Научная статья на тему '“TAN-SHU” XITOY TILIDAGI MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MANBALAR KESIMIDA'

“TAN-SHU” XITOY TILIDAGI MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MANBALAR KESIMIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1611
163
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Tan-shu / Markaziy Osiyo / A.Xo’jayev / Bichurin / Farg’ona / Dovon / Yuechji. / Tan-shu / Central Asia / A.Khojayev / Bichurin / Fergana / Dovan / Yuechji.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Temirbek Baxromjon O‘g‘li Qo‘chqorov

Maqolada Markaziy Osiyoning qadimgi tarixni o’rganishda “Tan-shu” asarini qanchalik ahamiyatga molik ekanligi va bu asarda bizning hududimizni qadimgi joy nomlarini qanday atalganligi haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAN-SHU IN CHINESE SOURCES OF CENTRAL ASIAN HISTORY

The article explains the importance of Tan-shu in the study of the ancient history of Central Asia and how it called our region ancient places.

Текст научной работы на тему «“TAN-SHU” XITOY TILIDAGI MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MANBALAR KESIMIDA»

"TAN-SHU" XITOY TILIDAGI MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID

MANBALAR KESIMIDA

Temirbek Baxromjon o'g'li Qo'chqorov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada Markaziy Osiyoning qadimgi tarixni o'rganishda "Tan-shu" asarini qanchalik ahamiyatga molik ekanligi va bu asarda bizning hududimizni qadimgi joy nomlarini qanday atalganligi haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Tan-shu, Markaziy Osiyo, A.Xo'jayev, Bichurin, Farg'ona, Dovon, Yuechji.

TAN-SHU IN CHINESE SOURCES OF CENTRAL ASIAN HISTORY

ABSTRACT

The article explains the importance of Tan-shu in the study of the ancient history of Central Asia and how it called our region ancient places.

Keywords: Tan-shu, Central Asia, A.Khojayev, Bichurin, Fergana, Dovan, Yuechji.

Milodiy VI asrgacha yozilgan xitoy manbalaridagi ma'lumotlarni A. Xo'jayevning chuqur o'rganishi natijasida qadimiy Farg'ona mamlakati bilan uning ilk poytaxt shahrining nomi bir xil bo'lganligi va ular xitoycha atrofi tog'lar bilan o'ralgan tekislik ma'nosini bildiruvchi bitta Yuan ieroglifi bilan ifodalanganligi aniqlaydi. Chalkashliklarning oldini olish maqsadida qadim xitoy tarixchilari mamlakat nomiga "da" (da - buyuk, katta) so'zini kushish orqali uni Da-yuan zamonaviy o'qilishi Davan -Buyuk Parkona yoki Katta Parkona) deb nomlashgan. Shuning uchun biz mazkur tarjimalarida ushbu yondashuvni to'g'ri topib, asl matnning mazmuniniga mos holda "Day-yuan" ("Davan") toponimini Buyuk Farg'ona deb qo'llaydi. Ammo ayrim hollarda mamlakat nomi bo'lmish Day-yuan (Davan) toponimi qisqartirilib, Yuan (Van) deb yozilgan. Buni mavjud tarjimalardan emas, balki faqat asl matndan bilib olish mumkinligini ta'kidlaydi. Bunday hollarda mamlakat nomini Farg'ona davlati deb tarjima qilib, uning yoniga qavs ichida aslidagi "yuan" ieroglifini yozib qo'ydik. N.Ya. Bichurin tarjimalarida shu kamchilik bartaraf etilmaganligi tufayli uning asarlarida "Yuan-cheng" (Farg'ona qal'asi yoki shahri) tushunchasi yo'qolib kqolgan. N.Ya. Bichurin "Davan" Farg'ona ekanligini yaxshi bilgan. Biroq u ushbu atamadagi "van"ning uo'zi Pomir xalqlari tilida "atrofi tepaliklar yoki tog'lar bilan o'ralgan tekislik" ma'nosini anglatuvchi "Parkona" so'zining tarjimasi ekanligini aytib

o'tmagan. Shuning bilan birga olim "van" so'ziga "da" ieroglifini qo'shib "Davan" deb aytilganda, bu atama "Buyuk Parkona"ning tarjimasi bo'lajagini ta'kidlamagan.

VI asrdan keyin yozilgan xitoy manbalarida Farg'ona toponimining turli transkriptsiyalari ishlatila boshlangan. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida bu hollarda ham mazkur toponimning xitoycha transkriptsiyalari qavs ichida berib qo'yildi, zero tarjimada mazkur mamlakatning faqat mahalliy nomi ishlatilsa, asliyatda qanday yozilgan ekan, degan savol tug'ilishi tabiiydir.

Tarix fanida ko'p munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan asliyatdagi bir qator etnonim va toponimlarga maxsus tadqiqotlarga tayangan xolda A. Xo'jayev maqola shaklida kengaytirilgan sharxlar yozadi.

Alohida ta'kidlab o'tmoq kerakki, xan millati, ya'ni xitoylar an'analariga ko'ra, odamning ismi-sharifi 2 yoki 3 ieroglifdan iborat. Ularning birinchisi familiya (shajara) xisoblanib, u avloddan avlodga o'tib boraveradi. Qiz bola turmushga chiqsa xam, familiyasi o'zgarmaydi, biroq uning farzandlari ota familiyasini davom ettiradi. Tarjima qilingan Farg'onaga oid ma'lumotlarning asl matnida xitoylarga mansub buo'lgan tarixiy shaxslar birgina familiyasi yoki ismi bilan ko'rsatilgan hollar ko'p uchrab turadi. Ayrim hollarda ular unvoni yoki lavozimi bilan tilga olinadi. Masalan, Markaziy Osiyoga yuborilgan Xan imperiyasining birinchi elchisi Chjang Chyanning familiyasi bo'lgan "Chjang" ieroglifi qisqartirilib, ismi bo'lmish ikkinchi "Chyan" ieroglifi bilan ko'rsatilishini ko'p uchratamiz. Ba'zi hollarda elchi faqat elchilik vazifasini bajarib bo'lganidan so'ng olgan unvoni "buovang-xuo" yoki uning qisqa shakli "buovang" so'zi bilan ko'rsatilgan.

A. Xo'jayev tarjimalarida Xitoyga tegishli bo'lgan tarixiy voqealardagi "vang" "hokim", xorijiy davlatlar, ya'ni qadimiy Xitoyning tashqarisidagi mamlakatlar hukmdorlariga nisbatan ishlatilgan "vang"ni esa "xon", "hukmdor" deb ta'kidlaydi.

Xitoy manbalarida birgina xunnlar imperiyasi va Turk xoqonligi hukmdorlariga nisbatan "vang" unvoni ishlatilmaganligi kuzatiladi. Bu davlatlar parchalanganidan keyingi davrlarda hukmronlik kilgan shaxslarga nisbatan "vang" ishlatilganligi uchraydi. Bu Xitoy hukmdorlari ushbu ikki davlatni o'zi bilan teng ko'rganligidan dalolat beradi. Xitoy tarixchilari xunnlarning xoqonlarini "Tanyi" (zam. o'q "Shanyuy") deb atashgan. Mazkur nom "Tangriqut"ning xitoycha qisqartirilgan transkriptsiyasi edi. Bu haqda xitoy manbalarida aniq ma'lumot bor. Chunonchi, "Xanshu"ning xunnlarga bag'ishlangan bobida "Muotuen (zam. o'q. Maodun - Botir - Tangriqut, mil. avv. 210174 yillarda hukmronlik qilgan) davrida xunnlar hammadan kuchli edi. Shimoldagi barcha yovvoyilar unga itoat qilgan. Ularning davlati janubdagi shyalarning dushmani bo'lib qolgan edi. Ularning avloddan avlodga o'tib kelayotgan nomlari va unvonlari o'zgacha, [Ularning] Tangriquti (Tanyi) esa livantie (liwantie, liwentiei, zam. o'q. Luandi/luandi) urugidan edi. Hukmdorni [uunlar] Tangrikut deb atashadi. Xunlar tilida Tangri - Osmon, qut - o'g'il demakdir. Tanyi buyuklik siymosi bo'lgan", deb yozilgan.

Lekin N.Ya. Bichurin ushbu ma'lumotni quyidagicha tarjima qilgan: Xunnlar hukmdorining unvoni bo'lmish "Tanyi" ("shanyuy") "Tangriqut"ning transkriptsiyasi ekanligi va uning ma'nosi "Tangri o'g'li" ekanligi hamda bu buyuklik siymosi ekanligi tushib qolgan.

Tarjimalarimizda "qadimiy Xitoy" atamasi ishlatildi. Bining sababi - hududiy jihatdan olganda, hozir biz Xitoy deb atashga o'rganib kolgan davlat 1949 yil 1 oktabrda tashkil toptan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)dir. Uning tarkibiga Sharqiy Turkiston (1954-yildan Shinjyang-Uyg'ur muxtor o'lkasi), Tibet, Ko'k ko'l (Chingxay), Ichki Mongoliya, Manchjuriya kabi o'lkalar kiradi. Bu mamlakatlar XVII-XX asrlar davomida manjurlar qadimgi Xitoyda tashkil qilgan Sin imperiyasi (1644-1911) tomonidan birin-ketin bosib olingan. XXR tashkil topganda, yangi hukumat ularni ajralib chiqishga yoki federativ respublika sifatida saqlanib qolishga yo'l qo'ymagan edi. Shuning uchun "qadimiy Xitoy" tushunchasi bu o'lkalarni o'z ichiga olmaydi.

Chjang Chyanning ma'lumotlari va G'arbiy Xan (Shi-Xan) imperatorining bu boradagi amaliy harakatlari "Farg'ona tazkirasida aks etgarilgan. "Fargona tazkirasi"ni rus olimi N.Ya. Bichurin (Iakinf - 1777-1853) rus tiliga tarjima qilgan. Shundan beri uning tarjimasi ko'p olimlar uchun muhim manba bo'lib kelmoqda. Lekin tarjimaning zarur sharxlar bilan yetarli darajada ta'minlanmaganligi undagi ayrim ma'lumotlarni, ayniqsa atamalarni tushunishni murakkablashtiradi. Bunday holat N.Ya. Bichurin asaridan foydalangan mualliflarning tadqiqotlarida noaniqliklar paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Masalan, asl matndagi "Yuechji" atamasi qadimda Ruzie (Ruzie, Rutzie) deb o'qilgan bo'lib, davlat nomini anglatgan va turkiy qabilalar yashagan joyda, ya'ni hozirgi Dunxuang (XVI asrdagi musulmon manbalarida "Dasht-ota") va Xeshi yo'lagi (Xeshi zoulang), Ordos yaylovlari, Tangritog' (rus adabiyotida Tyan-Shan) etaklarini ichiga olgan hududda mil. avv. XI asrda tashkil topgan. Keyin uning ta'sir doirasi ancha kengaygan. Ammo "Yuechji" so'zi N.Ya. Bichurin tarjimasi orqali adabiyotimizga etnonim sifatida kiritilgan. Natijada olimlar orasida "Yuechjilar"ga oid munozarali fikrlar va asossiz xulosalar vujudga kelgan.

Qadimiy Xitoyning shimoliy va g'arb tomonida yashagan mamlakatlar va xalqlarga oid ma'lumotlar qisman Yevropa tillariga ham tarjima qilingan.

Yaqinda "Farg'ona tazkirasi" zamonaviy uyg'ur tiliga tarjima qilindi. Undagi bir qator kamchiliklar yaqqol ko'zga tashlanadi. Eng avvalo e'tirof etish kerakki, bayon etilgan ma'lumotlar tushunarli bo'lishi uchun tarjimaga asl matnda yo'q so'zlar katta qavsga olinmasdan yuborilgan. Berilgan izoh va sharxlar mavhum savol va masalalarga aniqlik kiritish va ularning yechimini topish uchun yetarli emas. Uyg'urcha tarjima arab alifbosida bo'lganligi sababli bu yozuvni bilmaganlar asardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo'lganlar. Boz ustiga, atamalar aks ettirilgan iyerogliflarning qadimgi o'qilishiga e'tibor berilmagan. Bu esa ularning mahalliy nomlari qanday

bo'lganligini bilishni qiyinlashtirgan. Bu esa tadqiqotchilardan uzoq va ko'p mehnat talab qiladi.

Tarix bu o 'tmish haqidagi fan bo 'lib, uni o 'rgana turib ajdodlarimiz, ularning hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati, shuningdek, qadimgi xalqlar, davlatlar, manzilgohlar, imperiyalarning qanday vujudga kelganligi va qanday yo 'l bilan yo 'q bo'lib ketganligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Shu bilan birgalikda ba'zan bu ma'lumotlar yetarli bo'lmay, yakuniy xulosa chiqarishga kamlik qiladi. Biz yashayotgan Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O'zbekiston tarixida katta iz qoldirgan Dovon davlati haqida ham shunday deyishimiz mumkin. Chunki bu davlat haqida ma'lumotlar juda kam bo'lib, asosan Xitoy tarixchilari asarlarida yoritib o'tilgan. Dovon davlatining atrofi tog'lar bilan o'ralganligi uni boshqa davlatlar bilan aloqalarini biroz mushkullashtirgan. Bu davlat mil avv III asrda vujudga kelib, milodiy III asrda zavolga yuz tutgan. Dovon- xitoycha "Da" katta va ulug', "Wang JE" esa qal 'a so 'zlaridan olingan bo 'lib, "Ulug ' qal 'a " degan ma 'noni anglatadi. Bu hududga O 'zbekistonning Andijon, Farg 'ona va Namangan viloyatlari kiradi. Hozirda Farg 'ona vodiysi deb atalib, bu so 'z sog'dcha "Fraganik"- atrofi tog' bilan o'ralgan, past tekislik degan ma'noni anglatadi, qadimgi Dovonga shuningdek Farg'ona vodiysining atrofidagi hududlar ham kirgan. Bu davlar g'arbda Ulug' G'uzeryoki Kushon davlati bilan, janubi-g 'arbda Baqtriya bilan, shimoli-sharqda Usun qabilalari bilan, sharqda Dandon hududi bilan chegaradosh bo 'lgan.

Xitoy manbalariga qaraydigan bo 'lsak, jumladan, "Han shu îXiÊ" (muallif Ban Gu) va "Shi ji^iS" (muallifi Sima Szyan) asarlarida uning hukmdori "Wan " deb atalgani, uni ikki yordamchisi davlat boshqaruvida yordam berganligini aytadilar. Ular: Fu Van - Hukmdorning katta yordamchisi va Fu gu van - hukmdorning kichik yordamchisi. Davlat rahbari mutloq hokimiyatga ega bo 'lsada, uni "oqsoqollar kengashi" taxtdan tushirishi ham mumkin bo'lgan. Yana bir o'ziga xos tomoni taxt otadan og'ilga meros bo'lib o'tmagan, lekin podshohni ukasi bo'lsa taxt og'liga emas, balki, ukasiga meros bo 'lib o 'tgan va ukasini vafotidan so 'ng taxtga shu ukaning og'li o 'tirishi mumkin bo 'lgan.

Xitoy elchisi Chjan Syan dastlab bu yurtga keladi va bu yerda 70 ga yaqin katta-kichik shaharlar borligini ko'radi va aholisi bir necha yuz ming bo'lganligini, yigitlari mohir chavandozligini, kamondan o 'q uzishda tengsiz bo 'lganliklarini yozib qoldirgan. U shu hikoyani davom ettirib, Dovonda ayollarni hurmat qilishlari, ularni maslahatiga quloq solishlarini, shunday bo 'lsada o 'z bilgan ishlarini qilganliklarini aytadi. "Han shu îXiÊ" kitobida esa dovonliklarni ipak boyash bilan shug 'ullanishlari va temirdan idish-tovoq yasamasliklarini yoziladi. Bu davlat haqida ko 'plab muhim ma 'lumotlar qoldirilsada eng muhimlaridan biri davlat poytaxti masalasi biroz noaniq bo'lib qolgan. Dovon tarixini o 'rgangan olimlar bu davlatning poytaxtini turlicha tasvirlaganlar. Masalan:

— Ahmadali Asqarov o'zining "O'zbekiston xalqlari tarixi" asarida mazkur davlatning poytaxtini "Guyshan" ya'ni hozirgi O'zgan deb beradi.

— Iyakinf Bichurin esa o'zining "Собрание сведений народах o битавших в Средней Азии в древние времена" asarida poytaxtni "Ershi" hozirgi Marhamat tumani deb yozadi.

—A. Anarboyev "Древняя Фергана в раннем средневековье" asarida poytaxtni "Quva" shahri deb ma'lumot berib o'tgan.

—Ablat Xo'jayev esa "Farg'ona tarixiga oid" asarida Dovon davlatini poytaxtini "Kiweysan" ya'ni hozirgi Kosonsoy tumani o'rnida bo'lganligini aytadi. Ko'rib turibmizki, olimlarimiz to'rt xil shaharga poytaxt sifatida ko'rsatib o'tgan bo'lib, bu 4 shahar qadimdan Farg'ona vodiysining yirik va qadimiy shaharlari bo'lgan. Bunga Dovon davlatini o'zini solnomalari bo'maganligi, bizgacha yetib kelmaganligi sababli aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Shu o'rinda bu 4 shahardan qay biri haqiqatda poytaxt bo'lgan savol tug'ilishi tabiiy, shu o'rinda bu ma'lumotlar asosan xitoy tilida berilganligi va Xitoy yilnomalari hamda asarlaridan olinganligiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, xitoy tilidan xabardor bo'lgan, shaxsan o'zi xitoy tarixchilarini asarlarini o'z xolicha o'qiy oladigan olimlarning fikri nisbatan aniqroq deyishimiz mumkin. Bunday olimlardan Iyakinf Bichurin va Ablat Xo'jayevlar mavjud. Endi savol tug'iladi bulardan qay biri haqiqatga yaqinroq? Bu o'rinda Ablat Xo'jayevni xitoyshunos olimligi va u juda ko'p joylarda Iyakinf Bichurinning xatolarini tog'irlaganligi va to'ldirib o'tganligini hisobga olgan holda uni fikri haqiqatga yaqinroq deb olishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Аскаров А. Узбекистан тарихи (энг кадимги даврлардан эрамизнинг V асригача). (5-синф тарих укитувчилари учун кулланма). - Т.: Укитувчи, 1994- B. 166.

2. История государственности Узбекистана (вторая половина II тысячелетия до нашей эры - III века нашей эры..Ташкент, 2009. - С.185.

3. Anarboyev A. Древняя Фергана в раннем средневековье. - Т.: 2010. - B. 51.

4. Xo'jayev A. Farg'ona tarixiga oid. Farg'ona.: Farg'ona. 2013. - B. 26.

5. Боровкова Л.А. Запад Центральной Азии. - М., 1989. - 327 с.

6. Валихонов. Ч. Ч. Собрание сочинеия. B. 5 томах. - А., 1961. - 243 с.

7. Воробьев М. В. Чжурчжени и государство Цзинь ^в.-1234 г). -М., 1975. -460 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.