Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
ABU RAYHON BERUNIY ILMIY MEROSINI O'RGANISHNING
AHAMIYATI
Nilufar Shomuratovna Niyozova
Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Toshkent, O'zbekiston
ANNOTATSIYA
Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati biz yoshlar uchun bagoyatda ibratli komil inson timsolidir.Ularning bizgacha yetib kelgan asarlari xalqimiz hayotidagi eng boy ma'naviy meroslardan biridir.
Kalit sozlar: olim,asar,ilm fan,dorivor osimliklar, geodeziya,mineralogiya, geologiya,geodeziya, matematika, arifmetika, tibbiyot.
Inson qalbi va ongi uchun kurash ketayotgan hozirgi globallashuv davrida yoshlar ongiga ma'naviy qadriyatlarni singdirish, ularga ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o'rgatish yetuk barkamol inson tarbiyasi takomili va izchilligi bilan uzviy bog'liq. Ajdodlar merosini o'rganish insonning mukammal kasb egasi bo'lishi, qolaversa, intellektual dunyosi o'zgarishlarini belgilab beradigan muhim mezon hisoblanadi va doimiy ilmiy tadqiqotlar mavzusi bo'lib kelgan. Zero, har qanday tarixiy davrda ajdodlar merosiga hurmat, ularni keyingi avlodlarga bekamu-ko'st yetkazish davlatlar siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, shuningdek amalga tatbiq etishning dolzarbligi quyidagilardan iborat:
Birinchidan, mustaqillik yillarida tarixni tiklash, buyuk allomalar asarlari keng ommaga yetkazish sa'y-harakatlarida muhim islohotlar amalga oshmoqda. Umuman, milliy qadriyatlarni tiklash, xususan, buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy merosini chuqur o'rganishga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda.
Ikkinchidan, davlat va jamiyat taraqqiyotida ilm-fan rivoji ajdodlar ilmiy merosini o'rganishga ham bog'liq bo'lganligidan, uni takomillashtirishning dolzarb muammolarini o'rganish, tahlil qilish va yechimini topish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Uchinchidan, birinchi renessans davri allomalarimiz ilmiy kashfiyotlari gumanistik mazmuni ilm-ma'rifatni keng targ'ib qilish, qolaversa, "Davr farzandlarini yuksak fazilatli farzandlar etib tarbiyalash o'sha zamon ma'rifatparvarlarining hayotiy va fuqarolik e'tiqodiga aylandi" (Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. T.: "O'zbekiston" 2021, 18-bet) va bu jihatlarni o'rganishni davr talab qilmoqda.
December 16
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Jahon ilm-faniga salmoqli hissa qo'shgan buyuk olim Abu Rayhon Beruniy 100 dan ortiq asarlarni avlodlarga meros qilib qoldirgan. Uning eng yirik asarlari "O'tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Minerologiya", "Geodeziya" va "Saydana" dir. Asarlari orasida "Saydana" tibbiyot rivojida alohida ahamityaga molik asar bo'lib, ushbu asar qo'lyozmasi 1930 yillarda Turkiyadan topilgan. Ma'lumotlarga qaraganda, Beruniy "Saydana" asarida 1116 tur dorivor giyohlarni tavsiflaydi. Bular orasida 750 turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. Beruniy "Saydana" asari orqali dorishunoslik alohida fan bo'lishi lozimligi e'tirof etadi, zamonaviy farmokologiyaga asos soladi.
Maqolamiz kontekstida "Saydana" asarida keltirilgan ayrim o'simliklarning xususiyatini sanab o'tamiz.
1.Bodom.Uning tarkibida B2 vitamini, 42-62% moylar mavjud. Bodom bugungi kunda tibbiyotda keng qo'llaniladi. U soch va tirnoqlarni sog'lomlashtirishda, shuningdek, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda hamda ich yumshatuvchi vosita sifatida e'tirof etiladi. Bugungi davr tibbiyoti odam organizmini to'la sog'lomlashtirishda bodom mevasi va moyini deyarli ko'p kasalliklarni yengishga tavsiya etadi.
2. Mingdevona yoz davomida gullaydigan mevasi ko'p urug'li ko'sakdan iborat o'simlik. Ildizidan quruq ekstrakt dori va moy olinadi. Bronxial astmalar uchun tayyorlanadigan dorilar tarkibiga qo'shiladi.
3. Dalachoy (sariqchoy ham deyiladi) - tik o'suvchi, bo'yi 30-100 smli o'simlik. Yer osti qismida 10-12 % oshlovchi moddalar, 0,4 % giperitsin, bo'yoq moddalar, flavinoidlar, karotin, vitamin C mavjud. Yer usti qismidan damlama, qiyom, suyuq ekstrakt va bakteriorsidimanin preparat tayyorlanadi.
4.Sachratqi-murakkabguldoshlar oilasiga mansub o'simlik. Bu o'simlik sut shirasiga boy. Ildizida achchiq glikozidlintabin, inulin, qand moddasi, B1 vitamini, bargida C vitamin bor. Sachratqidan tayyorlangan suyuq ekstrakt qand kasalini davolashda ishlatiladi.
5.Yalpiz- poyasi to'rt qirrali o'simlik. Bargi oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. Bargidan damlama, efir moyida yalpiz suvi, qiyom, mentol, migren qalami, validol tayyorlanadi. Bu dorilar efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va qiyomi ko'ngil aynishini qoldirish, qayt qilishni qoldirish, uning oldini olish, ovqat hazm qilish, quloq, burun, nafas yo'llari kasalliklari, shuningdek, tish og'rig'ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi.
"Amerikalik fan tarixchisi XI asrni "Beruniy asri" deb ta'riflaydi" (Qarang: Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat- yengilmas
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
58
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
kuch. T.:Ma'naviyat, 2016. 46-bet).Darhaqiqat, XI asr Beruniy kashfiyotlari bilan bezalgan davr bo'ldi. Chunki bu davrda ma'danshunoslikda, etnografiyada, geografiyada va tibbiyotda ulkan yangilanish aynan Beruniy ijodi bilan xarakterlanadi. Bu ilmiy asarlarning qimmati nafaqat XI asr uchun, balki hozirgi davrda katta ahamiyatga molik.
XV-XVI asrlar yevropa polyak astronomi Nikolay Kopernikning geliotsentrik nazariyasi (ya'ni Quyoshni koinot markazi ekanligini e'tirof etuvchi nazariya) bilan ham mashhur bo'ldi. Lekin Beruniy Kopernikdan bir necha asr oldin yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va Quyoshni koinot markazi deb o'rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega ekanligini tushuntirib bergan. Beruniy harakat trayektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligini ta'kidlagan olimlardan bo'lib, joylarning geografik uzoqligini, kengligini aniqlash yo'llarini tanlab olishda novator hisoblanadi. Beruniy mashhur geograf hamdir. U o'zining "Hindiston" asarida Amerika qit'asining mavjudligini ilmiy asoslab, quyidagilarni yozgan «...yerning choragi ma'muradir. Ma'murani g'arb va sharq tomondan Muhit okeani (Atlantika va Tinch okean) o'rab turibdi. Bu Muhit okeani, yerning obod qismini dengizlarning narigi tomonida bo'lishi mumkin bo'lgan quruqdik yoki odam yashaydigan orollardan ikkala yoqdan (g'arbdan va sharqdan) ajratib turadi...» (Хуршид Даврон кутубхонаси. Abu Rayhon Beruniy -1045 yil Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 1-2 jild.kh.davron.uz).
Ma'lum bir davrlar o'tgan so'ng, ya'ni 1492 yil Amerika qit'asini sayyoh Xristofor Kolumb kashf etganligi qayd etildi. Aslida buni Beruniy kashf etganligi dunyo xalqlariga ma'lum.
Beruniy ma'danshunoslikda ham tub burilish yasagan olim. U yer osti ma'danlarini katalogini tuzib chiqqan. Beruniy "Minerlogiya" asarida qimmatbaho tosh konlarini izlab topish usullarini hamda ma'danlarning solishtirma og'irligini o'lchashga doir qimmatli ma'lumot va tavsiyalarni bergan. Yangi davrlarda bu kashfiyot geologiya sohasi rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Xullas, buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi ilm-fan taraqqiyotining substansional va gumanistik mohiyatini dialektik xarakterlaydi. Bu boradagi maqolamizga quyidagi xulosalarni berish mumkin:
- birinchidan, Beruniy asarlarini chuqur o'rganish yangi fan ufqlarini yaratish imkoniyatlarini namoyon etadi;
- ikkinchidan, Beruniy ilmiy merosini o'rganishni keng targ'ib qilish vorisiylik takomilidagi muhim jihatlarni ochib
beradi;
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonda^
- uchinchidan, Beruniy ilmiy merosi asosidagi izlanishlar ilmiy-amaliy loyihalarning tatbiq etilishidagi samaradorlikka xizmat qiladi.
Maqola mazmuni yuzasidan quyidagilar tavsiya qilinadi:
- aholini sifatli dori-darmon bilan ta'minlash eng muhim ijtimoiy masala bo'lib, bunda o'tmish ajdodlarinmizning dorishunoslikka oid ilmiy asarlarnini o'rganish orqali salomatlik madaniyat ustuvorligini ta'minlash;
- buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning nafaqat tibbiy, balki falsafiy, estetik, axloqiy, diniy, siyosiy boradagi ilmiy merosini rivojlantirish;
- ta'lim muassasalarida o'qitiladigan tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarni Beruniy asarlariga doir materiallar bilan boyitish;
Albatta, ajdodlarimiz ilmiy merosini o'rganish, uni jahon davlatlariga targ'ib etish tadbirlari mamlakatimizda ma'rifiy davlatni rivojlantirish va bunga hissa qo'shish maqsadlarining ajralmas bo'g'ini bo'lib qoladi.
December 16