BUYUK IPAK YO'LI BARCHA XALQLAR BIRLIGI Yursinboyev Jahongir Mehrojidin o'g'li
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika insituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6632516 Annotatsiya. Mil.avv. II asrda qadimgi Xitoydan boshlanuvchi O'rtayer dengiziga qadar davom etgan savdoyo'lipaydo bo'ladi va bu barcha xalqlar tarixini bir biriga vog'laydi.
Kalit so'zlar: sariq dengiz, Sian, Shimoliy va Janubiy tarmoq, Samarqand, ipak, shoyi, Dovon, Chjan Syan, O'rtayer.
ВЕЛИКИЙ ШЕЛКОВЫЙ ПУТЬ - ЭТО ЕДИНЕНИЕ ВСЕХ НАРОДОВ Аннотация. Мил.ср. Во II веке возник торговый путь из Древнего Китая в Средиземное море, объединивший историю всех народов.
Ключевые слова: жёлтое море, Сиань, Северная и Южная сеть, Самарканд, шёлк, шёлк, Дован, Чжан Сян, Ср.
THE GREAT SILK ROAD IS THE UNITY OF ALL PEOPLES Abstract. Mil.avv. In the 2nd century, a trade route from ancient China to the Mediterranean Sea emerged, uniting the history of all peoples.
Keywords: yellow Sea, Xi'an, North and South network, Samarkand, silk, silk, Dovan, Zhang Xiang, Mediterranean.
KIRISH
Ilk bor Xitoy hududidan boshlanib g'arbga tomon minglarcha kilometr masofaga cho'zilgan ( 12 ming km.), Sharq bilan g'arbni tutashtirgan. Bu noyob savdo yo'li ulug' ajdodlarimiz sa'y-harakatlari samarasi o'laroq umumbashariyat tarixiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Ayniqsa, bu yo'lning Vatanimiz sarhadlaridan o'tganligi uning tarixiy taqdirida, iqtisodiy-madaniy yuksalishida hamda boshqa xorijiy ellar bilan izchil hamkorlik va xamjihatlikda katta ijobiy rol o'ynagan. Fanda ipakning vatani Xitoy deb tan olinganli sir emas. Ammo hind olimi Mukerji Hindistinda ipakning qachon paydo bo'lganligi haqida aniq va ishonarli ma'lumot bera olmasada, u ipakning Xitoyda paydo bo'lib u yerdan boshqa yerlarga tarqalganligi haqidagi fikrga qo'shilmaydi. U Hindistonda ham tog'li tumanlarda yovvoyi ipak qurti tut daraxtlari ustuda pilla o'rashlarini ta'kidlaydi. Xitoyda ipakning paydo bo'lishi haqida juda ko'p rivoyatlar bor. Xitoy hukmdori Chin Chong ipak va ipak qurti, tut daraxti maydonlarining kengaytirish haqida katta g'amxo'rlik qilgan. Rivoyatlarning birida miloddan avvalgi 2698 yilda, yana bir rivoyatda esa miloddan avalgi 2600 yilda Xitoy malikasi Si Ling Chi bog'da, tut daraxtlari soyasida choy ichib o'tirgan paytida, uning piyoyalasiga yuqoridan pilla tushib, issiq choyda yumshab, uning tolalari yoyilib ketadi. Malika Si pilla iplarini piyoladan olib tashlashga qancha urinmasin, uning uzundan-uzun tolalari chuvalib bo'lmaguncha choyni ipak ipdan tozalay olmaydi. Rivoyatda aytiliyshcha, pilla tolasini olish usuli ana shu voqeadan so'ng ma'lum bo'lgan. Xitoy xalqi pilla kalavasini topib olishni Osmon xudosi - Si Ling Chiga bog'laydi. Si - bu Osmon xudosining nazari tushgan malika, deb u ilohiylashtirilgan va unga atab ibodatxonayalar qurilgan. Hozirgacha Xitoyda malika Siga atab har yili ipak bayrami, o'tkazilar ekan. Xitoy yilnomalari Fu Gi ismli hunarmandning miloddan avvalgi 3400 yilda musiqa asbobi yasab, uning torlarini ipakdan qilganligini xabar beradi. Xullas, ipakning vatami Xitoy bo'lganligiga shubha yo'q. "Ipak yo'li" Xitoydagi ana shu ipak savdosi bilan
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 2
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
bog'langan yo'ldir. Xitoyda ipakchilikning dastlab keng tarqalgan joyi Xuanxe daryosinint quyi havzasida joylashgan Shandun viloyatidir. Xitoyning Sian shahrida boshlangan Ipak yo'li Lanjou orqali Dunxuanga (Sharqiy Turkiston) kelib, bu yerdan u ikkiga ajraladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ipak yo'lining janubiy tarmog'i Taklamakon sahrosi (Mo'g'iliston) orqali Xo'tanga, undan Yerkentga kelib, undan Balxga tomon otadi. Balxda yol yana uch tarmoqqa ajraladi. G'arbiy tarmog'i Marvga, janubiy tarmog'i Hindistonga, shimoli tarmog'i Termiz orqali Darbent, Nautak va Samarqandga tomon yo'naladi. Ipak yo'lining shimoliy-g'arbiy tarmog'i esa Dunxuandan Bami, Turfon orqali Tarim vohasi-Qashgarga boradi. U yerdan Toshqorgon orqali Ozgan, Osh, Quva, Axsikent, Pop, Asht orqali Xo'jand, Zomin, Jizzaxga, so'ngra Samarqandga borib tutashadi. Samarqanddan esa bu yo'l yana davom etib Dabusiya, Malik choli orqali Buxoro, Romitonga, undan Varaxsha orqali Farobga borib, Amul shahriga otadi. Shimolda esa bu yo'l Marvdan Urganch sari yo'nalgan yo'lga qoshiladi. Marv shahri Orta asrlar davomida Buyuk ipak yo'li chorrahalari kesishgan eng muhim hayotiy nuqta bo'lgan. Eng muhimi shundaki, Buyuk ipak yo'lining Garbdan keladigan savdo karvonlari aytaylik, Italiya, Ispaniya va boshqa Orta yer dengizi mamlakatlarining savdogarlari ham oz mollarini Tir, Damashq, Anatoliya, Bogdod orqali Parfiya davlati hududlari bo'ylab yana Orta Osiyoning yirik savdo markazi Marvga olib kelar, shu yerdan sharq tomon yo'llarini davom ettirardilar. Shu manoda Marvning turli dinlar ildiz otgan, turli madaniyatlar tutashgan joy bo'lganligi alohida ahamiyatga molikdir. Miloddan avvalgi II asrgacha ham Sharq bilan G'arb o'rtasida O'rta Osiyo karvon yo'llari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud bo'lgan. Bunga Tog'li Oltoydagi Poziriq qo'rg'onidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afg'oniston va O'rta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol bo'lishi mumkin. Iskandar Zulqarnayn (Maqduniy) (qarang Buyuk Aleksandr) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar to'g'ri yo'lga solingan. Buyuk ipak yo'lining sharqiy qismini barpo etishda sug'diylar katta rol o'ynaganlar. Iskandar Zulqarnayn tomonidan Sug'diyona mamlakati istilo etilishi bilan ko'plab sug'diylar sharqqa tomon ko'chganlar va Buyuk ipak yo'lining markaziy qismini - O'rta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha bo'lgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. O'z navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida o'z hududini sharqga kengaytirish siyosati yurgizib bu yo'nalishga alohida e'tiborini qaratadi va bu yo'l haqida ma'lumot to'plash, ayg'oqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O'rta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha bo'lgan masofa bo'ylab tuzilgan dastlabki batafsil yo'llik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu ma'lumotlar Klavdiy Ptolemeyning „Geografik qo'llanma"sida saqlangan. Ptolemey esa o'z navbatida bu ma'lumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107-114 yillar oralig'ida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, Buyuk ipak yo'li 2 katta qismga bo'lingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqo'rg'on)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yo'lning O'rta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubi va Afg'onistonning shimoli-g'arbida joylashgan qadimiy viloyat)dan boshlangan. Ariyadan yo'l shimolga Marg'iyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi ko'hna Marv shahri harobasi) ketgan, so'ngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afg'onistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yo'l shimol tomon yo'nalib Termiz atrofida Amudaryodan o'tilgan va so'ngra
2 tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoliysi, bo'ylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Farg'onaga ketilgan. Ikkinchisi, janubiysi esa Surxondaryo vodiysi bo'ylab komedlarning tog'li o'lkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yo'nalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar.
TADQIQOT NATIJALARI
Toshminordan so'ng yo'l O'rta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qo'nimgohi" joylashgan, so'ngra yo'l Takla-Makon cho'lidan o'tib Dunxuanga, so'ngra Xitoyning qadimiy poytaxti — Chananga olib borgan. Bu yerdan yo'l ehtimol shimoli-g'arbga Koreya va Yaponiyaga ketgan bo'lsa kerak. 1987-yil YUNESKO madaniy taraqqiyot bo'yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yo'li - muloqot yo'li" xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O'rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi - Sharq bilan G'arb o'rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o'rnatish, ushbu buyuk qit'alarda yashovchi ko'p sonli xalqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Ko'plab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 199G-yil okt.; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar o'tkazildi. Buyuk ipak yo'li y. bo'ylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, ba'zi arxeologik va me'moriy yodgorliklar ta'mirlandi. Ba'zi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, O'zbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yo'li y.ni o'rganish bo'yicha maxsus ilmiy intlar barpo etilgan. Maye, BMT va YUNESKO qaroriga ko'ra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan.
1997-yil mayda O'rta Osiyoni Eron bilan bog'lagan Saraxs - Mashhad temir yo'l uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan O'rta Osiyo mamlakatlari Fors qo'ltig'iga, Yevropa mamlakatlari esa O'rta Osiyoga chiqish imkoniga ega bo'ldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yo'li y.ni tiklash bo'yicha jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan loyiha amalga oshirilmoqda qarang Yevropa-Kavkaz—Osiyo transport yo'lagi (TRACECA). Navbatdagi vazifa - O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi temir yo'l uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek bo'lsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha bo'lgan masofada Buyuk ipak yo'lining „temir yo'l" varianti to'la tiklangan bo'ladi. Xulosa qilib, shuni aytishimiz mumkinki, Mil. avv.l ming yillikning oxiri-milodiy I ming yillikning boshlariga kelib Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho'zilgan ulkan geografik hudud madaniyati yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan davlatlarXitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang' davlati, Parfiya davlati, Rim saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo'lib -Buyuk ipak yo'li deb nomlanuvchi bir yo'l bilan bog'landilar. Umumiy uzunligi 12 ming km bolib, Xitoydan O'rta Yer dengizining shimoliy qirg'oqlariga qadar cho=zilgan bu yo'l orqali ko'pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar o'rnatdilar. Podsholarning o'zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg'alar in'om etishlari an'anaga aylandi. Sharq bilan G'arb madaniyatining bir-biriga ta'siri kuchaydi. O'sha davrdagi ko'plab madaniy o=xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.
Buyuk ipak yo'li orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma'naviy qadriyatlari, diniy g'oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm
Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo'lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqo'l harbiy navkarlari VII asrda islom ta'limotini olib kelganlar. Savdogarlar va targ'ibotchilarning o'tkazgan yo'llari bo'ylab mo'g'ullar sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingizxon sahroyi bosqinchilari quyundek o'tgan. Buyuk Ipak yo'lining qoq yuragi bo'lgan Samarqand shahridan o'rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Amir Temur o'z yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yo'llaridan asrlar bo'yi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. XULOSA
Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi -savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo'lda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo'li bo'ylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va an'analarini bilib oldik. Sharq va G'arbni o'zaro bog'lagan bu beqiyos buyuk yo'lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O'zbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo'lib, ularning me'morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo'lining ko'p asrlik tarixini o'zida mujassam etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. O'zME. Birinchi jild. Edvard Rtveladze. Toshkent, 2000-yil
2. Ртвеладзе, Э., Великий шёлковый путь, Т., 1998.
3. http s://elib.buxdu.uz
4. https://hozir.org
5. O'zbekiston tarixi-R.H.Murtozoyev. Toshkent. 2005.
6. Markaziy Osiyoning qadimgi yo'llari:shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari O'.Mavlonov. Toshkent. / Akademiya.2008.
7. Tangday sichou chjilu yuy Chjungya lishi dili yanjyu(Qadimgi ipak yo'li va Markaziy Osiyo Tarixiy geografiyasiga doir tadqiqotlar)-Shyuy Shyuan .Sian:2000
8. Buyuk ipak yo'li-A.Xo'jayev.Toshkent.2007