Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTINING A’ZOSI SIFATIDA: MUAMMOLAR HAMDA ISTIQBOLLAR'

O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTINING A’ZOSI SIFATIDA: MUAMMOLAR HAMDA ISTIQBOLLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
656
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
GATT / Jahon savdo tashkiloti / iqtisodiy reformatsiya / xalqaro savdo / erkin savdo / o'tish iqtisodiyoti / barqaror iqtisodiy o'sish. / GATT / World Trade Organization / economic reform / international trade / free trade / transition economy / sustainable economic growth.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shahboz Qahramon O‘g‘li Eshto‘xtarov

Mazkur maqolada O'zbekistonning Jahon savdo tashkiloti a'zo bo'lishi bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi omillar, a'zolikka qabul qilinganidan so'ng kutilayotgan o'zgarishlar tahlil qilingan hamda muammolar yuzasidan pragmatik takliflar keltirib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN AS A MEMBER OF THE WORLD WTO: CHALLENGES AND PROSPECTS

This article analyzes the obstacles to Uzbekistan's accession to the World Trade Organization, the changes expected after accession, and offers pragmatic suggestions on the problems.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTINING A’ZOSI SIFATIDA: MUAMMOLAR HAMDA ISTIQBOLLAR»

O'ZBEKISTON JAHON SAVDO TASHKILOTINING A'ZOSI SIFATIDA:

MUAMMOLAR HAMDAISTIQBOLLAR

Shahboz Qahramon o'g'li Eshto'xtarov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti eshtukhtarovshakhboz@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekistonning Jahon savdo tashkiloti a'zo bo'lishi bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi omillar, a'zolikka qabul qilinganidan so'ng kutilayotgan o'zgarishlar tahlil qilingan hamda muammolar yuzasidan pragmatik takliflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: GATT, Jahon savdo tashkiloti, iqtisodiy reformatsiya, xalqaro savdo, erkin savdo, o'tish iqtisodiyoti, barqaror iqtisodiy o'sish.

UZBEKISTAN AS A MEMBER OF THE WORLD WTO: CHALLENGES AND

PROSPECTS

Shahboz Kahramon ugli Eshtukhtarov

University of World Economy and Diplomacy eshtukhtarovshakhboz@gmail .com

ABSTRACT

This article analyzes the obstacles to Uzbekistan's accession to the World Trade Organization, the changes expected after accession, and offers pragmatic suggestions on the problems.

Keywords: GATT, World Trade Organization, economic reform, international trade, free trade, transition economy, sustainable economic growth.

Iqtisodiyot har zamonda va har qanday holatda mamlakatning harakatlantiruvchi asosiy draveri bo'lib xizmat qilgan. Bugun kunda mamlakatlar orasidagi savdo-sotiq munosabatlari jahon iqtisodiyotining asosiy qismini tashkil etayotgan bo'lib, ushbu munosabatlar Jahon savdo tashkiloti tomonidan tartibga solinadi.

Jahon Savdo Tashkiloti 1995- yilda tashkil topgan. Xalqaro tashkilotlarning eng yoshlaridan biri bo'lgan Jahon savdo tashkiloti Ikkinchi Jahon urushi yillarida tuzilgan tariflar va savdo bo'yicha Bosh kelishuv (GATT) vorisidir. Shunday qilib, Jahon savdo tashkiloti nisbatan yosh bo'lsa-da, dastlab GATT huzurida tashkil etilgan ko'p tomonlama savdo tizimi 70 yoshdan oshgan.

So'nggi 70 yil ichida jahon savdosida favqulodda o'sish kuzatildi. Tovarlar eksporti yiliga o'rtacha 6 foizga o'sdi. Savdo hajmining o'sishi umumiy iqtisodiy

kengayish uchun kuchli vosita bo'ldi va o'rtacha savdo har yili jahon iqtisodiyotiga nisbatan 1,5 baravar ko'paydi. 2019- yilda jami eksport hajmi 1948- yil darajasidan 250 baravar ko'p edi. GATT va Jahon savdo tashkiloti misli ko'rilmagan o'sishga hissa qo'shadigan kuchli va farovon savdo tizimini yaratishga yordam berdi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng, global iqtisodiyot va ko'p tomonlama savdo aloqalarini yo'lga qo'yish masalasida hamkorlik ishlarini amalga oshirgan. O'zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini faol ravishda olib bormoqda, bu qo'shilish bo'yicha eng uzoq davom etgan muzokaralardan biri hisoblanadi. O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish to'g'risidagi arizasi 1994-yil 21-dekabridan boshlangan, ammo 2005-yilda ushbu jarayonlar to'xtab qoldi. Shunga qaramay, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi yuzasidan tuzilgan ishchi guruh 2019-yilda hukumatimiz tashabbasi bilan yana o'z faolligini oshirdi hamda 2020-yil 7-iyuldan ushbu qo'shma ishchi guruh yig'ilishlari qayta tiklandi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining mazkur tashkilotga a'zolik holatlari [1]:

Davlatlar Ariza topshirish muddati A'zolik

O'zbekiston Respublikasi 1994-yil dekabr Ko'rib chiqilmoqda

Qozog'iston Respublikasi 1996-yil yanvar 2015-yil noyabr

Qizg'iziston Respublikasi 1996-yil fevral 1998-yil dekabr

Tojikiston Respublikasi 2001-yil may 2013-yil mart

Turkmaniston Respublikasi Ariza topshirmagan

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev o'zining 2017-yil 22-dekabrdagi hamda 2020-yil 28-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida yurtimizning JST ga qo'shilishi muhim ekanligi hamda bu boradagi ishlar qayta yo'lga qo'yilishi borasidagi g'oyani ilgari surganlar. Buning sababi esa JST to'laqonli a'zo sifatida qo'shilish global iqtisodiyotga foydali integratsiya qilishning kaliti hisoblanishidir.

Yevropa Ittifoqining vakili Jussi Narvining ta'kidlashicha, O'zbekistonning JST ga a'zo bo'lishi Yevropalik investorlarni O'zbekistonga bo'lgan qiziqish hamda ishonchlarini yanada oshiradi. Shuningdek, Xalqaro savdo markazi direktori, BMT ning bosh kotibi yordamchi Pamela Kok-Xemilton O'zbekistonning mazkur tashkilotga qo'shilishini maqullab, ushbu jarayon O'zbekistonning xalqaro munosabatlarini yangi va yuqori pog'onaga ko'tarilishi haqida so'z yuritgan.

JST tovar va xizmatlar bozoriga kirish, savdo siyosatiga ta'sir ko'rsatadigan iqtisodiy siyosat vositalaridan foydalanish va qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash borasida o'z a'zolarini xalqaro majburiyatlarni bajarish bilan erkin savdo qilishga intiladi. JSTga a'zolik quyidagilarni ta'minlaydi[2]:

-I- Jahon savdo tashkilotiga a'zo barcha kompaniyalar uchun Tashkilotning

barcha a'zolari bozorlariga teng kirish huquqini anglatadigan eng maqbul davlat tamoyili;

-I- milliy ishlab chiqaruvchilarning importchilarga nisbatan ustunliklarini taqiqlovchi milliy rejim tamoyili;

-I- savdo to'siqlarini, birinchi navbatda, tariflar va miqdoriy cheklovlarni kamaytirish, bu A'zolar o'rtasida savdo hajmini oshirishni ta'minlaydi;

-I- xalqaro savdoning bashorat qilinishi va shaffofligi;

-I- savdo sheriklari o'rtasida savdoni, birinchi navbatda eksport subsidiyalari va dempingni rag'batlantirishga qaratilgan nohaq amaliyotni bartaraf etish orqali raqobatbardoshlikni oshirish;

-I- Jahon savdo tashkilotining nizolarni hal qilish organida savdo manfaatlarini himoya qilish imkoniyati, chunki barcha a'zolarning savdo cheklovlarini qo'llamasliklari uchun a'zolar oldida xalqaro majburiyatlari bo'ladi.

Mamlakatimizda import hajmi eksport hajmiga nisbatan biroz ko'p bo'lib, JSTga a'zo bo'lish, O'zbekistonning tashqi bozorga chiqishini osonlashtirishi, yordam beradigan omillardan biri bo'lishi mumkin [3]. JSTga a'zo bo'lish asosan qayta ishlangan mahsulotlar harakatini tartibga soladi va aynan shu narsa JSTga a'zo bo'lganda, O'zbekiston iqtisodiyoti uchun eksport uchun qayta ishlangan mahsulotlar hajmini oshirishda rag'batlantiruvchi omil bo'lishi mumkin va umuman, bu har qanday davlat va xususan O'zbekistonning rivojlanish maqsadlari bilan o'zaro bog'liqdir, chunki qo'shimcha qiymatning o'sishi har doim rentabellikning oshishiga olib keladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, import tariflari pasaytirilganidan so'ng, aholining ayrim tor guruhlari zarar ko'rishi mumkin. Bu kapital egalariga va ichki bozor protektsionizmiga bog'liq bo'lgan import o'rnini bosuvchi sohalarda ishlaydiganlarga tegishli. Ish bilan ta'minlash, kadrlarni qayta tayyorlash va ishsizlarga ijtimoiy yordam dasturlarini kuchaytirish zarur. Eksport va xizmat ko'rsatish sohalarining o'sishi yangi ish o'rinlarini yaratishga yordam beradi. JSTga a'zo bo'lish xorijiy investorlar uchun, shu jumladan telekommunikatsiya va moliyaviy xizmatlar sohasi uchun O'zbekiston iqtisodiyotining jozibadorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Keyinchalik qulay investitsiya muhiti iqtisodiy o'sishga olib keladi va soliq yo'qotishlarini kelajakda katta daromadlar bilan qoplash mumkin. Liberal ssenariy to'lovlar balansining kattaroq, ammo baribir ahamiyatli emasligi va byudjet daromadlarining pasayishi bilan tavsiflanadi. Farovonligi oshadigan import qilinadigan mahsulotlar iste'molchilari va eksportchilari katta foyda ko'rishadi. Shunday qilib, olingan natijalardan, umuman olganda, savdo rejimining erkinlashtirilishi import bojlarini pasaytirish va importning tarifsiz to'siqlarini bartaraf etish import bojlari, aksiz soliqlari va QQS dan soliq tushumlarida katta yo'qotishlarga olib kelmasligini yoki to'lov balansining sezilarli darajada yomonlashishini tahmin qilish mumkin.

JSTga a'zolik O'zbekiston iqtisodiyotining quyidagi sohalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi: avtomobilsozlik, kimyo sanoati, metallni qayta ishlash va to'qimachilik sanoati. Ma'no tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev JSTga a'zo bo'lish uchun tanqidiy fikr bildirib, Jahon savdo tashkiloti O'zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun xavf tug'diradi deb fikrni ta'kidlab o'tgan. Uning fikriga ko'ra, tashkilotga qo'shilish holatida milliy ishlab chiqaruvchi zarar ko'rishi mumkin. Masalan, geografik omili tufayli O'zbekiston avtomobilsozligi dastlab raqobatbardosh ustunliklarga ega. Shuningdek, JSTning birinchi qurbonlaridan biri bu avtomobilsozlik bo'ladi.

Tashkilotga a'zo bo'lishning ijobiy jihatlari ko'p bo'lib, quyidagilarni sanab ko'rsatishimiz mumkin:

Birinchidan, a'zolik iqtisodiy manfaatga olib keladi, ya'ni to'siqlarsiz o'zaro mahsulot ayirboshlash va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qo'llanilishi hamda rivojiga olib keladi;

Ikkinchidan, aholining yashash darajasi yaxshilanadi. Xususan, insonlarga sifatli mahsulot iste'mol qilish uchun sharoit yaratib beradi.

Uchinchidan, eksport salohiyatining oshganligi sababli mahalliy bozorda narx-navo arzonlashadi;

To'rtinchidan, milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini ko'paytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi;

Beshinchidan, davlatlardagi ishsizlar soni kamayadi.

BMTga a'zo aksar davlatlar JSTga ham a'zo bo'lib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012- yilda, Qirg'iziston 1998- yilda, Tojikiston 2012- yilda, Qozog'iston 2015- yilda a'zolikka qabul qilindi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga a'zolikni "energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash" sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon silliq kechadi, degani emas. Demak, hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo'ladi.

O'zbekiston zimmasiga JST tomonidan siyosat va iqtisodda ochiqlikni ta'minlash, eksport-import va boshqa iqtisodiy tizimlarda rejalashtirishdan voz kechish, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini import qilish bo'yicha davlat monopoliyasini bekor qilish yuklanadi.

Shu o'rinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tug'iladi.

Birinchidan, O'zbekistonning JSTga a'zoligi bojxona soliqlarini 8-10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar ko'radi. Biroq, o'z

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi O'zbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.

Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o'zbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tug'iladi. Oqibatda qishloq xo'jaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi G'arb mamlakatlarida bo'lganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy o'zgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.

Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni amaliyotda qo'llash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yo'nalishida ham muammolar to'plangan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O'zbekistonning JST ga a'zo bo'lishi mamlakatimizdagi monopol tashilotlarning tugatilishi hamda bozorning erkin boshqarilishiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. https://www.wto.org/english/thewto e/whatis e/tif e/org6 e.htm

2. Baturina,Valentina, Jakhonghir Muinov and Evgenia Elfimova (2004): Uzbekistan on its Way to the WTO: Risks and Benefits for the Textile and Apparel Industries, Uzbekistan Economy,88-93 http://www.uzbearingpoint.com/files/3/a11 .pdf

3. Asia pacific trade and investment report 2018. Recent Trends and Developments. https://www.unescap.org/sites/default/d8files/knowledge-products/Uzbekistan.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.