Научная статья на тему 'АBU RAYHON BERUNIYNING «SAYDANA» ASARINI FARATSEVTIKADA TUTGAN O‘RNI'

АBU RAYHON BERUNIYNING «SAYDANA» ASARINI FARATSEVTIKADA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

1426
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АBU RAYHON BERUNIYNING «SAYDANA» ASARINI FARATSEVTIKADA TUTGAN O‘RNI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ABU RAYHON BERUNIYNING «SAYDANA» ASARINI FARATSEVTIKADA TUTGAN O'RNI

A. Z. Sobirjonov

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi katta o'qituvchisi

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati fan taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etadi. U ilmiy qiziqishlari doirasining kengligi va chuqurligiga, mavhum bilimdonlikdan qochib, moddiy madaniyat sohasida ham, ma'naviy madaniyat sohasida ham, insoniyatning real hayoti bilan bevosita bog'liq bo'lgan masalalarga qiziqqan. Mashhur sharqshunos olim, akademik Ignatiy Krachkovskiy allomaning yuksak ilmiy salohiyatini «uning qiziqqan ilm sohalaridan ko'ra qiziqmagan sohalarini sanab o'tish osondir» deb baholagan edi.

Uning qoldirgan ilmiy meros 152 ta kitob va risoladan iborat. Olimning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman. Ko'pchilik asarlari esa o'z zamonasida o'ziga xos bir entsiklopediya hisoblangan.

Beruniyning oxirgi asari - «Dorivor o'simliklar haqida kitob»ining qo'lyozmasi XX asrning 30 yillarida Turkiyada topiladi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o'sadigan shifobaxsh o'simliklar haqida ma'lumot beradi. Dorishunoslikka oid asarlarni umr bo'yi yiqqan Beruniy o'z esdaliklarida qo'yidagi kitob haqida shunday deydi: «Mening qo'limga bir vaqtda ikkita kitob tushdi birisi «O'tlar kitobi» deb atalib, unda har bir o'tning rasmi bor edi. Bu rasmning qarshisiga uning dorivorligi yunon harflari bilan yozilgan. Ikkinchi kitob VI asrda yashagan qadimgi yunon tabibi Oribasining «Dovalar kitobi» edi. Bu kitobda dorivorlik haqida to'g'ri fikrlarga ishonchim komil bo'lganidan uni arab harfi bilan ko'chirib chiqdim».

Beruniyning tabobatda eng qiyin bo'lgan dorishunoslik bo'yicha asari «Kitob as-say-dona - fi-t-tibb» («Tabobatda dorishunoslik» - «Saydana») deb nomlangan. U o'z asarida har bir o'simlikning o'sish joylarini, belgilarini, shifobaxsh xususiyatlarini, biridan ikkinchisini farqini, biri o'rniga ikkinchisini berish mumkinligini ko'rsatadi. Beruniy «Saydana» asarida dorivor o'simliklarni nomini alifbo tartibida joylashtiradi. Dorivor o'simliklar nomini ko'rinishini, qaerlarda o'sishi, qaysi faslda gullashi va hosil berishi, o'simlikning qaysi oilaga mansubligi va qanday kasalliklarni davolashda qo'llanishi haqida to'liq tavsif beradi. Beruniyshunos olim, professor

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Ubaydulla Karimovning aniqlashicha, Beruniy «Saydana» asarida dori moddalarining nomlarini 31 ta til va lahjada bayon etadi. Bu esa uning juda k o'p tillami bilishini ko'rsatadi.

"Saydana" farmokognozik asar bo'lib, tibbiyotning quroli sanalmish dori-darmon tayyorlanuvchi vositalar haqidagi ma'lumotlar yig'indisidir. Farmakognoziya grekcha "dori" va "bilim" ma'nolarini anglatuvchi so'zlardan iborat. Nabotot, hayvonot va ma'danlardan olinadigan dorivor vositalar haqidagi ilmiy fandir.

"Saydana" o'sha vaqtlari mavjud bo'lgan dorishunoslik tarixi bo'yicha yozilgan eng qimmatbaho manba hisoblanadi. Olimning bu asari Ibn Sinoning "Tib qonunlari"dan keskin farq qiladi. Ibn Sino dorivor vositalarning tarkibini, xususiyatlarini hamda kasallikka ta'sirini, dorivor vositalardan dorinoma bo'yicha malham, ichimlik, dori tayyorlashni aniq yozgan.

Beruniy esa o'z asarida ana shunday dorivor vositalarning turli tillardagi muqobillari, hatto ayrim shevalardagi nomlarini ham keltirib o'tgan. Chunki, o'sha vaqtlarda birgina dorining turli nomlari bor va (yoki) bitta atama turli dorilarni anglatar edi. Bu haqda Beruniy shunday bir hikoyani misol keltiradi: "Dorilarning turli tillardagi nomlarini aniq bilish inson uchun foydalidir. Mening esimda, xorazmlik bir amir kasal bo'lib qolganida uning davosi uchun Nishopurdan dorinoma jo'natadilar. Lekin dorishunoslar, hakimlar dori tarkibining bir qismini hech topa olmaydilar. Nihoyat, bir odamda borligini eshitib, dorivorning o'n besh dirhamini besh yuz dirham toza kumushga sotib olishadi. Xarid qilingan modda gulsafsar ildizi ekan. Tabiblarning jahli chiqib, sotuvchiga ta'na qilishadi. Shunda u: "Sizlar dorivorning nomini bilmadingiz, lekin aslida shuni so'radingiz" deya javob beradi.

Beruniy goho muammolar keltiradigan bu kabi chalkashliklarni bartaraf etish maqsadida o'z asarida nabotot, hayvonot, ma'dan va ulardan olinadigan taxminan 4500 ta dorivor vosita haqida ma'lumot berib, ularning arabcha, suryoniy, so'g'diycha, forscha, xorazmcha, turkcha va boshqa tillardagi nomlarini keltirish bilan birga, o'sha davr dorishunoslik atamashunosligiga katta hissa qo'shgan. Olim goh u atamaga, goh bu atamaga izoh berish jarayonida tibbiyotga daxldor talay ma'lumotlarni ham berib o'tganki, bu asarning ko'pqirraligini ta'minlagan.

Muallif 2000 yillik davrda yashab o'tgan tabiblaru hakimlar va dorishunos olimlar, tabiatshunoslardan 250 nafarining asarlaridan foydalangan. O'rni kelganda, maqollar, she'riy parchalardan ham misollar keltirib, atamalarning ma'no qirralarini yoritishga erishgan. Dorivor moddalarni izohlar ekan, ularning shifobaxshlik xususiyatlarini ham ochib berishga intilgan: "Havorang gulli ayiqtovon o'simligi bavosilga davo bo'ladi, qizil

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

336

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

gullilari esa bavosilni kuchaytiradi... Bo'tako'zning damlamasi yara-chaqalarga malham bo'ladi. Lekin hakimlar bo'tako'zning mijozini sovuq va ho'lga tenglashtirishadi. U holda yaralarga malham emas, tinchlantiradigan vositadir. Qubiyun toshi o'tkn ta'mli hidga ega bo'lib, u yiringni tortib oladi"

Beruniy va undan oldingi davr tibbiy atamalari shu dorivor olinadigan mahsulot nomiga, kasallik nomiga va dorining xususiyatlariga nisbatan ifodalangan. Bu xizmatlar o'tmish tabiblarimiz va tabobatga oid fanning xalqchilligini va amaliyotda qo'llashning qulayligini ta'minlaydi. "Saydana"da bu atamalaming bn necha tillardagi muqobillari va sinonimlari berilishi tabobat ilmini umumjahon ahamiyatiga molik qilgan. Ulug' alloma Abu Rayhon Beruniyning buyuk tarixiy xizmati ham ana shunda.

Shuningdek, u har bir dorivor o'simlikning arab, fors, rum, turk, hind va xorazm tillarida nomlanishini aniq bayon qiladi. Bu bilan Beruniy dorivor o'simliklarning lug'atini ham meros qilib qoldirgan. Bundan tashqari Beruniy «Saydana»da 65 ta shoiming nomini tilga olib, she'riaridan misralar keltñgan. Asar hammasi bo'lib 350 satrni o'z ichiga olgan 141 ta she'riy parcha keltirilgan.

Beгuniyning qadimgi aгab she'riyatiga bunchalik ko'p murojaat qilishi tasodifiy emas, ularda islomgacha bo'lgan davr va islomning ilk asrlaridagi arablar hayoti hamda ularni o'гab olgan muhit haqida turii ma'lumotlaг, shuningdek, turii o'simlik va hayvonlarning nomlari saqlangan. Shuning uchun she'гiy dalil^ «Saydana»da haг biг tavsif qilinayotgan modda nomining mohiyatini ochishda qo'shimcha tasviriy vosita bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ular u yoki bu so'z arab tilida qadimdan mavjudligiga guvohlik ham beradi. Bu asar arab o'lkasi haqidagi qadimiy ma'lumot^ berilgan qomusiy manba sifatida taqdim etilganini ko'ramiz. Asar ko'pgina ilmiy tadqiqotlarda muhim manba ekanligi bilan ham ahamiyatlidir.

"Saydana" asarining asosiy xususiyatlaridan bin shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Beruniyning mazkur asarida keltirilgan va tibbiyotda hoziï ham keng qo'llanib kelinayotgan, ayrimlari bilan tanishtiimoqchimiz.

Bodom - ra^odos^^ oilasidan, bo'yi 2-5 m, ba'zan 8 m ga yetadigan daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mag'zi ta^ibida 42-62 % moy, vitamin B2, 2 % emulsiya oshqozon-ichak og'rig'ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

Kanakunjut - sutlamadoshlaг oilasiga mansub Ыг yillik o't. bailan panjasimon, gullari shingilga jamlangan. Mevasi tikanli ko'sakdan iborat. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Uгug'idan moy, oqsil, zaharli ritsiyuritsin alkoloidi olinadi. Shuningdek, malham va boshqa dorilar tayyoгlanib, ilmiy tibbiyotda qo'llaniladi.

Dalachoy (sariqchoy) - tikn o'suvchi o't, bo'yi 30-100 sm dalachoydoshlar oilasiga mansub o'simlik. Baгgi oddiy, poyada qaгama-qaгshi joylashgan. May-avgust oylaгida gullaydi. Gullari tillarangli, mevasi uch xonali, semmg', pishganda ochiladigan ko'sakdan iboгat. Yer osti qismida 10-12 % oshlovchi moddalar, 0,4 % gipeгitsin, bo'yoq moddalar, flavinoidlaг, kaгotin, vitamin C mavjud. Yer usti qismidan damlama, qiyom, suyuq ekstrakt va bakteriorsidimanin preparat tayyorlanadi.

Sachratqi - murakkabguldosЫar oilasiga mansub ko'pyillik o't,bo'yi 30-100 sm ga yetadi. Bargi lansetsimon, poyada ketma-ket joylashadi. Iyun oyidan boshlab sovuq tushguncha gullaydi. Gillari havoгang savatchaga to'plangan. Mevasi pista shaklida. Baгcha a'zolaгi sut shirasiga boy. Ildizida achchiq glikozidlintabin, inulin, qand moddasi B1 vitamini, bargida C vitamin bor. Sachratqidan tayyorlangan suyuq ekstrakt qand kasalini davolashda ishlatiladi.

Yalpiz - labguldoshlar oilasiga mansub, bo'yi 30-100 sm gacha yetadigan o'simlik. Poyasi to'rt qiiTali. Bargi oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. Iyun oyining oxiridan boshlab gullaudi. Gullari mayda, qizil, binafsharang, boshoqsimon to'pgul hosil qiladi. Mevasi kosabargi bilan birlashib to'гtta yong'oqcha hosil qiladi. Bargidan damlama, efir moyida yalpiz suvi, qiyom, mentol, migren qalami, validol tayyorlanadi. Bu dorilar efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va qiyomi ko'ngil aynishini qoldirish, qayt qilishni qoldirish, uning oldiniolish, ovqat hazm qilish, quloq, bumn, nafas yo'llari kasalliklari, tish og'rig'ini qoldiгadigan migгen qalami tayyorlanadi.

Yuqorida ko'гsatib o'tilgan mazkur doгivoг o'simliklaT Beruniy davrida tabobatda keng iste'molda bo'lgan va tibbiyotda ko'p asrlar taraqqiyot yo'lida muhim ahamiyatga molik bo'lgan, hozir ham farmakologiyada katta axamiyatga egadir.

Beruniyning yuqoridagi asarini bibliografiya sohasi va qomusiy bebaho manba desak xato bo'lmaydi. Beruniy barcha fan sohalarida samarali ijod qilgan qomusiy olim edi. Uning ilmiy ish sohasidagi noyob qobiliyatini ko'pchilik zamondoshlari va boshqa olimlar tomonidan e'tirof etilgan. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Beruniyning yozib qoldirgan bir necha asarlari

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqivotidagi o'rni

'.qqyottua^

O'rta Osiyoda ilk bibliografik manbalarning ajoyib namunasi deyish mumkin. REFERENCES

1.Б.О.Тураев "Абу Райхон Беруний" Имом Бухорий халкаро маркази 2010 йил.

2. И.Ю.Крачковский. Избранные сочинение Т.4.-С.247. 1957-год.

3. Убайдулла Каримов Танланган асарлар Абу Райхон Беруний. 1987-йил.

4. Убайдулла Каримов «Китоб ас-сайдана фи-т-тибб» («Фармакогнозия»). Фан нашриёти. 1973-йил

5. Мухаррама Пирматова, Берунийнинг доривор усимликлар хакидаги асарини биласизми?. 2019-йил.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.