Научная статья на тему 'XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYODA NEFT-GAZ SANOATINING SHAKLLANISHI'

XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYODA NEFT-GAZ SANOATINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
271
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uchinchi Renessans / “Qarshineftegazrazvedka” / “Buxoroneftegazrazvedka” / “Oʼzbekneftegeofizika” / “Sredazneftegazmontaj”. / “третье возрождение” / “Каршинефтегазразведка” / “Бухоронефтегазразведка” / “Узбекнефтегеофизика” / Средазнефтегазмонтаж.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sattorov Ulug'Bek Abdurazzoq O'G'Li

ushbu maqola Qashqadaryo hududida neft-gaz sanoatining shakllanish masalasining yoritilishi, Qashqadaryoning neft-gaz sanoati sohasida mintaqaning asosiy markaziga aylanishi haqidagi tadqiqotlar tahliliga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

данная статья посвящена освещению вопроса становления нефтегазовой промышленности в районе Кашкадарьи, анализу исследований о том, как Кашкадарья стала главным центром региона в области нефтегазовой промышленности.

Текст научной работы на тему «XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYODA NEFT-GAZ SANOATINING SHAKLLANISHI»

XX ASR 50-80-YILLARIDA QASHQADARYODA NEFT-GAZ SANOATINING SHAKLLANISHI

Sattorov Ulug'bek Abdurazzoq o'g'li

Ozbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7583053

Annatatsiya: ushbu maqola Qashqadaryo hududida neft-gaz sanoatining shakllanish masalasining yoritilishi, Qashqadaryoning neft-gaz sanoati sohasida mintaqaning asosiy markaziga aylanishi haqidagi tadqiqotlar tahliliga qaratilgan.

Аннотация: данная статья посвящена освещению вопроса становления нефтегазовой промышленности в районе Кашкадарьи, анализу исследований о том, как Кашкадарья стала главным центром региона в области нефтегазовой промышленности.

Annotation: this article is focused on the analysis of research on the topic of the formation of the oil and gas industry in the Kashkadarya region, the transformation of Kashkadarya into the main center of the region in the oil and gas industry.

Kalit so'zlari: Uchinchi Renessans, "Qarshineftegazrazvedka", "Buxoroneftegazrazvedka", "O 'zbekneftegeofizika", "Sredazneftegazmontaj"

Ключевые слова: "третье возрождение", "Каршинефтегазразведка", "Бухоронефтегазразведка","Узбекнефтегеофизика", Средазнефтегазмонтаж.

Keywords: third Renaissance, "Qarshineftegazrazvedka",

"Bukhoroneftegazrazvedka", "Uzbekneftegeofizika", "Sredazneftegazmontaj".

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng tariximizni erkin, xolis, haqqoniy o'rganish uchun to'liq sharoit yaratildi va shu asosda o'zlikni anglash hamda milliy ma'naviyatimizni tiklashga kuchli ehtiyoj paydo bo'lib tarix fani oldiga yangi talablar qo'yildi. Ma'naviy hayotimizni yangilash, uning asosi bo'lgan milliy g'oyani shakllantirishda tarix fanining o'rni beqiyosdir. Bugungi kunda yangi O'zbekiston -Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, inson manfaati va erkinliklarini ta'minlash maqsadida keng miqyosli islohotlar izchil davom ettirilmoqda. Ana shu islohotlar va o'zgarishlar bilan bir qatorda el-yurt, xalqning porloq kelajagining kafolati bo'lgan barkamol avlod tarbiyasiga katta e'tibor qaratilgan. "Milliy o'zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz lozim"22. Tarix ilmi umuminsoniy qadriyatlar

22 Узбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 22 декабрь куни Олий Мажлисга килган Мурожаатномаси. // Халк сузи, 2017 йил 23 декабрь.

ichida eng asosiysidir. Jahonda muhim o'rin kasb etuvchi neft sanoati har bir mamlakat iqtisodiyotini asosiy bog'inlaridan bo'lib, biz uchun ham ahamiyati kattadir. Vatanimiz tarixini o'rganishda XX asrning 50-80-yillarida neft va gaz sanoati tarixini (Qashqadaryo viloyati misolida) haqqoniy o'rganish bugungi tarix fanining dolzarb mavzularidan hisoblanadi.

Sovet O'zbekistoni sanoatining rivojlanish yo'llari sotsializimning iqtisodiy qonunlari talabiga ko'ra davlat rejasida belgilab bergan edi. Sovet davrida iqtisodiyot, hozirgi davrdagi iqtisodiyotdan tubdan farqli asosda: xususiy mulksiz, barcha resurslar davlat qo'lida jamlangan holda, rejali asosda rivojlanganligini hisobga olsak, bunday qarama-qarshilik mumkin. XX asr boshlarida mamlakatni modernizatsiya qilish obyektiv zarurat bulib, bu vazifa agrar jamiyatdan - industrial jamiyatga o'tish amalga oshirildi. Shu siyosat barobarida boshqa hududlarda amalga oshirilgan amaliy ishlar barobarida O'zbekistonninig gaz sanoati mo'staqil tarmoq sifatida XX asr 50-yillarining oxiri va 60-yillarning boshida vujudga keldi.

Bu sanoatning vujudga kelishiga oqibatida Samarqand-Qarshi iqtisodiy rayonidagi qazilma boyliklar ham nafaqat respublika, balki mamlakat manfaatlariga xizmat qildi. Respublikaning janubiy-g'arbiy qismidan ayniqsa, Qashqadaryo viloyatida qator tabiiy gaz konlari topilib, ulardan foydalanish tizimi yo'lga qo'yildi. Natijada O'zbekiston mamlakatning asosiy yoqilg'i bazasiga aylanib bordi. O'z navbatida geologiya - qidiruv ishlari ham jadallik bilan davom ettirilib, 1950 - yillar oxiri 1960 yillar boshida Qarshi - Muborak dashtlaridagi bir necha maydonlarda yangi neft-gaz qidiruv vishkalari o'rnatildi. "Sho'rtepa", "Sho'rchi", "Karim", "Xo'jaxayron", "Qoraxitoy", "Janubiy Muborak", "Shimoliy Muborak" singari bir necha neft - gaz konlari aniqlandi. Jumladan, gaz zahirasi 65 mlrd. kubga teng bo'lgan Janubiy Muborak va Shimoliy Muborak konlari eng katta konlardan bo'lib. U 1958-yilda topildi. "Qarshineftegazrazvedka" trestining Hisoroldi Ekspeditsiyasi 1962-yilda Odamtosh konini topib, Hisor tog'ining janubiy-g'arbiy tizmalarida neft va gazning ko'pligi haqidagi qarashlarni tasdiqladi. 1968-yilda shu tumandan Gumbuloq koni ham topildi.

1969-yilda "Qarshineftegazrazvedka" trestida ishlab chiqarishga ratsionalizatorlik va ixtirochilik takliflarini joriy etish bilan 1.2 mln. rublda iqtisodiy foyda olindi23. 1970 yilda "Qarshineftegazrazvedka" tresti bo'yicha tabiiy gaz zapaslarini qidirib topish besh yillik rejasi 102 foizga, neft zahiralarini ko'paytirish 109,7 foizga bajarildi. Shuningdek, 7 ta konda neft va gaz borligi aniqlandi, 3 ta kon foydalanishga topshirildi, 1 ta kon parmalashga hozirlab qo'yildi24.

1972-yil avgust oyida O'zbekiston KP Qashqadaryo viloyat partiya komiteti "Qarshineftegazrazvedka" tresti jamoasining to'qqizinchi besh yillikdagi ijtimoiy -

23 WypaKy^oB O. KyAPaTnM энергмfl iwaH6aw. - TowKeHT: y^MTyBHM, 1982. - 150 6.

24 Ywa acapga

iqtisodiy va texnika taraqqiyoti bo'yicha kompleks rejani ko'rib chiqib, uni ma'qulladi. Unga ko'ra kundalik va kelajakdagi ish rejalarini, sotsialistik majburiyatlar va ijtimoiy taraqqiyotning rejasini bir-biriga bog'liq holda amalga oshirib borilishi tavsiya etildi. 1974-yilda "Qarshineftegazrazvedka", "Buxoroneftegazrazvedka", "O'zbekneftegeofizika" trestlari va Qoraqalpog'iston chuqur parmalash ekspeditsiyasi bazasida Qarshi shahrida "O'zbekneftegazrazvedka" birlashmasi tashkil etildi. Birlashma tarkibiga parmalash tashkilotlaridan tashqari geofiziklar kollektivlari, Buxoro remont - mexanika zavodi hamda neft va gaz konlarini qidirib topish instituti kollektivlari ham kiritildi. Natijada O'zbekistonda qidiruv va razvedka ishlarini yanada tezlashdi.

1964-yilning 1-yanvarida "Sho'rtepa" koni negizida, Muborak temir yo'l vokzali yaqinida, 1957-1959-yillarda ochilgan "Sharqiy neft-gaz razvedka" korxonasiga qarashli binolarning bir qismida "Kogonneftgaz" boshqarmasi hisobida "Muborak" neft gaz qazib chiqarish koni tashkil etildi. O'sha yilning o'zida "Sho'rtepa"da dastlabki beshta neft-gaz quduqlari ishga tushirildi. Keyingi yili 10-12 ta quduq foydalanishga topshirildi.

1966-yili "Janubiy Muborak" konidan ilk bor gaz qazib olinib, "Shimoliy Muborak"da bir necha quduqlar burg'alandi hamda mahsulot qazib chiqarishga tayyor holatga keltirildi. 1966 yilda yirik zahiraga ega bo'lgan bu konlar negizida "Qashqadaryogaz" gaz konlari boshqarmasi tashkil etildi. Ishlab chiqarishga tayyor holatga keltirilgan mazkur konlardan mamlakat Xalq xo'jaligi ehtiyojlarida foydalanish maqsadida Rossiyaning Saratov shahridan gaz sanoatiga qarashli loyihalash va ilmiy tadqiqot instituti xodimlari qurilishi rejalashtirilgan "Muborak -Zirabuloq - Toshkent - Chimkent - Frunze (Bishkek) - Olma-ota" magistral gazoprovodi loyihasini ishlab chiqdilar25. Uzunligi 1300 km.dan ortiq bo'lgan bu gaz quvuri qurilishi 1964-yilda boshlanib, 1966 yilning oktyabr oyida uning Toshkentgacha bo'lgan qismi qurib bitkazildi. Keyinchalik Qirg'iziston SSSR va Qozog'iston SSRning janubiy viloyatlari ham bu gaz quvuridan foydalanishga o'tdilar.

Janubiy Muborak va Shimoliy Muborak konlari gazi tarkibidagi gaz konlaridan olingan xom ashyoda kam miqdorda bo'lsada oltingugurt vodorodi borligi sababli uni qayta ishlash ehtiyoji bor edi. Ayniqsa, O'rtabuloq koni gazidan olingan namunalar ilmiy - tadqiqot institutlarida tahlil etilganida, mazkur gaz koni tarkibida 4-5 foizgacha oltingugurt vodorodi ilmiy asoslangach, dashtda gazni qayta ishlaydigan inshoot qurishni taqazo etdi26.

25 Омонов О. Муборак газни кайта ишлаш заводи - 35 ёшда. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. -15-6 б.

26 Газни олтингугуртдан тозаламасдан туриб фодаланиш инсон саломатлиги учун хавфли булиб, иктисодий жихатдан хам зарарли хисобланган. Олтингугуртли газ кувурлардан жунатилган холатда хам у газ кувурларини емириб, яроксиз холатга келтириб куйиши мумкин эди.

SSSR Gaz sanoati vazirligi Qarshi cho'lidagi "Muborak" naslchilik xo'jalik markaziga yaqin joyda gazni oltingugurtdan tozalovchi yirik korxona qurish loyihasini tayyorlab, uni hukumatga tasdiqlashga taqdim etdi. Katta mablag' talab qilganligi sababli bu masala ancha vaqtga hal etilmadi. Mutaxassislar tomonidan korxona qurilishiga ketadigan harajat tezda qoplanishi hamda oltingugurtning o'zi kimyo va mudofaa sanoati uchun zarur xom ashyo ekanligini asoslab berilganidan so'ng zavod qurilishiga ruhsat berildi. Mamlakatda bunday zavodlar kam bo'lganligi bois, zavodni qurish loyihasi Saratov shahridagi "Vostokgiprogaz", Moskva "Giprogazochistka" institutlari olimlari va injener-texnik xodimlari tomonidan tayyorlandi. OJo'raqulovning yozishicha, zavod qurilishiga 88 mln. rubldan ortiq mablag' sarflanishi belgilanib, zavod ishga tushgach bu mablag' ikki yarim yilda to'la qoplanishi hisoblab chiqildi27.

1966-yil oktyabrda SSSR Gaz sanoati vazirligi "VNIPI gazdobicha" ilmiy -tadqiqot va loyihalash instituti zavod qurilishi bo'yicha tayyorlangan loyihani tasdiqlash to'g'risida qaror qabul qildi. 1967-yil avgust oyida O'zbekiston hukumatiga Qashqadaryo viloyati hamda respublika qishloq xo'jaligi vazirligiga Muborak gaz-oltingugurt zavodi majmuasi uchun yer ajratib berish haqida farmon chiqdi. Farmon qabul qilingach, zavodni qurish uchun dastlabki quruvchilar kela boshladi. Gaz sanoati inshootlarini qurish, uy-joylar bunyod etishda katta tajribaga ega bo'lgan V.M. Kondruchuk boshchiligidagi "Buxaragaz promstroy" tresti hamda Qarshi, Samarqand va boshqa joylardan ko'plab quruvchilar Muborakka keldi.

Zavod to'rtta yirik qurilish tashkilotlari - "Buxaragazprostroy", "Sredazneftegazstroy", "Samarkandtransstroy" trestlar hamda "Qarshistroy" boshqarmasi quruvchilari ishtirok etdilar. "Zavod uchun Yugoslaviya, Ruminiya, GDR va Chexoslovakiyadan murakkab asbob-uskunalar keltirildi. Oltingugurt saqlaydigan maydonchalar, omborlar qurilib, oltingugurtdan tozalangan gazni sanoat markazlariga jo'natish uchun quvurlar yotqizildi. Gazdan oltingugurtni ajratib olish jarayoni suv bilan bajarilganligi sababli Yakkabog'dan Muborakkagacha 158 km. masofada katta quvurlar yotqizildi. Ketma - ket belgilanayotgan rejalar gazni qazib olish ishlarini yanada jadallashtirishni talab qilganligi bois tozalangan gazni 15 mlrd. kub.ga yetkazish maqsadida 1977-1978-yillarda ikkinchi gazni qayta ishlaydigan korxona qurish belgilandi. Besh yillikning oxirida yana bitta ana shunday korxona qurish rejalashtirildi. 1976-yilda gazni yetkazishni yana qo'shimcha 1,6 mlrd. kub.ga yetkazish maqsadida "Sredazneftegazmontaj" ning 9-sonli tresti iyul oyida korxonani ta'mirlash ishlarini boshladi. Texnologik kalonnalarni almashtirish, apparatlarni, quvurlarni ta'mirlash ishlarini 7 avgustda tugatishi bellgilandi28.

27 Журакулов О. Кудратли энергия манбаи. - Тошкент, 1982.- Б.175.

28 Петров В. Рекострукция идет по графику, но ее можно и нужно ускорить // Правда Востока. 1976. - С.76.

Umuman olganda, mahalliy va mamlakatning turli mintaqalaridan kelgan soha mutaxassislari uzoq yillar gaz konlarini topish uchun Qizilqum sahrolari va Qarshi cho'llarini sinchiklab o'rgandilar29. Natijada, Qashqadaryo viloyatida gaz va neft konlarining ko'pligi neft qazib olishga ixtisoslashtirilgan mustaqil korxonalarni tuzishni taqazo etdi. 1971 yilda Qarshida SSSR neft sanoati ministrligiga qarashli neft va gaz ishlab chiqarish boshqarmasi "Qarshineft" tashkil etildi30.

1972-1985-yillar oralig'ida dunyodagi eng yirik inshootlardan biri Orenburg gazni qayta ishlash zavodidan so'ng ikkinchi o'rinda turgan Muborak gazni qayta ishlash korxonasi barpo etildi31. Muborak gazni qayta ishlash korxonasi 1972 yildan boshlab mahsulot bera boshlagan bo'lsa, uning so'nggi qurilmalari 1973 yilda foydalanishga topshirildi. Zavod ishga tushgach, 220 ming tonna oltingugurt yetkazib beradigan yirik kombinatga aylandi32. Loyiha bo'yicha 5 mlrd. kub. gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo'lgan zavodning birinchi navbatida barpo etilgan oltingugurtdan tozalash inshootlari 1976 yilda ta'mirlanishi natijasida yiliga 6.2 mlrd. kub. tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo'ldi. 1980 yillarga kelib yiliga 21 mlrd. metr kub. gaz qayta ishlov berish bilan birga 554 ming tonna oltingugurt, 6 ming tonnadan ko'proq gaz kondensati ishlab chiqarildi33.

Bu davrda Qashqadaryodan topilgan gaz va neft konlari 52 tadan ko'proq bo'lib, mavjud konlar yirik gaz kondensat zahirasiga ega bo'ldi. Viloyatdagi Hisoroldi neft gaz hududidan topilgan Gumbuloq, Pachkamar, Qorayli, Sho'rtan, Shimoliy Sho'rtan, Omonota, Ko'kdumaloq, Jarquduq, Janubiy Tandirchi va boshqa maydonlardan topilgan gaz hisobiga tashkil topgan Sho'rtan gaz kompleksi va Ko'kdumaloq konlari respublikada emas, balki butun Katta O'rta Osiyo iqtisodiy rayonida ulkan konlardan biri bo'ldi34.

Biroq, topilgan bu boyliklarni ishlatishda muammolar har doimgidek chiqib turdi. Masalan, birgina "Qarshineft" boshqarmasida o'rnatilmagan uskunalar 1976-yilda 47338 tani, 1977-yilda 96355 tani tashkil etgan35. Ayni paytda, sovet davlatining yer osti boyliklaridan unumli foydalanish siyosati, oxiriga yetib bo'lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqardi. 1982 yildan boshlab Sho'rtan gazenergokimyo kompleksini qurish uchun turli qaror va loyihalar qabul qilinishiga qaramay, belgilangan vazifalar to'liq amalga oshirilmadi, gaz konlari ochilib, mamlakat manfatlariga xizmat qilsada, ekologiyaga ta'sir qilmay qolmadi. Masalan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi har yili 136 ming tonnadan ziyod zaharli

29 Паньковский В. Узбекистан зангори олтини. -Тошкент, 1961.- Б.10.

30 Журакулов О. Кудратли энергия манбаи. - Тошкент: Ук,итувчи, 1982. - Б. 102.

31 Мирзаакбарова Р., Алиев Т. Узбекистан табиий гази (Газ саноати экономикасининг баъзи масалалари х,ак,ида). - Тошкент: Узбекистан, 1974. -Б. 8.

32 Журакулов О. Кудратли энергия манбаи. -Тошкент, 1982. - Б.175.

33 Кашкадарё гази: бугун ва эртага // Х,аёт ва конун. 1992, №5. -Б.57.

34 Уша жойда

35 Уз МА, Р-2762-фонд, 1-руйхат, 1340-йиFма жилд, 33- варак,.

gazlarni chiqarilishi yoki yoqib yuborilishi oqibatida viloyatning qo'shni Ulyanov, Usmon Yusupov va Bahoriston rayonlaridagi aholi jabr ko'rgan. Bu yerlarda mevali daraxtlarni qurishiga, uzumlarni pishar-pishmas qurib qolishiga olib kelgan bo'lsa, zavoddan chiqarilgan oqava suvlar atrof-muhitga salbiy ta'sir o'tkazib kelgan edi36.

Xulosa qilib aytganda, sovet hokimiyati o'rnatilgan dastlabki yillardan boshlab tabiiy boyliklarni o'rganish rejali ravishda amalga oshirib kelindi. Gaz sanoatini rivojlantirish mamlakat xalq xo'jaligida g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lganligi sababli butun kompleksni ishlarini jadallashtirish uchun barcha sharoitlar yaratildi. XX asrning 60-80-yillarida olib borilgan geologik -qidiruv ishlari natijasida O'zbekiston mamlakatda tabiiy gaz zahiralari bo'yicha yetakchi o'rinlarga chiqdi. 1970-yillarda tabiiy gaz resurslari asosida yangi yosh sanoat tarmog'i - gaz sanoati (gazni qazib olish va qayta ishlash) barpo etildi va gaz sanoati tarmoqlari ichida eng yetakchi bo'lib qoldi.

Shu o'rinda qayd etish kerakki, tahlil etilayotgan yillarda yangi konlarning ochilishi va korxonalarning ishga tushirilishi natijasida ish o'rinlari yaratilgan bo'lsa, ularning faoliyati davomida tabiat va atrof-muhitga katta zarar yetkazildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Журакулов О. Кудратли энергия манбаи. - Тошкент: Укитувчи, 1982. - Б. 102.

2. Кашкадарё гази: бугун ва эртага // Х,аёт ва конун. 1992, №5.- Б.57.

3. Мирзаакбарова Р., Алиев Т. Узбекистон табиий гази (Газ саноати экономикасининг баъзи масалалари хдвдда). - Тошкент: Узбекистон, 1974. -Б.8.

4. Омонов О. Муборак газни кайта ишлаш заводи - 35 ёшда. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. -Б.15.

5. Петров В. Рекострукция идет по графику, но ее можно и нужно ускорить // Правда Востока. - Москва, 1976. - С.76.

6. Уз МА, Р-2762-фонд, 1-руйхат, 1340-йигма жилд, 33- варак.

7. Узбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 22 декабрь куни Олий Мажлисга килган Мурожаатномаси. // Халк сузи, 2017 йил 23 декабрь.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.