Научная статья на тему 'SHE’RIY MATNDA UNLI TOVUSHLAR ORQALI USLUBIY MA’NONING IFODALANISHI'

SHE’RIY MATNDA UNLI TOVUSHLAR ORQALI USLUBIY MA’NONING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
607
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fonopoetika / fonosemantika / unli / undosh / uslubiy ma’no / hissiy ta’sirchanlik / kuchaytirish / kinoya. / фонопоэтика / фоносемантика / гласная / согласная / стилистическое значение / эмоциональная выразительность / подкрепление / ирония.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kabuljonova Gulbahor Komiljonovna, Xoliqova Umida Ne’Matillo Qizi

mazkur maqolada she’riy matnda unli tovushlar orqali ifodalangan uslubiy ma’no va uning yuzaga chiqishi bilan bog’liq holatlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЫРАЖЕНИЕ СТИЛИСТИЧЕСКОГО СМЫСЛА ЧЕРЕЗ ГЛАСНЫЕ В ПОЭТИЧЕСКОМ ТЕКСТЕ

: В данной статье рассматривается стилистический смысл, выраженный гласными в поэтическом тексте, и обстоятельства, связанные с его возникновением.

Текст научной работы на тему «SHE’RIY MATNDA UNLI TOVUSHLAR ORQALI USLUBIY MA’NONING IFODALANISHI»

SHE'RIY MATNDA UNLI TOVUSHLAR ORQALI USLUBIY MA'NONING IFODALANISHI

Kabuljonova Gulbahor Komiljonovna

Andijon davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Xoliqova Umida Ne'matillo qizi

Andijon davlat universiteti Lingvistika yo'nalishi II bosqich magistri https://doi. org/10.5281/zenodo. 7451800

Annotatsiya: mazkur maqolada she 'riy matnda unli tovushlar orqali ifodalangan uslubiy ma 'no va uning yuzaga chiqishi bilan bog'liq holatlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: fonopoetika, fonosemantika, unli, undosh, uslubiy ma'no, hissiy ta'sirchanlik, kuchaytirish, kinoya.

ВЫРАЖЕНИЕ СТИЛИСТИЧЕСКОГО СМЫСЛА ЧЕРЕЗ ГЛАСНЫЕ В

ПОЭТИЧЕСКОМ ТЕКСТЕ

Аннотация: В данной статье рассматривается стилистический смысл, выраженный гласными в поэтическом тексте, и обстоятельства, связанные с его возникновением.

Ключевые слова: фонопоэтика, фоносемантика, гласная, согласная, стилистическое значение, эмоциональная выразительность, подкрепление, ирония. EXPRESSION OF METHODOLOGICAL MEANING THROUGH VOWEL SOUNDS IN

A POETIC TEXT

Abstract: in this article, the poetic text reflects on the methodological meaning expressed by vowels and the circumstances associated with its occurrence.

Keywords: phonopoetics, phonosemantics, vowel, consonant, methodological meaning, emotional affectivity, reinforcement, irony.

KIRISH

Tilimizdagi so'zlar, odatda, ma'lum bir ma'noni(lug'aviy) ifodalashga xizmat qiladi. Ma'no so'zlardagina emas, balki so'zning material qismi sanalgan tovushlarda hamda ularning talaffuzi bilan bog'liq holatlarda namoyon bo'ladi. Ya'ni, so'z tarkibidagi tovushlarda ham qandaydir ma'no va maqsad ifodalanganligini ko'rish mumkin. Bu esa, albatta, tovushlarning turli holatdagi ifodasi bilan bog'liq holda yuzaga chiqadigan uslubiy ma'nolarni tadqiq etish zaruriyatini taqozo etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Nutqni ohangdor qilishning xilma-xil shakllari va usullari o'z tabiati va mohiyati bilan asosan sheriy nutqqa xosdir. Poetik nutq ohang jihatdan ma'lum tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. Poeziyada nutqni ohang jihatdan ma'lum tartibga soluvchi vositalarni ( masalan, ritm, qofiya, radif, bandlarni) keng qo'llash xarakterlidir. Shuning uchun she'r tuzilishi fonetik stilistikaning maxsus sohasi sifatida alohida ajralib turadi.1

Inson tili tovush tili bo'lganligi uchun tildagi so'zlar, iboralar, gaplar nutq tovushlari vositasida namoyon bo'ladi. Adabiy asarlarning badiiyligini ta'minlovchi fonostilistik asoslardan biri tovushdir.Tovushlar, shuningdek, urg'u va intonatsiya poetik asarlar ohangdorligini, emotsional ta'sirchanligini oshirishda muhim stilistik vosita bo'ladi. So'z, ibora va so'z shakllarda bo'lgani kabi tovushlarda ham ma'lum uslubiy bo'yoq ifodalanadi. Nutq tovushlaridagi emotsionallik, ta'sirchanlik, talaffuzdagi jarangdorlik, eshitishdagi yoqimlilik, ularning badiiy qo'llanish qoidalari, estetik roli fonetik stilistikaning o'rganish obyektidir2

1 Шомакрудов А. ва бошк. Узбек тили стилистикаси. -Т.,1983, -Б. 7

2 Киличев Э. Узбек тилининг практик стилистикаси.-Т., Укитувчи, 1985, -Б.88

Shu jihatdan olganda, fonetik vositalar ham emotsionallik, ta'sitchanlik, talaffuzdagi jarangdorlikni ta'minlashda alohida o'rin tutadi. Tabiiyki, nutqda emotsional-ekspressiv vazifa fonetik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ya'ni nutq tovushlarini cho'zib talaffuz qilish yoki birdan ortiq yozish, fonetik jarayondagi turli hodisalar so'zlovchining nutq jarayoniga, voqelikka turli munosabatini ifodalaydi: kinoya, kesatiq, g'azab, quvonch, taajjub va hokazo.

So'zning fonetik ma'nosi uning boshqa (grammatik, lug'aviy, tushunchaviy) ma'nolaridan keskin farq qiladi. So'zning grammatik, lug'aviy, tushunchaviy ma'nolarini izohlab, tahlil qilish mumkin. Ammo uning fonetik ma'nosi an'anaviy tahlil uslullariga bo'ysunmaydi. Fikrimizcha, fonostilistik tadqiqotlar tovushlar takrori, assimilyatsiyasi, cho'ziq-qisqaligi kabi jihatlar bilan belgilanmaydi. Tovushlar bilan bog'liq holda kechadigan fonostilistik jarayonlar chuqur mundarijaga ega bo'lib, bugungi kunda dunyo tilshunosligida "fonosemantika" deb ataluvchi alohida bir yo'nalish obyekti sifatid keng miqyosda o'rganilmoqda.

So'z, ibora va so'z shakllarda bo'lgani kabi tovushlarda ham ma'lum uslubiy bo'yoq ifodalanadi. Nutq tovushlaridagi emotsionallik, ta'sirchanlik, talaffuzdagi jarangdorlik, eshitishdagi yoqimlilik, ularning badiiy qo'llanish qoidalari, estetik roli fonetik stilistikaning o'rganish obyektidir3.

Shu jihatdan olganda, fonetik vositalar ham emotsionallik, ta'sirchanlik, talaffuzdagi jarangdorlikni ta'minlashda alohida o'rin tutadi. Tabiiyki, nutqda emotsional-ekspressiv vazifa fonetik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Ya'ni nutq tovushlarini cho'zib talaffuz qilish yoki birdan ortiq yozish, fonetik jarayondagi turli hodisalar so'zlovchining nutq jarayoniga, voqelikka turli munosabatini ifodalaydi: kinoya, kesatiq, g'azab, quvonch, taajjub va hokazo.

Ekspressiv fonetika" atamasi ilk bor tilshunos olim Sh.Balli tomonidan qo'llangan bo'lib, u o'z asarida fonetik uslubiy vositalarni keng tahlil etgan. Rus tilshunosligida R.I.Avanesov, V.V.Vinogradov, N.S.Trubetskoy, L.V.Shcherba va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o'z ifodasini topgan.4

O'zbek tilshunosligida ham muayyan tovushlarning nutq uchun xoslanishi, tovushlarning poetik salmog'i, ularning turli assosiatsiyalar bilan bog'lanishi masalalari, nutq tovushlari sistemasida ekspressivlikni ifodalash jihatidan unli tovushlarning imkoniyati kengligi, shuningdek, ta'sirchanlikni oshirishda undosh tovushlar asosida yuzaga keladigan alliteratsiyaning o'rni xususida bir qancha tadqiqotlar maydonga kelgan.5

TADQIQOT NATIJALARI

So'zdagi ma'no tovushlar vositasida voqe bo'ladi, tinglovchi ham ma'noni tovushlar vositasida qabul qiladi. Shuning uchun so'zdagi biror tovushning talaffuzdagi o'zgarishi, ya'ni cho'zilishi, almashtirilishi, tushirib qoldirilishi, albatta, ma'noga ta'sir qiladi. Bunday hollarda so'zning denotativ ma'nosi emas, konnotativ ma'nosi o'zgaradi. Konnatativ ma'no, ayniqsa, so'z tarkibidagi ayrim unli va undosh fonemalarni cho'zib yoki o'rnini almashtirib talaffuz qilishda yaqqol namoyon bo'ladi. So'zdagi unlining cho'zilishi emotsiyani kuchaytiradi:

O 'zbekistondagi eng baland terak

Аniq ta 'rifingni qilmoqqa bayon,

3 Киличев Э. Уша асар, -Б.88

4 Трубецкой Н.С. Основы фонологии. М., 1960. стр.372; Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика. М., 1963. стр.256.

5 Абдуазизов А. Фоностилистик воситаларнинг урганилишига доир//Узбек тили ва адабиёти, 1985, №4; Йулдошев Б. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадкщи. Номз.дисс. ; Киличев Э. Узбек тилининг практик стилистикаси. Тошкент, 1985.

Ulkan yurak kerak

Шка-а-ап yurak kerak. (M. Yusuf)

Ulkan deganda munosabat, ichki hayajon ifodalanmoqda. So'zdagi unli tovushlarni cho'zib talaffuz qilish orqali kuchaytirish, ta'kid, ajablanish, hayajon, olqish, yalinish, erkalash kabi konnotativ ma'nolar ifodalanadi. Masalan, O 'yla-a-b yo-o-o-taman Karnay yig'lar, Surnay yig 'lar. (M. Yusuf)

Keltirilgan misollarda o'yla-a-b, yo-o-o-taman so'zlari tarkibidagi unli tovushlarning cho'zilishi natijasida belgi, harakat, holat ma'nolari kuchaytirilgan. Shuningdek, nazmda musiqiylik, jarangdorlik, ta'sirchanlik, emotsional - ekspressivlikni ta'minlangan. She'riyatda alliteratsiya, assonans, gemminatsiya kabi fonetik usullardan keng foydalaniladi. Nasrda esa unlilarni cho'zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, tovush orttirish yoki tovush tushishi kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi.6

Fonetik uslubiy vositalarga xos uslubiy ma'nolar ko'proq og'zaki nutqda (so'zlashuv nutqida) to'laroq, yaqqolroq namoyon bo'ladi. Yozma nutqda esa bunday emas. Chunki unda nutq tovushlarining ayrim jihatlarinigina ifodalash mumkin, xolos. Tovushlar tovlanishi badiiy asarlarda ma'lum bir uslubiy vazifa bajarib, matnning emotsional-ekspressivligini ta'minlashga, ta'sirchanligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, ayniqsa, unlilar tarkibida yuz beruvchi fonetik hodisalar ( tovushlarni cho'zish, qavatlash, orttirish, tushirish) yozuvchi yoki shoirning poetik maqsadini amalga oshirishda muhim uslubiy vosita vazifasini o'taydi.Ya'ni bunda unlilarni cho'zib talaffuz qilish orqali qahramonning voqelikka bo'lgan turlicha munosabati: achinish, xayrixohlik, ajablanish, kesatiq, belgining ortiq yoki kamligi, davomiyligi, taajjub-hayrat, ma 'no kuchaytirish, e 'tiroz, tutilish, duduqlanish, xursandchilik, hayqiriq, xitob-chaqirish kabi munosabatlar ifodalanadi. Shoir she'riy matnda o'z tasavvuridagi kechinmalarini nutqiy jarayonda rang-barang usulda she'riy ohangdoshlik, ritm, qofiyadoshlik asosida tovush va tovushlar birikmasi orqali ifoda etadi va yuqori darajadagi hissiy ta'sirchanlikka erishadi. Nasrda bu hodisa nazmga nisbatan kam hollarda ko'zga tashlanadi. MUHOKAMA

Qofiya ham fonopoetik vosita sifatida lingvopoetikaning o'rganish obyekti hisoblanadi.7 Chunki bunda fonetik vositalardan hisoblangan tovushlarning mosligi, ohangdoshligi hamda variantlashuvi muhim o'rin tutadi. Odatda, "qofiya" ( arabcha - misra oxiridagi so'zlarning bir-biriga mos kelishi) - she'riy misralar oxiridagi qo'shimcha, so'z, ba'zan so'z birikmalarining ohangdosh bo'lib kelishi, aniqrog'i, ularning tarkibidagi tovushlar guruhining ohangdoshligiga asoslanadi. 8 Badiiy asarlarda so'z san'atkorining badiiy mahoratini yanada yaqqol namoyon etuvchi usullardan biri bo'glan qofiyaning unlilar ohangdoshliliga asoslangan assonans qofiya va undoshlar ohangdoshligiga asoslangan dissonans qofiya kabi turlari qo'llanadi.

Masalan, - Voy, shunaqayam ism bo 'larkanmi? - dedi oyisi yoqasini ushlab. -Bargidamish-a! Ha, jillaqursa, Farida bo 'l, Aqida bo 'l,! Ism to 'lib yotibdi-ku: Shaxlo, Laylo, Barno, Ra 'no, Zebo... ; Esimda, bu ko 'chani "Beshkallar ko 'chasi" deyishardi - besh aka-ukayashardi: Ahmad kal, Rahmat kal, Samad kal, Normat kal, Yormat kal. ( E. A'zam)

6 Яхшиева Г.Т. Узбек тилида фонографик воситалар. Филол.фан. номз. дисс. автореф.-Тошкент, 1997,-Б.25

7 Турсунова О. Крфиянинг фонопоэтик таджики. // Узбек тили ва адабиёти.- Тошкент,2013,№ 4.-Б.95.

8 Куронов Д. ва бошк. Адабиётшунослик лугати.Т.: Akademnashr, 2010.-Б. 390.

Yuqorida keltirilgan misollarning birinchisida Bargida, Farida, Aqida va Shaxlo, Laylo, Barno, Ra'no, Zebo kabi ayollar ismlari oxirida takrorlangan o va a unlilari ohangdoshligi assonans qofiyani vujudga keltirgan hamda evfonik, musiqiylik, ohangdorlik kabi vazifalarni bajargan.

Ikkinchi misolda esa, radif san'atini yuzaga keltirgan kal so'zlari bilan birga qo'llangan Ahad, Rahmat, Samad, Normat, Yormat singari t va d undosh tovushlar bilan tugagan ismlar dissonans qofiyani tashkil etgan.9 Misolda keltirilgan qofiyadosh ismlar o'zbek millatiga xos mental belgilarni ifodalash jihatidan muhim ahamiyat kasb etganligini ko'rish mumkin. Chunki odatda, aka-uka,opa-singillar ismlarining bunday qofiyadosh ko'rinishda yoki bosh harflari bir xil bo'lgan ismlar( masalan, Shohista, Shahzoda, Shahnoza kabi alletiratsiya ko'rinishi) faqt o'zbek xalqiga xos an'anadir. Ismlarning qofiyadosh ko'rinishi esa esda saqlab qolishni osonlashtitadi hamda ichki bir o'ziga xos garmoniyani yuzaga keltiradi.

Bu uslub kitobxonni zeriktirmaydi, aksincha estetik zavq olishga yordam beradi va fikr ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Badiiy asarda undosh tovushlarni cho'zib, qavatlab qo'llash natijasida asarda o'sha so'zlar kuchli poetik ta'kid oladi. Mazkur usul faqat she'riyatda muhim o'rin egallamasdan, nasriy nutq fonopoetik tahlilida ham muhim ahamiyatga ega. Chunki nasriy asarlarda ham badiiy-estetik va psixolingvistik xususiyatlar o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi.

XULOSA

Badiiy matnda tilning barcha sath birliklari poetik vazifani bajaradi. Tovushlarning badiiy nutq tarkibidagi emotsional-ekspressiv vazifalarini o'rganuvchi lingvopoetikaning tarkibiy qismi hisoblangan fonopoetika- fonetik-fonologik birliklarning nutqda voqealanish, jololanish, muayyan maqsadni amalga oshirish imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. F.Abdurahmonov to'g'ri ta'kidlaganidek, har bir uslub turini uslubiy bo'yoq (emotsionallik,ekspressivlik) yaratuvchi vositalar shakllantiradi.25

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Абдуазизов А. Фоностилистик воситаларнинг урганилишига доир//Узбек тили ва адабиёти, 1985, №4;

2. Абдурах,монов F. Ёзма нут; услубини яратувчи воситалар// Узбек тили ва адабиёти, -Тошкент, 1994. -Б.22.

3. Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика. М., 1963

4. Турсунова О. ^офиянинг фонопоэтик тадкики. // Узбек тили ва адабиёти.- Тошкент,2013, № 4.

5. Тошхужаева Ш. Эркин Аъзам асарлари лингвопоэтикаси. Номз.дисс. Фаргона, 2017

6. Трубецкой Н.С. Основы фонологии. М., 1960.

7. ^иличев Э. Узбек тилининг практик стилистикаси.-Т., Укитувчи, 1985

8. Яхшиева Г.Т. Узбек тилида фонографик воситалар. Филол.фан. номз. дисс. автореф.-Тошкент, 1997.

9. ^уронов Д. ва бош;. Адабиётшунослик лугати.Т.: Akademnashr, 2010.

10. Шомаксудов А. ва бош;. Узбек тили стилистикаси. -Т.,1983

9 Тошхужаева Ш. Эркин Аъзам асарлари лингвопоэтикаси. Номз.дисс. Фаргона, 2017, -Б.58- 59.

25 Абдура^монов F. Ёзма нут; услубини яратувчи воситалар// Узбек тили ва адабиёти, - Тошкент, 1994. № 3

-Б.22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.