Научная статья на тему 'Использование поэтической фигуры «бессвязность» в узбекском художественном тексте'

Использование поэтической фигуры «бессвязность» в узбекском художественном тексте Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
68
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
синтаксическая стилистика / поэтическая фигура / индивидуальный стиль / бессвязность (асиндетон) / многосвязность (полисендитон). / syntax stylistics / poetic figure / individual style / incoherence (asindeton) / polyhedrality (polysyndeton).

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Гульмира Зулайпоева

В статье рассматривается бессвязная (асиндетон) поэтическая фигура синтаксической стилистики.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The use of the poetic image “incoherence” in the Uzbek literary text

This article discusses the poetic figure of syntactic stylistics.

Текст научной работы на тему «Использование поэтической фигуры «бессвязность» в узбекском художественном тексте»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The use of the poetic image "incoherence" in the Uzbek literary text

Gulmira ZULAYPOYEVA1

Fergana Polytechnic Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2021 Received in revised form 20 April 2021 Accepted 15 May 2021 Available online 25 June 2021

Keywords:

syntax stylistics, poetic figure, individual style, incoherence (asindeton), polyhedrality (polysyndeton).

This article discusses the poetic figure of syntactic stylistics. 2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

O'zbek badiiy matnida "bog'lovchisizlik" poetik figurasining qo'llanilishi

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

sintaksis stilistika, poetik figura, individual uslub, bog'lovchisizlik (asindeton), ko'pbog'lovchilik (polisenditon).

Ushbu maqolada sintaktik stilistikaga oid bog'lovchisizlik (asindeton) poetik figurasi haqida fikr yuritiladi.

1 Assistant, Fergana Polytechnic Institute. Fergana, Uzbekistan

rfiiSripnrp

UIJ"^ Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 5 (2021) / ISSN 2181-1415

Использование поэтической фигуры «бессвязность» в узбекском художественном тексте

_ АННОТАЦИЯ_

Ключтью аюва: В статье рассматривается бессвязная (асиндетон)

синтаксическая поэтическая фигура синтаксической стилистики.

стилистика,

поэтическая фигура,

индивидуальный стиль,

бессвязность (асиндетон),

многосвязность

(полисендитон).

O'zbek tilshunosligida sintaksisning stilistik imkoniyatlari boshqa lingvistik kategoriyalarga qaraganda bir qadar kengdir. Bu fikrni biz voqea hodisa tezlikda tinglovchiga yetib borishida va turli-tuman ma'no nozikliklarini qo'llashda uslubiy farqlanishni keltirib chiqarishida ko'rishimiz mumkin.

Ma'lumki, har bir lingvistik vosita badiiy nutqda nominativ vazifa bajarish bilan birgalikda uslubiy vosita ham bo'la olishi mumkin. Poetik figuralar jonli til tabiatidan kelib chiqadigan nutqiy hodisalar bo'lib, badiiy nutqda muayyan uslubiy maqsadni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Chunki badiiy asarda til birliklari muallif tomonidan kommunikativ ta'sir maqsadida tanlab olinadi va shu jarayonda adibning individual faoliyati namoyon bo'ladi. Ijod ahli azal-azaldan badiiy asar yozishda ma'lum bir "bezovchi vositalar"dan o'z ixtiyori bilan foydalanishi mumkin yoki aksincha, bunday vositalar asar yozish davomida dunyoga kelishi ham kuzatiladi. Birinchi holatda asarda badiiylik kuchli bo'lishiga erishiladi. Ikkinchi holatda esa, bizga avvallari noma'lum bo'lgan yangi-yangi badiiy ifoda vositalar dunyoga keladi. Shu jumladan, poetik figuralar ham. Ularni lingvistik jihatdan o'rganish orqali, badiiy asarlardan olingan misollarni tahlil qilish jarayonida ijodkorga ijobiy, "qalami o'tkir" deb baho berish, asarining umrboqiyligini ta'minlovchi badiiy tasvir vositalari, ya'ni troplar va poetik figuralarni aniqlash mumkin bo'ladi. Poetik figuralar badiiy matnning shakllanishida va yaratilgan badiiy asarning "uzoq umr ko'rishida" muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy tilshunoslikda tilni lingvokulturologik jihatdan tadqiq etishga asosiy diqqat qaratilayotgan bir davrda, ushbu figuralarni kengroq o'rganish muhim jarayon hisoblanadi. "Stilistik figuralar nutqni ta'sirli va jozibali qilish bilan birga, fikrni tinglovchiga tez va oson yetkazish imkoniyatini tug'diradi. Ular yordamida hosil qilingan nutq shakllari jarangdorlikka moyil bo'ladi, shuninguchun ham ularni musiqiy-logik urg'uli nutq deb atash ham mumkin".Ana shunday poetik figuralardan biri asindetondir.

Asíndeton (yun. asyndeton - bog'lanmagan) - bog'lovchisiz bog'lanish.

Badiiy uslubda emotsionallikni yuzaga keltiruvchi vositalardan biridir. Bog'lovchilarning yordamisiz hosil qilingan nutqning bu shaklida uyushgan bo'laklar alohida qat'iyat, keskinlik va jangovarlik bilan talaffuz qilinadi.

So'zlovchi ba'zan nutqqa shoshilinch tus beradi. Unda bog'lovchilarni ataylab tushurib qoldiradi. Gap bo'laklari orasidagi aloqa intonatsiya yordamida ifodalanadi. Bog'lovchisizlik nutqqa tezkor ruh bag'ishlaydi.

Sanash ohangida berilgan gaplarda bog'lovchilarning tushirib qoldirilishi vaziyatning shiddatli almashinuvini yoki umumiy holat ichidagi alohida holatlardan olingan taassurotlarning kuchliligini ifodalash uchun xizmat qiladi.

Asíndeton (bog'lovchisizlik) poetik figurasi uning aksi polisenditon (ko'pbog'lov-chilik) ham antiteza yoki ritorik so'roq singari ko'pchilik ijodkorlar asarlarida uchrayvermaydi. Har bir ijodkorning o'z uslubi mavjud. Ko'pincha ushbu poetik-sintaktik figuradan foydalanuvchi ijodkorlar fikrlari quyilib kelayotgan vaqtda yoki qahramonlar ruhiyatida ro'y berayotgan keskinlikni ifodalamoqchi bo'lganlarida yoxud asari orqali nima demoqchi bo'lgani, asarning mag'zini kitobxonga anglatmoqchi bo'lganida foydalanadilar.

Aytganlarimni qisqacha xulosalasam, men shunday jamiyat tarafdorimanki, u nima deb atalishidan qafiy nazar, unda yashayotgan har bir kishi o'zini, avvalo, Inson olaroq his qilsa, manfaatlari har jihatdan himoya etilsa, tug'ilish musibat emas, saodat bolsa, hayot tirikchilik qilishdangina iborat bolmay, bir ne'matga aylansa, nihoyat, ikkinchi tomondan, o'sha ruhiy muvozanat - ko'ngil xotirjamligi bolsa!..

(U.. Hamdam. "Muvozanat". 151-bet)

U. Hamdamning "Muvozanat" romanidan olingan ushbu parchada roman g'oyasi yoritilgan deb bemalol ayta olamiz. Yozuvchi o'zi aytmoqchi bo'lgan, anchadan beri tinchlik bermayotgan, quyundek bostirib kelayotgan fikr-mulohazalarini, maqsadlarini bog'lovchisizlik figurasidan foydalanib bayon etadi. Bunday holatda ham fikriy ifoda katta kuchga ega bo'lishi, ham emotsionallik yuzaga chiqishi kuzatiladi.

Ushbu parchada bir necha ergash gaplar uyushib kelganini ko'rishimiz mumkin: "Aytganlarimni qisqacha xulosalasam", " unda yashayotgan har bir kishi o'zini, avvalo, Inson o'laroq his qilsa", "manfaatlari har jihatdan himoya etilsa", "tug'ilish musibat emas, saodat bo'lsa", "hayot tirikchilik qilishdangina iborat bo'lmay, bir ne'matga aylansa", "o'sha ruhiy muvozanat - ko'ngil xotirjamligi bo'lsa!..", ya'ni "men shunday jamiyat tarafdorimanki" deganda yozuvchi go'yalari orzu-umidlari bog'lovchisizlik vositasida yoritilgan. Bundan tashqari, asindeton yordamida "u nima deb atalishidan qat'iy nazar", "avvalo", "nihoyat", "ikkinchi tomondan" kabi kiritmalar ham bog'langan.

Sizga yaqinroqdan bir misol: shu kecha-kunduzdagi taqchillik paytida xalqning to'y-u azalarini, har qanday marosimdagi sarf-xarajatini yengillatish o'rniga, qaysi mo'ridan tutun chiqsa, o'sha yerda hozir-u nozir mullalar, oppoq soqollarini selkillatib yuruvchi chollar - mahalla ko'rklarining aksariyati, aslida zulukdir.

(U.. Hamdam. "Muvozanat", 52-bet)

Bu misolda bog'lovchisizlik orqali "mahalla ko'rklari"ning salbiy jihatlarini sanab o'tilyapti va bir necha ergash gapli qo'shma gap hosil bo'lyapti.

Mohiyatan u boshdan-oyoq odobdir, yomonlikdan yuz o'girib, yaxshilikka yuzlanmoqdir, insonning o'z botinidagi nafs ajdariga qarshi sulhsiz, qurolsiz kurashmoqdir, o'zining yukini yengillatish, o'zgaga yuk bolmaslikdir, o'zining foniy borlig'idan xalos bolib, Allohning boqiy borlig'iga qo'shilmoq, vahdat mayini sipqarmoq yoki kamida shu xayrli intilishlar yolidagi azim kurashdir...

(U . Hamdam. "Muvozanat", 111-bet)

Yuqoridagi misolda ham uyushiq bo'laklar, ham qo'shma gap qismlari uyushib kelyapti va sanash ohangi bilan aytilyapti.

"Odamlarning hammasi bir go'r ekan-ku, - degan xulosaga keldi keyinroq Mirazim, -qancha almashtirmasinlar, boshqasini keltirib qo'ymasinlar, barining dardi bitta - qanday qilib bolmasin nafsini qondirish, hisobsiz boylik orttirish ekan".

(U. Hamdam. "Muvozanat" 123-bet)

Ba'zilari ulovidan tushishga ulgurmasdi, bozorga yaqinroq to'xtagan har qanday mashinani odamlar xuddi aridek o'rab olar, kim oldin yetib borsa eshikni ochib o'tirar: "Tezroq haydang,hamma ish qolimizdan keladi, haqini kelishamiz", - deb mijozini raqiblar changalidan qutqarishga tirishardi.

(U . Hamdam. "Muvozanat" 143-bet)

"Axir men ham guldek umrimni, yoshligimni, kuchga to'lgan davrimni, his-tuygularimni, orzu-umidlarimni, qo'yingki, butun borlig'imni ayolimga, farzandlarimga baxshida etmadimmi?!"

(U.Hamdam. "So'z", 498-bet)

Bog'lovchisizlik hodisasini yozuvchi va shoirlar ijodini kuzatish va tahlil qilish jarayonida shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki, bu hodisa ijodkorning individual uslubini va mahoratini belgilovchi muhim vositadir. Uyushiq bo'laklar bog'lovchilarsiz bog'lanib, o'ziga xos ohangni, qahramon ruhiyatini ochib beruvchi so'zlar quyilmasini o'zida mujassam etadi.

Binafsha, boychechak, bodrezak, Yonida ochilib kulmadi. Nimpushti, nimyashil, nafarmon, Ranglarga boglarni beladi.

(I. Mirzo. "Gul" 21-bet)

Uyushiq bo'laklarni yoki gaplarni sanash, ayniqsa, she'riyatda keltirish ijodkordan mahorat bilan birga e'tiborli bo'lishni ham taqazo etadi. So'zlarning ketma-ketligi va jarangdorligini ta'minlash shoirni "so'z sayqallovchisi" bo'lishini talab qiladi.Yuqoridagi she'riy parchadagi bo'laklar sanash ohangi bilan uyushganini ko'rishimiz mumkin.

Asindeton hodisasini kuzatish mobaynida shunday xulosaga kelish mumkin:

- murakkab qo'shma gaplar hosil qilishda faol;

- asindeton hodisasi o'rganilayotgan ijodkorlarning ayrimlari ijodida uchradi va bu hodisa shu ijodkorning individual uslubi mavjudligiga ishora qiladi;

- asindeton figurasini qo'llagan ijodkorning dunyoqarashi kengligini, so'zga boy ekanligini, o'quvchi bilan ruhiy yaqinlik yarata olishini, fikrini aniq bayon qila olishini va falsafiy mushohadalarga usta ekanligini bilish mumkin.

- ijodkor o'zi aytmoqchi bo'lgan, anchadan beri tinchlik bermayotgan, quyundek bostirib kelayotgan fikr-mulohazalarini, maqsadlarini bog'lovchisizlik figurasidan foydalanib bayon etadi.

niiSfipnrp

Ull lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 5 (2021) / ISSN 2181-1415

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Х,ожиев А. Тилшунослик терминларининг изохли лугати. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2002.

2. Mamajonov A. Qo'shma gap stilistikasi. - T.: Fan, 1990.

3. Musayev A. O'zbek tili stilistikasi. Ma'ruzalar matni. - Jizzax. 2014.

4. Махмудов Н. Нут; маданияти ва тилнинг эстетик вазифаси // Филология масалалари. 2006.

5. U. Hamdam. Vatan haqida qo'shiq. T.: "Akademnashr", 2014.

6. I. Mirzo. Seni kuylayman. T.: 2007.

7. www.ziyouz.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.