Научная статья на тему 'Ташкентская школа резьбы по дереву и представители узбекского народного прикладного искусства'

Ташкентская школа резьбы по дереву и представители узбекского народного прикладного искусства Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
98
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
композиция / калка (китайская бумага) / хока (толченый пепел) / макияж / шлифовка / рельеф / паргори / ислими / грикс. / composition / kalka (Chinese paper) / khoka (crushed ash) / make-up / sanding / relief / pargori / islimi grix.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Муслимахон Абдурашидхонова, Мурад Расулов

В прикладном искусстве секреты искусства резьбы по дереву и основоположников резьбы по дереву в Ташкенте и способы выполнения этого ремесла отражены в простой шкатулке. Приведены краткие изложения работ мастеров, которые внесли свой вклад в дальнейшее развитие искусства резьбы по дереву.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Tashkent school of wood carving and representatives of uzbek folk applied art

In applied art, the secrets of the art of wood carving and the founders of wood carving in Tashkent and the methods of performing this craft are reflected in a simple box. Here is a summary of the work of teachers who have contributed to the further development of the art of wood carving.

Текст научной работы на тему «Ташкентская школа резьбы по дереву и представители узбекского народного прикладного искусства»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience. uz/index. php/socinov/index

Tashkent school of wood carving and representatives of uzbek folk applied art

Muslimakhon ABDURASHIDKHONOVA1, Murad Rasulov2

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021

Keywords:

composition,

kalka (Chinese paper),

khoka (crushed ash),

make-up,

sanding,

relief,

In applied art, the secrets of the art of wood carving and the founders of wood carving in Tashkent and the methods of performing this craft are reflected in a simple box. Here is a summary of the work of teachers who have contributed to the further development of the art of wood carving.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4. 0 International (CC BY 4. 0) license (https://creativecommons. org/licenses/by/4. 0/deed. ru)

pargori, islimi grix.

O'zbek xalq amaliy san'ati bo'lmish Toshkent yo'g'och o'ymakorligi maktabi va namoyandalari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

kompozitsiya,

kalka (Xitoy qog'ozi),

xoka (maydalangan kul),

pardoz,

jilvirlash,

rel'ef,

pargori,

islimiy,

grix.

Amaliy san'atda yo'g'och o'ymakorligi san'ati sir-sinoatlari va yog'och o'ymakorligining Toshkent shahridagi asoschilari va ushbu hunarning bajarish uslullari oddiy bir qutida aks ettirilgan. Yog'och o'ymakorligi san'atining yanada yuksalishiga o'z hissasini qo'shib rivojlantirgan ustozlar ijodi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan.

1 Student, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.

2 Senior lecturer, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.

Ташкентская школа резьбы по дереву и представители узбекского народного прикладного искусства

Insoniyat yaralibdiki go'zallikka intilib yashaydi. Shu qatorda amaliy san'at turlari ham insonga estetik zavq beradi. Men aytmoqchi bo'lganim shuki yog'och o'ymakorlik hunari ham shular qatoridadir. Yog'och o'ymakorligida asosan naqshlarning to'g'ri tuzilganligiga e'tibor qaratishimiz kerak. Naqshlarning deyarli hammasi ham atrofimizdagi o'simliklardan olinadi. Ularning qanday o'sgani va ularni o'sish jarayoniga qiyoslanishi ham mumkin. Atrof olamimizda bizni ilhomlantiradigan talaygina o'simlik gullari va o'simlik turlari mavjuddir. Yog'och o'ymakorligida naqsh kompozitsiyalari ancha e'tibor va qund bilan o'ylab chizilishi kerak. Naqshlarning xillari ham turlicha [1-5].

Masalan kichik bir qutichani olsak avvalo uning sifatiga e'tibor berish kerak. Qaysi daraxtdan olinganligiga ham e'tiborimizni qaratish ham kerak. Uning yumshoq yoki qattiqligini bilib olishimiz zarur. Avvalo biz tanlab olgan kompozitsiyamizni qutichamiz-ning usti va yoniga tushirib olishimiz kerak bo'ladi. Qutiga tushirish uchun qo'g'ozga chizilgan kompozitsiya naqshimizni kalka qo'g'oz (Xitoy qog'oz)ini naqshning ustiga qo'yib chizib olamiz va bir necha qavat matoni taxlab olib oddiy bo'sh qog'ozni shu mato ustiga qo'yamiz va uning ustiga kalka qog'ozni qo'yib igna (nina) yordamida 2 mm oralig'ida qilib naqsh ustidan teshib chiqiladi. Shu naqshni qutichaning ustiga qo'yib hoka (yondirilgan daraxt bo'lagi, kul) yordamida tushiriladi ya'ni buning uchun doka bolagi 2-3 qavat qilib uning ichiga hoka (mayda kukun qilingan kul) solamiz. Uni shu qutichaning ustiga qo'yilgan kalkaning ustiga urib bosib chiqiladi. Keyingi bosqichda esa asta sekingina uni ko'tarib olamiz. Tushirilgan kulning ustidan shoshmasdan ehtiyotkorlik bilan ustidan yumshoq qalam bilan chizib chiqamiz [6-12]. Chizib bo'lingach hokadan qolgan qoldiqlar puflab yoki quruq yumshoq mato bilan artib tashaladi. Shunda u toza bo'lib yarqiraydi. Keyin esa kesib chiqiladi buni amalga oshirish uchun turli ko'rinishdagi "yog'och o'ymakorligi" uskunalari bilan kesib chiqiladi. Kesishda esa kichik raqamli uskunalardan katta raqamli uskunalarga qarab ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Kesish jarayoni tugagach o'yish uskunalari yordamida. O'yiladi buning uchun o'yuvchi uskunalarni katta kichikligiga qarab moslab o'yish jarayoni boshlanadi. O'yish jarayoni toza va e'tibor bilan bajarilishi kerak.

O'yish jarayoni tugagach buyumimiz tekis va bekamiko'stligini tekshiramiz. So'ngra chakich uskunasi yordamida chakichlanadi. Chakichlash ham qunt bilan bajarilshi kerak. Bir tekislikda chiqishi e'tibor talab etadi. Chakichlash jarayoni tugagach eng mayda qumli qum qog'oz yordamida ishqalab jilvirlanadi. Keyingi jaryonda esa loklanadi [13-19]. Loklash jarayonida lok turi tanlanadi. Masalan "sherlak"da loklaydigan bo'lsak u lok turi

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

композиция,

калка (китайская бумага),

хока (толченый пепел),

макияж,

шлифовка,

рельеф,

паргори,

ислими,

грикс.

В прикладном искусстве секреты искусства резьбы по дереву и основоположников резьбы по дереву в Ташкенте и способы выполнения этого ремесла отражены в простой шкатулке. Приведены краткие изложения работ мастеров, которые внесли свой вклад в дальнейшее развитие искусства резьбы по дереву.

tez qurishini hisobga olib loklashimiz kerak. Bir marotaba loklangandan keyin u qurigach ustidan yana 2-3 marotaba loklanadi. Loklash jarayoni tugagach yaxshilab quritilishi kerak. So'ngra esa uskunalar yordamida pardoz ochish jarayonini davom ettiramiz. Pardoz jarayoni esa tugagach yana bir ko'zdan kechirib chiqamiz. Ishimiz yaxshi tugallganligiga ishonch hosil qilamiz. Shu tariqa bizni qutichamiz ishi yakunlanadi.

Yog'och o'ymakorligi hunari ham barcha hunarlar kabi o'z tarixiga ega. Men ham bu hunar turining Toshkent shahridagi tarixi haqida aytib o'tmoqchiman [20-22].

O'zbekiston Respublikasining katta yog'och o'ymakor ustalaridan bo'lmish Sulaymon Xo'jayev haqida ma'lumot berib o'tamiz. Sulaymon Xo'jayev Toshkent shahridagi Suzuk ota yog'och ustalari mahallasida istiqomat qilgan. Sulaymon Xo'jayev yuksak plandagi usta hisoblanadi. Uning ijodidagi maqsadi xalq ro'zg'or buyumlarini turli go'zal naqshlar bilan bezash bilan birga, pargori o'ymakorlik uslubini xalq e'tiboriga havola etgan. Usta Sulaymon Xo'jayevning yuza relef o'ymalarini texnika bilim yrtlarida va to'garaklarda o'rgatib keng yoyish mumkin.

Sulaymon Xo'jayev

Ularning kichik ustaxonalaridan turli hildagi mahsulotlar aholi uchun tayyorlangan. Yo'g'och bo'laklaridan yorqin va jilvakor buyumlar yasalgan. Ularni o'sha davrda ishlab chiqqan usullari hozirgi davrda maktablardagi darsliklarda va to'garaklarda qo'llanilib kelinmoqda. S. Xo'jayev o'ygan stollarning yuqori qismining yuzasi to'liq yog'och o'ymakorligidan tashkil topgan bo'ladi. Usta S. Xo'jayev oddatiy stollardan tashqari o'yma yozuv stollari ham ishlagan. U stollar 2 ta tortma yashikdan tuzilgan. U yerda u o'zining

mahoratini yangi detallarda ham ko'rsatgan. Usta ba'zida an'anaviy formalarni ham yangi naqshlar bilan to'ldirgan [23].

Usta oxirgi ishlarini Valiqori Asqarov bilan birgalikda bajargan. U qutilar ishlashda kompozitsiyalarni o'ta an'anaviy formalarini saqlashga qattiq e'tibor bergan. U odatda qutichalarni to'g'ri to'rtburchak shaklda va qopqoq qismi ochiladigan qilib ishlagan. U kompozitsiya naqshlarida aniq simmetriyaga katta e'tibor bergan. Usta Sulaymon ota har doim qutilarning chekkalarini mevali daraxtdan (o'rikdan) tor qo'shimchalar bilan bezatgan. Afsuski, pargori o'ymakorligi usta Sulaymon ota vafotidan keyin yanada rivojlanmadi:magistr talabalari badiiy o'ymakorlikning boshqa turlariga qiziqishdi. Masalan, ulardan biri usta Maqsud Qosimov deyarli faqat shu uslubda ishlagan.

Sulaymonxo'ja ota ijodida hamisha "pargori" naqsh uslubida ijod qilgan ustalardandir. Pargori bu xalq tilida sirkul ham deb yuritiladi ya'ni sirkul yordamida ishlanadigan naqsh turi hisoblanadi. Shu ijod mahsullari hozirda ham yuksalib kelmoqda. Naqsh turlari ham turli bo'lib ularga misol uchun "pargori", "islimiy", "grix" shu va shu kabilar kiradi [24].

Sulaymon Xo'jayevning yetakchi shogirdlaridan biri Maqsud Qosimov haqida gapirib o'tamiz. Maqsud Qosimov ijodida Toshkent badiiy yog'och o'ymakorligining asosiy tamoyillari aks etganini ko'rish mumkin.

Qosimov yog'och o'ymakorligi bilan bir qatorda o'yma ganch sohasida ham ko'p ishlaganlar. Qosimov o'zining mashg'ulotini taniqli Toshkentlik usta Alimjon Qosimjonov bilan boshladi. Qosimjanov ularni bo'yoqlar yaratish san'ati, daraxtga rasm chizish texnikasi bilan tanishtirdi. Qosimovning eng sevimli mavzusi bu yog'och o'ymakorligi edi M. Qosimov stollar, ramkalar, qutilar va boshqa buyumlar yasashni o'rgangan. Usta

o'ymakor yog'ochning yoshiga juda sezgir bo'lishi kerak, u qanday sharoitda va qancha vaqt davomida yangi yog'ochlarni saqlash kerakligini bilishi kerak edi [25].

Eshiklarda ishlashda Qosimov o'zbek xalq o'ymakorligining turli xil turlarini birlashtirgan, bu odatda tekis reliyef bilan ajralib turadi. Qosimov 1943-1946-yillarda davriy ravishda Opera va balet teatri qurilishida qatnashgan. Qosimov har doim o'z asarlarini eskizlarini diqqat bilan o'ylab topadi va ularni bo'limda muhokama qilish uchun taqdim etgan. Qosimov so'ngi yillarda o'zbek o'ymakorligi bilan bezatilga turli hil mebel va uy anjomlarini, rasm ramkalarini va qutilarni ustida ko'p ishlagan. M. Qosimov Toshkentda deyarli yagona bo'lgan, balki butun O'zbekiston bo'ylab u nafaqat yog'och panjara yasash bo'yicha usta edi [26].

Qosimov nafaqat panjaraning o'ziga xos asl san'atini saqlab qoldi va olib keldi. Maqsud Qosimovning katta egizaklari Hasan va Husan, ayniqsa otalarning san'atiga juda qiziqishadi va bu hunarni asta sekin o'zlashtiradilar. Ba'zan otalari ularga naqshning mayda detallarini o'ymakorlikni ishonib topshiradi. Bolalar otalarining yangi asarlariga qiziqish bildiradilar. Qosimovning mahsulotlari Toshkent, Samarqand, Moskva, Leningrad muzeylarida saqlanmoqda.

Rassomlar uyushmasining faol a'zosi bo'lgan Qosimov ajoyib ijodiy g'oyalarga boy bo'lgan. Ularni turar joy va jamoat binolarining ichki qismini bezab turgan mahobatli va maishiy naqshlarda topadi. Maqsud Qosimov Toshkent shahridagi yog'och o'ymakorligi-ning asoschisi hisoblanadi. Hozirda ham Sulaymon Xo'jayev va uning shogirdi Maqsud Qosimov ijodi namunalari va usullaridan keng foydalanib kelinmoqda [27].

Maqsud Qosimov ustozi Sulaymonxo'janing ijodini ham davom ettirdi. U ko'pgina shogirdlar tayyorladi.

Maqsud Qosimovning hunarlarini qunt bilan o'rgangan shogirdlaridan biri bu Ortiq Fayzullayevdir, navbatdagi sharximiz Ortiq Fayzullayev haqida.

Ortiq Fayzullayevning yog'och o'ymakorligi bo'yicha birinchi ustozi Toshkentlik mohir usta sifatida nom qozongan Maqsud Qosimovdir. 1957-yilda M. Qosimov o'z shogirdlari - P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik maktabini bitirib chiqqan O. Fayzullayev, S. Qosimov, E. Nurullayevlarga rahbar bo'lib, O'zbekiston Yoshlarining birinchi Respublika festivali munosabati bilan Toshkent shahrida ochilgan ko'rgazmada ishtirok etdilar. O'z yasagan buyumlari bilan ko'pchilikni olqishiga ega bo'ldilar [28].

Ortiq Fayzullayev 1952-1965-yillar davomida o'ymakor usta Maqsud Qosimov bilan yonma-yon turib, san'at sirlarini batafsil o'rgangan. Oradan vaqt o'tgach ustozning ya'ni M. Qosimovning toblari bo'lmay, vafot etdilar. U kishi kenja o'gillari Xojiakbar Maqsudovga otalarining vafotidan keyin Ortiq Fayzullayev ustozlik qilib yog'och o'ymakorlik sirlarini o'rgatganlar. Xojiakbar Maqsudov otasining va ustozining ishonchini oqlagan yetuk san'atkor, yog'och o'ymakordir.

Ortiq Fayzullayev yoshligidan, duradgorlik, rassomchilik va o'ymakorlikka qiziqar edi. O. Fayzullayev hozirgi vaqtgacha 80dan ortiq ko'rgazmalarda o'z ishlari bilan qatnashgan. Usta yaratgan panjaralarni Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida ko'rish mumkin. Ortiq Fayzullayevning ishlagan asarlari badiiy yetukligi, mazmunan teranligi bilan xalq e'tiborini tortib ajralib turadi [29].

Ortiq Fayzullayev o'ymakorlikni me'morchilik bilan bog'liq holda rivojlantirishga hissa qo'shgan. O. Fayzullayevning ustozi Maqsud Qosimov. Uning ustozi esa 1936-yilda Mehnat Qahramoni bo'lgan usto Sulaymon Xo'jayev edi. Hozirgacha bu avlod davom etib kelmoqda bu yetuk o'ymakorlarning shogirdlari ularning hunarlarini davom ettirib kelishmoqda.

Ortiq Fayzullayev

Ortiq Fayzullayevning sexrli qo'llari bilan ishlangan qator o'ymakorlik buyumlari qator nufuzli ko'rgazmalarda namoyish etib kelinmoqda. O'zlari esa bu yo'nalish bo'yicha talaygina sovrinlar sohibiga aylanganlar.

Oriq Fayzullayev o'z ustozlaridan ko'pgina sir sinoatlarni o'rgandi. Bu umr davomida u bu hunarni yana ko'p shogirdlariga o'rgatgan va o'rgatib kelmoqda. Ustozining usullarini ham davom ettirgan. U bu usullarga o'zining ham kompozitsiyalarini chambarchas bog'ladi. Shunda ajoyib sehirli san'at asarlari yaralgan [30].

Yuqorida keltirib o'tgan bu shaxslar o'zlarini go'zal bir san'atlari ya'ni yog'och o'ymakorligi hunarini ko'pgina shogirdlariga o'rgatib kelganalr. Bu shogirdlar bardavomligi bilan hunar yashab kelmoqda. Bu ustozlarimiz o'z shogirdlariga hunar sir-sinoatlarini tushuntirib o'rgatib, ularni o'zlari kabi yetuk yog'och o'ymakor etib tayinladilar. Hozirda ham bu insonlarning shogirdlari o'z hunarini o'rgatib kelmoqdalar. Shu bilan birga yog'och o'ymakorligi yuksalib bormoqda.

Insoniyat har doim yaxshilikka va ezgulikka intilib yashashi kerak. Ezguliklarni ilg'ash uchun dunyoning go'zalligini anglash uchun esa nafis, bejirim buyumlardan ilg'ash mumkin. Sababi bu buyumlarning ortida qo'l mehnati yotadi. San'atga oshufta qalblar, san'atga intilgan insonlar ezgulik tomon intiladi. San'at ham insoniyatni yaxshilikka yetaklaydi. Yuqorida hayot va ijodini sharxlab o'tgan insonlarimiz ham yaxshilik va go'zalikka oshufta qalblardan biridir. Biz ham shu in sonlardan o'rnak olsak arziydi nazarimda.

XULOSA

Biz bu maqoladan maqsadimiz shuki maqolamizni o'qiyotganlarga o'zbek milliy amaliy hunarlaridan bo'lgan yo'g'och o'ymakorligi hunariga qiziqish uyg'otish va bu hunarning Toshkentdagi tarixi bilan tanishtirishdir.

Yosh avlodni vaqtini unumli o'tkazishi va hunarli bo'lishi bu avvalo Vatanimiz uchun, xalqimiz uchun katta naf keltiradi deb o'ylayman. Vatan ravnaqiga hissa qo'shish bu katta sharafdir. Yog'och o'ymakorligi bu insoniyatni ma'naviy ulg'ayishiga va estetik teran bo'lishiga undaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Паргори (вид резьбы по дереву) в работах народного мастера Сулеймана Ходжаева. Ташкент - 1958.

2. Ташкентская Резьба по Дереву в работах Максуда Касимова. Ташкент-1961.

3. Absamatovich R.M., & Bahodirhon A.M. (2021). Methodological Basis of Creation, Organization And Decoration Of Platter's Artistic Composition In Applied Art. The American Journal of Applied Sciences, 3(04). - PP. 298-310. https://doi. org/10. 37547/tajas/Volume03Issue04-42.

4. Ruziev E., Ashirbayev A. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi (darslik) - T. : "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2010. - B. 248.

5. Ashirbayev A., Ergashev T. Common Mistakes and Their Warning in Teaching Drawing. Eastern European Scientific Journal. Abgabe № 5-2018. ISSN: 2199-7977 Copyright: Kommunikations-und Verlagsgesellschaft mbH, Dusseldorf - Germany - 378-380.

6. Ashirbayev A., Ergashev T., Tillaeva D. Typical Mistakes that Occur in the Process of Learning to Draft. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). ISSN: 2509-0119. General Public License, Spanish. Vol. 17 No. 1 October 2019, PP. 294-296.

7. Valiev A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric shapes and problems in its training. Збiрник наукових праць SCIENTIA.

8. Malikov K.G. (2020). Theory and practice of construction of axonometric projects. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

9. Gulomova N. (2021). Chizma geometriya, chizmachilik darslarida talabalarga testlar orqali ularning bilimini aniqlash. Грааль науки, (4). - B. 404-408.

10. Xalimov М., & Farxodova Z. (2021). Developing students' creative abilities by making problem solution situation in drawing subject. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

11. Усмонов Б.Ш., Дадабоева Д.И., & Валиева З.Т. (2021). NX - Это интегрированное решение для проектирования продуктов, разработка и производство. Scientific progress, 2(1). - C. 825-834.

12. Мирзалиев З.Э., Халимов М.К., Маликов К.Г., & Абдухонов Б.Х. (2017). Методика использования нового механизма для построения аксонометрических проекций. Молодой ученый, (8). - C. 1-6.

13. Gafurovich M.K. (2021). Axonometry New Practical Graphical Methods For Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 58(2). - PP. 5710-5718.

14. Мурадов Ш.К., Халимов М.К., Мирзалиев З.Э., & Рамазанова Г.С. (2017). Определение параметров формы и положения кривых 2-го порядка. Молодой ученый, (7). - C. 454-457.

15. Валиев А.Н., Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3). - C. 183-184.

16. Saydaliyev S., & Gulomova N. (2019). Development of Spatial Thinking of Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210-214.

17. Gulomova N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching drawing lessons (on the example of views). Academicia: an international multidisciplinary research journal, 11(1). - PP. 1637-1642.

18. Talipov N., & Talipov N. (2021). Creative technologies for the development of students' creative activity through art education. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

19. Tashimov N.E., Student M., Zoitov S., & Oblakulova L. (2019). Methods of development and application in the educational process of computer technology in teaching graphic disciplines. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

20. Alimovich N.E. (2021). Determination Of General Positions For The Solution Of Geometric Tasks International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2). -PP. 237-241.

21. Jabbarov R. (2021). Developing students' creative abilities through teaching "landscape color picture" in higher education system. Конференции, 1(1). https://doi. org/10. 47100/conferences. v1i1. 1088.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

22. Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students' creative abilities by drawing landscapes in painting. Збiрник наукових праць Л'ОГО£. https://doi. org/10. 36074/logos-30. 04. 2021. v2. 09.

23. Jabbarov R. (2021). Priorities for the development of painting. Конференции, 1(1). https://doi. org/10. 47100/conferences. v1i1. 952.

24. Хасанов А.А., & Уроцова Ш.БД. (2021). Цифровизация образования на современном этапе развития информатизированного общества. Scientific progress, 2(1). - C. 300-308.

25. Abdurashidovich X.A., & Nigmanovna M.F. (2019). Access to electronic educational resources in the education system. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

26. Nazirbekova S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

27. Расулов М. (2021). Научить студентов во внешкольных учреждениях составлять композиции на уроках резьбы по дереву. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

28. Akhmedov M.U., & Kholmatova F. (2021). Formation of creative processes in students through teaching composition in fine arts. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

29. Ahmedov M.U., & Xolmatova F. (2021). Teaching students to draw elements of patterns in wood carving circles. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

30. Xalilov R. (2021). Important factors for teaching students to work on landscape composition. Збiрник наукових праць Л'ОГО£.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.