Научная статья на тему 'QADIMGI XITOY SAYYOHLARI ESDALIKLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MA’LUMOTLAR'

QADIMGI XITOY SAYYOHLARI ESDALIKLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
392
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xitoylik sayyohlar / Buyuk Ipak yo’li / Turk xoqonligi / Chjan Chyan / Farg‘ona / Du Xuan / Chinese tourists / the Great Silk Road / the Turkish Khanate / Zhang Qian / Ferghana / Du Xuan

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xubbaliyeva, Maxpurat Xamzayevna

Mazkur maqolada Qadimdan o’zining qulay geografik joylashuvi, unumdor, serhosil yerlari bilan mashhur bo’lgan Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurgan va o’z xotiralarida yurtimiz tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar qoldirgan sayyohlar yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFORMATION ON THE HISTORY OF CENTRAL ASIA IN THE MEMORIES OF ANCIENT CHINESE TRAVELERS

This article describes the tourists who visited the Central Asian region, which has long been famous for its favorable geographical location, fertile, fertile lands, and left in their memories valuable information about the history of our country

Текст научной работы на тему «QADIMGI XITOY SAYYOHLARI ESDALIKLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MA’LUMOTLAR»

QADIMGI XITOY SAYYOHLARI ESDALIKLARIDA MARKAZIY OSIYO TARIXIGA

OID MA'LUMOTLAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7335743

Xubbaliyeva Maxpurat Xamzayevna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti Xubbaliyeva.91@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada Qadimdan o'zining qulay geografik joylashuvi, unumdor, serhosil yerlari bilan mashhur bo'lgan Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurgan va o'z xotiralaridayurtimiz tarixiga oidqimmatli ma'lumotlar qoldirgan sayyohlaryoritiladi.

Kalit so'zlar: xitoylik sayyohlar, Buyuk Ipak yo'li, Turk xoqonligi, Chjan Chyan, Farg'ona, Du Xuan

Annotation. This article describes the tourists who visited the Central Asian region, which has long been famous for its favorable geographical location, fertile, fertile lands, and left in their memories valuable information about the history of our country.

Keywords: Chinese tourists, the Great Silk Road, the Turkish Khanate, Zhang Qian, Ferghana, Du Xuan

Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Osiyoning eng yirik qo'shnilaridan biridir. Qadimdan Markaziy Osiyo va Xitoy o'rtasida iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojlanib borgan. Shuningdek, Xitoydan Markaziy Osiyoga ko'plab sayyohlar, savdogarlar va elchilar tashrif buyurgan. Ularning esdaliklarida tariximizni atroflicha o'rganish uchun qimmatli ma'lumotlar mavjud. Jumladan, Xan sulolasi davrida Chjan Chyan (tug'ilgan yili noma'lum- miloddan avvalgi 103 yil), Ban Chao, Gan Ying, Jin sulolasi davrida Fa Syan (337-422), Tan sulolasi davrida Shyuanzan (602-664), Yijin (635-713), Jianchjen (688-763), Vukun (730-790), Du Huan (751-763) kabi sayyohlar va budda rohiblari Markaziy Osiyo to'g'risida yozishgan.

Chjan Chyanning sayohatlari haqidagi xabarlar miloddan avvalgi I asrga oid Xitoy tarixiy xronikalarida, Sima Szyan tomonidan yozilgan "Tarixiy xotiralar" (Shiji) da ko'p keltiriladi. Chjan

Chyan bevosita Farg'onadagi Davan (^^-qadimiy xitoycha Dayuan. Miloddan avvalgi 2-1

asrlardagi Xitoy manbalarida Farg'ona vodiysidagi ushbu qadimiy davlat keng, obod, boy mamlakat deb ta'riflanadi. Aholisi 300 ming kishini tashkil etgan) [1] podshohligiga, Yuechjilar

( ^R), Baqtriya (^M) o'lkasiga tashrif buyurdi.

Chjan Chyan avval Farg'ona viloyatida Tarim havzasining g'arbida joylashgan Davanga tashrif buyurdi. Bu yerdagi tulporlar juda mashhur bo'lgan. Xitoy manbalarida ushbu "Osmon tulporlari" haqida ma'lumotlar yozilgan. Chjan Chyanning ta'kidlashicha, Davan Xan imperiyasi poytaxtidan to'g'ridan-to'g'ri g'arbda emas, balki shimoli-g'arbiy tomonda joylashgan. Uning ma'lumotlariga ko'ra, masofa va yo'nalishlar quyidagicha berilgan: Chan'andan Davan (Farg'ona) gacha g'arbda 10 000 li Chan'andan Yanszegacha 5000 li

Davandan Kangju shimoliga yoki shimoli-g'arbiy tomonigacha 2000 li Davandan Usun davlati shimoli-sharqigacha 2000 li Janubi-g'arbda Davandan Dasya (Yunon-Baqtriya) gacha 2000 li Davandan g'arbda dayuechjigacha 2000-3000 li G'arbda dayuechjidan Ansigacha bir necha ming li

Dasya shahridan Shendu (Hindiston) bo'ylab janubi-sharqda bir necha ming li [2]

Biroq, yuqoridagi xaritaga ko'ra, Chjan Chyanning Davan va dayuechji davlatlari o'rtasidagi 2000-3000 li masofa haqidagi ma'lumotlari mantiqan to'g'ri kelmasligi va bo'rtirilgan deb xulosaga kelishimizga imkon beradi. [2] Shunday qilib, Kangju Davandan 2000 li shimoliy-g'arbda edi. Dasya Davandan 2000 li janubiy-g'arbda joylashgan. Dayuechji Kangjuning janubida, Dasya esa dayuechjining janubida. Ammo Davandan dayuechjigacha 2000 li bo'lishi mumkin emas edi. Chjan Chyan ularni birinchi bo'lib xitoycha "li" uzunlik o'lchovida aniqlagan.

Chjan Chyan Davan qirolining yordamini olgach, janubi-g'arbiy tomonga Yuechjilar hududiga yo'l oladi. Xitoy manbalarida yuechjilarning harbiy qudrati kuchli ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, Chjan Chyan Baqtriyaga boriladigan uchta yo'l haqida o'z hukmdoriga so'zlab beradi. Birinchi yo'l xavfli bo'lib, kyanglar yurtidan o'tgan. Ikkinchi yo'l xunlar nazoratidagi Buyuk Ipak yo'lining janubiy tarmog'i, uchinchi yo'l esa Xitoyning janubiy-g'arbidagi Sichuan viloyatidan Hindistonga boradigan yo'l ekanligini aytadi. [1] Xitoy hukmdori Baqtriya bilan hamkorlikda xunlarga qarshi kurashish uchun Chjan Chyanni bir necha marotaba elchi sifatida yuboradi. Mamlakat aholisi ko'p bo'lib, taxminan 1 000 000 yoki undan ortiq kishini tashkil etilganligi qayd etiladi. Poytaxti Lanshi (Baqtra) bo'lib, u yerda barcha turdagi tovarlar sotib olinishi va sotilishi haqida yozilgan.

Chjan Chyan Buyuk Ipak yo'lidagi bir nechta shaharlardan o'tgan. Keyinchalik sayyohlar, elchilar ham Buyuk Ipak yo'li orqali Markaziy Osiyoga tashrif buyurishgan. Shuning uchun, xitoy manbalarining aksariyat qismida Markaziy Osiyo haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Shunday qilib, Miloddan avvalgi II asrning so'nggi uch o'n yilliklarida Xan sulolasi Markaziy Osiyoning bir qator davlatlari bilan aloqa o'rnatadi. Miloddan avvalgi II asrning oxirgi o'n yilligida boy va qudratli Xan sulolasi bu aloqalarga katta e'tibor qaratadi. Sima Szyan yozganidek, imperator o'zining boyligini namoyish qilish uchun ko'plab xorijiy elchilarni ajoyib tarzda qabul qiladi va o'zining ko'plab elchilarini yuboradi. O'z obro'sini ko'tarish uchun hukmdor Vu Di hatto uzoq Davanga qarshi urush olib borib, buning uchun katta miqdorda pul sarfladi. Darhaqiqat, Xan sulolasining shon-shuhrati g'arbga qadar kirib bordi.

Markaziy Osiyo haqida ma'lumot beruvchi o'rta asrlarga tegishli xitoy manbalaridan biri Du Huanning "Du Huanning borgan joylari xotirasi" ("Du Huan Jing Xing Ji") nomli asaridir. Du Huanning tug'ilgan va vafot etgan yillari noma'lum. [3] "Du Huanning borgan joylari xotirasi"

R

О

asari 762-763 yillarda yozilgan. Muallif asarda 12 yil davomida Turkistonning ko'plab hududlarida ko'rgan-kechirganlarini bayon qiladi. [4]

Shuningdek, Du Huanning bu asari Xitoyning Tan sulolasi (618-907 yillar) va Turk Xoqonligi o'rtasidagi Buyuk Ipak yo'li ustidan nazorat qilish huquqini qo'lga kiritish uchun bo'lgan kurash, Talas daryosi bo'yida sodir bo'lgan jang haqida qimmatli ma'lumotlar beradi.[5] Bu jangda asir olingan ko'plab hunarmand va rassomlar Samarqandga olib ketilgan degan ma'lumotlar uchraydi. Du Huan ularni Samarqandda qog'oz ishlab chiqarishni yo'lga qo'yganliklarini va do'konlar ochganligini qayd etadi.

Mazkur manbalar bizga tarixni o'rganishimizda, geografik tadqiqotlar qilishda muhim material bo'lib xizmat qiladi. Xitoy manbalarida Markaziy Osiyo hududidagi shaharlar, ularning joylashuvi, aholisi va ijtimoy-madaniy hayotiga oid qaydlarni uchratamiz. O'z navbatida bunday ma'lumotlar bizga yurtimiz tarixini yanada chuqur tadqiq qilishimizda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. A.Xo'jayev. Buyuk Ipak yo'li: munosabatlar va taqdirlar. Toshkent-2007. 149 b.

2. Л.А.Боровкова. Запад Центральной Азии во II в. до н.э. — VII в. н.э.(историко-географический обзор по древнекитайским источникам). // М.: 1989. 181 с. ISBN 5-02016459-3

3. 1987

4. Bai, Shouyi et al. (2003). A History of Chinese Muslim (Vol.2). Beijing: Zhonghua Shuju.

5. Schottenhammer, Angela (2015). "Yang Liangyao's Mission of 785 to the Caliph of Baghdad: Evidence of an Early Sino-Arabic Power Alliance?". Bulletin de l'École française d'Extrême-Orient. 101: 177-242.

6. Юлдашев, А. С. У. (2019). Региональное развитие КНР: на примере социальноэкономического развития Западного Китая. Региональные проблемы преобразования экономики, (4 (102)), 34-40.

7. Юлдашев, А. (2022). ОСНОВНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ И ПОТЕНЦИАЛ ТОРГОВО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ УЗБЕКИСТАНОМ И КИТАЕМ. Sharq ma'shali/Восточный факел, 14(1), 136-144.

8. Нигманов, А. У. (2020). XITOYDA YOQILGI-ENERGETIKA MAJMUASI VA TARMOQ RIVOJLANISHING GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI. ГЕОГРАФИЯ: ПРИРОДА И ОБЩЕСТВО, 1(2).

9. Nigmanov, A. U. (2019). O 'zbekistonda atom energetikasini rivolantirish muammolari va sohaning istiqbollari. Молодой ученый, (42), 323-325.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.