Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIY-BUYUK SERQIRRA “SAYDANA” ASARIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI TO‘G‘RISIDA'

ABU RAYHON BERUNIY-BUYUK SERQIRRA “SAYDANA” ASARIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI TO‘G‘RISIDA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
“Kitob as-saydana fit-tibb” / ”Saydana” / dorivorlik xususiyatlari Markaziy Osiyo / Xorazm / ilm-fan / mavrak / kanakunjut / dalachoy.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abdurahimova M.A, Akmaljonova Madina, Yo’Ldasheva Zilola, Dexqonova Oybarchin

Abu Rayhon Beruniyning “Dorivor oʻsimliklar kitobi” qoʻlyozmasi Turkiyada 20-asrning 30-yillarida topilgan. Asar “Saydana” nomi bilan mashhur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIY-BUYUK SERQIRRA “SAYDANA” ASARIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI TO‘G‘RISIDA»

ABU RAYHON BERUNIY-BUYUK SERQIRRA "SAYDANA" ASARIDA DORIVOR

O'SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI TO'G'RISIDA 1Abdurahimova M.A., 2Akmaljonova Madina, 3Yo'ldasheva Zilola, 4Dexqonova Oybarchin

1FarDU o'qituvchisi 2'3'4FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11210548

Annotatsiya. Abu Rayhon Beruniyning "Dorivor o'simliklar kitobi" qo'lyozmasi Turkiyada 20-asrning 30-yillarida topilgan. Asar "Saydana" nomi bilan mashhur.

Abstract. Abu Rayhan Beruni's "Book of Medicinal Plants" manuscript was found in Turkey in the 30s of the 20th century. The work is known as "Saydana".

Аннотация. Рукопись Абу Райхана Беруни «Книгалекарственных растений» была найдена в Турции в 30-х годах 20 века.

Kalit so'zlar: "Kitob as-saydana fit-tibb", "Saydana", dorivorlikxususiyatlariMarkaziy Osiyo, Xorazm, ilm-fan, mavrak, kanakunjut, dalachoy.

Keywords: "Kitab al-saydana fit-tibb", "Saydana", medicinal properties of Central Asia, Khorezm, science, mavrak, kanakunjut, dalachoe.

Abu Rayhon Beruniy buyuk serqirra "Saydana" asarida dorivor o'simliklar to'g'risida bayon qilingan va shu asosida yozilgan.Abu Rayhon Beruniyning "Dorivor o'simliklar haqida kitob"ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topilgan. Asar "Saydana" nomi bilan mashhurdir. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning tola tasnifi berilgan. Jumladan, "Saydana" asarida 1116 turlarning dorivor xususiyatlari tavsiflangan. Shundan 750 turi o'simliklar, 101 turi hayvonlar, qolgan 255 turi minerallardir. Saydana asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki unda Abu Rayhon Beruniy dorishunoslik o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Qizig'i shundaki, Beruniy "Saydana" asarida mingdan ortiq dorivor moddalar

nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmliklar tomonidan avlodlarga qoldirilgan bebaho ilmiy ildizlari uzoq o'tmishga borib tarqaladi. O'zbek xalqining tarixi buyuk kishilar tomonidan yozilayotgan tarixiy voqealarga boy afsonaviy sahifalardan iborat. O'tmishning shunday buyuk siymolaridan biri Abu Rayhon Beruniydir .

Abu Rayhon Beruniy 973-yil 4-sentabrda qadimgi Xorazmning Kot shahrida tug'ilgan. U yoshligidan ilmga tashna bo'lgan, imkoni boricha ko'proq bilim olishga intilgan. Uning siymosida o'rta asrlar sharqining qomus ul-ilimi, astronomi, geografi, ma'danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri mujassamlashgan. Beruniy qalamidan fanning turli sohalariga oid juda ko'p yirik asarlari chiqqan bo'lib, bu asarlarida uning ana shu sohalarni nihoyatda yaxshi bilgan tadqiqotchiligi, fanda yangidan yangi yo'llar ochgani donishmand bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Beruniy shubhasiz, tabiiy fanlar sohasidagi buyuk tadqiqotchi, o'rta asr madaniyatining mutafakkiri bo'lgan. Abu Rayhon Beruniy o'z oldiga dorishunolik bo'yicha asar yozishni maqsad qilib qo'ygan. Uning istagi ayniqsa, ushbu voqeadan keyin sodir bo'lgan. Bu haqda Beruniy shunday eslaydi: "Kunlarning birida Xorazm amirlaridan biri kasallanib qoldi. Unga Nishopurdan kasaliga shifo bo'ladigan dorilarning restepti yuborildi. Biroq restepda ko'rsatilgan dorilarning bittasini ham topisha olmaydilar. Shunda dori bilan shug'ullanuvchi bir kishidan o'n besh dirxamga sotib oldilar. Beruniy ko'rsa bu dori shirinmiya idizpoyasi ekan. Shunda Beruniy aytadiki, sizlar nominigina emas balki mohiyatini ham o'zlaringiz bilmaydigan narsani sotib oldingizlar,

deydi". Shundan so'ng u ozining mashhur asari "Kitob as-saydana fi-t-tibb"ni yozdi.Olim tabiiy fanlar bilan bir qatorda til o rganishga ham qiziqqan. Buning natijasida u hind, grek, rim, arab, fors tillarini o'rganib, ozining ilmiy faoliyatini shu asosida olib borib arab va fors tillarida asarlar yozgan. Ayniqsa, hayotning so'nggi yillarida dorishunoslik bilan shug'ullanib, boshqa tillardan arab va fors tillarga tarjima qilib, "Tibbiyotdagi dorishunoslik" deb nomlangan katta ilmiy asarini yaratgan . Beruniy "Hindiston tarixi" asarini hamda 1025 yilda "Geodeziya", 1030-1041 yillar oralig'ida "Al-Qonun al-Mas'udiy", 1041-1048 yillarda "Mineralogiya" asarlarini yaratdi. Olimning fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi juda ulkan bo'lib, u 152 ta risola yaratgan, shundan 30 tasi bizgacha yetib kelgan .Ma'mun akademiyasi allomalari merosini o rganish, ulardan ta'lim amaliyotida samarali foydalanish uchun ham o'sha davrdagi Xorazm davlati tarixiga nazar solish, u yerda bo'lgan voqealarni tahlil qilish zaruriyati paydo boladi. Vaholanki, o'tmishni anglash kishi kamolotini ta'minlovchi eng asosiy omildir.

Prezidentimiz aytganlaridek, "Inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo'ladi" .Rus olimi V.V.Bartold buyuk vatandoshimiz haqida "Beruniy shunday serqirra olimki, oz davrida mavjud bo'lgan ilm sohalaridan shug'ullanmagani uning shug'ullanganidan kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik kop va serqirraki bunga bir odamning umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi". Yana bir buyuk rus sharqshunos olimi, akademik S.P.Tolstov ilmiy anjumanlarning birida Yevropa olimlaridan biri "Beruniy XI asr Leonardo da Vinchisi" degan ta'rifiga javoban "Leanardo da Vinchi XV asr Beruniysidir" deb vatandoshimizga ta'rif bergan. Beruniy ilmiy asarlari oz ahamiyatini yoqotmasdan avlodlar qolida qadrlidir. "Otmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Saydana" va "Geodeziya" kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiyolim bo'lib, u ozining asarlari bilan falsafa, astronomiya, geodeziya, geografiya, tarix fanlariga katta hissa qo'shgan .Asosiy qism Beruniyning "Saydana" asarida keltirilgan dorivor o'simliklardur.Beruniyning oxirgi asari "Dorivor osimliklar haqidagi kitob"ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topilgan va asar "Saydana" nomi bilan mashhurdir. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning tola

tavsifini bergan. Jumladan "Saydana" asarida 1116 tur dorivorni tavsiflanib, shundan 750 turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. "Saydana" asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayhon Beruniy dorishunoslik ozi alohida fan bo lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi.

Beruniyning mazkur asarida keltirilgan dorivor o' simliklar tibbiyotda hozir ham keng qollanib kelinmoqda.

Ushbu o'simlik labguldoshlar oilasiga mansub, kop yillik o't, bo'yi 20-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, uzun bandli, poyasining yuqori qismida qarama-qarshi joylashgan. Iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari qisqa bandli, boshoqsimon. Mevasi yassi, yumaloq, yong'oqcha shaklida. Efir moyi olinadi. Yaralanishga qarshi muhofaza vositasi tarzida qo llaniladi.Kanakunjut. Sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik o t o simlik bo lib, barglari panjasimon, gullari shingilga jamlangan. Mevasi tikanli kosakdan iborat bo'lib, iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Urug'idan moy, oqsil, zaharli ritsiyuritsin alkoloidi olinadi. Shuningdek, malham va boshqa dorilar tayyorlanib, ilmiy tibbiyotda ishlatiladi.Dalachoy. Sariqchoy nomi bilan ham ishlatilib, tik o'suvchi o't, bo'yi 30-100 sm dalachoydoshlar oilasiga mansub o'simlikdir. Bargi oddiy, poyada qarama-

qarshi joylashgan. May-avgust oylarida gullaydi. Gullari tillarangli, mevasi uch xonali, serurug', pishganda ochiladigan ko'sakdan iborat. Yer osti qismida 10-12 % oshlovchi moddalar, 0,4 o% giperitsin, bo'yoq moddalar, flavinoidlar, karotin, vitamin C mavjud. Yer usti qismidan damlama, qiyom, suyuq ekstrakt va bakteriorsidimanin preparat tayyorlanadi.Safroo't. Sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub ko'p yillik, balandligi 60 sm ga yetadi. Barglari lansetsimon, qarama-qarshi joylashgan. May-avgust oylarida gullaydi. Guli yakka holda uzun bandi bilan barg qo'ltig'iga birikadi. Mevasi serurug' tuxumsimon ko'sakdan iborat.Sachratqi. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik ,bo'yi 30-100 sm ga yetadi. Bargi lansetsimon, poyada ketma-ket joylashadi. Iyun oyidan boshlab sovuq tushguncha gullaydi. Gullari havorang savatchaga to'plangan. Mevasi pista shaklida bo'lib, barcha a'zolari sut shirasiga boydir. Ildizida achchiq glikozidlintabin, inulin, qand moddasi B1vitamini, bargida C vitamin bor. Sachratqidan tayyorlangan suyuq ekstrakt qand kasalini davolashda ishlatiladi.Shvid (bodiyon). Soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o't o'simlik bo'lib, bo'yi SO sm larga yetadi. Poyasi tik o' sadi va bargi nov orqali poyaga birikkan. Iyun-iyul oylarida gullaydi va gullari murakkab to'pgulli. Mevasidan olinadigan anetin preparatining spazmatik (muskullarning tortilishi) ta'siri bor. Yer usti qismidan tayyorlangan damlamaga bromning natriyli tuzini qo'shib qon bosimini pasaytirishda qo'llaniladi.Qizilmiya (shirinmiya). Dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo'yi 1-1,5 metrga yetadigan ko'p yillik o't o'simlik, bargi ellipssimon, cho'ziq tuxumsimon yoki lansetsimon bo'ladi. Iyun-avgust oylarida gullaydi va mevasi pishganda ochilmaydigan dukkak shaklda bo'lib, avgust-sentyabrda yetiladi. Ildizida 23% glyukarrin, likviritin, likviritozid, likviriton, flabinoidlar bo'lib, nafas yo'li kasalliklarida balg'am ko'chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengillashtiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Zab dori tayyorlashda foydalaniladi.Ermon. Murakkabguldoshlar oilasiga mansub, bo'yi 50-100 sm gacha yetadigan ko'p yillik o't o'simlik. Bargi uchburchak yoki yumaloq bo'lib, iyul-avgust oylarida gullaydi. Gullari mayda, sariq, savatcha hosil qiladi. Mevasi o'tkir uchli,qo'ng'ir rangli pista shaklida. Yer osti qismida 2% gacha efir moyi (abeintol), achchiq glikozidlar bor. Bu o'simlikdan tayyorlangan dorilar ishtaha ochuvchi, o't haydovchi, oshqozon kasalliklarida ishlatiladi.Yalpiz. Yalpiz-labguldoshlar oilasiga mansub, bo'yi 30-100 sm gacha yetadigan o'simlik. Poyasi to'rt qirrali bo'lib, bargi oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. Iyun oyining oxiridan boshlab gullaydi va gullari mayda, qizil, binafsharang, boshoqsimon to'pgul hosil qiladi. Mevasi kosabargi bilan birlashib to'rtta yong'oqcha hosil qiladi. Bargidan damlama, efir moyida yalpiz suvi, qiyom, mentol, migren qalami, validol tayyorlanadi. Bu dorilar efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va qiyomi ko'ngil aynishini qoldirish, qayt qilishni qoldirish, uning oldini olish, ovqat hazm qilish, quloq, burun, nafas yo'llari kasalliklari, tish og'rig'ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi.Xulosa. Dorivor o'simliklar Beruniy davrida tabobatda keng iste'molda bo'lgan va tibbiyotda ko'p asrlar taraqqiyot yo'lida muhim ahamiyatga molik bo'lgan, hozir ham farmakologiyada katta ahamiyatga egadir.

Abu Rayhon Beruniy yoshligidan to umrining oxirigacha tabiatni o'rganishga katta ahamiyat bergan.Uning tibbiyotga bag'ishlangan "Saydana" asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini juda ko'p tillarda yozib chiqqan. Beruniy ushbu asarini yozish jarayonida o'zigacha yashab ijod qilgan tabiatshunos, geograf, filosof, medik, dorishunos olimlarning asarlaridan foydalangan.

REFERENCES

1. Sobirov R.R.,Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.

2. Mamanov.N., Hojeboyeva.A., Yo'ldoshev.S., Falsafa.-T.:Sharq, 2005. 3.Sobirov R.R., Xolmatov X.X., Sobirov R.S. "Beruniy shifobaxsh giyohlar haqida ". Urganch. 1993 yil.

3. Polatova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J. Yangi va eng yangi davr Sharq falasafasi. -T :TDSHI, 2013.

4. Bobojonova D., M.Abdurasulov. "Abadiyat farzandlari". 2009. Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti. 2009.

5. Irisov.A., Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari. Tanlangan asarlar. II tom. Toshkent. 1965.

6. Polatova D.,Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymoniv J.Yangi va eng yangi davr Shar Международный научный журнал№4(100), часть «Научный импульс» Ноябрь, 2021695Mavrak окябрь, 2021

7. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.

8. Abdurahimova M. et al. HEALING PROPERTIES OF MEDICINAL WHITE AND BLACK (SESAME) SESAME //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 100-104.

9. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. DORIVOR ECHINACEA PURPUREA O 'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN HALQ TABOBATIDA FOYALANISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - C. 197201.

10. Abdurahimova M., Mamadaliyeva D., Siddiqova G. DORIVOR O 'SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - C. 185-188.

11. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL PLANT ESHINACEA PURPUREA AND ITS USAGE IN FOLK MEDICINE //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - C. 197-201.

12. Abdurahimova, M. A., & Muratova, R. T. (2023). ERMAK VA NA'MATAK O 'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINI O 'RGATISH ORQALI TALABALARNING XALQ TABOBATIGA BO 'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH. PEDAGOG, 6(12), 42-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.