >

q >3*

slH >

J , <M

q

Ш > Ы >

q

i'H >

^N >

ЦМ >

q q

Ы >

q щъ q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.