Научная статья на тему 'Buyuk ipak yo‘li 2.0: geosiyosat va milliy iqtisodiyot shakllanishi. Dunyo savdosida rollarning almashishi'

Buyuk ipak yo‘li 2.0: geosiyosat va milliy iqtisodiyot shakllanishi. Dunyo savdosida rollarning almashishi Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
432
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi buyuk ipak yo’li / savdo-sotiq / geosiyosat / chegaralar / Markaziy Osiyo davlalari / loyiha / diplomatiya / hukumat
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Buyuk ipak yo‘li 2.0: geosiyosat va milliy iqtisodiyot shakllanishi. Dunyo savdosida rollarning almashishi»

BUYUK IPAK YO'LI 2.0: GEOSIYOSAT VA MILLIY IQTISODIYOT SHAKLLANISHI. DUNYO SAVDOSIDA ROLLARNING ALMASHISHI

Karimov Jamshid,

Humboldt Universiteti, Germaniya

Tayanch iboralar: Yangi buyuk ipak yo'li, savdo-sotiq, geosiyosat, chegaralar, Markaziy Osiyo davlalari, loyiha, diplomatiya, hukumat.

"Yangi buyuk ipak yo'li" atamasini bir necha yillar davomida ommaviy axborot vositalarida bir necha bor uchratmoqdamiz. Jahon savdosida "rol'larning o'zgarishi haqida ham tez -tez gap bormoqda. Jahon savdo-sotig'ida bu rolni qaytarishning Yangi Ipak yo'li bilan qanday aloqasi borligi ushbu maqolada yoritilgan.

Yangi Ipak yo'li — Xitoy hukumatining yangi savdo yo'llarini yaratish bo'yicha dadil loyihasidir. Biroq bu loyihada rejalashtirilgan savdo yo'llari, moliyalashtirish yoki loyihaning harbiy yo'nalishlari kabi hali ko'p javobsiz savollar mavjud. Shunga qaramay, ekspertlar bunday loyihaning ko'plab afzalliklari bor deb, ta'kidlashmoqda. "Ipak yo'li" atamasi Han sulolasi va Tan sulolasi hukmronligi davomida kelib chiqqan. Ko'plab xitoyliklar eksport jadal rivojlanayotgan paytlarda o'zlarini dunyoga ko'rsatishga erishishdi. O'sha paytda Xitoy va Yevropa o'rtasidagi savdo yo'lida xitoyliklar f aqat ipak mahsulotlari tuf ayli hukmronlik qilar edilar. Ipak ishlab chiqarish xitoyliklarning yashirin siri bo'lib va uni faqat ulardan bilib olish mumkin edi. Mato yevropaliklar orasida juda mashhur va hurmatga sazovor bo'lgani uchun, uning katta qismi Yevropaga sotilgan. Shu asnoda bu nom kelib chiqqan. Savdo yo'lida xitoy ipaklari ustunlik qilgan. Albatta, ipakdan tashqari, boshqa mahsulotlar ham sotilgan.

H asrrfa Buyuk l^ik Yo'li

Sodda qilib aytganda, Ipak yo'li Sharqiy Osiyo mintaqasini O'rta Osiyo orqali, ya'ni hozirgi O'zbekiston, Qozog'iston kabi davlatlar bilan bog'lagan va miloddan avvalgi 1500-yildan taxminan milodiy 1500-yilgacha bo'lgan savdo yo'llari tarmog'i hisoblangan. Savdo yo'li Turkmaniston, Pokiston, Qozog'iston va Afg'oniston, O'rta yer dengizi hududigacha cho'zilib, har ikki yo'nalishda qariyb 7000 kilometrni qamrab olgan. Quruq savdo yo'llarining ulkan tarmog'idan tashqari, vaqt o'tishi bilan dengiz yo'li ochildi. Pekin janubidan Shanxay port shahridan boshlab, bu dengiz savdo yo'li har doim qirg'oq bo'ylab, Xitoydan o'tib, Vetnam, Myanma va Hindiston orqali davom etgan. Keyin yo'l shimoliy-g'arbiy yo'nalishda Fors ko'rfazi va g'arbda Qizil dengiziga bo'lindi. XIX asrda qurilgan Suvaysh kanali endi O'rta yer dengiziga o'tishga imkon yaratib bergan, bu avval imkonsiz edi. Shuning uchun Iskandariya, Damashq va Konstantinopol kabi shaharlar o'sha paytda O'rta yer dengizi mintaqasida tarqatish punktlari bo'lib xizmat qilgan.

Ipak yo'li o'zining asl ma'nosida qit'alar va Sharq va G'arb mamlakatlari o'rtasida tovar almashish uchun yaratilgan. Odatda mato va ziravorlar sharqdan g'arbga, qimmatbaho metallar va xom-ashyolardan sharqqa sotilgan. Ammo, agar biz Ipak yo'li tarixini asrlar mobaynida yaqindan ko'rib chiqsak, aniq ko'rinib turibdiki, Ipak yo'li tovar almashish ehtiyojidan ko'ra ko'proq boshqa narsalarga xizmat qilgan. Savdo yo'lining yana bir muhim turtkisi, har xil dinlarning almashinuvi edi. Yo'nalish missionerlik ishi uchun qulay imkoniyat yaratdi, ayniqsa ziyoratchilar va har xil aqidadagi missionerlar uchun uzoq vaqt davomida turli dinlar o'rtasida doimiy

almashinuviga olib keldi. Eng muhim dinlar har doim xristianlik, buddizm va milodiy VII asrdan boshlab islom dini edi. Bundan tashqari, Ipak yo'li ham xalqaro aloqalar maqsadiga xizmat qilgan. Xususan, diplomatlar va elchilar xalqlar va mamlakatlar o'rtasida vositachilik qilish uchun yo'ldan foydalanishgan. Oxir-oqibat, Ipak yo'li har doim odamlarning migratsiyasiga yordam berdi. Har xil millat va elatlar uchrashgan joyda shuningdek, biologik almashinuv va madaniyatlarning birlashishi sodir bo'ldi.

Ipak yo'lining hozirgi kunga aloqadorligini uning o'sha davrdagi insoniyat uchun ulkan ahamiyati bilan izohlash mumkin. Ko'p asrlar davomida Ipak yo'li har xil madaniyatlar, etnik guruhlar va qit'alar o'rtasidagi ko'rinadigan va ko'rinmas aloqa sifatida ko'rilgan va ko'pincha yangi iqtisodiy va madaniy hududlarning gullab -yashnashi uchun asos va vosita bo'lib xizmat qilgan. Tovarlar, odamlar va hayvonlar shuningdek, qon oqimidagi kislorod zarralari kabi g'oyalar, dinlar va qadriyatlar Ipak yo'li orqali keng "organizm"ning eng chekka hududlariga ko'chirildi. Ipak yo'li qariyb uch ming yil davomida odamlarni bir-biriga bog'lab turdi va globallashuvning asl nusxasi sifatida ta'sir doirasidagi biologik xavfsiz, texnologik va madaniy jihatdan jonli almashishni ta'minladi. Bundan tashqari, bugungi nuqtai nazardan qaraganda, Ipak yo'li hech qachon o'z faoliyatini to'xtatmagan, deb taxmin qilish mumkin, chunki XVI asrda rasmiy mavjud bo'lmaganidan keyin ham savdo va ayirboshlash uning eski yo'llari orqali amalga oshirilganini kuzatish mumkin. 2011-yil iyul oyining boshlarida Hindistonning Chennai shahrida o'sha paytdagi Amerika davlat kotibi Xillari Klinton Markaziy Osiyoda "Yangi Ipak yo'li" deb nomlangan tashabbusni tashkil etish niyati borligini aytgan edi. Bu tashabbus Afg'oniston va unga qo'shni davlatlarga Amerika iqtisodiy sarmoyalar orqali ziddiyatli vayron bo'lgan mintaqani barqarorlashtirish va shu tariqa AQSh-Hindiston hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan edi. Dono tushuncha bilan, Amerika hukumati yana bir bor ushbu mintaqada maqsadli investitsiyalar ulkan iqtisodiy va geosiyosiy salohiyatini ko'tarishni maqsad qilgan edi. Biroq, bu istiqbolli tashabbus Amerika tomonidan amalga oshirilmay qoldi. Eski Trump ma'muriyatining protektsionistik iqtisodiy va tashqi siyosati va Xitoyning so'zsiz global ta'sirga intilishi tufayli Xitoy Xalq Respublikasi katta loyihani katta sarmoyalar evaziga ta'minlay oldi. Amerika jahon savdosidagi davlatlar o'rnini o'zgartirishda katta rol o'ynaydi. Masalan, Donald Trumpning ma'muriyati "Amerika birinchi" shiori asosida ishladi va asosiy e'tibor quyidagilarga qaratildi:

— armiyaning kuchayishi

— noqonuniy immigratsiyaning tugashi

— Amerika iqtisodiyotining tiklanishi

Tanqidchilarga ko'ra, AQShning tashqi siyosatdagi pozitsiyasi yangi maqsadlar tufayli zaiflashib ketmoqda. Ko'pgina ekspertlarning fikricha, "Amerika birinchi" shiori "Amerika uchinchi: Xitoy birinchi va Rossiya ikkinchi" deb o'zgartirilishi kerak. AQShning garovga qo'yish strategiyasini iqtisodiy ekspertlar bosh chayqagan holda qabul qilishmoqda. Meksika yoki Xitoy tovarlariga jazo tariflarini qo'yish juda xavflidir va AQShni millionlab ish joylarini yo'qotishga olib kelishi mumkin bo'lgan global savdo urushiga olib kelishi mumkin. AQSh hozir ko'p qirrali erkin savdo g'oyasini shubha ostiga qo'ymoqda. Xitoyda buning aksini kuzatish mumkin. Chunki Xitoy xalqaro savdo bitimlarining muhimligini biladi va bir muncha vaqtdan buyon Osiyo va Yevropa o'rtasidagi savdo yo'li bo'lgan "Ipak yo'li" ni qayta tiklashga urinmoqda. Germaniyada erkin savdoga bo'lgan munosabat AQShga qaraganda ancha ijobiy. Hatto har ikkinchi nemis ham bu nemis sanoatiga ijobiy ta'sir ko'rsatganiga amin bo'lganini aytmoqda. AQShning Osiyoga nisbatan yaqinda o'zgargan munosabati va Yevropa Ittifoqining Brexit tomonidan hozirgi zaiflashuvi Xitoyning jahon iqtisodiyotiga aralashishini kuchaytirmoqda. Dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyot, eng yuqori valyuta zaxiralari egasi, eksport bo'yicha jahon chempioni va AQShning eng boy kreditori sifatida Xitoyga bu muammo tug'dirmayapti. O'n uchinchi besh yillik reja Xitoyda 2013-yil martidan kuchga kirdi. Yangi rejaning diqqat markazida

— Atrof -muhitni muhofaza qilish

— Inf lyatsiyaga qarshi kurash

— farovonlikni oshirish orqali ichki iste'molni kuchaytirish turmoqda.

Ro'yxatning birinchi nuqtasida siz Xitoyning yangi siyosati bilan AQShning yangi siyosati o'rtasidagi

farqni ko'rishingiz mumkin. Trampning so'zlariga ko'ra, iqlim o'zgarishi umuman yo'q va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga unchalik jiddiy qaralmaydi.

2001-yil 11-dekabrda Xitoy jahon iqtisodiyotining tuzilmalarini shakllantirgan jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi. Yillar davomida Xitoyning jahon iqtisodiyotiga ta'siri tobora ortib bormoqda. 2017-yilda XXR raisi Si Tszin Pin tarif lar va import yoki eksport cheklovlari masalasini ko'targan. U Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklash maqsadida erkin dunyo savdosini maqsad qilganidan dalolat beradi. Biroz vaqt o'tgach, 2017-yil may oyida Pekinda "Xalqaro hamkorlik uchun bir makon va yo'l forumi" tashkil etildi. Hammasi bo'lib 31 ta hukumat boshlig'i ishtirok etdi va Osiyo, Afrika hamda Yevropani quruqlikda va dengizda bog'lash rejalari taqdim etildi.

Yangi Ipak yo'li xalqaro miqyosda "Bir kamar, bir yo'l" degan nom bilan mashhur. Ushbu Xitoy loyihasining maqsadi Osiyo va Yevropani quyidagi yo'llar bilan bog'lashdir: Zamonaviy yo'llar; Yuk tashish liniyalari; Temir yo'l tarmoqlari; Portlar; Aeroportlar; Aloqa tarmoqlari; Sanoat koridorlari; Energiya tarmoqlari.

Loyiha Xitoy uchun shunchaki katta orzu emas, chunki kim bu mavzu bilan ozgina shug'ullansa, bu uning Xitoy hukumatining aniq loyihasi ekanligini va aslida amalga oshirilayotganini tezda anglab oladi. O'zaro manfaatli va madaniy almashish uchun ko'pincha tinch raqobatga e'tibor qaratiladi. Pekindagi rahbariyat o'zaro manfaatlar, iqtisodiy o'sish va yuksalish haqida bir necha bor gapirmoqda. Amaldagi XXR raisi Si Tszin Pin globallashuvning kuchli tarafdori hisoblanadi. Uning so'zlariga ko'ra, savdo urushida g'olib yo'q, savdo urushi har bir ishtirokchi uchun salbiy bo'ladi deb, bilvosita AQShga murojaat qilishini ko'rishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Hartmann, Wolf D./Maennig, Wolfgang/Wang, Run: Chinas neue Seidenstraße. Kooperation statt Isolation — Der Rollentausch im Welthandel. F am Main 2017, S. 13.

2. Presseportal (Hrsg.): BDI-Präsident Kempf: Mehrheit der Deutschen sieht Vorteile des Freihandels für Industrie. 15.04.2017. https://www.pr esseportal.de/pm/6570/3613328 (Zugriff: 13.01.2018).

3. AHK China (Hrsg.): China veröffentlicht 13. Fünfjahresplan (2016-2020). 23.03.2016. http:// china.ahk.de/de/news/single-view/artikel/china-veroeffentlicht-13- f uenfjahresplan-2016-2020/? cHash=59d090a447b4ba77a7e27240d4f 198ce (Zugriff: 13.01.2018).

4. Stöcker, Christian: Das Schlimmste an Trump. 13.11.2016. http://www.spiegel.de/wissen-schaft/natur/donald-trump-glaubt-nicht-an-den-klimawandel-und-das-hat-folgen- a-1120761.html (Zugriff: 13.01.2018).

5. Ankenbrand, Hendrik: Chinas neue Seidenstraße. 27.12.2016. http://www.faz.net/aktuell/wirtschaft/handelswege-der-zukunft-chinas-neue-seidenstrasse-14593210.htm... (Zugriff: 18.01.2018).

Евразийский научный журнал

3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.