Научная статья на тему 'XITOY TILIDAGI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARDA KLIMAKS VA ANTIKLIMAKS HODISALARI'

XITOY TILIDAGI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARDA KLIMAKS VA ANTIKLIMAKS HODISALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
129
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qiyos / taqqos / o‘xshatish / qiyosiy daraja / qiyos obyekti / qiyos subyekti / konstruksiya / gradaysiya.. / compare / comparison / analogy / comparative degree / object of comparison / subject of comparison / construction / gradation.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxamadtoirova, Adiba Botir Qizi

Ushbu maqola hozirgi xitoy tilida qiyoslash konstruksiyalarida gradatsiya munosabatining ifodalanishiga qaratilgan bo‘lib, qiyoslash konstruksiyaalri orqali gradatsiya sodir bo‘lsa, qanday usullar orqali amalga oshishi haqida o‘rganilgan. Zamonaviy xitoy tilida narsa va hodisalar, holat va sifatlar hamda darajalardagi o‘zaro farqlarini yoki bir xilligini ifodalashning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ular asosan holat yoki xususiyatdagi farqlarning qay darajada yuqori yoki pastligini taqqoslashda qo‘llaniladi. Shu bilan birga gapning stilistik jihatdan lo‘nda va ravon bo‘lishiga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE CONSTRUCTIONS IN CHINESE CLIMAX AND ANTICLIMAX EVENTS

This article focuses on the expression of the gradation relationship in comparative constructions in modern Chinese, and explores the methods by which gradation occurs when comparative constructions occur. In modern Chinese, there are many ways to express differences or similarities between things and events, situations and qualities, and also levels, to add they are mainly used to compare differences in high or low a situation. At the same time, it helps to make the speech stylistically brief and fluent.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDAGI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARDA KLIMAKS VA ANTIKLIMAKS HODISALARI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

XITOY TILIDAGI QIYOSLASH KONSTRUKSIYALARDA KLIMAKS VA ANTIKLIMAKS HODISALARI

(Comparative constructions in Chinese Climax and anticlimax events)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-258-269

Adiba Botir qizi Maxamadtoirova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi o'qituvchisi, mail.: [email protected]; tel.: +998935705769

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola hozirgi xitoy tilida qiyoslash konstruksiyalarida gradatsiya munosabatining ifodalanishiga qaratilgan bo'lib, qiyoslash konstruksiyaalri orqali gradatsiya sodir bo 'lsa, qanday usullar orqali amalga oshishi haqida o 'rganilgan. Zamonaviy xitoy tilida narsa va hodisalar, holat va sifatlar hamda darajalardagi o 'zaro farqlarini yoki bir xilligini ifodalashning ko 'p usullari mavjud bo 'lib, ular asosan holat yoki xususiyatdagi farqlarning qay darajada yuqori yoki pastligini taqqoslashda qo 'llaniladi. Shu bilan birga gapning stilistik jihatdan lo 'nda va ravon bo'lishiga yordam beradi.

Kalit so'zlar: qiyos, taqqos, o'xshatish, qiyosiy daraja, qiyos obyekti, qiyos subyekti, konstruksiya, gradaysiya..

This article focuses on the expression of the gradation relationship in comparative constructions in modern Chinese, and explores the methods by which gradation occurs when comparative constructions occur. In modern Chinese, there are many ways to express differences or similarities between things and events, situations and qualities, and also levels, to add they are mainly used to compare differences in high or low a situation. At the same time, it helps to make the speech stylistically brief andfluent.

Keywords: compare, comparison, analogy, comparative degree, object of comparison, subject of comparison, construction, gradation.

Gradatsiya lisoniy birliklarning (yoki bir xil shakldagi nutq birliklarining) ifodada ma'noni, ahamiyatlilikni yoki his-tuyg'u to'lqinini "bosqichma-bosqich kuchaytirib yoki pasaytirib borishni ta'minlovchi tartibda joylashuvi"[ Galperin I.R,

ABSTRACT

KIRISH

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

1997,.219.] usulidir. Bunga ko'ra so'zlovchi berayotgan bahonining darajama daraja o'sib borishi yoki pasayib borishida leksik birliklarni joylashuvi orqali yuzaga chiqadi. Lekin xitoy tili morfologik emas, balki sintaktik qurilishga ega bo'lgan til ekanligi sababli, yuqorida keltirilgan ta'rifga ko'ra, bosqichma-bosqich kuchaytirib yoki pasaytirib borishni ta'minlovchi tartibda joylashuvi konstruksiyalar orqali amalga oshadi [1:93]. Xoh badiiy nutq, hox ilmiy va xoh publistik nutq bo'ls in, unda gradatsiya hodisasi o'ziga xos tarzda yuzaga chiqadi. Nutq ko'rinishi qanday bo'lishidan qat'i nazar, unda o'zaro darajaviy tengsizlikka ega bo'lgan tushuncha yoki mazmun ifodalovchi til birliklari aniq bir maqsadni ko'zlagan holda yonma-yon, ketma-ket qo'llanilar ekan, natijada gradatsiya hodisasi yuzaga chiqishi tabiydir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Gradatsiya hodisasini ifoda usuliga ko'ra, uch guruhga bo'lib o'rganiladi. Ya'ni, bir matnda ma'no yoki mazmunning darajama-daraja o'sib yoki pasayib borishi quyidagi uch usul bilan ifodalanishi mumkin:

- mantiqiy (logik) usul;

- emotsional usul;

- miqdoriy (kvantativ) usul [2:34].

Mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlar o'rtasida ularning o'zlari aks ettirgan tushuncha va fikrlar nuqtai nazaridan qaraganda ko'rinuvchi nisbiy ahamiyat orqali yuzaga chiqariladi. Bu ko'rinishdagi gradatsiya ham obyektiv, ham subyektiv yondashuvni o'z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, gradatsiyaning tarkibiy qismlari o'rtasidagi nisbiy darajalash so'zlovchining nuqtai nazaridan kelib chiqibyoki ushbu tushuncha va fikrlarning asl nisbiy ahamiyatlari o'rtasidagi farqlardan kelib chiqgan holda hosil qilinishi mumkin. Masalan:

Zhe XTmén Qing zixi duanxiáng ná fu rén, bi chü jián shí yuefa biaozhi. Simen Ching diqqat bilan ayolga qaradi. U birinchi marta ko'rganidan ham chiroyli edi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Bahor bayrami o'tgandan so'ng, havo xarorati yanada sovib ketdi.

Yuqoridagi misollarda ko'rishimiz mumkin-ki, birinchi gapda ayolning birinchi marotaba ko'rganidan chiroyli bo'lib borgani, ikkinchi gapda uning yanada ozib ketgandek ko'rinishi, qo'rong'u xonada marvaridning yanada ko'proq porlashi, nisbiy darajalash so'zlovchining nuqtai nazaridan kelib chiqib yoki ushbu tushuncha va fikrlarning asl nisbiy ahamiyatlari o'rtasidagi farqlardan kelib chiqgan holda hosil qilingan [3:45].

Gradatsiya hodisasining yana boshqa bir turida his-tuyg'u to'lqinini ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich tartibda joylashtirilganligi sababli, bu turga mansub holatlar emotsional gradatsiya ko'rinishlari deb ataladi. Emotsional gradatsiya his tuyg'u to'lqinini tobora, bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib borishi bilan yuzaga chiqadi. Masalan:

1. I-^^-^Ifo

Wo yltian bi yltian xiang jia.

Men kundan kung uyimni sog'inib ketayapman.

2.

Ta yue kan yue ai ni.

U seni ko'rgani sari yaxshi ko'rib qolayapti.

3.

Wo de baba yue lai yue lengjing.

Otam borgan sari sokin bo'lib bormoqda.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdi-ki, ushbu gaplarda his tuyg'u to'lqinini tobora, bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib borishi, birinchi gapda "men"i uyini sog'inayotgani, uni brogan sari yaxshi ko'rib qolayotganini, otasini sokin bo'lib borayotgani orqali emotsional gradatsiya ko'rinishi ifodalanmoqda.

Ifoda usuliga ko'ra gradatsiyaning uchunchi turi miqdoriy (kvantativ) gradatsiya hisoblanadi. Bunda ifodalanayotgan tushunchaning hajmi, miqdorining yaqqol o'sib yoki kamayib boeishini ko'rishimiz mumkin. Bunday gaplarda biror gap bo'lagi vazifasidagi sonlar yoki miqdor ravishlari tadrijiy ravishda oshib yoki kamayib boradi [4:121]. Masalan:

Faxing shuliang yinian bi yinian zengjia.

Tarqatish miqdori yildan yilga ko'paymoqda.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Albatta, bu holatlarda gradatsiyani komponentlarini tashkil etuvchi so'zlar o'rtasida ma'lum bir semantik o'zgarish yuz bermaydi, lekin ifoda ahamiyati asosiy o'rin egallab, ular yuroridagi guruhlarga ajratishimiz mumkin.

Shu bilan birga gradatsiya usuli orqali yuzaga chiqgan nutq ko'rinishlarida ma'lum bir belgi darajalanadi. Boshqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi muayyan bir belgi, turli ko'rinishlarda ifodalanishi mumkin. Ifoda usuliga ko'ra, gradatsiya usulini ikkiga ajratib o'rganiladi: 1) leksik gradatsiya; 2) sintaktik gradatsiya [7:121].

Garchand ilmiy tadqiqot ishimiz leksik gradatsiyadan uzoq bo'lsada, shu o'rinda biroz ma'lumot berib o'tamiz. Gradatsiya usulining ba'zi ko'rinishlarida uni tashkil qiluvchi komponentlarning sintaktik jihati emas, balki leksik-semantik ahamiyati ortiqroq bo'ladi. Shu sababli bu holatda shakllangan gradatsiya hodisasini leksik gradatsiya, deb atash maqsadga muvofiqdir.

Leksik gradatsiya hodisasi ularning o'zaro sintajtik aloqasidan kelib chiqadigan natija emas, balki ularning har biri yakka-yakka holda ifodalanadigan ma'nolar o'rtasidagi leksik-semantik munosabatlarning mavjudligini yuzaga chiqaradi. Leksik gradatsiyalarni ham o'z ichida ikkiga bo'lib o'rganish mumkin. Ilmiy tadqiqot ishimiz sintaktik gradatsiya bilan bog'liq bo'lganligi uchun va xitoy tili boshqa tillardan farqli o'laroq iyerogliflardan tashkil topganligi sababli, ushbu ilmiy tadqiqot ishida sintaktik gradatsiya hodisasi, xitoy tilidagi qiyoslash mazmunidagi grammatik konstruksiyalar asosida amalga oshirilishini tahlil qilib chiqamiz. Sintaktik gradatsiya ko'rinishida ifoda materiali sintaktik butunlikdan iborat bo'ladi. Sintaktik gradatsiya usulini mazmuniy gradatsiya deb ham atash mumkin [5:98].

Shu ham ta'kidlab o'tishimiz lozim-ki, ilmiy tadqiqot ishimizning obyekti qiyoslash mazmunidagi konstruksiyalar bo'lganligi sababli, biz ushbu sintaktik gradatsiya hodisasini, qiyoslash mazmunidagi grammatik konstruksiyalar orqali, ularning gapdagi o'rni, sintaktik xususiyatlariga ko'ra sintaktik tahlilga tortib ko'rib chiqamiz.

Qiyoslash mazmunidagi konstruksiyar o'zining hilma xilligi bilan boshqa konstruksiyalardan ajralib turadi. Lekin ularning hammasi ham gradatsiya munosabatni ifodalovchi konstruksiyalar qatoriga kirmaydi. Chunki, yuqorida keltirib o'tilgan bir qator gradatsiyaga keltirilgan ta'riflar, olimlarning yondoshuviga ko'ra, gradatsiya lisoniy birliklarning ifodada ma'noni, ahamiyatlilikni yoki his-tuyg'u to'lqinini "bosqichma-bosqich kuchaytirib yoki pasaytirib borishni ta'minlovchi tartibda joylashuvi" usulidir [6:143]. Bunga ko'ra so'zlovchi berayotgan bahonining

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

darajama daraja o'sib borishi yoki pasayib borishida leksik birliklarni joylashuvhi orqali yuzaga chiqadi. Darajalash ma'lum bir uslubiy maqsadda muayyan bir muallif tomonidan yuzaga tadrijiy ketma-ketlikka ega bo'lgan kuchayish va pasayish usulidi bo'gani uchun ham, qiyoslash mazmunidagi konstruksiyalarning xammasi ham gradatsiya munosabatini ifodalamaydi. Faqatgina ifodalayotgan ma'nosi avvalgi holatiga nisbatan bosqichma-bosqich, tadrijiy yo'l bilan o'zgarib borishini ifodalaydigan konstruksiyalarni tanlab olib, ularni tahlil qilib chiqdik. Bular quyidagi konstruksiyalar:

1. [— yi + hisob so'z + h bï + son — yi + hisob so'z].

2. [Ega+ M^M yuèlàiyuè+kesim (sifat yoki fe'l)].

3. [Ega+kesim( M ^ yuèfa+X)] ushbu konstruksiyaning ifoda usuli va grammatik xususiyatiga ko'ra quyidagicha ko'rinishi ham mavjud:

Birinchi konstruksiya: [— yi + hisob so'z + bï + son — yi + hisob so'z] orqali darajaning asta sekinlik bilan o'zgarishi. Gap tuzilishida:

1. yinián bï yinián yildan yilga;

2. yitian bï yitian kundan kunga;

har safar, borgan sari degan ma'nolarni anglatadi.

Ushbu konstruksiyalardan foydalanganimizda, ular gapda hol vazifasida kelib,

darajadagi farqni asta sekinlik bilan o'zgarib borayotganini bildiradi ^

^bm: ^«P^tÊ, 2001;

839.]. Masalan:

Faxíng shùliàng yinián bï yinián zëngjiâ. Tarqatish miqdori yildan yilga ko'paymoqda.

Daraja asta sekinlik bilan o'zgarib borayotgan gaplarda, b bï old

harakteridagi ot) ni qo'yish orqali foydalanamiz. Uning qabul qilingan ko'rinishi quyidagicha bo'lib, yi + hisob so'z + b bï + son ^ yi + hisob so'z" gapda to'liqlo'vchi vazifasida keladi [8:99]. Unga quyidagilarni misol qila olamiz:

ko'makchisining oldi va orqasidan bir vaqtda ^ yi hisob so'z (yoki hisob so'z

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Ta de bing yïtian bï yïtian lihài.

Uning kasali kundan kunga kuchayib bormoqda.

2. m—M?q

Women de shenghuo yïtian bï yïtian hâo.

Bizning xayotimiz kundan kunga yaxshilashib bormoqda.

Jïnguân lâoshï de shentï yïtian bï yïtian cha, què yïran jianchi wèi women shàngkè.

Garchand ustozning sog'liklari kundan kunga yomonlashib borsa ham, hali xam bizlar uchun sabot bilan dars o'tmoqdalar.

Lekin bunday formani egadan oldin qo'yish mumkin emas. Masalan:

1. MH-MΗMW^TQ

Tianqi yitian bï yitian liangkuài le.

Yitian bï yitian tianqi liangkuài le. Havo kundan kunga sovib bormoqda.

2.

.

Rénmin de shenghuo yinian bï yinian fengfù.

Yinian bï yinian rénmin de shenghuo fengfù.

Aholining hayoti yildan yilga boyib bormoqda.

3. fàfà^ftfàm-frft-im q

Tade kâoshi chéngji yici bï yici hâo.

Yici bï yici tade kâoshi chéngji hâo.

Uning imtixon natijalari har safar yaxshilanmoqda.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, bunday usul orqali biz natijadagi darajaning birdaniga emas, balki asta sekinlik bilan o'zgarib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Bunda qiyoslanayotgan bir holat yoki vaziyat avvalgisiga nisbatan teng emas. Shu bilan birga ortiq yoki kamligi ham asta sekinlik bilan o'zgarayotganini ifodalaydi.

Shuni ham ta'kidlab o'tishimiz lozim-ki, xitoy tilida [^yi + hisob so'z + ttbï + son ^yi + hisob so'z] konstruksiyasi orqali gradatsiya hodisasining amalga oshishi

263

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

boshqa konstruksiyalarga qaraganda boydir. Ya'ni, agarda konstruksiyada berilgan hisob so'zni "kun ^tian" so'zini qo'yadigan bo'lsak yitian bï yitian

kundan kunga, "yil ^nian" so'zini qo'yadigan bo'lsak ^^t^^yinian bï yinian yildan yilga, "martta so'zini qo'yadigan bo'lsak ^iXt^iX har safar degan ma'noni anglatadi va biror bir voqea, hodisa darajasini kundan-kunga, yildan-yilga, borgan sari o'zgarib borayotganini bildiradi.

Ikkinchi konstruksiya: [Ega+ M ^ M yuèlaiyuè+kesim (sifat yoki fe'l)]orqali darajaning asta sekinlik bilan o'zgarishi.M^M yuèlaiyuè shaxs yoki predmetning so'nggi vaqtda to'xtovsiz rivojlanishi va o'zgarishlarini taqqoslab keladi. M^M yuèlaiyuè o'zbek tiliga borgan sari, tobora deb tarjima qilinib, biror holatning avvalgisiga nisbatan darajasini ko'tarilgani yoki pasayganini ifodalaydi. Bunday gaplarning modeli quyidagicha ko'rinishga ega: [Ega+ M^M yuèlaiyuè+kesim (sifat yoki fe'l)]. Masalan:

1. MM^M^T»

Ta yuèlaiyuè piàoliang le.

U borgan sari chiroyli bo'lib bormoqda.

2. ti^H^^iJo

Ta yuèlaiyuè xiâng xué zhongwén le.

U borgan sari xitoy tilini o'rganishni hohlayapti.

Gaplarda M ^ M yuèlaiyuè orqali qiyosni ifodalayotgan vaqtda, M ^ M yuèlaiyuè oddiy fe'llar oldidan qo'llanilmaydi. Agarda fe'llar oldidan kelsa, quyidagicha ko'rinishda bo'lishi kerak [10:120]. Masalan:

RMnMfcMtto

Feng guadé yuèlaiyuè dà le.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shamol brogan sari kuchayib bormoqda.

M^M yuèlaiyuè ketidan keluvchi kesim o'zgaruvchi tomonni ifodalashi kerak. Odatda sifat yoki ichki kechinmalarni ifodalovchi fe'l bilan to'ldirilib keladi. Bunga yuqorida keltirilgan misoldagi ^ dàmisol bo'la oladi.

M^M yuèlaiyuè so'ngi vaqtlardagi darajaning o'zgarishini ifodalash bilan birga, o'zgarishning o'zini ham ifodalab keladi, undan keyin yana daraja ravishlari ^ hen,## feichang, It^X bïjiào kabilarni qo'llanilmaydi.

Shu bilan bir qatorda [...^...^...] konstruksiya shaklida ham qo'llaniladi. Buni batafsuli quyidagi konstruksiyalar va misollar orqali k o'rib chiqamiz.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Birinchi konstruksiya [Ega+kesim(M yue+fe'l+M yue+sifat)]. Masalan:

1.mm^rnmjo

Hanyu yue xue yue nan le. Xitoy tili o'rgangan sari qiyinlashdi.

2. l^T^^To Xue yue xiayue da le.

Qor yog'gan sari kattalashdi.

Bu yerdagi misollardan ko'rishimiz mumkin-ki, birinchi M yue dan so'ng fe'l. ikkinchi M yue dan so'ng sifat ishlatilgan va ushbu fe'lning sifatini borgan sari ko'tarilib borayotgani ifodalanmoqda.

Ikkinchi konstruksiya [Ega+kesim(M yue+sifat+M yue+sifat)]. Masalan: 1.

Pingguo yue dayue tian.

Olma kattalashgani sari shirinlashmoqda.

2.

Tiaozhan yue da, wo yue xTngfen.

Qiyinchilik kattalashgani sari, tobora hayajonlanaman.

Ushbu misollarda sifatni borgan sari kuchaytirib qo'llanilmoqda.

Uchinchi konstruksiya: [Ega+kesim(M yue+sifat+M yue+fe'l)]. Masalan:

NT yue xiao qi, bieren jiu yue taoyan nin.

Sen qanchalik qizg'anchiq bo'lsang, boshqa odamlarni shuncalik joniga tegasan.

2.

Haizi yue xiao yue xuyao ai.

Bolalar qanchalik kichkina bo'lsa, shunchalik yaxshi ko'riladi. Yuqorida keltirilgan misolga ko'ra, sifatning borgan sari fe'l orqali darajasi ko'tarilishi keltirilmoqda.

To'rtinchi konstruksiya: [Ega+kesim(M yue+fe'l+M yue+fe'l)]. Masalan:

i.

Wo yue xue zhongwen, yue juede zhongwen hen nan.

Men xitoy tilini o'rganganim sari, tobora qiyinlashib borayotganini his qilayapman.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

2.

Wo yuè kàn, yuè xïhuan.

Ko'rganim sari, tobora yaxshi ko'rib bormoqdaman.

Ushbu misollardan shu ko'rinib turibdiki, bu yerda ikkita ish harakati bir biriga bog'liq holda rivojlanib, ko'tarilib bormoqda.

Yïsheng yuè lâo yuè you jïngyàn.

Doktor qanchalik qari bo'lsa shunchalik tajribasi boy bo'ladi.

Uchinchi konstruksiya: MR yuèfâ orqali darajaning asta sekinlik bilan o'zgarishi. MR yuèfa orqali qiyos ifodalanganda tobora, yanada degan ma'nolarni ifodalaydi va asosan hozirgi vaqt o'tmish bilan qiyoslanadi. Ma'lum bir narsa, hodisaning avvalgiga nisbatan o'zgarganini bildiradi. Masalan:

i. №n^îmtimmmA, tmrniM&mx*

Zhè Xïmén Qing zïxi duanxiáng nà fù rén, bï chü jiàn shí yuèfa biaozhi.

Simen Ching diqqat bilan ayolga qaradi. U birinchi marta ko'rganidan ham chiroyli edi.

Shu bilan birga MR yuèfa tobora, yanada degan ma'nolarni ifodalaydi va biror bir inson, narsa yoki hodisaning avvalgiga nisbatan o'zarganini ifodalaydi. Shu bilan uning hozirga va avvalgi holati orasida qiyos amalga oshadi. Masalan:

1. í&MR&UMT o

Jin liâng niánlái, ta yuèfa xiândé shoule.

So'ngi ikki yil ichida, u yanada ozib ketgandek ko'rinadi.

2. KHMRfàfcT o

Guole chünjié, tianqi yuèfa liángkuaile.

Bahor bayrami o'tgandan so'ng, havo xarorati yanada sovib ketdi.

MR yuèfa qo'llanilishi jihatidan " M "yoki " M^" bilan qo'llanilib, " M... M..." konstruksiyasi kabi ma'noni ifodalaydi. [M(^)... MR, M. M.] ushbu shaklda, gapning birinchi qismida sodir bo'gan holat tufayli, ikkinchi qismida u holatning yanada chuqurlashganini bildiradi [11:76]. Masalan:

iMAM^, mnrnnMRmxH o

Guanzhong yuè duo, tamen yân dé yuèfa màiliqi.

Tomoshabinlar qanchalik ko'p bo'lsa, ular shunchalik bor kuchi bilan ijro qilishadi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Yuè shi xingji, yuèfa rongyi chu chai cuo.

Qanchalik shoshilsa, shunchalik xato qilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.

Quyida yana bir necha misollar orqali M^ yuèfa qo'llanilishini ko'rib chiqamiz:

1. ^JM^AT,

Zài xiâo shu de nuli xià, fànguân de shengyi zhëngzhëngrishàng, yuè fà honghuo.

Kichkina amakimning sa'y-harakatlari tufayli restoran biznesi tobora rivojlanib, gullab-yashnamoqda.

2. , M^MM^AT o

Ta chuan shàng zhè tiao qûnzi, yuèfa chuchu dongrénle.

U bu yubkani kiyib, yanada maftunkor bo'lib qoldi.

3. ^^^Maw^^io

Tïng dào zhè yï zhènfèn rénxïn de xiâoxï, tongxuémen yuèfa you gànjingle.

Ushbu hayajonli yangilikni eshitib, talabalarda g'ayrat yanada kuchayib ketdi.

4. MBi*,

Hei'àn zhong, zhuo shàng de mingzhu yuèfa yiyi sheng huï.

Qorong'ulikda, stol ustidagi marvarida yanada ko'proq porlaydi.

Yuqoridagi gaplarda M^ yuèfa+sifat shaklida qo'llanilgan bo'lib, birinchi gapda restoran daromadi avvalgiga nisbatan yanada rivojlanganligi, ikkinchi gapda qiz shu yubkani kiygandan so'ng avvalgidanda go'zallashganini, uchinchi gapda yangilikni eshitgada so'ng talabalar avvalgiga nisbatan g'ayratli bo'lishganini, to'rtinchi gapda marvaridning qorong'uda yanada ko'proq porlashi yorug'dagiga nisbatan taqqoslanmoqda.

MA: yuèfa+X konstruksiyasini ayrim tilshunoslarning fikriga ko'ra qiyoslash tizimiga kiruvchi konstruksiyalar qatoriga kiritmaydilar. Chunki, MA yuèfa ma'noni yanada chuqurlashtirishda qo'llanadi. Lekin biz ushbu ilmiy tadqiqot ishimizda Zhang Linjié fikriga qo'shilgan holda, uni qiyos tizimiga kiruvchi konstruksiyalarga kiritdik. Bunda hozirgi natija avvalgisiga nisbatan chuqurroq bo'lganligi, uni avvalgi holati bilan solishtirilayotgani uchun.

Shunday qilib, MAM yuè lai yuè, MA yuèfa, ^Atfc^A yïtian bï yïtian darajaning asta sekinlik bilan o'zgarib borishini ifodalovchi sinonim qiyos konstruksiya hisoblanadi [12:59]. Ushbu konstruksiyalar ishtirokida yasalgan gaplarning tarjimasini, semantik kategoriyasi xususiyatlaridan kelib chiqib va undagi

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

mavjud omillarni hisobga olgan holda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ular anglatayotgan ma'no gapning ichki va tashqi omillari bilan bevosita bog'liq.

XULOSA

Maqola tahlili natijalari quyidagi xulosalarni keltirib chiqardi:

1. Gradatsiya lisoniy birliklaming ifodada ma'noni, ahamiyatlilikni yoki his -tuyg'u to'lqinini "bosqichma-bosqich kuchaytirib yoki pasaytirib borishni ta'minlovchi tartibda joylashuvi" usuli ekanligi, unga ko'ra so'zlovchi berayotgan bahonining darajama daraja o'sib borishi yoki pasayib borishida leksik birliklarni joylashuvi orqali yuzaga chiqishi va uning ikki turi: klimaks (ko'tarilish) va antiklimaks (pasayish) turi borligi aniqlandi.

2. Gradatsiya hodisasini ifoda usuliga ko'ra, uch guruhga: mantiqiy gradatsiya, miqdoriy gradatsiya, emotsional gradatsiyaga bo'linadi. Ifoda usuliga ko'ra: leksik gradatsiya va sintaktik gradatsiyaga bo'lib o'rganilishi keltirildi.

3. Darajaning asta sekinlik bilan o'zgarib borishini ifodalovchi konstruksiyalar

vaqt o'lcho'vida asta seki o'zgarib turadigan doimiy nuqta, й^й +X konstruksiyasi vaqt o'lcho'vida cho'zilgan dioganal chiziq, й Ж +X vaqt o'lchovining ikki nuqtasi ekanligi, bunda ushbu konstruksiyalar orqali darajaning avvalgiga nisbatan ko'tarilib yoki pasayishini ifodalashi aniqlandi.

4. й^й , ^ ^ tt ^ ^ , konstruksiyalari bilan birga darslik va o'quv adabiyotlariga kiritilmagan йЖ yuèfa konstruksiyasi tahlil qilindi va ularning bir biridan farqli, o'xshash tomonlari va qo'llash usullari ko'rib chiqildi. Shu bilan birg a o'zbekzabon talabalarning ushbu konstruksiyalarni qo'llashda kelib chiqadigan bir qator muammolar tahlil qilindi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mamaziyayev O.X. (2004). O'zbek poetik nutqida xiazm va gradaysiya. Fil.fan.nom. ... diss. - Farg'ona, - 161 b.

2. Shomaqsudov I., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H. (1983). O'zbek tili stilistikasi. Toshkent.: O'qituvchi, - 362 b.

3. Steube A. (1968). "Graddation der Grammatikalitat". In "problem det strukturellen Grammatik und Semantik". Leipzig.

4. Шенсдель Е.И. (1970). «Граддация грамматичности». Ан.языке в школе. №1. - Москва. Просвещение, - 378 с.

5. Квятовский А. (1992). Поэтический словарь. - М.: Сов.энц., - 578 с.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

6. Драгунов А.А. (1992). Грамматическая система современного китайского языка. - Лененград. - 250 с.

7. Задоенко Т.К., Хуан Шуин. (1996). Основи китайского языка. - М.: Наука.

8. Карцевский С. (1976). Сравнение. Вопросы языкознания. №1. - Москва: Муравей. - 180 с.

9. Хашимова, С. А. (2021). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

10. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

11. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

12. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(Special Issue 1), 139-146.

13. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

14. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF Ф Ш ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

15. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

16. ЭДЯ^^. (2001). етшедж^. - 4ЬЖ: - 840 Ж.

17. ^fê^, ШШ. (2008). ^ША^ШЖ. - 4ЬЖ:

- 652 Ж.

18. ШШШ, (1999). етШЖ^НН^. - ^Ж: Ш^Ш^Ш.

- 240 Ж

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

19. ШЭД. (2003). етШШЖ^. - ^Ж: Ш^ШШШ. - 455 Ж.

245 с.

268-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.