Научная статья на тему 'XITOY MANBALARIDA O‘RTA OSIYO HAQIDAGI MA’LUMOTLARNING AHAMIYATI'

XITOY MANBALARIDA O‘RTA OSIYO HAQIDAGI MA’LUMOTLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

4049
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
manba / Xitoy / tarixchi / Qang‗ / Davan / Kushon / hukumdor.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Aziza Izzatova

Mazkur maqolada Xitoy manbalarida qadimgi O‗zbeliston hududidagi mavjud bo‗lgan davlatlar, xalqlar, qabilalar va ular haqida berilgan ma‘lumotlar qisqacha yoritilgan. Bu ma‘lumotlar asosida O‗rta Osiyo hududi qadimgi tarixini o‗rganish ahamiyatli ekanligini ko‗rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XITOY MANBALARIDA O‘RTA OSIYO HAQIDAGI MA’LUMOTLARNING AHAMIYATI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XITOY MANBALARIDA O'RTA OSIYO HAQIDAGI MA'LUMOTLARNING AHAMIYATI

Aziza Izzatova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Xitoy manbalarida qadimgi O'zbeliston hududidagi mavjud bo'lgan davlatlar, xalqlar, qabilalar va ular haqida berilgan ma'lumotlar qisqacha yoritilgan. Bu ma'lumotlar asosida O'rta Osiyo hududi qadimgi tarixini o'rganish ahamiyatli ekanligini ko'rish mumkin.

Kalit so'zlar: manba, Xitoy, tarixchi, Qang', Davan, Kushon, hukumdor.

Xitoy manbalari haqida so'z borar ekan, ular ham Xitoy hukmdorlarining manfaatlarini ko'zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi bir taraflama yoritilgan holatlar ko'p uchraydi, ammo Xitoy manbalarida bo'lib o'tgan voqealarning vaqti va o'rni, bir-biriga qarshi turgan qo'shinlarning umumiy soni aniq ko'rsatiladi. Bu o'z navbatida manbalarning o'rganish kerakli ekanligini va ulardagi ma'lumotlardan foydalanish tarixni yanada chuqurroq o'rganishga xizmat qiladi. O'zbekiston hududining uzoq o'tmishidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda xitoy manbalarini o'rni juda kattadir. Bulardan quyidagi xitoy manbalari muhim rol o'ynaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Shi Szi" - Sima Syanning "Shi Szi" ("Tarixiy esdaliklar") 130 bobdan iborat bo'lgan asaridir. Sima Syan Xitoy tarixshunoslarining otasi hisoblanadi.

Sima Syan — (taxminan miloddan avvalgi 145 yoki 135—86-yillar) Lunmin (hozirgi Shensi viloyati) shahrida saroy tarixchisi Sima Txan oilasida tug'ilgan, mamlakat bo'ylab ko'p sayohat qilgan, otasi vafot etgandan keyin (miloddan avvalgi 108-yili) uning o'rniga saroy tarixchisi sifatida qabul qilingan. Miloddan avvalgi 98-yili imperatoiga qarshi chiqib, sarkarda Li Linni himoya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib, saroydan quvib yuborilgan. Lekin, u ruhiy tushkunlikka tushib qolmadi va bo'lajak tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. Ko'p vaqt o'tmay, Sima Syan yana saroyga taklif etildi va imperator Bosh mahkamasi boshlig'i etib tayinlanadi, kitobini yozib tamomlashga sharoit yaratib berilgan.

Uning "Shi Szi" nomli asarida Xitoyning qadim

KIRISH

zamonlardan to miloddan avvalgi I asr boshlariga qadar o'tgan

November, 2022

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tarixi bayon etilgan. Asarda O'zbekiston, uning 123-bobida xususan Farg'ona va uning qadimiy xalqi hayoti haqidagi qimmatli ma'lumotlar mavjud.

"Shi Szi"ning to'la matni olti jild qilib 1959-yili Pekinda e'lon etilgan. Rus tiliga taijima etilib (l.Ya.Bichurin, L.S.Vasilyev, L.S.Perelomov, Yu.L.Krol va boshqalar), 1972, 1975, 1984, 1986-yillari chop etilgan. E.Shavann (1865—1905) tomonidan fransuz tiliga taijima qilinib, 1895 - 1918-yillari 5 jildda bosmadan chiqqan.

"Syan Xan shu" - Yirik tarixchi olim Byan Gu (39-92) tomonidan yozilgan bo'lib, bu asar "Syan Xan shu" ("Avvalgi Xan sulolasining tarixi") ataladi. Tarixchi Anlin (Shensi viloyati) shahrida G'arbiy Xan sulolasi (miloddan avvalgi 206 — milodning 220-y.) xizmatida turgan yirik mansabdor va tarixshunos oilasida tug'ilgan, 47—55-yillari Loyanda oliy ta'lim olgan, 58—82-yillari o'z asarini yozadi. "Syan Xan shu"ning 95-bobida O'zbekiston (ayniqsa, kangli, yuechji va usunlar haqida) va Sharqiy Turkistonning qadimiy tarixi, xalqi va uning hayoti haqida ko'p muhim ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. "Syan Xan shu" 1962-yili Pekinda 12 jildda nashr qilingan. Inglizcha taijimasi (G.Dubs, Baltimor, 1938-1944) ham bor.

"Xou Xan shu" - Tarixchi Fan Xua (398-445) tomonidan yozilgan "Xou Xan shu" ("Keyingi Xan sulolasi tarixi") asari ham ahamiyatlidir. Olim avvalgi Xan sulolasi (25-220)ga xizmat qilgan. Kichik davlat lavozimida turgan va 424-yili viloyat hokimligiga ko'tarilgan. Davlatga qarshi isyonda qatnashganlikda ayblanib qatl etilgan. "Xou Xan shu" Xitoyning avvalgi Xan sulolasi davridagi tarixni o'z ichiga olgan 130 bobdan iborat katta asardir. Unda O'zbekiston, Sharqiy Turkiston va Jung'oriyaning 25-221-yillar orasidagi tarixi haqida ma'lumotlar bor.

"Bey shu" - Bu asar Tan sulolasi (618-907) davrida yashagan yirik tarixchi Li Yan-shou (taxm. 595-678) qalamiga mansub bo'lib, "Bey shu" ("Shimoliy sulolalar tarixi") 100 bobli asardir. Unda Shimoliy Xitoyda Vey (386-535), Si (550-577), Chjou (557-581) sulolasi hukmronligi, ya'ni 386-581-yillar tarixi bo'yicha ma'lumotlar beriladi. Asarda O'zbekiston, xususan Xorazm hamda Sharqiy Turkiston haqida qimmatli ma'lumotlami uchraydi. "Bey shu" 1958-yili Shanxayda chop etilgan.

Keyingi manbalardan biri Xitoy tarixchilari jamoasi tarafidan yozilgan asar bo'lib, u "Suy shu" ("Suy xonadonining tarixi") nomi bilan mashxurdir. Uni yozishda Vey Chjen (580-643) - Tan sulolasi davrida o'tgan tarixchi, imperator Chjen-Guan (626-650) davrida uning o'g'li va toj-u taxt vorisiga tarbiyachi bo'lgan, Yan Shi-Gu hamda Kxun In-da bilan birgalikda ishtirok etib, asarda Xitoyning Suy sulolasi davrida, V-

November, 2022

632

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

VI asrlardagi ijtinioiy-siyosiy tarixi 85 bobda bayon etilgan. Kitobning 55 bobi 637-yili yozib tamomlangan. Qolgan 30 bobiga esa 20-yil vaqt ketgan. Asarda imperatorning iqtisodiy siyosati, qo'shinning tuzilishi, mamlakatning ahvoli, xalqning urf-odatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Uning 83-bobida O'zbekiston va Sharqiy Turkiston haqida ham diqqatga sazovor ma'lumotlami uchratamiz. Ko'p jildli "Sulolalar tarixi" tarkibida 9-jild sifatida 1958-yili Shanxayda bosilgan.

"Szyu Tan shu" va "Sin Tan shu" - "Szyu Tan shu" ("Tan sulolasining eski tarixi") imperator Jen-Szunning topshirig'i bilan yozilgan. Ouyan Syu (1007-1072) va Sun Si (998-1061) 960-1279-yillari hukmronlik qilgan Sun (Janubiy va Shimoliy Xitoy) sulolasi tarixchilari 1043-1060-yillari shu sulolaning yangi tarixi "Sin Tan shu" ("Tan sulolasining yangi tarixi")ni yozganlar. Har ikkala asar ham o'ziga xos afzalliklariga ega bo'lib, ma'lum darajada bir-birini to'ldiradi.

XVIII asrda tarixchi Shen Bin-chjen har ikkala tarixni bir-biriga bog'lab, unga "Sin szyu Tan shu xechao" ("Tan sulolasining bir-biri bilan qo'shilgan yangi hamda eski tarixi") deb nom qo'ydi. Asarda 618-907-yillar voqealari bayon etilgan. "Sin Tan shu"da O'zbekiston janubi, Afg'oniston, Eron hamda Sharqiy Turkiston haqida ma'lumotlar uchraydi. 1958-yili ko'p jildli "Sulolalar tarixi"ning 12-jildi sifatida Shanxayda chop etilgan.

Xitoy manbalarida Qang', Davan va Kushon davlatlari haqida qimmatli ma'lumotlar juda ko'p uchraydi. Mislo uchun quydagilarni keltirib o'tishimiz mumkin.

Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy) Qang' podshosi o'z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi haqida ma'lumot beriladi. Bundan xulosa chiqargan tadqiqotchilar o'sha davrda tashkil topgan Qang' davlatida kengash muhim rol o'ynaganligini, davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashganliklarini hamda ularning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lganligini ta'kidlaydilar.

Qang' davlatiga qarashli yerlar bir nechta viloyatlarga (yoki mulklarga) bo'lingan bo'lib, ularning har birini jobg'u yoki yobg'u (Xitoy manbalarida -chjaovu) deb nomlangan xokimlar boshqarganligi haqida ma'lumotlar uchraydi. Katta Xan sulolasi tarixida «qang'lilar mamlakati podshosining turar joyi Loyuenidagi Bityan shahrida» deb ma'lumot beriladi. Boshqa tarixiy manbalarda Loyueni nomi uchramaydi. «Qang' podshosining yozgi qarorgohi Loyuenidan yetti kun yo'l yurib boriladigan yerda joylashgan» degan ma'lumot beriladi. Shu sababli xitoy manbalarida Qang' davlati bo'yicha qimmatli ma'lumotl ar

olishimiz mumkin.

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

Davan davlat haqidagi yozma ma'lumotlar asosan Xitoy manbalarida - Chjan Syan ma'lumotlarida, Sima Syanning «Tarixiy xotiralar», Ban Gunning «Birinchi xan sulolasi tarixi» asarlarida beriladi. Bu manbalarda ushbu davlat «Dayuan» yoki «Davan» nomi ostida eslatiladi. Farg'ona so'zi Sug'd manbalarida «Fragonik» shaklida yozilib «tog'lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik» ma'nosini bersa, Xitoy manbalaridagi Dayyuan ham «tog'lar orasidagi vodiy» ma'nosini beradi. Mil.avv. II asrga oid Xitoy manbalari Farg'onada 70 ta katta-kichik shaharlar borligi haqida ma'lumot beradi. Sima Syanning «Tarixiy xotiralar» asarida Davanning ikkita poytaxti - Ershi va Yuchen bo'lganligi haqida xabar beriladi.

Mil.avv. 125 yilda Davanga kelgan Xitoy elchisi Chjan Syan bu yerda qishloq va shaharlari obod, sug'orma dehqonchilik va hunarmandchilik xo'jaliklari yuksak rivojlangan, kuchli harbiy kuchlarga ega davlatni ko'radi. Chjan Syan Davanning qishloq xo'jaligi haqida ma'lumot berib, shunday yozadi: «O'troq aholi yer haydaydi, g'alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko'plab yaxshi otlar bor. Davanning barcha joylarida uzum vinosi tayyorlaydilar. Boy xonadonlar uni katta miqdorda tayyorlaydi, bu ichimlik xumlarda bir necha o'n yillarda ham buzilmay saqlanadi». Xitoy elchi, bu davlat aholisi juda xushmuomala, mehmondo'st, ko'ngli ochiq odamlar ekanligi haqida ma'lumot bergan.

Xitoy manbalari qadimgi Farg'onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o'zlari uchun notanish bo'lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbalarda yana shunday ma'lumot bor: «Xitoy elchisi urug' keltirdi, shunda osmon farzandi(Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi». Davanliklarning bog'larida uzumdan taщqari anor, o'rik va boshqa mevali daraxtlar ko'p bo'lgan. Xitoy tarixchilari bu mevalarning Xitoy da paydo bo'lishini Davan bilan bog'laydilar.

Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg'ona chorvachiligining o'ziga xos tomoni bo'lgan yilqichilikning yuqori darajada rovojlanganligi haqida ham ma'lumotlar beradi. Davan davlati antik davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma'lum bo'lishicha, ularni yetishtirish bilan o'troq aholi shug'ullangan. «Davanda yaxshi otlar bo'lib, ular Ershi shahridadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo'lmaydilar». Davanning mashhur «samoviy otlari» tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. Davan davlati ma'lum bir siyosiy uyushmani tashkil etgan bo'lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda «Van» (podsho) unvoni bilan ish yuritgani eslatiladi. Manbalarda «Van» unvoniga ega bo'lgan Motsay, CHan Fin, Mug'ua, YAn'lyu kabi hukmdorlarning

nomlari saqlanib qolgan.

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

XULOSA

Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuechji qabilalari bosib olganligi haqida ma'lumot beradi. Bu qabilalar Xitoy manbalarida "Da-yuechji" - "Buyuk" yoki "Katta yuechji" deb eslatiladi. Chjan Szyan ma'lumotlariga ko'ra, yuechjilar xunn qabilalaridan mag'lubiyatga uchragach O'rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. Katta Xan uyi tarixida ham yuechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o'z poytaxtlariga asos solganliklari ta'kidlanadi. Xitoy manbalaridagi "Guyshuan hokimi Kiotszyukyu", ilk Kushon davriga oid topilma tangalar aks ettirilgan "Kushon podshosi Kujula Kadfiz"ga aynan mos tushadi. Xitoy mualliflari Kadfiz II taxtga o'tirganidan so'ng "Tyanchju (Markaziy Hindiston)ni zabt etdi va u yerga o'z sarkardalaridan birini boshqarish uchun qoldirdi. Shu davrdan boshlab yuechji kuchli va boy davlatga aylandi", deb xabar beradilar.

Kidariylar, Xioniylar Eftalitlar va Turkiy xoqonliklar haqida ham Xitoy mabalarida juda ko'p uchraydi. Bundan ko'rinib turibdiki O'rta Osiyoning qadimgi darvidagi Qang', Davan, Kushon va ilk o'rta asirlarda mavjud bo'lgan Kidariylar, Xioniylar va Eftalitlar, Turkiy xoqonliklarni o'rganish bo'yicha Xitoy manbalarining ahamiyati katta va qimmatlidir.

REFERENCES

1. Bdumajid Madraimov, Gavhar Fuzailova "Manbashunoslik" O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2008.

2. B.J.Eshov, A.A.Odilov "O'zbekiston tarixi" I - jild Toshkent-2013

3. Нигматов, А. Х. (2021). МУЗЕЙНАЯ ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИИ ИНФОРМАТИЗАЦИИ. ББК 72 K 59, 79.

4. Nigmatov, A. X. O., Misaboyeva, M. B., & Yormatov, A. P. O. (2021). KORRUPSIYA-FUQAROLIK JAMIYATINING TANAZZULI. Academic research in educational sciences, 2(2), 125-131.

5. O'G'Li, Nigmatov Alisher Xayrulla. "Sharq Uyg 'onishi davrida ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy masalalari." Science and Education 1.5 (2020): 157-161.

6. Отабек Махаматжонович Норматов, Алишер Хайруллаевич Нигматов. Роль Духовного Воспитания В Реализации Государственной Молодежной Политики. " Development of Science and Technology: A Mechanism for Selecting and Implementing Priorities" 2022/3/25: 98-102.

7. Тилабаев, С. Б., & Иззатова, А. У. (2020). ИСТОРИЯ

ГОРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ (НА ПРИМЕРЕ ГОРОДА

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ФЕРГАНА). Актуальные научные исследования в современном мире, (4-5), 131-133.

8. Aziza Izzatova, Izzatova Ra'no.(2021). Shayboniylar sulolasining me'moriy yodgorliklari, ularning arxitekturasi va ahamiyati."Узбекистонда илмий-амалий тадкикотлар" мавзусидаги Республика 31-куптармокли илмий-масофавий онлайн конференсия. 8. 7-9.

9. ИЗЗАТОВА АЗИЗА.(2021). МАРКАЗИЙ ОСИЁ ДАВЛАТЧИЛИГИ ТАРИХИДА АМИР ТЕМУР ШАХСИГА МУНОСАБАТ (ИСПАН МАНБАЛАРИ АСОСИДА). МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИ: ЯНГИ ИЛМИЙ ТАД^ЩОТЛАР ВА ЁНДАШУВЛАР Халкаро илмий конференция материаллари.Тoшкент «TURON-IQBOL». 137-138.

10. Иззатова, А.(2021). Марказий Осиё давлатчилиги тарихида Амир Темур шахсига муносабат (испан манбалари асосида).Марказий Осиё тарихи: янги илмий тадкикотлар ва ёндашувлар Далкаро илмий конференция материаллари.

11. A. Izzatova.(2019). O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ISPANIYA BILAN SAVDO-IQTISODIY, MADANIY ALOQALARINING RIVOJLANISHI. УЗБЕКИСТОННИНГ ЖАДОН ДАМЖИМАТИГА ИНТЕГРАЦИЯЛАШИШ ЖАРАЁНИ Республика илмий-амалий конференцияси материаллари туплами.

137-138

154-158.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.