Научная статья на тему 'DORIVOR O’SIMLIKLARDAN FOYDALANISH TARIXI. DORIVOR O’SIMLIKLARNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI'

DORIVOR O’SIMLIKLARDAN FOYDALANISH TARIXI. DORIVOR O’SIMLIKLARNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘simliklardan nafaqat ozik-ovqat / balkim biologik faol moddalar manbai

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Abdurahimova M.A, Inomov Bobur, Bobofozilov Suhbatjon, Musayeva Fotima

O‘simliklardan nafaqat ozik-ovqat, balkim biologik faol moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar. Dorivor o‘simliklardan shumer sivilizatsiyasida 5000 yil avval davolash maqsadlarida qo‘llanganligi xaqidagi ma’lumotlar mavjud. Dorivor o‘simliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalarning yagona manbai bo‘lib xizmat qilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DORIVOR O’SIMLIKLARDAN FOYDALANISH TARIXI. DORIVOR O’SIMLIKLARNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI»

DORIVOR O'SIMLIKLARDAN FOYDALANISH TARIXI. DORIVOR O'SIMLIKLARNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI.

1Abdurahimova M.A., 2Inomov Bobur, 3Bobofozilov Suhbatjon, 4Musayeva Fotima

1FarDU o'qituvchisi 2,3,4FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11210721 Annotatsiya. O'simliklardan nafaqat ozik-ovqat, balkim biologikfaol moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar. Dorivor o'simliklardan shumer sivilizatsiyasida 5000 yil avval davolash maqsadlarida qo'llanganligi xaqidagi ma'lumotlar mavjud. Dorivor o'simliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalarning yagona manbai bo'lib xizmat qilgan .

Aннотация. Растения широко исползовалис не толко в пишу, но и как источник биологически активних вешеств. Йест сведения о том, что лекарственнийе растения исползовалис в лечебних селях в шумерской сивилизации йеше 5000 лет назад. Лекарственнийе растения долгойе время служили йединственним источником лекарственних средств.

Abstract. Plants were widely used not only for food, but also as a source of biologically active substances. There is evidence that medicinal plants were usedfor medicinal purposes in the Sumerian civilization as early as 5,000 years ago. Medicinal plants have long served as the only source of medicines.

Kalit so'zlar: O 'simliklardan nafaqat ozik-ovqat, balkim biologik faol moddalar manbai.

O'zbekiston o'rmonlari turli-tuman dorivor daraxt-buta va o't o'simliklariga boyligi bilan ajralib turadi. Insoniyat xayoti o'simliklar olami bilan uzviy bog'langan, chunki ular insonni to'ydirgan, kiyintirgan, davolagan,. O'simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayok ma'lum bo'lgan. S sifatida keng foydalanganlar. Dorivor o'simliklardan shumer sivilizatsiyasida 5000 yil avval davolash maqsadlarida qo'llanganligi xaqidagi ma'lumotlar mavjud. Dorivor o'simliklar uzoq tarixiy davrlar mobaynida dorivor vositalarning yagona manbai bo'lib xizmat qilgan . O'rta asrlardan bizga shifobaxsh o'simliklarni ta'rifi va ularni inson salomatligini yaxshilashda qo'llanilishiga doyir ko'pgina ilmiy asarlar yetib kelgan. Dunyo tibbiyot fani rivojiga ulkan xissa qo'shgan yurtdoshimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037) tibbiyot masalalariga 20 dan ortiq ilmiy asarlar bag'ishlagan. Olim 20 yillar davomidagi o'tkazgan tibbiyot amaliyotida tuplagan gajribalari asosida 5 jildlik "Al-konun" ("Tib qonunlari") asarini yaratgan, bu asar asrlar mobaynida nafaqt arablar, balki Yevropa shifokorlarini xam dastur amal bo'lib xizmat qilgan. Kitobda 500 dan oshiq dorivor o'simliklar xamda ulardan tayyorlangan 40 dan oshiq dorivor vositalar xaqida ma'lumotlar keltirilgan. Olimning bu mashxur asari ko'pgina Yevropa xalqlari tillariga o'girilgan va chop etilgan, lotin tilining o'zida 16 marta qayta-qayta chop etilgan bo'lib, xozirgi davrda xam bu kitob uz axamiyatini yo'qotmagan.

O'z zamonasining yetuk ensiklopedist olimi Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) astranomiya, matematika, fizika, mineralogiya, geodeziya, geografiya xamda tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo'shgan xissasi nixoyatda ulkandir. Beruniy yaratgan ilmiy asarlarining orasida eng muximi va xajm jixatdan kattasi "Kitob as-saydana fi-t-tibb" (Tibbiyotda 3 farmakognoziya) kitobi xisoblanadi. Bu asarda o'sha davrlarda sharq; tabobatida qo'llanilgan 674 ta dorivor o'simliklar va 90 ta dorivor o'simlik madsulotlari xaqida ma'lumotlar mavjud. "Saydana"da tilga olingan dorivor o'simliklarni nomi 750 taga yetadi

Sharq tabobatining yetuk namoyondalari, o'z davrining mashxur shifokorlari buxorolik Abu Ali Ibn Sino, xorazmlik Abu Abdallax Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Bakr Muxammad ibn Zakariya arRoziy, Abu Rayxon Muxammad ibn Axmad al-Beruniy, Arabmuxammadxon ugli Abdulgozixon, Ismoil al-Jurjoniylar va boshqalarni butun dunyo taniydi. Ular o'zlarining tabobat faoliyatlarida dorivor o'simliklardan turli kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli foydalanganlar va bu xaqida yozma ma'lumotlar ko'rinishida boy meros qoldirganlar. Uzoq vaqtlar davomida butun dunyo xalqlarining asosiy dorivor vositalari shifobaxsh o'simliklar xom-ashyosi asosida tayyorlanib kelingan. Shifobaxsh o'simliklar zaxarli emas, yoki kam zaxarli, eng asosiysi asorat qoldirmaydi, ular tarkibida biologik faol moddalar ko'p va inson organizmiga uzoq vakt davolovchi ta'sirini o'tkazib turadi.

XX asrda sintetik kimyo jadal rivojlandi, sintez yuli bilan juda ko'plab yangi, tez xamda kuchli ta'sir etuvchi dorivor moddalar yaratildi, lekin ularni muntazam ravishda iste'mol qilish inson organizmi strukturasi va xayotiy funksiyalarini buzilishiga olib kelishi ma'lum bo'ldi. Sintez yo'li bilan yaratilgan dorilarni 25% dorivor o'simliklar moddalari bilan bog'likdir.

Ma'lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% i dorivor o'simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniksa yurak-qon tomir kasaliklarining davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor preparatlarning 77%, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini profi- laktikasi va davolashda foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74%, balg'am ko'chiruvchi dorilarning 73%, qon to'xtatuvchi dorilarning 60% dorivor o'simliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda . Xozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo 'jaligi bo'yicha xalqaro tashkilotning (FAO) ma'lumotlariga qaraganda butun dunyoda 50000 dan oshiq dorivor o 'simliklar tibbiyotda davolash maqsadlarida foydalaniladi. Davolash maqsadlarida maxalliy flora vakillaridan foydalanish janubiy-sharkiy Osiyo mamlakatlarida yuqori Xindistonda bu ko'rsatkich 20%ni, Xitoyda 19%ni tashkil etadi. Yaponiya, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari farmakopeyalarida dorivor o'simliklar xomashyosi asosida ishlab chikarilgan preparatlar keng o'rinni egallaydilar. O'zbekiston xududida tabiiy xolda 4500 turga yaqin yuksak o'simliklar tarqalgan, ularning 1200 ga yaqin turlari dorivorlik xususiyatlariga ega. Xozirgi paytda Respublikamizda 112 turdagi dorivor o'simliklar rasmiy tibbiyotda foydalanishga ruxsat berilgan bo'lib, ularning 80%ni tabiiy xolda o'suvchi o'simliklar tashkil etadi

Respublikamizning shifobaxsh o'simliklar dunyosi, ayniqsa ularning daraxt va butasimon turlari xilma-xil va boy genofondga ega. Ularni ilmiy o'rganishda mashxur akademik A.P. Orexovning shogirdlari akademiklar

O.S. Sodikov va S.Y. Yunusovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. O'zbekiston Respublikasining dorivor o'simliklarini o'rganish, zaxirasini aniqlash, o'stirish, introduksiya qilish, xomashyosini tayyorlash, biokimyoviy tarkibini o'rganishda K,.3. Zokirov, X.A. Abduazimov, P.X, Yuldoshev, N.K. Abubakirov, A.Y. Butkov, I.K. Komilov, K.X. Xojimatov, I.I. Malsev, I.I. Granitov, A.G Kurmukov, I.V. Belolipov, R.L. Xazanovich, M.B. Sultonov, F.S. Sadriddinov, P.K. Zokirov, S.S. Saxobiddinov, X.X. Xolmatov, Y.M. Murdaxayev, B.Y. To'xtayev va boshkalarning xizmatlari salmoqlidir. Ular tomonidan o'tkazilgan keng qirrali tadqiqotlar dorivor o'simliklarni oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, istiqbolli turlarni va ularning qimmatli xo' jalik belgilariga ega servitamin shakllarini madaniylashtirish, ko'paytirish va sanoat plantatsiyalarida o'stirish, xomashyosini tayyorlash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi.

Respublikamizning shifobaxsh o'simliklar dunyosi, ayniqsa ularning daraxt va butasimon turlari xilma-xil va boy genofondga ega. Ularni ilmiy o'rganishda mashxur akademik A.P. Orexovning shogirdlari akademiklar O.S. Sodikov va S.Y. Yunusovlar katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. O'zbekiston Respublikasining dorivor o'simliklarini o'rganish, zaxirasini aniqlash, o'stirish, introduksiya qilish, xomashyosini tayyorlash, biokimyoviy tarkibini o'rganishda K,.3. Zokirov, X.A. Abduazimov, P.X, Yuldoshev, N.K. Abubakirov, A.Y. Butkov, I.K. Komilov, K.X. Xojimatov, I.I. Malsev, I.I. Granitov, A.G Kurmukov, I.V. Belolipov, R.L. Xazanovich, M.B. Sultonov, F.S. Sadriddinov, P.K. Zokirov, S.S. Saxobiddinov, X.X. Xolmatov, Y.M. Murdaxayev, B.Y. T'uxtayev va boshqalarning xizmatlari salmoqlidir. Ular tomonidan o'tkazilgan keng qirrali tadqiqotlar dorivor o'simliklarni oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalanish imkoniyatlarini aniklash, istiqbolli turlarni va ularning qimmatli xo'jalik belgilariga ega servitamin shakllarini madaniylashtirish, ko'paytirish va sanoat plantatsiyalarida o'stirish, xomashyosini tayyorlash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratdi.

Dorivor gulxayri preparatlari balg'am ko'chiruvchi va yumshatuvchi, jag-jag va lagoxilus dorilari qon ketishni to'xtatuvchi, pista bujguni va choyo'tdan tayyorlangan dorilar me'da-ichak kasalliklarini davolovchi vosita sifatida ishlatiladi. Dorivor usimliklar ta'sir etuvchi moddalari tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli o'simliklarga ajratiladi. Farmakologik ko'rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, ogrik koldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir kiluvchi, markaziy nerv tizimini kuzgatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o'simliklar guruxdariga ajratiladi . Respublikamizda yil sayin dorivor o'simliklar maxsulotiga extiyoj o'sib borishi natijasida ularning xom-ashyosini tayyorlash mivdori xam kupaymovda. Bu esa uz navbatida kator dorivor o'simliklarning zaxiralari ko'p o'sadigan joylarida kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralanishi yoki butunlay tuxtatilishiga olib kelmoqda, Dorivor o'simliklar zaxiralaridan oqilona foydalanishning yagona yo'li ularni madaniylashtirish va sanoat plantatsiyalarida yetishtirishni yo'lga qo'yishdur.

REFERENCES

1. Sobirov R.R.,Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.

2. Mamanov.N., Hojeboyeva.A., Yo'ldoshev.S., Falsafa.-T.:Sharq, 2005. 3.Sobirov R.R.,

3. Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.

4. Polatova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J. Yangi va eng yangi davr Sharq falasafasi. -T :TDSHI, 2013.

5. Bobojonova D., M.Abdurasulov. "Abadiyat farzandlari". 2009. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti. 2009.

6. Irisov.A., Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari. Tanlangan asarlar. II tom. Toshkent. 1965.

7. Polatova D.,Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J.Yangi va eng yangi davr Shar

8. Международный научный журнал№4(100), часть

9. «Научный импульс» Ноябрь, 2021695Mavrak ok^Gpb, 2021

10. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.

11. Abdurahimova M. et al. HEALING PROPERTIES OF MEDICINAL WHITE AND BLACK (SESAME) SESAME //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 100-104.

12. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. DORIVOR ECHINACEA PURPUREA O 'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN HALQ TABOBATIDA FOYALANISH //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 197201.

13. Abdurahimova M., Mamadaliyeva D., Siddiqova G. DORIVOR O 'SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 185-188.

14. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL PLANT ESHINACEA PURPUREA AND ITS USAGE IN FOLK MEDICINE //Science and Innovation. - 2022. - T. 1. - №. 6. - C. 197-201.

15. Abdurahimova, M. A., & Muratova, R. T. (2023). ERMAK VA NA'MATAK O 'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINI O 'RGATISH ORQALI TALABALARNING XALQ TABOBATIGA BO 'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH. PEDAGOG, 6(12), 42-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.