Научная статья на тему 'JAHON SAVDO TASHKILOTIGA AʼZOLIK OʻZBEKISTON UCHUN QANCHALIK FOYDALI?'

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA AʼZOLIK OʻZBEKISTON UCHUN QANCHALIK FOYDALI? Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
1677
305
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eksportyor / monopolist / umumiy resurs / energetika mustaqilligi / liberallashtirish. / Exporter / monopolist / common resource / energy independence / liberalization

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Nosurullayev, Qodir Abdisharib O’g’li

Ushbu maqolada jahon savdo tashkilotiga a'zolik O'zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishi foydali va zararli tomonlari haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HOW MUCH IS BENEFIT FOR WORLD WTO MEMBERSHIP FOR UZBEKISTAN?

This article discusses the benefits and harms of WTO membership to the Uzbek economy.

Текст научной работы на тему «JAHON SAVDO TASHKILOTIGA AʼZOLIK OʻZBEKISTON UCHUN QANCHALIK FOYDALI?»

Scientific Journal Impact Factor

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A'ZOLIK O'ZBEKISTON UCHUN

QANCHALIK FOYDALI?

Nosurullayev Qodir Abdisharib o'g'li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jahon savdo tashkilotiga a'zolik O'zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishi foydali va zararli tomonlari haqidayozilgan.

Kalit so'zlar: Eksportyor, monopolist, umumiy resurs, energetika mustaqilligi, liberallashtirish.

This article discusses the benefits and harms of WTO membership to the Uzbek economy.

Keywords: Exporter, monopolist, common resource, energy independence, liberalization.

KIRISH

Ma'lumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri o'zini o'zi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qo'llanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. O'zaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning o'z savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida mas'uliyat yuklaydi. Bundan ko'zlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga ko'mak berishdir.

Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini ta'minlash, iqtisodiy o'sish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga a'zo bo'lgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qat'iy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir.

Shunday ekan, O'zbekiston uchun kutiladigan natija nima bo'ladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi o'sha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bog'liq kechadi. Buning uchun:

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

— iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;

— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;

— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;

— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;

— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;

— import va eksport boj to'lovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir davlatning bu tashkilotga a'zo bo'lish jarayoni o'rtacha 8 — 10, ba'zi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. O'zbekiston 1995-yilda ariza topshirgan bo'lishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qo'lida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yo'l kompaniyasi xohlagan narxini o'rnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan O'zbekiston iqtisodiyoti ko'p yildirki, aziyat chekmoqda.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, G'arbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, O'zbekiston ham bu imkoniyatlardan to'liq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga a'zoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal bo'ladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi o'z-o'zidan yaratiladi.

Mavzuni kengroq ochib berishda mazkur tashkilotning tarixi va tarkibiy tuzilishiga alohida to'xtalib o'tish joiz. JSTga 1995-yil yanvarda asos solingan. 1994-yil 15-apreldagi Marokash deklaratsiyasida «uning natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning o'sishiga olib keladi. Shuningdek, u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma hisoblanadi», deb yozib qo'yilgan.

1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, intellektual mulk haqidagi bitim Jahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlariga kiradi. Mazkur hujjatlar a'zo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan.

1995-yildan faoliyatini boshlagan bu tashkilotga ayni vaqtda a'zo bo'lgan 164 davlat uchun yangi bozorlar ochiq hisoblanadi. O'ndan ziyod turli yo'nalishdagi bitimlar uning normativ-huquqiy bazasini tashkil etyapti. Mazkur hujjatlar talabini

Scientific Journal Impact Factor

bajarish tashkilotning barcha a'zolari uchun majburiy sanaladi. A'zo bo'lishni istagan davlatlar o'z milliy qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishi kerak.

Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus — umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror ko'pchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan bo'lsa-da, hozir bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga ko'ra,ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi. Borayotgan ishlar borasida javobgar bo'lgan Bosh kengash yig'inlarini tashkilotning ma'muriy qarorgohi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir marta o'tkazadi. Yig'ilishlarda tashkilotga a'zo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shug'ullanadigan organlar bor (jami 650 xodim ishlaydi). Bundan tashqari, uning tarkibida savdo va rivojlanish bo'yicha qo'mita, savdo balansi borasida cheklovlar o'rnatuvchi qo'mita hamda byudjet, moliya va ma'muriy masalalar bilan shug'ullanadigan qo'mita faoliyat yuritadi. Bosh kengashdan quyi pog'onada yana uchta kengash: tovarlar savdosi bo'yicha kengash, xizmatlar savdosi bo'yicha kengash va intellektual mulk huquqi bo'yicha kengash faoliyat yuritadi.

Tashkilotga a'zo bo'lishning ijobiy jihatlari ko'p. Birinchidan, uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Ya'ni to'siqlarsiz o'zaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qo'llanilishi hamda rivojiga hissa qo'shadi.

Ikkinchidan, xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot iste'mol qilish imkonini yaratadi.

Uchinchidan, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.

To'rtinchidan, milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini ko'paytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi.

Beshinchidan, mehnat bandligiga ijobiy ta'sir etadi.

BMTga a'zo aksar davlatlar JSTga ham a'zo bo'lib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirg'iziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozog'iston 2015-yilda a'zolikka qabul qilindi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga a'zolikni "energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash" sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon silliq kechadi, degani emas. Demak, hukumat birinchi navbatda

Scientific Journal Impact Factor

mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo'ladi.

Bu o'rinda tashkilotga a'zolikning afzalliklarini Xitoy davlati misolida ko'rib chiqish ayni muddaodir. -Xitoy 15 yillik murakkab muzokaralar olib borgandan so'ng, ushbu kelishuvlar asosida 2001-yil 11-dekabrda tashkilotga 143-a'zo bo'ldi. Biroq hukumatga bu borada qator og'ir va mashaqqatli talablarni ilgari surishdi. Tarifni pasaytirish, AQSH kompaniyalari uchun zarur bo'lgan sanoat mahsulotlari tariflarini 25 foizdan 7 foizgacha qisqartirish, Amerika fermerlari uchun zarur bo'lgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxini 31 foizdan 14 foizgacha arzonlashtirish, bank sektori, sug'urta, telekommunikatsiya va kasbiy xizmatlar kabi muhim sohalardagi qator tarmoqlarni keng miqyosda ochish, tizimli islohotlar olib borish, oshkoralik masalasida chuqur islohotlarni o'tkazish, Xitoyda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarga to'siqlarni bartaraf etish shular jumlasidandir.

Ko'rinib turibdiki, Xitoyning JSTga a'zo bo'lishi bilan bog'liq asosiy muammo bozorga kirish imkoniyati emas, balki iqtisodiy rejimning shaffofligi, huquqiy, ma'muriy va institutsional tizimni shakllantirish majburiyatlarini bajarish mexanizmi bo'lgandi.

Muzokaralarning yakuniy bosqichida XXRgayana ushbu vazifalar ham qo'yildi: eksportni rejalashtirish va eksport-import rejalarini amalga oshirish siyosatini rejalashtirish tizimini bekor qilish; tashqi savdo rejimining shaffofligi, litsenziyalash va kvota tizimi, davlat xaridlari bozori, xorijiy ishbilarmonlarga ichki bozor xizmatlaridan foydalanishni erkinlashtirish;eksport subsidiyalarini olib tashlash; davlat korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashdan voz kechish va qishloq xo'jaligini himoya qilish.

Mazkur tahlildan xulosa shuki, O'zbekiston zimmasiga ham JST tomonidan siyosat va iqtisodda ochiqlikni ta'minlash, eksport-import va boshqa iqtisodiy tizimlarda rejalashtirishdan voz kechish, qishloq xo'jaligi va sanoat mahsulotlarini import qilish bo'yicha davlat monopoliyasini bekor qilish yuklanadi. Ammo Xitoy bu shartlarni qabul qilishni davr zarurati, jahon iqtisodi qoidasini hurmat qilish, deb tushundi. Shunchalik murakkablik bo'lishiga qaramasdan, Xitoy hukumati JSTga a'zo bo'lishning qiyinchiliklaridan ko'ra, imkoniyatlari ko'proq bo'lishiga qattiq ishondi.

Tarixiy qarorga kelganidan so'ng, mamlakat ikki masalada yutdi: JSTga a'zolik tufayli 2008-yilda boshlanib, hozirga qadar davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida arzon bo'lgan Xitoy mollari uchun cheklovli kvotalar olib tashlandi, xalqaro mehnat taqsimotidagi eng foydali jihati — arzon ishchi kuchini

Scientific Journal Impact Factor

eksport qilishga erishildi. Hozirgi kunda xorijda ishlayotgan 70 million muhojir (Gonkong va Tayvandan tashqari) yiliga taxminan 70 milliard dollar mablag'ni Xitoyga yuborib turadi.

Shu o'rinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tug'iladi. Birinchidan, O'zbekistonning JSTga a'zoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar ko'radi. Biroq, o'z navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi O'zbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.

Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o'zbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tug'iladi. Oqibatda qishloq xo'jaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi G'arb mamlakatlarida bo'lganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy o'zgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi.

Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni amaliyotda qo'llash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yo'nalishida ham muammolar to'plangan.

Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga ko'chirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol sotib, daromad ko'rish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), g'oya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari bo'yicha ham qator vazifalar hamon yechilmagan.

Endi O'zbekiston tajribasidaJSTga a'zo bo'lish afzalliklari va ayrim kamchiliklarimiz xususida mulohaza yuritsak. Bugungi kunda ekspertlar guruhi ("Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo'yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to'g'risida"gi 2018-yil 24-dekabrdagi hukumatning 1040-son qarori) tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Scientific Journal Impact Factor

mutasaddi bo'lgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yo'q. Shunday bo'lsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmaganligi bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga e'tiboringizni qaratmoqchi edim.

Birinchidan, mamlakat fuqarolari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi "bo'shliq"ni yuzaga keltiryapti. Xuddi shu "bo'shliq" boshqa sohalarda islohotlarni o'tkazishga xalaqit bermoqda.

Ayni chog'da mamlakatimizdagi kambag'allik darajasi 12 — 15 foiz atrofida ekanligi ma'lum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, "Yashash minimumi to'g'risida"gi qonun va konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. Yuqoridagi komissiya "iste'mol savatchasi" va "yashash minimumi"ni belgilash bo'yicha xorijiy tajribani o'rganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. Hozirgi murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan, mazkur qonunga ehtiyoj kundan-kunga oshib boraveradi.

Ikkinchidan, ana shu muammoni tan olgan holda, JSTga a'zolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qo'llagudek bo'lsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar ko'payadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga ko'ra, O'zbekistonda 4 milliongacha bo'lgan fuqarolarning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qo'shgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning JSTga a'zo bo'lishidan eng ko'p zararni qishloq aholisi ko'radi.

Uchinchidan, 2010 — 2019-yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017-yilda bu ko'rsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, O'zbekistonning JSTgaa'zo bo'lishi natijasida Xitoy tajribasida bo'lgani singari ishsizlar sonining ko'payib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlari ahvolining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

To'rtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan xarakterlanadi. Oddiy misol: 2020-yil iyul oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan "UzAuto Motors" AJda "Raqobat to'g'risida"gi Qonun talablari buzilishi bo'yicha deputat so'rovi ko'rib chiqildi. Qo'mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga ko'ra,

Scientific Journal Impact Factor

avtomobillar narxlari 3 million so'mdan 19 million so'mgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Bunga o'xshagan holatni boshqa monopol korxonalar misolida ham ko'rsa bo'ladi. O'zbekiston tashkilotga qo'shiladigan bo'lsa, ijobiy jihat shuki, 1996-yildan beri "UzAuto Motors" kabi avtomobil sanoatidagi proteksionizm siyosatidan voz kechilishiga, monopoliya tugatilishiga va aholi turmush farovonligi oshishiga erishiladi.

O'zbekiston Respublikasining JSTga kirishini tezlashtirish bo'yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Xalqaro rivojlanish bo'yicha AQSH agentligi (USAID), Xalqaro hamkorlik bo'yicha Germaniya jamiyati (GIS) texnik ko'mak berayotganini ham ta'kidlab o'tish lozim.

Ma'lum bo'lishicha, 2020-yilning 7-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida O'zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo'yicha ishchi guruhining 4-yig'ilishi bo'lib o'tgan. O'zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o'rinbosari,investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov boshchilik qilgan. Yig'ilish doirasida O'zbekistonning tashqi savdo rejimi to'g'risida kengaytirilgan Memorandum muhokama qilingan.

JST — global platforma, undan mamlakat yaxshi foyda ko'radi. O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lishdagi -imkoniyatlarini qisqacha baholasak, bular — keyingi yillarda jiddiy islohotlarni boshidan kechirgan turizmning rivojlanishi, integratsiyalashuv imkoniyatlari ortishi, notarif cheklovlarning kamayishi, iqtisodiyotda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ulushining oshishi, davlat monopoliyasining qisqarishida ko'zga tashlanadi. Lekin bu masalaning tashqi tarafi, shakli, xolos. Bizningcha, asosiy masala ichki tashkiliy-tuzilmaviy va texnologik tarafida — mazmunida bo'lib qolgan.

Xulosa shuki, O'zbekistonning xalqaro tashkilot vakillari bilan muzokaralari 2-3 yilga cho'zilishi ehtimoli mavjud. JSTga a'zolik masalasi oson hal bo'lmaydi, oldinda juda murakkab bosqichlar turibdi.

Bir maqolada masalaning barcha jihatlarini batafsil yoritishning imkoni yo'q. Mavzu va muammolar ko'lami shu qadar kengki, ularning birortasini ko'zdan qochirish yangi muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, tog' -kon, neft-gaz sanoati, energetika, temir yo'l, havo yo'llari sohalarida xususiylashtirish hali oxiriga yetkazilmaganligi jiddiy muhokama qilinishi lozim.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Eng muhim jihat shundaki, O'zbekiston, birinchi navbatda, o'zining ichki iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilishi kerak. Geoiqtisodiyot bilan ham jiddiy shug'ullanishga to'g'ri keladi. Bir vaqtning o'zida ikki tashkilot kuzatuvchisi sifatida ham JST, ham YEOII bilan hamkorlik qilinayotganligi rahbariyat oldida o'ta murakkab vazifalarning oqilona yechimini topishni ko'ndalang qo'yadi. Ushbu dolzarb masalalarning ijobiy yechimiga erishish uchun O'zbekistonning milliy taraqqiyot yo'li va yuksak farovonlikka erishishiga xizmat qiladigan yangicha yondashuv hamda qarashlar belgilab olinadi, deb ishonamiz.

JSTga a'zolik, avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat muhitini yaratadi.

Bunday dadil qadam esa yurtimiz istiqboli uchun, shubhasiz, muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Omuraliev E.K. Biz o'zaro munosabatlarni kengaytirish uchun juda ko'p imkoniyatlarga egamiz. Qirg'iziston Respublikasining JSTga a'zoligi to'g'risida // AKIpress. 1996 yil - № 36.

2. Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o'zgarishlarni dinamikasi va baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo'nalishlar, 2011 yil. 2 (95), bet. 44-53.

3. Jahon savdo tashkiloti rasmiy sayti ma"lumotlari www.wto.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.