Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan
ABU RAYHON BERUNIY IJODINING TIBBIYOTDAGI ORNI
Gulnoza Olimjon qizi Eshquvatova
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi gul noza.eshq uvatovna@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda Markaziy Osiyolik qomusiy olimAbu Rayhon Beruniyning ilm-fanga qo'shgan salmoqli hissasi,uning tibbiyoda qoldirilgan oltinga teng bilimlari o'rganilgan.
Kalit so'zlar: Tendensiya, geodeziya, mavrak, saydana, ritsiyuritsin, mineralogiya/
Kirish. Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida barkamol avlodni tarbiyalash masalasi yetakchi masala bo'lib,xar bir davirda o'ziga xos yondashuvlar va tendensiyalar hukumron bolgan.Ammo minh yillar o'tgan bolsada ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan fikrlar shu darajada qimmatliki,ular hozirgi shiddatkor XXI asr uchun ham ahamiyatlidir.
Asosiy qism: Beruniy 100 dan ortiq kitoblarni yozib bizga meros qoldirgan. Shulardan 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Jumladan, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Geodeziya», «Munajjimlik san'atining boshlang'ich tushunchalari», «Hindiston», kitoblaridir. Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin ikkita muhim kitobni yozgan. Bulardan biri «Minerologiya»dir . Bu risola o'z zamonasining tengi yo'q asari hisoblangan. Beruniy tibbiyot sohasiga ham o'zinig ulkan hissasini qo'shganligini alohida aytib o'tishimiz joiz.Uning tibbiyotga bag'ishlangan "Saydana"asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Beruniyning bu asari -«Dorivor o'simliklar haqidagi kitob»ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini bergan. Jumladan "Saydana" asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardan tashkil topgan hisoblanadi."Saydana" asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik sohasini o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Beruniyning mazkur asarida keltirilgan va tibbiyotda hozir ham
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
388
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
keng qo'llanib kelinayotgan, dorivor o'simliklarning ayrimlari haqida to'xtalib otamiz.
Qizilmiya (shirinmiya). Qizilmiya(shirinmiya)-dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo'yi 1-1,5 metrga yetadigan ko'p yillik o't o'simlik, bargi ellipssimon, cho'ziq tuxumsimon yoki lansetsimon. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Mevasi pishganda ochilmaydigan dukkak shaklda. Avgust-sentyabrda yetiladi. Ildizida 23% glyukarrin, likviritin, likviritozid, likviriton, flabinoidlar bo'lib, nafas yo'li kasalliklarida balg'am ko'chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengillashtiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Zab dori tayyorlashda foydalaniladi.
Bodom. Bodom ra'nodoshlar oilasidan, bo'yi 2-5 m, ba'zan 8m ga yetadigan daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mag'zi tarkibida 42-62 % moy, vitamin B2, 2 % emulsiya oshqozon-ichak og'rig'ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Kanakunjut. Kanakunjut- sutlamadoshlar oilasiga mansub bir yillik o't. barglari panjasimon, gullari shingilga jamlangan. Mevasi tikanli ko'sakdan iborat.Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Urug'idan moy, oqsil, zaharli ritsiyuritsin alkoloidi olinadi. Shuningdek, malham va boshqa dorilar tayyorlanib, ilmiy tibbiyotda qo'llaniladi.
Abujahl tarvuzi. Qovoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o't, o'simlik. Barglari yirik,poyasida ketma-ket joylashgan. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari bir uyli. Mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Ildizining tarkibida glikozidlar bor,smola, polisaxaridlari ham bor.Ildizidan tayyorlanadigan qiyom akofit preparati tayyorlashda ishlatiladi, u og'riq qoldirish, qon to'xtatish xususiyatiga ega.
Jut. Jut- jo'kadoshlar oilasiga mansub bir yullik o't, bo'yi 3 m ga yetadi. Barglari keng lansetsimon. Gullari sariq. Iyulda gullaydi. Ko'sak holidagi mevasi sentyabrda pishadi. Urug'idan yurak glikozidlari tayyorlanadi.
Mavrak. Mavrak-labguldoshlar oilasiga mansub, ko'p yillik o't, bo'yi 20-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, uzun bandli, poyasining yuqori qismida qarama-qarshi joylashadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari qisqa bandli, boshoqsimon. Mevasi yassi, yumaloq, yong'oqcha shaklida. Efir moyi olinadi. Yaralanishga qarshi muhofaza vositasi tarzida qo'llaniladi.
XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan yevropalik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter, E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof, osiyo
https://tma.uz/
December 16 Republican Scientific and Practical Conference
389
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
olimlari S.X.Nasr, M.Kozim, S.Baraniy, M.Nizamuddin, Sh.Yaltkay kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar.
Xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytib o'tishimiz joizki mazkur dorivor o'simliklar Beruniy davrida tabobatda keng iste'molda bo'lgan va tibbiyotda ko'p asrlar taraqqiyot yo'lida muhum ahamiyatga molik bo'lgan,hozir ham farmakalogiyada katta ahamiyatga egadir.Beruniy "Saydana"asarida shunday degan "Yoshligimdanoq qandoq bolsa ham marifat olishga qattiq berilgan va shundan lazzatlangan edim.SHohid keltirish yuzasidan shuni aytish kifoya:yerimizga bir rumlik kelib qolgan edi.Men unga donlar,urug,lar,mevalar,o,simliklar va boshqa narsalarkeltirib nomlarini so'radimva ularni yozib oldim"degan edi.
REFERENCES
1. https://cyberleninka.ru
2. Beruniy Abu Rayhon. Meditsinada farmakognoziya. U. I. Karimov. // Tanlangan asarlar, Tom III. Toshkent: Fan, 1987.
3. https://shosh.uz/uz/mutafakkirlar-abu-rayhon-beruniy-973-1048-2/
4. https://hujayra.uz/beruniyning-saydana-asarida-keltirilgan-dorivor-o'simliklar/
https://tma.uz/
Republican Scientific and Practical Conferena
December 16