Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
KLASTERLASH ASOSIDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Baxtiyor Azizkulov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti, PhD baxtiyor100774@mail. ru
Sharaf Tashmatov Samarqand iqtisodiyot va servis instituti [email protected]
Annotatsiya: Maqolada klasterlash asosida turizmni rivojlantirishga kompleks yondashish, zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi ob'ektlarini shakllan-tirish, hududlardagi mavjud salohiyatdan to 'liq va samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'lamini kengaytirish bayon etilgan. Shu bilan birgalikda sayyohlar qiziqishini oshirish, «jamlash markazi» orqali qulaylik yaratish va bu borada mahalliy aholining ijodiy yondashuvi yoritilgan.
Kalit so'zlar: innovasion yondoshuv, jozibadorlik, kompleks yondashish, salohiyat, samara, infratuzilma, «jamlash markazi», ijodiy yondashuv, istiqbol.
Abstract: The article describes a comprehensive approach to the development of tourism on the basis of clustering, the formation of modern tourism infrastructure, expanding the scope of work on the full and effective use of existing potential in the regions. At the same time, it focuses on increasing the interest of tourists, creating convenience through the "concentration center" and the creative approach of the local population in this regard.
Keywords: innovative approach, attractiveness, integrated approach, potential, efficiency, infrastructure, "concentration center", creative approach, perspective.
KIRISH
Turizm rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo'lib, chet el valyutasi va sarmoyalar oqimini ta'minlaydi, unga yaqin sohalarning tez o'sishiga ko'mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro'sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf - harajat bilan turizm sohasida katta valyuta miqdori kelib tushishini ta'minlash mumkin. Turizm sohasi taraqqiyotidagi hozirgi holat, uning istiqbolini belgilovchi ko'rsatkichlar tahlili turizm industriyasi faoliyatini shakllantirishning iqtisodiy, tashkiliy omillarini o'rganish, turizm xizmati sifatini ko'tarish, milliy turistik korxonalar, firmalar-ning raqobatbardoshligini ta'minlash hamda milliy turizm mahsulotiga xorijliklar talabini o'stirishga asos yaratadigan mukammal ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjudligini
863
Scientific Journal Impact Factor
ko'rsatmoqda. O'zbekistonda turizm industriyasi va infrastrukturasi, shu jumladan, turistik xizmat sohasi umummamlakat miqyosida olib borilgan xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tish jarayoni talablariga mos holda qayta isloh qilindi. Ammo bu sohada hanuz qator muammolar, hatto uning rivojiga g'ov bo'lib turgan "to'siqlar" ham mavjud [1].
Mamlakatimiz turizm tizimi taraqqiyotining jadal rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatib turgan omillardan biri turistik xizmatlar ko'rsatishning talab darajasida emasligidir. Bu esa, o'z navbatida, turizm industriyasining katta turistik resurslarga ega bo'lgan hududlarda sohani rivojlantirish imkoniyatini chegaralab qo'ymoqda. Bu esa, o'z navbatida, tabiiy va ijtimoiy resurslarni to'liq safarbar etishda o'ziga xos tizim hisoblanadi. Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va estetik ehtiyojlarni, madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga, ekologiyaga nisbatan munosabatlarni tartibga keltirishga, biologik xilma-xillikni asrab-avaylashga, aholining hayot darajasi tubdan yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bois, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga kompleks yondashish, zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi ob'ektlarini shakllantirish, hududlardagi mavjud salohiyatdan to'liq va samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham bugungi kunning eng muhim dolzarb masalalaridan biriga aylantirilmoqda.
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish muammolari mutaxassis-lar tomonidan nazariy va amaliy jihatdan muntazam muhokama qilinib kelinmoqda. Mazkur tadqiqot ishlari I.T.Balabanov, M.B.Birjakov, V.A.Kvartalnov, M.A.Jukova kabi xorijlik mutaxassislar va yurtdosh-larimiz N.T.Tuxliev, M.K.Pardaev, G'.H.Qudratov, Q.Mirzaev, O.Hamidov, M.Alimova, T.T.Tashmuratov [4] kabi iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilmoqda. Turizmda xizmatlar ko'rsatishni shakllanishi va rivojlan-tirishning iqtisodiy asoslarini hozirgi zamonda kechayotgan moliyaviy o'zgarishlar kesimida tashkil qilish umumiqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan ekanligi soha mutaxassislari tomonidan e'tirof etilgan. Ammo turizm sohasi rivojining konseptual asoslarini shakllan-tirish va uni amalda tatbiq etish jarayonining ko'p qirrali va g'oyat murakkab ekanligi bois tug'iladigan muammolarning aksariyati nazariy va metodik jihatdan to'liq o'rganilmay qolmoqda. Aynan shu holat tadqiqot ishining maqsadi va vazifalarini belgilash uchun asos bo'lib xizmat qildi.
Turizm sohasini uning funksiyalari nuqtai nazaridan ko'rib chiqsak, shu narsa aniq bo'ladiki, turizmning klassik tarzdagi uchligi «turizm + joylashtirish + ko'ngil ochish» ijtimoiy iqtisodiy soha vazifalarining qariyb hammasini o'z ichiga oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Scientific Journal Impact Factor
Bundan esa, «turizm turli xil, o'zaro bog'liq va bir-birini taqozo etadigan kichik tizimlardan iborat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim» ekanligi aniq bo'ladi [2].
Turizmning amalda mavjud bo'lgan, uning ko'p qirraliligini isbot-lovchi ko'psonli ta'riflari ham yuqoridagi fikrni tasdiqlashi mumkin. Amaliy turistik faoliyat mavjudligi uni o'rganish uchun nazariy metodik yondashuvlarni yaratish zaruriyatini keltirib chiqardi. Turizm rivojlanishi va ommaviy hodisaga aylana borishi bilan sayohat qilayotgan odamlarni statistik hisobga olish maqsadida «turizm» tushunchasiga berilgan dastlabki ta'riflar paydo bo'ldi [3].
Maqolada analiz va sintez, abstrakt-mantiqiy tahlil, tanlab kuzatish, statistik va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanildi.
Turizm sohasida davlat siyosati istiqbolda hududlar va ularning infratuzilmasini kompleks jadal rivojlantirishda turizm sohasi yetakchilik qilishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechish, ish o'rinla-rini ko'paytirish, hududlar diversifikatsiyasi va rivojlanishini ta'minlash, aholining daromadlari, yashash darajasi va sifatini oshirish hamda mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va imidjini yaxshilashga qaratilgan. 2018 yildan kirib kelayotgan xorijiy turistlar sonini ikki baravarga oshirishning muhim omillari sifatida viza rejimi, O'zbekistonda bo'lish qoidalari hamda tadbirkorlik faoliyatini olib borish tartibi soddalashtirilgani, turizm sohasida infratuzilmaning rivoj-lanishi va turizm salohiyatini targ'ib qilish choralari ko'rilgani ko'rsatish mumkin, shu jumladan: qo'shimcha 9 ta davlatga vizasiz rejim joriy etilgani, fuqarolariga kirish vizalarini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan davlatlar soni 12 tadan 50 taga ko'paygani; elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi ishga tushirilgan [4].
Mamlakatimiz hududlari aholisi turmush tarzining o'ziga xosligini e'tiborga olgan holda, ba'zi noodatiy loyihalarni sinab ko'rish talab etiladi. Masalan, turizm klasteri tushunchasiga kengroq urg'u berib, joylarda «klaster markazi» yaqinida besh yoki olti xonadondan iborat kichik posyolka bunyod etish va har taraflama ibratli, namunali oilalarni joylash-tirish lozim. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - chet ellik sayyohlarni mahalliy aholiga yanada yaqinlashtirish, ya'ni, bir-necha kunlik mehmon-navozlik davomida milliy qadriyatlarimizga qiziqish uyg'otish va ushbu bebaho merosdan bahramand qilishdan iborat. Shu bilan birga, joylarning tabiiy go'zalligi, urfodatlari hamda an'analari bilan tanishti-rishni mahalliy aholidan yaxshiroq uddalaydigan bironta mutaxassisni topish qiyin. To'g'ri, ushbu taklif o'z -o'zidan oson bitadigan oddiy ishlar emas, balki maxsus tayyorgarlikdan o'tish va moliyaviy mablag'lar bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Shu bilan birgalikda turizmni moliyalashtirishda ichki va tashqi investisiyalarni jalb qilish muhimdir (1-jadval).
1-jadval
Turizmni rivojlantirishni moliyalashtirish manbalari
Moliyalashtirish manbalari 1 yil 2 yil 3 yil
Turizmni rivojlantirish qo'mitasi + + +
Viloyatlardagi turizmni rivojlantirish departamenti + +
Davlat grantlari + + +
Kredit mablag'lari + + +
Innavasion loyihalar va ishlanmalar hamda xizmatlar realizatsiyasi xisobidan + +
Xomiylik manbalari + + +
Azolik badallari xisobiga + +
Turizmni rivojlantirish istiqbollari moliyaviy imkoniyatlarini yangi pog'onaga chiqarishda muhim rol o'ynaydi. Mazkur farmonda turizm salohiyatidan to'liq va samarali foydalanish, an'anaviy turizmga qo'shimcha tarzda - ziyorat qilish, ekologik, agroturizm, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog'lomlashtirish turlarini ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyatiga tatbiq etish nazarda tutilgan. Ayniqsa, bolalar, o'smir va yoshlar, oilaviy, keksalar uchun ijtimoiy turizm yo'nalishini ochish hamda kompleks rivojlantirish milliy va hududiy dasturlarni amalga oshirish bilan bog'liq. Ayni paytda O'zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning o'ziga xos urf-odatlari, marosim va an'analari, tabiat bilan uyg'un hayot kechirishlari milliy mentalitetimizning umumbashariy qadriyatlarga daxldor ekanligidan dalolat beradi [6]. Ushbu qadriyatlarning mintaqa-viy shakllari esa, mavjud imkoniyatlarni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xususan, sayyohlikning mamlakat iqtisodiyotga ta'siri, aholi farovon-ligini yuksaltirishdagi ahamiyatini inobatga olib, Qoraqalpog'iston Respublikasida ham mazkur soha izchil rivojlantirilmoqda. Ya'ni, qoraqalpoq zaminidagi mavjud ulkan tarixiy, boy arxeologik, ma'rifiy va ekologik salohiyatdan samarali foydalangan holda turistik infratuzilma-larni shakllantirish borasida bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilayotgani ijobiy samara bermoqda. Qoraqalpog'iston hududida 131 ta
866
Scientific Journal Impact Factor
arxeologik, 25 ta me'moriy, 89 ta monumental, (39 ta diqqatga sazovor ob'ekt), jami 284 ta me'moriy moddiy-madaniy meros ob'ektlari ro'yxatga olingan [2]. Ularni har taraflama himoya qilish, obodonlashtirish, qayta tiklash, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan dasturlarga mos tarzda amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mazkur hududda 30 dan ziyod turistik tashkilotlar samarali faoliyat yuritmoqda, ularning sonini tubdan oshirish, xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish, sayyohlarga yanada keng qulayliklar yaratish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Xususan, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tomonidan Beruniy tumanidagi «Qizil qal'a» hamda «Fil qal'a» arxeologik madaniy meros ob'ektlarida, Qo'ng'irot tumanidagi «Dovut ota» maqbarasida, Xo'jayli tumani «Mizdakxon» majmuasidagi «Nazlumxan suluv» me'moriy maqbarasida obodonlashtirish va qayta ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Nukus shahrida zamonaviy, jahon andozalariga mos keluvchi 40 o'rinli, To'rtko'l tumanida 25 o'rinli mehmonxona, Qo'ng'irot tumanidagi «Dovut ota» punktida «Ustyurt bon Voyage» mehmonxonasining 20 o'rinli filiali, Kegayli tumanidagi «Iyshan qal'a» tarixiy madaniy majmuasi va Ellikqal'a tumanidagi «Aqsha ko'l» turistik majmuasi va «Ayoz qal'a» arxeologik ob'ektlarida qurilish-ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda [4]. Umuman olganda, respublikaning barcha hududlarida jahon standartlariga mos keluvchi turizm infratuzilmalarini yaratish, xalqaro standartlar va me'yorlarni joriy etish, eng avvalo, sayyohlik yo'nalishidagi yo'l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, xizmat ko'rsa-tish hamda logistika sub'ektlarini, tarixiy-madaniy va arxeologik obidalarni inventarizatsiya qilish, xalqaro turizm talablariga muvofiq-lashtirish bo'yicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda sayyohlik yo'nalishlariga kiruvchi avtomobil yo'llari va yo'lbo'yi infratuzilmalarini to'liq xatlovdan o'tkazish ishlari bo'yicha «Nukus xalqaro aeroporti», temir yo'li va avtomobil vokzallari, I.V.Saviskiy nomidagi muzey, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri, «Istiqlol» hamda «Amir Temur» dam olish maskanlariga oid rus, ingliz, o'zbek va qoraqalpoq tillarida yozilgan yangi yo'l ko'rsatkichlari o'rnatildi.
YuNESKOning vakolatxonasi bilan birga «Visit Karakalpakstan» veb-saytini ishga tushirish yaqin kunlarda amalga oshiriladi. Turkiyaning «GG Turizm Sanat Yapim» kompaniyasi tomonidan Mo'ynoq tumanidagi tarixiy madaniy ob'ektlarda, shuningdek, Rossiyaning «Mir» xalqaro teleradio-kompaniyasi ijodiy guruhi tomonidan «Tayni vremeni» loyihasi bo'yicha Ayoz qal'a, I.V.Saviskiy nomidagi
MUHOKAMA
Scientific Journal Impact Factor
muzey, «Barsa-Kelmes» tuz ko'lida tasvirga olish ishlari olib borildi. Mo'ynoq va Orolbo'yi faunasi, mahalliy xalqning urf-odatlari va an'analarini tasvirga olish va ko'rsatuvlar tayyorlash uchun «Moya planeta», «National Geographie», «Animal planet», «Viasat Explore» telekanallari ijodkorlari taklif etildi. Qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq va Ajiniyoz ijodiga bag'ishlab xalqaro musiqali mushoiralar festivali, «Orol va Mo'ynoqning qayta tiklanishi» mavzuida xalqaro ekofestival, «Orolning 99 xil baliq taomlari» nomli gastro-nomik festivallarning nufuzi ortmoqda, shu jumladan, qatnashchilar uchun xalqaro maydonda yanada katta qiziqish uyg'otmoqda. «Aym tur» jamiyati, «Ayaz yurt» korxonasi, «Jahongashta» ShK, «Mavlyuda qaldirg'och» jamiyati, Quyi Amudaryo biosfera rezervati tomonidan yangi turistik yo'nalishlar ishlab chiqilib, chet ellik turoperatorlarga taqdim etildi.
Qayd etib o'tilgan mulohazalar respublikamizning ichki va tashqi salohiyatini, iqtisodiy va intellektual kuch-qudratini, o'z kasbu korimizga mahorat bilan yondashuvimizni namoyon etishda to'g'ri tanlangan strategik yo'lning ahamiyati katta ekanligini anglatadi. Bu yo'l - buyuk kelajak poydevoriga, dunyo hamjamiyatidagi o'rnimizni mustahkamlashga, ulug' maqsadlarimiz manziliga yaqinlashishni yana bir pog'onaga ko'tarishga xizmat qiladi. Ayni paytda turizm jahon iqtisodiyotida yuqori daromadli, mamlakatning moliyaviy, madaniy va intellektual maqomini belgilovchi yetakchi omilga aylanib bormoqda. Xususan, Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, Xitoy va Sharqiy Osiyoning YaIM va byudjet daromadlarining katta qismi, shuningdek, ayrim «mitti» davlatlar byudjetining 70-90 foizini tashkil qilmoqda. Bu jihat, aholi bandligi ta'minlanishiga, turmush sifati hamda hayot darajasi sezilarli darajada ijobiy tarafga o'zgarishiga ta'sir ko'rsatmoqda.
Bu jihat turistik oqim yo'nalishlari samarali tashkil etilishiga, talab va taklif muvozanatlari me'yorlashishiga ta'sir qiladi. Misol uchun, turizm sohasi rivojlangan mamlakatlarda turizm turlari uyg'un holatda, mutanosib ravishda tashkil etiladi, uning muntazamligiga, xizmat qiluvchi barcha omillarning muvozanati saqlab turilishiga katta e'tibor beriladi. Statistik ma'lumotlar tahlillari shuni ko'rsatadiki, chetdan kirib keluvchi hamda ichki sayyohlar o'rtasidagi tafovutlarni kamaytirishga erishish ham muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizning turizm industriyasi bozor muno-sabatlariga bosqichma-bosqich moslashtirilmoqda. Respublikamizda mavjud bo'lgan shart-sharoitlarni xalqaro turizm talablariga, umumjahon tendensiyalariga muvofiq tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bu borada respublikamizning o'ziga xos xususiyatlarini har taraflama chuqur tahlil qilish, turli mezonlar hamda qarashlarni umumlashtirish yo'li
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
bilan ko'zlangan maqsadlarni amalga oshirish mumkin. Butunjahon turizm tashkilotining tavsiyalari va mezonlariga e'tibor qaratish, mazkur bozordagi talab va taklifning o'zaro mutanosibligiga erishish talab etiladi. Masalan, ichki turizm bozoridagi narxlar darajasini qaytadan ko'rib chiqish, xorijiy turistik firmalarga berayotgan takliflar va ta'riflarni «cho'ntakbop» qilish ularning qiziqishlari oshishiga olib keladi.
Bu, o'z navbatida, xizmat ko'rsatish takliflarimizni jahon andozalari darajasiga yetkazish imkonini beradi. Shu bois, mamlakatimiz aholisini aksariyat qismini qishloq joylarda yashashishini inobatga oladigan bo'lsak, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, tashish va sotish bilan shug'ullanadigan maskanlarda milliy turmush tarzimizning o'ziga xos an'ana va qadriyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shu sababli ham, mahalliy aholining ijtimoiy faolligini oshirish, zamon bilan hamnafas yashashini shakllantirishda turizm infratuzilmasi va servis xizmatlari yo'lga qo'yilishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur bandlik hisobiga qishloqda ijtimoiy mehnatning xarakteri davriy tus oladi, milliy ishlab chiqarish turlari rivojlanadi, eng muhimi, zamonaviy xizmat ko'rsatishning ilg'or usullari yaratiladi.
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlari tadbirlar to'g'risida»gi Qarori. www.lex.uz
2. Azizkulov B.X., Siddiqov A.A. Assessment of the features of investment in the development of agrotourism based on a cluster approach. Journal of innovations in economy. 2021. Vol. 4, Issue 1. (40-48) pp. DOI 10.26739/2181-9491-2021-1-6.
3. Tashmatov, Sh. U. (2021). TURIZMNING MAMLAKAT IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1128-1132.
4. Tursunov F.U., Azizkulov B.X. Rriorities of tourism and ways to increase their attractiveness. Journal of innovations in economy. 2021. Vol.4. Issue 5. pp: 4-10.
5. To'xliyev I.S., Qudratov G'.X., Pardayev M.Q. Turizmni rejalashtirish. Darslik. -T.: Iqtisodiyot-moliya, 2010. -157 b.
6. Axtamova M. E., Urazov S. Sh. NEGOSUDARSTVENNIE SPOSOBI PRIMENENIYA OPITA RAZVITIX STRAN DLYA POVISHENIYA EFFEKTIVNOSTI OBRAZOVATELNIX USLUG V O'ZBEKISTANE //Arxivarius. - 2021. - T. 7. - №. 4 (58). - S. 37-40.
REFERENCES