Научная статья на тему 'XIX ASR OXIRI − XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA KONCHILIK SANOATINING FAOLIYATI'

XIX ASR OXIRI − XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA KONCHILIK SANOATINING FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Musayev N.U, Saidmurodova M.S

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston oʻlkasining katta qismi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin bu hududlarni kezib chiqishgan rus sayyohlari va konchilik muhandislari bu yerda tabiiy boyliklarning koʻpligi va turli-tumanligini koʻrib hayratga tushishgan. «…Turkistonda qazilma boyliklar nihoyatda moʻl, -deb yozgan edi, muhandis P.S.Nazarov, -deyarli hech kim kelajakda oʻlkaning Ural yoki Birinchi jahon urushidan oldingi Belgiya kabi kon sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasida boʻlishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Аmmo, u allaqachon ikkinchi Ural yoki Belgiya boʻlgan edi. Oʻlkaning konchilik sanoati xalqaro miqyosda rivojlangan bir vaqtda Rossiya davlati yoʻrgakda edi, yilnomachining yozishicha, bizning ajdodlarimiz hali hayvoniy odatlarini tark etmagan edilar». Oʻlka aholisining qadimdan konchilik bilan shugʻullanib kelganligini bu yerda saqlanib qolgan qadimgi konlarning qoldiqlari, qazib olingan togʻ-togʻ toshqollar ham tasdiqlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIX ASR OXIRI − XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA KONCHILIK SANOATINING FAOLIYATI»

XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA KONCHILIK SANOATINING FAOLIYATI

1Musayev N.U., 2Saidmurodova M.S.

1O'zMU, Tarix fakulteti t.f.d. professor O'zMU, Tarix fakulteti tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.12623434

XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o'lkasining katta qismi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyin bu hududlarni kezib chiqishgan rus sayyohlari va konchilik muhandislari bu yerda tabiiy boyliklarning ko'pligi va turli-tumanligini ko'rib hayratga tushishgan. «...Turkistonda qazilma boyliklar nihoyatda mo'l, -deb yozgan edi, muhandis P.S.Nazarov, -deyarli hech kim kelajakda o'lkaning Ural yoki Birinchi jahon urushidan oldingi Belgiya kabi kon sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasida bo'lishi mumkinligini tasavvur ham qilolmaydi. Ammo, u allaqachon ikkinchi Ural yoki Belgiya bo'lgan edi. O'lkaning konchilik sanoati xalqaro miqyosda rivojlangan bir vaqtda Rossiya davlati yo'rgakda edi, yilnomachining yozishicha, bizning ajdodlarimiz hali hayvoniy odatlarini tark etmagan edilar». O'lka aholisining qadimdan konchilik bilan shug'ullanib kelganligini bu yerda saqlanib qolgan qadimgi konlarning qoldiqlari, qazib olingan tog'-tog' toshqollar ham tasdiqlaydi.

Konchilik quduqlarini qazishda turli usullardan foydalanilgan. Jumladan, Chang'irtosh neft konlariga tog' yon bag'irlaridan yonlama usulda 63 gazgacha qazilgan lahmlar orqali borilgan. O'sha davr mualliflaridan birining yozishicha: "Bundan 40 yillar ilgari ham (Farg'onada) shunday konlar mavjud bo'lib, hozirda ularning 17 tasi ma'lum" [Иванов: 9]. Neft olish uchun quduqlar ko'proq neftli buloqlar mavjud bo'lgan joylardan tanlangan.

Qo'qon xonligining so'nggi yillarida rus sanoatchilari Farg'ona vodiysidagi neft konlarini qidirishgan. 1868-yil boshlarida Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufmanning ta'siri va tazyiqi ostida Xudoyorxon bilan imzolangan «Savdo bitimi»ning 1-moddasida «Rossiya savdogarlari uchun Qo'qon xonligining barcha shahar va qishloqlarida bemalol savdo-sotiq bilan shug'ullanish imkoni beriladi...» deyilgan. K.P.Kaufman Xudoyorxondan xonlik hududlarida rus «sanoatchi va tadbirkorlari»ga tog'-konchilik ishlari bilan shug'ullanishga ruxsat berishini so'ragan. Xudoyorxon foydalanilayotgan konlardan olib ketilayotgan mahsulotlarning 1/10 qismini xonning xazinasi foydasiga o'tkazish sharti bilan ruxsat bergan. 1868-yilning yozida savdogar Fyodorov ham Moybuloq neft buloqlaridan foydalanish uchun Xudoyorxondan ruxsat olgan.

XIX asr o'rtalarigacha Qo'qon xonligida yonilg'i mahsulotlari-neft va toshko'mir qazib olish mashaqqatli ish hisoblanib, mahalliy hunarmandlar neft mahsulotlarini juda oddiy usullarda qazib olishgan. Xususan, neft topilgan quduqlar suvga to'ldirilgan va yuzaga chiqqan neftni tog' shuvoqlaridan yasalgan supurgilar bilan sidirib olingan. Shunday usulda Namangandan 40 km. masofada joylashgan «Moybuloq» konidan bir kecha kunduzda 60 pud (960 kg) gacha neft qazib olingan. Shuningdek, Qo'qon tumanidagi Romitan qishlog'i yaqinidan ham neft qazib olingan. Bu yerdagi quduqlarda kuniga o'rtacha 2 chelak atrofida neft to'plangan. Olingan neft aravalarda Marg'ilonga keltirilgan va bu yerda maxsus idishlarda qizdirilib, undan kerosin olingan.

Qo'qon xonligida ham neft konlarini qidirib topish va ulardan foydalanishga alohida e'tibor berilgan. Neft qazib olish ancha mashaqqatli ish bo'lib, hukumat konchilik ishlari bilan shug'ullangan kishilarni baholi qudrat rag'batlantirib ham turgan. Jumladan, Muhammad Aziz Marg'iloniy 1875 yili Oltiariq bilan Chimyon oralig'idagi dashtdan qadimgi neft qudug'ini

topgan yigitning fikrini quyidagicha bayon qilgan edi: « Yer ostiga archadan qilingan zinani ko'rib nihoyatda taajjublandik. Zohiran burun zomonda o'tgan podsholar shunday yog'larni izlashib, topgan joylaridan yer ostiga zinapoya qilishganligi va yog' olib chiqqanliklari ma'lum bo'ldi. Chunonchi, u ko'rgan odamlarning muvajjibi tahsini (tahsinga loyiq) va hayratiga sabab bo'ldi» [^aMonxo^H: 28].

Turkistonda Rossiya imperiyasi hukmronligi o'rnatilgach, konchilik sanoati ishlarini ilmiy asosda o'rganish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borildi. Jumladan, 1869-yili 19-dekabrda K.P.Kaufman topshirig'i bilan Turkiston general-gubernatorligi huzuridagi konchilik ishlari rahbari A.S.Tatarinov kimyo laboratoriyasini tashkil qildi. Laboratoriya ishida Mushketov, Romanovskiy, Severtsov, Middendorf kabi olimlar, Mishenkov, Davidov, Meyer, Ivanov, Lopushinskiy kabi tog'-kon injenerlari qatnashishgan. Laboratoriya olimlari o'lkaning tabiiy boyliklari oltin, kumush, mis rudasi, qo'rg'oshin, temir va toshko'mir konlarini, keyinchalik tuz, neft, grafit hamda qurilish materiallari, qimmatbaho toshlarni aniqlashga jalb qilingan.

Turkiston o'lkaning tabiiy boyliklari Rossiya imperiyasi ishbilarmonlarni tezda o'ziga rom qildi. Ular o'lkaga kelib neft, toshko'mir, ruda, turli minerallar va boshqa qazilma boyliklarni qazib olish ishlarini boshlab yubordilar. Ayniqsa, Rossiyada neft sanoati bilan bog'liq moliya-kapitalistik munosabatlar nisbatan yaxshi yo'lga qo'yilganligi natijasida u maksimal darajada mablag' bilan ta'minlana boshlagan tarmoqlardan biriga aylandi. Boshqa tarmoqlardan farq qilib, neft sanoatining nafaqat ichki, balki jahon bozorida ham ahamiyati oshib bordi. Natijada, Rossiya neft sanoati o'ziga chet el kapitalini jalb qiluvchi asosiy tarmoqlardan biriga aylandi. Rus ishbilarmonlari bilan hamkorlik qilgan chet el kapitali Turkistonga ham kirib keldi. Neftning asosiy qismi Kaspiy bo'yi viloyatining Nebitdag, Cheleken oroli, Qizil Arvat, Bola-Eshim degan joylarida, Farg'ona viloyatining Qo'qon, Marg'ilon va Namangan uezdlarida jadal qazib olina boshladi.

Aka-uka Nobellardan keyin, 1882-yildan boshlab sanoatchi S.Palashkovskiy Cheleken orolining turli joylarida 14 ta quduq qazdirgan. U 12 yil davomida olib borilgan qazish ishlariga 600000 rubl atrofida mablag' sarflasa-da kutilgan natijaga erisha olmagach, 1893-yili qazish ishlarini to'xtatishga majbur bo'ldi [A.Po^geHCTBeHCKHH]. Palashkovskiy xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida Cheleken orolidan birinchi bo'lib ozokerit (tog' mumi) qazib olishni yo'lga qo'ygan bo'lishiga qaramasdan, olgan daromadi ketgan harajatlarini qoplay olmadi.

«Aka-uka Nobellar» shirkati orolni tashlab ketmadilar, balki 1890-yilgacha bo'lgan ijara muddatini cho'zdilar va qo'shimcha quduqlar qazishga kirishdilar. Natijada, oroldagi uchta uchastkada quduqlar soni ko'paytirilib, ulardan 1903-1905-yillarda to'xtovsiz neft qazib olina boshlandi. Birinchi uchastkadan 1904, 1905-yillarda 360, 240 pud, uchinchi uchastkadan (fontan bo'lib chiqqan) 2500, 5120 pud neft olingan. 1906-yili bu konlar bor yo'g'i uch hafta ishlab 141,2 pudgina neft qazib olingan. Bu vaqtda jahon bozorida neft mahsulotlari arzonlashib, Boku neftining ham narxi tushib keta boshladi. Bunday vaziyatda Boku neftiga nisbatan sarf harajatlari ortiqcha bo'lgan Cheleken nefti raqobatga bardosh bera olmadi.

Turkiston neft sanoatining qulay imkoniyatlari bo'lishiga qaramasdan, uning sekin rivojlanishiga quduqlarning neft chiqarish quvvati kamayganligi, malakali ishchi kuchi, zarur texnik jihozlarning yetishmasligidan tashqari, Cheleken orolida o'rnashib olgan «Aka-uka Nobellar» shirkati Dog'iston-Cheleken aktsionarlik jamiyatini tuzib, Turkistondagi boshqa neft shirkatlarini ma'lum darajada cheklab qo'yishga erishganliklari ham sabab bo'layotgan edi. Buning natijasida shirkat Baku neftini «Chimyon» jamiyati orqali sotishdan katta foyda ola boshladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, konlarning yirik shirkatlar ixtiyoriga o'ta boshlaganiga qaramasdan, neft qazib olish korxonalarning samaradorligini oshirishda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmadi. Yirik firmalar o'rtasidagi raqobatlar ularning inqirozini ham tezlashtirdi. Masalan, Turkiston neft bozorida o'z monopoliyasini o'rnatish maqsadida «Chimyon» jamiyati aktsiyalarini sotib olgan «Aka-uka Nobellar» shirkatining yangi rahbariyati o'z faoliyatini jonlantira olmadi. Natijada, 1915-yilni shirkat 1520 ming rubl (asosiy kapital 2,5 mln. rubl bo'lgan holda) ziyon bilan yakunladi. Shirkat keyingi yillarda ham o'z ishini o'nglay olmadi. 1917-yil 1-yanvarida shirkat ko'rgan zarar 1671 ming rublga yetdi. Bu jamiyatning to'la inqirozga uchraganini bildirar edi.

Turkistonda neft sanoatini sekin rivojlanishiga taklifga nisbatan talabning kamligi ham asosiy sabablardan biri bo'lgan. Neft sanoatidan ilgariroq vujudga kelgan zavod fabrikalar, shuningdek temir yo'l transporti ko'proq ko'mir va saksovul yoqishga moslashtirilgan edi. Shuning uchun ham mahalliy aholi ehtiyojlari uchun ham neft mahsulotlari kam miqdorda talab qilingan. Turkiston neftini Rossiyaning Yevropa qismiga olib borib sotish Boku neftiga nisbatan qimmatga tushar va o'zini oqlamas edi.

Markaziy Cheleken neft sanoati jamiyati Cheleken neft ishab chiqarish korxonalarini saqlab qolish maqsadida davlatdan orolda yana 225 desyatina yerni xususiy qilib berishni so'radi. Bu yerlar Sakin degan kimsaga ijaraga berildi. Biroq, bir qator imkoniyatlari bo'lgani holda neft sanoatining ishi 1907-yilgacha yaxshi yo'lga qo'yilmadi. Faqat 1907 yilning oxiriga kelib, «Aka-uka Nobellar» shirkatining eski, tashlandiq quduqlaridan biri qaytadan 77 sarjin chuqurlikkacha burg'ulandi8. Bu quduqdan neft fantani otilib chiqqandan so'nggina Chelekenga qiziqish kuchayib, orol neft sanoatchilarini yana o'ziga jalb qila boshladi.

Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida Cheleken orolidan neft qazib olish keskin ko'tarildi. Agar 1901-yili bu yerdan 600 ming pud neft qazib olingan bo'lsa, oradan 10 yil o'tgach u ko'rsatgich 15 mln. pudga yetdi. Cheleken orolidagi eng yirik firma Isabek Gadjievga tegishli bo'lib, 1912-yil yanvarida firma 30 ta quduqga ega edi. 1911 -yili firma 7 mln. pud neft qazib olgan va uni Bokuga tashib ketgan. «Aka-uka Nobellar» shirkati orolda neft qazib olish bo'yicha ikkinchi o'rnida turar edi. 1911 -yili shirkat 2954597 pud neft qazib olgan, uning 300000 pudi Astraxanga, qolgani Bokuga tashib ketilgan [Dmitriev-Mamonov: 12]. Bu vaqtga kelib, Turkiston nefti ishbilarmonlarga katta foyda keltira boshladi.

Turkiston nefti e'tiborga tusha boshlagandan keyin, 1908-yilga kelib o'lkada 30 ga yaqin neft korxonalari ish boshladilar. Ular xususiy shirkatlardan tashqari, «Chimyon», «Cheleken-Dog'iston aktsionerlik jamiyati»ga, «Rishton», «Bitum» va «Turkiston neft shirkati»ga, «V.Alekseev», «Neft» shirkatlariga hamda «Aka-uka Nobellar» firmasiga tegishli edi [Ismailov: 141]. Farg'ona viloyatining Qo'qon, Marg'ilon va Namangan uezdlari hududlarida katta neft konlari bo'lib, u yerlarda 9 ta firma o'z faoliyatini boshladi. Ular orasida «Chimyon», «Selroha» va Valuevaga tegishli (otasi knyaz Xilkovdan meros qolgan) Moylisoy firmalari eng yiriklari edi. Keyinchalik, «Aka-uka Nobellar» shirkati «Chimyon», Moylisoy va «Selroha» shirkatlari aktsiyalarining yarmidan ko'pini (10000 dan 6000 tasini) sotib olib, bu konlarning asosiy xo'jayiniga aylandi.

O'lkada «Selroha» neft qazib olish savdo jamiyati-«Santo» o'z faoliyatini 1905-yili 500 ming rubllik asosiy kapital bilan boshlagan edi. «Santo»ning dastlabki ta'sischisi N.N.Tsuxanov jamiyat faoliyatini jonlantirish uchun Moskvaning yirik firmalari va banklari bilan hamkorlik qilishga urindi. Jamiyat ishiga Moskva fabrikachilari-I.D. Morozov, P.A.Morozov, I.M.Lyubimov, I.P.Ushkov, A.B.Naydenovlar jalb qilindi. Oradan 5 yil o'tgach, jamiyat

faoliyatida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jumladan, 1913-yili jamiyat aktsiyalarining asosiy qismi Rus-Osiyo banki va neft bozorida xorijiy kapitallar bilan yaqin aloqada bo'lgan monopolistlar-A.I.Putilov, L.Lianozov, P.Glazberg va boshqalar ixtiyoriga o'tdi. Shu yili jamiyat boshqaruvi jamiyat aktsiyalarining asosiy qismi Peterburg aktsionerlari ixtiyoriga o'tganligini tan oldi.

«Santo» jamiyati neft qazib olishni yildan-yilga oshirib bordi. Birinchi jahon urush yillarida vaziyat og'ir bo'lishiga qaramasdan 1915-yili 1166901 pud neft qazib olindi. Bu 1914-yilga nisbatan 134256 pud ko'p edi. Agar «Santo» jamiyatining foydasi 1912-yili 11705 rublni tashkil qilgan bo'lsa, 1915-yili u 114407 rubl 42 kopeekga yetdi. Shunday qilib, «Santo» neft korxonasi dastlab o'z faoliyatini 500 ming rubllik kapital bilan boshlagan bo'lsa, 1916-yilga kelib uning kapitali 2 mln. rubldan oshdi.

Asosiy kapitali 2 mln. rublni tashkil qilgan «Chimyon» aktsionerlik jamiyati «Santo» jamiyatidan farq qilib, o'z ishlarini bir tekisda olib bora olmadi. Agar 1908-yili jamiyat 2749000 pud neft qazib olgan bo'lsa, 1909-yili bu ko'rsatkich 783000 pudni tashkil qildi, xolos. «Chimyon» jamiyati ixtiyorida 20 ta quduq bo'lib, ularda 290 kishi ishlagan. Jamiyatning ishlab chiqarish jarayonidagi tushkunlik holati ishchilarning turmush tarziga ham ta'sir ko'rsatgan: ish o'rinlari qisqartirildi, ish haqi yanada kamaytirildi. Bu kon ishchilarining noroziligini keltirib chiqardi.

Turkiston neft sanoatining qulay imkoniyatlari bo'lishiga qaramasdan, uning sekin rivojlanishiga quduqlarning neft chiqarish quvvati kamayganligi, malakali ishchi kuchi, zarur texnik jihozlarning yetishmagan bir sharoitda Cheleken orolida o'rnashib olgan «Aka-uka Nobellar» shirkati Dog'iston-Cheleken aktsionarlik jamiyatini tuzib, Turkistondagi boshqa neft shirkatlarini ma'lum darajada cheklab qo'yishga erishdi. Natijada shirkat Baku neftini «Chimyon» jamiyati orqali sotishdan katta foyda ola boshladi.

«Aka-uka Nobellar» shirkati Turkiston neft konlarini o'z monopoliyasiga aylantirish, o'lkada o'zining Kavkaz va Chelekendan qazib olingan neft mahsulotlarini sotish maqsadida Farg'ona viloyatining Vannovskaya temir yo'l stantsiyasida neftni qayta ishlash zavodini qurdi. «Chimyon» neft konidan stantsiyagacha quvurlar yotqizildi. O'lkaga tayyor mahsulotlarni keltirishga nisbatan temir yo'l orqali keltirilgan xom ashyoni qayta ishlash «Aka-uka Nobellar» shirkatiga katta iqtisodiy foyda keltirdi. Bu shirkat Turkistonda o'z mavqeini mustahkamlab olish uchun o'lka bozorlarida neft mahsulotlarini arzon narxda sota boshladi. V.N.Oglobin ma'lumotiga ko'ra, 1913-yil bahorida Boku neftining bir pudi Moskvada 50-53 kopeek sotilgani holda, Turkistonda neft mahsulotlari 45 kopeekdan sotilgan. Shunga qaramasdan, Turkiston nefti shirkatga iqtisodiy jihatdan katta foyda keltirgan.

Keyinchalik, neftga boy «Chimyon» konlari «Aka-uka Nobellar» shirkati vositachiligida Turkistonda ko'chmas mulk olish huquqiga ega bo'lmagan chet ellik kapitalistlar qo'liga o'ta boshladi. Turkiston neftiga Nobellar shirkatidan tashqari nemis moliya kapitali, Frantsiya kapitali manfatlariga xizmat qilgan Rus-Osiyo banki, 1909-yildan boshlab ingliz kapitali ham o'z mablag'larini qo'ya boshladi. S.P.Konopkaning ma'lumotlarida keltirilishicha, «Knyaz Xilkovga qarashli bo'lgan va 1909-yili 40 ming pud neft bergan Namangan uezdidagi Moylisoy neft sanoati korxonalarining kelajagi porloq... 1909-yili bu korxonalar Xilkovning vorisi A.O.Valueva tomonidan «Javobgarligi cheklangan Farg'ona neft jamiyati» deb nomlangan ingliz aktsionerlik jamiyatiga berildi». Bu jamiyat Moylisoy neft korxonalarini kengaytirish va neft qazib chiqarishni ko'paytirish maqsadida 2,5 mln. rubl ajratdi. Buning uchun Londonda 8 mln. rubllik aktsiya chiqarildi. «Biroq, - deb yozadi V.N.Ogloblin, 1913 yilgacha kontsessiya bir pud

ham neft ololmadi». Faqat, Birinchi jahon urushi boshlangandan keyingina Angliya kapitali Turkiston neftiga qisman ta'sir ko'rsata boshladi. Chunki, bu davrda, Nobel shirkati o'zini mablag' bilan ta'minlab turgan nemis bank kapitali bilan aloqasini uzgan, «frantsuz bank guruhi Rus-Osiyo banki orqali rus neftini to'la monopoliya qilish yo'lida sezilarli natijalarga erishayotgan edi».

Shuni ta'kidlash lozimki, konlarning yirik shirkatlar ixtiyoriga o'ta boshlaganiga qaramasdan, neft qazib olish korxonalarning samaradorligini oshirishda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmadi. Yirik firmalar o'rtasidagi raqobatlar ularning inqirozini ham tezlashtirdi. Masalan, Turkiston neft bozorida o'z monopoliyasini o'rnatish maqsadida «Chimyon» jamiyati aktsiyalarini sotib olgan «Aka-uka Nobellar» shirkatining yangi rahbariyati o'z faoliyatini jonlantira olmadi. Natijada, 1915-yilni shirkat 1520 ming rubl (asosiy kapital 2,5 mln. rubl bo'lgan holda) ziyon bilan yakunladi. Shirkat keyingi yillarda ham o'z ishini o'nglay olmadi. 1917-yil 1-yanvarida shirkat ko'rgan zarar 1671 ming rublga yetdi. Bu jamiyatning to'la inqirozga uchraganini bildirar edi.

Turkistonda neft sanoatini sekin rivojlanishiga taklifga nisbatan talabning kamligi ham asosiy sabablardan biri bo'lgan. Neft sanoatidan ilgariroq vujudga kelgan zavod fabrikalar, shuningdek temir yo'l transporti ko'proq ko'mir va saksovul yoqishga moslashtirilgan edi. Shuning uchun ham mhalliy aholi ehtiyojlari uchun ham neft mahsulotlari kam miqdorda talab qilingan. Turkiston neftini Rossiyaning Yevropa qismiga olib borib sotish Boku neftiga nisbatan qimmatga tushar va o'zini oqlamas edi.

O'lka Rossiya imperiyasi hukmronligi o'rnatilgan hududlarda neft kabi toshko'mirni ham sanoat usulida qazib olishga e'tibor kuchaydi. Konchilik ilmning bilimdoni, ishbilarmon A.S. Tatarinov 1865 yili Chimkentdan 90 chaqirim masofada joylashgan Katta Bug'on daryosi yaqinida ancha yirik toshko'mir konini topdi. Ko'miri ancha sifatli bo'lgan bu konda 1865 yilning yozida qazish ishlari boshlab yuborildi. Tatarinov nomini olgan bu kon, nafaqat o'lkadagi dastlabki konchilik sanoati korxonasi, balki birinchi kapitalistik korxona ham edi. Mustamlakachi hukumat «toshko'mir butun o'lka uchun sanoat taraqqiyoti manbai» ekanligini hisobga olib, konni zarur mablag' bilan ta'minlashga va'da bergan bo'lsada, biroq bu va'da bajarilavermaganligi tufayli korxona ko'pincha qiyin vaziyatlarga tushib turdi. Ammo, uddaburon Tatarinov bir necha yil davomida nafaqat konni saqlab qolishga, balki undan qazib olinadigan ko'mirni ko'paytirishga ham (1871-yilgacha) erishdi. Agar, 1866-yili kondan 3500 pud ko'mir qazib olingan bo'lsa, 1869-yil bu ko'rsatkich 81000 pudga yetdi, ya'ni ikki yil davomida 23 % o'sdi. Biroq, nisbatan ancha sodda qurilgan bu korxona keyinchalik raqobatga bardosh bera olmadi.

Tatarinov koni bilan bir qatorda savdogar Pervushin (Toshkentdan 80 chaqirim masofadagi Xo'jand qishlog'i yaqinida) va Xo'jand shahrining komendanti, polkovnik Favitskiylar (Xo'jand shahridan 35 chaqirim janubi g'arbda joylashgan Qo'qimsoy yaqinida) ko'mir konlarini ochdilar. Bundan tashqari, Pervushin 1873-yili Ugom daryosining yuqori oqimida yana bitta toshko'mir konini ishga tushirdi. Pervushinga tegishli konlardan qazib olingan toshko'mir Toshkentdagi aroq-vino zavodlari hamda ipak o'rash fabrikalarida ishlatilgan. Favitskiyning mahalliy aholiga ilgaridan ma'lum bo'lgan konidan 1868 -yildan boshlab sanoat usulida ko'mir qazib olishga kirishildi. Bu korxona harbiy buyurtmalar (asosan Orol floti uchun), Xludovning ipak yigirish fabrikasiga hamda mansabdor shaxslar va mulkdorlar uchun ko'mir yetkazib bergan. Favitskiy konining toshko'miriga talab katta va iste'molchilari ko'p bo'lganligi uchun, bu kon

Pervushinnikiga nisbatan tez rivojlandi. Agar, 1868-yili Favitskiy konidan 14 ming pud toshko'mir qazib olingan bo'lsa, 1873-yili bu ko'rsatkich 68 ming pudga yetgan.

XIX asrning 60-70-yillarida o'lkaning toshko'mir sanoati asosan Tatarinov, Pervushin va Favitskiy konlari bilan cheklanib qolgan edi. Bunga asosan konlar topilgan tog'li zonalarni o'zlashtirish, u yerdan toshko'mirni tashib ketish katta xarajat va qo'shimcha ishchi kuchi talab qilganligi tufayli bu sohaga hukumat tomonidan yetarli e'tibor berilmaganligi sabab bo'ldi. Konchilik sanoati bilan shug'ullangan rus burjuaziyasi bu davrda hali mayda sanoatchilar, ishbilarmonlar yoki omad izlab kelgan tijoratchilardan iborat bo'lib, ularning yirik sanoat ishlab chiqarishini vujudga keltirish imkoniyati chegaralangan edi. Shuning uchun ham tishbilarmon tadbirkorlar iloji boricha talab doimiy suratda katta bo'lgan konchilik tarmoqlarini qidirishga majbur bo'lishgan.

XIX-asr o'rtalarida chorizm zulmidan qochib Qo'qon xonligiga kelib qolishgan tatarlar Sirdaryoning yuqori qismidagi tog'lardan oltin qidirishgan. 1851 -yili Safarboy sarkor Nerchinskdan kelib qolgan Sulton ismli tatarga qumdan oltin ajratib oladigan qurilma yasashni topshirgan. O'lka oltin qazish ishlar nihoyatda sodda usulda bo'lib, xonliklarning bir yilda qazib olgan oltinlari bir necha puddan oshmagan. Shunday bo'lsada, xonliklar oltin zahiralarini sir saqlashga harakat qilishib, boshqalarga oltin konlarida qazish ishlari olib borishlariga ruxsat berishmagan.

Qo'qon xonligi hududlarida oltindan tashqari, qo'rg'oshin va kumush konlari ham bo'lgan. Jumladan, Oloy tog'larining Zardoli degan xilvat joyidan qo'rg'oshin va kumush qazib olingan. Qirg'izlar Chotqol tog'larining Maydontol degan joyidagi konlardan kumush qazib olishgan. Isfara qishlog'idan uncha uzoq bo'lmagan Koniyut g'oridan qadimdan kumushga boy bo'lgan (23 %) temir rudasi qazib olingan.

Xonliklar hududlarida turli metallarga boy rudalar ko'p bo'lgan. Biroq, tajriba va bilim yetishmaganligi tufayli ulardan oddiy usulda sof metall ajratib olish nihoyatda mushkulligicha qolgan. Masalan, 1839-yili Muhammad Alixon tomonidan Olatov koniga yuborilgan konchilar 1000 choriqqina ruda olib kelishgan, undan bor yo'g'i 1 choriq toza kumush ajratib olingan, xolos. Bu ahvolda xonlikning kumushga bo'lgan talabini qondirib bo'lmagandan keyin, Qo'qon hukmdorlari Xitoydan katta miqdorda kumush sotib olishga majbur bo'lishgan.

O'lkada kapitalistik munosabatlarning tobora rivojlanib borishi va ko'plab yangi zavod-fabrikalarning vujudga kelishi tufayli, toshko'mirga talab yanada oshib bordi va bir necha yangi konchilik korxonalari paydo bo'ldi. Bular savdogar Ivanovga qarashli Qo'qimsoy, Petrovga qarashli Yangi Qo'qimsoy konlari edi. Yangi konlar ochilishi natijasida 1885-yili 1877- yilga nisbatan 2,5 barobar ko'p, ya'ni 400 ming pud toshko'mir qazib olingan. Birgina Ivanovning toshko'mir konlarida 14 ta ishchi ishlab, ulardan 1889-yili 21230 pud, 1893-yili esa, 80 ming pud ko'mir qazib olingan.

XX asr boshlarida sanoat usulida toshko'mir qazib olingan konlar ichida yirigi Farg'ona shahridan 37 chaqirim masofada joylashgan va Batyushkov degan ishbilarmonga tegishli «Qizilqiya» koni bo'lib, u keyinchalik «Qizilqiya» aktsionerlik jamiyatiga aylantirilgan. O'rta Osiyo temir yo'li bilan tor izli temir yo'l orqali bog'langan Qizilqiya konidan 1908-yili 707 ming pud toshko'mir qazib olingan. Kondan qazib olingan ko'mir ikki marta elakdan o'tkazilib tozalanganligi uchun uning narxi boshqa konlardan olingan ko'mirlarga nisbatan 30 % qimmat bo'lgan.

Turkiston aktsionerlik jamiyati Xo'jand tumanida toshko'mir qazib olishni keng yo'lga qo'ydi. Dragomirova temir yo'l stantsiyasidan 26 chaqirim masofada joylashgan kondan yiliga

1,5 mln. pud toshko'mir qazib olingan. Bu kon O'rta Osiyo temir yo'l bilan bog'langan. Shuningdek, Farg'ona viloyatining Sho'rob massivida ham toshko'mir qazib olish ishlari boshlab yuborildi. Bu yerda birgina Aleksandrov konidan yiliga 813 ming pudgacha toshko'mir qazib olingan. 1908-yili konda 47 kishi ishlagan. Bu yerdan qazib olingan toshko'mir Melnikov stantsiyasida vagonlarga ortilib O'rta Osiyo temir yo'li bo'ylab sotilgan.

Aleksandrov koni yaqinida Pivovarovich koni joylashgan bo'lib, undan har yili 130 ming pud ko'mir qazib olishgan. Bu yerda ruslar va mahalliy aholidan 7 kishi ko'mir qazib chiqarib, har kub sarjin uchun 9 rubldan haq olishgan. Qizilqiya, Jal va Jinjiygan massivlarida ham bir necha konlar ishga tushirilgan. 1903-yili Foss tomonidan ochilgan kon 1908-yili tor izli temir yo'l orqali Skobelev stantsiyasi bilan bog'langan. Bu yerda 131 ishchi va xizmatchi ishlagan. Ulardan 92 kishi ruslar edi. Konda ustalar oyiga 40 rubldan 70 rublgacha, o't yoquvchilar va shaxtani mustahkamlovchilar 35 ru bldan, kon qazuvchilar qazigan har sarjinlari (31/2*3) uchun 8 rubldan maosh olishgan

Sirdaryo viloyatining Chimkent tumanida va Yettisuv viloyatida ham ko'mir konlari ochilgan bo'lsada, biroq iqtisodiy samarasizligi uchun bu konlardan toshko'mir sanoat usulida qazib olinmadi. Bulardan tashqari, Farg'ona vodiysida yana bir necha konlar mavjud bo'lib, ular orasida eng yiriklari Hazora temir yo'l stantsiyasidan 28 chaqirim masofada joylashgan va yiliga 300 ming pud toshko'mir qazib olingan Berdinger koni va shunga yaqin bo'lgan Tatarinovskaya toshko'mir konlari bo'lgan. 1913-yili o'lkada jami 28 ta toshko'mir koni mavjud bo'lgan.

Shuni ta'kidlash lozimki, mahalliy mulkdorlarga tegishli konchilik korxonalari haqida kerakli ma'lumotlarning yetishmasligi, ularning faoliyat doirasi va mehnat unumdorligini aniqlashda qiyinchiliklar tug'diradi. Biroq, milliy burjuaziyaning konchilik korxonalariga ega bo'lgan qismining ba'zi vakillari o'lkadagi yirik aktsionerlik jamiyatlariga a'zoligi, ularning moliyaviy imkoniyatlari katta bo'lganligidan dalolat beradi. Masalan, A. Padurovskiy ma'lumotiga ko'ra, Turkiston toshko'mir va konchilik sanoati jamiyatining aktsiyachilari «asosan mahalliy kapitalistlardan iborat edi». Yirik mahalliy sarmoyador B.D.Davidov «Turkiston toshko'mir konlari Davidov aktsionerlik jamiyati»ning asoschisi (asosiy kapitali 1 mln. rubl) bo'lgan. Bulardan tashqari, mahalliy burjuaziya vakillari yirik shirkatlarga ham a'zo bo'ldilar. Masalan, Orifxo'ja Azizxo'jaev neft sanoati shirkati -«Bitum»ning beshta ta'sis etuvchilaridan biri, shuningdek, Og'ajon G'aribov ham «V.L.Alekseev» shirkatining beshta a'zosidan biri edi. Yuqorida keltirilgan misollar mahalliy burjuaziya vakillari ham yirik kapitalistik ishlab chiqarish jarayoni doirasiga tortila boshlaganligini ko'rsatadi.

O'sha davr ma'lumotlariga ko'ra, Turkiston o'lkasida toshko'mir qazib olish muntazam suratda o'sib borgan. Agar, 1885-yili 417 ming pud ko'mir qazib olingan bo'lsa, 1895-yili u 508 pudga, 1900-yili 607 ming pudga, 1905-yili 2405 ming pudga, 1910-yili 3428 ming pudga yetgan. V.N.Ogloblin keltirgan bu ma'lumotdan ko'rinadiki, 1885-yildan 1890-yilgacha Turkistonda toshko'mir oz miqdorda qazib olingan bo'lsada, 1900-yildan keyin bu ko'rsatkich keskin ko'tarilib borgan. Buning asosiy sababi, temir yo'l tarmoqlarining uzayishi, sanoat korxonalarining ko'payib, toshko'mirga bo'lgan ehtiyojning oshib borganligida edi.

Shunday qilib, Turkiston o'lkasining qazilma boyliklari ko'p bo'lishiga qaramasdan bu soha nisbatan sekin rivojlandi. Imperiya hukumati yirik konlarni o'ziga sadoqatli kishilarga berishga harakat qildi. Asosan aslzodalardan iborat bo'lgan bunday kishilar konchilik sanoatida kapitalistik ishlab chiqarishni yaxshi yo'lga qo'ya olmadilar. Rossiya kapitalistlarining beburdligi va iqtisodiy nochorligi tufayli o'lka konchilik sanoatining yirik shirkatlari chet el yirik

firmalar ixtiyoriga o'tib qoldilar. O'lkadagi Moylisoy, Chimyon, Qizilqiya, Cheleken va boshqa konlar Santo, Nobel kabi shirkatlar orqali nemis, ingliz va boshqa chet el kapitalistlariga katta daromad keltirdi. Dastlab toshko'mir va saksovulga moslashgan o'lka sanoat korxonalari va temir yo'l transporti neft mahsulotlaridan samarali foydalanmadilar. Shuningdek, o'lka aholisining ko'pchilik qismini neft va toshko'mir sotib olishga qurbilari yetmaganliklari uchun konchilik sanoati mahsulotlari ko'p sotilmadi. Biroq, sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu ikkala tarmoq mahsulotlariga ham talab ortib bordi. Ularga katta miqdorda chet el kapitali jalb qilinib ishlab chiqarish jarayonining markazlashuvi kuchaydi. Bu jarayon konchilikda paxta tozalash va yog' ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan ancha yuqori edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Иванов Д.Л. Нефтяные источники Ферганской области. - Ташкент, 1882. - С. 9.

2. Жамолх,ожи И.Н. Фаргона водийсида нефт саноатининг шаклланиш ва ривожланиш тарихи (1860-1917). Тарих фан. ном. дисс. -Т., 2004. 28-б.

3. Рождественский A. Материалы из истории нефтепромышленности на острове Челекен. // Закаспийское Обозрение, 1909, 16 сентябрь.

4. Дмитриев-Мамонов A.K Путеводитель по Тукестану и железным дорогам Среднеазиатской и Ташкентской. Изд. 8-е, - СПб., 1915. - С. 12.

5. Исмаилов Р.Ю. Из истории формирования первых кадров рабочего класса в Туркестане на рубеже XIX-XX вв. // Вестник ЛГУ, вып. 4, 1957, № 20. - С.141.

6. «Горный журнал» 1866, № - С. 117; УР МДА Ф. И-1, р.15, *.2, в.55. (Рапорт A.C Татаринова командующему войсками Оренбургского округа за 1865 г.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.