historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7
XITOY OG'ZAKI NUTQIDA UCHRAYDIGAN TURG'UN BIRIKMALAR VA ULARNING TARJIMASI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-336-341
Badalbaev Dilshod Farxod o'g'li
TDSHU Xitoyshunoslik fakulteti, Xitoy filologiyasi kafedrasi o'qituvchisi [email protected] +998909293940
Annotatsiya: Ushbu maqolada bevosita xitoy og'zaki tilida do'stlar va boshqa yaqin insonlar o 'rtasida qo 'llaniladigan turg 'un birikmalar tahlil qilinadi. Bundan tashqari maqolada og 'zaki nutqda turg 'un birikmalarni qo 'llash usullari borasida ham tavsiyaviy fikr va mulohazalar ham beriladi. Mazkur muammo dialoglarda uchraydigan birikmalarni to 'g'ri tarjima qilishga ham bag'ishlanadi.
Kalitso'zlar: turg'un birikma, konstruksiya, nutq, maqtov, og'zaki nutq.
Аннотация: В данной статье непосредственно анализируются устойчивые союзы, используемые между друзьями и другими близкими людьми в разговорном китайском языке. Кроме того, в статье также даются рекомендации и комментарии по способам употребления устойчивых сочетаний в устной речи. Эта задача также посвящена правильному переводу сочетаний, встречающихся в диалогах.
Ключевые слова: фиксированное сочетание, конструкция, речь, похвала, устная речь.
Annotation: This article directly analyzes the fixed conjunctions used between friends and other close people in spoken Chinese. In addition, the article also gives recommendations and comments on the methods of using fixed combinations in oral speech. This problem is also devoted to the correct translation of the combinations found in dialogues.
Keywords: fixed combination, construction, speech, praise, oral speech.
Og'zaki nutq tilning asosi va manbai hisoblanib, u tilning eng real va faol qismi sanaladi. Biroq, xitoy og'zaki nutqning o'ziga xos xususiyatlari va ayrim obyektiv shart-sharoitlarning chegaralanganligi tufayli og'zaki nutq bo'yicha olib borilayotgan hozirgi tadqiqotlar nisbatan orqada qolmoqda desak to'g'ri bo'ladi. Bu holat nazariy yangilik va uslubiy yutuqlarni talab qiladi. [10.1]
Xitoy tili xitoy xalqining ona tilisi va dunyodagi eng keng tarqalgan tillardan biridir. Xitoy tili kundalik hayotda, biznes aloqalarida, akademik tadqiqotlarda, madaniy meros va boshqa sohalarda keng qo'llaniladi. Xitoy tilidan foydalanishning barcha jihatlari orasida og'zaki til eng to'g'ridan-to'g'ri va hayotga mos ifoda shakli
historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7
bo'lib, uni tadqiq qilish har doim tilshunoslikning eng muhim nuqtalaridan biri bo'lib kelgan. [11.23]
Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi va o'zgaruvchan muhit bilan zamonaviy so'zlashuv xitoy tili ham yanada xilma-xil va rang-barang xususiyatlarni ko'rsatdi. Zamonaviy og'zaki xitoy tilini o'rganish nafaqat xitoy tilini bilish darajasini oshirishga yordam beradi, balki keng jamoatchilikning zamonaviy jamiyatga yaxshiroq integratsiyalashuviga ko'maklashadi.
Zamonaviy xitoy tilidan foydalanishning asosiy usuli sifatida og'zaki ifoda aniq xususiyatlarni ko'rsatadi. Avvalo, zamonaviy so'zlashuv xitoy tilining til uslubi ko'proq tasodifiy bo'lib, an'anaviy madaniyat bilan bog'lanmaydi va ifodalashning erkin va moslashuvchan usuliga ega. Ikkinchidan, zamonaviy xitoy tilida shaxsiylashtirish va his-tuyg'ularga ko'proq e'tibor beriladi. Uchinchidan, xitoy tilida chetdan kirib kelgan so'zlar ko'proq qo'llaniladi. Ko'pgina xorijiy so'zlar xitoycha iboralarni yanada boyitib, yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. [8.23]
Og'zaki nutqdagi turg'un birikmalar haqida so'z yuritishdan oldin, turg'un birikma tushunchasiga to'xtalib o'tsak maqsadga muofiq sanaladi. Tilshunos-olimlar turg'un so'z birikmalarini idiomatik ma'noli frazeologik birlik kabi semantik hodisa tarzida bayon etadilar. Turg'un birikma komponentlarining sintaktik munosabati talqini lozim darajada tadqiq etilmagan. Tilshunoslikda turg'un so'z birikmalari noidiomatik qurilma sifatida e'tirof etilib, ularni frazeologik birliklardan farqli jihatlari izohlanadi. Darhaqiqat, turg'un so'z birikmalari, shu jumladan, frazeologik birliklar nafaqat semantik, balki sintaktik hodisa ekanligi, turg'un so'z birikmalari erkin birikmalardan farqli ravishda gapning qurilish materiali ekanligi e'tirof etiladi.
[3.1]
Xitoy og'zaki nutqidagi ma'lum bir sodda gap yoki turg'un birikma ko'rinishidan tushunarli bo'ladi-yu, lekin asl ma'nosini chiqarish biroz mushkul sanaladi. Bunday gaplarni, albatta, kerakli kitoblar yordamida tahlil qilgan holda anglab olamiz. Masalan, ma'lum bir gapni yoki dalilni tasdiqlab, odamlar shunga ahamiyat berishlari kerakligini bildirish uchun " ^ fä ^ " (to'g'ridan-to'g'ri tarjimasi: "sen gapirma") iborasini ishlatishadi. Xitoy tilini o'rganuvchi esa bu gapni eshitib ajablanishi tabiiy, albatta, va u ichida "men nima dedim, nima uchun gapirmasligim kerak" deb o'ylaydi. Lekin bu birikma qarshi tomonning gapini ma'qullab, to'g'ri aytding degan ma'noni anglatish uchun xizmat qiladi.
Ana endi, biz quyida bir qancha turg'un birikmalarga ahamiyat qaratamiz. Bu keltiradigan turg'un birikmalarimiz asosan do'stlar, yaqinlar o'rtasida ishlatilinadigan birikmalar hisoblanib, ishlatilish doirasi nisbatan erkin sanaladi. Bunday birliklarni rasmiy joylarda yoki ma'lum bir munosabati uzoq insonlarga nisbatan ishlatadigan bo'lsangiz, noqulay vaziyatlarga tushib qolishingiz hech gap emas. biedoule
historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7
Bu birlik ishonchsizlikni bildirib, qarshi tomonning fikri noto'g'ri ekanligini tasdiqlaydi. "Qo'ysangchi", "hazillashma" deb tarjima qilinadi. Ushbu birlik ko'proq og'zaki nutqda do'stona muloqotda qo'llaniladi.
Misollar:
1. ¥
£ 2. ¥ £
w^Mtm&mvmm^mjo
[7.45]
Bu ikkala misolda ham suhbatdosh bir-biriga yaqin do'st ekanligini ko'rsak bo'ladi.
hai shuö ne
Ushbu birlik ritorik so'roq gap bo'lib, "gapirma" deb tarjiam qilsak bo'ladi. Birlik orqali muammoning sababi o'zi emasligiga urg'u beradi. Bundan tashqari, azob chekkanlik ma'nosini anglatib, asosan, yaqin munosabatga ega odamlar o'rtasida ishlatiladi.
Misollar:
1. ¥
£ 2. ¥ £
[9.58]
Bu birlikda ham suhbatdoshlar bir-birini bemalol tanqid qilib, unga javob berayotganligini ko'rsak bo'ladi.
kan ni shuö de
Bu birlik qarshi tomonning gapi haqiqatga unchalik ham mos emasligini bildiradi."Gapingni qara-yu" deb tarjima qilinadi. Tanishlar yoki do'stlar davrasida ishlatilib, evfemizm ko'rinishidagi turg'un birikma sanaladi. Bundan tashqari qarshi tomon uzr yoki minnatdorchilik bildirgan paytda mulozamatni ifodalab keladi.
Misollar:
1. ¥ £
2. ¥ £
[7.123] ^^ meixiu
Ushbu birlik biror-bir shaxsga uyalish kerakligini uqtirishni bildiradi. "Uyalmaysanmi", "uyat yo'qmi", "yuzing bormi" deb tarjima qilinadi. Yaqinlik ma'nosida ishlatilib kelinadi.
Misollar:
historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7
2. ^ÄftÄo
3.
mrnrnw [9.126]
Misollar orqali yaqin do'st dugonalar tanqid ma'nosida bir-biriga nisbatan bu birlikni ishlatishayotganligini ko'rsa bo'ladi. de ni
Bu birlik qarshi tomonning o'ylagani xomxayol ekanligini, amalga oshmasli gi mumkinligini bildiradi. "Xomxayol surma" deb tarjima qilinadi. Mazah qilish o'rnida ham ishlatilib, odatda yaqin tanishlar orasida qo'llaniladi.
Misollar:
1.
Ъ:
2. о
Ъ: тш'.т^хтютш? [8.234]
shuö läoshi huà
Kirish so'zi bo'lib, odatda aslida so'zlashni istamagan yoki yaxshi bo'lmagan gapni aytishdan oldin keladi. "Rostini aytadigan bo'lsam" deb tarjima qilinadi. Ishongan yaqin odamlariga nisbatan qo'llaniladi.
Misollar:
(1) ш^й^ш^то
(2) ЖХШ^^, Ш&Я'ШШТТо
^^^wusuowèi
Bu birlik hech qanday ishi bo'lmasligi va qarshi tomonning ixtiyoriga qo'yib berishni bildiradi. "Farqi yo'q" deb tarjima qilinadi.
Misollar:
1. ¥: ^жшш, тжт^мтштяш? Ъ: шт.тш'ко
2. [9.156]
shuö zhè huà kë jiù jiànwài le
Ushbu birlik biror-bir shaxs gapirayotgan mahalida mulozamat bilan o'zini begona olib gapirishini bildiradi. "Begonalardek gapirasan-ey" deb tarjima qilinadi. Birovdan uzr so'rash yoki minnatdorchilik izhor etish o'rnida ham ishlatsa bo'ladi.
Misollar:
1. ¥
Ъ 2. ¥ Ъ [7.89]
ттттшжо т, ШШшШТ, тшш, ^лф^М^ЙЖ^Т^?
zan liä shei gen shei ya
339
'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 21
historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7
Bu birlikni ikkala tomonning munosabati yaxshi ekanligini, ular o'rtasida "seniki, meniki" yo'qligini bildiradi. Asosan, yaqin do'stlar orasida ushbu ibora qo'llaniladi, aksincha, rasmiy uchrashuvlarda yoki mehmon va katta odamlarga nisbatan esa foydalanilmaydi.
Misollar:
RlÄ^^Ä^ÄÜ^o [8.132] zhè huà shuö dé
Ushbu birlik biror-bir odamning gap-so'zi holatga mos kelmaganligini bildiradi. "Bu nima degan gap" deb tarjima qilinadi. Ba'zida muloyimlik bilan javob berish uchun qo'llaniladi. Bundan tashqari, odatda o'rtoqlar orasida erkin qo'llaniladi.
Misollar: 1. ¥:
[9.163]
zhè shi shénme huà
Bu birlik biror-bir odam bunday demasligi kerak ekanligini bildiradi. "Bu nima deganing?" deb tarjima qilinadi. Ba'zida yaqin do'stlar orasida erkin tarzda qo'llaniladi. desa ham bo'ladi. Bundan tashqari qoniqmaslik yoki savol
ma'nosida keladi.
Misollar:
2. ^Ä^itto
3.
[9.201]
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy xitoy tili bo'yicha izlanishlar olib borish orqali xitoy tilini modernizatsiya qilishga, hamda xitoy tilini butun dunyo bo'ylab ommalashtirishga ulkan hissa bo'lib qo'shilishi mumkin. Xitoy og'zaki nutqida hali juda ham ko'p tatqiq qilinishi lozim bo'lgan masalalar talaygina. Turg'un birikmalar tarkibida kelayotgan barcha iyerogliflarning semantik ma'nolarini bilsakda, lekin ular turg'un birikmalar tarkibida kelganda umumiy boshqa ma'noni berishini mazkur maqolada misollarda ko'rib chiqdik. Izlanishimiz orqali bir qancha birliklarni o'z
340
'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 21
historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784
economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7
o'rnida qo'llamslik yoki xato qo'llash hollari og'zaki nutqda ko'plab muammolar keltirib chiqarishini aniqladik.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCE)
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. - Toshkent: Sharq, 2013.
2. Hojiev. А. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - T: O'zbekiston Milliy Entsiklopediyasi, 2002.
3. Маматов A. Фразеологик бирликлар ва тургун бирикмалар деривацияси тадкики . Журнал иностранных языков и лингвистики, 4(9) (2021).
4. Sultanova L.A. Xitoy tili leksikologiya. - Toshkent, 2015.
5. Семенас А.Л. Лексика китайского языка. - Москва: Восток-Запад, 2005.
6. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
7. ^iAÜ'^S^iA? ' 2008 ^
8. шйш ш^штш^т.жъ-.жтшщ&ът, 2002
9. тш-жшйщ^т^тш-йя 2009 ^
10. ^птшщщ^щттъ; 2012
^ш 1 т
11. 2002.)
12. htpp: //www.baidu.com/ (XXR maxsus qidiruv sayti)
13. htpp: //www.cdmd.cnki.com.cn/ (XXR ilmiy tadqiqotlar sayti)