Научная статья на тему 'XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY SHARTLAR REJIMI'

XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY SHARTLAR REJIMI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1185
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaro investitsiya / milliy rejim / eng qulay shartlar rejimi / mahalliy investor / xorijiy investor / proteksionizm / diskriminatsiya / o’xshash holatlar / o’xshash mahsulotlar / International investment / National Treatment / Most-Favoured Nation Treatment / domestic investor / foreign investor / protectionism / discrimination / similar situations / similar products

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ibrohimov, Azimjon Abdumo‘min O‘g‘li, Nechaeva, Elena Vladimirovna

Xalqaro investitsiya huquqi subyektlari faoliyatida barqarorlikni, halol va erkin raqobatni ta’minlash, proteksionizm hamda diskriminatsiyani oldini olishda xalqaro investitsiya huquqining mazkur ikki rejimi muhim rol o’ynaydi. Bunda Milliy rejimni joriy etishdan xorijiy va mahalliy investitsiyalar o’rtasida salbiy diskriminatsiyani, davlatlarning proteksionizm siyosatini oldini olish, xorijiy va mahalliy investitsiyalar uchun teng raqobat muhiti yaratish, xorijiy investorlar manfaatlarini himoya qilish kabi maqsadlar ko’zlangan bo’lsa, Eng qulay shartlar rejimi asosida qabul qiluvchi davlat shartnoma tarafi bo'lgan boshqa davlat investorlari yoki ularning investitsiyalariga muayyan sohada uchinchi davlat investorlari va ularning investitsiyalari uchun nazarda tutilganidan kam bo'lmagan qulay shartlar taqdim etish majburiyatini oladi. Ushbu rejim doirasida investorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, diskriminatsiyani oldini olish, investorlar huquqlarini kafolatlash maqsadlari qabul qiluvchi davlatning mahalliy investorlariga tadbiqan emas, balki xorijiy davlatlar investorlariga nisbatan amalga oshiriladi. Mazkur ish doirasida xalqaro investitsiya huquqining asosiy tamoyillaridan bo’lib hisoblangan Milliy rejim hamda eng qulay shartlari rejimi qiyosan tahlil etiladi, ular mazmun-mohiyatini belgilovchi qoidalar, keyslar va boshqa manbalar muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL TREATMENT AND MOST-FAVOURED TREATMENT IN THE INTERNATIONAL INVESTMENT LAW

These regimes of international investment law play an important role in ensuring stability, fair and free competition in the activities of subjects of international investment law, in the prevention of protectionism and discrimination. The application of the National Treatment aims to prevent negative discrimination between foreign and domestic investments, protectionist policies of states, to create a level playing field for foreign and domestic investment, protect the interests of foreign investors, according to the most-favoured nation treatment the receiving State undertakes to provide other State investors who are a party to the contract or their investments on favorable terms not less than those provided for third-party investors and their investments in a particular field. Under this Treatment, the goals of creating an equal competitive environment for investors, preventing discrimination, guaranteeing the rights of investors are guaranteed not comparing to domestic investors in the host country, but to foreign investors. This work provides a comparative analysis of the National Treatment and Most-Favoured Nation Treatment, which are key principles of international investment law, and discusses the rules, cases and other sources that define their content.

Текст научной работы на тему «XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY SHARTLAR REJIMI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIDA MILLIY REJIM VA ENG QULAY

SHARTLAR REJIMI

Ibrohimov Azimjon Abdumo'min o'g'li,

TDYU Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi, E-mail: [email protected] Nechaeva Elena Vladimirovna Cheboksari davlat universiteti "Jinoyat huquqi fanlari" kafedrasi dotsenti

Xalqaro investitsiya huquqi subyektlari faoliyatida barqarorlikni, halol va erkin raqobatni ta 'minlash, proteksionizm hamda diskriminatsiyani oldini olishda xalqaro investitsiya huquqining mazkur ikki rejimi muhim rol o 'ynaydi.

Bunda Milliy rejimni joriy etishdan xorijiy va mahalliy investitsiyalar o 'rtasida salbiy diskriminatsiyani, davlatlarning proteksionizm siyosatini oldini olish, xorijiy va mahalliy investitsiyalar uchun teng raqobat muhiti yaratish, xorijiy investorlar manfaatlarini himoya qilish kabi maqsadlar ko 'zlangan bo 'lsa, Eng qulay shartlar rejimi asosida qabul qiluvchi davlat shartnoma tarafi bo'lgan boshqa davlat investorlari yoki ularning investitsiyalariga muayyan sohada uchinchi davlat investorlari va ularning investitsiyalari uchun nazarda tutilganidan kam bo'lmagan qulay shartlar taqdim etish majburiyatini oladi.

Ushbu rejim doirasida investorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, diskriminatsiyani oldini olish, investorlar huquqlarini kafolatlash maqsadlari qabul qiluvchi davlatning mahalliy investorlariga tadbiqan emas, balki xorijiy davlatlar investorlariga nisbatan amalga oshiriladi.

Mazkur ish doirasida xalqaro investitsiya huquqining asosiy tamoyillaridan bo'lib hisoblangan Milliy rejim hamda eng qulay shartlari rejimi qiyosan tahlil etiladi, ular mazmun-mohiyatini belgilovchi qoidalar, keyslar va boshqa manbalar muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Xalqaro investitsiya, milliy rejim, eng qulay shartlar rejimi, mahalliy investor, xorijiy investor, proteksionizm, diskriminatsiya, o 'xshash holatlar, o 'xshash mahsulotlar

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NATIONAL TREATMENT AND MOST-FAVOURED TREATMENT IN THE INTERNATIONAL INVESTMENT LAW

These regimes of international investment law play an important role in ensuring stability, fair and free competition in the activities of subjects of international investment law, in the prevention of protectionism and discrimination.

The application of the National Treatment aims to prevent negative discrimination between foreign and domestic investments, protectionist policies of states, to create a level playing field for foreign and domestic investment, protect the interests of foreign investors, according to the most-favoured nation treatment the receiving State undertakes to provide other State investors who are a party to the contract or their investments on favorable terms not less than those provided for third-party investors and their investments in a particular field. Under this Treatment, the goals of creating an equal competitive environment for investors, preventing discrimination, guaranteeing the rights of investors are guaranteed not comparing to domestic investors in the host country, but to foreign investors.

This work provides a comparative analysis of the National Treatment and Most-Favoured Nation Treatment, which are key principles of international investment law, and discusses the rules, cases and other sources that define their content.

Keywords: International investment, National Treatment, Most-Favoured Nation Treatment, domestic investor, foreign investor, protectionism, discrimination, similar situations, similar products

Xalqaro investitsiya huquqida Milliy rejim - qabul qiluvchi davlatlarga (host states) xorijiy investorlar yoki ularning investitsiyalari uchun tegishli faoliyat sohasida mahalliy investorlar yoki ularning investitsiyalariga taqdim etilaganidan ko'ra noqulay bo'lgan, diskriminatsiya xususiyatidagi shart-sharoitlar belgilashni

Ibrokhimov Azimjon Abdumomin oglu,

Lecturer at Civil Law Department of TSUL, E-mail: yurist [email protected]

Nechaeva Elena Vladimirovna

Associate Professor. Deputy Head of the Department of Criminal Law Disciplines, Cheboksary State University

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

taqiqlovchi doktrina sifatida shakllangan1. Mazkur rejimni joriy etishdan xorijiy va mahalliy investitsiyalar o'rtasida salbiy diskriminatsiyani, davlatlarning proteksionizm siyosatini oldini olish, xorijiy va mahalliy investitsiyalar uchun teng raqobat muhiti yaratish, xorijiy investorlar manfaatlarini himoya qilish kabi maqsadlar ko'zlangan. Eng qulay shartlar rejimi asosida esa qabul qiluvchi davlat shartnoma tarafi bo'lgan boshqa davlat investorlari yoki ularning investitsiyalariga muayyan sohada uchinchi davlat investorlari va ularning investitsiyalari uchun nazarda tutilganidan kam bo'lmagan qulay shartlar taqdim etish majburiyatini oladi2. Ushbu rejim doirasida investorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish, diskriminatsiyani oldini olish, investorlar huquqlarini kafolatlash maqsadlari qabul qiluvchi davlatning mahalliy investorlariga tadbiqan emas, balki xorijiy davlatlar investorlariga nisbatan amalga oshiriladi. Shu jihatdan ma'lum ma'noda mazkur rejim davlatlarning tengligi prinsipi amalga oshishi uchun hissa qo'shadi. Shuningdek xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan manfaatdor bo'lgan davlatlar yuqoridagi ikki standartni taqdim etish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ham maqsad qilib belgilashi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Milliy rejimning xalqaro investitsiya huquqida standart sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. Fransuz huquqshunosi Piye(Pillet) ta'kidlaganidek, xalqaro savdo xalqaro huquq shakllanishiga ta'sir o'tkazgan asosiy omillardan hisoblanadi3. Shu asosda Milliy rejim hamda Eng qulay shartlar rejimining ilk ko'rinishlari xalqaro savdo amaliyotida namoyon bo'ladi.

Xususan, qadimgi davrlarda yunon polislari o'rtasida tuzilgan shartnomalarga ko'ra mahalliy odatlarga rioya etgan holda bitimlar tuzishda va boshqa faoliyatni amalga oshirishda ahdlashuvchi davlatlar fuqarolariga mahalliy aholi bilan bir xil bo'lgan huquqlar taqdim etilishi nazarda tutilgan. Hozirgi Milliy rejim mazmuniga nisbatan yaqinroq bo'lgan rejimni, ya'ni mahalliy va xorijiy savdogarlar o'rtasida salbiy farqlashlarga (differensiatsiyaga) yo'l qo'ymaslik tushunchasini o'z ichiga oluvchi bitimlar Ganza Ittifoqi(Hanseatic League) amaliyotida XII - XIII asrlarda ko'rinishni boshlaydi. Milliy rejim standarti qayd etilgan kelishuvga XVII asrda

1 Norfadhilah Mohamad Ali, Appropriate Comparator in National Treatment under International Investment Law: Relevance of GATT/WTO, EU and International Human Rights Jurisprudences. - 2014. - 1 p.

2 OECD(2004) "Most-Favoured-Nation Treatment in International Investment Law", OECD Working Papers on International Investment, 2004/02. - 2 p.

3 Л.П Ануфриева, А.А Спектор, Принцип национального режима в регуливании международной торговли // Журнал российского права. - №10. - 2007. - 78 с.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Buyuk Britaniya va Portugaliya o'rtasida tuzilgan bitimni misol tariqasida keltirish mumkin.4

Adabiyotlarda eng qulay shartlar rejimini qo'llash mexanizmi ham shu davrlardan e'tiboran shakllangani, XV-XVI asrlarda savdo faoliyati rivojlanishi bilan keng tarqala boshlagani, mazkur rejimni nazarda tutuvchi atama XVII asrda joriy etilgani, XIX-XX asrlarda esa turli xil kelishuvlarda, ayniqsa, Do'stlik, Tijorat va Dengiz qatnovi haqidagi bitimlarda tez-tez qo'llanganligi qayd etiladi 5 . Yuqoridagilarga asosan aytish mumkinki, tadqiqot predmeti sanalgan ikki standartning shakllanish davri hamda tartibi o'xshash tarzda kechadi.

Xalqaro savdo faoliyati doirasida qabul qilingan huquqiy manbalar xalqaro huquqda milliy rejim mazmuni mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Tariflar va savdo bo'yicha umumiy kelishuv(GATT), Xizmatlar savdosi bo'yicha umumiy kelishuv(GATS), Intellektual mulk huquqlarining tijoriy jihatlari bo'yicha kelishuv(TRIPS) kabi huquq manbalarida milliy rejim mazmuni tartibga solish predmetiga ko'ra muayyan farqlar bilan bayon etilgan6. GATT tovarlar aylanmasiga ta'sir qiluvchi mahalliy soliqlar, yig'imlar va tartibga solish choralarini belgilashda milliy rejim majburiyatlariga rioya etishni nazarda tutsa, GATSda taqqoslash asosi sifatida xizmatlar namoyon bo'ladi. Xalqaro savdo huquqi manbalari bo'lgan ushbu hujjatlar bilan a'zo mamlakatlar o'rtasida eng qulay shartlar rejimi taqdim etilishi ham mustahkamlangan.

Shimoliy Amerikaning yuqori iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo'lgan uch mamlakati: AQSH, Kanada hamda Meksika hukumatlari o'rtasida iqtisodiy faoliyatni qo'llab quvvatlash maqsadida qabul qilingan Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi(North American Free Trade Agreement, NAFTA, 1994) ushbu qit'a investitsiya huquqi nazariyasi hamda amaliyoti shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. NAFTAning 1102-moddasi mazmuniga ko'ra a'zo davlat boshqa a'zo davlat investitsiyalari hamda investorlariga investitsiya faoliyatini tashkil etish, qo'lga kiritish, kengaytirish, boshqarish, yuritish, sotish va boshqacha tarzda tasarruf etish jarayonida, analog holatlarda o'zining mahalliy investorlari va investitsiyalari uchun nazarda tutilganidan ko'ra kam bo'lmagan afzalliklarni nazarda tutuvchi rejim taqdim etishi kerak. A'zo davlatlarning boshqa tomon investitsiyalari hamda investorlariga

4 Norfadhilah Mohamad Ali, Appropriate Comparator in National Treatment under International Investment Law: Relevance of GATT/WTO, EU and International Human Rights Jurisprudences. - 2014. - 46 p.

5 OECD(2004) "Most-Favoured-Nation Treatment in International Investment Law", OECD Working Papers on International Investment, 2004/02. - 3 p.

6 Norfadhilah Mohamad Ali, Appropriate Comparator in National Treatment under International Investment Law: Relevance of GATT/WTO, EU and International Human Rights Jurisprudences. - 2014. - 162 p.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

investitsiya faoliyatini tashkil etish, qo'lga kiritish, kengaytirish, boshqarish, yuritish, sotish va boshqacha tarzda tasarruf etish jarayonida, o'xshash holatlarda har qanday a'zo davlat yoki ushbu kelishuvga a'zo bo'lmagan davlatlar investorlari va investitsiyalari uchun nazarda tutilganidan ko'ra kam bo'lmagan afzalliklar taqdim etish majburiyati NAFTAning 1103-moddasida mustahkamlangan7.

Milliy rejim standarti XIX asrdan e'tiboran davlatlarning milliy qonunchiligida mustahkamlana boshladi. 1829 yilgi Niderlandiya Qonuniga ko'ra, "agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Qirollikning fuqarolik huquqi chet elliklar va golland fuqarolari uchun bir xilda amal qiladi". Milliy rejim mazmunini ifodalovchi qoida 1940 yilda Gretsiya Fuqarolik kodeksida ham belgilanadi: "chet elliklar mahalliy fuqarolar bilan bir xil fuqarolik huquqlaridan foydalanadi"8.

Shunday qilib hozirda mazkur standartlar xalqaro savdo faoliyatidan to intellektual mulk sohasigacha, jumladan investitsiya faoliyatini tartibga solishda ham amalga kiritilgan. Rejim mohiyatini belgilovchi huquq normalari esa ko'p tomonlama, ikki tomonlama xalqaro shartnomalarda, konvensiyalarda, shuningdek davlatlarning milliy qonunchiligida mustahkamlangan.

Mazkur standartlar xalqaro investitiya huquqi tizimida mustahkam o'rin egallab borayotganligiga qaramasdan ularni qo'llash amaliyotida barqaror yondashuvlar shakllanib ulgurmagan. Bu holat mazkur rejimlar mazmunini tashkil etuvchi terminlarni talqin etishda kuzatilishi mumkin.

Chet el investori unga milliy rejim bo'yicha afzalliklar taqdim etish haqida talab qo'ygan hollarda ikki jihatga e'tibor qaratish lozimligi qayd etiladi. Birinchidan, xorijiy va mahalliy investorning o'xshash, o'zaro taqqoslasa bo'ladigan kontekstda, AQSH terminologiyasi bilan aytganda "o'xshash holatda" yoki "o'xshash vaziyatda" ekanligi aniqlanishi kerak. Ikkinchidan, xorijiy investorga mahalliy investorlarga berilganidan kam bo'lmagan qulay shartlarni o'z ichiga oluvchi rejim taqdim etilgan-etilmaganligiga oydinlik kiritish talab etiladi9. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, mazkur masalalarga aniqlik kiritishda yuzaga keladigan munozarali masalalar mavjud bo'lib, ular bo'yicha investitsiya nizolarini hal etish amaliyoti yakdil to'xtamga kelmagan. Ayrim holatlarda mahalliy va xorijiy investorlarning o'xshash holatda ekanligiga ular faoliyat yuritadigan biznes sektor asosida baho berilsa, boshqa holatlarda biznes sektordagi alohida faoliyat turlari yoki tovar(xizmatlar)ga asoslanish kuzatiladi. Ba'zi holatlarda esa investorlarning o'xshash holatda ekanligi fakti ularning raqobat

7 North American Free Trade Agreement // URL: http://www.sice.oas.org/trade/nafta/chap-111.asp

8 Л.П Ануфриева, А.А Спектор, Принцип национального режима в регуливании международной торговли // Журнал российского права. - №10. - 2007. - 79 с.

9 Principles of International Investment Law, R. Dolzer and Ch. Schreuer, 1st ed. - 2008. - 179 p.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

munosabatida ekanligi nuqtayi nazaridan baholanishi tavsiya etiladi. Jumladan, Pope & Talbot Inc. v Canada hamda SD Myers, Inc. v Canada ishlarida arbitraj tomonidan ushbu masala bo'yicha taqqoslash asosi sifatida mahalliy va xorijiy investorlar faoliyat yuritadigan biznes sektor olingan. O'z navbatida o'xshash sektorning o'rnatilgan ta'rifi mavjud emas. Ilmiy ishlarda iqtisodiy faoliyat va biznes sektorini umumiy tarzda UNCTAD yoki OECD statistikalaridagi iqtisodiy sektorlar tasnifiga muvofîq aniqlash mumkinligi tavsiya etiladi. Bunda biznes sektorlarga qishloq xo'jaligi, baliqchilik, transport, aloqa, qurilish, oziq-ovqat sanoati kabi sohalar misol bo'ladi10. O'xshash holatga baho berishda iqtisodiy faoliyat yoki biznes sektorlarga asoslanish keng yondashuv sifatida e'tirof etiladi. Biroq investitsiya amaliyotida bundanda keng yondashuv mavjudligi qayd etiladi. Jumladan, OEPC v Ecuador ishida investorlar faoliyat yuritadigan biznes sektoridan, savdo qiladigan tovarlari(xizmatlari)dan qat'iy nazar eksport faoliyati bilan shug'ullanuvchi mahalliy va xorijiy investorlarning o'xshash holatda bo'lishi va ularga nisbatan nodiskriminatsion rejim taqdim etilishi lozimligi ko'rsatib o'tilgan11. Biroq yuqorida aytilganidek, ayrim holatlarda biznes sektorga nisbatan torroq yondashuvlar mavjud. Masalan, Feldman v Mexico ishida arbitraj "o'xshash holat"ni talqin qilishda iqtisodiy sektor bilan cheklanmasdan tamaki sanoatida qayta sotish va eksport qilish faoliyatini asos sifatida ko'rsatadi12.

Ba'zi olimlar o'xshashlikni aniqlashda raqobat mavjudligiga e'tibor qaratish maqsadga muvofîq ekanligini ta'kidlashadi. Chunki milliy rejim taqdim etish maqsadlaridan biri xorijiy va mahalliy investorlar uchun teng raqobat muhitini shakllantirishdan iborat. Bu yondashuvga ko'ra mahalliy va xorijiy investorlar mahsulotlari raqobat qilayotgan bo'lsa, ular o'xshash vaziyatlardagi investorlar sanaladi13. Ushbu nuqtayi nazarga muvofiq Corn Product International, Inc. v Mexico ishida raqobat o'xshashlik asosi ekanligi ko'rsatib o'tilgan. Arbitraj xulosasiga ko'ra yuqori fruktozali makkajo'xori siropi bo'yicha belgilangan soliq investitsiyalar o'rtasidagi raqobat muhitiga ta'sir o'tkazganligi qayd etilgan14.

Adabiyotlarda milliy rejim va eng qulay shartlar rejimi standartlarini tahlil etishda ularga tegishli qoidalarga analogiya asosida murojaat qilish mumkinligi ta'kidlanadi. Unga ko'ra eng qulay shartlar rejimi doirasida investorlarning "o'xshash

10 Norfadhilah Mohamad Ali, Appropriate Comparator in National Treatment under International Investment Law: Relevance of GATT/WTO, EU and International Human Rights Jurisprudences. - 2014. - 81 p.

11 OEPC v Ecuador, (n 18), paras168-173.

12 Feldman v Mexico, (n 15), para 171.

13 Kurtz, The Merits and Limits of Comparativism: National Treatment in International Investment Law and the WTO (n 102). See also UPS v Canada, Separate Statement of Dean Ronald A. Cass (n 206), para 17.

14 CPI, Inc. v Mexico, (n 98), para 120.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

holatda" ekanligi faktini aniqlashda milliy rejimga oid investitsiya nizolari xulosalariga tayanish mumkin. Ya'ni xorijiy investorning uchinchi davlat investoriga taqdim etilganidan kam bo'lmagan imkoniyatlarga da'vo qilishida ularning "o'xshas h holatda" bo'lishi masalasiga iqtisodiy va biznes sektordagi faoliyat yoki ularning raqobat qiluvchi subyektlar ekanligi nuqtayi nazaridan yondashish mumkin15.

Ushbu ikki standart bo'yicha tahlil qilish talab etiladigan keyingi masala xorijiy investorga taqdim etilgan shartlarning mahalliy investor yoki uchinchi davlat investori uchun nazarda tutilganiga nisbatan noqulayligiga yoki kam bo'lmagan shartlar taqdim etilganligiga aniqlik kiritishdir. Bunda "bir xil", ".. .dek qulay", "kam bo'lmagan qulay" degan ma'nolarni ifodalovchi "same", "as favorable as", "no less favorable" kabi jumlalar vositasida investorlar maqomini tashkil etuvchi shartlar doirasi belgilanadi. Bunda dastlabki ikki jumla investorlar uchun teng bo'lgan huquq va majburiyatlarni nazarda tutsa, "no less favorable" formulasi asosida xorijiy investorning mahalliy yoki uchinchi davlat investoriga taqdim etilganidan-da qulayroq rejimga da'vo qilishi mumkinligi qayd etiladi16. Mazkur terminlarning eng qulay shartlar rejimida qo'llanilishi Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan tahlil etilgan. Jumladan, ushbu Komissiya tomonidan ishlab chiqilgan Eng qulay shartlar rejimi haqidagi band va unga sharxlarda "no less favorable" treatment (kam bo'lmagan qulay rejim) atamasini ishlatish tavsiya etiladi17.

Nizo kelib chiqqanda investorlarning o'xshash holatda ekanligi, ularga taqdim etilgan shartlar nodiskriminatsion harakterda ekanligiga aniqlik kiritishdan tashqari arbitrajlar tomonidan yo'l qo'yilgan farqlashlarning legitimligini, davlatlar tomonidan ma'qullanadigan holatlar bo'yicha amalga oshirilganligini tahlil etish talab etiladi. Bunday farqlashlar investitsiya huquqida rejim taqdim etishdagi istisno holatlar(exceptions) sifatida o'rin egallagan bo'lib, shunday holatlar bo'yicha davlatlarning xorijiy va mahalliy investorga farqli shartlar belgilash huquqi saqlanib qoladi.

BMTning savdo va rivolanish bo'yicha konferensiyasining milliy rejimga oid masalalar bo'yicha chiqargan nashri18da ushbu rejim qo'llanishidagi istisnolar ham tahlil etiladi. Unga muvofiq Milliy rejim qo'llanilishida istisno etiladigan masalalar 4 guruhga ajratiladi:

15 А.А. Рогозина, Некоторые особенности применения оговорок о наибольшем благоприятствовании в международном инвестиционном праве // Вестник РУДН. Серия: Юридические науки. - 2017. - № 2. - 268 с.

16 UNCTAD Series on issues in international investment agreements, National treatment. - 1999. - 37 p

17 International Law Commission, Draft Articles on Most-Favoured-Nation Clauses with Commentaries, 1978. - 2005.

18 UNCTAD Series on issues in international investment agreements, National treatment. - 1999. - 43-46 p.

23 p.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Umumiy istisnolar jamoat tartiboti, salomatligi va jamiyatning axloqiy negizlariga, shuningdek milliy xavfsizlikka oid masalalarga daxldor sohalarda xorijiy investorlarga ayrim cheklovlar yoki taqiqlar o'rnatilishi mumkinligini nazarda tutadi va bunday tartib belgilanishi milliy rejim taqdim etilishida davlatlar tomonidan ma'qullanadi.

Davlatlarda xorijiy va mahalliy investorlarga farq qiladigan shartlar belgilash huquqi saqlanib qoladigan sohalarning navbatdagi guruhi muayyan mavzuli istisnolar deb nom olgan. Unga ko'ra soliqqa tortish, rag'batlantirish choralarini qo'llash, davlat xaridi kabi sohalarda milliy rejim standartidan chekinishlar kuzatilishi mumkin. Masalan, Koreya Respublikasi hukumati va Mongoliya Xalq Respulikasi hukumati o'rtasida tuzilgan investitsiyalarni o'zaro rivojlantirish va himoya qilish haqidagi kelishuv19ga ko'ra milliy rejimning(eng qulay shartlar rejimining ham) soliqqa tortish masalalarini xalqaro kelishuvlar va mahalliy qonunchilik bilan tartibga solishda qo'llanmasligi ko'rsatilgan. Shuningdek ushbu kelishuvga muvofiq xalqaro investitsiya shartnomalarida uchrab turadigan yana bir istisno qayd etilgan. Unga ko'ra taraflarning mavjud yoki kelajakda kirishi mumkin bo'lgan bojxona ittifoqlari, erkin savdo zonalari, moliyaviy ittifoqlar, shunga o'xshash xalqaro kelishuvlar yoki boshqa shakllardagi hududiy hamkorliklarda qatnashishi munosabati bilan yo'l qo'yiladigan farqlashlar milliy rejim va eng qulay shartlar rejimi ta'sir doirasiga tushmasligi ko'rsatiladi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Yamayka o'rtasida tuzilgan kelishuvning 3-moddasi20da qayd etilishicha, mahalliy tadbirkorlik faoliyati yo'lga qo'yilishini rag'batlantirish maqsadida davlatlarning o'z fuqarolari hamda kompaniyalariga beriladigan maxsus imkoniyatlar milliy rejim va eng qulay shartlar rejimining buzilishi sifatida talqin etilmaydi.

NAFTA doirasida ahdlashuvchi davlatlarga muayyan sanoat tarmoqlarida shunday istisnolar belgilash huquqi beriladi. Jumladan, Meksikada energiya va temir yo'l, AQSHda havo yo'llari va radio telekommunikatsiya sektorlari uchun mazkur davlatlarning xorijiy va mahalliy investorlar uchun cheklovlar o'rnatish huquqi saqlanib qolgan. AQSHning Grenada bilan tuzgan ikki tomonlama investitsiya

19 Agreement between the government of the Republic of Korea and the government of the Mongolian People's Republic on the mutual promotion and protection of investments // URL: https://investmentpolicv.unctad.org/international-investment-agreements/treaty-files/1810/download

20 Agreement between the Government of the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland and the Government of Jamaica for the Promotion and Protection of Investments // URL: https://investmentpolicv.unctad.org/international-investment-agreements/treatv-files/1725/download

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bitimi21 ga muvofiq tomonlar milliy rejim(eng qulay shartlar rejimi) taqdim etmaydigan sohalarni ko'rsatib o'tgan. Xususan, Grenada havo transporti, hukumat grantlari, hukumat sug'urtasi va qarz dasturlari, ko'chmas mulkka egalik qilish, yer va tabiiy resurslardan foydalanish sohalarida AQSH investorlari va mahalliy investorlarga farqli rejim o'rnatishi mumkin. AQSHda bunday huquq kengroq doiradagi sektorlar uchun belgilangan bo'lib, farqlashlarga havo transporti, okean va sohilbo'yi kema qatnovi, bank va sug'urta faoliyati, hukumat grantlari, hukumat sug'urtasi va qarz dasturlari, energiya ishlab chiqarish, bojxona omborxonasi faoliyati, ko'chmas mulkka egalik qilish, radioeshittrish, televideniya, telegraf, telefon aloqasi kabi bir qator sohalarda yo'l qo'yilishi mumkin.

Milliy rejim standartiga oid yana bir istisno holat ushbu rejimning o'zarolik asosida taqdim etilishi hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, agar ahdlashuvchi tomonlardan biri o'z hududida milliy rejim standartiga xilof ravishda ikkinchi tomon investoriga mahalliy investorlarga nisbatan noqulay shartlar belgilaydigan bo'lsa, ikkinchi tomon ham o'z hududida milliy rejim taqdim qilishda o'xshash shartlarni o'rnatishi mumkin bo'ladi. Biroq 1993 yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti(OECD) tomonidan bunday javob tariqasida choralar qo'llash amaliyotidan voz kechish kerakligi ta'kidlangan.

Davlatlarning milliy manfaatlari nuqtayi nazaridan milliy rejim standartining ayrim sohalarga tadbiq etilmasligi Markaziy Yevropa erkin savdo kelishuvi (CEFTA)22 doirasida ham ma'qullanadi.

Jumladan, Yugosloviyada tarixiy-madaniy ko'chmas mulk obyektlariga investitsiya kiritishda xorijiy investorlarga taqiq nazarda tutilgan. Qurol-yarog' va harbiy jihozlar sanoati hamda savdosida xorijiy investorlar ulushi 49%dan oshmasligi talab etiladi. Xorijiy investorlarning qishloq joylarida yerga egalik qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Shuningdek tavakkalchilikka asoslangan o'yinlar tashkil etishda chet el investorlari uchun cheklovlar belgilangan. Unga ko'ra chet el investori bunday o'yinlarni faqatgina to'rt yoki besh yuzduzli mehmonxona tashkil etib yo'lga qo'yishi mumkin.

Moldovada jangovor texnikalar va maxsus harbiy jihozlar ishlab chiqarish ustidan davlat monopoliyasi o'rnatilgan. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar xorijiy investor egaligiga berilmaydi. Shuningdek tibbiy va muolaja xizmatlarini

21 Treaty between the United States of America and Grenada concerning the reciprocal encouragement and protection of investment // URL: https://www.wipo.int/edocs/lexdocs/treaties/en/gd-us/trt gd us.pdf

22 Central European Free Trade Agreement URL: https://www.wipo.int/edocs/lexdocs/treaties/en/cefta/trt cefta.pdf

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ko'rsatish sohasi chet ellik investor uchun "yopiq" bo'lgan, biroq hozirda ushbu soha cheklovlar doirasidan chiqarilgan.

Xorvatiyada belgilangan cheklovlar milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ayrim hududlarda: chegara zonalarida, sohilbo'yi hududlarda, orollarda, o'rmon zonalarida ko'chmas mulk olishga, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni olishga aloqador.

Qurol-yarog' va portlovchi moddalar ishlab chiqarish va ularning savdosiga oid sohalarga investitsiya kiritishda xorijiy investitsiya ulushi 49% oshib ketmasligi, chet ellik jismoniy shaxslarning hunarmandchilik do'konlaridan tashqari boshqa turdagi savdo do'konlari mulkdori bo'la olmasligiga oid chekovlar Bosniya va Gersegovina qonunchiligida qayd etiladi.

Albaniyaning investitsiya huquqi esa bank va sug'urta faoliyatini amalga oshiradigan chet el investorlari uchun alohida ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomilini belgilaydi23.

Aksariyat investitsiya bitimlari milliy rejim standarti kabi eng qulay shartlar rejimi qo'llanilishi cheklanadigan yoki istisno etiladigan muayyan sohalarni nazarda tutadi. Ushbu sohalar regional iqtisodiy integratsiya, soliq masalalari, subsidiyalar yoki davlat xaridi kabilarni qamrab olishi mumkin. Masalan, 1998 yilgi Germaniyaning namunaviy ikki tomonlama investitsiya bitimiga ko'ra eng qulay shartlar rejimi bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlar, umumiy bozor yoki erkin savdo zonalariga a'zolikdan yoki soliqqa tortishga oid milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan masalalarga taalluqli bo'lmasligi qayd etilgan24. Ushbu qoida milliy rejimdagi muayyan mavzuli istisnolar guruhiga to'g'ri kelsa, umumiy istisnolarga GATSning XIV moddasi hamda CEFTAning 18-moddasini misol tariqasida keltirish mumkin. Unga ko'ra jamoat tartibi, jamiyatning axloqiy negizlari, milliy xavfsizlik kabi masalalar bo'yicha davlatlarda muayyan cheklovlar yoki istisnolar belgilash huquqi saqlanib qoladi.

XULOSA

Yuqoridagi tahlillarga asosan xulosa qilish mumkinki, milliy rejim va eng qulay shartlar rejimi standartlarining o'xshash va farqli jihatlari mavjud. Xususan, mazkur standartlar xalqaro investitsiya huquqida diskriminatsiyaga yo'l qo'ymaslik prinsipi ta'minlanishiga xizmat qiladi; rivojlanish davrlari va tartibida, shuningdek shakllanishiga ta'sir o'tkazgan omillarda o'xshashlik kuzatiladi; ushbu rejimlar

23 CEFTA issues paper 2, National Treatment Restrictions and Review of Bilateral Investment Treaties. - 2010. - 1620 p.

24 OECD(2004) "Most-Favoured-Nation Treatment in International Investment Law", OECD Working Papers on International Investment, 2004/02. - 3 p.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mazmunini tashkil qiluvchi terminlar va ularni qo'llash muammolarida umumiylik mavjud. Shu bilan birgalikda milliy rejim va eng qulay shartlar rejimi standartlari o'rtasidagi farqlar quyidagilarda kuzatiladi. Milliy rejimga ko'ra qabul qiluvchi davlat chet el investoriga o'zining mahalliy investorlari uchun nazarda tutilganidan kam bo'lmagan rejim taqdim etish majburiyatini olsa, eng qulay shartlar rejimi asosida xorijiy investorda qabul qiluvchi davlatning boshqa davlatlar investorlariga taqdim etadigan afzalliklardan foydalanish imkoniyati paydo bo'ladi. Bunda asosiy farq taqqoslanuvchi subyektlar doirasida aks etadi. Bundan tashqari eng qulay shartlar rejimi haqidagi band u mustahkamlangan investitsiya bitimini qabul qiluvchi davlat tuzadigan boshqa investitsiya bitimlari bilan bog'lash xususiyatiga ega bo'ladi25. Ya'ni chet el investori eng qulay shartlar rejimi haqidagi bandga havola qilib boshqa investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan afzalliklarga da'vo qilishi mumkin. Qolaversa, milliy rejim nazarda tutilgan investitsiyaviy munosabatlarga, asosan, milliy qonunchilik normalari ta'sir etsa, eng qulay shartlar rejimiga ko'ra bunday munosabatlarda yuz beradigan o'zgarishlar davlatlarning xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadi.

REFERENCES

1. Principles of International Investment Law, R. Dolzer and Ch. Schreuer, 1st ed. - 2008. - 179 p.

2. Norfadhilah Mohamad Ali, Appropriate Comparator in National Treatment under International Investment Law: Relevance of GATT/WTO, EU and International Human Rights Jurisprudences. - 2014. - 162 p.

3. OECD(2004) "Most-Favoured-Nation Treatment in International Investment Law", OECD Working Papers on International Investment, 2004/02. - 2 p.

4. Л.П Ануфриева, А.А Спектор, Принцип национального режима в регуливании международной торговли // Журнал российского права. - №10. -2007. - 78 с.

5. North American Free Trade Agreement // URL: http://www.sice.oas.org/trade/nafta/chap-111 .asp

6. OEPC v Ecuador, (n 18), paras168-173.

7. Feldman v Mexico, (n 15), para 171.

25 OECD(2004) "Most-Favoured-Nation Treatment in International Investment Law", OECD Working Papers on International Investment, 2004/02. - 9 p.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Kurtz, The Merits and Limits of Comparativism: National Treatment in International Investment Law and the WTO (n 102). See also UPS v Canada, Separate Statement of Dean Ronald A. Cass (n 206), para 17.

9. CPI, Inc. v Mexico, (n 98), para 120.

10. А.А. Рогозина, Некоторые особенности применения оговорок о наибольшем благоприятствовании в международном инвестиционном праве // Вестник РУДН. Серия: Юридические науки. - 2017. - № 2. - 268 с.

11. UNCTAD Series on issues in international investment agreements, National treatment. - 1999. - 37 p

12. International Law Commission, Draft Articles on Most-Favoured-Nation Clauses with Commentaries, 1978. - 2005. - 23 p.

13. Agreement between the government of the Republic of Korea and the government of the Mongolian People's Republic on the mutual promotion and protection of investments // URL: https://investmentpolicy.unctad.org/international-investment-agreements/treaty-files/1810/download

14. Agreement between the Government of the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland and the Government of Jamaica for the Promotion and Protection of Investments // URL: https://investmentpolicy.unctad.org/international-investment-agreements/treaty-files/1725/download

15. Treaty between the United States of America and Grenada concerning the reciprocal encouragement and protection of investment // URL: https://www.wipo.int/edocs/lexdocs/treaties/en/gd-us/trt gd us.pdf

16. Central European Free Trade Agreement URL: https://www.wipo.int/edocs/lexdocs/treaties/en/cefta/trt cefta.pdf

17. CEFTA issues paper 2, National Treatment Restrictions and Review of Bilateral Investment Treaties. - 2010. - 16-20 p.

18. Иброхимов, А. А. У. (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, i(10), 841-853.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.