Scientific Journal Impact Factor
YOSH AVLODNI JISMONAN VA MA'NAVIY - AXLOQIY SOG'LOM QILIB TARBIYALASHDA XALQ PEDAGOGIKASINING O'RNI
Maqola bo'lajak pedagoglarning ta'lim jarayonida xalq pedagogikasi durdonalaridan foydalanish orqali yosh avlodni jismonan va ma 'naviy - axloqiy sog 'lom qilib tarbiyalashni tizimli tahlil etishga harakat qilingan.
Kalit so'zlar: Xalq pedagogikasi durdonalari, ta'lim jarayoni, jismonan va
та 'пау1у - ах!од1у tarbiya.
РОЛЬ НАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКИ В ВОСПИТАНИИ ФИЗИЧЕСКИ И ДУХОВНО ЗДОРОВОГО ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ
Набиева Дилфуза Темировна
Преподаватель кафедры педагогики Самаркандского государственного университета Азимова Сарвиноз Хуршид кизи Студент Самаркандского государственного университета.
Статья направлена на систематический анализ места народной педагогики в воспитании физически и духовно здорового подрастающего поколения посредством использования шедевров народной педагогики в образовательном процессе будущих учителей.
Ключевый слова: Шедевры народной педагогикиб учеьного процесса физического и духовно - нравственного воспитания.
THE ROLE OF FOLK PEDAGOGY IN EDUCATING THE YOUNGER GENERATION TO BE PHYSICALLY AND SPIRITUALLLY HEALTHY
Nabiyeva Dilfuza Temirovna
SamDu Pedagokika kafedrasi o'qituvchisi Azimova Sarvinoz Xurshid qizi
SamDU talabasi +99998-17-15 [email protected]
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Nabiyeva Dilfuza Temirovna
Teacher of the Department of Pedagogy,
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Samarkand State university Azimova Sarvinoz Khurshid qizi
Samarkand State university student
ABSTRACT
The article seeks to systematically analyze the physical and spiritual and moral health of the younger generation through the use of the masterpieces of folk pedagogy in the educational process of future teachers.
Key words: Masterpieces of folk pedagogy, the educational process, physical and spiritual - moral education.
KIRISH
Bugungi kunda samarali va sifatli pedagogik ta'lim texnologiyalari va vositalari ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani ro'yobga chiqarishda "Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish" yo'nalishi -5111700 o'quv rejasida ko'zda tutilgan "Pedagogika " dasturlarida ham aks ettirib borish juda muhimdir. Shunga ko'ra, yuqorida ko'rsatilgan ta'lim yo'nalishi o'quv rejasiga kiritilgan pedagogik fanlar turkumidagi predmetlarning o'quv dasturlarini tahlil qilish orqali ularning aksariyat ko'pchilik bo'lim, mavzu, savollarini o'rganish jarayonida talabalarni yosh avlodni jismonan va ma'naviy - axloqiy sog'lom o'sishini ta'minlash, elu - yurtni himoya qilish bilan bog'liq g'oyalar, o'gitlar, xalq pedagogikasining durdonalari bilan tanishtirish imkoniyatlari namoyon qilindi. Jumladan,"Umumiy pedagogika" fanining "Tarbiya va uning turlari", "Axloqiy va aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish", "Jismoniy tarbiya", "Ekalogik, Iqtisodiy tarbiya", "Estetik tarbiya", "Sharq pedagogik ta'limotida axloqiy qarashlar" kabi mavzularni o'rganish jarayonida talabalarni kishilik tarixining barcha javhalarida xalq ijodida yoshlarni chaqqon, jasur, chidamli, ziyrak bo'lishga intilishga da'vat etuvchi materiallar bilan tanishtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi [2].
Haqiqatdan ham bo'lajak pedagoglar "Sharq pedagogik ta'limotida axloqiy qarashlar" mavzusini o'rganish jarayonida yoshlarni tarbiyalashda ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash bo'yicha ota - bobolarimizning boy ma'naviyati taxlili xalq og'izaki ijodining durdonalarida o'z aksini topganligiga ishonch hosil qiladilar. Jumladan "Alpomish" dostonini oladigan bo'lsak, dostonda Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo'ynida voyaga yetgani, uning alpligi zavq - shavq bilan dostonda ifodalangan. Sog'lom fikr, yaxshi axloq
va ilm - ma'rifatga ega bo'lmoq uchun tanani tarbiya qilish lozimligi, ya'ni jismoniy
39
Scientific Journal Impact Factor
tarbiya haqida Abdulla avloniy shunday yozadi: "Sog' badanga ega bo'lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchiliklarga yo'l qo'yurlar... . Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur" [3].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xalq ijodi durdonalarida xalqimizning jismoniy tarbiya va sport ta'sirida har qanday yoshda ham kishilarni, ayniqsa yosh avlodning salomatligini mustahkamlash, qobiliyatini oshirish, qaddi-qomatini tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turish bo'yicha boy tajribasi bayoniga kata e'tibor berilgan. Ayni paytda, mamalakatimiz mustaqillikkka erishgandan keyingina jahon bo'ylab tez sur'atlar bilan tarqalayotgan jismoniy mashqlar va sport turlari Movaraunnaxrda yuqori mahorat bilan rivojlanganligi hamda sho'rolar tizimi sarob siyosati tufayli ularni targ'ibot -tasviqot qilish, ta'lim muassasalarida o'rganish taqiqlab qo'yilganligiga talabalar diqqatini jalb qilish ularda shu ona zaminda umurguzaronlik qilgan o'zini mansubligidan g'ururlanish tuyg'usini shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalarini o'rganish jarayonida o'z askarlarini jismoniy baquvvat, chaqqon, epchil qilib tarbiyalashga intilgan Amir Temur tomonidan tashkil qilingan gimnastika mashg'ulotlari, harbiy o'yinlar va sport musobboqalari mazmuni va xarakteri ustida alohida to'xtash bo'lajak mutaxassislarda buyuk o'tmishimizga hurmat tuyg'usini uyg'otadi. Buyuk sarkarda asos slogan jismoniy tarbiya tizimida askarlar qilichlar, uzun va kalta nayzalar, shamshirlar shu kabilar bilan turli - tuman mashqlarni ma'lim dastur asosida bajarganlar. Ular quyidagilarni o'z ichiga olgan: chap va o'ng qo'l bilan qurolni bir xil egallashga harakat qilish, tez va chaqqonlik bilan devor ustida chiqish, hamda chegaralalangan joyda jang olib boorish harakatlarni o'rganish va shu kabi mashqlarni bajarishni bilishlari lozim bo'lgan. Bulardan tashqari askar qurolsiz qolganida qurolli raqibiga qarshi qiladigan hatti - harakatlarni mashq qilish, ot ustida dushmanni yiqitish yo'llarini mashq qilish, kamondan nishonga aniq o'q yoy uzishga ham juda katta e'tibor berilgan, bu mashqni ot ustida ham aniq bajarishni askarlardan talab qilgan.
Amir Temur armiyasida musobaqalar shaklidagi kurashlar muntazam ravishda o'tkazilib turgan. Ular jumlasiga ot yoki tuyani tez yugurtirib nishonga nayzani aniq sanchish, qilich bilan "dushman"ni chopib tashlash, oldinga qochib ketayotgan raqibini o'q - yoy bilan mo'ljalga olish kabi musobaqalarni ko'rsatish mumkin.
Sohibqiron askarlari ot ustida yerga yiqilganida yoki yakkama - yakka jang paytida yiqilganda irg'ib turish, chopib ketayotgan askarni yiqitib otini egallab uning ustiga chiqib olish uchun mashq qilganlar hamda katta og'irlikdagi toshlarni surish, ko'tarish, tosh bilan aniq nishonga olishni, yog'och bilan jang qilishni
Scientific Journal Impact Factor
o'rganganliklarini semenar mashg'ulotlarida taxlil qilish talabalarda ajdodlarimizning Vatanni ko'z - qorachig'iday saqlash bo'yicha olib borgan ishlari to'g'risidagi tasavvurlarni yanada kengaytiradi. Pedagogika fani tarixida "Temuriylar tarbiyasi" deb nom olgan tarbiya tizimi yosh avlodda "Yetti xislat" - ot minib yurish mahorati, suvda suzish, ov qilish, shaxmat o'ynash, she'rlar yozish va bu she'larni kuyga so lib kuylashni shakllantirish bo'yicha Movaraunnaxrda kata tajriba to'planganligini ko'rish mumkin. Amir Temur askarlarini tayyorlash tizimida u yaratgan jismoniy mashqlar va sport hamda u o'ynagan harbiy o'yinlarini askarlar va zobitlar doimiy ravishda mashq qilganliklari, bir sport turini ikkinchisi bilan tinmay almashtirib turishga erishganliklari, musobaqalar uyushtirganliklari tufayli Sohibqiron armiyasining juda ildamligi, manzilga tez yetib borishi, bunda uning askarlarini charchashni bilmasliklari, issiqda ham sovuqda ham suvsizlikda ham moslashishda takomillikka erishganligi barobarida ularni yengilmas armiyaga aylanganligi tufayli "Temuriylar tarbiyasi" (Yetti xislat)dan G'arbiy Ovropada ritsarlar tarbiyalashda foydalanganligiga qaramay talabalar diqqatini xalq pedagogikasini durdonalari bo'lmish milliy jismoniy mashqlar va sport turlarini uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida yaqin - yaqinlargacha asossiz ravishda chetlab o'tganligiga, turli darajalarida o'tkazilgan musobaqalar, ommaviy o'yinlar dasturiga kiritishni cheklab qo'yilganligiga talabalar diqqatini jalb qilish ularning qalbini iftixorga to'ldiradi hamda o'z xalqi, ona yurti uchun tinmay mehnat qilish uchun bu sohadagi bilimlarini izchil oshirishga ishtiyoq uyg'otadi [4]. Ibn Sino ham jiddiy jismoniy mashqlar tufayli shakllanadigan jasurlik, chidamlilik, aqllilik, ziyraklik kabi insoniy fazilatlarni ko'rsatgan.
Jismoniy madaniyat ta'lim - tarbiya bo'yicha milliy qadryatlarimizni o'rganishga talabalarni yanada qiziqtirish maqsadida ularga mazkur soha bo'yicha individual va jamoa bo'lib bajariladigan topshiriqlar, referatlar yozish, ilmiy-tadqoqot ishlari olib boorishni tavsiya qilish mumkin.
Ekalogik, Iqtisodiy tarbiya, mavzularida esa bo'lajak mutaxassislarga muqaddas kitob "Avesto"da suvni, havoni, yerni ajdodlarimiz tomonidan e'zozlanishi g'oyasini mazmun mohiyatini yoritib berish, o'tmish ota-bobolarimizning suvga bo'lgan munosabatini alohida qarashlarini, ya'ni toza suv bilan ko'l quduq, buloqlarga har qanday nopok narsalari yaqinlashtirmaslik tadbir - choralarini mohiyatini tushuntirish.
"Avesto" bir qultum suvni, nafaslik havoning, bir hovuch tuproqning muqaddasligi to'g'risidagi kitob ekanligini, unda zardushtiylarning tabiat muxofazasi va suv, havo, yer tozaligini saqlash, turli kasalliklarni oldini olish maqsadida
Scientific Journal Impact Factor
ajdodlarimizning sanitariya-gigiena qoidalariga qattiq amal qilganliklari (axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul, bilan berkitish, ko'mib tashlash, shxsiy gigienaga rioya qilish va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida olov, issiqlik va suyuqlik yo'li bilan kiyim-kechaklar va oziq-ovqatlarni zararlantirishda kul, sirka, sharob, turli giyohlar tutatish va boshqa usullardan samarali foydalanganliklarini, bu sohada juda madanyatli bo'lganliklarini bo'lajak mutaxassislarga yoritib berish.
"Avesto"ning "1-Yasht. Xurmuz yasht" degan qismida. O'zimni bari ezgu o'ylarga, ezgu so'zlarga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon o'ylardan, yomon so'zu ishlardan yuz o'giraman". Shunga ko'ra "Avesto"ning g'oyasi milliy g'oyamizning ma'naviy ildizi hisoblanadi [5].
Bu o'rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlari alohida ahamiyatga molikdir "... "Avesto"ning tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan, -deb ta'kidlagan edi, - "Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini ko'rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya'ni ezgu niyyat, so'z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g'oyasi sifatida talqin etish bizning ma'naviy ideallarimiz bilan naqadar bog'liq, nechog'lik mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqasa e'tibordir" [1].
Alisher Navoiy asarlarida shaxsning har tamonlama barkamol bo'lib voyaga yetishishida yoshlarning jismonan sog'lom va baquvat bo'lishiga ham jiddiy e'tibor berilgan. Masalan uning qahramonlari Farhod, Qays, Iskandar obrazlarida jismoniy tarbiya va ahloqiy tarbiyani ko'ramiz. Zero "Nazmul javohir" asarida talqin etilishicha yeyish qoidalariga rioya etish sihat-salomatlikni saqlashning birinchi talabidir.:
Har kimgaki ko'p yemak fandur, Bilginki najosatda tani maskandir. Qorning bila do'st bo'lmasang ahmandur, Nechunki er o'g'lig'a qorin dushmandur.[6].
Bo'lajak pedagoglarga ovqatlanish odobiga, go'shtlik ovqatni iste'mol qilish me'yorlarga amal qilishlari kerakligini tushuntirish barobarida ularni diqqatini asrlar davomida sinovdan o'tgan jamiyatimizning turmush tarziga aylangan ro'za tutish, haftada ikki kun zo'r ovqatlanish udumi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini chet ellik olim va shifokorlar ham tasdiqlayotganligini tushuntirib berish.
Xalqimizning unutish darajasiga borib qolgan ovqatlanish odobiga rioya qilmay
42
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
go'shtli ovqatga ruju qo'yuvchilar organizmida go'shtli ovqatlardan hosil bo'ladigan biologik mahsulotlar insonning arterial qon-tomirlari (arterisklerozga) kasalliklariga uchrashini tezlashtirishiga, organizmda zararli moddalarni me'yordan ortiq to'planib qolishiga, organizmda o'zini - o'zi zaharlay boshlash jarayoni yuz berishiga, bu esa oqsillarni to'liq parchalanishiga to'sqinlik qilshiga olib kelishini aniq misollarda ko'rsatib berish orqali talabalarda sog'lom turmush tarzini tarbiyalashda asqotadi. Qisqacha aytganda xalq pedagogikasini o'rganishimiz orqali bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda kerak bo'ladigan boy tajriba va bilimga ega bo'lishlarini bo'lajak pedagoglarga ta'lim jarayonida kengroq va kuchliroq qilib isboti bilan tushuntirib borishimiz kerak.
REFERENCES
1. I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T., "Ma'naviyat", 2008.
2. Umumiy pedagogika . (Pedagogika tarixi) O'quv qo'llanma I kitob. -Toshkent-2012-12 bet
3. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. - T.: "Ma'naviyat", 1998. 34-bet
4. Temur tuzuklari.- T.: G'.G'ulom nomigagi nashriyot-matbaabirlashmasi,1991, 57-bet
5. "Avesto" Yasht kitobi. T., "Sharq" 2001. 8-bet.
6. Alisher Navoiy. Nazmul javohir. 15-tom. - T.: Badiiy adabiyot nashriyoti, 1996, 17-bet.
32-bet.