o
XITOY TILIDAGI " TURG'UN BIRIKMASINING
QO'LLANILISHI DOIR
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14161573
Badalbayev Dilshod Farxod o'g'li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 1-bosqich tayanch doktoranti E mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
" WMM" (guäntäne) zamonaviy xitoy og'zaki tilida uchraydigan va ko'p tarqalgan turg'un birikma bo'lib, og'zaki nutqda keng qo'llaniladi. " WMM" (guäntäne) bir butunlik sifatida o 'zining qurilmaviy ma 'nosiga ega bo 'lib, ma 'no butun tuzilma orqali namoyon bo'ladi. Ushbu birikma o'zidan avval kelgan gapga nisbatan subyektiv izoh bo 'lib, ritorik savol hissini beradi. Bundan tashqari, kuchli subyektiv emotsional munosabatni ham aks ettiradi. Ushbu ifodaning muomalada boy modal mazmuni borligi uchun, ona tilisi xitoy tili bo 'lmagan chet elliklarga xitoy tilini o'rgatishda o'qituvchilar ushbu turg'un birikmalarning xususiyatlarini hisobga olib, mos ta 'lim usullarini qo 'llashlari kerak. Bu orqali talabalarga bildirilayotgan emotsional munosabat va his-tuyg 'u tusini aniq anglatishlari ta 'minlanadi.
Kalit so 'zlar. turg 'un birikma, konstruksiya ma 'nosi; pragmatik funksiya; chet elliklarga xitoy tilini o 'rgatish.
FEATURES OF APPLICATION OF THE CHINESE DERIVATIVE
COMPOUND
Badalbayev Dilshod Farxod o'g'li
Tashkent State University of Oriental Studies 1st course basic doctoral E mail: [email protected]
"Wità^M" (guântane) is a stagnant compound found and commonly used in modern Chinese oral and is widely used in oral speech. "Wità^M" (guântane) as a whole has its own built-up meaning, with meaning manifested through the whole structure. The compound is a subjective explanation of the sentence that precedes it, giving a sense of rhetorical question. It also reflects a strong subjective emotional attitude. Since this expression has a rich modal content in circulation, when teaching
ANNOTATION
Chinese to foreigners, teachers should use appropriate educational methods, taking into account the characteristics of these stagnant compounds. Through this, it is ensured that they clearly represent the emotional attitude and the tone of emotion that is being expressed to students.
Key words: standing conjunction, construction meaning; pragmatic function; teaching Chinese to foreigners
KIRISH
"(guantane) zamonaviy xitoy og'zaki tilida tez-tez ishlatiladigan turg'un birikma hisoblanadi. Ilgari bu shakl bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar ko'proq "W" (guan) va "W" (guan) so'zi bilan bog'liq jumlalarda aks etgan. Lu Shusyan "Zamonaviy xitoy tilining sakkiz yuz so'zi" asarida " W" (guan) so'zi predlog bo'lib kelganda -ni qo'shimchasini bildirishini, bog'lovchi bo'lib kelganda esa biror harakatni cheklay olmaslik ma'nosini bildirishini keltirgan. [Lu 1994: 160] "W" (guan) so'zidan keyingi keladigan so'z, albatta "sen" yoki "u" bo'lishi kerak. Van Xueylan va Li Veygang 2002-yilda " W ^ №" (guantane) avvalo ritorik savollarda kelishini ta'kidlashgan. Bu olimlar uning grammatikallashuv sharoiti va prosodik (ohangli) shartlarini muhokama qilgan. Chang Yuchjun (1986) (guantane) ni yuqori darajada turg'un birikma sifatida qarab, (guantane)
ritorik savol hissining yuqori cho'qqisi ekanligini ta'kidlagan. Van Jumey (2012) "W" (guan) so'zi bilan jumlalarni tadqiq qilishda "W+shaxs olmoshi+№" tuzilma turini sanab o'tgan va bu jumla shaklining virtuallashuvga yo'naltirilganini, uning begona shartsiz ifodalash uchun ishlatiladigan mustahkam tuzilma ekanligini ta'kidlagan.
ASOSIY QISM
I. " (guantane) iborasining strukturaviy va semantik xususiyatlari
1. Birikmaning struktura va semantikasi
"(guantane) birikmasi qurilmaviy ma'nosiga ega bo'lib, "W^" (guanta) (uni boshqar) va savol so'zi "№" (ne) dan tashkil topgan. "W^" (guanta) uni nazorat qilish, uni tarbiyalash yoki unga aralashish, uni e'tiborga olish ma'nolariga ham ega. Shao Jinmin (1989) ta'kidlaganidek, "№" (ne) so'zining asosiy vazifasi "eslatish" bo'lib, u his-tuyg'ularni ifodalaydi. Li Junxua va Li Changxua (2012) "№" (ne) so'zining ma'nolari qatoriga gapiruvchining ma'lumotni ta'kidlashi va tinglovchini e'tibor berishga chaqirishini bildiradi deb keltirib o'tishgan. "W№№" (guantane) birikmasi butunligicha bir ma'noni ifodalaydi va bu ma'no faqat ifodaning tarkibiy qismlaridan kelib chiqmaydi. Bu ifoda yangi tuzilma ma'nosini
shakllantirgan bo'ladi. Semantika, grammatika va pragmatika kabi jihatlarda o'zgarishlarga uchraydi. E'tiborimizni quyidagi misollarga qaratamiz.
(1) mm^-m, *
(2) am: "Mxm^itx^jimimkmmm^
Birinchi misolda (guäntäne) odatiy iborasi jumla oxirida kelib, Ma
Bolening Shanxayning kelgusidagi rivojlanish holatiga befarqligi va e'tiborsizligi hissini ifodalaydi. Ikkinchi misolda "(guäntäne) mustaqil jumla shaklida kelib, u oldin aytilgan "o'sha odam yana ovchi kiyimida chiqdi va axlat qutisi yonida turdi" degan fikrga munosabat sifatida keltirilgan.
(guäntäne) ifodasining so'z tartibi qat'iy va tarkibiy qismlari barqaror bo'lib, kuchli subyektiv his-tuyg'ularni ifoda etadi. Gapiruvchining aniq hissi va pozitsiyasini aks ettiradi. Umuman olganda, bu ifoda befarqlik, pinhonalik, e'tiborsizlik kabi his-tuyg'ular bilan boyitilgan. Tuzilma ma'nosi subyektivlik va mustahkamlik xususiyatlariga ega bo'lib, tuzilmadagi " m " (tä) so'zi haqiqiy ma'noda ishlatilishi mumkin. Mavhum yoki umuman ishlatilmasligi ham mumkin. Bu tuzilma ma'nosi tinglovchining oldingi mazmunga nisbatan subyektiv fikri va munosabatini ifoda etadi. [Liu 2013:15]
2. Birikmaning obyekti
"(guäntäne) ifodasi yuqoridagi kontekstga bog'liq bo'lib, kuchli subyektivlikka ega hisoblanadi. Uning obyekti yuqoridagi matnda keltirilgan biror kishi bo'lishi mumkin. Yoki obyektiv ravishda sodir bo'lgan biror hodisa, muayyan voqea yoki abstraktning ma'lum holati ham bo'lib kelishi mumkin. " (guäntäne) ifodasining obyekti ba'zan noaniq ega bo'lib, ya'ni u insonga nisbatan ham, hodisaga nisbatan ham ishlatilinadi. Masalan:
(1) "HM., #JL, fa^M^JL? ......"
^m^mmfr, fam,
(2) m^MWM, fw )
Birinchi misoldagi " W % № " (guäntane) birikmasining sharh obyekti Shan'erning qallig'idir, bu yerdagi "%" (ta) so'zi oldingi matnda aytib o'tilgan muayyan shaxsga taalluqlidir. Ikkinchi misolda "W%№" (guäntane) ifodasidagi "%" (ta)) so'zi oldingi matnda zikr qilingan daraxt tagida turgan insonni anglatadi. Uning daraxt tagida turishi kabi obyektiv sodir bo'lgan hodisani bildirib keladi. Shundan kelib chiqib, "W%№" (guäntane) ifodasidagi "%" (ta) so'zi aniq ma'noda ishlatilganda, sharh obyekti inson bo'ladi. Agar "%" so'zi umumiy yoki noma'lum ma'noda ishlatilganda, sharh obyekti odatda abstrakt biror hodisa yoki obyektiv sodir bo'lgan voqea bo'ladi.
II. (guäntane) ifodasining pragmatik vazifasi
Xitoy tilida har bir turg'un birikma o'ziga xos pragmatik funksiyaga ega. "W% №" (guäntane) ifodasi boy og'zaki uslub va kuchli his-tuyg'u ifodaliligi bilan ajralib turadi. U matnda asosan his-tuyg'ularni ifodalash, ularni inkor qilish va matnni burish vazifalarini bajarib keladi.
1. His-tuyg'ularni ifodalash va ularni inkor qilish vazifasi " W % № " (guäntane) so'zlovchining subyektiv tasavvurlari va ichki his-tuyg'ularini namoyon etuvchi ifoda bo'lib, u o'zida ma'lum bir ifodalash funksiyasiga ega. U asosan so'zlovchining befarqlik, e'tiborsizlik, qat'iylik yoki norozilik kabi his-tuyg'ularini ifoda etadi. Bu his-tuyg'ular munosabati so'zlashuvning hissiy xususiyatini kuchaytiradi. " W%№" (guäntane) shuningdek, his-tuyg'ularni inkor qilish vazifasiga ham ega. Agar so'zlovchi oldingi matnda keltirilgan fikrga yoki munosabatga qo'shilmasa, "W%№" (guäntane) ifodasidan foydalaniladi. [Wang 2012:76] U fikr va qayg'urishlarni his-tuyg'ular bilan rad etish yoki qarshi chiqish orqali, so'zlovchining subyektiv holati va munosabatini namoyon qiladi. Shu bilan birga, so'zlashuvning hissiy xususiyatini kuchaytiradi. Masalan:
(1) rnïïM, ^rnxmrni,
(2) mum-. "^^m M: " cmM umm)
Birinchi misolda "W%№" (guäntane) ifodasi Yan Sining chorasizlik, sabrsizlik va e'tiborsizlik hislarini namoyon qiladi. Shu bilan birga matndagi so'zlashuvga befarqlik va "yo'l topa olmaslik" his-tuyg'usini qo'shib, uning hissiy xususiyatlarini kuchaytiradi. Agar misoldagi " W % № " (guäntane) ifodasi olib tashlansa, so'zlovchining subyektiv hissi pasayadi va uning his-tuyg'ulari unchalik kuchli bo'lmaydi. Ikkinchi misolda so'zlovchi Yan Jihe tinglovchi Taoning so'zlarini his-
tuyg'u bilan rad etib, "bolalar birgalikda o'ynab, qizib ketishlari"ni hisobga olishning hojati yo'q, deb hisoblaydi. Bu Taoning qayg'uruvchi va xavotirli holatini rad etish hissini ifoda etadi.
2. Umumlashtirish vazifasi
"(guàntâne) birikmasi umumlashtirish funksiyaga ega bo'lib, uning keyingi mazmuni oldingi gapga bog'liq bo'lishi mumkin. Aksincha, keyingi gap bilan bog'liq bo'lmasligi ham mumkin. (guàntâne) so'zlashuv mavzusini
ulash, mavzularni almashtirish va yangi so'zlashuvni boshlash vazifalarini ham bajaradi.
a) matnni ulash. "(guàntâne) ifodasi matnni ulashish funksiyasini bajaradi. Ayrim kontekstlarda "(guàntâne) ikki bo'lak kontentni ulashi mumkin, bu holda kontekst faqat semantik jihatdan emas, balki his-tuyg'ular jihatidan ham bog'langan bo'ladi. (guàntâne) oldingi matnda keltirilgan
mavzularni sharhlaydi, uning subyektiv sharhi va his-tuyg'usi oldingi mavzular bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. " W ^ № " (guàntâne) so'zidan keyin so'zlovchi o'zining rad etish, qarshi chiqish, tanqid yoki yangi qarashlarni taqdim etadi [Zhang 2020:16]. Masalan:
(1) ^nfï^ii^M:
m, " mm* «-rn^» )
Misoldagi "W%№" (guàntâne) iborasi "o'rdaklar sotish" mavzusi atrofida kelyapdi. " W % № " (guäntane) jumla boshida ishlatilib, so'zlashuvning interaktivligiga hos bo'ladi. "W%№" (guäntane) dan keyingi gaplar so'zlovchining mavzuga nisbatan o'z bahosi bilan qo'shimcha bayon etilgan.
b) mavzuni tugatish. "W%№" (guäntane) mavzuni o'zgartirish yoki o'sha mavzuni tugatish funksiyasini ham bildiradi. Agar "W%№" (guäntane) dan oldin va keyingi gaplar o'zgartiriladigan bo'lsa, keyingi gapning mazmuni oldingi gap bilan semantik jihatdan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanmasa, "W%№" (guäntane) mavzuni o'zgartirish yoki mavzuni tugatish vazifasini bajarayotgan bo'ladi. U so'zlovch ining his-tuyg'ularini ifodalashda qo'shimcha sifatida ishlatiladi. Masalan:
Misolda kelayotgan (guäntane) ifodasidan oldingi gaplar maktabning
ikki yil davomida xalqaro siyosat masalalarini ko'pchilikka qiziqtirmasligi haqida so'z boradi. (guäntane)dan keyin so'zlovchi faqat o'zining va oilasining
ishlariga g'amxo'rlik qilishni istashi haqida aytadi. Bu holda (guäntane)
mavzuni o'zgartirish vazifasini bajaradi.
c) yangi mavzu boshlash. Agar "" (guäntane) sharhlayotgan obyekti oldingi matnda to'g'ridan-to'g'ri zikr qilinmagan bo'lsa, (guäntane) jumla
boshida ishlatilinadi va so'zlovchi yangi so'zlashuvni mavzu boshlashini ko'rsatadi [Li 2010:95]. Masalan:
№№ im®:
III. (guäntane) ifodasining his-tuyg'u ma'nosi va uni o'rgatish
Ona tilisi xitoy tili bo'lmagan chet elliklarga xitoy tilini o'rgatishda, turg'un birikmalarning qisqa shakli, boy madaniy mazmuni, va yashirin his-tuyg'ularning murakkab xususiyatlari bo'lganligi sababli, ular ta'limning asosiy va muammoli nuqtalari hisoblanadi. " (guäntane) ifodasi juda kuchli va boy his-tuyg'u
ifodasi mazmuniga ega. Uni o'rgatishda quyidagi jihatlarga e'tibor berish zarur.
So'zlashuvda turg'un birikmalar asosan, so'zlovchining muayyan odam, narsa yoki voqeaga nisbatan his-tuyg'u munosabatini bildirishda xizmat qiladi, ularning his-tuyg'uni ifodalashi darak berish vazifasidan ancha ustundir. (guäntane)
ni tahlil qilish orqali, uning so'zlovchining befarqlik, e'tiborsizlik, qatiylik va hokazo his-tuyg'ularini bildirishini ko'rish mumkin. Uni o'rgatishda talabalarga " (guäntane) ifodasining o'ziga xos his-tuyg'u munosabatlarini to'g'ri tushunishiga e'tibor qaratish zarur. Ularni matndan kelib chiqib, his-tuyg'ularning tushunishiga yo'naltirish kerak.
Turg'un birikma ishlatilishi aniq bir matnga bog'liqdir. Shu sababli, ta' lim jarayonida talabalarga tipik kontekstlarni taqdim etishga e'tibor berish kerak. Ularga muayyan kontekstda boy his-tuyg'u mazmunini his qilishga yordam berish zarur. Ustozlar "(guäntane) ifodasining so'zlashuv kontekstiga mos keladigan dialog namunalarini taqdim etishda, talabalarning mavjud xitoy tili darajasiga mos ravishda, fon va kontekst so'zlarning sodda hamda tushunarli bo'lishiga diqqat qilishlari kerak. Talabalarga (guäntane) ifodasining his-tuyg'u ma'nosida,
aniq kontekstda his qilishga yordam berish, ularning kontekst orqali his-tuyg'u ma'nosi va tushunish qobiliyatini rivojlantirish zarur bo'ladi.
"W%№" (guäntane) birikmasining xos shakli va ma'nosi odamlar uzoq vaqt davomida ishlatish orqali shakllangan. Chan Yujungning ta'kidlashicha, "turg'un birikmalarning ma'nosi uning tashkil etuvchi qismlarining ma'nosidan aniqlanmaydi, u qismlarning ma'nosining mexanik jamlanmasi emas." [Chang 1989: 152] Ustozlar og'zaki odatiy ifodalarni tushuntirganda, talabalarga tipik kontekstli modellar yaratishlari kerak. Talabalar ushbu asosda ishlatish va mashq qilishlari uchun imkoniyatlar berishi kerak. Masalan, darsda turli xil holatlarda ishlatib ko'rsatish kerak.
XULOSA
"W%№" (guäntane) ifodasining shakli belgilangan va uning ma'nosi an'anaviy tarzda qabul qilingan. Bu maqolada " W % № " (guäntane) ifodasining tuzilma grammatikasi nuqtai nazaridan tahlil qilingan bo'lib, u his-tuyg'ularni inkor qilish yoki matnni tashkil qilish vazifalariga ega ekanligi va boy his-tuyg'u ma'nosiga mavjudligini guvohiga aylandik. Xitoy tilini o'qitishda ustozlar ushbu ifodaning xususiyatlariga muvofiq namunalarni ishlab chiqishga e'tibor berishlari kerak bo'ladi. Talabalar birikmani turli xil so'zlashuv muhitida to'g'ri tushunishlari lozim. Kundalik so'zlashuvda ko'p va aniq ishlatishlari kerak bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI:
1. 1989 (02): 150-160.
2.
Wft, 2010 (3): 93-98. 2013.
4. a». 1995.
5. ."w%"^^^^.(fr^^M) ,
2012, 30 (06): 75-78.
6. ïftfê. 2012.
7. »î§. 2020 ^ 4 15-19.
8. ^PM. 2016.