Научная статья на тему 'IKKI BUYUK DORISHUNOS ALLOMALAR'

IKKI BUYUK DORISHUNOS ALLOMALAR Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

254
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKI BUYUK DORISHUNOS ALLOMALAR»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

IKKI BUYUK DORISHUNOS ALLOMALAR

G. F. Sherqo'ziyeva, Z. Z. Egamberdiyeva, M. N. Bahriddinova

Toshkent tibbiyot akademiyasi

O'rta asrlarda O'rta Osiyo davlatlarida fan va madaniyat yuksak darajaga ko'tarildi buning natijasida yirik shaharlarda ilm-fan markazlari, dorilfununlar, madrasalar barpo etildi. Ko'plab olimlar, faylasuflar, adabiyot va san'at namoyandalari yetishib chiqdilar. Sharqdagi ilm-fan va ma'rifatning so'nmas yulduziga aylangan allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolardir. Abu Rayhon Beruniyni "Qomusiy olim" deb nom taratgan bo'lsa, Abu Ali ibn Sinoni yoshligida tibbiyot ilmini juda tez o'rganganligi sababli "Yosh mo'jizakor tabib" deb atashgan.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973- yil 4-sentyabrda qadimgi Kot shahrida tavvalud topgan. Uning nasl-nasabida "Berun"so'zi "Tashqi shahar", "Beruniy" esa "Tashqi shaharda yashovchi kishi" ma'nosini bildiradi. O'z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda, falaqiyot(astranomiya), fizika, riyoziyot(matematika), ilohiyot, ma'danshu- noslik fanlarini puxta egallagan. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug'ullangan. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o'rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo'lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sug'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini o'rgandi.Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. AL-Beruniy tarixchi,xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turadi.

1030-yilda "Tarix al-Hind"( Hindiston tarixi) nomli hind madaniyati haqida risola yozadi. Turli xalqlarning urf-odatlari va e'tiqotlari, uning ilmiy ob'ektlari XII asr boshlarida Hindistonni ajayib tasvirlagani uchun unga al-Ustad (Ustoz) unvonini berdi.Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari "Hindiston", "Yodgorliklar", "Qonuni Ma'sudiy","Geodiziya","Mineralogiya" va "Astranomiya".Qolganlari quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari-22 ta, astronomik asboblar haqida-10ta, astrologiklari-21ta, turli fanlar (fizizka, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar)-38 ta, turli tillardan tarjima asarlar-21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha

yetib kelgan.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan bo'lib,ulardan biri "Mineralogiya"dir. Bu risola o'z zamoni uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Ovro'pada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi,tengi yo'q asar hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy asar yozishdan tashqari she'r yozishga ham qiziqqan. U yozgan badiiy boyliklar ham diqqatga sazovordir. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemiy "Almagesti"ning sankritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar, "She'rlar to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarjimasi", "Ibn Sino bilan yozishmalar" shular jumlasidandir.

Beruniyning oxirgi asari "Dorivor o'simliklar haqida kitob"ining qo'lyo zmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi.Asar "Saydana"nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq ,ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi. Jumladan "Saydana"asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750 turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir."Saydana"asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki,unda Abu Rayhon Beruniy dorishunoslik alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmakologiya fanini asoslaydi. Abu Rayhon Beruniyning "Saydana" asarida XI asrda ma'lum bo'lgan dori turlari, to'rt yarim mingdan ortiq o'simliklar, hayvonlar, minerallar va ulardan olinadigan ozuqalarning nomlari va izohlari keltirilgan. Beruniy insonning ichiga tushadigan har bir narsa yo oziq-ovqat yoki zahar bo'ladi, dorilar ana shularning o'rtasida turadi deb uqtirgan. Dastavval oddiy dorilar tavsiya qilinishi zarur, agar ular foyda yetkazmasa, shundan so'ng murakkab dorilarni qo'llash mumkin, deya ta'kidlagan. Beruniyning "Saydana" kitobi Sharq dorishunosligining buyuk qomusiy asari sifatida qadrlanib kelingan. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino 980- ( 370 hijriy) yilda Buxoro yaqinidagi Afshona nomli qishloqda tavvallud topgan. Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo'ladi. Ibn Sino Sharqda "Shayxur-Rais",G'arbda "Avitsenna"nomi bilan mashhur.Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratgan,biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan.Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o'ndan ortig'i astranomiyaga oid asarlaridir. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta bo'ldi.Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi.Tibbiyotga oid "Al adviyat al-

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

386

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqiyotida^

qalbiya"("Yurak dorilari") nomli kitobini yaratgan.Abul Ubayd Jurjoniyning yozishicha "Tib qonunlari"dastlab 14 jilddan iborat bo'lgan. Keyin u 5 jildga keltirilgan.Hozir bu kitob o'zbek va rus tillarida 6 jildlik qilib chop ettirilan. Abu Ali ibni Sinoning "Tib qonunlari","Kitob ush-shifo","Kitobi al kalbiya" kabi asarlarida o'sha davr tibbiyotida qo'llanilgan dori turlari tavsiyalangan."Tib qonunlari"ning birinchi kitobida ulug' hakim 900 ga yaqin oddiy dori moddalarini keltirgan, ulardan 612 tasi o'simliklarga mansub. Beshinchi kitobda murakkab dori turlarini tayyorlash va ularni qo'llash usullari bayon etilgan. Ibn Sino dorilarni bemorlarning mijoziga qarab ishlatish zarurligini uqtirgan, dorilarni mijoz bo'yicha isituvchi, sovituvchi, qurituvchi, namlovchi turlarga bo'lgan. Ibn Sino dori moddalariga bag'ishlangan she'riy "Urjuza fit-tibb"asarida dorilarni zarur bo'lgan taqdirdagina qo'llash kerakligini ta'kidlaydi.

Uning nasriy asarlari arab tilida yozilgan."Yusuf qissasi"Qur'on syujeti asosida yozilgan birinchi asari bo'lib, ramziy va majoziy usuldadir."Risolat -at tayr"(Qush risolasi"),"Uyg'oq o'g'li Tirik"("Hayy ibn Yaqzon")kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda,"Salomon va Ibsol"esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g'azal, ruboiy, fardlar yaratgan.Tarixiy ma'nbalardan olingan ma'lumotlarni taxlil qiladigan bo'lsak har ikkala olim o'zoro muloqatda bo'lishganligi ya'ni Abu Rayhon Beruniyning "Ibn Sino bilan yozishmalar"asri bunga misol bo'la oladi. Shu bilan birga buyuk allomalar dorivor o'simliklar haqida kitoblar ham yaratganlar va she'riyat bilan shug'ullanganlar allomalar Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino "Saydana" va "Tib qonunlari" kitoblarida dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar keltirganlar. Ularning har ikkalasi ham she'riyat bilan ham shug'ullanganlar.

Xulosa qilib aytganda, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino o'rta asrlardagi eng buyuk olimlardan bo'lib, ular qiziqmagan fan va soha qolmagan. Barcha fanlardan yetuk darajada bilimga ega bo'lishgan. Har ikkala alloma o'z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan mufaqqiyatli ravishda shug'ullanganlar va ularga oid ilmiy asarlar yozganlar.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.