Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING “SAYDANA” ASARINING XUSUSIYATLARI'

ABU RAYHON BERUNIYNING “SAYDANA” ASARINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1447
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING “SAYDANA” ASARINING XUSUSIYATLARI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIYNING "SAYDANA" ASARINING

XUSUSIYATLARI

Gulzoda Komiljanovna Dustova

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlash

menejmenti kafedrasi stajyor assistenti

Ruxshona Baxrillayevna Ismatullayeva

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika fakulteti 308 guruh talabasi

Tabobat tarixi insoniyat tarixi bilan tengdoshdir. Bir necha ming yil avval yashagan odamlar ham o'z sog'liklari uchun kurashib, ilk tibbiy ko'nikmalar hosil qilgan. Beruniyning "Dorivor o'simliklar haqidagi kitob" qo'lyozmasi Turkiyada topilgan bo'lib bu asar "Saydana" nomi bilan mashhur. Bu asarda Beruniy Sharq ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini bergan. Saydana asarining asosiy xususiyatlari shundaki Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi.

Tadqiqot maqsadi: Sharq tabobatining yirik qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning dorivor o'simliklar haqida bergan tavsiyalarini o'rganish

Material va usullar: Abu Rayhon Beruniyning "Kitob as-saydana fi-t-tib" ya'ni "Saydana" nomi bilan mashhur bo'lgan asari to'g'risida yozilgan maqolalar orqali malumotlar yig'ildi.

Natijalar va muhokama: "Saydana" asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 tur o'simliklardan, 101 turli hayvonlardan qolgan 255 turi minerallardan tashkil topgan Beruniyning mazkur asarida keltirgan hozir ham tibbiyotda keng qo'llanilayotgan ayrim o'simliklar bilan tanishtirib o'tsak. Bodom-bodom mag'zi moyga, vitamin B12 boyligi uchun oshqozon ichak og'rig'ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Gulxayri-balg'am ko'chiruvchi, nafas yo'li yallig'lanishiga qarshi preparat tayyorlashda qo'llaniladi. Mavrak- yarani tez bitishiga yordam beradi. Selderey-kuchli siydik haydovchi xususiyatiga ega. Dalachoy- bakteriyalarga qarshi qo'llanuvchi preparatlar tayyorlanadi. Sachratqidan tayyorlangan suyuq ekstrakt qandli diabetni davolashda ishlatiladi. Sano-surgi dori vositasi sifatida ishlatiladi. Shvit-qon bosimini pasaytirishda qo'llaniladi. Ermon-bu o'simlikdan tayyorlangan dorilar ishtaha ochuvchi, o't haydovchi, oshqozon kasalliklarida ishlatiladi. Yalpizdan og'riq qoldiruvchi dorilar tayyorlanadi.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

313

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

Yuqorida keltirilgan dorivor o'simliklar Beruniy davrida tabobatda keng istemolda bo'lgan, tibbiyotda ham muhim ahamiyatga molik bo'lgan, hozirda ham farmakologiyada katta ahamiyatga ega bo'lgan o'simliklar hisoblanadi. Hozirgi taraqqiy etgan zamonda ham Abu Rayhon Beruniyning madaniy meroslaridan davolash hamda dorivor moddalar haqida noyob fikrlarni o'qishimiz farmakologiya sohadagi bilimlarimizni boyitishda yordam beradi.

Xulosa: Sharq tabobatining yirik olimi Abu Rayhon Beruniyning madaniy merosini o'rganish xalq tabobati, farmakologiya ilmi bo'yicha tushunchalarni boyitadi, xalqimiz uchun sog'liqni saqlash sohasida ulkan bir dastur bo'lib xizmat qiladi. Abu Rayhon Beruniyning kasalliklar va ularni davolash uchun ishlatiladigan dorilari haqidagi fikrlari hali ham o'z ahamiyatini yuqotmaganligi, Abu Rayhon Beruniyni tibbiy merosini chuqurroq o'rganishimiz kerakligini ko'rsatayapti.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.