Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR'

O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

4076
389
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / rivojlantirish / amaliy / asoslar / siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy ahamiyat / xalq / xo„jalik / tarmoqlar / ta‟sir doirasi / buyuk ipak yo„li / tourism / development / practice / fundamentals / political and socio economic significance / people / economy / industries / sphere of influence / the Great Silk Road.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibroimov Sherzod Ibroim Ogli, Ismoilov Azamat Adxamovich

Maqolada mamlakatda turizmga yo„nalishida amalga oshirilgan ishlarga to„xtalgan. Turizmning rivojlanishining bir necha bosqichlarda bo„lib tushuntirilgan. Turizmning rivojlantirishdagi qilingan ishlar asosan mustaqillikning ilk yillariga to„g„ri keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LOOK AT THE HISTORY OF TOURISM DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

The article focuses on the work done in the field of tourism in the country. Explained in several stages of tourism development. The work done in the development of tourism dates back to the first years of independence.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

O'ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR

Ibroimov Sherzod Ibroim o'g'li Ismoilov Azamat Adxamovich

Toshkent viloyati Chirchiq davlat Toshkent viloyati Chirchiq davlat

pedagogika instituti pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatda turizmga yo'nalishida amalga oshirilgan ishlarga to'xtalgan. Turizmning rivojlanishining bir necha bosqichlarda bo'lib tushuntirilgan. Turizmning rivojlantirishdagi qilingan ishlar asosan mustaqillikning ilk yillariga to'g'ri keladi.

Kalit so'zlar: turizm, rivojlantirish, amaliy, asoslar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat, xalq, xo'jalik,tarmoqlar,ta'sir doirasi, buyuk ipak yo'li.

A LOOK AT THE HISTORY OF TOURISM DEVELOPMENT IN

UZBEKISTAN

ABSTRACT

The article focuses on the work done in the field of tourism in the country. Explained in several stages of tourism development. The work done in the development of tourism dates back to the first years of independence.

Keywords: tourism, development, practice, fundamentals, political and socioeconomic significance, people, economy, industries, sphere of influence, the Great Silk Road.

KIRISH

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta'kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta'sir ko'rsatadi. U mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va kapital oqimini ta'minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo'lib hisoblanadi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyotii rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko'rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug'ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekistonda turizm infratuzilmasiga Sobiq Ittifoq davridanoq asos qo'yilgan edi. Biroq, bu sohadan keladigan daromadlarning qayta taqsimlanish muammosi odatdagidek markaz tomonidan hal etilar edi. 1985-89 yillarda O'zbekistondagi ichki va hududiy turizmning xajmi 1,4-1,6 mln kishini, bunda chet ellik turistlarning miqdori atiga 130-180 ming kishini tashkil etardi xolos. Bu vaqtga kelib, ya'ni 1985 yilda Turkiyada 1,5 mln, 1992 yilda esa 7 mln, 2003 yilda esa 11 mln atrofida xorijiy turistlar tashrif buyurishdi. 1981 yilda Vengriya 14,2 mln turistlarni qabul qilgan bo'lsa, 1991 yilga kelib bu miqdor 19,1 mlnga yetdi. 1992 yilda O'zbekistonning turistik sohasi chet ellik turistlarga faqatgina 27 ta, 2003 yilda esa 50 dan ortiq xizmat turini taklif etdi. Turkiya, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa bu ko'rsatkich 250-400ni tashkil etadiD. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan turizmni rivojlantirish ustuvor masalaga aylandi. Umuman olganda, O'zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini rivojlanishini beshta bosqichga bo'lish mumkin.

Birinchi bosqich (o'z ichiga 1992 yilni oladi). Ushbu bosqich Respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan «O'zbekturizm» Milliy kompaniyasiga asos solindi.

Ikkinchi bosqich (1993-1995 yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar ko'rsatish hajmining oshib borishi bilan birgalikda yangi turistik yo'nalishlarni ishlab chiqish, xizmat ko'rsatishni yaxshilash, turizmning moddiy-texnik bazasini kengaytirish, boshqaruvning tashkiliy strukturasini takomillashtirish va boshqa shu kabilar bilan bog'liq bo'lgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdiki, ularni faqatgina «O'zbekturizm» milliy kompaniyasi doirasida hal etish imkoni bo'lmay qoldi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

Kompaniya turistik operatorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilish maqsadida Germaniya (Frankfurt-Mayn), Buyuk Britaniya (London), A+SH (Nyu-York), Birlashgan Arab amirliklari (Sharja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda o'zining vakolatxonalarini ochdi.

Uchinchi bosqich (1995-1997 yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida «O'zbekturizm» milliy kompaniyasi tizimidagi turistik obyektlar umumiy miqdorining 90 foiziga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi.

To'rtinchi bosqich (o'z ichiga 1998 yilni oladi). Ko'plab mutaxassislarning baholashlaricha, bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, xususiyroiqtiso va investitsiyalarni barqaror oqimini ta'minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari darajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli bo'lgan xizmat ko'rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi.

Beshinchi bosqich (1999 yil maydan hozirgi davrgacha). Ushbu bosqichda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizmni rivojlantirishning davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni nafaqat mamlakatdagi milliy va xalqaro turizmni tutgan o'rnini mustahkamlash uchun siyosiy asosni shakllantirdi, balki uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash imkoniyatini berdi. Ushbu meyoriy hujjat asosida turistik korxonalarga qo'shimcha boj imtiyozlari berildi. Bundan tashqari, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarida turizm bo'yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi. Ushbu yilning avgust oyida mamlakat Parlamentida «Turizm to'g'risida»gi qonun qabul qilindi va buning natijasida turizm sohasini faoliyat ko'rsatishining huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi.

NATIJALAR

O'zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, mamlakatning asosiy turizm rayonlariga bo'linishi xususida to'xtalib o'tish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda Respublikada to'rtta asosiy turistik mintaqa mavjud bo'lib, ular Farg'ona, Samarqand-Buxoro, Toshkent va Xorazm turizm mintaqalaridir. Farg'ona turizm mintaqasi Farg'ona vodiysini o'z ichiga qamrab oladi. Uning turistik resurslari arxeologik qazilmalar va me'morchilik obidalari, qulay tabiiy sharoitlar, an'anaviy xalq hunarmandchiligi va san'ati mahsulotlari, sanoat va agrar komplekslardan iborat. Bu yerda avtomobil va temir yo'llarning keng

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

tarmog'ini mavjudligi ham Farg'ona mintaqasidan turizm maqsadlarida foydalanishga, uning butun hududida turizm bazalari va dam olish maskanlarini joylashtirishga imkoniyat yaratadi. Toshkent turizm mintaqasi kelgusida turizmning barcha turlarini rivojlantirish uchun universal imkoniyatlarga egadir. Mazkur turizm rayonidagi madaniyat yodgorliklari, poytaxt viloyatining bugungi hayoti, qurilishlar, yangi shahar va qishloqlar, zamonaviy madaniyat, mintaqaning tabiati, boy landshafti, rang-barang o'simlik va hayvonot dunyosi uning diqqatga sazovor bo'lishiga sabab bo'ladigan muhim omildir. Avtomobil va temir yo'llari tarmog'i Toshkent turizmi mintaqasidagi turizm markazlarini bir-biri bilan bog'laydi hamda shahar atrofidagi temir yo'l va avtomobil turizmini rivojlantirishga imkon beradi. Samarqand-Buxoro turizm mintaqasi Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarini o'z ichiga qamrab oladi. Samarqand va Buxorodagi butun dunyoga mashhur me'morchilik obidalari ushbu mintaqadagi turizmni rivojlantirilishiga asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Zarafshon daryosi orqali o'tuvchi temir yo'l va keng tarmoqdagi shosse yo'llari, Zarafshon tog' tizmasi orqali o'tgan unchalik baland bo'lmagan dovonlar va yaxshi trassalar mintaqada turizmni rivojlantirish uchun g'oyatda qulay omil hisoblanadi. Xorazm turizm mintaqasining salohiyati asosan Xivaning Ichan +al'a qo'riqxonasida joylashgan va jahonda misli yo'q g'oyatda boy tarixiy-me'morchilik yodgorliklariga tayanadi. Faoliyat ko'rsatayotgan turizm mintaqalari bilan bir qatorda yana istiqbolli mintaqalar mavjud bo'lib, ular Jizzax, +arshi-Termiz va O'rta-+oraqalpoq mintaqalaridir. Kelajakda bu mintaqalardagi mavjud imkoniyatlarning rivojlantirilishi mamlakatimizda turizm xizmatlari bozorini yanada kengayishiga olib kelishi mumkin.

Har qanday sharoitda, xususan, o'tish davrida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda davlat asosiy rol o'ynaydi. Deyarli barcha davlatlar milliy iqtisodiyotida turizm tarmog'ining ahamiyatini oshirishga harakat qilishadi. Chunki, turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda quyidagi ustuvorliklarga ega: mahalliy ishchi kuchlarini malakali mehnat va yashash sharoitlari bilan ta'minlash manbai; bozorni shakllantirish hamda kapital investitsiyalarning oqib kelish mexanizmi; qurilish (mehmonxonalar, kempinglar. motellar), kommunikatsiya (uyali, tele va optik aloqa), transport (avtomobillar, avtobuslar, xalqaro andozolardagi temir yo'l vagonlari, samolyotlar), shuningdek xizmat ko'rsatish infratuzilmasi (avto yoqilg'i quyish stansiyalari) kabi sohalarga yangi texnologiyalar va nou-xau joriy etish vositasi; milliy xalq hunarmandchiligini rivojlantirish vositalari; mamlakatda va hududda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatni barqarorlashtirish omillari; tarixiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

yodgorliklar va madaniy merosni asrash usullari; davlatning valyuta daromadlarini samarali oshirish vositalari. Umuman olganda, davlat turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini yaratadi, bu soha uchun kadrlar tayyorlash masalasini yo'lga qo'yadi, viza rejimini soddalashtir adi, turistik mahsulotlar va an'anaviy tovarlarni ishlab chiqarishni rag'batlantiradi.

MUHOKAMA

Hozirgi vaqtda butun dunyoda, jumladan O'zbekistonda ham iqtisodiyotining noishlab chiqarish soxalaridan biri xususan turizm soxasiga katta e'tibor kuchayib bormoqda. Insonlar borgan sari o'zlarining bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishga, dam olishga, sog'ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf odatlarini, qadriyatlarini bilishga intilmoqda. Bundan tashqari, insoniyat har doim o'zining harakat doirasini o'zgartirib, yangi yerlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga katta turtki bo'ldi. O'tgan 2004 yilda dunyo aholisining har to'rtinchisi sayohat qilganlar. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi juda ham barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o'sish sur'ati 8-10 % gacha boradi. Bu davlatlarga Ispaniya, Italiya, Fransiya, A+SH va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Shunisi qiziqki turizm rivojlanishi bilan bir qatorda transport, bozor infratuzilmasi, savdo sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik hamda boshqa xizmat ko'rsatish sohalari rivojlanib ketadiD. Respublikamiz xalqaro turizmni rivojlantirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Bularga «Buyuk Ipak Yo'li»ning shox tomiri respublikamizdan o'tganligi, butun dunyoga mashxur tarixiy va madaniy shaxarlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, qo'qon, Toshkent va boshqa shaxarlar, tabiiy va sog'lomlashtirish resurslariga boy mintaqalarimiz Chimyon, Shoximardon, Zomin, Boysun, SHerobod va boshqa shaxarlar kiradi. Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun asos solindi deb hisoblasa bo'ladi. Bunga dalil sifatida 1995 yilda «Buyuk Ipak yo'li»ni qayta tiklashda O'zbekiston respublikasining faol qatnashishi va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to'g'risida»gi farmonining Prezidentimiz tomonidan qabul qilinishidir. Bu farmonga binoan turistik korxonalar bir qator soliq imtiyozlarga ega bo'lishdi. Bu farmon «Buyuk Ipak yuli»da joylashgan tarixiy va madaniy shaxarlarda turistik yo'nalishlarning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Ming yillar davomida «Buyuk Ipak yo'li» Osiyo va Yevropa xalqlarini birlashtirishning ahamiyatli va samarali usuli hisoblanib kelgan. Xuddi shu yo'l bo'ylab tovarlar, bilimlar, texnologiyalar, madaniyatlar almashuvi amalga oshirilgan, natijada

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

shaxarlarning, davlatlarning rivojlanishiga ko'maklashib kelgan. Hattoki, hozirgi vaqtda bu yo'l insoniyatga qanday global ahamiyatga ega bo'lganligini baholash qiyin. Ammo, o'zining faoliyatini tugatgandan keyin ham unga qiziqish yo'qolib ketmadi. Ayniqsa, transport va axborot aloqalarining, sanoat ishlab chiqarishning, tovar va xizmatlaring savdosini hamda Osiyo va Yevropa mintaqalarining integratsiya protsesslariga faol qatnashuvi «Buyuk Ipak yo'li»ning «ikkinchi nafasi»ni olganini ko'rish mumkin.

«Buyuk Ipak yo'li»da xalqaro turizmni rivojlantirishning bir ko'rinishi bo'lib, janubiy-sharqiy Osiyoni Yevropa bilan bog'lab turadigan global Transosiyo transport liniyani shakllantirish hisoblanadi. U o'z ichiga Yaponiya, Xitoy, Xindiston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, +ozog'iston, Kavkaz davlatlari, g'arbiy Osiyo (Pokiston, Eron) davlatlari va albatta, Yevropa davlatlarini qamrab oladi. E'tiborga olish kerakki TRASEKA loyihasi doirasida «Delfin» izlanishi o'tmoqda. Bu izlanishning mazmuni karvon - saroylarni tashkil qilishning texnik-iqtisodiy asoslanishi, ekspertlarning fikriga ko'ra, bu «Buyuk ipak yo'li»ning rivojlanishiga va xalkaro hamkorlikning samarali natija berishiga yo rdam beradi, chunki O'zbekiston va Turkmanistonning asosiy yo'nalishlarida yoqilg'i stansiyalari, turar joylar, ovqatlanish punktlari va telekommunikatsiya zonalarining qurilishi yangi turistik zonalarning shakllanishiga hamda turistik avtotransportning paydo bo'lishiga olib keldi. 2002 yili Respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning Ispaniyaga tashrifi mobaynida Butunjahon Turizm Tashkiloti rahbari Franchesko Francheyzer bilan o'tkazgan muloqotida O'zbekistonning xalqaro turizm rivojlanishidagi ahamiyati, turistik tashkilotlar bilan olib borayotgan xalqaro hamkorligi, faoliyati, turistik tashkilotlarga ko'rsatilayotgan keng imtiyozlar va shart-sharoitlar haqida batafsil suhbatlashdilar.

Butunjaxon Turistik Tashkiloti ekspertlari «Buyuk Ipak yo'li»da qatnashishiga qarab, qatnashuvchi davlatlarni 3 qismga ajratgan. Birinchi qismga o'ziga xos turizm milliy modelini shakllantira boshlagan O'rta Osiyo va Kavkaz davlatlari kirgan. Bu yo'nalishda Butunjaxon Turistik Tashkiloti asosiy masala qilib turg'un rivojlanis h dasturini tuzishda, turistik tarmoqqa investitsiyani jalb qilishda, qonunchilikni ishlab chiqishda va kadrlarni tayyorlashda ko'maklashishi hisoblanadi. Ikkinchi qismga «Buyuk Ipak yo'li» obyektlarini o'z ichiga olgan va turistik maxsuloti bilan aniq tajribaga ega bo'lgan davlatlar kiradi. Bular Xitoy, Pokiston, Hindiston, Eron, Gretsiya va Turkiyalardir. BTT ning ekspertlari fikriga ko'ra bu yerda xalqaro

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

tashkilot «Buyuk Ipak yo'li» nomli turistik mahsulotning sotilishini rag'batlantirishi mumkin.

Uchinchi qism esa, qadimgi aloqaning oxirgi nuqtalarini o'z ichiga qamrab oladi. Bularga bir tomondan Yaponiya, Koreya, ASEAN davlatlari kiradi. Bu yerda Butunjaxon Turistik Tashkilotining vazifasi «Buyuk Ipak yo'li»ni targ'ibot qilish deb hisoblanadi, chunki bu davlatlar nafaqat katta turistik oqimni ta'minlaydi, balki bu yo'l bo'ylab turizm uchun yetakchi bozorlar hisoblanadi.

«Buyuk Ipak yo'li» turistik maxsulot mavqeining ko'tarilishi uchun albatta fundamental asos bo'lishi kerak. Uni sotish uchun barcha davlatlarning faol hamkorligi kerak. Bu yerda xususiy sektor va davlat sektori, xalqaro va ratsional tashkilotlar, alohida turoperatorlar va mexmonxona komplekslari munosabatisiz amalga oshirib bo'lmaydi. Butunjaxon Turistik Tashkilotining «Buyuk Ipak yo'li» loyihasi bo'yicha keyingi yig'ilishi Xitoyda 1996 yilda bo'lib o'tdi, bunda mahsulotning marketingiga oid masalalar ko'rib chiqildi. «Buyuk Ipak yo'li»da turizm bo'yicha ikkinchi anjuman ham bo'lib o'tdi. Ekspertlar fikriga ko'ra bu yerda «Buyuk Ipak yo'li»ning asosiy turistik resurslari: diqqatga sazovor joylar, madaniy va tarixiy obyektlar, joylashtirish vositalari, transport va axborot markazlari shakllandi. Bu tadbirlardan keyin ushbu loyiha rivojlana boshladi. Ammo, hamma savollar yetarlicha yechilmagan edi, shuning uchun ham 1997 yil aprel oyida Texronda «Buyuk Ipak yo'li» bo'yicha ikkinchi xalqaro yig'ilish bo'lib o'tdi. Bunda quyidagi masalalar shakllandi: «Buyuk Ipak yo'li»ning regionlarini xalqaro targ'ibot qilish, bu turistik ma'lumotni rekla ma qilish uchun global axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan (xususan Internet) foydalanish.

1994 yildan boshlab Butunjaxon Turistik Tashkiloti «Buyuk ipak yo'li» loyihasini barcha yirik xalqaro yarmarkalarda: Berlinda TTV, Londonda WTM va Madridda FJTUR faol targ'ibot qila boshladi.

Butunjaxon Turistik Tashkilotining bashoratlariga ko'ra 2020 yilga kelib dunyoning asosiy turistik yo'nalishlari bo'lib Xitoy hisoblanadi. Bu davlat hozirgi kunda 22 mln. turist qabul qila olishligi bilan oltinchi o'rinni egallaydi va o'rtacha yillik 8 % o'sish bilan Xitoyga keladigan turistlarning soni 137 mln.ga, Gonkongga esa 59 mln. kishiga yetib, birinchi o'rinni egallaydi. Bundan kelib chiqib, «Buyuk Ipak yo'li» loyihasiga ishtirokchilarning oldida turistik maxsulotni sha kllantirishda bu davlatlarni hisobga olish masalasi turibdi, masalan, Germaniya-O'zbekiston-Xitoy, Fransiya-O'zbekiston-Gonkong va boshqalar. Turistlarning yillik xarajatlari 5 mlrd. dollarga yetishini hisobga olsa, O'zbekiston ham bu valyutaning ayrim qismini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

shaklllantirishga va o'zlashtirishga yetarli imkoniyati bor. Chunki «Buyuk Ipak Yo'li» bo'ylab Xitoyga sayohat qiluvchi turistlarning asosiy qismi Respublikamiz orqali harakat qiladi. Bu degani xorijiy turistlarning mamlakatimizdagi turistik obyektlardan va transport vositalaridan foydalanganliklari uchun ma'lum bir valyutaning davlat budjetiga tushishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham xorijiy turistlar uchun «Buyuk Ipak yo'li» bo'ylab transport (tranzit) yo'nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Bu masalada madaniy va bilim qabul qilishga qaratilgan turizm eng katta qiziqish tug'diradi.

XULOSA

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o'zining ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Biroq, murakkab o'tish davri bilan bog'liq talaygina muammolar tufayli bu sohada ham ayrim kamchiliklar mavjud bo'lib bular haqida keyingi mavzularda atroflicha to'xtalib o'tamiz.

REFERENCES

1. Sherzod Ibroim O'Gli Ibroimov, & Saida Zunnunovna Mirzarahimova (2021). GEOGRAFIK NOMLARNING YOZILISHI VA TRANSKRIPSIYASI. Academic research in educational sciences, 2 (1), 789-798. doi: 10.24411/2181-1385-202100100

2. Шерзод Иброим ^ли Иброимов (2020). ГЕОГРАФИЯ ДАРСЛАРИДА ТАЛАБАЛАР БИЛИМИНИ НАЗОРАТ ^ИЛИШ УСУЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (4), 412-417.

3. Фуркат Туракулович Ражабов, & Азиза Абдуллаевана Олимова (2020). ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ ЕЧИМИДА ИННОВАЦИОН КЛАСТЕРНИНГ АХДМИЯТИ (ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, (3), 697-702.

4. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Гулчехра Курдашевна Юсупова (2021). БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДА У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ (ТАБИАТШУНОСЛИК ФАНИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 370-378.

5. Oybek Uralovich Abdimurotov (2021). "YEVROSIYO MATERIGI"NI O'QITISHDA "KEYS STADI" METODIDAN FOYDALANISH USULLARI.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-999-1007

Academic research in educational sciences, 2 (1), 377-382. doi: 10.24411/21811385-2021-00048

6. Шерзод Иброим Угли Иброимов, & Актути Араповна Туйчибекова (2021). БОШЛАНГИЧ СИНФ УКИТУВЧИСИ ФАОЛИЯТИДА МУЛОКОТ МАДАНИЯТИ ВА ПСИХОЛОГИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ (ТАБИИЙ ФАНЛАР МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 456-471.

7. Махмудов Мухаммадисмоил Мухитдинович (2018). Андижон вилояти туристик салохияти ва унинг минтака ривожланишига таъсири. Экономика и финансы (Узбекистан), (6), 21-26.

8. Sherzod Ibroim Oglu Ibroimov, & Xaytgul Omonboevna Begalieva (2021). БОШЛАНГИЧ ТАЪЛИМДА "ТАБИАТШУНОСЛИК" ФАНИНИ УКДТИШНИНГ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2 (Special Issue 1), 438-445.

9. Ражабов, Ф. Т., & Абдимуротов, О. У. (2020). ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯ КУРСЛАРИДА АМАЛИЙ МАШТУЛОТЛАРНИ ТАШКИЛ КИЛИШДА ЯНГИ ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ УСЛУБИЁТИ. Academic research in educational sciences, (4), 663-671.

10. Мухдммадисмоил Мухитдинович Махмудов (2021). ИКТИСОДИЁТНИ МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА АНДИЖОН ВИЛОЯТИДА ТУРИЗМНИ ДИВЕРСИФИКАЦИЯ КДЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (2), 880-891. doi: 10.24411/2181-1385-202100277

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.