Научная статья на тему 'HOZIRGI XITOY TILI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARIDA GRADATSIYA MUNOSABATI'

HOZIRGI XITOY TILI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARIDA GRADATSIYA MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
210
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qiyos / taqqos / o‘xshatish / qiyosiy daraja / qiyos obyekti / qiyos subyekti / konstruksiya / gradaysiya. / compare / comparison / analogy / comparative degree / object of comparison / subject of comparison / construction / gradation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxamadtoirova, Adiba Botir Qizi

Ushbu maqola hozirgi xitoy tilida qiyoslash konstruksiyalarida gradatsiya munosabatining ifodalanishiga qaratilgan bo‘lib, qiyoslash konstruksiyaalri orqali gradatsiya sodir bo‘lsa, qanday usullar orqali amalga oshishi haqida o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GRADATIONAL RELATIONSHIPS IN MODERN CHINESE COMPARISON CONSTRUCTIONS

This article focuses on the expression of the gradation relationship in comparative constructions in modern Chinese, and explores the methods by which gradation occurs when comparative constructions occur.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI XITOY TILI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARIDA GRADATSIYA MUNOSABATI»

HOZIRGI XITOY TILI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARIDA GRADATSIYA MUNOSABATI

d 10.24412/2181-1784-2021-1-90-102

Adiba Botir qizi Maxamadtoirova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi xitoy tili o'qituvchisi maxamadtoirova@mail .ru

Annotatsiya: Ushbu maqola hozirgi xitoy tilida qiyoslash konstruksiyalarida gradatsiya munosabatining ifodalanishiga qaratilgan bo 'lib, qiyoslash konstruksiyaalri orqali gradatsiya sodir bo 'lsa, qanday usullar orqali amalga oshishi haqida o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: qiyos, taqqos, o'xshatish, qiyosiy daraja, qiyos obyekti, qiyos subyekti, konstruksiya, gradaysiya.

Annotation. This article focuses on the expression of the gradation relationship in comparative constructions in modern Chinese, and explores the methods by which gradation occurs when comparative constructions occur.

Keywords: compare, comparison, analogy, comparative degree, object of comparison, subject of comparison, construction, gradation.

Kirish. Har bir fan o'zining tadrijiy rivojlanish bosqichiga ega bo'ladi va bu jarayon to'xtovsiz, uzluksiz davom etib turadi. Barcha ilmiy yangilik o'zidan oldinga ma'lumotlarni to'ldiradi, o'zgartiradi va hatto ma'lum darajada inkor etishi ham mumkin. Lekin shunga qaramasda, har qanday ilmiy yangilik ham o'zidan oldingi ma'lumotlar, tushunchalarga suyanadi. O'z navbatidan, u o'zidan keyingi ma'lumotlar, yangiliklarning kelib chiqishida bir vosita, bosqich vazifalarini ham o'taydi. Natijada ilm-fanning har qaysi sohada ham miqdor o'zgarishlari sifat jihatlaridan ham o'zgarishlar yuzaga kelishini ta'minlaydi va talab etadi.

Moddiy olam haqidagi barcha tasavvurlar inson ongining mahsulidir. Moddiy borliqning turli qirralari, jihatlari ilm-fanning hilma-xil sohalari tomonidan o'rganiluvchi obyekt hisoblanadi.

Asosiy qism. Insonlar orasida eng muhim aloqa vositasi sanaladigantil va nutq hodisalari va tilshunoslik fanining o'rganish obyekti hisoblanadi. Tilshunoslikda boshqa fanlardagi kabi, bir-biriga zid ma'no yoki mazmun, hattoki fikr ifodalovchi tushunchalar mavjud. Bunday muqobil tushunchalar ifoda materialining ko'lamiga va ifoda usuliga ko'ra o'zaro qarama qarshi bo'lgan ma'no, mazmun va fikrni yuzaga chiqarishi mumkin. Tilshunos O.Bozorov til birliklari o'rtasidagi tadrijiy darajalanish(graduonimiya)ni matematik tarzda manfiy va musbat qutblarga ajratib quyidagicha asoslaydi1:

Yuqoridagi chizma asosidagi misollar bilan uni tahlil qilib chiqamiz. Masalan:

1. IIKÊÎf Péngyou päo dé kuài.

Do'stim tez yuguradi.

2. ^WÊffflo Mèimei päo dé màn.

Singlim sekin yuguradi.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdi-ki, ff tezni musbat tarafga va ff sekinni manfiy tarafga joylashtiramiz. 0 esa o'rtacha tezlikka to'g'ri keladi. Endi uning qanchalik tez yoki sekinligiga qarab musbat yoki manfiy tarafdagi raqamlar tomon siljib joy oladi. Masalan, "Hff juda tez"ni 4, 5 ga joylashtirsak, undan ham tez Mff ni musbat qutbdagi 6, 7 ga joylashtirishimiz mumkin. Endi ttt^ff ham mavjud bo'lib, nisbatan tez degan ma'noni bildiradi va uni 2,3 ga joylashtirsak bo'ladi. Tez esa musbat qutbdagi 1 raqamiga joylashdi. Huddi shu joylashishni f sekin so'zida ham kuzatishimiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan izohga ko'ra shuni ayta olamiz-ki, bu yerda "tez" va "sekin" so'zlarida azaldan tayyorlik mavjudlik bo'lib, do'stimning tez yugurishi va singlimning sekin yugurishi so'zlovchining bergan bahosiga bog'liq emas. Yanada to'liqroq izohlaydigan bo'lsak,

litti^o^lftlü^o ^H^o

Xiongmao bi gou dà. Dàxiong bi xiongmao gèng dà. Dàxiong zuidà.

Panda kuchukdan katta. Fil pandadan katta. Eng kattasi fil.

Ya'ni bu yerda kuchuk, panda va filning kattaligi bizga bog'liq emas. Ya'ni u biror bir muallif tomonidan hosil etilmaydi, balki azaldan mavjud bo'ladi.

1Bozorov O. O'zbek tilida darajalanish. Dokt.diss.avtoref. Toshkent, 1997, 7-bet.

91

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2021: 5.423

Darajalanish birliklari chegaralangan bo'ladi va biz bu chegarani buza olmaymiz. Yana bir misol keltiramiz:

f^ttfilo Mttf^Mlo HIHo

Píngguo bi pútáo zhong. Xigua bi píngguo geng zhong. Xigua zui zhong.

Olma uzumdan katta. Tarvuz olmadan katta. Eng kattasi tarvuz.

Uzumdan olmaning kattaligi, olmadan tarvuzning kattaligi so'zlovchining bergan darajasiga bog'liq emas. Darajalanish birliklari chegaralangan bo'ladi va biz bu chegarani buza olmaymiz. Demak darajalanish umumiy tushuncha, u o'zida mohiyatni aks ettiradi, lekin bu mohiyatdan hech qanday effektiv natija kelib chiqmaydi, ya'ni biror xodisani keltirib chiqarmaydi.

Qiche bi zixíngche kuái. Feiji bi qiche geng kuái. Feiji zui kuái.

Mashina velosepeddan tez. Samalyot mashinadan tez. Eng tez samalyot.

Bu misolda yuqoridagi misollardagidek graduonimiya hodisasini ko'ramiz. Ular o'rtasidagi darajalarning farqini qiyoslash mazmunidagi konstruksiyalar orqali ifodalaymiz. Qiyoslanayotgan predmetlarning mana shu azaldan mavjudlik bo'lgan darajalanish graduonimiya darajaning ortiq yoki ozligi, tengligiga qarab, qiyoslash mazmunidagi konstruksiyalarni ikkita katta guruhga ajratib, ilmiy tadqiqot ishimizning ikkinchi bobida o'rganib, tahlil qilib chiqdik. Ushbu bobda eda darajalanishga ko'ra qiyoslash mazmunidagi konstruksiylar orqali gradatsiya hodisasini ko'rib chiqamiz.

Modomiki, ikki til birligi o'zaro qarama qarshi yo'nalish kasb etgan ekan, ular o'rtasida ham albatta, o'z mustaqil yo'nalishiga ega bo'lgan birliklar bo'lishi tabiiydir. Bu birliklarning yo'nalishlari tadrijiy ravishda bir tarafdan ikkinchi tarafga qarab og'ib boradi. O'rtaliq, mo'tadil nuqta (nol)dan o'tadi va tugal bir qarama qarshilik kasb etadi.

Yuqoridagi chizmada asosida quyidagicha misol keltiramiz:

Chüntiän láile, shánghái de tiänqi yTtiän bi yTtiän nuänhuole. Bahor keldi. Shanghayning havosi kundan kunga iliqlashib bormoqda. Ya'ni, havo harorati mo'tadil 0 da turgan bo'lsa, uning asta sekinlik bilan so'vib, yoki isib borishini tilda gradatsiya hodisasi deb nomlaymiz. Bunda olingi holatdan

asta sekinlik bilan o'zgarishi ifodalandi. Shanghaining havosi kundan kunga 1 dan 2 ga, 2 da 3 ga qarab o'zgarmoqda.

Bunday fikr mulohazalar esa o'z navbatida tilshunoslik sohasida darajalash gradatsiya tushunchasini keltirib chiqardi va bu tushuncha o'z navbatida, tilshunoslik fanida miqdor va sifat jihatlarinidan yangicha o'zgarishlarni yuzaga keltiradi, uning tadqiq etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Gradatsiya va groduonimiya tushunchalarining fanda kelib chiqishiga nazar soladigan bo'lsak, lisoniy darajalanish muammosi o'zbek tilshunosligida 80-yillarning oxirlaridan boshlab o'rganila boshladi. 90-yillarning o'rtalariga kelib tilshunos olim O.Bozorov o'zining "O'zbek tilida darajalanish" nomli doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu o'zbek tilshunosligida darajalanish muammosiga monografik planda yondoshilgan hamda bu hodisani tilning barcha sathlari (fonetik, leksik, grammatik) doirasida o'rganib chiqilgan ilk tadqiqot ishi sifatida e'tiborga loyiqdir. Bu tadqiqot ishida lisoniy darajalanishtushunchasi, uni o'rganish asoslari va tilning barcha sathlarida darajalanish xodisasi kabi masalalari qamrab olingan.

Bu masalaga tilshunos A.Mamajonov ham o'zining "Qo'shma gap stilistikasi" nomlik doktorlik dissertatsiyasida murojaat qilib unda qo'shma gaplarda yuzaga chiquvchi gradatsiya usuli haqida to'xtab o'tilgan. 2

Gradatsiya (darajalash) hodisasi o'zbek tilshunosligida hali to'liq, monografik planda tadqiq etilgani yo'q. Faqatgina "O'zbek tili stilistikasi" kitobida o'zbek tilshunosligida birinchi marotaba sintaktik figura sifatida umumiy ta'rif beriladi3.

Nemis tilshunosligida professor A.Shteybe o'zining "Градация граммагичности» nomli ishida bu masalaga murojaat etib, grammatik birliklar orqali yuzaga chiquvchi gradatsiya usulini tadqiq etgan 4 . Ayni shu mavzu rus tilshunosligida professor E.I.Shendels tomonidan ishlangan. Biroq bu ishlarning barchasida bu hodisa tilning ma'lum bir sathi doirasida chegaralanib qolgan5. Gradatsiya hali o'zbek tilshunosligida to'liq o'rganilmagan bo'lsa ham, yuqorida keltirilgan o'zbek, rus, nemis tilshunoslari olg'a surgan ta'riflarga asoslanib, xitoy tilida gradatsiya hodisasini o'rganib, uning sintaktik gradatsiya usulini tahlil qilib chiqdik.

Gradatsiya lotincha so'zdan olingan gradate bosqichma-bosqich kuchaytirish degan ma'noni anglatadi. Badiiy adabiyotda qiyoslash, obraz, epitet, matafora va

2Mamajononov A., Qo'shma gap stilistik hususiyatlari.Dokt.diss.avtoref. Toshkent, 1991.

3Shomaqsudov I., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H., O'zbek tili stilistikasi. T.: O'qituvchi, 1983, 362-b.

4Steube A "Graddation der Grammatikalitat". In "problem det strukturellen Grammatik und Semantik". Leipzig. 1968.

5 Шенсдель Е.И. «Граддация грамматичности». Ан.языке в школе. № 1б М., 1970.

93

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2021: 5.423

boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi stilistik figuradir. Uning ikki turi farqlanadi: Klimaks (ko'tarilish); Antiklimaks (pasayish).6

Bu ikki turni quyidagi misollar orqali ko'rib chiqamiz. Masalan: 1.

Zuijin mai che de rén yuè lai yuè duole.

Yaqin orqada mashina sotib oluvchilar borgan sari ko 'payib bormoqda. 2.

Wo de zuowén xie dé yuè lai yuè haole.

Men maqola yozishim borgan sari yaxshilanib bormoqda.

3. A^M^, ^SÉ^^M^o

Tianqi yuè lai yuè leng, gongsï lï de bing hào yuè lai yuè duo.

Kunlar borgan sari sovib, korxonadagi kasallar soni tobora ko 'payib bormoqda.

4.

Women dui wàijiè de rènshi yuè lai yuè fengfù.

Bizni tashqi dunyo bilimlarimiz borgan sari boyib bormoqda.

5. À^7,

Rén laole, jixing yuè lai yuè chàle.

Inson qariganda xotirasi borgan sari yomonlashadi.

6. M^^fào Jinrù dongji, wendù yuè lai yuè dï.

Qish fasli kirib kelib, havo xarorati borgan sari pasaymoqda.

7.

Wo de diànnao sùdù yuè lai yuè manle, shi bùshi zhongle bingdû?

Meni kompyuterimning tezligi borgan sari sekinlashib bormoqda, virus yo 'qmikin?

8. ï^MM^,

Xiànzài jiaotong yuè lai yuè fangbiàn, yùnfèi ye yuè lai yuè pianyile. Hozirda transport borgan sari qulaylashib, yo'l haqqi ham borgan sari arzonlashib bormoqda.

Yuqoridagi misollarda gradatsiyaning klimaks (ko'tarilish) va antiklimaks (pasayish) ko'rinishlari ko'rilib, birinchi misolda mashina sotib oluvchilarning soni ko'payib borayotgani, ikkinchi misoldagi maqola yozishi yaxshi bo'lib borayotganim,

6 Квятовский А., Поэтический словарь. - М.: Сов.энц., 1996.с.92.

94

uchinchi misoldagi kasallaming tobora ko'payib borayotgani, to'гtinchi misolda tashqi dunyoni bilishi tobora boyib borayotgani darajaning sekin asta ko'tarilishi -klimaks turiga mansubligini kuzatdik. Beshinchi misolda qarigan sari xotiraning yomonlashishi, oltinchi miolda qish faslining kirib kelishi bilan havo xaroratining pasayishi, yettinchi misolda komyuterning tezligi borgan sari sekinlashib borayotgani orqali darajaning asta sekinlik bilan pasayishi, sakkizinchi misolda esa transportning qulaylashishi o^ali yo'l haqqining bo^an saгi aгzonlashayotgani oгqali gradatsiyaning antiklimaks tuгini ko'гib chiqdik.

Ilmiy tadqiqot ishimizda xitoy tilida gradatsiya hodisasini yuzaga chiqaruvchi quyidagi konstruksiyalarni tanlab oldik. Й^Й yuè lái yuè, yuèfa, ^^Й^^; yîtian bï yîtian qiyoslash manosini ifodalovchi, daгajaning asta sekinlik bilan o'zgarib borishini ifodalovchi uch sinonim konstruksiya hisoblanadi. ^^Й^^; yîtian bï yîtian+X vaqt o'lcho'vida asta seki o'zgarib turadigan doimiy nuqta, Й^Й yuè lái yuè+X konstmksiyasi vaqt o'lcho'vida cho'zilgan dioganal chiziq, Й^ yuèfa+X vaqt o'lchovining ikki nuqtasi, deya ta'гif beгiladi7. Ya'ni yîtian bï

yîtiankonstruksiyasi biron holat yoki darajaning avvalgisiga qaraganda yana bir pog'onaga asta sekinlik bilan o'zgarayotganini bildiradi. Й ^ Й yuèlàiyuè konstгuksiyasi bo'lsa Ышг holatning avvalgisiga nisbatan darajasini ko'taгilgani yoki pasayganini ifodalaydi. Й^ yuèfa oгqali qiyos ifodalanganda, tobora degan ma'noni ifodalaydi. Bunda hoziïgi vaqt o'tmish bilan qiyoslanadi va uning avvalgiga nisbatan o'zgaгganini bildiradi. Bunda ushbu konstruksiyalar orqali gradatsiyaning klimaks va antiklimaks ko'rinishlari amalga oshadi.

Shu o'rinda darajalanish (graduonimiya) va va darajalanish (gradatsiya) tushunchalari o'rtasidagi faгqni aniqlab olishi lozim.

Darajalash (gгadatsiya) tilga, aniqгog'i, nutqqa hos uslubiy hodisa bo'lib, unda tilning barcha sathlaridagi birliklar yakka-yakka holda emas, balki bir-biriga muvofiq tarzda, biri ikkinchisiga muvofiq tarzda, biri ikkinchisini yuzaga keltiruvchi tarzda biriashtiradi va aniq biг maqsad sari yo'naltiriladi. Umuman daгajalash hodisasini yuzaga chiqarishda muallifning aniq bir nuqtai nazari va maqsadi mavjud bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda darajalanish tilga hos tushuncha, darajalash esa nutqga xos bo'lgan hodisadir Buni xitoy tili misolida ko'rib chiqadigan bo'lsak:

1.

Ta shentï yitian bï yitian häole .

. 2012. 65^.

95

Uning sog'ligi kundan kunga yaxshilanmoqda.

2. ^l-^tt-^^^Jo

Tianqi yitian bï yitian liangkuài le.

Havo kundan kunga sovib bormoqda.

Bu yerdagi birinchi misolda havoning kundan kunga yaxshilashib borishi bilan gradatsiyaning klimaks (ko'tarilish) turini, ikkinchi misolda esa havoning sekin astalik bilan sovishi, pasayishi bilan esa antiklimaks (pasayish) turini ko'rishimiz mumkin. Havoning issiq yoki sovuqligi esa darajalanish (graduonimiya)dir. Ya'ni bu muallif tomonidan hosil qilinmagan. Darajalanishda azaldan tayyorlik mavjud, ya'ni u biror bir muallif tomonidan hosil etilmaydi, balki azaldan mavjud bo'ladi. Darajalanish birliklari chegaralangan bo'ladi va biz bu chegarani buza olmaymiz. Darajalanish umumiy tushuncha, u o'zida mohiyatni aks ettiradi, lekin bu mohiyatdan hech qanday effektiv natija kelib chiqmaydi, ya'ni biror xodisani keltirib chiqarmaydi.

Quyidagi keltirilgan misollardan gradatsiya va graduonimiya godisasi o'rtasidagi farqlarni ko'rib chiqamiz. Masalan:

1. M^iœmi^jo

Wo de nù péngyou hen piàoliangle.

Meni qiz do 'stim juda ham chiroyli.

Wo de nù péngyou yuè lai yuè piàoliangle.

Meni qiz do 'stim brogan sari chiroyli bo 'lib bormoqda.

Birinchi misolda qiz do'stining chiroyli ekanligi darajalanish (graduonimiya)dir. Chunki uning chiroyliligida azaldan tayyorlik mavjud, ya'ni u biror bir so'zlovchi tomonidan hosil etilmaydi. Ikkinchi misolda esa darajalash (gradatsiya) hodisasi bo'lib, uning zamirida xususiylik bordir. Ya'ni, unda hech qanday majburiylik bo'lmaydi, so'zlovchining fikriga ko'ra qiz do'sti borgan sari chiroyli bo'lib bormoqda. Bu yerda qiz do'stining avvalgi ko'rinishi bilan hozirgi ko'rinishi brogan sari o'zgarishi, qiyoslash mazmunidagi konstruksiyalar orqali gradatsiya usulida hosil qilinmoqda.

Ya'ni, shuni aytishimiz mumkin-ki, darajalash (gradatsiya), darajalanish (graduonimiya)dan farqli o'laroq, nutqiy hodisa bo'lib, uning zamirida xususiylik, ya'ni hodisa yashirin bo'ladi, uni bir voqelik sifatida tadqiq etish mumkindir. U avvalda tayyor bo'lmaydi, balki biror bir muallif tomonidan hosil etiladi. Darajalanishdan farqli o'laroq unda hech qanday majburiylik bo'lmaydi, balki uni hosil qilishda muallif to'liq ixtiyorlikka ega bo'ladi. uning birliklari chegaralanmagan

bo'ladi, faqat bu birliklardan foydalanishning biror uslubiy ahamiyati bo'lsa va undan bir aniq bir maqsad ko'zda tutilsa, kifoyadir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Darajalanish inson ongiga estetik ta'sir ko'rsatmaydi, unga biror bir yangi ma'lumot bermaydi. Darajalash esa nutq jarayonida effektiv bir natijani yuzaga chiqarib, inson ongiga estetik ta'sir o'tkazadi va o'zi orqali ifodalanayotgan ma'lumotlarning ahamiyatini, ta'sirchanligini oshiradi.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, darajalanish tilning barcha sathlaridagi birliklar o'rtasida azaldan mavjud bo'lga, turg'un bir tengsizlikdir. Darajalash esa ma'lum bir uslubiy maqsadda muayyan bir muallif tomonidan yuzaga chiqariladigan ma'no, mazmun yoki fikr zamiridagi o'zaro muvofiqlashtirilgan va ma'lum tadrijiy ketma-ketlikka ega bo'lgan kuchayish va pasayish usulidir. Darajalash hodisasiga tilning turli sathlari birliklari o'rtasidagi darajalanish xizmat qiladi. Ya'ni, imkoniyat voqelikni, tayyorlik hosilalikni keltirib chiqaradi.

Yuqorida keltirib o'tilgan ta'riflarga ko'ra shuni aytishimiz mumkin-ki, darajalash va darajalanish tushunchalari bir xil tushunchalar emas, balki boshqa boshqa tushunchalardir. Ayni vaqtda biri biriga bog'liq va biri ikkinchisini yuzaga chiqishiga asos bo'lib xizmat qiluvchi tushunchalardir.

Yuqorida keltirilgan tahlillar va gradatsiya hodisasiga berilgan ta'riflarni umumlashtirib shuni xulosa qilishimiz mumkin-ki, gradatsiya - ma'lum bir maqsadda o'zaro muvofiqlashtirilgan holda yonma-yon qo'yilgan komponentlar so'zlovchidan tinglovchiga o'zining emotsional akspressiv ta'sirini ko'rsatib, uning ko'z o'ngida ma'no, tushuncha yoki fikrlar yeg'indisini tashkil topgan to'rt qutb bo'yicha bosqichma-bosqich o'zgarib borishini ta'minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, gradatsiya komponentlari til va nutq birliklarini o'zaro aloqalaridan tashkil topgan to'rt qutbdan birida o'z ma'no, tushuncha yoki fikrni o'zgartirib borishlari mumkin. Bu holatni yanada aniq ifodalash uchun quyidagi shartli chizmadan foydalanishni o'rinli deb hisoblaymiz:

Ushbu shartli chizmada X o'qnig musbat (o'ng) tomonini bo'lishli (tasdiq) ma'no yoki mazmunidagi gradatsiya hodisasini keltirib chiqaruvchi qutb deb baholansa, u holda bu o'qning manfiy (chap) tomoni bo'lishsiz (inkor) ma'no yoki mazmun ifodalovchi gradatsiya hodisasini yuzaga chiqaruvchi qutb, deb hisoblash lozim bo'ladi. Gorizontal chiziq, ya'ni Y o'qning yuqori qismini gradatsiya hodisasining klimaks (yuqoriga ko'tariluvchi) turi, pastki qismini esa antiklimaks (pasayish) turi yuzaga chiqaradigan qutb sifatida izohlasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Ya'ni bu keltirilgan izohni yanada aniqlashtirish uchun quyidagi misollar aosida tahlil qilib chiqamiz. Masalan:

1. P^iiMiX i^ilo

Shengyïn biàn dé yuè lai yuè dà, yuè lai yuè jin.

Ovoz vorgan sari balandlashib, tobora yaqinlashmoqda.

Shàng ci yingle yïhou, ta jiù biàn dé yuè lai yuè kuangwàng.

O'tgan safar go'liblikka erishganidan keyin, u borgan sari mag'rurlashib ketmoqda.

3. i^^üü^o

Ta de shengyi yuè zuo yuè dà.

Uning biznesi borgan sari kattalashmoqda.

4.

Xuésheng yuè lai yuè duöle, xuéxiào juéding kuojiàn jiàoxué lou.

O'quvchilar borgan sari ko'payib borganligi uchun,maktab o'quv binosini kattalashtirishga qaror qildi.

Yuqorida keltirilgan gaplar inkor gaplar bo'lmaganligi va darajaning faqat tobora osib borayotganligi uchun, yuqorida keltirilgan jadvalga asosan Y qutbda

joylashgan ko'tarilib boruvchi klimaks hodisasi, shu bilan birga tasdiq gaplar bo'lganligi uchun X tomon siljimoqda. Demak, Yuqorida keltirilgan 4 ta gap ham Y o'qida joylashadi va X o'qining musbat, tasdiqlovchi tomoniga qarab ko'tariladi. Shunda Y va X o'qlarining o'rtasidan o'tgan A o'qining 1, 2, 3, darajalarining biridan joy oladi.

1.

Ta päo dé yuè lai yuè mànle.

U borgan sari sekin yugurmoqda.

2.

Tianshàng de yûn yuè lai yuè shao.

Osmondagi bulutlar borgan sari kamayib bormoqda.

3. À^7,

Rén läole, jixing yuè lai yuè chàle.

Inson qariganda xotirasi borgan sari yomonlashadi.

4. a^^^^o

Jinrù döngji, wendù yuè lai yuè dï.

Qish fasli kirib kelib, havo xarorati borgan sari pasaymoqda.

Ushbu keltirilgan misollarda esa darajaning tobora pasayib borayotganini kuzatamiz. Lekin inkorni uchratmaymiz. Bunga ko'ra antiklimaks pasayish hodisasi bo'lib, bunda Y o'qidan X o'qiga siljiyotganini kuzatamiz. Bunda Y o'ida joylashgan -3, -2, -1 dan, X o'qining 1, 2, 3 darajasi tomon yo'naladi va ularning o'rtasidagi V o'qidan joy oladi.

Wo yuè laiyuè bùxiângqù shàngban le.

Men borgan sari ishga borishni hoxlamayapman.

Ta yuè laiyuè bù xïhuan wénhuà kè.

U borgan sari madaniyat darsini yoqtirmayapti.

Ushbu misollarda esa, yuqoridagi chizmaga asosan gradatsiyaning ko'tarilish, klimaks va bo'lishsiz ya'ni inkor shaklini kuzatishimiz mumkin. Ya'ni bo'lishsizlikni ifodalovchi X o'qining -1, -2, -3 qutbidan, klimaks ko'tarilishni ifodalovchi Y o'qining 1, 2, 3 qutbi tomon siljiyda va ularning o'rtasidagi B o'qidan o'rin egallaydi.

Xulosa. Maqola tahlili natijalari quyidagi xulosalarni keltirib chiqardi:

1. Gradatsiya lisoniy birliklarning ifodada ma'noni, ahamiyatlilikni yoki his -tuyg'u to'lqinini "bosqichma-bosqich kuchaytirib yoki pasaytirib borishni

ta'minlovchi tartibda joylashuvi" usuli ekanligi, unga ko'ra so'zlovchi berayotgan bahonining darajama daraja o'sib borishi yoki pasayib borishida leksik birliklarni joylashuvi orqali yuzaga chiqishi va uning ikki turi: klimaks (ko'tarilish) va antiklimaks (pasayish) turi borligi aniqlandi.

2. Gradatsiya hodisasini ikkiga: obyektiv gradatsiya va subyektiv gradatsiya ajratish mumkin. Agar gradatsiyaning tarkibiy qismlari o'z ma'no va mazmunlari darajasidan kelib chiqsa obyektiv gradatsiya, tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi til birliklarining darajaviy tengsizligi, bu tengsizlik so'zlovchining bu tushuncha yoki fikrlar o'rtasidagi kokontekstual nisbiy tengsizlikning ifodalanishi subyektiv gradatsiya ekanligi va bunda ma'no yoki mazmun darajasini baholashning aniq bir o'lchovi, mezoni bo'lmasligi aniqlandi.

3. Gradatsiya hodisasini ifoda usuliga ko'ra, uch guruhga: mantiqiy gradatsiya, miqdoriy gradatsiya, emotsional gradatsiyaga bo'linadi. Ifoda usuliga ko'ra: leksik gradatsiya va sintaktik gradatsiyaga bo'lib o'rganilishi keltirildi.

4. Darajaning asta sekinlik bilan o'zgarib borishini ifodalovchi konstruksiyalar ^^tt^^+X vaqt o'lcho'vida asta seki o'zgarib turadigan doimiy nuqta, M^M +X konstruksiyasi vaqt o'lcho'vida cho'zilgan dioganal chiziq, M R +X vaqt o'lchovining ikki nuqtasi ekanligi, bunda ushbu konstruksiyalar orqali darajaning avvalgiga nisbatan ko'tarilib yoki pasayishini ifodalashi aniqlandi.

5. M ^ M, , konstruksiyalari bilan birga darslik va o'quv adabiyotlariga kiritilmagan MR yuèfa konstruksiyasi tahlil qilindi va ularning bir biridan farqli, o'xshash tomonlari va qo'llash usullari ko'rib chiqildi. Shu bilan birga o'zbekzabon talabalarning ushbu konstruksiyalarni qo'llashda kelib chiqadigan bir qator muammolar tahlil qilindi.

6. [...MR+X] konstruksiyasi tadqiqot davomida tahlilga tortilgan darsliklarda uchramaganligi, faqatgina grammatikaga oid asl manbalarda keltirilganligi aniqlandi. [... M R +X] konstruksiyasi orqali gradatsiya munosabatini ifodalash anchayin faolligi, ifoda usuliga ko'ra, mantiqiy, miqdoriy, emotsional gradatsiylarda yaqqol ko'zga tashlanishi, shu bilan birga gradatsiyaning klimaks va antiklimaks ko'rinishlari ham [...MR+X] konstruksiyasi orqali faol qo'llanilishi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. AMANOV, K. (2015). TÛRKÇE RESMÍ YAZI DÍLÍ TARÍHÍNÍN FASILALARA AYRILMASI. Electronic Turkish Studies, 10(12).

2. Gosmanovna Ibatullina, D., Rafisovna Alikberova, A., & Abdullayevna Nasirova, S. (2019). Modern Linguistic Trends in the Japanese Language. Journal of Research in Applied Linguistics, ^(Proceedings of the 6th International Conference on Applied Linguistics Issues (ALI 2019) July 19-20, 2019, Saint Petersburg, Russia), 500-505.

3. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

4. Khalmurzaeva, N. T., Omonov, Q. S., Rikhsieva, G. S., & Mirzakhmedova, K. V. (2021). SPECIFICITY OF THE ACTION OF SILENCE IN JAPANESE COMMUNICATION CULTURE. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(08), 50-55.

5. Mirzakhmedova, K., Nishanbaeva, A., Nuriddinov, N., & Djafarov, B. (2021). THE TERMS FORMATTED WITH ARABIC LOANWORDS IN THE PERSIAN LANGUAGE. In ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ (pp. 201-206).

6. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

7. Shomaqsudov I., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H. (1983). O'zbek tili stilistikasi. Toshkent.: O'qituvchi, - 362 b.

8. Steube A. (1968). "Graddation der Grammatikalitat" In "problem det strukturellen Grammatik und Semantik". Leipzig.

9. Горелов В.И. (1992). Грамматика китайского языка. - Москва: Просвещение, - 278 с.

10. Квятовский А. (1992). Поэтический словарь. - М.: Сов.энц., - 578 с.

11. Мирзахмедова, Х. В. (2014). О некоторых проблемах формирования железнодорожных терминов (на материале персидского языка). Вестник Челябинского государственного университета, (14 (343)).

12. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

13. Рихсиева, Г. Ш. (2014). ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ РЕЙТИНГИ-СИФАТ ВА ТАРАККИЁТ ОМИЛИ. ОПу ta'lim taraqqiyoti istiqbollari= Perspectives of higher education development= Перспективы

развития высшего образования: To plam № 2/ma 'sul muharrir MA Rahmatullayev.-Издательство: Vita Color Т.: 2014.-161 b., 29.

14. С.А. Хашимова ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ- Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й ..., 2020

15. ХАЛМУРЗАЕВА, Н. Т. (2014). РОЛЬ КАТЕГОРИИ ВЕЖЛИВОСТИ В РЕАЛИЗАЦИИ КОММУНИКАТИВНОЙ СТРАТЕГИИ В ДЕЛОВОМ ОБЩЕНИИЯПОНСКОГО ЯЗЫКА. In Будущее науки-2014 (pp. 303-306).

16. Хашимова, С. А. (2019). О НЕКОТОРЫХ ГРАММАТИЧЕСКИХ И СЕМАНТИЧЕСКИХ ОСОБЕННОСТЯХ УДВОЕНИЯ В ЛИНГВИСТИКЕ. In Лингвистика XXI века: традиции и инновации (pp. 444-451).

17. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ НЕОДУШЕВЛЁННЫХ СУЩЕСТВИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Modern Oriental Studies, 2(2).

18. Шенсдель Е.И. (1970). «Граддация грамматичности». Ан.языке в школе. №1. - Москва. Просвещение, - 378 с.

19. (2001). ^ДШШг^Ж. - 4ЬЖ: fó&^fé, - 840 Ж.

20. ^Ш^, fé^. (2008). ^ША^ДШЖ. - 4ЬЖ:

- 652 Ж.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.