XITOY YILNOMALARIDA MARKAZIY OSIYO XALQLARINING TURAR JOYLARI BILAN BOG'LIQ AN'ANALARI VA URF ODATLARI TAVSIFI
d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -729-734
Zufarov Muhammadjon Ravshan o'g'li
O'z FA Tarix instituti tayanch-doktoranti Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori prof. Doniyorov.A.X E-mail: Zufarov.M90 g@mail .com
Annotatsiya. Ushbu maqola Markaziy Osiyo Xalqlarini an 'anaviy xojaliklaridan biri bo'lgan turar joylar qurishli va u bilan bog'liq bo'lgan urf odatlarni tasvirlaydi. Maqolada shuningdek "Shiji"[ (jftiS))], "Xan shu"[((XW))] HouXan shu [((XW ))] "Tan shu" [0W] asariga qisqacha sharh hamda "Shiji" [ (jiâ) ], "Xan shu" [(XXW))] Hou Xan shu [((MXW))] "Tan shu" [0W] asarida Markaziy Osiyoning ayrim shaharlari hamda qabilalarining turar joylar bilan bo 'liq bo 'lgan urf odatlari va an 'analari uy joy qurilish uslublari, qurilishda joy tanlash narosimlari ifodalangan.
Kalit so'zlar: "Shiji "[ ji))], "Xan shu "[((XW))] Hou Xan shu [(((XW) ] "Tan shu" [0W], Lyu Mao Szay, N.Ya. Bichurin, K. Shoniyozov, A. Xo'jayev, turar joylari bilan bog 'liq an 'analari va urf odatlari
Annotation. This article describes the customs associated with the construction of dwellings, one of the traditional farms of the peoples of Central Asia. The article also includes a brief commentary on "Shiji" [ ((jjiE)) ], "Han shu" [ (((ft)) ] Hou Han shu [ ((ft)) ] "Tan shu" [0ft] and "Shiji" [ ji)) ] , "Han shu" [ ((Xft)) ] Hou Han shu [ {{((ft)) ] "Tan shu " [0ft] customs and traditions of some cities and tribes of Central Asia home construction methods, place selection rituals in construction.
Keywords. "Shiji" [ (shiji))], "Han shu" [ (hànshû)) ] Hou Han shu [ (hou hànshu)) ] "Tan shu" [tâng shu], Liu Mao Szay, N.Ya. Bichurin, K. Shoniyozov, A. Khojayev, traditions and customs related to housing
An'anaviy moddiy madaniyatning etnohududiy xususiyatlarni ko'rsatuvchi muhim komponentlaridan biri turar joylardir. Xalq turar joylarining xarakterini o'z
navbatida ularning turli tabiiy-geografik muhitda joylashishi, turar joylarning turlari va shakllari belgilab beradi. Shuningdek, etnoslarning turli tabiiy-geografik mintaqalarda joylashuvida, ular o'zlarining etnik an'analaridan kelib chiqqan holda o'zlashtirishi madaniy o'ziga xoslikning muhim omili hisoblanadi. Odatda, turar joy deyilganda, aholining yashaydigan uyi tushuniladi. Lekin fikrimizcha, turar joylar atamasi ancha keng tushuncha. Bizningcha, turar joy deganda nafaqat aholi yashaydigan uyni, balki hovli va undagi xo'jalik va maishiyxonalarni, shuningdek, keng ma'noda shahar, qishloq va ovullarni xam tushunish kerak.
Shu jihatdan, turar joylar atamasini aholi manzilgohlariga xam qiyoslash mumkin. Manzilgoh so'zi aslida ikki o'zakdan tashkil topgan, ya'ni,xitoycha M & "manzil, joy"; arabcha - "yetib boriladigan joy", goh esa forscha - "joy" degan ma'noni anglatadi1.
Zotan, manzilgoh deganda aholi maskan tutib yashaydigan joy tushuniladi. Ma'lumki, turar-joylar va ular bilan bog'liq xo'jalik xonalari moddiy madaniyatning eng muhim komponentlaridan biri hisoblanadi. Turar-joylar turlarining vujudga kelishi va rivojlanishi ko'plab omillarga, jumladan, xalqning turmush tarzi, xo'jalik turlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va tabiiy-geografik muhit bilan bog'liq.
Milodiy 618—907-yillarda Xitoyda hukmron bo'lgan [Táng dài] Tang sulolasi davrida tarixiy voqealarni yozish siyosat darajasiga ko'tarilib, bu ish hukumatning to'liq nazoratiga olingan edi. O'tmishda bitilgan tarixiy asarlarga rasmiy baho berish maqsadida ularni tartibga solish, to'ldirish, tuzatish ishlari ham olib borilgan. Sulolalar tarixini yozish davlat nazorati ostiga olingan.
Rasmiy - tarixiy asarlar sulola tarixi, ayrim viloyatlar, bosib olingan hududlar, hodisalar tazkirasi, voqealarga bag'ishlangan hujjatlar majmuasi, kundalik tafsilotlar bayoni va jug'rofiy asarlardan iborat bo'lgan. Shu bilan birga ikki ming yillik davrni o'z ichiga olgan sulolalar bilan bir qatorda Xitoy hududida hukmronlik qilgan boshqa xalqlar vakillari tarixi ham jamlangan. Mazkur avlodlar tarixi 24 ta bo'lganligi sababli ularga «Ershi si shi» («24 tarix») deb nom berildi. Mazkur tarixiy asarlar majmuasining birinchi jildi yuqorida tilga olingan Sima Chiyan qalamiga mansub « ^.iS» «Tarixiy xotiralar» (Shi Ji) bo'lsa, oxirgi jildi [Míng dài] Ming sulolasi (1368—1644) tarixidan iborat. Xronologik jihatdan mazkur 24 ta tarixiy asar 3,5 ming yillik tarixiy voqealarni o'z ichiga olgan. Markaziy Osiyo tarixi uchun mazkur sulolalar tarixi, ayniqsa uning X asrgacha yozilgan qismi katta ahamiyatga ega ekanligi hech kimda shubha uyg'otmaydi. Ayniqsa, «Tarixiy xotiralar» «^iÜ» (Shi
ji), Avvalgi Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206-yildan — 8 yilgacha) tarixi (Sian Xan shu), Keyingi Xan sulolasi (25—220) tarixi (Xou Xan shu), Vey sulolalari (386—557) tarixi (Vey shu), Bey sulolalari (686—581) tarixi (Bey shu), Suy sulolasi (581-618) tarixi (Suy shu), Tang sulolasi (618—907) tarixi (Tang shu) kabi yirik xitoy sulolalari va Xitoyda hukmronlik qilgan boshqa xalqlar vakillari tarixida, shuningdek, Lyao sulolasi (916—1125) tarixi (Lyao shu) kabi asarlarda Markaziy Osiyo tarixiga oid ma'lumotlar ko'p keltirilgan. Zero, birinchi Xitoy davlati tashkil topgan davrlardan boshlab xitoylar o'zlarining shimoliy va g'arbiy taraflarida yashagan turkiy xalqlar bilan muloqotda bo'lgan, ular bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalar o'rnatgan. Xitoy hukmdorlari turkiy xalqlardan muhofazalanish uchun devor qurib mudofaaga o'tganlar, harbiy qudrati kuchayganda esa ularga o'z ta'sirini o'tkazishga intilib, mamlakat hududlarini kengaytirganlar. Bu borada xitoy hukmdorlari turkiy xalqlarning ichki ziddiyatlari va o'zaro kurashlaridan to'la foydalanish maqsadida ularning yashash tarzini yaxshi o'rganganlar, Xitoy bilan bo'lgan munosabatlariga alohida e'tibor berganlar.
Ma'lumki, Markaziy Osiyo mintaqasida turli tarixiy-madaniy viloyatlar mavjud bo'lib, ularning har biri o'ziga xos tabiiy-iqlim sharoiti, aholi xo'jalik-madaniy rivojlanishining tarixiy yo'nalishlari asosida xo'jaligida va moddiy madaniyatida o'ziga xoslik kasb etgan. Jumladan, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida aholining turar-joylari turlari, tuzilishi, joylashish xususiyatlariga ko'ra, Markaziy Osiyoning janubiy va shimoli-sharqiy hududlarida ham bir-biridan birmuncha farq qilgan. Masalan, M ^ Vey sulolasi (386—534) tarixida M ^ (Vey shu) keltirilgan qadimiy turkiy xalqlar, aniqrog'i telelar haqidagi ma'lumotlarning tarjimasini solishtirganimizda asl matnning boshi, oxiri va o'rtasida jumlalar tushib qolgan. N.Ya. Bichurin birinchi tashlab ketgan joyda - shimolda garchelar (gaoguy, baland aravaliklar) tele, deb atalganligi haqida so'z yuritiladi. Ikkinchi bir qoldirib ketilgan joyda xitoylar garchelarni dinglinglar, deb ataganligi haqida so'z yuritiladi. Uchinchi bir tilga olinmagan joyda esa garchelarning birinchi hukmdori hunlar podshosining jiyani ekanligi va ular dastlab 6 qabiladan iboratligi hamda ularning nomlari yozilgan. Matnning tushirib qoldirilgan yana bir qismida shimolda yashagan garchelarning bir qismi g'arbga, aniqrog'i Zaysan ko'li va Irtish daryosi atrofiga ko'chib borganligi ko'rsatilgan. Asl matnda garchelar (turolar) 2 guruhga bo'lingan bo'lib, ularning bir qismi 6 ta katta qabiladan, ikkinchi bir qismi 12 ta qabiladan iboratligi aytilgan va ularning nomlari berilgan. Lekin N.Ya. Bichurinning tarjimasida garchelar faqatgina 12 ta qabiladan iborat, deb yoziladi va bu 12 ta qabilaning nomi keltiriladi. Albatta bunday hollar tadqiqotchilar faoliyatiga ma'lum
darajada ta'sir ko'rsatgan va tarixiy adabiyotlarda ba'zi bir noaniq yoki xato fikrlarning shaklla nishiga sabab bo'lgan.
«Tang sulolasining yangi tarixi» da keltirilgan ma' lumotlarni tarjima qilgan N.Ya. Bichurin uning ko'hna tarixiga murojaat qilmagan yoki ushbu asar unda bo'lmagan. Ehtimol, N.Ya. Bichurin tarjima qilishga ulgurmagandir. Ikkita tarixiy asarni solishtirish orqali, «Tang sulolasining ko'hna tarixi» 144 - bobning birinchi bo'limi «Tang sulolasining yangi tarixi» ga kirmay qolganligi aniqlandi. Mazkur bo'lim aynan telelarga bag'ishlangan1 . Shuningdek ushbu manbadan qilingan tarjimada: "Shu joy (Toshkent) dan janubi - sharq sari 1000 li (576 km) dan ziyodroq yurilsa, Payxan (Parkona) - davlatiga boriladi. Uning to'rt tomoni tog' bilan o'ralgan. Yerlari serhosil, dehqonchilik ishlari rivojlangan, gullar va mevalar ko'p, (tabiiy sharoiti) qo'y va ot boqishga qulay, shamol va sovuq bo'lib turadi, odamlari qattiq irodali, xalqining tili atrofdagi davlatlardan farq qiladi, odamlarining tashqi ko'rinishi charchagan kishidek, bir necha o'n yildan beri bosh hukmdori yo'q, qavm boshliqlari o'z xolicha ma'lum bir joyni nazorat qiladi, o'zaro urishishmaydi, xavfga duch kelganda, kelishib ish tutadi"1. Tarixchilar tosh kulba yoki guvala kapa issiq, keng va bir yerdan boshqa yerga oson ko'chiriladigan kigiz chodirdan ko'ra turar - joyning eng oliy shakli ekanligini isbotlab bergan. Tabiat bilan uzviy aloqada bo'lgan ko'chmanchi xalqlar uchun bunday o'tovda hayot kechirish zaruriy bo'lgan. Yozda dalada o't - o'lan qurib qoladi, otar va podalarni Tyanshan, Oltoy, Xangay, Xentey tog'lari yonbag'irlaridagi o'tloqlarga haydash zarurati tug'iladi. Qishda tog'da qor ko'p yog'adi va o'sha uyur, otar va podalarni yana cho'l mintaqalariga qaytarish zarurati tug'iladi, chunki bu yerlarda qor ancha yupqa bo'lib, jonivorlar qor tagidan ancha to'yimli ozuqa topa oladilar. Bunday turmush tarzida turar - joyni ko'chirib olib yurish eng qulay bo'lgan.
O'tovning qulayliklariga kelsak, Xitoyning buyuk shoiri Bo Szyuyga o'tovga maxsus ajoyib she'r yozgan. Bu matn tarjimasinini Lyu Mao Szay1 e'lon qilgan (nemischa so'zma - so'z tarjima; ruscha she'riy tarjima qilingan).Xitoy shoiri tasvirlagan o'tov bu o'rtacha ta'minlangan ko'chmanchining yashash joyidir.Vizantiya tarixchisi Menandr Xitoy hukmdorining oltin taxtli chodirni tafsiflaydi, ushbu chodir shunchalik yengil bo'lganki, uni bir otga yuklash mumkin ekan, boshqa bir chodir «ipak qoplamalarga burkangan», uchinchi bir chodirda xon yotog'ini suyab turgan oltin tovuslar va zar suvi yugurtirilgan ustunlar bo'lgan. Bu dabdabalardan birortasi ham bizgacha yetib kelmagan. Yog'och va mo'ynalar chirib ketgan, oltin va kumushlar eritilib, qurollar zangga aylangan. Biroq yozma bitiklar
asrlar osha boy va takrorlanmas madaniyat haqida oz miqdordagi arxeologik topilmalardan ko'ra ko'proq ma'lumotlarga beradi.
Milodiy V asrda Markaziy Osiyoda ulkan davlat hisoblangan Eftallarning kelib chiqishi ko'chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli ilk o'rta asr Xitoy manbadarida ularning yurtida shaharlarning yo'qligi, o'zlari esa o'tloqlarga boy yaylovlarda kigiz o'tovlarda yashashi ta'riflanadi.Vodiyda har bir ovul jamoasi o'zining yaylov yerlariga ega bo'lib, har yozda mana shu yaylovga kelgan. Yaylov yerlari, buloq va quduq kabi suv manbalari ovul jamoasining umumiy mulki hisoblangan, chorva hayvonlari, qora uy va ekinzorlar har bir oilaning xususiy mulki bo'lgan1. Farg'ona vodiysining yarim o'troq aholi yashovchi tog'oldi hududlarida o'troq aholiniki kabi zieh qishloqlar kam tarqalgan bo'lib, asosan, bir biridan alohida-alohida qurilgan atrofi baland paxsa devorlar bilan to'silgan qo'rg'onchalardan iborat bo'lgan. Qo'rg'onchalar yarim o'troq aholining o'troqlashishi jarayonida tashkil topgan doimiy turar-joylaridir. Bunday manzilgohlar aslida yarim ko'chmanchi aholining ma'lum bir urug' yoki urug' bo'linmasiga tegishli qishlov makonlari o'rnida tarkib topgan bo'lib, ular asoschilari nomi bilan atalgan. Taniqli etnograf K. Shoniyozov bunday turar-joylarni vodiy hududida XVIII asr oxirlaridan paydo bo'la boshlagan, deb e'tirof etgan 1 . Xulosa o'rnida quyidagilarni aytib o'tish kerak, Xitoy hukumdorlari har doim o'zlaridan g'arbda yashagan xalqlar hayoti turmush tarizi va an'analarini bilishga qiziqan bunday ma'lumotlarni bilish uchun ular elchilar savdogarlar va budda dinni rohiblarini shu o'lkalarga jo'natganlar va ular orqali turkiy xalqlar haqida qimmatli ma'lumotlar yig'ilgan. Bunday ma'lumotlarni to'plash Xan sulolasi [X(mil. avv. 206 — mil. 8) davrida eng yuqori nuqtasiga chiqqan. Imperator U-di [ ^ M ] birinchi marta Xunlarga qarshi ittifoqchi topish uchun Chjan Szyanni ^^ [Zhängqiän] g'arbiy mamlakatlarga jo'natadi. Bundan
ko'zlangan asosiy maqsad jingying ÍÍM [JTngyíng] (qadimiyatda yozilishi)
siyosatini amalga oshirish bo'lgan ya'niy turkiy qabilalarni ijtimoiy - siyosiy, iqtsodiy va turmush sharoitlarini, urf odatlarini to'liq o'rganib keyinchalik esa ulardagi zaif tomonlarini topib o'zlariga tobe qilish bo'lgan. Va shu orali Xanlar (^ A qadimiyatda yozilishi) o'zlaridan g'arbda bo'lgan hududlarni boshqarishga intilganlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
LAögynnaeB E.M. KagHMra OaproHa Mygo^aa HHmooraapHga KyHMaHHHnap MagaHH^raapn H3napn // YpTa OcneHHHr KagHMra Ba ypTa aepnap max,ap
733
маданияти анъаналари. Узбекистан Милий университети Археология кафедрасининг 70 йиллигига багишланган илмий анжуманига йулланган маърузулар туплами. Т., 2010. - 27-326.
2.Абдухоли; Абдурасул угли. Чин ва Мочин. -Т.: Фан, 2006. -1566.
3.Абдухоли; Абдурасул угли. Кадимги Фаргона тарихидан. -Т.: Фан, 2002. -193 б.
4.Абдукайимхужа. Гарбий юрт ва кддимий маданият. Урумчи., 1994. - 277 б.
5. Абдухоли; Абдурасул Угли. Кадимги Фаргона тарихидан. - T.: 2002. - 327 б.
6. Абрамзон С. М. "Очерк культуры киргизского народа".- Фрунзе: Изд. Киргизского филиала АН СССР. 1946.- С. 323.
7. Шониёзов К. Узбек халкининг шаклланиш жараёни. - T.: 2001. - 367 б.
8. Шониёзов К. Канг давлати ва канглилар. - Т.: 1990. - 103 б.
9. Шаниязов К. Ш. "К этнической истории узбекского народа". - T.: "Фан". 1974. - С. 218.
10.Ван Гу, Чжан Сяан. Ли Гуангли таржимаи холи. Ханнама. - Уримчи, 1994. -449 б.
11. Хужаев. А. Кадимий Хитой манбаларидаги туркий халкларга оид айрим этнонимлар. -Узбекистон урта асрларда: тарих ва маданият. -Т., 2003. - 182 б.
12.Хужаев. A. Фаргона тарихига оид маълумотлар (кадимий ва илк урта аср хитой манбаларидан таржималар ва уларга шархлар). -T., 2013. -288б.
13. Хужаев. A. Хитой манбаларида сугдлар // Мозийдан садо. -Т., 2016. - 42-24 б.
14. Хужаев А. Буюк ипак йули: муносабатлар ва такдирлар.-Т., 2007.
15. Хужаев А., Хужаев К. Кадимги манбаларда халкимиз утмиши. -Т., 2001.
16. Хужаев A, Айтбаев А., Кулдошев Ш., Джкманиёзова. Ф. Марказий Осиё тарихи Хитой манбаларида.-Т. 2016. -87 б.
17. Узбекистон Миллий Энциклопедияси. Т.5. - Тошкент: УзМЭ, 2004. - Б. 445.
18. ГумилевЛ.Н. Кадимги Турклар. -T.: 2007. - 360 б.
19. Ma Changshou. Turklar va Turk xoqonligi. -Shanxay: Shanxay xalq nashriyoti, 1957. -B. 106. Ц^т. Я. ±}$АКШМ±Л957. -ШШ. 106.
20. Rong Sinjiang. O'rta asr Xitoy va So'g'd madaniyati.(Medieval China and Sogdian Culture). -Pekin: Sanlian kitob do'koni, 2014. -B. 446. ^ШХ. Ф^ФЯ
2014. -ШШ. 446.