Научная статья на тему 'BIOLOGIYANI OQITISH JАRАYONIDА TАLАBАLАRDА EKОLОGIK MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISH MАZMUNI'

BIOLOGIYANI OQITISH JАRАYONIDА TАLАBАLАRDА EKОLОGIK MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISH MАZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
137
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologiya / atrof-muhit / madaniyat / tabiat / tabiiy resurslar / ta`lim-tarbiya / model / texnologiya / amaliyot / ecology / environment / culture / nature / natural resources / education / model / technology / practice

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Malikova, Ayzada Raxmatovna

Maqolada pedagogika oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning ekologik madaniyatini ya`ni аtrоf-muhitni tоzа sаqlаsh, tаbiаt vа uning bоyliklаrini аsrаsh, ulаrdаn оqilоnа fоydаlаnishni dars jarayonida shakllantirish usullari haqida ma`lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda o`quv – dаlа аmаliyoti faqatgina tаlаbаlаr bilimini оshirishdа emas, bаlki ulаrni ekоlоgik jihаtdаn tаrbiyalаshgа ya`ni ulаrdа ekоlоgik mаdаniyatni shаkllаntirishda аsоsiy оmillаrdаn biri ekanligi ko`rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT OF FORMING ECOLOGICAL CULTURE IN STUDENTS IN THE PROCESS OF EDUCATION OF BIOLOGY

The article provides information on ways to form an ecological culture among students studying at pedagogical universities, that is, preserving the cleanliness of the environment, protecting nature and its resources, and using them wisely during the lesson. In addition, it is shown that field practice is one of the main factors not only in increasing students’ knowledge, but also in their environmental education, that is, in developing their environmental culture.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYANI OQITISH JАRАYONIDА TАLАBАLАRDА EKОLОGIK MАDАNIYATNI SHАKLLАNTIRISH MАZMUNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

BIOLOGIYANI OQITISH JARAYONIDA TALABALARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI

Malikova Ayzada Raxmatovna

Navoiy davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi dotsenti E-mail: ayzadaraxmatovna@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada pedagogika oliy o^quv yurtlarida talim olayotgan talabalarning ekologik madaniyatini ya^ni atrof-muhitni tozа saqlash, tabiat va uning boyliklarini asrash, ulardan oqilona foydalanishni dars jarayonida shakllantirish usullari haqida malumot berilgan. Shu bilan bir qatorda o^quv - dala amaliyoti faqatgina talabalar bilimini oshirishda emas, balki ularni ekologik jihatdan tarbiyalashga ya^ni ularda ekologik madaniyatni shakllantirishda asosiy omillardan biri ekanligi ko^rsatib berilgan.

Kalit so zi: ekologiya, atrof-muhit, madaniyat, tabiat, tabiiy resurslar, talim-tarbiya, model, texnologiya, amaliyot

В статье представлена информация о путях формирования экологической культуры студентов, обучающихся в педагогических вузах, то есть сохранения чистоты окружающей среды, охраны природы и ее ресурсов, разумного использования их в ходе урока.

Кроме того, показано, что полевая практика является одним из основных факторов не только повышения знаний студентов, но и их экологического воспитания, то есть формирования у них экологической культуры.

Ключевые слова: экология, окружающая среда, культура, природа, природные ресурсы, образование, модель, технология, практика

The article provides information on ways to form an ecological culture among students studying at pedagogical universities, that is, preserving the cleanliness of the environment, protecting nature and its resources, and using them wisely during the lesson.

In addition, it is shown that field practice is one of the main factors not only in increasing students' knowledge, but also in their environmental education, that is, in developing their environmental culture.

Keywords: ecology, environment, culture, nature, natural resources, education, model, technology, practice

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Ouzbékistan Respublikasi birinchi Prezidenti LA.Karirnov ekologiya masalasiga alohida to'xtalib, «Ekologiya har bir fuqaroning va oilaning maxsus e'tibor zonasiga aylanishi zarur» deya takidlagan edi [1].

Chunki atrof-muhit tozaligi, tabiat sofligi, go'zalligi, boyligi insonning goMakligidanoq soglom, jismonan baquvvat o'sishida muhim o'rin tutadi. Barkamol avlodni voyaga yetkazish malum bir manoda ekologik tizimning xatosiz ishlashiga bogliqdir.

Oliy talim muassasalari talabalariga talim-tarbiya berish bilan chegaralanmay, balki ularning ekologik ongi va bilimini yuksaltirish, tabiat boyliklarini asrash va tabiatni muhofaza qilishga bolgan manaviy ehtiyojlarini rivojlantirishning asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Shunday ekan, yosh avlod qalbida tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish talabalarning ekologiya haqidagi bilimlariga bogliq. Shu sababli oliy talim muassasalari talabalarida ekologik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Talabalarga tabiatning rang-barangligi, foydali va zararli tomonlarini tanishtirib borish, asrab-avaylash, rivojlantirish, boyitish va bunday mas'uliyat bilan mehnat qilish munosabatida borishi ularda ekologik madaniyatning qay darajada shakllanganligiga bogliqdir.

Ekologik madaniyat ijtimoiy va manaviy hayotda qolga kiritilgan jamiki yutuqlarni, o'qimishlilik, talim - tarbiya ko'rganlik, ziyolilik kabi xususiyatlarni bildiradi. Ekologik madaniyat odamlarda tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil o'qish, o'rganish, bilim va ko'nikmaga ega bolish, hamda tarbiya orttirish orqaligina erishiladi. Ekologik madaniyat qanchalik boyib borsa jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ekologik madaniyatli odam inson va tabiat ekologiyasi nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli tabiat qo'ynida o'tkazish yolini izlab topadi, pirovardida tabiat bilan muamola qilish madaniyatini egallaydi. Shu bilan birga tabiat ekologiyasiga insof va adolat nuqtai nazardan yondoshaoladi. Yani, atrof-muhitni toza saqlash, tabiat va uning boyliklarini asrash, ulardan oqilona foydalanish uning faoliyatidan chuqur o'rin egallaydi. Albatta, bu muammolarni hal etishda talaba-yoshlarning bu borada olgan bilimlari va ularning ekologik madaniyati darajasi shakllanganligiga bog'liqdir. Chunki, kundan-kun shaharlarning kengayib borishi, o'simliklar va hayvonot olamining qisqarib borishi, transport vositalarining ortishi natijasida atmosfera tarkibidagi zaharli moddalar miqdorining ortib borishi, suv, havo va tuproq tarkibi ifloslanishi sababli inson salomatligiga, o'simliklar dunyosi va hayvonot olamiga o'zining salbiy tasirini ko'rsatmoqda. Ularni oldini olishda talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish orqali, ona-tabiatimizning tabiiy

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

holatini avvalgidek saqlab qolish, uni asrash va tabiiy boyliklardan unumli foydalanish kabi vazifalarni amalga oshirish mumkin.

Shu maqsadda bo'lajak o' qituvchilar ya'ni oliy ta' lim muassasalari talabalarini biologiya darslarida ekologik madaniyatini shakllantirish uchun bir qator imkoniyatlar mavjud.

Pedagogika institutlarida o'qitiladigan "Biologiya o'qitish metodikasi" fani o'quv predmetiga 50 soat ma'ruza, 50 soat amaliyot, 50 soat laboratoriya mashg'ulotlari uchun ajratilgan. Mazkur o'quv kursi "Tabiiy fanlar" fakultetining Biologiya yo'nalishi III-kurs talabalariga o'qitiladi. Bu kurs bo'lajak biologiya o'qituvchisiga kasbiy tayyorgarlik, kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yuksak kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka ega pedagogik kadrlarning yangi avlodini shakllantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Biologiya o'qitish metodikasi fani o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

- biologiya fanlarining jamiyatimizda amalga oshirib kelinayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslashish.

- talabalarni ma'naviy-madaniy tarbiyalashning samarali shakl va uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish.

Fanning o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalaridan yana biri, ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini amalaga oshirish, fanning so'ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish, bu orqali ijtimoiy faol, ma'naviy boy, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ekologik madaniyati shakllangan, mustaqil fikr yurita oladigan yoshlarni tarbiyalashdir.

METOD VA METODOLOGIYA

Oliy ta'lim muassasalari talabalari hayotga mustaqil qadam qo'yganlarida tabiatning «bo'ysindiruvchi»siga emas, balki uning yaratuvchisiga, himoyachisiga aylanishi kerak. Bu ishda, shubhasiz, ularga ustozlari yordam berishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun biologiya fanlari mashg'ulotlarida o'qituvchining bilimi, pedagogik mahorati, talabalar bilan muloqotda bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Biz talabalarga dars berish jarayonida ularda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg'ulotlarini amalga oshirdik. Quyida "Biologiya" kursida o'tkazilgan dars ishlanmasini keltiramiz.

Yangi mavzu: Ekologiya fani, uning vazifalari va metodlari.

Darsning ta'limiy maqsadi: Talabalarni ekologiya fani, uning vazifalari va metodlari, asosiy bo'limlari va asosiy ekologik tushunchalar bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarni tashqi olam hodisalari, ularni bir-biri bilan bog'liqligi bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ekologik tarbiya berish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Darsni rivojlantiruvchi maqsadi: talabalarni ekologik muhit haqidagi tushunchalari, hozirgi ekologik ahvol, tabiatda sodir bolayotgan jarayonlarni kuzatish konikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: ekologiya bolimlari, o'qitish metodlari tasvirlangan jadval va rasmlar.

Darsda foydalanadigan texnologiya: didaktik o'yin texnologiyasi (taqdimot darsi).

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: ekologiya fanining vazifalari va bolimlari, asosiy ekologik tushunchalar.

Darsning bоrishi:

I. Tashkiliy qism.

II. Talabalarning o'zlashtirgan bilimlarini faollashtirish.

III. Talabalarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

IV. Yangi mavzuni o'rganish.

Reja:

1. Ekologiya fani, uning maqsad va vazifalari.

2. Ekologiya fanining bo'limlari.

3. Ekologiya fanini o'rganish metodlari.

4. Asosiy ekologik muammolar.

Oqituvchi yangi mavzuni boshlashdan avval, talabalar guruhi bilan tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Talabalarga ekologiya sohasida ishlayotgan «ekologlar» nomini berib, ularga yangi mavzu yani ekologiya fani predmeti, uning maqsad va vazifalari, ekologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari, ekologiyaning hozirgi muammolari asosida malumot to'plash va malumotlar bilan o'quvchilarni tanishtirish vazifasi yuklatiladi.

Tashkiliy qismdan so'ng o'qituvchi talabalarni avval olgan bilimlarini faollashtiradi, so'ngra yangi mavzu, maqsadi va darsning borishi bilan tanishtiradi. Shundan so'ng fanning taqdimoti boshlanadi.

«Ekologlar» nomini olgan talabalar navbat bilan ekologiya fani, uning maqsad va vazifasi, metodlari va muammolari bilan tanishtiradi. O qituvchi taqdimot tugagandan so'ng, darslikdagi topshiriqlar asosida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etadi. Talabalar o'zlashtirgan bilimlarni baholash uchun quyidagi jadvallarni toldirish tavsiya etiladi.

1 - jadval

№ Ekologiyaning metodlari Mazkur metodlar yordamida hal qilinadigan muammolar

1. Dala metodi

2. Ekologik tajriba metodi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3.

Matematik modellashtirish

2- jadval

№ Ekologik muammo turlari Muammolar tarkibiga kiruvchi elementlar

1. Umumbashariy muammolar

2. Mintaqaviy muammolar

3. Mahalliy muammolar

Darsda tavsiya etiladigan texnologik bosqichlar.

I - bosqich. Tashkiliy qism.

II - bosqich. Talabalarni bilish faoliyatini tashkil etish.

III - bosqich. Yangi mavzuni o'rganish.

IV - bosqich. Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash.

Dars davomida o'qituvchining faoliyati quyidagilardan iborat bo'ladi. Talabalarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirdi. Talabalardan «Ekologlar» guruhlarini va ularning mustaqil ishlarini tashkil etadi. O'quv materialini topshiriqlar yordamida mustaqil o'zlashtirishni ta'minlaydi. Har bir guruh o'quv materiali yuzasidan tayyorlangan ma'ruzani tinglaydi. Har bir ma'ruza oxirida talabalar bilan savol-javob, bahs-munozara o'tkazadi.

Dars so'ngida talabalar faoliyatini tahlil qiladi, talabalarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi. Dars davomida talabalar faoliyati quyidagilardan iborat bo'ladi. Dars mavzusi, maqsadi va borshini anglab yetadi. Taqdimot topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan o'quv topshiriqlari yuzasidan ko'rsatmalarni anglaydi. O'z o'quv faoliyatini tashkil etadi. «Ekologlar» guruhi topshirig'ini bajaradi.

1 - guruh. Ekologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

2 - guruh. Ekologiya fanining bo'limlari.

3- guruh. Ekologiya fanining metodlari.

4 - guruh. Hozirgi ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari.

Yangi mavzuni qayta ishlash.

Uyga vazifa berish.

Ushbu bo'limning didaktik maqsadi talabalarni ekologiya fani, uning maqsad va vazifalari, fanni o'rganish metodlari, muhit omillari va ularga ta'sir ko'rsatuvchi faktorlar, tabiiy muhitni, undagi turlarni muhofaza qilish, ozuqa zanjiri va inson ekologiyasi bilan tanishtirish hisoblanadi.

Talabalarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy-mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va xulosa chiqarishdan iborat bo'ladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda o'qituvchilar oz mashg'ulotlarida quyidagi ishlarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiqdir.

1. Ekologik tarbiyaning maqsad va vazifalarini, bosqichlarini, bilim va konikmalar darajasini aniqlash;

2. Ekologik tarbiyaning aniq mazmunini belgilash, inson va tabiat ekologiyasi tajribalarini umumlashtirish va ulardan foydalanish;

3. Kompleks dastur tuzish, ekologik tarbiya tamoyillari, shakl va usullari hamda ularni takomillashtirish shart-sharoitlari;

4. Samarali tadbirlarni, konikmalar, odatlar, e'tiqod va tushunchalarni ishlab chiqish;

5. Ekologik tarbiyaning samaradorligini va tarbiyalanganlik darajasini, ekologik xulq-atvor darajasini, ekologik madaniyatini, ekologik yo'naltirilgan shaxsni tarkib toptirish uchun faoliyat turlarini aniqlashdan iborat. [2]

Xulosa qilib aytganda o'qituvchilar mashg'ulotlar jarayonida ekologik bilim va tarbiyaning vazifalarini amalga oshirish jamiyat va insoniyat uchun zarur bo'lgan tabiatning ko'p qirrali qadriyatlarini tushunish, talabalarda toza-ozodalikka rioya etish konikma va malakalarini tarkib toptirish, atrof-muhit bilan munosabatda bo'lish qoidalarini o'rgatish, tabiatga muhabbat qo'yish ehtiyojlarini rivojlantirish kabi vazifalarni amalga oshirish jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga madaniy munosabatda bo'lishligini tarbiyalash yotadi

Talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda biologiyadan o'tkaziladigan o'quv - dala amaliyoti yuqori malakali mutaxassis o'qituvchi tayyorlash ishining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Oquv dala amaliyotining asosiy maqsadi talabalarning biologiya fani bo'yicha maruza va laboratoriya mashg'ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashdan iborat. Amaliyot davomida talabalar o'simlik va hayvonot olamining xilma-xil turlarini tabiiy sharoitda o'rganishadi va ular ustida kuzatuvlar olib borishadi. Amaliyotchilar o'qituvchi rahbarligida hayvon va o'simliklarni yig'ish, ularni saqlash qoidalari, turlarini aniqlash, kolleksiyalar tayyorlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

O quv - dala amaliyoti nafaqat talabalar bilimini oshirishda balki ularni ekologik jihatdan tarbiyalashga yani ularda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki, dala amaliyoti natijasida talabalarda barqaror rivojlanish, atrof-muhitga oid bilimdonlik, umumbashariy va mahalliy ekologik muammolarni bilish, tabiatdagi ob'ekt va hodisalarni qiyoslay olish, atrof-muhitdagi o'zgarishlarga bo'lgan munosabatda ziyraklik, atrof-muhtga nisbatan teran

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

fikrlay olish, vatanparvarlik, Ona tabiatga mehr-muhabbat, shaxsiy ma'suliyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, ekologik qadriyatlarga oid bilimlar, ekologik qadriyatlarni asrashga intiluvchanlik, atrof-muhit himoyasidagi tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, atrof-muhitni asrab avaylash, o'z-o'zini himoya qilish, tabiatni muhofaza qilishda qa'tiyatlik, tabiiy boyliklardan foydalanishda tejamkorlik, ozodalik va pokizalik kabi ekologik madaniyatni belgilovchi onglilik, ma'suliyatlilik, irodalilik fazilatlari kamol topadi.

Shakllangan ekologik madaniyat dunyo ma'rifat taraqqiyoti, jamiyatning yuksalishidagi eng muhim omilidir.

O'ylaymizki, o'sib kelayotgan yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishda oliy ta'lim, o'qituvchining pedagogik mahorati, tarbiyaviy ishlar kabi muammolarni ilmiy tadqiq qilish va shu asosda bugungi kunda milliy pedagogika fani nazariyasini takomillashtirishdek ulkan vazifani hal etishga pedagog, psixolog, filosof, sosiolog va boshqa fanlar olimlari muhim hissa qo'shadilar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008. - 176 b.

2. Karimov Yu. Oliy o'quv yurtlari talabalariga ekologik ta'lim berishning nazariy asoslari.-T.: "O'qituvchi", 1995.-116 b.

3. Mahkamov U.I. O'quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari. -T.: "Fan". 1995. 197 b.

4. Sayfullayev, A. (2021). UZLUKSIZ TALIM VOSITASIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH TEXNOLOGIYASI. Uzluksiz talim.

5. Kushakov, A. (2022). NUROTA TOGVA TOGOLDI TEKSILIKLARI TUPROQLARINING QIYOSIY TAVSIFI. Ozbekiston zamini.

6. Sayfullayev, A. F. O. (2023). SHAHARLARNI KO'KALAMZORLASHTI-RISHDA KATALPA DARAXTINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 77-82.

7. Malikova, A. R. (2023). UMUMTALIM MAKTABLARIDA BOTANIKANI O'QITISHDA DIDAKTIK O'YINLI DARSLARDAN FOYDALANISH YO 'LLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 83-89.

8. Ibodova, M. N. (2023). AKADEMIK LITSEYLARDA BIOLOGIYA FANINI OQITISHNING INTERFAOL VA MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 125-131.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

9. Сохибназаров, Р. А., & Сайфуллаев, А. Ф. У. (2023). МЕТОДЫ УЧЕТОВ ЧИСЛЕННОСТИ ПТИЦ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 132-138.

10. Умарова, Ж. К., & Рахмонова, Р. Б. (2023). НАСЛЕДОВАНИЕ ОПРЕДЕЛЕННЫХ КАЧЕСТВЕННЫХ ПРИЗНАКОВ ХЛОПЧАТНИКА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 118-124.

11. Muhabbat, R., & Mohinur, Q. (2020). Biologiya fanini oqitishda laboratoriya ishlarining ahamiyati. Science and Education, 1(3), 550-553.

12. Боймуродов, Х., Эгамкулов, А., Суяров, С., Жумабаев, Б., Хасанов, Н., Жалилов, Ф., ... & Туйназарова, И. (2020). ВСТРЕЧАЕМОСТЬ ИНДИКАТОРНЫХ МОЛЛЮСКОВ ВОДОЕМОВ И ВОДОТОКОВ УЗБЕКИСТАНА. ББК1 E91, 28.

13. Nematovna, A. M., & Baxodirovna, M. F. (2023). THE EFFECTIVENESS OF DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE THINKING IN TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES. International Journal of Advance Scientific Research, 3(09), 170-174.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.