Научная статья на тему 'SPORT TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI YONDOSHUVLAR'

SPORT TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI YONDOSHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

644
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ichki turizm / sport turizmi / tog„ turizmi / suv turizmi / turizm mashg„ulotlari / sayohat. / domestic tourism / sports tourism / mountain tourism / water tourism / tourism / travel.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akbarjon Abdulhamidovich Isayev, Muhammadismoil Muxitdinovich Mahmudov

Ushbu maqolada ichki turizmni shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo„lgan sport turizmi mashg„ulotlarini o„tkazish bo„yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek sport turizmini tashkil etishdagi mavsumiylik xususiyatlari joyning tabiiy sharoitlarni xisobga olish lozim bo„lgan masalalalr o„rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides methodological recommendations for conducting sports tourism activities, which are important for the formation and development of domestic tourism. The seasonal nature of the organization of sports tourism also raises issues that need to take into account the natural conditions of the place.

Текст научной работы на тему «SPORT TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI YONDOSHUVLAR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

SPORT TURIZMI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI

YONDOSHUVLAR

Akbarjon Abdulhamidovich Isayev

Andijon davlat universiteti [email protected]

Muhammadismoil Muxitdinovich Mahmudov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti muhammadismoilO 8@ gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ichki turizmni shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan sport turizmi mashg'ulotlarini o'tkazish bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek sport turizmini tashkil etishdagi mavsumiylik xususiyatlari joyning tabiiy sharoitlarni xisobga olish lozim bo'lgan masalalalr o'rin olgan.

Kalit so'zlar: ichki turizm, sport turizmi, tog' turizmi, suv turizmi, turizm mashg'ulotlari, sayohat.

APPROACHES TO THE ORGANIZATION OF SPORTS TOURISM

ACTIVITIES

ABSTRACT

This article provides methodological recommendations for conducting sports tourism activities, which are important for the formation and development of domestic tourism. The seasonal nature of the organization of sports tourism also raises issues that need to take into account the natural conditions of the place.

Keywords: domestic tourism, sports tourism, mountain tourism, water tourism, tourism, travel.

KIRISH

Respublikamizda turizm sohasini rivojlantirish, hududlarda turistik va unga yo'ldosh infratuzilmani kengaytirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm ob'yektlarini yaratish bo'yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoniga 1-ilova "2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi"da mamlakatda turizmni rivojlantirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Chunonchi unda ichki turizmni rivojlantirish bo'yicha ham alohida dasturlar ishlab chiqish belgilab qo'yilgan.

Bugungi kunda geografiya, tarix, jismoniy madaniyat hamda turizm yo'nalishi talabalari uchun dala amaliyotlari hamda turli sport turizmi mashg'ulotlari tashkillashtirilmoqda. Shuning uchun yosh avlodni jismoniy barkamol va ma'naviy yetuk inson qilib tarbiyalash vositalaridan biri sifatida ichki turizmni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilib bunda sport turizmi elementlaridan foydalanilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Turizm sohasining nazariy masalalari, uning barqaror rivojlanishi hamda hududiy hususiyatlari xorijlik va respublikamizdagi geograf va iqtisodchi olimlar tomonidan o'rganilgan. Xorijiy olimlardan Duglas G.Pirs, Rizard Vinarskiy, Endryu Xolden, Djulio Aramberri, Richard Batler kabi olimlar asarlarida ko'rib chiqilgan. Shuningdek, MDH mamlakatlarining I.V.Zorin, V.S.Bogolyubov, V.P.Orlovskaya, A.Durovich, N.I.Kabushkin, V.A.Kvartalnov, V.S.Senin, T.T.Xristov, A.D.Chudnovskiy, V.G.Fedsov, M.B.Birjakov kabi olimlarning ilmiy ishlarida turizm sohasini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Mamlakatimizning Q.X.Abdurahmonov, M.R.Boltaboyev, M.Q.Pardayev, I.S.Tuxliyev, G'.H.Qudratov, N.Tuxliyev, T.Abdullayeva, A.S.Soliyev, M.R.Usmonov, M.M.Muhamedov, D.K.Usmonova, M.Hoshimov, A.Norchayev, B.X.To'rayev, B.Sh.Safarov,

A.N.Nigmatov, M.T.Aliyeva, Sh.R.Fayziyeva, T.V.Kim kabi iqtisodchi va geograf olimlar o'z ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini yanada takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqqanlar. Shuningdek, O.X.Hamidov, N.Ibragimov, S.Ro'ziyev,

B.Berdiyorov, N.T.Shamuratova, B.Kamolov, Sh.Yakubjonova, M.Mansurov, Sh.Shomurodova kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida O'zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyati va Farg'ona vodiysi kesimida turizmning iqtisodiyotga ta'siri, ekoturizm, agroturizm masalalari ancha keng yoritilgan.

Tadqiqot natijasida adabiyotlarni umumlashtirib sport turizm mashg'ulotlarini quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

1. Madaniy hordiq chiqarish sayrlari, ekskursiyalar. (Istirohat bog'lari, tarixiy obidalar, yodgorliklar, madaniyat markazlari, ishlab chiqarish korxonalari hamda tajriba, tadqiqot markazlariga)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

2. Safarlar, sayohatlar. Bir kunlik va ko'p kunlik safarlarga bo'linadi. (Tabiat qo'yniga-qir adirlar, soy, daryo, ko'l va dengizlar sohillariga, o'rmonzorlarga safarlar)

3. Tog' turizmi-alpinizm. G'or turizmi-speologiya. Maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan sayohatchilarning tog' cho'qqilarini egallash hamda g'orlarni o'rganish bo'yicha sayohatlari.

4. Suv turizmi, dayving. Suv havzalariga maxsus moslamalarda qayiq, yaxta, koryaki, sollarda sayohatga chiqish, suv osti o'simliklar va hayvonotlari dunyosini o'rganish.

5. Avtoturizm- texnik vositalar yordamida safarlarga chiqish.

NATIJALAR

Ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan turizm mashg'ulotlari bolalar bilan tabiat qo'yniga safarlar hamda shahar yoki qishloq madaniyat markazlari, muzey va tarixiy yodgorliklar, istirohat bog'lari, cho'milish havzalariga sayrlar shakllarida bo'ladi.

Safar mashg'ulotlari avvalida safar yo'nalishi belgilanadi. Safarga chiqish muddati, yo'nalishi, davomiyligi, safar ishtirokchilari haqida mahalliy yashash joylarining rahbariyatlari, ichki ishlar va qutqaruv bo'linma boshqarmalariga yozma bildirgi beriladi. Safarga chiqadigan guruhlarning ishtirokchilari saralanadi. Guruhlar 3-15 kishilik bo'lishi mumkin. Sayohatchilar 2-5 guruhdan iborat bo'ladi. Ularga o'qituvchi va murabbiylardan rahbarlar tayinlanadi. Sayohatchilarning safardagi mas'uliyati belgilanadi. Safarlarga oshpaz, shifokor, qutqaruv ishlari bo'yicha mutaxassislar jalb etiladi. Xo'jalik qurollari, chodirlar, tunash jihozlari, ovqat tayyorlash jihozlari, qutqaruv anjomlari tayyorlanadi.

Turizm mashg'ulotlari o'tkazish va sayohatlarga chiqishda safar guruhlari tashkil etish va vazifalarini belgilashda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi.

• Sayohatlar maqsadi va vazifasi, safarlar yo'nalishi belgilanadi. Bunda bolalarning yoshi, jismoniy tayyorgarliklari hisobga olinadi.

• Safar yo'nalishlari qir adirlarga, soy, daryo, ko'l va dengizlar sohillariga, o'rmonzorlarga belgilanadi.Topografik kartasi tayyorlanadi.

• Tog' sayohatlari-alpinizm va suv havzalari, dengizlarga safarlarga chiqish hamda texnik vositalarda safar qilish maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan sayohatchilarga ruxsat beriladi.

• Ommaviy sayohatlar muddati bahor, yoz va erta kuz oylariga belgilanadi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 \ ISSUE 9 \ 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-826-832

• Qishda va tabiat hodisalar ko'p sodir bo'ladigan mavsumda sayohatlarga chiqish maxsus tayyorgarlik ko'rilgan guruhlarga ruxsat beriladi.

• Sayohat davomida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy ofatlar, jarohatlanishlar kabi salbiy hodisalarda qutqaruv choralari ko'rish, birinchi tibbiy yordam vositalarini tayyorlash.

• Safar guruhlarida sayohatchilarning mas'uliyatini taqsimlash, yo'lboshlovchi, qator oxiridagi harakatlanuvchi, oshpaz va shifokor yordamchilari, xo'jalik jihozlari uchun mas'ul, ommaviy tadbirlar tashkil etuvchilar belgilanadi.

• Safar uchun zaruriy jihozlarni tayyorlash: safar kiyimlari, bosh kiyim va poyabzal mavsum hamda safar yo'nalishi xususiyatiga muvofiq tanlanadi.

• To'rvalar sayohatchilar yoshi, jismoniy tayyorgarligiga muvofiq tanlanadi, suv o'tkazmaydigan, ko'p cho'ntaklardan iborat bo'lgan, ochib, yopish qulay bo'lgan bo'lishi kerak.

• Qo'shimcha kiyimlar, gigiyenik vositalar, yuvinish jihozlari, sochiqlar, ovqatlanish jihozlari, birinchi tibbiy yordam vositalari, igna, ip, yozuv qurollari, fotoapparat, adabiyotlar, durbin, fonar va boshqalarni tayyorlash.

• Safar chodirlari, uxlash qoplarini tayyorlash, xo'jalik qurollari, oziq ovqat mahsulotlarini, ommaviy tadbirlar uchun jihozlar olish.

• Aloqa vositalari tayyorlash va ulardan foydalanish uslublarini egallash.

MUHOKAMA

Turizm mashg'ulotlariga bolalarni jalb etishda ular organizmini tibbiy nazoratdan o'tkazish kerak. Shahar va qishloq madaniyat markazlariga, muzeylar va tarixiy yodgorliklarga, istirohat bog'lariga, cho'milish havzalariga sayrlarga barcha yoshdagi bolalarni jalb etish mumkin.

Sayohatlarga umumiy tayyorgarlik mashg'ulotlarida safar jihozlarini tayyorlash, kiyimlar va poyabzal tanlash, to'rvalarni, chodirlarni tayyorlash, turizm va sayohatlar to'g'risida nazariy bilimlarni shakllantirish, sayohat va safar joylari hayvonot va o'simlik dunyosi, milliy meroslar, tarixiy yodgorliklar xaqida kino va videofilmlar tomosha qilish, Vatan va uning tarixi xaqida, mashxur allomalar haqida kechalar, tajribali sayohatchilar, ustoz murabbiylar bilan uchrashuvlar ushtirish, yosh bolalarni sayohat shakllariga o'rgatish, axloqiy sifatlar, do'stlik, birodarlik, jamoatchilik, mardlik, tashkilotchilik, odillik, halollik kabi jihatlar shakllantiriladi.

Sayohatchilarning maxsus tayyorgarlik mashg'ulotlari jismoniy harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish hamda

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

takomillashtirish, ya'ni sayohatchilarda maxsus nazariy va amaliy bilim malaka va ko'nikmalar hosil qilishdir. Safarlar va sayohatlarga tayyorgarlik mashg'ulotlari davomida sayohatchilar hayotiy zarur bo'lgan yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oshib o'tish, osilish, tayanish, sudralish, emaklash, uloqtirish, surish, ko'tarish, suzish, cho'milish, suvlarni kechib o'tish, sol va qayiqlarda harakatlanish kabi harakatlarni o'rganadilar.

Ko'p kunlik safarlarga jismoniy va maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan o'smir bolalarni jalb etiladi. Sayohatlarga chiqish bir necha tayyorgarlik mashg'ulotlaridan so'ng amalga oshirilishi kerak. Safar yo'nalishi, davomiyligi va o'tkazish vaqti, sayohatchilar umumiy va maxsus tayyorgarligiga, shuningdek, ob-havo va iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak. Bir xil yo'nalishdagi sayohatga muntazam chiqish shart emas. Safar davomida har bir tadbir avvali va yakunida sayohatchilarni yo'qlama qilishni tashkil etish kerak.

Tunash joylariga o'rmon joylarining chekkasi, daraxtlar oz joylari, qir-adirlarning shamoldan pana joylari, qoyalardan uzoq, tosh va tuproq ko'chishi xavfi yo'q, suv havzalaridan kamida 50 metr uzoqlikda bo'lishi, hayvonlar inidan, avtomobil trassalaridan, sanoat korxonalaridan, elektr stansiyalaridan uzoq bo'lishini ham hisobga olish kerak. Tunash joylari quruq shox shabbalardan, tosh va kesaklardan tozalaniladi. Belgi yoki bayroqlar bilan chegaralanadi. Bir kishilik, ikki kishilik va ko'p kishilik chodirlarni o'rnatish uchun joy tanlash va tayyorlash hamda chodirlarni tikishda qoidalarga rioya qilanadi. Chodirlar shamol yo'nalishiga qarshi qilib o'rnatiladi. Suhbat qilib o'tirish, gulxan yoqish joylari tanlanadi.

Ommaviy ovqat tayyorlash uchun yoki mustaqil gulxan yoqishda texnik-xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Bunda gulxan o'rmon ichida bo'lmasligi, o'choqlar tosh devorlari bilan o'ralgan bo'lishi. Gulxan uchun uzoq yonadigan yog'li yog'ochlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Daraxtlarni kesish, o'zboshimchalik bilan o'tinlar tayyorlash ta'qiqlanadi. Gulxan cho'g'lari o'chirib tashlanishi, kullar ko'milishi kerak. Gulxanga bolalarni yaqinlashtirmaslik hamda tez alangalanuvchi moddalarni gulxanlardan uzoqroqda tutish, gulxan yoquvchi tayinlash, sovuq mavsumda isinishda ehtiyot choralarni ko'rish kerak. Chodirlarda tungi dam olishda olovsiz yoritgichlardan foydalanish. Uxlash qoplaridan to'g'ri foydalanish, ularni doimo toza va quruq saqlash kerak. Tunash vaqtlarida navbatchilar tayyorlash. Sayohatchilarning kechki va ertalabki yo'qlama qilishni joriy qilish amalga oshiriladi. Ko'p kunlik safarlarga chiqish uchun sayohatchilar guruhi maxsus tayyorgarlikka ega bo'lish kerak. Shuningdek, tunash bilan sayohat qilishga faqat 16 yoshdan yuqori bo'lgan bolalar ota-onalari ruxsatidan so'ng jalb

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

etiladi.

XULOSA

Murakkab yo'nalishdagi safarlar davomida, tabiiy ofatlar natijasida ko'plab jarohatlanishlar sodir bo'lishi mumkin. Bunday jarohatlanishlar aksariyati tayanch harakat apparati, muskul tizimi hamda bosh miya jarohatlari bo'ladi. Bunda muskul tizimi lat yeyishi, suyakning ochiq va yopiq sinishi, bosh miyaning jarohatlanishi, yumshoq to'qimalarning ochiq jarohatlari bo'lishi mumkin. Shuningdek, quyosh va issiq urishi, sovuq yeyish, hushdan ketish, nafas olish va yurak urishining bexos to'xtashi, zaharli o'simliklar va mevalar iste'mol qilganda, zaharli hashoratlar, ilon va yirtqich hayvonlar hujumida, suvda va ko'chkida cho'kkanda, qor ostida qolganda, yashin urganda, kuyganda jarohatlanish va zaharlanish mumkin.

Tunash joylarini albatta tekshirish va tozalash zarur. Tunda navbatchilik tashkil etish kerak. Safar davomida kundalik yuritish, bo'lib o'tgan hodisalar va voqealarni qayd etib borish kerak. Sayohatchilar shaxsiy gigiyena va jamoat gigiyena talablariga rioya qilishlari, o'z vaqtida dam olishlari va ovqatlanishlari zarur. O'simliklar va hayvonot dunyosiga, ekologiyaga zarar yetkazmaslik, ruxsatsiz ov qilmaslik, o'simliklarni nazoratsiz iste'mol qilmaslik kerak. Aloqa vositalari yordamida sayohatchilar kayfiyati, tadbirlar, o'tkazilgan masofa xaqida doimo ma'lumot berib borish kerak.

REFERENCES

1. Александрова А.Ю. «География туризма». Москва, 2010 Кнорус, 592 стр.

2. Александрова А.Ю. «Международный туризм». Москва, 2010 Кнорус, 459 стр.

3. Биржаков М.Б. Введение в туризм. Спб: Герда 2008.

4. Вавилова Е.В. Основы международного туризма. Учебное пособие. М., ГАРДАРИКИ, 2005.

5. Дмитриевский Ю.Д. Туристские райони мира смоленск, Изд-во СГУ, 2000.

6. Isayev A.A. The impact of the gographical of the Republic of Uzbekistan on the formation of transport // Экономика и социум 11/78/2020.http://www.iupr.ru

8. Атажанов М. М. Исаев А.А. Андижон вилояти кишлок ахоли пунктлари худудий таркибининг шаклланиши // Life Sciences and Ag"iculture.№2.2-2020. -Б. 146-148

7. Квартальнов В.А., Туризм . Учебник. М., «Финансы и статистика». 2004.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-826-832

8. Квартальнов В.А., Теория и практика туризма. М., «Финансы и статистика» .2003.

9. Коробин В.И., Передельский Л.В. Экологик, Ростов на-Дону, Феникс, 20098.

10. Лукъянова Н.С. География туризма. Москва, 2010 Кнорус, 166 стр.

11. Махмудов М.М. Андижон вилояти туристик салохияти ва унинг минтака ривожланишига та'сири // Иктисод ва молия журнали №6.- Тошкент, 2018. -Б. 21-27. (08.00.00; №18).

12. Mahmudov M.M. Theoritical aspects of ecotourism // Asia Pacific Journal of Research in Business Management. 2019. - P.11-14. Impact Factor: 6.737. (Ulrich's Periodicals Directory. №18).

13. Махмудов М.М. Узбекистон минтакаларида кишлок туризмини ракобатбардошлигини ошириш истикболлари // Узбекистон Республикаси Фанлар Академияси K,оракалпоFистон булимининг Ахборотномаси №3.Нукус,

2019.-Б. 98-101. (08.00.00; №14).

14. Kholmatjanov B.M., Petrov Yu.V., Abdikulov F.I., Abdikulova M.R., Saypiddinov Z.F., Mahmudov M.M., Khalmatjanov F.M., Safarov F.B. Bioclimatic Resources and Their Consideration for Tourism Development in Selected Destinations of Uzbekistan // Indonesian Journal of Law and Economic Review.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2020. -P. 1-7. (CrossRef. №35).

15. Egamberdiev F.T. Mahmudov M.M. Assessment of Regional Tourism Potential and the Role of Andijan Region // International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 2020. -Р. 6426-6435. (Scopus №3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.