Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLARNI MUSTAQIL ISHLASH FAOLLIGINI BOSHQARISHDA PROFESSOR-PEDAGOG MAHORATI'

TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLARNI MUSTAQIL ISHLASH FAOLLIGINI BOSHQARISHDA PROFESSOR-PEDAGOG MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik faoliyat / Dars-munozara / pedagog mahorati / Innovatsion jarayon / ta’lim muassasalari / ta’lim-tarbiya jarayoni. / pedagogical activity / lesson-discussion / pedagogic skill / innovative process / educational institutions / educational process.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzayev, Ikrom Boboqulovich

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida yoshlarni mustaqil ishlash faolligini boshqarishda professor-pedagog mahorati, pedagog faoliyatiga kreativ yondoshuv metodi ochib berilgan. Innovatsion jarayon: pedagog va uning faoliyati tahlil etilgan. Pedagogning kompetensiyaviy piramidasi hamda o'qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o'rni kabi dolzarb masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROFESSOR-EDUCATOR SKILL IN MANAGING INDEPENDENT WORK ACTIVITY OF YOUTH IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article reveals the skills of a professor-pedagogue in managing the activity of independent work of young people in educational institutions, and the method of a creative approach to the work of a pedagogue. Innovative process: the pedagogue and his activities are analyzed. Current issues such as the teacher's competency pyramid and the role of professional reflection in the teacher's pedagogical activity are highlighted.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA YOSHLARNI MUSTAQIL ISHLASH FAOLLIGINI BOSHQARISHDA PROFESSOR-PEDAGOG MAHORATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLARNI MUSTAQIL ISHLASH FAOLLIGINI BOSHQARISHDA PROFESSOR-PEDAGOG MAHORATI

Mirzayev Ikrom Boboqulovich

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi

Ushbu maqolada ta 'lim muassasalarida yoshlarni mustaqil ishlash faolligini boshqarishda professor-pedagog mahorati, pedagog faoliyatiga kreativ yondoshuv metodi ochib berilgan. Innovatsion jarayon: pedagog va uning faoliyati tahlil etilgan. Pedagogning kompetensiyaviy piramidasi hamda o'qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o'rni kabi dolzarb masalalariyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik faoliyat, Dars-munozara, pedagog mahorati, Innovatsion jarayon, ta 'lim muassasalari, ta 'lim-tarbiya jarayoni.

This article reveals the skills of a professor-pedagogue in managing the activity of independent work ofyoung people in educational institutions, and the method of a creative approach to the work of a pedagogue. Innovative process: the pedagogue and his activities are analyzed. Current issues such as the teacher's competency pyramid and the role of professional reflection in the teacher's pedagogical activity are highlighted.

Key words: pedagogical activity, lesson-discussion, pedagogic skill, innovative process, educational institutions, educational process.

Bugungi kunda ta'lim muassasalari talabalarini yangicha tafakkurga ega, ijodiy fikrlovchi, yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalash о'quv muassasalarimiz oldida turgan eng dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Bunday muammolami hal etish ko'p jihatdan ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan samarali usullar, vositalar va ularni shakllantirish yo'llariga ham bog'liq. Demak, ta'lim muassasalarida yoshlarni mustaqil ishlash faolligini boshqarishda professor-pedagog tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonini uzluksiz ravishda barcha bosqichlarda amalga oshirishlariga bog'liq, deyish mumkin. Buning uchun ta'lim dargohlarida mustaqil ishlashga o'rganish tarbiyasini shakllantirishni dolzarb vazifa qilib qo'ymoq lozim. Pedagogik ta'lim-tarbiya tizimida har bir fan talaba-yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda ma'lum maqsadlar uchun o'z ta'sirini o'tkazadi. Talabalarni axloq qoidalari, fanlar bo'yicha bilimlarni baholash mezonlari, ichki tartib-qoidalari va nizomlari bilan belgilanadi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o'yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o'yinlar —O'yinli pedagogik texnologiyall ni tashkil etadi. Pedagogik o'yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo'yiladi. Pedagogik o'yinlar asosida talabalarning o'quv faoliyatiga yo'llovchi o'yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi. G.K.Selevko tomonidan pedagogik o'yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilganini e'tirof etmay bo'lmaydi. Olimning fikriga ko'ra, pedagogik o'yinlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda bo'ladi: - didaktik maqsad o'yinli vazifa shaklida qo'yiladi; - o'quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi; - o'quv materialidan o'yin vositasi sifatida foydalaniladi; - o'quv jarayoniga didaktik vazifa o'yinga aylantirilganda musobaqalashish unsurlari kiritiladi; - didaktik vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi o'yin natijalari bilan bo'linadi. Pedagogik o'yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o'yin metodikasi, soha xususiyati, o'yin muhiti bo'yicha tasnif qilingan. Oliy Oliy ta'lim amaliyotida tadbirkorlik o'yinlariga alohida ahamiyat beriladi. Tadbirkorlik o'yinlari nazariyasi umuman boshqa o'yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog'langan. Tadbirkorlik o'yinlarini mashhur psixologlar L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, N.Y.Galperin va boshqalarning ishlarida nazariy jihardan asoslangan. Ta'lim jarayonida bilim, ko'nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish ham alohida ahamiyatga ega. Shu xususda, o'yin orqali og'zaki savol-javob usuli an'anaviy usullardan biri hisoblanadi. Og'zaki savol-javob orqali tashkil qilingan o'yin texnologiyasi talabalarni hozir javoblikka tayyorlaydi. Og'zaki savol-javob orqali tashkil qilingan o'yin yakka va yopasiga so'rash tariqasida amalga oshiriladi. Yakka talabadan so'ralganda pedagog talabaga savol beradi, uning javoblaridan talaba materialini qanchalik o'zlashtirganligi ma'lum bo'ladi. Butun guruh yoppasiga so'ralganda, pedagog o'zaro mantiqiy bog'langan savollarni tanlaydi va ularni butun guruh talabalariga tashlaydi. Bunday holatda talabalarning javob berishga faolligi aniqlanadi. Og'zaki savol-javob talabalarni so'zamollikka, aniq so'zlar ishlatib, mantiqiy javob axtarishga, shakllangan bilimni so'zlarda ifodalashga o'rgatadi hamda og'zaki nutq madaniyatini o'stiradi. Pedagogning vazifasi, talabalar nutqidagi ba'zi nuqsonlarni ustalik bilan talabaning izzat-nafsiga daxl qilmasdan, kamsitishlarsiz to'g'rilashdan iborat. Bu o'yin turi talabalarda nutq o'stirish mezonini tarbiyalash turiga kiradi.

Metodik ko'rsatmalarda metodologiya masalalari va pedagogik o'yinlar nazariyasiga katta e'tibor berilgan. Pedagogik o'yinli, munozarali, muammoli masalalarni yechish amaliy mashg'ulotlarda har bir mavzu bo'yicha o'yin

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

texnologiyalar asosida adabiyotlarda manbalar taklif etiladi. Biz talabalarga o'yin mashg'ulotlarini bajarishdan oldin quyidagi amallarni bajarishni tavsiya etamiz: • mavzu yuzasidan zaruriy adabiyotlarni to'plash va ularni o'rganish; • fikrlab, o'ylab, o'yinning rejasini tuzish; • asosiy manbalarning to'g'riligiga ishonch hosil qilish; • adabiyotlarda ko'rib chiqilgan asoslarni taqqoslab ulardan umumiy va xususiylarini ajratish; • o'yinga tegishli ko'rgazmali qurollarni tayyorlash, shaxsiy kuzatishlar, tajriba va hayotiy mohirlikdan foydalanish. Ta'lim jarayonida o'tkaziladigan o'yinlar talabalarning nafaqat fanga nisbatan qiziqishini uyg'otadi, balki ularning milliy qadriyatlar va madaniy-meroslarimizdan foydalanishning asoslarini mukammal bilib olishga asos bo'ladi. Bu nazariya pedagogik texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Tadqiqot metodologiyasi. Pedagogik texnologiya shakllar, metodlar, yo'llar, usullar, tarbiyaviy vositalarni, tanlab olish va joylashtirishni, aniqlovchi psixologik-pedagogik, ko'rsatmalarning majmuidan iborat .

Texnologik tuzilmalarning yordamida o'quv-tarbiya ishining bironta yoki bir nechta jabhalarda talabalarning bilim, malaka va ko'nikmalarini o'zlashtirishda samarali natijalarga erishish ta'minlanadi. Shunday qilib, o'yin texnologiyasini tashkil qilishda professor-pedagoglar va talabalarning o'zaro bir-biriga bog'liq ishi dasturlashtiriladi. O'yin texnologiyalarining bir necha modifikatsiyalari mavjud: 1) Imitatsion o'yinlar. Bunday o'yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andaza qilinadi. Voqealar kishilarning biron faoliyati yoki holati namuna qilib olinishi mumkin. Ssenariyda bunday o'ynash yozib chiqiladi va imitatsiya qilinadigan obyektlar va jarayonlar belgilanadi. 2) Operatsion o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o'yinlar ish jarayoniga mos modellashtiriladi.

3) Rol ijro etish o'yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi xatti-harakati, o'z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi. 4) Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o'ynaladi. Bu o'yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo'ljalni to'g'ri baholay olishni o'rgatish, o'zining xulqiga to'g'ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish, ular bilan muloqot o'rnata olishga o'rgatishdir. 5) O'yinga kirishish. Bu bosqichda o'yin rejasi aniqlanadi, mashg'ulotning bosh rejasi belgilanib olinadi, mashg'ulotning bosh maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo'yish va vaziyatni tanlash kerak bo'ladi. 6) O'tkazish bosqichi. Bu o'yin jarayonidir. O'yin boshlangach, hech kim unga aralashmaydi va uning borishini o'zgatira omaydi. O'yinni faqat uni boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin. 7) Tahlil bosqichi. O'yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu bosqichda ekspertlarning fikrlari eshitiladi, o'zaro fikr almashinadi, talabalar o'z xatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar. Tahlil va natijalar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

O'yin texnologiyalaridan foydalanishning asosini talabalarni faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra, mehnat va o'qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror egallash, o'zini-o'zi boshqarish va shuningdek, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. O'yin hissiy ko'tarinkilikka xosdir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi. O'yinning o'yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko'zda tutgan bevosita tegishli va unga aloqador qoidalar bo'lishini ko'rsatadi. Tadqiqotchilar nazariy aspektda o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qaraydilar. O'yin faoliyat sifatida maqsadning belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi. Va bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi. O'yin faoliyatini motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarni qondirishdan kelib chiqadi. O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo'llaniladi. O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko'nikmalarni qo'llash, umumta'lim malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. O'yinning tarbiyaviy maqsadi esa mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtainazarlar, ma'naviy-estetik dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi. Faoliyatni rivojlantiruvchi o'yinlar, diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog'ishtirish, o'xshashni topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o'quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Keyingi vaqtlarda pedagogikada tadqiqotning yangi yo'nalishini o'qitishning o'yin shakli qaror topa boshladi . Hozirgi zamon ta'lim amaliyoti uchun o'yin asosida qurilgan darslar, avvalo, o'quv jarayonini faollashtirish uchun muhimdir. O'yinli vaziyatlar talabalarni shartli, qiziqarli, ovunchoqlik faoliyatiga jalb etadi. U mazmunida o'zlashtirayotgan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni mujassamlashtirilgan o'yinlar talabaning ruhiyatiga kuchli ta'sir etadi. O'yinlar bilim egallashda, emotsional ko'tarinki holatni yuzaga keltiradi. Ta'lim orqali o'qitish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

texnologiyasida pedagogning vazifalari quyidagilar: - aniq materialda illyustratsiya vaziyatlar yoki muammoli vaziyatlarni tanlab olish; - didaktik materiallar tanlash, har bir talaba uchun kartochka, topshiriqlar tuzish; - talabalarning kichik guruhini tanlash (3-4 kishilik guruh); - masala (muammo) qo'yish toki bunda guruhlar o'z nuqtai nazarini aytsin. - kutiladigan javoblar va e'tirozlarni o'ylash; - pedagogning doimo talabalarga o'z qiziqishini namoyon etishi; - talabalar bir necha guruhlarga bo'linib, guruhning har bir a'zosi o'z vazifalarini aniq bilishi kerak. o'yinning vaqti cheklangan bo'lishi, u yakunlangach esa o'yin natijalarini albatta ko'rishimiz mumkin. Ta'lim jarayonida talabalarning axborot texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishlarini oshirish quyidagi muhim natijalarga olib keladi: O'quv-tarbiya jarayoni faollashgan, ta'lim samaradorligi oshadi; Axborotni turli shaklda (ovoz, matn, video, grafika, animatsiya, o'yin yordamida) berilishi talabalarning diqqatini tortadi, yuqori darajadagi ko'rgazmalilik talabalarda katta qiziqish uyg'otadi, mavzuning uzoq vaqt xotirada salanishini ta'minlaydi; Tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan ta'limni amalga oshirishga imkon beradi. O'quvchilarning intellekti bilan bog'liqlikda individuallashtirilgan tarzdagi o'quv materiallarini, o'quv topshiriqlarini taklif etish imkoniyati yuzaga keladi; Talaba dars davomida sust tinglovchidan faol ishtirokchiga muloqotga kirisha oladigan, hamkorga aylanadi; Mustaqil ta'lim olish imkoniyati, sohalari kengayadi, mustaqil ta'lim madaniyati rivojlanadi; Professor-pedagog tomonidan bajarilgan ko'pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Natijada vaqt tanqisligi muammosi sezilarli kamayadi. Pedagog darsda interfaol metodlarni qo'llab, individual, guruhiy va jamoaviy o'quv ishlarini olib boradi; Dars davomida bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlar soni keskin ortadi. Mashqlarni tanlash oddiydan murakkablik tamoyiliga asoslanadi; O'yinli texnologiyalar, rolli texnologiyalardan foydalanish imkoniyati ortadi. O'yin ishtirokchilarining o'yin davomida o'zi o'ynagan rollariga baho berish, o'z-o'zini nazorat qilish imkoniyati tug'iladi. Shunday qilib, o'yinlarni, materiallarni, yangi bilimlarni egallashi, o'tilganlarni mustahkamlash, ijobiy qobiliyatlarni rivojlantirish kabi bir qator vazifalar o'z yechimini topadi.

REFERENCES

1. Hoshimov K va boshqalar. Pedagogika tarixi //Pedagogika oliy o„uv yurtlari va dorilfununlar talabalari uchun O„quv qo"llanma. - Toshkent, O„qtuvchi, 1996, - 301-bet.

2. Mahkamov U, Tillaboeva N, Tillaboeva SH. Pedagogik mahorat. O"quv qo"llanma. T.: 2003 y

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

3. Ikrom Boboqulovich Mirzaev (2021). MILLIY MADANIYAT FALSAFASI. Academic research in educational sciences, 2 (12), 965-969.

4. 2. Mirzaev Ikrom Boboqulovich O'zbekiston yosh avlodi tarbiyasida milliy qadriyatlarning o'rni // Fan va ta'lim bugungi kun. 2019 yil, 4-son (39). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rol-natsionalnyh-tsennostey-v-vospitanii-molodogo-pokoleniya-uzbekistana (kirish sanasi: 18.01.2023).

5. Mirzaev Ikrom Boboqulovich Zamonaviy madaniyat jarayonlarida milliy va umuminsoniy uyg'unlik // Ilmiy jurnal. 2020 yil. 3-son (48). URL: World scientific research journal www.wsrjournal.com Volume-12_Issue-1_February-2023 146 https://cyberleninka.ru/article/n/garmoniya-natsionalnogoiobschechelovecheskogo-v-protsessah-sovremennoy-kultury (kirish sanasi: 18.01.2023).

6. Ikrom Boboqulovich Mirzaev, D. A. Abduhoshimov ZAMONAVIY KADROLAR TAYYORLASH TIZIMI VA MAQSADLARI // Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar. 2022. #TSTU konferensiyasi 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zamnaviy-kadrlar-tayyorlashning-tizimli-va-ma-sadli-zhi-atlari (kirish sanasi: 18.01.2023).

7. Ikrom Boboqulovich Mirzaev GLOBALLASHUV DAVRIDAGI "SOXTA DINIY DUNYOQARASH" // Pedagogik fanlarda akademik tadqiqotlar. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/globallashuv-davridagi-sohta-diniy-dunyo-arash (Kirish sanasi: 18.01.2023).

8. O'.Erniyozov, I.Merzayev, & M.Hasanov. (2022). SHAXSNI SHAKILLANTIRISHDA "OILA" VA "JAMIYATNING" AXAMIYATI . World Scientific Research Journal, 4(2), 96-101. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/wsrj /article/view/1445

9. Раматов, Ж. С., Эрниёзов, У. К., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). САНЪАТНИНГ ТАРИХИЙ-ФАЛСАФИЙ АСОСЛАРИНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ АХАМИЯТИ. World scientific research journal, 9(2), 65-70.

10. 8.Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

11. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3 (10), 591-597.

12. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Султанов, С. Х., Муратова, Д. А., Хасанов, М. Н., & Эрниёзов, У. К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 376-386.

13. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

14. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Султанов, С. X., Муратова, Д. А., Хасанов, М. Н., & Эрниёзов, У. К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 376-386.

15. Джуманиёз Раматов, Розигуль Умарова, Рашид Баратов, Миршод Хасанов, Сиродж Султонов, Файзулла Кушаков ПРОБЛЕМЫ ВЛИЯНИЯ ИСЛАМА НА ТРАНСФОРМАЦИЯ СОЗНАНИЯ // Академические исследования в области педагогическихнаук. 2022. №10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/problems-of-influence-of-islam-on-coding-transformation (дата обращения: 31.01.2023).

16. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

17. Хасанов, М. Н., Хафизов, Д. А., Тоиров, Р. Х., & Болтабоев, Х. К. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4 (3), 137-140.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.