Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA DORIVOR O‘SIMLIKLAR BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR'

O‘ZBEKISTONDA DORIVOR O‘SIMLIKLAR BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
990
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dorivor oʻsimliklar / ildizi / ildizpoyasi / piyozi / shirinmiya / shuvoq / yantoq / yalpiz / kiyikoʻt / togʻrayhon / qizilcha

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Tirkasheva Mahbuba Alisher Qizi

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish haqida yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA DORIVOR O‘SIMLIKLAR BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'ZBEKISTONDA DORIVOR O'SIMLIKLAR BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN

ISLOHATLAR Tirkasheva Mahbuba Alisher Qizi

Guliston davlat universiteti "Tabiiy fanlar" fakulteti Dorivor o'simliklar yetishtirish vaqayta ishlash texnologiyalari yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo.7373547

Annotatsiya. Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: dorivor o'simliklar, ildizi, ildizpoyasi, piyozi, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyiko't, tog'rayhon, qizilcha.

Аннотация. Освещены выращивание и переработка лекарственных растений, лечение людей и животных, профилактика заболеваний.

Ключевые слова: лекарственные растения, корень, корневище, лук, полынь горькая, полынь горькая, янток, мята перечная, очиток, тограихон, красный.

Abstract. Cultivation and processing of medicinal plants, treatment of humans and animals, and prevention of diseases are covered.

Key words: medicinal plants, root, rhizome, onion, wormwood, wormwood, yantok, peppermint, sedum, tograihon, red.

"Dunyo qarashni nima o'zgartiradi ilm,daromad, manfaat"

Sh.Mirziyoyev

Insoniyat tarixida tabiiy o'simliklardan tayyorlangan dorilar juda ko'p kasalliklarga da'vo sifatida qo'llanilib, bundan besh ming yillar avval dori vositalarini tayyorlashga doir ko'plab qo'lyozmalar bugungi kungacha saqlanganlari bor. Ko'p asrlar davomida o'simlik xom-ashyolaridan olingan dori vositalaridan foydalanib kelingan.

Bugungi kunda yurtimizda tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simliklarni tayyorlash, madaniy holda yetishtirish va plantatsiyalarini tashkil qilish bo'yicha ko'plab ishlar olib borilmoqda. 2020-yil 10-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Prizedenti Shavkat Mirziyoyev "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'grisida"gi PQ-4670-sonli qarorining qabul qilinishi, endilikda dorivor o'simliklar borasida tizimli ishlar qanday amalga oshirishirilishi yoritilgan. Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni yanada rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, ichki bozor talabini qondirib, boshqa mamlakatlarga eksport qilish shuningdek, ona tabiatimiz in'omlaridan davomli va oqilona foydalanish ushbu qarorda o'z aksini topdi. Shuningdek, qizilmiya, kovrak, ekma za'faron va boshqa dorivor o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish bo'yicha qarorlar qabul qilindi.

Dorivor o'simliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo'llaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% o'simlik xom ashyolaridan olinadi. O'simliklar murakkab tuzilishiga ega bo'lgan jonli tabiiy kimyoviy

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

laboratoriya bo'lib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor o'simliklarning quritilgan o'ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po'stlog'i, bargi, guli, g'unchasi, mevasi (ur'ugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.

Dorivor o'simliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik ko'rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og'riqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor o'simliklarning ta'sir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka ta'sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, bo'yoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar bo'lishi mumkin.

Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simlikning qismlarida turli miqdorda to'planadi. Dorining ta'sirchanlik quvvati hamda sifati yuqori bo'lish davri ularning gullash hamda urug'lash davrining boshlanishi vaqtiga to'g'ri keladi. Dorivor moddalar ba'zi o'simliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, ba'zi o'simliklarning guli yoki mevasida, ba'zilarida ildizi yoki po'stlog'ida to'planadi. Shuning uchun o'simliklarning asosan biologik aktiv moddalari ko'p bo'lgan qismi yig'ib olinadi. O'simliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, o'simlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki o'simlik uyg'onmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. O'simlikning meva va urug'lari pishib yetilganda yig'iladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy bo'ladi. Yangi ykg'ib olingan dorivor o'simlik mahsuloti tarkibida (yer ustki a'zolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam bo'ladi. Bu nam yo'qotilmasa (quritish yo'li bilan), o'simlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz bo'lib qoladi.

Odamlar qadim zamonlardan tabiat ne'matlaridan foydalana boshlaganidan buyen dorivor o'tlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimiy Misr mamlakatlarida shifobaxsh o'simliklar haqida ma'lumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan O'rta Osiyo xalq tabobatida dorivor o'simliklardan foydalanib davolash o'zining qad. an'analariga ega. Shifobaxsh o'simliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning "Al-qonun" asarida 476 ga yaqin o'simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Hoz. vaqtda dorivor o'simliklarning turi ko'payib, xalq tabobati shifobaxsh o'simliklar bilan boyigan. Dorivor o'simliklardan ko'proq, anor, achchiqmiya, bodom, do'g'buy, dorivor gulxayri, yong'oq, jag'-jag', zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo't, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyiko't, tog'rayhon, qizilcha, qoqio't va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qo'llaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi. Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg'am ko'chiruvchi va yumshatuvchi, jag'-jag' va lagoxilusdan tayyorlangan dorilari qon ketishini to'xtatuvchi, pista bujg'uni va choyo'tdan tayyorlangan dorilar me'daichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov nomidagi Toshkent farmatsevtika zdida O'zbekistonda o'sadigan va ekiladigan dorivor o'simliklardan turlituman dorilar tayyorlanadi. Dorivor o'simliklarni topish va ulardan alkoloidlar olishda

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'zbekistan FA O'simlik moddalari kimyosi institutining xizmati katta. Intda 4000 dan ortiq o'simlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida o'rganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bog'ining efir moyli, dorivor va bo'yoqli o'simliklar laboratoriya ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda O'rta Osiyo hududida ko'p tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq (gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori bo'lgan dorivor o'simliklar xom ashyolaridan tayyorlangan "Safro haydovchi Hojimatov yig'masi"ni yaratdilar va bu yig'ma ilmiy tibbiyotda qo'llashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi. Yovvoyi dorivor o'simliklar xom ashyolari asosan "O'zfarmsanoat" respublika davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot shirkatlari va O'zbekistan Qishloq va suv xo'jalik vazirligining "Shifobaxsh" ishlab chiqarish birlashmasi xo'jaliklari tomonidan tayyorlanadi.

O'zbekiston sharoitida dorivor o'simliklarni yetishtirish, ulardan sifatli dorivor mahsulot tayyorlash hamda mahalliy florani yangi introdusent o'simlik turlari bilan boyitish yurtimizda dorivor o'simliklar turlarini soni ortishiga va introduksiya- iqlimlashtirish orqali dorivor o'simliklar xilma-xilligini ta'minlashga erishiladi. Dorivor o'simliklarni ko'paytirish va yetishtirishdan asosiy maqsad ona tabiatga zarar yetkazmaslik, farmasevtika sanoati korxonalari ehtiyojini qondirish, madaniy holda yetishtirish, Yurtimiz tabobat amaliyotida mavjud bo'lmagan dorivor o'simliklarni iqlimlashtirib madaniy holda yetishtirishdir.

Xulosa qilib aytganda, tabiiy giyohlardan va ulardan tayyorlagan dori vositalari tabiiy va xavfsiz bo'lganligi bois bemorlarga o'z samarasini beradi. Bu esa dorivor o'simik turlarini tanlash, introduksiya qilish mahalliy floradagi turlar xilma-xilligini ko'paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish bugungi kunning asosiy vazifalari hisoblanadi.

REFERENCES

1. B.Yo. To'xtayev, T.X. Mahkamov, A.A. To'laganov, A.I. Mamatkarimov, A.V. Maxmudov, M.O'. Allayarovlar "Dorivor va ozuqabop o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash" bo'yicha yo'riqnoma - Toshkent, 2015.-137 b.

2. Xolmatov H.X., Habibov Z. H., "Farmakognoziya [Darslik], T., 1967.

3. Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar", T., 1980.

4. Hojimatov Q., Olloyorov M. , "'O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularni muhofaza qilish", T., 1988.

5. Xoliqov K., O'zbekiston janubidagi dorivor o'simliklar, T., 1992.

6. Hojimatov Q.H., Yo'ldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q., "Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham" (Fitoterapiya), T., 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.