Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan
ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO'SHGAN HISSASI
Alimardon Abduvohid o'g'li Nishonov
Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya biotibbiyot muhandisligi va oliy ma'lumotli hamshira fakulteti Tibbiy biologiya ishi ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Abu Rayhon Beruniy Xorazmning buyuk allomasi, tarix, tibbiyot, farmakologiya, mineralogiya fanlarga oid mashhur asarlar muallifi.Beruniyni chinakan o'rta asrlarda Sharqning buyuk ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag'a bo'lmaydi.Amerikalik tarixchi olim Dj.Sarton Beruniy haqida "Astranomiya va matematika, tibbiyot va farmakologiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo'lar edi" deb o'zining fikrini bildirgan.Beruniy fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o'zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin.
Abu Rayhon Beruniyning asosiy asarlari astranomiya, tibbiyot va matematikaga bag'ishlangan bo'lib, uning „Saydana" asarida mingdan ortiq
dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni o'zgarishi natijasida Beruniy 998-yili Jo'rjon shahriga ketishga majbur bo'ladi. U bu davrga qadar Kat va Ray shaharlarida o'zining dastlabki tibbiyotga oid ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jurjonda kechgan yillar (998—1004-yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri bo'ldi. O'zining ilk tibbiyotga oid tajribalarni 16 yoshida Kat shahrida boshlagan alloma, Jo'rjonda nafaqat tibbiyot va boshqa tabiiy fanlar bilan shug'ullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" uning Jurjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar muallifning ko'p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. Umuman, Beruniy Jo'rjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar bo'ldi. Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun ibn Ma'mun Beruniyni o'z saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Beruniyning oxirgi asari -«Dorivor o'simliklar haqidagi kitob»ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini bergan. Jumladan "Saydana"
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. "Saydana" asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Beruniyning mazkur asarida keltirilgan va tibbiyotda hozir ham keng qo'llanib kelinayotgan, ayrimlari bilan tanishtirmoqchiman.Bodom-bodom ra'nodoshlar oilasidan, bo'yi 2-5 m, ba'zan 8m ga yetadigan daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mag'zi tarkibida 42-62 % moy, vitamin B2, 2 % emulsiya oshqozon-ichak og'rig'ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.Gulxayri- gulxayridoshlar oilasiga mansub,bo'yi 150-160 sm tik o'sadigan o't o'simlik. Bargi yuraksimon,
poyasida ketma-ket joylashadi. Iyundan sentyabrgacha gullaydi. Gullari har xil tusda yakka yoki to'p bo'lib ochiladi. Mevasi yassi, yumaloq, quruq, serurug'. Ildizida shilimshiq moddalar, kraxmal, aspargin mavjud. Balg'am ko'chiruvchi, nafas yo'li yallig'anishiga qarshi preparat tayyorlashda qo'llaniladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mazkur dorivor o'simliklar Beruniy davrida tabobatda keng iste'molda bo'lgan va tibbiyotda ko'p asrlar taraqqiyot yo'lida muhim ahamiyatga molik bo'lgan, hozir ham farmakologiyada katta axamiyatga egadir. A.R.Beruniy yoshligidan to umrining oxirigacha tabobatni o'rganishga katta ahamiyat bergan. Olim Sulton Mas'udning o'g'li Mavdudning hukumronlik yillarida (1041—1049) o'zining „Mineralogiya" va „Farmakognoziya" deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri tibbiyot sohasida betakror asarlardan bo'lib, jahon tibbiyotining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari bilan astronomiya, astrologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qo'sha oldi.
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferenc«
December 16