"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
SHARQONA DAVO - DORIVOR O'SIMLIKLAR OLAMIDA Yavkacheva Zulxumor Abdurasilovna
Toshkent Davlat Transport Universiteti
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7193862
Annotatsiya. Bu maqolada insoniyatning qadimdan turli kasalliklarni davolashda dorivor shifobaxsh o'simliklardan foydalanib kelganligi sababli, dorivor o'simliklar eng muhim muolaja vositasi hisoblanadi. Qadimgi tabobatda kasallikni davolash asosan mijozga qarab belgilangan. Tabobat ilmi - dunyoda eng qadimgi ilmdir.Bemorning mijozi tomir, til, ko'z, badan va axlat rangidan aniqlab olingan. Tabib nafaqat odam mijozini, balki har bir o'simliklardan va hayvonotdan olinadigan dori - darmonlar tabiati va mijozini bilgan shu bilan birga "Tib qonunlari" da ko'rsatilgan dori - darmonlarni tayyorlashda o'lchov birliklarini hozirgi zamondagi o'lchamlari, dorivor o'simliklarni yig'ib olish, dori - darman tayyorlash, ulardan foydalanishda inson tomonidan e'tiborga olinadigan foydalai maslahatlar kengyoritilib berilgan.
Kalitso'zlar: tabobat, o'simlik,dori - darmon,vitamin, kasallik,kitob, o'lchov birliklari.
ВОСТОЧНАЯ МЕДИЦИНА - В МИРЕ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ
Аннотация. В данной статье лекарственные растения являются важнейшим средством лечения, так как человечество с древних времен использовало лекарственные растения для лечения различных заболеваний. Медицинская наука - древнейшая наука в мире. Клиента пациента определяют по цвету вен, языка, глаз, тела и кала. Врач знает не только человека-клиента, но и природу и клиента каждого растительного и животного лекарства, и в то же время современные размеры единиц измерения, указанные в «Законах медицины» при приготовлении лекарств, широко освещаются сбор лекарственных растений, приготовление лекарств и их применение, полезные советы, учитываемые человеком.
Ключевые слова: лекарство, растение, лекарство, витамин, болезнь, книга, единицы измерения.
ORIENTAL MEDICINE - IN THE WORLD OF MEDICINAL PLANTS
Abstract. In this article, medicinal plants are the most important means of treatment, since mankind has used medicinal plants to treat various diseases since ancient times. Medical science is the oldest science in the world. The patient's client is identified by the color of the veins, tongue, eyes, body and feces. The doctor knows not only the human client, but also the nature and client of each herbal and animal medicine, and at the same time, the modern dimensions of the units of measurement indicated in the "Laws of Medicine" in the preparation of medicines, the collection of medicinal plants, the preparation of medicines and their use are widely covered, useful tips, accounted for by a person.
Keywords: medicine, plant, medicine, vitamin, disease, book, units of measure.
Biz yuksak rivojlangan texnologiya asrida yashayapmiz. Ayni paytda aqlimiz qanchalik ilgarilab borayotgan bo'lsada, tanamiz ba'zida kutilmagan dard qo'zg'atuvchilariga himoyasiz bo'lib kelmoqda. Buni olimlar tabiiy imunitetning susayganligi bilan izohlashmoqda. Shu boisdan ham bugungi kunda butun dunyoda odamlar o'zlarini chiniqtirib sog'lom bo'lish choralarini ko'rishga intilmoqdalar, tabiiy da'vo vositalaridan foydalanishga harakat qilmoqdalar.
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
Tabiat, ayniqsa bizning serquyosh o'lkamiz insonga bebaho xazina ato etgan. Bu shsimliklar dunyosidir.Tabiatdagi va o'simliklar tarkibidagi yuzlab biologik faol moddalar inson a'zolariga, mijozga ko'ra turlicha ta'sir o'tkazadi. Inson organizmidagi kasalliklarga shifo bo'ladigan o'simliklaming foydali tomonlari bilan birga,ma'lum darajada zararli tomonlari ham bor.Dorivor o'simliklardan foydalanilganda erta bahorda inson iste'mol qilishi mumkin bo'lgan turli giyohlar una boshlaydi. Chunonchi, jag' - jag' otquloq, bargizub, momaqaymoq, yalpiz, sho'ra va boshqalar. Ularning foydali tomoni erta baxorda iste'mol qilinganidir. Bundan tashqari, shaftolining to'kilgan gullaridan 9 yoki 11 dona chuchvara tugib yutish usuli mavjud. Buning uchun chuchvara juda kichik tugiladi, pishiriladi va bitta - bittadan tanglayning yuqorisiga qo'yib, qaynagan suv bilan yutiladi, chaynash mumkin emas. Shundan so'ng bir oz vaqt o'tgach, chuchvara ichni yaxshilab suradi. KEyingi yilgacha qoni tozalanadi, yuzi tiniq bo'ladi.
Insoniyat qadim zamonlardayoq kasalliklarni davolashda turli xil ko'kat, meva, sabzavot o'simliklardan foydalangan. O'simliklar tarkibida odam organizmi uchun foydali bo'lgan A,V,VG,S, RR vitaminlari, oqsil, yoqimli hid beradigan efir moylari, ko'p miqdorda oson hazm bo'ladigan fosfor tuzlari, temir, kalbtsiy va boshqa moddalar bor.
Vitamin A organizmi turli yuqumli kasalliklardan, vitamin S singadan, vitamin V asab kasalligidan, vitamin D raxitdan saqlaydi. Vitamin A yetishmasligi natijasida organizm o'sishdan to'xtaydi, ko'z og'riydi, odam shabko'r bo'lib qoladi.Bu vitaminga bo'lgan sutkalik ehtiyojni qondirish uchun 50 gramm sabzi yoki ismaloq, ukrop,petrushka yoki 80 gramm barra piyoz iste'mol qilish kerak. Vitaminlar yangi uzilgan sabzavotlarda ko'p.Shuning uchun yangi sabzavotlardan yil bo'yi yeb turish tavsiya etiladi.Tabiat ne'matlaridan olinadigan dori - darmonlar shifobaxshligi va bezararligi bilan ajralib turadi.
Asrlar osha dorivor o'simliklar bilan davolash bo'yicha boy tajriba to'plangan. Miloddan oldin Misr, Xitoy va Hindistonda dorivor ko'katlardan foydalanish usullari yozilgan qo'lyozmalar paydo bo'lgan.
Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab davlatlarida dorivor o'simliklar bilan davolanish keng tus olgan. "Yajur veda" ("Hayot haqidagi fan") dorivor o'simliklar haqida yozilgan qadimiy hind kitobidir. Shifokor Sushruta tomonidan yozilgan mazkur kitobda 700 xil dorivor o'simlik tasvirlangan.Tibet meditsinasi hind meditsinasi yordamida rivojlandi. Mashhur "Djud - shi" ("Shifobaxsh dori- darmonlar mohiyati") kitobi tibet meditsinasining asosini tashkil etadi.
Xitoy xalq tabobati juda uzoq tarixga ega. Xitoy meditsinasining asoschisi bundan 3000 ming yil oldin hoqonlik qilgan Shen - Shung hisoblanadi.Uning dastxatiga mansub kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Ammo bu kitoblarning ko'chirma nusxalari va to'ldirilgan asarlari ming yillar osha meos bo'lib kelmoqda. Shen - Shung kitobida o'simliklarning sinonim nomlari, botanik ta'rifi, o'simliklardan mahsulot tayyorlash davrlari va usullari, o'simliklarning geografik joylashishi mazkur dori - darmonning ta'sir doirasi, qo'llanilishi, dori - darmonlar bilan davolash mumkin bo'lgan kasalliklarning umumiy ro'yxati keltirilgan.
Sharqning buyuk olimlari Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar - Roziy, Abu Abdulloh Muxammad ibn Muso al Xorazmiy, AAbu Rayhon Beruniy, Arabmuhammadxon o'g'li Abulg'ozixon, Abu mansur Buxoriylar lar dorivor o'simliklar bilan bemorlarni muvaffaqiyatli davolaganlar.
Hozirgi zamon farmakopeyasi zamirida Abu Ali ibn Sinoning ko'plab dasturlari yotadi. Uning shoh asari bo'lmish "Kitob al - qonun fit - tibb" ("Tib qonunlari") asarida ta'riflangan
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
dorivor o'simliklarning 396 turidan 165 tasi hozirgi zamon tibbiyot amaliyotida qo'llanmoqda.Bu asar o'zining asosiy qo'llanma va darslik sifatidagi qiymatini 500 yildan ortiqroq vaqtgacha saqlab qoldi.XV asrda kitob bosish ixtiro etilgandan so'ng 1473 yil birinchi marta bosilib chiqadi va besh kitobdan iborat bo'lib, eng asosiy dorivor o'simliklarga oid kitoblariga e'tiborimizni qaratamiz.
Ikkinchi kitob o'sha davr tabobatida qo'llanilgan dori - darmonlar haqida zaruriy ma'lumotlar bayon qilingan.Unda o'simlik, hayvon va ma'danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori - darmon ta'rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo'llanish usullari bayon qilingan. Abu Ali ibn Sino O'rta Osiyo vpa Yaqin Sharq hamda O'rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan dori -darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O'rta Yer dengizi orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko'plab dorilik moddalarni ham ko'rsatib o'tadi.
Beshinchi kitob farmakopeya bo'lib, unda murakkab tarkibli dori - darmonlar tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning birinchi qismida turli ma'junlar, habdori, kulcha dori, elaki dori, sharbatlar,qaynatmalar,sharob, marham, va hokazolar tavsifi berilgan.Shu bilan birga dori - darmon tayyorlashda quyidagi o'lchov birliklaridan foydalangan:
Boqila - 2,832 gramm, bunduqa - 4,25 gramm, dirham - 2,975 gramm, donaq - 0,495 gramm, draxmiy - 4,25 gramm, javza 38,25 gramm, istor - 17 gramm, karama - 0,99 gramm, obolo - 0,708 gramm, uqiya - 29,75 gramm, qirot - 0,236 gramm, habba - 0,059 grammlardan iboratdir.
Hozirgi vaqtda meditsinada ishlatiladigan barcha dorilarning 40 foizi, yurak qon - tomir kasalliklarini davolashda qo'llaniladigan dorilarning esa 80 foizini shifobaxsh giyohlar va ulardan olinadigan malhamlar tashkil etadi. Ibn Sinoning o'z davrida sumbulning yurak xastaligiga davoligi, gulxayrining nafas yo'lini yumshatishi, arpabodiyon va shivitning balg'am ko'chirishi, dafnaning asabga ijobiy ta'siri to'g'risida bergan ma'lumotlari hozirgi zamon dorishunoslik fani uchun qimmatli ko'rsatmadir. Endilikda bu o'simliklardan bir necha xil dori - darmonlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda dunyo bo'yicha ilmiy tibbiyotda va xalq tabobatida jami 120 mingdan ortiq o'simlik turi ishlatiladi. Dorivor o'simliklarni yig'ib olish va undan damlama tayyorlab foydalanganda quyidagi fikrlar o'rinli bo'ladi:
l.O'simliklarning yer ustki organlari (ildizi, ildizpoyasi, tuganagi va piyozboshisi) odatda o'simlik uyquga kirgan davrda (kech kuzda) yoki o'simlik uyg'onmasdan oldin (erta bahorda) tayyorlanadi.
2.O'simliklarning yer ustki qismi (poyasi, bargi va gullari aralashmasi) o'simlik gullaganda poyaning eng tagidagi barg oldidan o'rib olinadi.
3. Kurtaklar erta bahorda (yozilmasdan ilgari) o'simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda
yig'iladi.
4. O'simlik po'stloqlari erta bahor davrida po'stloq o'zakdan oson ajraydigan vaqtda shilinadi.
5. Gullar o'simlik qiyg'os gullaganda yig'iladi.
6. O'simlik mevalari pishib yetilganda yig'iladi. Quruq mevalar odatda, ertalab yoki kechqurun,
havo salqin va bir oz shudring bor vaqtda yig'ib olinadi.
7. Dorivor bo'luvchi urug'lar to'liq yetilganidan so'ng yig'ib olinadi.
8.O'simlik mahsulotlari iayyorlangandan so'ng 1 - 2 soat o'tmasdan quritishga hozirlanadi.Buning
uchun xom - ashyo mahsulot yaxshilab saralanib begona jismlardan holi qilinadi. 9.Quritish jarayonida dorivor o'simliklarning ildizi hamda ildiz poyasi - 65 foiz, shoxlar - 70 foiz, barglar - 80 foiz,gullar - 76 foiz, po'choqlar - 45 foiz, kurtaklar 60 foiz og'irligini yo'qotadi.
3б2
"SUSTAINABLE FORESTRY"
14-15 October 2022 | scientists.uz
10. Yaxshilab quritilgan o'simlik ildizlari hamda po'stloqlari qo'l bilan egib ko'rilganida, egilmay
sinishi lozim,barg hamda gullar barmoqlarda uvalanishi kerak, rezavor mevalar esa quritilganidan so'ng qismlab ko'rilganda yopishmasligi darkor.
11. Dorivor mahsulotlar toza, quruq, havo almashib turadigan,quyoshning tik nurlaridan pana bo'lgan joylarda saqlanadi.
12. Dorivor ildiz, ildizpoya hamda po'stloqlarning saqlanish davri o'rtacha 3,5 yilni tashkil qilsa, quritilgan gul, barglar hamda giyohlarning saqlanish muddati 1 - 2 yilni tashkil etadi.
13. Tayyorlangan dorivor damlama va qaynatmalar turish jarayonida achishi, buzilishi mumkin bo'lganligi uchun ularni faqat iste'mol qilish oldidan tayyorlagan ma'qul. Damlama va qaynatmalar iloji boricha salqin yoki sovuq joylarda 3 kechv - kunduzgacha saqlanishi darkor.
14. Har qanday damlama va qaynatmalar shifokor maslahati asosida me'yorida iste'mol qilinishi kerak.
Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa qilgan holda, qaysi bir dorivor shifobaxsh o'simlik haqida gapirmaylik,u yoki bu jihatdan ular inson salomatligini saqlashga xizmat qiladi, turli dardlarga shifo bo'ladi.Kundalik turmushimizda iste'mol etiladigan meva, sabzavot , ziravorlar bilan birga dorivor o'simliklardan uy sharoitida damlama , qaynatmalar tayyorlab, turli xil kasalliklarni oldini olish mumkin.
REFERENCES
1. Madrahimov A. Ibn Sino shifobaxsh o'simliklari haqida.Toshkent," O'zbekiston milliy entsiklopediyasi", 2012.
2. Mahmudov J.Turkiy tabobat ilmlari.Toshkent," Navro'z" nashriyoti 2015
3. Irgashev Sh.Tabiatning o'zi tabib. Toshkent," Tibbiyot" nashriyoti, 2003.
4. Karimov U.,Karimova S.Tibbiy o'g'itlar. Toshkent, "Mehnat", 1991.
5. Nabiev M.,Shalnyov V., Ibragimov A.Shifobaxsh ne'matlar. Toshkent, "Mehnat" 1989.
ЗбЗ