AN'ANAVIY TURAR-JOYLARDA DEVORLARNING DEKORATIV
BEZATILISHI
Mohinur Zokirovna Maxmudova
Assistent, Farg'ona politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Arxitekturada bezaklar hamma davrlarda inson e'tiborini tortib kelgan. Ularning aniq, muntazam tuzilish usullari, bejirim uygunlik asosida ishlangan islomiy naqshlari jahon hamjamiyatini hali-hamon hayratga solib keladi. Muallif maqolada turar-joy binolarining bezaklari haqida qisqacha ma'lumot bergan. O'zbekiston tarixiy shaharlaridagi an'anaviy turar-joylarning tashqi va ichki tarzlarida ishlatilgan bezak turlari, turar-joylardagi mehmonxonalarda ishlatilgan naqshu- nigorlar tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: me'morchilik, inshoot, gulganch, zaminash ranga, iroqi-muqannas, kolabkori.
DECORATIVE WALL DECORATION IN TRADITIONAL RESIDENCES
ABSTRACT
In architecture, ornaments have always attracted human attention. Their clear, systematic methods of construction, their Islamic patterns based on perfect harmony, still amaze the world community. The author gives a brief overview of the decoration of residential buildings. The types of decorations used in the exterior and interior of traditional dwellings in the historical cities of Uzbekistan, the patterns used in residential hotels were studied.
Keywords: architecture, construction, flowering, ground color.
Kirish. Uy-joy qurish san'ati XIX asrlarga kelib yuksaklikka ko'tarildi. Bir necha yuz yillik madaniy taraqqiet asosida mahalliy iqlim shartsharoitlari va xalqning turmush tarzi hamda urf-odatlari hisobga olinib, O'rta Osiening tog'oldi rayonlari, pasttekisliklaridagi aholi punktlari shimoliy va janubiy hududlarni egallaganliklari ham bunda o'z ifodasini topdi. Pirovardida hozir me'morchilik san'ati tarixi bilan shug'ullanuvchilar orasida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va Farg'ona turar joy tiplari farq qilinadi. Bundan tashqari tog'oldi va dasht zonalari uylari tipi ham mavjud [1-6]. Bularning har biri mahalliy xalq me'morchilik maktablari mahsuli bo'lib, ayni vaqtda umumiy mushtarak belgilarga ham ega. Arxitektura va badiiy bezak hamma vaqt, hamma davrlarda yonma-yon ishlatilib kelingan. Arxitektura inshooti funksiyasiga qarab, o'zining takrorlanmas va o'ziga xos bezash usullariga ea bo'lgan. Saroylar turli-xil jimjimador bezaklarga boy, oddiy turar- joylar esa odmi bo'lsa ham nafis bezaklar bilan bezalgan. Ular ichida turar-joy binolarining bezaklari, ayniqsa, o'zining serqirra
va har xilligi bilan inson aqlini hayratga solib kelgan [6-11].
Turar-joy binolarining bezaklari ierarxik tizim asosida shakllangan. Boy zodagonlarning turar-joylari saroy turar-joylariga tenglashtirilgan, savdogarlarniki ularnikidan qolishsa ham o'z davrining eng ilg'or texnalogiyalari asosida ishlangan. Oddiy hunarmand yoki yollanma ishchilarning kichik hajmdagi turar -joylarida ham oddiy, sodda, kam harajatli, lekin mutanosiblik va uyg'unlikka asoslangan bezak turlari ishlatilgan. Shularning ayrim turlari haqida quyida to'xtalib o'tamiz. Turar-joy hovlilarining tarzlari ganchxok bilan, boy xonadonlarda rangli suvoq bilan bezatilgan [11-14]. Ganchdan qilingan o'ymakor ishlar va rang-bo'yoq faqat ichkari xona va ayvonlarda qo'llanilgan. Devorlarni rangli suvoq bilan bezashning masalan, Buxoro shahri uchun xarakterli bo'lgan bir necha turi bo'lgan:
1) Bir tekis rangli suvoq asosan, biror materialga o'xshatishda (imitatsiya qilishda) ishlatilgan. Masalan, xona devoridagi panel rustovka qilinib marmarga o'xshatilgan yoki ayvonning tom yopmasi rangli ganchdan o'ymakor qilib kesilgan va sopolga o'xshatib rang berilgan.
2) Nam ganchga o'yilgan rasmga rangli suvoq surtilib (keyin qiriladi) qilinadigan bezak turi. Turar-joyda to'sinlarga temir tasma yordamida qamish qoqilgan, uning yuziga loysomondan suvoq, bir qavat ganchxok va keyin oxirgi gulganch qatlami qilingan. Oxirgi qavatga naqsh chiziq qilib kesilgan; u qizil yoki kulrang (ganch bilan ko'mir aralashma) aralashma bilan to'ldirilgan. Naqsh devorga to'g'ridan-to'g'ri qo'lda chizilgan yoki trafaret yordamida bajarilgan.
3) Rangli qorishma gulganchning ustidan yubqa qilib surtilgan, keyin unda naqsh tirnab chizilgan. Bu usul nisha qirrasi yonidagi yuza (nalichnik) naqshini bajarishda ishlatilgan, va tekis pannoda "panjara" naqshini chizishda qo'llanilgan.
4) Odatda devor ikki qavat ikki xil rangda suvalgan, yuqori qavatdagi suvoq naqsh qilib kesilgan va fon olib tashalgan ("zaminash ranga", ya'ni pasti rangli). Natijada "qirma" kelib chiqqan. Bu sgraffitoning bir turi hisoblanadi .
Hovlidagi tarzlarda rangli suvoq devorning yuqori chetini bezash uchun ishlatilgan. Rangli suvoq shakl berib terilgan g'ishtni imitatsiya qilgan, shuningdek, barglar motivi ko'proq uchraydi (kulrang, ko'k, qora rang oq fonda yoki oq surat rangli fonda). Tashqari devorning yuqorisi bilan rangli suvoqdan ishlangan kayma (naqsh) xonalarni, ayvonni va xo'jalik xonalarini bog'lab bir butun ko'rinishni tashkil etgan. Rangli suvoq hovli tarzlaridagi eng yaxshi xonalar devorlarini bezash uchun ham qo'llanilgan. Bunda devorning yuzi to'rtburchak ramkalarga bo'lingan, ularning ichiga naqshli ravoq - "davra" rangli suvoqdan chizilgan. Ayrim hollarda ular ayvon nishalariga joylashtirilgan. Ravoqning o'rtasi shu rangdagi suvoqda turunj bilan to'ldirilgan. Usta turar-joy xonalarining devorini bezatishga kirishar ekan, avval devorni ganchxok bilan suvagan, keyin tarhda belgilanganday bir necha bo'laklarga bo'lgan. Devorni bo'lib, belgilab, ganchxokning ustidan bo'rtib turgan yo'llarni bajargan, ular
pastki panelni devordan va karnizdan ajratib turgan. Bunday yo'llar - "raxi namoya" -devorni alohida chiqib turgan ramalarga bo'lgan. Bo'lish qoidalarga binoan devorning an'anaviy kompozitsiyasini aniqlagan holda bajarilgan. Kompozitsiya to'lqinsimon ritmda qurilgan, har bir rama ikkiga bo'lingan. Katta va kichik yuzalar ketma-ket almashib, goh pastda, goh yuqorida joylashgan. Kichik yuza yuqorida joylashsa kitoba yoki tarix yozib qo'yilgan, agar pastda bo'lsa, guldasta bilan bezatilgan[8-13]. Ramaga chizilgan ravoqlar tuzilishi va bezatish texnikasiga qarab turlicha bo'lgan (bittasiga naqsh chizilgan bo'lsa, yonidagisi rangli suvoq qilingan). Devorning ramkalarga bo'linishi badiiy bezatishning birinchi aktini ifodalaydi, kambag'al(kosib)larning turar-joyi bezagi shu bilan tugagan. Bo'linish natijasida oq ramkalar ganchxok fonida alohida ajralib qolgan. Mablag'i bo'lgan mulkdor qilingan ishlarga asosan xonani bezatishni davom ettirgan. Buning uchun ramalar ichiga ruta lar o'rnatilgan . Usta devorni bo'laklarga bo'lganda shuni inobatga olgan. Keyin naqsh chizish uchun mo'ljallangan pannoga ham ishlov berilgan, rangli suvoq yoki o'ymakorlik qilinib, izidan bo'yalgan. Devorning mos kelgan joyini gulganch bilan yoki ikki qavatli rangdor suvoq bilan suvalgan, keyin unga o'yilgan yoki chizilgan bezaklar qilingan.
Xulosa. Shu tariqa, devorning badiiy bezalishining alohida turlari bir nechta ketma-ket bajariladigan bosqichlardan iborat bo'lgan. Bunday tizim ustalarning ishida uzviylikni ta'minlagan. O'rta asr ustalarining ishlarida bizni hayratga soluvchi "uslub birligi"ni ta'minlagan. Ravoqli nishalar xonaning uzun tomoni bo'ylab joylashtirilgan. Baland yozgi xonalarda cho'zinchoq nishalar bo'lgan (2,5m x 0,23-0,28m ga yaqin). Bahorgi va qishki xonalar va ikkinchi qavatning xonalari pasqamroq bo'lgan. Konstruksiya jihatidan nishaning eng murakkab qismi yarim aylana yoki chorak aylana gumbazli ravoq bo'lgan. Nisha ravog'ining ustalar orasida ma'lum bo'lgan bir necha qurilish tizimi bo'lib, ular "muqannas", "iroqi", "iroqi-muqannas", "kolabkori" va boshqa nomlar bilan atalgan.
REFERENCES
1. EypoHOB E. (2003). Eyxopo Typap^ofi MetMopnuruHHHr 3HHHara. CaHtaT. TomKeHT. № 4. E. 27-28.
2. EypoHOB E. (2003). Eyxopo moxHumuHnapu. Mo3HfigaH cago. TomKeHT. № 3(4). E. 56-57.
3. ^ycmaTOBa 3. (2000). XIX - XX acp öomnapnga TomKeHT aHtaHaBufi yfi^ofi MetMopnunuru. CaHtaT. TomKeHT. № 1. E. 8-9.
4. Abdullayev N. (2007). O'zbekiston san'ati tarixi. TomKeHT. O'zbekiston faylasuflar ilmiy jamiyati. 236 6.
5. YpHH6oeBa M. (2005). Y36eKHCTOH axpnu Typap-^ofinapu MetMopnuru Ba 6agHHfi MagaHHaTH. CaHtaT. TomKeHT. № 5. E. 8-10.
6. HO3HHOB A. (1977). YpTa Ocuè MetMopnunuru Ba MexMoHxoHanap. TomKeHT.
Y36eKHCTOH. 24 6.
7. Kosimov, L., & Kosimova, S. (2021). Optimization of the composition of dry slag-alkaline mixtures. 36ipHUK HayKoeux npavlb A6гoa.
8. Salimov, A. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2021). Features of the use of pilgrims for tourism in the Fergana region. Scientific-technical journal, 3(4), 42-47.
9. Axmedov, J. (2021). The development of landscape architecture in Uzbekistan. 36ipHHK HayKOBHx npa^ SCIENTIA.
10. Kosimova, S. H., & Kosimov, L. M. (2020). Principles of forming a garden-park landscape design around historical monuments of the Fergana valley. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 1582-1589.
11. Qosimov, L. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2020). Specific aspects of using Ferghana region's pilgrims for touristic purposes. Academic research in educational sciences, (3).
12. Zikirov, M. C., Qosimova, S. F., & Qosimov, L. M. (2021). Direction of modern design activities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 11-18.
13. Axmedov, J. (2021). The preservation of ancient architectural monuments and improvement of historical sites-factor of our progress. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOrOZ.
14. Zakirova, G. M. Q., & Axmedov, J. D. (2021). Architectural appearance of Khudoyorkhan palace: requirements for preservation and restoration. Scientific progress, 1(6), 717-719.