Научная статья на тему 'SIYOSIY DISKURSDA KIRISH SO‘ZLARNING OG‘ZAKI TARJIMASI (Xitoy o‘zbek tillari misolida)'

SIYOSIY DISKURSDA KIRISH SO‘ZLARNING OG‘ZAKI TARJIMASI (Xitoy o‘zbek tillari misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
155
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kirish so‘zlar / siyosiy diskurs / tarjima. / introductory words / political discourse / translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Norova, Farzona

Kirish so‘zlar nutqda juda muhim o‘ringa ega bo‘lib, so‘zlovchining his-tuyg‘ularini va muloqotchilar orasidagi munosabatni ifoda etishdan tortib nutqning mantiqan bog‘liqligi va yaxlitligi ta’minlash kabi vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar siyosiy diskursda ayniqsa ahamiyatga ega. Ushbu maqolada kirish so‘zlarning xitoy va o‘zbek tillarida qo‘llanilishi hamda tarjimasi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF INTRODUCTORY WORDS IN POLITICAL DISCOURSE (in the example of Chinese-Uzbek languages)

Introductory words play a significant role in the speech, performing tasks like expressing the feelings of the speaker and the relationship between the interlocutors, as well as ensuring the logical connection and integrity of the speech. These tasks are especially vital in political discourse. This article provides information on the use and translation of introductory words in Chinese and Uzbek languages.

Текст научной работы на тему «SIYOSIY DISKURSDA KIRISH SO‘ZLARNING OG‘ZAKI TARJIMASI (Xitoy o‘zbek tillari misolida)»

SIYOSIY DISKURSDA KIRISH SO'ZLARNING OG'ZAKI

TARJIMASI

(Xitoy - o'zbek tillari misolida)

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7461011

Farzona NOROVA,

TDSHU o'qituvchisi, Toshkent, O'zbekiston. Tel: +998972650456;

Email: [email protected]

Annotatsiya. Kirish so'zlar nutqda juda muhim o 'ringa ega bo 'lib, so'zlovchining his-tuyg'ularini va muloqotchilar orasidagi munosabatni ifoda etishdan tortib nutqning mantiqan bog'liqligi vayaxlitligi ta'minlash kabi vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar siyosiy diskursda ayniqsa ahamiyatga ega. Ushbu maqolada kirish so 'zlarning xitoy va o 'zbek tillarida qo 'llanilishi hamda tarjimasi haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: kirish so 'zlar, siyosiy diskurs, tarjima.

Аннотация. Вводные слова занимают очень важное место в речи, выполняя такие задачи, как выражение чувств говорящего и отношения между собеседниками, обеспечение логической связи и целостности речи. Эти задачи особенно важны в политическом дискурсе. В этой статье представлена информация об их использовании и перевод в китайском и узбекском языках.

Ключевые слова: вводные слова, политический дискурс, перевод.

Abstract. Introductory words play a significant role in the speech, performing tasks like expressing the feelings of the speaker and the relationship between the interlocutors, as well as ensuring the logical connection and integrity of the speech. These tasks are especially vital in political discourse. This article provides information on the use and translation of introductory words in Chinese and Uzbek languages.

Key words: introductory words, political discourse, translation.

O'zbek va xitoy tillarida kiritmalar so'z, so'z birikmasi hamda gap ko'rinishida kelishi mumkin. So'z va so'z birikma ko'rinishidagi kiritmalar, asosan, so'zlovchining subyektiv munosabatini bildirish, ma'lumotning kimga tegishli ekanini hamda nutqning uyg'unligini ta'minlash uchun foydalanilsa, gap ko'rinishidagi kiritmalar ko'proq

qo'shimcha ma'lumot kiritish uchun qo'llaniladi. Shu bilan bir qatorda, kirish so'zlar gapda ma'lum bir joyga ega bo'lmagan holda, so'zlovchining qo'llashidan kelib chiqqan holda gapning boshida, o'rtasida va oxirida kelishi mumkin. Ular ma'lum grammatik ma'noga ega bo'lmasa ham, muhim pragmatik vazifalarni bajarishi bilan nutqning muhim bo'lagi hisoblanadi.

Grammatika nuqtai nazaridan, o'zbek tilida kiritmalar gap bo'laklari bilan hech qanday grammatik aloqaga kirishmaydigan bo'lak hisoblanib, ular ko'proq pragmatik birlik hisoblanishi mumkin. Kirish so'zlar gap bo'lagi sanalmasa ham, gapda ma'lum ma'noni ifodalaydi, ya'ni so'zlovchining ifoda etayotgan fikriga shaxsiy munosabatini ("baxtimga"), bahosini ("ehtimol") ifoda etish va ma'lumotning kimga qarashli ekanligini ("menimcha") bildiradi. Kirish so'zlar nutqdagi fikr yoki ma'lumotning oldin kelgan fikr yoki ma'lumot bilan aloqasini ("xullas", "nihoyat") hamda fikrlarning tartibini ifodalashda ham ishlatiladi.

Xitoy tilida esa kiritmalar haqida ikki xil qarash mavjud. Birinchi oqim kirish so'zlarni gapning boshqa bo'laklariga bog'lanmagan alo hida mustaqil bo'lakligini ta'kidlashadi. Ding Wangdao fikriga ko'ra, "kirish so'zlar tushirib qoldirilgan taqdirda gapning grammatik tuzilishiga hech qanday zarar yetmaydigan butun bir bo'lakdir" [1, 48]. Liang Wenyang ham bu fikrga qo'shiladi [2, 206]. Ikkinchi oqimdagi olimlar esa kirish so'zlarning mustaqil bo'lakligini rad etishadi. Djang Daodjen fikricha, kirish so'zlar "hol va mustaqil gap bo'lagi orasida mavjud bo'lgan" yoki "holga yaqin bo'lib, hol deyilsa xato bo'lmaydigan" [3, 495] so'zlardir. Djao Yong va Vang Fangning fikricha, kirish so'zlar mustaqil bo'lak emas, balki mavjud bo'lgan ma'lumotga qo'shimcha, tushuntirish yoki baho kiritish uchun ishlatiluvchi gap bo'lagi hisoblanadi [4, 92].

Xitoy tilida kirish so'zlarning boshqa gap bo'laklari bilan grammatik aloqaga ega emasligi haqida har xil fikrlar bo'lganligi bilan o'zbek tilidagi kirish so'zlar haqidagi fikrdan farq qiladi. Lekin o'zbek va xitoy tillarida kirish so'zlar modal so'zlar, fe'l, olmosh, ravishdan tashkil topgan so'z va so'z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari, ikki tilda ham kirish so'zlarning joyi gapda aniq belgilanmagan bo'lib, gapning boshida, o'rtasida va oxirida kelishi mumkin. Lyang Venyang fikricha, "kiritmalar maxsus bo'lakligi sabab o'zi qatnashgan gap bilan aniq

grammatik aloqaga ega emas; uning joylashuvi moslashuvchan bo'lib, gapning boshi, o'rtasi va oxirida bo'lishi mumkin" [5, 206]. Demak, ikki tildagi kirish so'zlarning asosiy farqi o'zbek tilida kirish so'z gap bo'lagi hisoblanmasligi, xitoy tilida kirish so'zlarning mustaqil bo'lakligi haqida yakdilikka erishilmaganidir.

Kirish so'zlar, asosan, nutqning o'zaro bog'liqligi va uyg'unligini ta'minlashda hamda so'zlovchining subyektiv munosabati va his-tuyg'ularini ifoda etishda qo'llaniladi. Har bir nutqdagi fikr va mulohazalar o'zaro aloqaga ega bo'lib, bu aloqalar nutq vositalari yordamida ifoda etiladi. Ular nutq o'rtasidagi jumlalarni o'zaro bog'lab, nutqning yaxlitligini va mantiqan uyg'unligini ifodalaydi. Kirish so'zlar jumlalar va fikrlar o'zaro mantiqan bog'liqligini ta'minlab, ketma-ketlik, misol va isbot keltirish, qo'shimcha ma'lumot berish, xulosa qilish, manbaani ko'rsatish kabilar orqali nutqda mavjud bo'lgan mantiqiy munosabatlarini aks ettiradi. Shuningdek, kirish so'zlar jumlalar tartibini ko'rsatish va jumlalarni o'zaro bog'lash vazifasini ham bajaradi. Bunday kirish so'zlarni "bog'lovchi kirish so'zlar" deb nomlash mumkin. Ular nutqda kontekstning mantiqan o'zaro bog'liqligi va uyg'unligini ta'minlab, diskursiv vazifani o'taydi. Misol uchun:

• mHïïinrnrn, ^zmmim^^xrn^, immmrn-'m1?" ;

(qo'shimcha kiritish)

• Shu nuqtai nazardan, mavjud transport yo'laklari va infratuzilmalaridan, jumladan, Kaspiy dengizi portlari, yirik transchegaraviy logistika markazlaridan to'liq foydalanish tarafdorimiz . (aniqlik kiritish)

Muloqot davomida muloqot ishtirokchilarining shaxsi, o'rni, munosabati, xohish-istagi hamda voqea-hodisaga bo'lgan fikrini ifodalash insonlararo funksiya hisoblanib, kirish so'zlar ham nutqda insonlararo jihatdan ham vazifalar bajaradi. Bunday kirish so'zlarni "modal kirish so'zlar" deb nomlash mumkin. Feng Xiaoyaning fikriga ko'ra, ularni ifoda turiga ko'ra ikki turga bo'lish mumkin [6, 11]. Ta'kid, ishonch, taxmin kabi so'zlovchining subyektiv munosabatini ifodalagan kirish so'zlarni subyektivlikni ifodalovchi kirish so'zlarga tasniflash mumkin bo'lsa, xursandchilik, afsus, ikkilanish kabi so'zlovchining kayfiyati va ohangini aks ettirgan kirish so'zlar his-tuyg'uni ifodalovchi kirish so'zlarga

birlashtirish mumkin. Subyektivlikni ifodalagan modal kirish so'zlarga quyidagilar misol bo'ladi:

• Bugun ko'rib chiqish uchun tayyorlangan hujjatlar, shubhasiz, Tashkilotimizning roli va xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi .

• Va albatta, yaxshi niyat qilamizki, navbatdagi Sammitda, Ashxobod shahrida ko'rishish hammamizga nasib qilsin .

Yuqoridagi misollarda "shubhasiz" va "albatta" kirish so'zlari so'zlovchining bildirilayotgan fikrga bo'lgan subyektiv munosabati (tasdiq va ishonch) ifoda etilgan.

• Afsuski, koronavirus pandemiyasi xalqaro iqtisodiyotga salbiy ta'sir ko'rsatdi .

"Afsuski" kirish so'zi so'zlovchining afsus hissini ifodalab, his-tug'uni ifodalovchi modal kirish so'zga misol bo'la oladi. Ushbu kirish so'z tinglovchiga so'zlovchining shaxsiy munosabati haqida xabar beradi.

Modal kirish so'zlar tinglovchi uchun oldindan xabar berish vazifasini ham bajaradi. Ya'ni, subyektiv munosabat va his-tuyg'uni ifodalagan modal so'zlar so'zlovchining ifodalanayotgan fikr yoki xabar haqida qanday o'ylashini ifodalaydi. Masalan, oxirgi misolda so'zlovchi jumlasini "afsuski" kirish so'zi bilan boshlab, uning ketidan salbiy ma'noga ega xabarni ifodalagan. Kirish so'zni eshitgan tinglovchi ham shunday turdagi xabar yoki fikrni eshitishga tayyor turgan. Bu nutqning oson tushunilishiga, muloqotning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi.

Siyosiy diskursda so'zlovchilar har bir so'zni tanlab ishlatadi hamda nutqdagi ma'lumot va xabar o'zi ko'zlagan maqsadga muvofiq ifoda etilishiga harakat qiladi. Siyosiy diskurs so'zlovchilari ba'zan aniq va qat'iylik bilan so'zlashi, ba'zan esa o'z munosabatini ehtiyotkorlik bilan yetkazishi kerak. Shuningdek, ularning nutqi rasmiy uslubga muvofiq holda ifoda etilishi kerak. Bundan tashqari, ularning nutqi mantiqan bog'liq va yaxlit bo'lishi kerak. Kirish so'zlar siyosatchilarning nutqi ushbu talablarga javob berishini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

Kirish so'zlarni real siyosiy vaziyatda o'rganish maqsadida, Xitoy va O'zbekiston siyosatchilari, jumladan, ikki davlar rahbari va XXR siyosatchilarining ikki tildagi umumiy hisobda 20 ta nutqi asos qilib olindi.

Ushbu manbaalarda so'zlovchilar qo'llagan kirish so'zlar pragmatik jihatdan tahlil qilinib quyidagi natijalar kuzatildi:

1-jadval. O'zbek va xitoy nutqlarida kirish so 'zlarning qo 'llanilishi

O'zbek tilidagi nutqlar Xitoy tilidagi nutqlar Umumiy

Kirish so'zlar 86 50 136

Bog'lovchi 76 50 126

Modal 10 0 10

Ko'rsatkichlar shuni ko'rsatadiki, o'zbek siyosiy nutqlarida kirish so'zlar ko'proq qo'llanilib, ularning soni xitoy nutqlaridagi kirish so'zlarning umumiy sonidan yarim baravar ko'p. Shu bilan bir qatorda, o'zbek nutqlarida kirish so'zlarning ikki turi ham foydalangan bo'lsa, xitoy siyosatchilarining nutqlarida modal kirish so'zlarning foydalanishi kuzatilmadi. Ular subyektivlik va his-tuyg'uni ifoda etishda kirish birikmalardan foydalangani kuzatildi. Bundan tashqari, o'zbek

nutqlarida kirish so'zlarining ikki turidan ham foydalanilgan bo'lsa ham, ularning qo'llanilish soni o'rtasidagi tafovut katta: bog'lovchi kirish so'zlar 76 marta qo'llanilgan holda, modal kirish so'zlardan faqatgina 10 marta foydalanilgan.

Yuqoridagi jadval shuni ko'rsatadiki, siyosiy nutqlarda siyosatchilar ko'proq nutqning yaxlitligi va mantiqan bog'liqligini ta'minlash uchun bog'lovchi kirish so'zlardan foydalanib, tinglovchilarning nutqni oson va tez anglab yetishiga zamin yaratishgan. Demak, siyosiy nutqlarda kirish so'zlar, asosan, nutqning uyg'unligini mantiqiy munosabatini ifodalashda foydalaniladi deyish mumkin. Siyosiy diskurs rasmiy uslub qoidalariga amal qilgani sabab unda nutqning mantiqiy bog'liqligi va uyg'unligi katta ahamiyatga ega.

2-jadval. O'zbek tilidagi kirish so'zlarning xitoy tiliga tarjimasi

Kirish so'zlar Tarjima

Bog'lovc hi kirish so'zlar avvalambor

birinchi, ikkinchi, birinchidan, ikkinchidan, ... A-A-__ Afr —- , —-, ...

ayniqsa ..., ...

xususan 1) ..., mm ... (ayniqsa ma'nosida) 2) zfe ^ ^ ... (asosan ma'nosida)

jumladan ^ ..., ^ ...

shuningdek MM M^, UK

Modal kirish so'zlar afsuski

albatta ..., ...

shubhasiz ^M, im, m^, m^M a ^M^m

ishonamanki, aminmanki mm

o'ylaymanki fca^M

ma'lumki

Ushbu jadvalda o'zbek tilidagi kirish so'zlar xitoy tilidagi bir nechta tarjimasi taklif etilgan bo'lib, ular rasmiy uslubga mos ravishda tanlandi. O'zbek tilidagi kirish so'zlarning xitoy tiliga tarjimasi haqida quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

1. O'zbek tilidagi kirish so'zlar xitoy tiliga tarjima qilinganda, so'z

so'z birikma (^S^) va gap ko'rinishida

bo'lishi mumkin.

2. Kirish so'zlar xitoy tilida sifat (^ft), ravish fe'l (MS), son bog'lovchi frazeologizmlar kabilar bilan ifodalanishi mumkin.

3. His-tuyg'u ifodasi uchun kirish so'zlarni 3 turda tarjima qilish mumkin:

1) U + tuyg'uni ifodalovchi so'z: U^ft ..., UMX ...;

2) Tuyg'uni ifodalovchi so'z + ^ft^ ...;

3) iiA + tuyg'uni ifodalovchi so'z +

4. Xitoy tilida frazeologizmlarning foydalanishi maqsadga muvofiq bo'lib, ular siyosiy diskurda nutqqa rasmiylik tusini beradi.

Quyidagi jadvalda esa xitoy tilidagi nutqlarda uchragan kirish

so'zlarning o'zbek tiliga tarjimasi taklif etilgan:

3-jadval. Xitoy tilidagi kirish so 'zlarning o'zbek tiliga tarjimasi

Kirish so'zlar Tarjima

Avvalambor, birinchi navbatda

Oxirida, so'zimning oxirida

Bog'lovc hi kirish so'zlar A-A-__ Afr —- , —-, ... Birinchi, ikkinchi, uchinchidan, to'rtinchidan

shuningdek, shu bilan bir qatorda, shu bilan birga

jumladan, shu jumladan, ...ni ichiga olgan holda

aksincha

Bundan tashqari, xitoy so'zlovchilari modal kirish so'zlar ifoda etgan ma'noni kirish so'z bilan emas, kirish birikma yoki gap bilan ifoda etgani kuzatildi:

/>. o

Ikki tildagi kirish so'zlarning taklif qilingan tarjimalari tarjimonlar tomonidan ishlatilib, to'g'ri tarjima amalga oshirishiga xizmat qiladi. Kirish so'zlarni tarjima tiliga tarjima qilinishida kuzatilgan xususiyatlarni bilish tarjimon va til o'quvchilariga ikki til orasidagi lingvistik va madaniy xususiyatlarni aniq tushunishiga yordam beradi hamda ularda keyinchalik o'xshash kirish so'zlar uchraganida, taklif etilgan tarjimaga asoslanib tarjima qilish ko'nikmasini yetishtiradi.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

316

1. nm // - 4ьж, 1962. - № 1. -

Ж 48.

2. mxrn. тямхшшжтш. // - 2010. - №

11 (3). - Ж 206.

3. ЗШМ. тШШШШ. - 4ЬЖ: ШШШ, 1980. - ж 495.

4. ШШ, i^. // ХШ^^т - ХШ, 2014. - № 2 (27). - Ж 92.

5. тхт. тямАшшмш. // шш&й&ш. - 2010. - №

11 (3). - Ж 206.

6. мш. мх&шшшш: ш. - Ш: ффШ*^,

2004. - Ж 11.

7. Насирова, С. А. (2022). Неологизмы-идеологемы в качестве проводников межкультурной коммуникации (на примере общественно-политической терминологии современного китайского языка. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 27), 6-15.

8. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

9. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

10. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

11. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

12. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.