Научная статья на тему 'BUYUK IPAK YO'LI-MULOQOT VA HAMKORLIK YO'LI'

BUYUK IPAK YO'LI-MULOQOT VA HAMKORLIK YO'LI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
9379
518
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ipak / Buyuk / Xan / Chjan Syan / Dovon / Xitoy / Rixtgofen / tranzit / U-Di / Tangiy Ganfu / Kurona / xunnlar / Qang'kiya / gazlama / Sian / Zariasp / O'rtaOsiyo / Jahon savdo yo'li. / Silk / Great / Han / Zhang Xiang / Dowan / China / Rixtgofen / transit / U-Di / Tangi Ganfu / Kurona / Huns / Qanqkiya / fabric / Xi'an / Zariasp / Central Asia / World Trade R

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Og’abek Bahriddin Ogli Mamayusupov, Quvonchbek Dilmurod O’g’li Bozorov

Mazkur maqolada insoniyatga uzoq yillar mobaynida iqtisodiy,siyosiy,ijtimoiy,savdo-sotiq sohasida o'zaro almashinuvida xizmat qilgan savdo yo'lining vujudga kelish tarixi,rivojlanishi,bugungacha va bugungi kundagi holati,yurtimizning ushbu yo'l tarixida tutgan o'rniniga doir muhim tarixiy ma‘lumotlar berilgan.Buyuk ipak yo'li-mil.avv.II asrdan to milodiy XV asrgacha,qariyib 1700 yil davomida Sharq va G'arb o'rtasidagi aloqalarda xizmat qilgan.Buyuk ipak yo‘li ko‘pgina davlatlarning tarixiy svilizatsion aloqalarida muhim vosita sifatida,insoniyatga uzoq yillar mobaynida xizmat qilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the history of the emergence, development, present and present state of the trade route, which has served humanity for many years in the economic, political, social, trade exchanges, the role of our country in the history of this path. The Great Silk Road served in the relations between East and West for about 1700 years, from the 2nd century BC to the 15th century AD. has served humanity for many years, as an important tool in historical civilizational relations.

Текст научной работы на тему «BUYUK IPAK YO'LI-MULOQOT VA HAMKORLIK YO'LI»

BUYUK IPAK YO'LI-MULOQOT VA HAMKORLIK YO'LI

Og'abek Bahriddin o'g'li Mamayusupov

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabasi e-mail: o gabekmamayusupov2 @gmail. com Tel+998978472807

Quvonchbek Dilmurod o'g'li Bozorov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi e-mail: quvonchbozorov8gmail.com Tel+998999727354

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada insoniyatga uzoq yillar mobaynida iqtisodiy,siyosiy,ijtimoiy,savdo-sotiq sohasida o'zaro almashinuvida xizmat qilgan savdo yo'lining vujudga kelish tarixi,rivojlanishi,bugungacha va bugungi kundagi holati,yurtimizning ushbu yo'l tarixida tutgan o'rniniga doir muhim tarixiy ma'lumotlar berilgan.Buyuk ipak yo'li-mil.avv.II asrdan to milodiy XV asrgacha,qariyib 1700 yil davomida Sharq va G'arb o'rtasidagi aloqalarda xizmat qilgan.Buyuk ipak yo'li ko'pgina davlatlarning tarixiy svilizatsion aloqalarida muhim vosita sifatida,insoniyatga uzoq yillar mobaynida xizmat qilgan.

Kalitso'zlar:Ipak,Buyuk, Xan, Chjan Syan, Dovon, Xitoy, Rixtgofen, tranzit, U-Di, Tangiy Ganfu, Kurona, xunnlar, Qang'kiya, gazlama, Sian, Zariasp, O'rtaOsiyo, Jahon savdo yo'li.

ABSTRACT

In this article, the history of the emergence, development, present and present state of the trade route, which has served humanity for many years in the economic, political, social, trade exchanges, the role of our country in the history of this path. The Great Silk Road served in the relations between East and West for about 1700 years, from the 2nd century BC to the 15th century AD. has served humanity for many years, as an important tool in historical civilizational relations.

Keywords: Silk, Great, Han, Zhang Xiang, Dowan, China, Rixtgofen, transit, U-Di, Tangi Ganfu, Kurona, Huns, Qanqkiya, fabric, Xi'an, Zariasp, Central Asia, World Trade R

KIRISH

BUYUK IPAK YO'LI — qadimda va o'rta asrlarda Sharq va G'arb mamlakatlarini ilk bor o'zaro bog'lagan qit'alararo karvon yo'li (mil. av. 2-a.— mil. 15-a.).[1: 814-b.] Buyk ipak yo'li atamasi ushbu yo'ldan tashilgan qimmatbaho tovar — Xitoy ipagi bilan bog'liq.[1: 814-b.] G'arb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sir-asrorlaridan bexabar bo'lishgan. Tadqiqotchilaming fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li shakllana boshlaydi. Bu yo'l XIX asrning ikkinchi yarmida (1877) nemis olimi Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen tomonidan dastlabki marta "Ipak yo'li" degan nom oldi va keyinchalik butun dunyo tadqiqotchilari tomonidan "Buyuk ipak yo'li" deb e'tirof etildi.[2:96-b.]Ushbu yo'lning vujudga kelishi Xan imperiyasi elchisi Chjan Syan sababchidir.Chjan Syan - xitoylik diplomat va sayyoh bo'lib, Xitoy uchun uzoq davrlar davomida yopiq bo'lgan O'rta Osiyoga birinch marta borib,ushbu mintaqadagi yo'llar, mamlakatlar va xalqlar haqida ma'lumot to'plab kelgan birinchi davlat elchisidir[3: 146-b.].Manbalarda keltirilishicha mil.avv.140-yilda Xan sulolasi taxtiga Lyu Che[mil.avv.156-87]o'tiradi shu munosabat bilan unga,xitoyliklar ananasiga ko'ra U-Di [jangovor xoqon]deb nom beriladi[4: 17-bob.54-b.].Azaliy dushmanlari xunnlarga qarshi ittifoqchi topish uchun elchi Chjan Syanni mil.avv.138-yil asli kelib chiqishi xunnlardan bo'lgan,serg'ayrat tarjimon Tangiy Ganfu xamrohligida sharqqa jo'natadi.Ammo ular ko'p yurmasdan Kurona mamlakatida xunnlar qo'liga tushib qoladi.[4: 17-bob,54-b.].Oradan 10 yil o'tgandan so'ng u yerdan qochib,Farg'onaga yetib boradi.Chjan Syanning shaxssan o'zi Farg'ona, Da-Yueji, Baqtriya, Qang'kiya kabi davlatlarga borgan.[5: 67-bob.67-75-b.] Ularning atrofidagi 5-6 davlat haqida boshqalar orqali surishtirib bilib, ularning hududi, boyligi va iqtisodiy ahvoli to'g'risida o'z hukmdori U-Di ga axborot bergan.[5: 67-bob.67-75-b.]Elchi Chjan Syanning bosgan qadami va yurgan yo'li orqali keyinchalik "Buyuk ipak yo'li"nomini olgan savdo yo'li vujudga keldi.

ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda xalqaro ahamiyatga va aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li shakllana boshlaydi. Buyuk ipak yo'li orqali Xitoydan ipak, chinni idishlar,choy va boshqa mahsulotlar chet mamlakatlarga chiqarilgan.[6: 149-b.]Bu yo'l orqali O'rta Osiyodan Xitoyga turli xil gazlamalar, qo'y terisi, qurol, qimmatli toshlar, otlar olib borilgan.[6: 150-b.]. Buyuk ipak yo'li Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga keladi.[7: 89-b.] Bu yerda u ikkiga ajraladi.

Ipak yo'lining janubi-g'arbiy tarmog'i Taklamakon sahrosi orqali Xotanga,undan Yorkentga kelib,Pomir to'g'i orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariasp[Balx]ga kelgan. Balxda yo'l yana uch tarmoqqa ajraladi, G'arbiy tarmog'i Marvga, Janubiy tarmog'i Hindistonga, shimoliy tarmog;i Termiz orqali Darband, Nautak, Samarqandga qarab ketadi[7: 89-90-b.] Ipak yo'lining shimoli-g'arbiy tarmog'i esa Dunxuandan Bami, Kuchi, Turfan, orqali Tarim vohasiga-Qashqarga boradi. U yerdan Toshqo'rg'on orqali O'zgan, O'sh, Quva, Axsikent, Popga, undan Asht dashti orqali Xo'jand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandda Nautak yo'li bilan birlashadi. Yo'l Samarqanddan G'arbga Dobusiyaga, Malik cho'l orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Boykent va Farg'onaga borib, Amul shahriga o'tadi. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo'ylab ketayotgan yo'lga qo'shilgan.[7: 89-90b.]Buyuk Ipak yo'lining Xitoydan O'rta Osiyoga keluvchi yo'nalishida dastlabki hudud sifatida Farg'ona vodiysi muhim o'rin tutgan edi. Ushbu hudud orqali o'tgan tranzit savdo yo'llari yo'nalishlari bo'yicha keyingi yillarda ko'plab yangi ma'lumotlar paydo bo'ldiki, ularning tahlillariga asoslanib Farg'ona vodiysidagi yirik shaharlarning bu transmintaqaviy aloqa yo'li yo'nalishlarida tutgan o'rni va ahamiyati hamda bu davr Farg'ona davlatchiligi rivoji haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin.[8: 163-b.]

Xitoy manbalarining ma'lumot berishicha, bu davrda Davan davlatida 70 dan ortiq shaharlar mavjud bo'lib, ular Buyuk Ipak yo'li yo'nalishlarida joylashgan edi, ular bilan mahalliy ahamiyatga molik yo'llar orqali bog'langan edi. Bu shaharlar Buyuk Ipak yo'li shakllangan dastlabki davrlardan boshlab Farg'ona vodiysining muhim iqtisodiy va madaniy markazlari, ayrimlari (Ershi, Sho'rabashat) esa siyosiy-ma'muriy markazlar sifatida mintaqaning ichki va tashqi aloqalarida faol ishtirok etib kelgan.[9]. Buyuk Ipak yo'lining Farg'ona vodiysi shaharlari orqali o'tgan asosiy yo'nalishlari Asht dashtlari orqali Xo'jandga ,Eski Chotqol tog'laridagi Qamchiq va Rezak dovonlari orqali Choch vohasiga olib kelgan. Bu yo'llar Ohangaron va Chirchiq daryosi vodiylaridagi shaharlar va makonlar orqali Sirdaryodagi muhim kechuvlar tomonga yo'nalgan.

Tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra, mil.avv. III—II asrlarda Toshkent vohasida keyingi davrlar uchun ham katta ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bo'lib o'tadi va bu jarayonda aloqa yo'llarining ahamiyati ulkan bo'ldi. Bu holat birinchi galda, vohaning qudrati Qang' davlati shakllangan hudud sifatidagi o'rni bilan hamda qadimgi shaharlarning paydo bo'lishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'muriy-siyosiy ahamiyati oshib borishi bilan izohlanadi.[10: 54-b.] Toshkent vohasidagi qadimgi shaharlarning Sirdaryoning o'ng qirg'oq hududlarida, Ohangaron va Chirchiqning quyi oqimlarida

shakllanganligidan xulosa chiqargan ayrim tadqiqotchilar vohada urbanizatsiya jarayonlari boshlanishida qo'shni Sug'dning ta'siri katta bo'lgan deb hisoblaydilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'z navbatida O'rta Osiyoning bu ikki tarixiy-madaniy viloyatlari o'rtasidagi qizg'in iqtisodiy-madaniy munosabatlar xamda vohani Sug'diyona bilan bog'lovchi aloqa yo'llari jadal faoliyat ko'rsatganligi ta'kidlanadi.[11: 122-b.] Ustrushona va Toshkent vohasidan Zomin va Jizzax orqali kelgan savdo yo'li Sug'diyonaning poytaxti Afrosiyob (Samarqand)ga olib kelgan. Bu shaharning o'sha davr O'rta Osiyoning ichki va tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalarida muhim o'rin tutgan yirik savdo yo'llari chorraxasida joylashganligini alohida ta'kidlash lozimdir. Afrosiyobdan Amudaryo kechuvlariga tomon ketuvchi yo'llar bu davrda Janubiy So'g'd, hozirgi Qashqadaryo viloyati hududlari orqali o'tgan. Kesh (Uzunqir), Nikshapa (Yerqo'rg'on), Naxshab kabi yirik shaharlar vohaning ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan.[12: 512-b.] Sug'diyonadagi yo'llar Buyuk Ipak yo'li shakllanib, mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib borishiga mos ravishda kengayib boradi. Samarqanddan quyi Qashqadaryo vohasi orqali Amudaryoning o'rta oqimidagi kechuvlarga olib chiquvchi yo'llar Sug'diyonaning mintaqaviy ahamiyatga ega karvon yo'llari edi.

Bu davr Zarafshon daryosining quyi qismiga, Buxoro vohasiga chiquvchi yo'llarda ham qizg'in aloqalar davom etgan. Bu davr Xorazm vohasidagi asosiy punktlar - shaharlar, qal'alar, qo'rg'onlar Amudaryoning quyi oqimidan daryoning har ikkala qirg'og'iga chiqilgan yirik kanallar bo'ylab joylashgan edi.[13] Surxon vohasida (Shimoliy Baqtriya) mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar bilan bog'langan Termiz shahri alohida ahamiyatga ega. Amudaryodan kechuv joyida joylashgan bu ko'hna shahar mintaqaning markaziy hududlarini Shimoliy Afg'oniston va Hindiston shaharlari bilan bog'laydigan muhim xalqaro savdo-tranzit yo'li ustida edi. Undan tashqari bu shahar Amudaryo suv yo'lidagi muhim punktlarga egaligi bilan ham boshqa shaharlardan ajralib turadi.[14]. Ipak yo'lining Buxoroga kelgan tarmog'i ikkiga bo'lingan. Bu tarmoqning janubiy yo'nalishi Buxoro-Qarshi-Guzor-Kesh-Termiz orqali Hindistonga o'tib ketgan. Nishopurdagi tarmoqlaridan biri Tehron-Qazvin-Hamadon-Bag'dod-Palmira yo'nalishi bo'ylab O'rta Yer dengizi bo'yidagi Tir shahrigacha cho'zilgan.

Umuman olganda Buyuk Ipak yo'lining janubiy tarmog'i O'zgan orqali O'shga o'tib, Quva-Marg'ilon-Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoroga o'tgan. Shimoliy yo'nalishi esa Xazar xoqonligi va Bulg'or davlati orqali Kiyev

Rusi va Yevropa mamlakatlariga borib, bu tarmoq VI asrdan boshlab rivojlana boshlagan. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Ipak yo'lining asosiy karvon yo'llaridan tashqari ichki savdo yo'llari ham mavjud edi.

Agar geografik xaritaga e'tibor beradigan bo'lsak, O'rta Osiyoni qadimgi sivilizatsiyalar o'zaro aloqalar tizimining markazida joylashganligini kuzatishimiz mumkin. Aynan mana shunday geografik joylashuv tufayli qadimgi O'rta Osiyoda muhim etnik jarayonlar (hindevropa, hind-eroniy, turklarning ko'chishi, ko'chmanchilar migratsiyasi) bo'lib o'tishiga, madaniyatlarning o'zaro ta'sir doirasi faollashuviga keng imkoniyatlar yaratildi. Buyuk Ipak yo'li bo'ylab keng miqyosdagi savdo-sotiq jarayonlari bo'lib o'tdi, diplomatik shartnomalar hamda harbiy ittifoqlar tuzildi. Osiyoning ichkarisiga va Uzoq Sharqqa harfiy yozuv va dunyo dinlarining (buddaviylik, xristianlik, zardushtiylik, moniy, islom) yoyilishida O'rta Osiyo xalqlari ulkan hissa qo'shdilar. Buyuk Ipak yo'li faqat karvon yo'li bo'libgina qolmasdan, Yevrosiyo xalqlari sivilizatsiyasida, jumladan, o'zbek xalqi davlatchiligi rivoji hamda boshqaruv tizimining takomillashuvida, shaharlar va madaniyatlar taraqqiyoti tarixida o'chmas iz qoldirgan jarayondir.[15] O'rta Osiyo hududlari orqali o'tgan qadimgi savdo karvon yo'llari o'rta asrlar davrida ham ichki va tashqi xalqaro iqtisodiy, madaniy va diplomatik aloqalarda muhim ahamiyatga ega bo'ldi.

Ilk o'rta asrlarda so'g'dlar, rivojlangan o'rta asrlarda Movarounnahr va xorazmliklar, so'nggi o'rta asrlarda buxoroliklar va xivaliklar xalqaro aloqalarda katta o'rin tutib, turli hududlar xalqlarini o'zaro bog'lashda asosiy vositachi bo'lgan edilar.[16] Milodning III asrning ikkinchi yarmi - IV asrda O'rta Osiyoning o'troq dehqonchilik vohalariga ko'chmanchi xalqlar - kidariylar, xioniylar va eftaliylar bostirib kiradilar. Buning natijasida ko'chmanchi va o'troq xalqlar o'rtasida qonli urushlar boshlanib etnik hududlar o'zgaradi, eski sulolalar inqirozga uchrab yangilari paydo bo'ladi, madaniyatlar o'zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum paydo bo'ladi. Yuzaga kelgan vaziyat, geosiyosiy o'zgarishlar Buyuk Ipak yo'lidagi savdo jarayonlariga, G'arb va Yaqin hamda Uzoq Sharq mamlakatlari o'rtasidagi madaniy va diplomatik munosabatlarga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. O'z ahamiyatini yo'qota boshlagan yo'llar o'rniga mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bog'liq holda xalqaro tranzit aloqa yo'llarining yangi tarmoqlari vujudga kela boshlaydi.

Ma'lumki, XV asrning oxirlarida yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro dengiz yo'llarining ochilishi tufayli Yevropa va Osiyo davlatlarining ko'pchiligi hayotida, xalqaro aloqalar va savdo yo'llari tizimida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Undan tashqari XV-XVI asrlarda Usmonli

turklarning istilolari ham G'arbiy Yevropa xalqlari bilan Markaziy Osiyo o'rtasida mavjud azaliy aloqa yo'llari yo'nalishlarining o'zgarishiga olib keldi. Natijada, ulkan hududlarni qamrab olgan Buyuk Ipak yo'li XVI asrdan boshlab o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. Bu holat birinchi navbatda Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli G'arbiy Yevropadan Xitoy va Hindistonga olib boruvchi dengiz yo'llarining ochilishi va ulardan izchil foydalanishning boshlanishi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, bu davrda O'rta Osiyoda boshlangan o'zaro sulolaviy kurashlar markaziy davlat xokimiyatining zaiflashuviga, karvon yo'llari xavfsizligining to'liq ta'minlanmaganligiga olib keldi. Natijada asrlar davomida Sharq va G'arb dunyosini bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'li inqirozga uchradi.[17: 71-75-b.]

XULOSA

Xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, Mil. avv.1 ming yillikning oxiri-milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho'zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlar-Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang' davlati, Parfiya davlati, Rim saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo'lib "Buyuk ipak yo'li" deb nomlanuvchi bir yo'l bilan bog'landilar. Umumiy uzunligi 12 ming km bolib, Xitoydan O'rta Yer dengizining shimoliy qirg'oqlariga qadar cho'zilgan bu yo'l orqali ko'pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar o'rnatdilar. Podsholarning o'zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg'alar in'om etishlari an'anaga aylandi. Sharq bilan G'arb madaniyatining bir-biriga ta'siri kuchaydi. O'sha davrdagi ko'plab madaniy o'xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.Buyuk ipak yo'li orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma'naviy qadriyatlari, diniy g'oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo'lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqo'l harbiy navkarlari VII asrda islom ta'limotini olib kelganlar. Savdogarlar va targ'ibotchilarning o'tkazgan yo'llari bo'ylab mo'g'ullar sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingizxon sahroyi bosqinchilari quyundek o'tgan. Buyuk Ipak yo'lining qoq yuragi bo'lgan Samarqand shahridan o'rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Amir Temur o'z yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yo'llaridan asrlar bo'yi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar

edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi - savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo'lda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo'li bo'ylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va an'analarini bilib oldik. Sharq va G'arbni o'zaro bog'lagan bu beqiyos buyuk yo'lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O'zbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo'lib, ularning me'morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo'lining ko'p asrlik tarixini o'zida mujassam etadi.

REFEENCES

I.O'zbekiston Milliy Enksklopediyasi I jild.Toshkent 2005.814-bet 2.O'zbekiston tarixi-R.H.Murtozoyev.Toshkent.2005.96-101-bet. 3.Buyuk ipak yo'li-A.Xo'jayev.Toshkent.2007/146-bet 4.Shi-Ji{Tarixiy xotiralar}-Sima Yan,Sima Chyan.130 bob/17-bob;54-bet. 5.Xan-Shu{Xan sulolasi tarixi}-Ban Gu.200 bob/67-bob;67-75-bet.

6 .Qadimgidavr{ Iqism}B.Boymenov,U.Shoimov,F.Bozorboyev,F. Sultonov,Sh.Yod gorov,Toshkent/2006. 149-150-bet.

7.Vatan tarixi-R.Shamsuddinov,Sh.Karimov,Toshkent;2010./89-90-bet.

8. O'zbekiston tarixi:I jild{eng qadimgi davr-XIX asr o'rtalarigacha} Toshkent:20014./163-bet.

9.Tangday sichou chjilu yuy Chjungya lishi dili yanjyu{Qadimgi ipak yo'li va Markaziy Osiyo Tarixiy geografiyasiga doir tadqiqotlar}-Shyuy Shyuan .Sian:2000./129-bet

10.Buyukipakyo'lidagiFarg'onashaharlariB.X.Matboboyev,R.T.Shamsuddinov,A. Mamajonov.Andijon:Meros:1994./54-bet

II.Farg'ona tarixiga oid ma'lumotlar-A.Xo'jayev.;Farg'ona:2013./122-bet 12.O'zbekistonda moziy e'tiqodlari tarixi-X.Karomatov;Toshkent.2008./512-bet. 13.Sog'diyona tarixidan lavxalar-B.Eshov.Toshkent.2002. 14.O'zbekistonning tarixiy o'tmishi-E.Rtveladze.Toshkent/2009.

15.Markaziy Osiyoning qadimgi yo'llari:shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari-O'.Mavlonov.Toshkent./ Akademiya.2008.

16.Velikiy shelkoviy put{Buyuk ipak yo'li}-E.Rtveladze.Toshkent/Sharq.1999.

17.O'zbekiston tarixi-Q.Usmonov,M.Sodiqov,S.Burxonova. Toshkent.2006/71-75-bet.

18.Bozorov Quvonchbek Dilmurod o'g'li, Panjiyev Jamshid Tohir o'g'li, & Xolboyev Jorabek Lutfullo og'li. (2021). Abu Ali ibn Sina and Medicine. Texas Journal of Medical Science, 3, 44-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.