Научная статья на тему 'XITOY XALQ TABOBATIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI SHIFOBAXSHLIGI TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI'

XITOY XALQ TABOBATIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI SHIFOBAXSHLIGI TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jenshen / limonnik / shirinmiya / arslonquyruq / kamfora / ravoch kabi dorivor o‘simliklar xomashyosi.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Abdurahimova M.A, Anvarova Xayotxon, Rahmonova Surayyo, Sayramov Fayzullo

Xitoydagi dorivor o‘simliklarga bag‘ishlangan ilk kitob (“Ben Sao”) eramizdan avvalgi 2600 yilda chop etilgan va unda 900 ga yaqin dorivor o‘simliklar xaqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XITOY XALQ TABOBATIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI SHIFOBAXSHLIGI TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI»

XITOY XALQ TABOBATIDA DORIVOR O'SIMLIKLARNI SHIFOBAXSHLIGI

TO'G'RISIDAGI FIKRLARI 1Abdurahimova M.A., 2Anvarova Xayotxon, 3Rahmonova Surayyo, 4Sayramov Fayzullo

1FarDU o'qituvchisi 2,3,4FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11210322

Аннотация. Xitoydagi dorivor o'simliklarga bag'ishlangan ilk kitob ("Ben Sao") eramizdan avvalgi 2600 yilda chop etilgan va unda 900 ga yaqin dorivor o'simliklar xaqida ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация. Первая книга о лекарственных растениях Китая («Бэн Сао») была издана в 2600 г. до н. э. и содержит сведения примерно о 900 лекарственных растениях.

Abstract. The first book about medicinal plants in China ("Ben Sao") was published in 2600 BC. e. and contains information about approximately 900 medicinal plants.

Kalit so'zlar: jenshen, limonnik, shirinmiya, arslonquyruq, kamfora, ravoch kabi dorivor o'simliklar xomashyosi.

Xitoy, xind va tibbiyot tibbiyoti xam o'ziga xos qadimgi aya'analarga tayanadi. Xitoy xalq tabobati 4000 yillik tarixiga ega. Xitoydagi dorivor o'simliklarga bag'ishlangan ilk kitob ("Ben Sao") eramizdan avvalgi 2600 yilda chop etilgan va unda 900 ga yaqin dorivor o'simliklar xaqida ma'lumotlar keltirilgan. Bu kabi kitoblar Xitoy tarixida ko'plab to'ldirilgan va boyitilgan xolda ko'p marotaba chop etilgan va tibbiyot amaliyotida keng ko'llanilgan. Masalan, XVI asrda yashagan Li Shi-chjen o'zidan avvalgi olimlar va tabiblarning tajribalarini umumlashtirib 52 tomli asar yaratgan, unda 2000 turdagi o'simliklar, ular xomashyosini tayyorlash vaqti, terish texnologiyasi va ulardan dorivor vositalar tayyorlash usullari keltiriladi.

Qadimgi Xitoyda jenshen, limonnik, shirinmiya, arslonquyruq, kamfora, ravoch kabi dorivor o'simliklar xomashyosiga talab yuqori bo'lganligidan ushbu o'simliklar madaniy sharoitlarda keng miqyosda ekilgan. Qadimda tabiblar 2 turdagi davolash usulidan keng foydalanganlar: shifobaxsh o'tlar va so'z bilan davolash usullari . Xindiston florasi dorivor o'simliklarga boy xisoblanadi, shu sababli xam bu xududda xalq tabobati o'zining qadimgi an'analariga ega. Dorivor o'simliklarga bag'ishlangan qadimgi xind kitobi - "Yajurveda (X,ayot xaqida fan) deb ataladi. Ushbu kitobda 700 ga yaqqin dorivor o'simliklar xaqida ma'lumotlar mavjud.

Dunyoga mashxur Tibet tibbiyoti xam Xind tibbiyoti ta'sirida shakllandi, Tibetda yozilgan "Djutshi" (Shifobaxsh dori-darmonlar moxiyati) kitobida dorivor o'simlik10 larga keng o'rin berilgan. Zardushtiylarning "Avesto" kitobida 1000 ga yakin shifobaxsh o'simliklar va ularni inson organizmiga ta'siri xaqqida ma'lumotlar mavjud. Shifobaxsh o'simliklarni o'rganish soxasiga Markaziy Osiyoning dunyo tan olgan olimlari - Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad alBeruniy (973-1048) va Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) (980-1037) katta xissa qo'shdilar. Bu olimlar xozirgi farmakognoziya va farmakologiya fanlariga asos soldilar. Abu Rayxon Beruniyning "Saydona" nomli farmakognoziyaga bag'g'ishlangan ilmiy asarida (1041-1048 y.) 750 turdagi shifobaxsh o'simliklar xaqida ma'lumotlar keltiriladi

Qadimdan dorivor o'simlik sifatida ishlatiluvchi bargizubning yana bir nomi - zubturum. Abu Ali ibn Sino bargizubni qon oqishini to'xtatishda va yaralarni tuzatishda tavsiya etgan. Ulug' hakim bu o'simlik haqida shunday deydi:

"Olovdan kuygan joylarga, uchuqqa, eshakemga, quloq osti shishlariga foyda qiladi. Barglarining shirasini quloqqa tomizilsa, og'riqni bosadi, ildizi chaynalsa yoki qaynatmasi bilan og'iz chayqalsa, tish og'rig'ini to'xtatadi".

Tibbiyotda asosan ikkita - Burga bargizub va Katta bargizub turlari ishlatiladi. Tarkibida vitamin S va K, shilliq, achchiq va oshlovchi moddalar, limon kislota mavjud.Bargizub preparatlari balg'am ko'chirish, og'riq qoldirish, bakteritsid va yallig'lanishlarni tuzatish xususiyatiga ega.

Bargizub barglaridan tayyorlangan damlama va qaynatma bronxit, bronxial astma, ko'kyo'tal va silni davolashda qo'llaniladi. Sarxil barglarining suvi oshqozon kislotaligi pastligi bilan kechuvchi surunkali gastritda, shuningdek, oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasida foyda qiladi. Bunday suv oshqozon shirasi ajralishini yaxshilaydi, qonda gemoglobinni ko'paytirib, xolesterinni kamaytiradi.Bundan tashqari, bargizub preparatlari xoletsistit, buyrak yallig'lanishi, sariq kasalligi, dermatitni davolashda, bachadon, bavosil, oshqozondan qon oqishini to'xtatishda ishlatiladi. Bargi yaralarga qo'yilsa, tuzalishiga yordam beradi.

XX asrda kimyo fanini rivojlanishi oqibatida yangi moddalar kashf qilindi, ularning farmakologik xususiyatlari o'rganildi. Ularga vitaminlar, alkaloidlar, glikozidlar, pektinlar, organik kislotalar, flavonoidlar, saponinlar va oshlovchi moddalar kiradi. O'simliklarda vitaminlar mavjudligini va ularning inson sogligidagi roli ma'lum bo'lgach, dorivor o'simliklarni o'rganishning yangi saxifalari ochildi.

REFERENCES

1. Sobirov R.R.,Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.

2. Mamanov.N., Hojeboyeva.A., Yo'ldoshev.S., Falsafa.-T.:Sharq, 2005. 3.Sobirov R.R.

3. Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.

4. Polatova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J. Yangi va eng yangi davr Sharq falasafasi. -T :TDSHI, 2013.

5. Bobojonova D., M.Abdurasulov. "Abadiyat farzandlari". 2009. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti. 2009.

6. Irisov.A., Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari. Tanlangan asarlar. II tom. Toshkent. 1965.

7. Polatova D.,Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J.Yangi va eng yangi davr Shar

8. Международный научный журнал№4(100), часть

9. «Научный импульс» Ноябрь, 2021695Mavrak ok^Gpb, 2021

10. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.

11. Abdurahimova M. et al. HEALING PROPERTIES OF MEDICINAL WHITE AND BLACK (SESAME) SESAME //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 100-104.

12. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. DORIVOR ECHINACEA PURPUREA O 'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN HALQ TABOBATIDA FOYALANISH //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 197201.

13. Abdurahimova M., Mamadaliyeva D., Siddiqova G. DORIVOR O 'SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 185-188.

14. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL PLANT ESHINACEA PURPUREA AND ITS USAGE IN FOLK MEDICINE //Science and Innovation. - 2022. - T. 1. - №. 6. - C. 197-201.

15. Abdurahimova, M. A., & Muratova, R. T. (2023). ERMAK VA NA'MATAK O 'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINI O 'RGATISH ORQALI TALABALARNING XALQ TABOBATIGA BO 'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH. PEDAGOG, 6(12), 42-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.