Научная статья на тему 'XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA TALABALAR EKPEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID TADQIQOTLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA TALABALAR EKPEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID TADQIQOTLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
talabalar / ta`lim / ekopedagogika / kompetentsiya / rivojlantirish / tizimli yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna

Maqolada ta`limdagi islohotlar va boʼlajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, xalqaro tajribalarga tayanib talabalarda ekopedagogik savodxonlikni amalga oshirish takidlab o‘tilgan. Shuningdek, bo‘lajak pedagog kadrlarning ekologik kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoniga tayyorlashda zamonaviy taʼlimga qoʼyiladigan talablar va xalqaro tajribalar asosida ekopedagogik kompetentlikka tizimli yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA TALABALAR EKPEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID TADQIQOTLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA TALABALAR EKPEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID TADQIQOTLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna

p.f.d., professor v.b., O'zDJTU https://doi.org/10.5281/zenodo.11502355

Annotatsiya. Maqolada talimdagi islohotlar va bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, xalqaro tajribalarga tayanib talabalarda ekopedagogik savodxonlikni amalga oshirish takidlab o'tilgan. Shuningdek, bo'lajakpedagogkadrlarningekologikkompetensiyalarni rivojlantirishjarayoniga tayyorlashda zamonaviy ta'limga qo'yiladigan talablar va xalqaro tajribalar asosida ekopedagogik kompetentlikka tizimli yondashuvning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: talabalar, talim, ekopedagogika, kompetentsiya, rivojlantirish, tizimli yondashuv.

Mamlakatimizda islohotlar natijalari joriy qilinayotgan oliy talim tizimida pedagogik kadrlar tayyorlash bo'g'ini muhim o'rin egallaydi. Oliy talim jarayonining o'ziga xos xususiyatlari bo'lajak pedagogik kadrlarni talabalarlar ongiga yanada ko'proq ta'sir qilayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlarini o'quv jarayonidagi ifodasidir. Globallashuvning oliy talim tizimiga ta'sirini manaviy, iqtisodiy, axloqiy jihatlarini bo'lajak bakalavrlarga tushuntirish, innovatsion materiallar asosida o'tkaziladigan maruzalar va amaliy mashg'ulotlar natijasida amalga oshirish mumkin. "Mamlakatimizni isloh etish va demokrat lashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qatiy va izchil tus olgani, odamlarimiz o'zgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib, yon atrofda bo'layotgan barcha voqea -hodisalarga daxldorlik tuyg'usi, ertangi kunga ishonchi oshib borayotgani misolida ko'rish, anglash qiyin emas" [3].

Ekologiyaning dolzarb masalalari, ijtimoiy ekologik muammolar yyechimi va ushbu bo'yicha pedagog mutaxassislarning o'rni masalasi dunyoning yetakchi ilmiy markazlari hamda oliy ta'lim muassasalari, jumladan, University of Stenford (AQSh), University of Oxford (Buyuk Britaniya), University of Florence (Italiya), Universitet Toxoku (Yaponiya), Moskva davlat pedagogika universitetida, A.I.Gertsen nomli Rossiya davlat pedagogika universitetida, M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetlari (Rossiya Federatsiyasi)da olib borilmoqda [2].

Bo'lajak pedagoglarda ekologik ta'limni rivojlantirish bo'yicha jahonda olib borilgan tadqiqotlar asosida qator ilmiy natijalar olingan. Xususan: AQShning Stenford universiteti olimlari tomonidan iqlimning keskin o'zgarishi va tabiat haqidagi tushunchalarni atrof-muhitga oid videofilbmlar asosida tashkil etishning kiberta'lim dasturi yaratilgan; Buyuk Britaniyaning Oxford universiteti tadqiqotchilari qator izlanishlar asosida ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatning o'zaro bog'liq muammolarini hal qiladigan, maqsadli o'zgaruvchan ta'limning shart-sharoitlarini aniqlagan; Italiyaning Florence universiteti olimlari ijtimoiy jamiyatning barqaror rivojlanishda ekologik ta'lim orqali talabalardagi kontseptual o'zgarishlarni rag'batlantirish metodikasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Yaponiyaning Toxoku universiteti olimlari tomonidan inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta'siri va bakalavrlar ta'limida atrof-muhitni muhofaza qilish tushunchalarini o'qitishda Onlayn ekologik ta'lim tarmog'i dasturi yaratilgan. Rossiyadagi Moskva davlat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

pedagogika universitetining bir guruh olimlari tomonidan tabiiy resurslardan ratsional foydalanish, ijtimoiylashuv va ekologik tarbiyani, inson kamolotini rivojlantirishga oid targ'ibot markazlari tashkil etilgan; Ushbu mamlakatning Â.LGertsen nomli davlat pedagogika universiteti pedagog olimlari o'z izlanishlarida yoshlar tarbiyasida atrof-muhitni asrash, qo'riqlash va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy natijalarni qo'lga kiritishgan. M.V.Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti esa inson ekologiyasi muammolari, ekologiyaning biologiya va tabiiy resurslar bilan o'zaro aloqadorligi, i nsonning antropologik faoliyatiga bog'liqligi bo'yicha har yili seminarlar o'tkazishni yo'lga qo'yilgan.

Dunyoda oliy ta'lim muassasalari bo'lajak pedagoglarining ekologik kompetentlikni rivojlantirish bo'yicha bir qator ustuvor yo'nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan: bo'lajak pedagoglar ekologik tahdidlarning oldini olishda tabiatni uqish qobiliyatini rivojlantirish texnologiyalari; ta'limda ekologik muammolarni bartaraf etish siyosati va ekologik ta'lim va tarbiyaning o'quv-me'yoriy ta'minotini takomillashtirish; pedagogika sohasida tahsil oluvchi talabalarning ekologik bilimlarini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti; bo'lajak o'qituvchilarda tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-madaniy modelini takomillashtirish; ta'lim muassasalari talabalarida ekopedagogik tafakkur va harakatlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish.

Ta'lim tizimiga ekopedagogik yondashuv asosida bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirish, ularda pedagogik faoliyat va nazorat muhitining o'zaro ta'sirlashuvi mexanizmlari quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi:

- bo'lajak pedagoglarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi davlat buyurtmasi va jamiyat talablariga muvofiq oliy pedagogik ta'lim muassasalarida malakali kadrlar tayyorlash;

- Davlat ta'lim standartlarida bitiruvchining pedagogik faoliyatida o'qituvchilik, tarbiyachilik, o'quv-metodik, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot vazifalarini amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda ta'lim mazmuni, o'quv reja, dasturlar, ta'lim shakli, metod, vositalari va darsliklar, elektron axborot ta'lim resurslari hamda boshqa didaktik materiallar, o'quv-metodik qo'llanmalar, laboratoriya jihozlari, ta'lim texnologiyalari va boshqalardan foydalanish asosida aniqlanadi. Talabalar kelgusida pedagogik faoliyatni amalga oshirish, nazariy bilimlar va psixomotorik harakatlar asosida amaliy ko'nikmalarni real sharoitda qo'llash maqsadida malakaviy pedagogik amaliyot tashkil etiladi. Bunda talabalar ta'lim jarayonida egallangan ekologiyaga oid kompetensiyalarni namoyon etish; pedagogik faoliyati jarayonida - ekologik kompetentlikka ega, malakali kadrlarning tayyorlanganligini aniqlash va tahlil qilib borish uchun faoliyat monitoringi amalga oshirildi.

Talabalarda ekopedagogik kompetentlikni rivojlantirishga ta'sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillarining ahamiyati muhim hisobladi. Jumladan, globallashuv tufayli ekologik muammolar mamlakatimizning qator hududlarida chigallashganligi kuzatilmoqda. Bunday holat pedagogika fanlari vakillarining zimmasiga ekologik masalalarni hal qilish va uning ilmiy yechimini topish muammosi bilan shug'ullanish mas'uliyatini oshirmoqda. "Shu borada ham jismoniy, ham manaviy yetuk, o'z mustaqil fikriga ega, oqni qoradan ajratishga, taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga qodir bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalash, ularning sog'ligini asrash, hayotga yo'llashda oilaning o'rnini hech narsa bilan baholab bo'lmasligini biz yuksak qadrlaymiz" [3].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Ekologik muammolarning ijtimoiy masalalari inson va uning faoliyati natijasida vujudga kelayotgan ijobiy hamda salbiy jihatlarini bo'lajak pedagoglar ham chuqur tahlil qilishmoqda. Muammoning dolzarbligi uning bevosita shaxs barkamolligiga erishish, jamiyat azolarining ekologiyaga tolerant munosabatda bo'lishlari, milliy iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini ta'minlash va mamlakatimizni jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishini ta'minlash strategiyasi bilan bog'liqdir.

Talabalar ekologik kompetentligini rivojlantirishiga ta'sir etuvchi obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Obyektiv omillarga quyidagilarni: a) megaomillar: kosmos, er shari va planetar jarayonlar; b) makroomillar: mamlakat, davlat, xalq, jamiyat, madaniyat; v) mezoomillar: etnos (millat), hududiy shart-sharoitlar, shahar va qishloqlar, yashash joyidagi ommaviy aloqa tarmoqlari; g) mikroomillar: oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, ta'lim muassasalarini o'z ichiga oladi. Subyektiv omillarga talabaning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashi kiradi. Bunday ta'sir etuvchi omillar bo'lajak pedagoglar tayyorlashda zarur bo'lgan ekologik ta'lim-tarbiya vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan tizimli yondashuvni taqozo etadi.

Ta'kidlash joizki, dunyo olimlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari bir-biridan farq qilsa-da, ularning mazmunida yosh mutaxassislarning ekopedagogik kompetentlikni rivojlantirish yotadi. Ta'limdagi islohotlar va uning modernizatsiyalashuvi professor-o'qituvchilardan dars jarayonida talabalarda ekopedagogik kompetentlikni rivojlantirish tashabbuskorligini, unga ijodiy yondashuvni, mustaqil fikrlashni talab qiladi. Oliy pedagogik ta'limdagi dars - pedagogik ijodkorlikning asosiy maydonidir. Shunday ekan, pedagoglarning asosiy ehtiyoji - talabalarga ekopedagogikani o'rgatish, uning mohiyatini etkazib berish kabi vazifalar - aynan dars jarayonida amalga oshiriladi. Binobarin, dars oliy pedagogik ta'lim jarayonini tashkil qilishga nafaqat innovatsion, integratsion va ekopedagogikani o'qitishga tizimli yondashuvni talab etadi.

Ta'lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda talabalarlarga ekopedagogikaga oid bilimlarni berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan kadrlar qilib tarbiyalashda, ta'limning imkoniyatlari va mohiyatini chuqur anglash hamda amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, oliy ta'lim muassasalarining O'zbekiston ekologik harakati jamoat, nodavlat va notijorat tashkilotlari bilan hamkorligini yo'lga qo'yish, ta'lim-tarbiyaning innovatsion usullari hamda xalqaro tajribalarga tayanib kelajak avlod ta'lim-tarbiyasida ekologik savodxonlikni amalga oshirish bo'lajak o'qituvchining ekologik kompetentligiga bog'liq. Demak, talabalarni ekopedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayoniga tayyorlashda zamonaviy ta'limga qo'yiladigan talablarni takomillashtirishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. Inoue M., Oishi Ya. Creating educational goals for forest education. Based on an analysis based on school education. / Journal of the Japan Forest Society / Volume 96 (2014) № 1, pages 26-35.

2. Murtozayeva M.M. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagoglarning ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish: Ped. fan. dok. diss. avtoref. -T.: 2022. - 68 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW"

_4 JUNE, 2024_

3. Murtozayeva M.M. Talabalarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takmorlashtirish // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. -Namangan, 2022. - 4-son. - B. 710-714 (13.00.00; №30).

4. Roczen, N. (2011). Environmental competence : the interplay between connection with nature and environmental knowledge in promoting ecological behavior. Technische Universiteit Eindhoven. https://doi .org/ 10.6100/IR719557

5. Schick, A. Ökologische Bildung in der Evangelischen Erwachsenenbildung Bayern -zwischen Programm und Realität. - Hamburg, 2020, s. 586.

6. Экологическая энциклопедия: в 6 томах /авторы-составители: К.С.Лосев., В.И.Данилов-Данильян/. - Москва: Энциклопедия, 2019. - 652.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.